logo

MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

127.9609375 KB
MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI
Reja:
1.   Modda   almashinuvi   tiriklikning   asosiy   ko‘rsatkichi   ekanligi.   Ularning
hayot ko‘rsatkichi ekanligi. Assimilyasiya va dissimilyasiya.
2. Karbonsuvlar va yog‘larning organizmdagi ahamiyati. Azot balansi.
3.   Oqsil,   karbonsuvlar   va   yog‘larga   organizmning   talabi.   Oqsillarning
biologik   qiymati.   Muskul   ishini   bajarishda   oqsil,   yog‘   va   karbonsuvlar
almashinuvining o‘zgarishi.
4. Energiya almashinuvi haqida tushuncha. Energiya hosil bo‘lishining aerob
va anaerob mexanizmlari. Muskul ishida energiya almashinuvining o‘zgarishi. 1. Modda almashinuvi tiriklikning asosiy ko‘rsatkichi ekanligi.
Assimilyasiya va dissimilyasiya
Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o’zgarishi, hazm
qilinishi,  hosil  bo’lgan qoldiq  moddalarning  tashqi   muhitga chiqarilishi   moddalar
almashinuvi deyiladi. 
Modda   va   energiya   almashinuvi,   yoki   metabolizm   jarayonida   organizmda
mexanik, fizikaviy, kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi, termik va elektr  hodisalari
paydo   bo’ladi.   Murakkab   organik   birikmalar   parchalanganda   ularda
mujassamlashgan   potensial   energiya   bo’shab   chiqib,   issiqlik,   mexanik,   elektr
energiyasiga aylanadi. Demak, metabolizm – bu organizmda yuzaga chiqadigan va
uning   hayotiy   jarayonlarini   amalga   oshiradigan   fizikaviy   va   kimyoviy
jarayonlarining   yig’indisidir.   Metabolizm   jarayonida   hujayra   va   to’qimalarning
faoliyati, o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan energiya hosil bo’ladi. Bu esa
fiziologik   tuzilmalar,   hujayralar,   ularning   funksiyasini   bajarishi   uchun   zarur
bo’lgan   energiya   ehtiyojini   qondiradi.   Modda   va   energiya   almashinuvi
tabiatshunoslikning   umumiy   qonuni   –   materiya   va   energiyaning   saqlanish
qonuniga asos bo’ladi.
Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ikki jarayon –
ya’ni   assimilyasiya   (anabolizm)   va   dissimilyasiya   (katabolizm)   orqali   o’tadi.
Ovqat   moddalari   tarkibiy   qismlarining   hujayralarga   o’tishi   assimilyasiya   yoki
anabolizm   deyiladi.   «Assimilyasiya»   termini   lotincha   «assimulo»-o’xshataman
so’zidan olingan bo’lib, lug’aviy tarjimasi «o’xshatish», «o’zlashtirish» demakdir.
Assimilyasiya   –   atrofdagi   muhitdan   organizmga   tushadigan   moddalarni
o’zlashtirish,   hazm   qilish   jarayoni,   buning   natijasida   o’sha   moddalar   tirik
tuzilmalarning   tarkibiy   qismi   bo’lib   qoladi   yoki   organizmda   zahira   holida
to’planadi.   Assimilyasiya   natijasida   hujayralarning   tarkibiy   qismlari   yangilanadi,
ularning   ko’payishi   sodir   bo’ladi.   Organizm   qancha   yosh   bo’lsa,   unda
assimilyasiya   shuncha   faol   o’tadi.   Bu   esa   organizmning   o’sishi   va   rivojlanishini ta’minlaydi.   To’qimalarda   saqlanadigan   energiya   beruvchi   moddalar   (glikogen,
ATF) ning sintezlanishi uchun sarflanadi.
Hujayralar   eskirgan   tarkibiy   qismlarining   parchalanishi   (yemirilishi)
dissimilyasiya   yoki   katabolizm   deyiladi.   Dissimilyasiya   (dissimulo-
o’xshamaydigan   qilaman   so’zidan   olingan)   organizm   faoliyati   jarayonida
murakkab   organik   moddalarining   bo’linishi,   o’zgarishi,   ya’ni   assimilyasiyaga
qarama-qarshi   jarayondir.   Boshqacha   qilib   aytganda,   dissimilyasiya   jarayonida
hujayralar   tizimi,   jumladan   oqsil   birikmalar   tarkibiga   kiradigan   moddalarning
parchalanishi,   bo’linishi,   tirik   materiyaning   yemirilishi   demakdir.   Buning
natijasida   energiya   hosil   bo’ladi   va   bu   energiya   assimilyasiya   jarayoni   uchun
sarflanadi.   Dissimilyasiya   jarayoni   natijasida   hosil   bo’lgan   qoldiq   moddalar
(karbonat   angidrid,   suv,   azot   qoldiqlari   va   boshqalar)   ayirish   a’zolari   orqali
tashqariga chiqariladi.
Odam   organizmida   assimilyasiya   va   dissimilyasiya   jarayonlari   bir-biriga
bog’liq   holda   davom   etadi.   Sog’lom   bo’lgan   katta   odamlarda   bu   ikkala     jarayon
bir-biriga   teng   muvozanatda   bo’ladi.   Yosh   organizmda   assimilyasiya   jarayoni
ustunroq   bo’lib,   buning   natijasida   o’sish   va   rivojlanish   ta’minlanadi.   Keksa
odamlar organizmida esa dissimilyasiya jarayoni ustun keladi. Shuning uchun ham
keksalarning   terisi   salqi   bo’lib,   yuzlarida   ajin   paydo   bo’ladi,   tana   mushaklari
bo’shashib,   ularning   hajmi   kichrayadi   va   qorni   osilib   qoladi.   Og’ir   kasalliklar
vaqtida   ham   dissimilyasiya   kuchayadi,   shuning   uchun   hatto   yosh   odamning   ham
rangi   so’liydi,   terisi   quriydi,   yuzida   ajin   paydo   bo’ladi,   mushaklari   bo’shashadi,
tana vazni kamayadi.
2. Karbonsuvlar va yog‘larning organizmdagi ahamiyati. Azot balansi
Karbonsuvlar   organizmning   asosiy   energiya   manbai   bo’lib,   tanada   1   g.
karbonsuv biologik oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,8 kDJ energiya ajralib chiqadi.
Karbonsuvlar   (glyukoza   shaklida)   hamma   hujayralar   uchun   ayniqsa   bosh   miya
hujayralari   uchun   bevosita   energiya   manbai   hisoblanadi.   Glyukoza   bosh   miya to’qimasining   asosiy   energetik   manbai   hisoblanadi,   u   miyaning   nafas   olishida,
mediatorlar   va   ba’zi   mikroergik   birlashmalar   uchun,   asab   to’qimalari   uchun
energiya   manbai   sifatida   muhim   rol   o’ynaydi.   Organizm   energetikasida
karbonsuvlarning   muhim   rol   o’ynashiga   sabab   shuki,   ular   tez   parchalandi   va   tez
oksidlanadi,   tana   uchun   qo’shimcha   va   tobora   ko’proq   energiya   sarflash   talab
qilinganda   ularning   deposidan   tezda   olinishi   va   foydalanishi   mumkin   bo’ladi.
Karbonsuvlar   hujayra   sitoplazma   tarkibiga   kirib,   muhim   plastik   vazifani   ham
bajaradi. Karbonsuvlar suyak, tog’ay, biriktiruvchi to’qima hosil bo’lishida asosiy
moddalar tarkibiga kirib, tayanch funksiyasini ham bajaradi.
Karbonsuvlar   organizmdagi   biologik   suyuqlikning   asosiy   tarkibiy   qismini
tashkil   qilib,   ular   osmos   jarayonlarida   muhim   ahamiyatga   ega.   Shuningdek,   ular
murakkab   birikmalar   tarkibiga   kiradi   va   organizmda   o’ziga   xos   xilma-xil
funksiyalarni   bajaradi   (nuklein   kislotasi,   mukopolisaxarid).   Karbonsuvlar   jigarda
kimyoviy   moddalarni   zararsizlantirishda   hamda   tanani   immunologik   himoya
reaksiyasini ta’minlashda ishtirok etadi.
Katta   odamlarning   bir   kecha-kunduzdagi   karbonsuvlarga   bo’lgan   ehtiyoji
o’rtacha   500   g   ni   tashkil   qiladi.   Iste’mol   qiladigan   karbonsuvlarning   70%   i
hujayralarda   oksidlanadi,   shu   orqali   organizmning   asosiy   energetik   talabi
qoplanadi.   Organizmga   qabul   qilingan   karbonsuvlarning   25-28%   i   organizmda
yog’ga aylanadi va faqat 2-5% glyukozadan glikogen sintez uchun sarflanadi. 
Odam   tanasida   karbonsuvlar   almashinuvi   quyidagi   bosqichlar   orqali   amalga
oshadi:
- karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo’lida hazm bo’lishi;
- monosaxaridlarning qonga so’rilishi; 
- karbonsuvlarning oraliq almashinuvi;
- gyukozaning buyrakda filtrlanishi va qayta so’rilishi.
Karbonsuvlarning   hazm   bo’lishi .   Ovqat   bilan   qabul   qilingan   murakkab
karbonsuvlar   ichak   devorining   shilliq   pardasidan   so’rilib   o’tolmaydi.   Karbonsuv
so’rilib qon va limfa suyuqligiga o’tishi uchun monosaxaridlargacha parchalanishi
shart.   Shunday   qilib,   fermentlar   ta’sirida   murakkab   karbonsuvlar monosaxaridlargacha:   asosan   glyukoza,   fruktoza   va   galaktozagacha   ba’zi
holatlarda pentozagacha parchalanadi.
Karbonsuvlarning   so’rilishi .   Monosaxaridlar   qopqa   vena   qoniga   so’riladi.
So’rilish   apparati   ichak   shilliq   qavatidagi   vorsinkalar   hisoblanadi.
Monosaxaridlarning so’rilish tezligi har xil. Agar so’rilish tezligini 100 deb olsak,
galaktoza uchun bu 110 ga teng, fruktoza uchun 43, mannoza uchun 19, pentozalar
uchun   9-15   ga   teng   bo’ladi.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   geksozalar   pentozalarga
qaraganda tezroq so’rilar ekan.
Monosaxaridlar   ingichka   ichak   shilliq   pardasida   so’rilayotganda   fosfatlanadi
(fosfat   kislota   bilan   birikadi),   bunday   birikmalarning   hosil   bo’lishi   esa
karbonsuvlarning so’rilishini tezlatadi.
Karbonsuvlarnipng   oraliq   almashinuvi .   Ichak   devorlaridan   so’rilib   qonga
o’tgan   monosaxaridlar   qon   bilan   bosh   miyaga,   jigarga,   mushak   va   boshqa
to’qimalarga boradi, bu organlarda har xil birikmalarga aylanadi yoki oksidlanadi.
Karbonsuvlar   almashinuviga   asab   tizimining   ta’sirini   birinchi   bo’lib   1853
yilda   Klod   Bernar   aniqlagan.   U   uzunchoq   miyadagi   4-chi   qorincha   tubiga   ukol
(qand   ukoli)   qilib,   jigardagi   karbonsuvlar   zaxirasining   safarbar   etilishini,   so’ngra
giperglikemiya va glikozuriya ro’y berishini kashf etgan. Jigar to’qimasidan kelgan
glyukozadan glikogen hosil bo’ladi. Jigar glikogeni zaxira karbonsuvlar ekanligini
ham K.Bernar hayvon jigarini olib tashlash yo’li bilan isbotlagan. Bunda glyukoza
yetishmasligidan hayvon halok bo’ladi.
Keyinchalik   Mann   va   Magat   (1921-1922)   jigari   olib   tashlangan   hayvonning
qoniga glyukoza yuborib turib, uning hayotini saqlab turishga muvaffaq bo’ldilar.
Bu   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki,   jigar   glikogeni   qondagi   qand   miqdorini   bir
maromda ushlab turishda muhim rol o’ynar ekan.
Hozirgi   vaqtda   shu   narsa   ma’lumki,   karbonsuvlar   almashinuvining   turli   xil
jarayonlari uchun jigar javob berar ekan. Xususan:
1)   jigarda   glyukozadan   glikogen   sintezlanadi   (zaxiraviy   karbonsuv).   Bu
jarayon   glikogenez   d eyiladi.   Agar   qonda   qand   miqdori   kamayib   ketsa   glikogen
parchalanib   yana   glyukoza   hosil   bo’ladi,   ya’ni   glikogenoliz   jarayoni   ro’y   beradi. Hosil   bo’lgan   glyukoza   jigardan   qonga   o’tadi.   Glyukoza   va   fosfataza   fermenti
glikogenoliz jarayonida asosiy vazifani o’taydi;
2)   jigarga   kelgan   glyukozaning   bir   qismi   zarurat   tug’ilganda   oksidlanishi   va
undan energiya ajralib chiqishi mumkin;
3) glyukoza oqsil va yog’ sintezining manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin;
4)   glyukozadan   organizmning   muhim   funksiyasi   uchun   zarur   bo’lgan   bir
qancha   moddalar,   masalan,   glyukouron   kislotasi   hosil   bo’ladi,   bu   esa   jigarning
zararsizlantirish funksiyasini bajarish uchun zarurdir;
5) jigarda yog’lar, oqsillardan karbonsuvlar hosil bo’lishi mumkin, bu jarayon
glyukoneogenez   deyiladi. Glikogenez, glikogenoliz, glyukoneogenez bir-biri  bilan
o’zaro   bog’liq   jarayonlar   bo’lib,   qondagi   qand   miqdorini   bir   maromda   saqlab
turishini ta’minlaydi. 
Karbonsuvlar   almashinuvida   mushak   to’qimasi   muhim   o’rin   tutadi.
Mushaklar,   ayniqsa   zo’r   berib   ishlagan   vaqtda   ko’p   miqdorda   qon   tarkibidagi
glyukozani   ushlab   qoladi   va   xuddi   jigardagiday   bu   yerda   ham   glyukozadan
glikogen   sintezlanadi.   Glikogenning   to’planishi   mushaklar   ishi     uchun   muhim
energetik   manba   hisoblanadi.   Biroq   mushak   to’qimalarida   glikogenni
glyukozagacha parchalovchi glyukoza 6-fosfataza fermenti yo’q, chunki glyukoza
6-fosfat mushak to’qimasida pirouzum kislotasi va sut kislotasigacha parchalandi.
Mushak   to’qimasining   dam   olish   fazasida   sut   kislotasining   ko’p   qismi
glikogenga   resintezlanadi.   Bir   qismi   esa   qonga   o’tadi,   bu   giperlaktademiya
deyiladi (qondagi miqdorining oshishi  12-19 mg% gacha bo’lishi, mushaklar zo’r
berib   ishlagan   vaqtda   esa   uning   miqdori   15-20   marta   oshib   ketishi   mumkin).
Qondagi   sut   kislotasini   ko’p   a’zolar   o’zida   ushlab   qoladi,   ayniqsa   jigarda,   bu
jarayon shiddatli kechib, bu joyda glikogen sintezlanadi.
Glyukoza   katta   yarim   sharlar   po’stlog’ida   7-10   daqiqa   muddat   oralig’ida
yetishmasa,   undagi   asab   hujayralarining   o’lishi   sodir   bo’ladi.   Venaga   glyukozani
yuborganda   bunday   patologik   holatlar   yo’qoladi.   Qonda   glyukozaning   miqdori
70%mg dan pasayganda hayot uchun xavflidir.  Bola   organizmida   karbonsuv   almashinuvining   boshqarilishi   harakatchan
bo’lgani sababli voyaga yetgan organizmdan ajralib turadi, ayniqsa yangi tug’ilgan
va   ilk   bolalik   davrida.   Bu   holatning   mavjud   bo’lishi   neyroendokrin
mexanizmlarning   chaqaloqlarda   yetarli   yetishmasligi   bilan   tushuntiriladi.   Yangi
tug’ilgan   bolalarning   ochligida   uning   qonidagi   shakarning   miqdori   30-50   mg%,
emizakli bolalarda esa 80-100 mg% bo’ladi. 12-14 yoshli bolalarda bu ko’rsatgich
eng yuqori miqdorda, ya’ni 90-120 mg% bo’ladi. 
50   yoshdan   keyin   karbonsuvlarga   muhtojlik   kamayadi   va   alimentar
giperglikemiyaga   xos   egri   chizig’i   diabetik   tavsifga   ega   bo’ladi.   Ko’rsatilgan
yoshlarda   farqli   o’zgarishlar   bir   qancha   omillarning   mavjudligi   bilan   izohlanadi.
Birinchidan,   insulin   va   glyukagon   mahsulotlari   yoshga   bog’liq   holda   ma’lum
dinamikaga   ega.   Bolalik   va   yoshlik   davrida   me’da   osti   bezida   katta   orolchalar
ustun turib ularga   -hujayralar, ya’ni insulin hosil qiluvchi hujayralarning miqdori
kamroq   va   yirikroq   bo’ladi.   Qarilik   davrida   esa   bu   orolchalar   son   jihatdan   ko’p
bo’lib,   kattaligi   esa   kichik   bo’ladi,   ular   asosan   alfa   hujayralar,   ya’ni   glyukagon
hosil qiluvchi hujayralardan tashkil topgan.
Demak,   bolalik   va   yosh   davrlarda   insulin   sekresiyasi   ustun   tursa,   qarilikda
glyukagon ustun turadi.
3. Lipidlar almashinuvi
Lipidlar   sinfiga   kimyoviy   tarkibi   bir   xil   bo’lmagan,   bir   qancha   fizik,
kimyoviy   xususiyatlari   bilan   umumlashtiriluvchi   moddalar   kiradi.   Kimyoviy
tarkibi   bo’yicha   ularni   oddiy   lipidlar   (fosfolipidlar,   neytral   yog’lar)   va   murakkab
(glyukolipidlar,   sulfolipidlar)   va   steroidlarga   ajratiladi.   Hayvon   va   odam
organizmidagi   lipidlarning   asosiy   massasini   neytral   yog’lar   tashkil   etadi.   Ular
asosan triliseridlar, ya’ni gliserin va har xil yog’ kislota (ko’proq palmitin, stearin,
olein, linol, linolenlar tutadigan murakkab organik moddalardir.
Neytral   yog’lar   odam   va   hayvon   ovqatida   –   energiyaning   asosiy   manbai
hisoblanadi.   1   gr   yog’   oksidlanganida   38,97   kDj   yoki   9,3   kkal   issiqlik   ajraladi.
Kattalarning taxminan 50% energiyasini va emizikli bolalarning 40% energiyasini neytral yog’lar ta’minlaydi, bunda endogen suv hosil bo’lib, har 100 g yog’dan 107
ml   suv   hosil   bo’ladi.   Bu   esa,   tanada   suv   almashinishini   normal   borishini
ta’minlaydi. Neytral yog’lar zahiralarining oziq manbai sifatidagi roli tuyada tasvir
qilish   mumkin.   Uzoq   vaqt   cho’lda   yurganda   tuyaning   o’rkachidagi   yog’   birdan
energetik   zahira   ham   va   kerakli   miqdordagi   endogen   suv   manbai   ham   bo’lib
xizmat   qiladi.   Tanani   teri   ostida   joylashgan   neytral   yog’   harorati   biologik
muvofiqlashtiruvchi   tizim   bo’lib   xizmat   qiladi,   ya’ni   tanada   issiqlikni   saqlaydi.
Bunday yog’ni to’planishi ayniqsa dengiz va shimol hayvonlarida uchraydi.
Shunday  qilib,   neytral   yog’   zahiralari   to’plarni   a’zolar,   tomirlar   va   asablarni
o’rab olib, ularni tashqi travmatik ta’sirlaridan saqlaydi.
Katta odamlarning bir  kecha-kunduzdagi  neytral  yog’ga bo’lgan ehtiyoji  70-
80 g, 3-10 yoshli bolalarda 25-30 g ni tashkil qiladi. 
Energetik tomondan neytral yog’lar  karbonsuvlar bilan bemalol  almashinadi.
Lekin   ba’zi   to’yinmagan   yog’   kislotalar,   masalan,   linolen   va   araxidon   kislotalari
odam   ovqatida   albatta   bo’lishi   kerak,   chunki   ular   me’yorda   o’sish   uchun   va   bir
qancha   a’zolar   funksiyalari   uchun   kerakdir.   Ovqatda   bu   kislotalarning   uzoq   vaqt
bo’lmasligi yosh hayvonlarning bo’y o’sishini sekinlashuvi, kattalarda esa urchish
xususiyatining   yo’qolishiga   olib   keladi.   Odamlarda,   ayniqsa   bolalarda   teri
shikastlanishi   vujudga   keladi.   Shu   kislotalarga   odamning   bir   kecha   kunduzlik
ehtiyoji 3-6 g ni tashkil qiladi. Tanaga ovqat bilan kiruvchi yog’ ingichka ichakda
so’riladi. Ichakda yog’ kislotalar ta’sirida yog’ emulsiyalanadi. 
Emulsiyalangan   yog’ning   25-45%   i   me’da   osti   bezining   lipazasi   va   ichak
shirasi ta’sirida gliserin va yog’ kislotalargacha parchalanadi.
4. Yog’ almashinuvining boshqarilishi
Yog’ning   organizmda   to’planish   jarayoni   va   uni   yog’   depolaridan   chiqishi,
keyinchalik esa to’qimalarda sarflanishi o’z-o’zidan boshqarilish jarayoni bo’yicha
amalga   oshadi.   Uning   asosini   yog’   to’qimasini   yuvib   o’tuvchi   qondagi   yoki
to’qima   suyuqligidagi   glyukoza   miqdori   tashkil   qiladi.   Qonda   glyukoza konsentrasiyasi   oshsa   trigliseridlar   parchalanishi   kamayadi   va   ularning   sintezi
faollashadi   va   buning   aksi,   glyukozani   qondagi   konsentrasiyasi   kamaysa,
trigliseridlar   sintezi   tormozlanadi,   parchalanishi   esa   oshadi   va   qonda   yog’
to’qimasidan qonga noesterifisirlangan yog’ kislotalar o’tadi.
Shunday   qilib,   organizmning   energetik   ta’minlanishida   yog’   va   karbonsuv
almashinuvi orasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Energetik manbalardan trigliseridlar
yog’   to’qimalariga   zaxira   bo’ladi.   Agar   karbonsuvlar   yetishmasa   yoki   ularning
yetarlicha   o’zgarmaganida   trigliseridlar   parchalanib,   qonga   yangi   energetik
material   –   noesterifisirlangan   yog’   kislotalarni   ajratadi.   Ko’rsatilgan   o’z-o’zini
boshqarish jarayonlari asab va gormonlar ta’sirida bo’lib turadi. 
5.  Yog’ almashinuvi boshqarilishini yoshga bog’liqlik xususiyatlari
Kichik   yoshdagi   bolalarda   yog’   almashinuvi   boshqarilishi   va   yog’
zahirasining   tezda   kamayishi   kuzatiladi.   Kuchli   bo’y   o’sishi   va   jinsiy   yetilish
davrida   ko’pincha   oriqlash   kuzatiladi,   bu   esa   qalqonsimon   bez   gormonlari   va
somatotropin   mahsulotlarining   ko’payishi   oqibatida   yuzaga   keladi.   Asab
tizimining   simpatik   bo’limi   tonusining   oshishi   bolalarda   yog’   zahirasining   yengil
shaklida   yuz   beradigan   kamayishiga   olib   keladi.   Emizikli   bolalar   tana   massasiga
mos   ravishda   6-7   g   yog’   iste’mol   qilishi   zarur.   Maktabgacha   bo’lgan   davrda   va
maktab   yoshida   1   kg   massaga   2,5-3,0   g   yog’   iste’mol   qilish   kerak.   Shuni
unutmaslik kerakki, yosh bola iste’mol qiladigan mahsulotlarida yog’ning ortiqcha
miqdori   bo’lmasligi   kerak,   bu   chegaradan   yuqorilashuv   tanadagi   ishqor-kislotali
muvozanatning asidoz tomonga siljishiga olib keladi. 25-yoshdan o’tgandan so’ng
yog’   almashinuvi   har   10   yildan   so’ng   taxminan   7,5%   ga   pasayadi.   Shu   jihatdan
ko’pgina qari yoshdagi kishilarda semirish kuzatiladi, bu esa ishtaha  markazining
kuchli qo’zg’alishi va energetik sarflanishining pasayishi oqibatidir.
Chuqur qarilik davrida odatda oriqlash kuzatiladi, bu esa simpatik jarayonlar
qo’zg’aluvchanligining   pasayishi,   shu   jihatdan   karbonsuvlarning   yog’larga
o’tishining pasayishi natijasida yuzaga keladi. 6. Oqsillar almashinuvi.
Oqsillar  yoki  proteinlar  aminokislotalar polimerlari bo’lgan yuqori molekulali
azotli organik  moddalar hisoblanadi,  ular  barcha tirik organizmlarning va hayotiy
jarayonlarning asosiy tarkibiy qismidir. Oqsillar eng murakkab kimyoviy birikmalar
bo’lib, 20 turli aminokislotalarning turli kombinasiyalaridan tarkib topgan. Oqsillar
biosintezi   nuklein   kislotalarning   bevosita   yo’naltirovchi   ishtirokida   ro’y   beradi,
nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig’adigan «o’choq»
vazifasini o’tovchi qolib, andozaga o’xshaydi.
Oqsillar organizmda quyidagi funksiyalarni bajaradi : 
1.   Tuzilmaviy   yoki   plastik   funksiya .   Oqsillar   hujayra   yoki   hujayralararo
tuzilmalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning biosintezi organizmning
o’sishi va rivojlanishi jarayonida muhim rol o’ynaydi.
2.   Katalitik   yoki   fermentativ   funksiya .   Oqsillar   organizmda   kimyoviy
reaksiyalarni   tezlashtiradi.   Hozirgi   kunda   aniqlangan   hamma   fermentlar   oqsil
tabiatli   moddalar   hisoblanadi.   Organizmda   moddalarning   almashinuvi   oqsil-
fermentlarning faolligiga bog’liq.
3.   Himoyalovchi   funksiya .   Odam   organizmiga   kirayotgan   begona   oqsillarga
(masalan,   bakteriyalarga)   javoban   oqsillardan   immun   tana   (antitela)   lar   hosil
bo’ladi.
4.   Tashuvchi   funksiya .   Organizmda   ko’p   moddalarni   tashilishida   oqsillar
maxsus rol o’ynaydi. Hujayra va to’qimalar uchun zaruriy modda kislorodni ularga
yetkazib   berishi   va   organizmdan   karbonat   angidrid   gazini   tashqariga   chiqarish
murakkab oqsillar-gemoglobin orqali va yog’larning tashilishi lipoproteidlar orqali
amalga oshiriladi.
5.   Qisqaruvchi   funksiya .   Mushak   qisqarishi   jarayonida   miozin   va   aktin
oqsillari ishtirok etadi.
6.   Boshqaruv   funksiya .   Biologik   reaksiyalarning   doimiyligini   saqlab   turishda
oqsillarning   ahamiyati   juda   katta.   Bu   jarayon   oqsilli   tabiatli   turli   regulyator gormonlar  tufayli amalga oshiriladi. 
7.   Energetik   funksiya .   Oqsillar   organizmning   turli   tuzilmalarini   energiya
bilan   ta’minlab   turadi.   Organizmda   proteinlar,   karbonsuvlar   va   yog’larning
parchalanishi oqsil-fermentlar tufayli amalga oshiriladi. 1 g oqsil parchalanganda,
16,7 kDj (4,0 kkal) energiya hosil bo’ladi.
Tanada doimo oqsil parchalanish jarayonlari va oqsillarning sintezi kuzatiladi.
Yangi  oqsil  sintezining  yagona manbai  ovqat  tarkibidagi  oqsillar  bo’lib, tananing
oqsil   almashinuvi   oqsilli   oziqlanishga   mustahkam   bog’liqdir.   Odam   jigarida   har
kuni 25 g miqdorda, plazmada 20 g va gemoglobin tarkibida 8 g miqdorda yangi
oqsil hosil bo’ladi. Turli xil sharoitlarda katta kishi tanasida har kuni 400 g gacha
yangi   oqsil   mahsulotlari   hosil   bo’ladi   va   shuncha   miqdorda   parchalanib   turadi.
Oqsil almashinuvining tezligi shu bilan xarakterlanadiki, masalan, jigar tarkibidagi
oqsilning yarmi 5-7 kun davomida tamoman yangi oqsil  bilan almashinadi.
Doimiy ravishda tana tarkibidagi oqsillarni parchalanish jarayonlari yuz berib,
u   aminokislotalargacha   boradi.   Shu   bilan   birgalikda   tanaga   ovqat   bilan   kirgan
oqsillarning aminokislotalari  tushadi  (ichakdan so’riladi). Shunday qilib, ekzogen
va endogen tabiatli aminokislotalardan iborat bo’lgan,aralashma faza hosil bo’ladi.
Aralashma   faza   hujayra   ichida   va   hujayra   tashqarisidagi   suyuqlikda   uchraydi.
Uning tarkibidagi aminokislotalarning bir qismi yangi to’qima oqsillarining sintezi
uchun sarflanadi, bir qismi  esa purinli va fosfatidli asoslar, porfirin asoslarini hosil
qilish uchun sarflanadi  va nihoyat  aminokislotalarning bir qismi  oksidlanadi  yoki
lipidlar   va   uglevodlar   almashinuvi   uchun   sarflanadi.   Dezaminlanish   natijasida
ajralgan aminoguruhlar tanadan siydik bilan ammiak va siydikchil holida chiqarib
yuboriladi.
Mutaxassislar   tomonidan   ish   xarakteriga   va   yoshga   bog’liq   bo’lgan   holda
oqsilli   oziqlanish   me’yori   ishlab   chiqilgan.   Masalan,   70   kg   og’irlikdagi   katta
yoshdagi   sog’lom   odamlar   va   aqliy   mehnat   bilan   shug’ullanuvchi   kishilar   uchun
me’yorda 1 kecha kunduzda 100 g gacha, o’rtacha jismoniy mehnat bilan mashg’ul
bo’luvchilarga   120   g,   og’ir   jismoniy   mehnatdagilar   uchun   esa   -   130-150   g   oqsil
iste’mol qilish  talab qilinadi. Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini
ham   e’tiborga   olish   kerak.   Gap   shundaki,   organizmda   kechadigan   oqsil
biosintezida oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalarning tarkibiy jihati ham muhim
ahamiyatga ega bo’ladi.
Biologik nuqtai nazardan oqsil biosintezida ishtiok etadigan aminokislotalarni
2 guruhga bo’lish mumkin.
1.   Almashinadigan   aminokislotalar .   Bu   aminokislotalarning   oziq-ovqat
moddalari   tarkibidagi   yetishmovchiligi   boshqa   aminokislotalar   tomonidan
qoplanadi. 
2.   Almashinmaydigan   aminokislotalar.   Ular   tanada   hosil   bo’lmaydi,   ular
albatta   oziqa   tarkibida   bo’lishi   shart   bo’lgan   aminokislotalar   va   ularning
yetishmovchiligi   oqsil   sintezini   izdan   chiqarishiga   olib   keladi.   Almashtirib
bo’lmaydigan   aminokislotalarga   valin,   leysin,   treonin,   izoleysin,   metionin,
fenilalanin, triptofan, lizin, gistidin, arginin kiradi.
Aminokislotalarda almashinmaslik xossasi tur xossasiga ega. Masalan, arginin
va   gistidin,   kalamushlar   uchun   almashinmaydigan   bo’lib   hisoblanadi,   odam
tanasida ular sekinlik bilan bo’lsa ham hosil bo’lib turadi. 
O’simlik   mahsulotlaridan   iborat   oziqlarga   qaraganda   hayvon   mahsuloti
tarkibli   oziqlar   tarkibida   almashtirib   bo’lmaydigan   aminokislotalar   ko’p   bo’ladi.
Aminokislotalarning   kerakli   yig’indisini   saqlovchi   oqsillarni,   biologik   to’la
qimmatli   oqsillar   deb   nomlanadi.   Go’sht,   baliq,   tuxum,   sut   tarkibidagi   oqsillar
yuqori   darajadagi   biologik   to’la   qimmatli   oqsil   hisoblanadi.   Makkajo’xori,
bug’doy, arpa oqsillari to’la qimmatli bo’lmagan oqsillardir.
7. Azot balansi.
Azot   oqsillar   va   aminokislotalar   tarkibiy   qismining   asosiy   elementi
hisoblanib, organizmga oqsilli va boshqa xil oziq moddalar tarkibida kiradi.
Organizmga   ovqat   bilan   kiradigan   va   siydik,   ter   va   boshqa   yo’l   bilan
chiqadigan   azot   miqdorlarining   nisbati   azot   balansi   deb   ataladi.   Organizmga kiradigan va undan chiqadigan azot miqdori bir xil bo’lgan holda  azot muvozanati
kuzatiladi. Bu hol ko’pincha katta yoshdagi odamlarda kuzatiladi.
Organizmga ovqat bilan kiradigan azot miqdori organizmdan chiqadigan azot
miqdoriga nisbatan ortiq bo’lsa, organizmda  musbiy azot  balansi kuzatiladi, ya’ni
oqsil   parchalanishidan   ko’ra   ko’proq   hosil   bo’ladi.   Bu   hodisa   ko’pincha   kichik
yoshdagi  o’sayotgan bolalarda, ayollarda homiladorlik paytida, shiddatli  jismoniy
mashqlardan   keyin,   mushak   faoliyati   kuchayganda,   kasallikdan   keyin   va   boshqa
hollarda kuzatiladi.
Manfiy   azot   balansi   (azot   tanqisligi)   -   organizmdan   chiqqan   azot   miqdori
organizmga   kirgan   azot   miqdoriga   organizmga   kirgan   azot   miqdoriga   nisbatan
ortiq bo‘lgan holda kuzatiladi.
8. Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari.
Oqsil, yog’ va karbonsuvlar almashinuv jarayonlari o’ziga xos xususiyatlariga
ega.   Lekin   shu   bilan   bir   qatorda   o’zining   umumiy   qonuniyatlari   ham   bor.
Moddalar almashinuvini 3 bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir: 
Tananing hazm yo’llarida oziq moddalarning o’zlashtirilishi.
Oraliq almashinuv.
Oxirgi mahsulotlar metabolizmi.
Birinchi   bosqich   me’da-ichak   yo’lida   oziq   moddalarning   tartib   bilan   kichik
molekulyar  moddalarga kimyoviy yo’l  bilan parchalanishi  va hosil  bo’lgan oddiy
kimyoviy moddalarning qon va limfaga so’rilishi. Oqsil, yog’ va karbonsuvlarning
parchalanishi   o’ziga   xos   fermentlar   ta’sirida   boradi.   Oqsillar   peptidaza   fermenti
yordamida   aminokislotalargacha,   yog’lar   lipaza   yordamida   gliserin   va   yog’
kislotalargacha,   murakkab   karbonsuvlar   amilaza   yordamida   monosaxaridlargacha
parchalanadi.
Birinchi   bosqichning   ahamiyati   shundan   iboratki,   oziq   moddalarning   oddiy
moddalargacha   aylanib,   keyinchalik   bu   organizmning   energiya   manbai   bo’lib
xizmat   qiladi.   Bunday   moddalarga   aminokislotalar   (20   turi),   geksozalardan   - glyukoza,   fruktoza,   galaktoza,   pentozalar,   gliserin   va   yog’   kislotalari   kiradi.   Ular
qon va limfa suyuqligigacha oson so’rilib qon bilan jigar to’qimalariga va tananing
periferiyadagi   to’qimalariga   tashiladi   va   u   yerda   navbatdagi   o’zgarishlarga
uchraydi. 
Moddalar almashinuvining ikkinchi bosqichi aminokislotalar, monosaxaridlar,
gliserin   va   yog’   kislotalarini   hosil   bo’lishini   birlashtiradi.   Oraliq   almashinuv
jarayonida   oqsillar,   karbonsuvlar,   yog’lar   va   ularning   kompleks   birikmalari
sintezlanadi,   shuningdek,   aminokislotalar,   glyukoza,   gliserin   va   yog’
kislotalarining parchalanishi yuz beradi.
Hamma hujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli hujayra tizilmalari va
hujayraaro   modda   uzluksiz   hosil   bo’lib,   yemirilib   va   yangilanib   turadi.   Buning
sababi   shuki,   organizmda   doimo   har   xil   kimyoviy   birikmalar,   parchalanib   va
sintezlanib   turadi,   bir   xil   moddalar   ikkinchi   xil   moddalarga   aylanadi.   Moddalar
parchalanganda asosan  issiqlik, mexanik va  qisman elektr  energiyasi  kabi  kinetik
energiya turlariga aylanadi.
Oraliq   almashinuv   jarayonlarida   bitta   umumiy   modda   hosil   bo’ladi,   shuning
uchun   buni   moddalar   almashinuvining   «umumiy   qozoni»   ham   deyiladi.   Misol
uchun, pirouzum kislotasini olishimiz mumkin. Bu oqsil, yog’ va karbonsuvlarning
oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi (8.1. - rasm). 8.1-rasm.   Oqsil,   yog’   va   karbonsuvlar   almashinuvining   o’zaro   bog’liq   ekanligi   (Rappoport
bo’yicha).
Oraliq   almashinuv   jarayonlarida   tananing   asosiy   qismini   tashkil   etadigan   va
muayyan   turga   xos   oqsil,   yog’lar,   karbonsuvlar   va   ularning   komplekslari-
nukleoproteidlar,   fosfolipidlar   va   boshqalar   sintez   bo’ladi.   Bundan   tashqari,   bu
moddalar tananing asosiy energetik manbai ham hisoblanadi.
Energiya   balansi.   Moddalar   almashinuvi   va   energiya   o’zgarishi   bir-biridan
ajratib bo’lmaydigan jarayonlardir. Energiya almashmasa,  modda o’zgarmaydi  va
moddalar   almashinmasa   energiya   hosil   bo’lmaydi   va   almashmaydi.   Organizmda
ro’y   beradigan   energetik   jarayonlar   natijasida   asosan   issiqlik   energiyasi   hosil
bo’ladi. Tanada ajralib chiqqan issiqlik energiyasini aniqlab, ma’lum ish bajarishga
ketadigan   mexanik   energiyani   issiqlik   birligiga   aylantirish   asosida   hisoblab,
organizm   tomonidan   qancha   energiya   sarflaganini   aniqlash   va   almashinuv
jarayonlarini   qay   darajada   ekanligini   bilish   mumkin.   Organizmda   modda   va
energiya   almashinuv   jarayonlari   tabiiyotning   eng   buyuk   qonuni-materiya   va
energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ravishda sodir bo’ladi. Tirik organizmda
materiya   va   energiya   yaratilmaydi   va   yo’qolib   ketmaydi,   ular   faqat   o’zgaradi,
yutiladi va ajralib chiqadi.
Organizm   tashqi   muhitga   issiqlik   va   mexanik   ish   tarzida   energiya   ajratib
chiqaradi. Shuning uchun energiya balansini aniqlash uchun organizm qabul qilgan
ovqat   mahsulotlaridan   qancha   energiya   olishi   va   qancha   energiya   sarf   qilishini
aniqlash talab qilinadi. 
Energiya hosil bo’lishini aniqlash uchun ovqat mahsulotlari tarkibida qancha
kaloriya borligini hisoblash kerak. Bu esa 1 g modda yonganda ajralib chiqadigan
issiqlik   miqdoriga   va   issiqlik   koeffisentiga   teng.   Ovqat   moddasining   issiqlik
koeffisenti   Bertlo   «bombasida»   yoqib   aniqlangan.   Lekin   shuni   hisobga   olish
kerakki,   tanada   ovqat   mahsulotlaridan   oksidlanish   jarayonlarida   hosil   bo’lgan
kaloriya   miqdori   ularda   mavjud   bo’lgan   miqdordan   birmuncha   kamroq   bo’ladi, chunki iste’mol qilgan ovqat moddalarining hammasi  to’liq so’rilmaydi. Ayniqsa,
oqsil moddalar tanada to’liq oksidlanmaydi (6.8.1-rasm ).
9. Asosiy almashinuv va uning ahamiyati.
Organizm tamomila tinch turganda, nahorda, ya’ni ovqatlanishdan 12-16 soat
keyin va 18-20    haroratda sarf qiladigan energiyaning miqdori   asosiy almashinuv
deb ataladi.  
Asosiy   almashinuvni   aniqlash   uchun   tekshiriladigan   odam:                               1)
mushaklari   tinch   turadigan   holatda   bo’lishi   (mushaklarini   bo’sh   qo’yib   yotishi),
hayajonlantiruvchi   omillar   ta’sir   etmasligi;   2)   och   bo’lishi,   ya’ni   ovqat   yegandan
12-16   soat   keyin   tekshirilishi;   3)   komfort   harorat   –18-20    S,   ya’ni   sovuq
sezilmaydigan,   titratmaydigan   va   organizmni   qizitib   yubormaydigan   sharoitda
bo’lishi kerak.
Asosiy   almanishuvni   aniqlash   uchun   bilvosita   kalorimetriya   usuli
qo’llaniladi, ya’ni  gazlar  almashinuvi  tekshiriladi. Katta  yoshli  sog’lom  kishining
asosiy   almashinuvi   har   bir   kilogramm   og’irligiga   o’rta   hisob   bilan   1   soatga   1
kaloriyadan   to’g’ri   keladi.   Masalan,   70   kg   og’irlikdagi   odamning   asosiy
almashinuvi   70x24=1680   katta   kaloriyaga   teng   bo’ladi.   Bu   organizmning   hayot
faoliyati uchun sarf bo’ladigan energiya miqdoridir. 
Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, bo’yiga va og’irligiga bog’liq.
Erkaklarda asosiy almashinuv bir xil og’irlikdagi xotinlardagiga nisbatan ortiqroq
bo’ladi.
Bolalarda tananing 1 kg vazniga to’g’ri keladigan asosiy almashinuv miqdori
katta   yoshli   kishilardagiga   nisbatan   ortiqroq,   lekin   yosh   ulg’aygan   sayin   issiqlik
kamroq  hosil   bo’la  boshlaydi.   Bu  hol  20  yoshgacha  davom  etadi.   20  yoshdan  40
yoshgacha issiqlik hosil  bo’lishi  o’zgarmaydi, 40 yoshdan keyin esa issiqlik yana
kamroq hosil bo’la boshlaydi.
Emizadigan   bolalarda   1   kg   vazniga   to’g’ri   keladigan   asosiy   almashinuv   bir
kecha-kunduzda   209-222   KDJ   (50-53   kkal/kg)ga   teng.   Ularning   vazn   og’irligiga qarab   asosiy   almashinuv   kuchayadi.   Sog’lom   odamlar   asosiy   almashinuvining
ko’rsatkichi 4,2 KDJ (1 kkal/soat)ni tashkil etadi.
Uyqu   vaqtida   energiya   almashinuv   tezligi   siyraklik   davriga   nisbatan   8-10%
kamayadi,   chunki   uyqu   vaqtida   mushaklar   maksimal   darajada   bo’shashadi.   Tana
haroratining   ko’tarilishi   energiya   almashinuviga   ancha   katta   ta’sir   ko’rsatadi.
Masalan, odamning tana harorati 1 0
S ko’tarilsa, energiya sarfi o’rta hisob bilan 10-
11% ortadi.
Iqlimiy   sharoit   ta’sirida   ham   asosiy   almashinuv   miqdori   o’zgaradi:
Tropiklarda   o’rta   geografik   kengliklardagiga   nisbatan   10-20%   kam   va   shimolda
sovuq vaqtida ortiq bo’ladi. 
Organizm   mushaklari   ishlaganda   issiqlik   energiyasi   va   mexanik   energiya
hosil  bo’ladi. Mexanik energiyaning ish bajarish uchun ketgan barcha energiyaga
nisbatan foydali ish koeffisenti 16% dan 22% gacha bo’lib, o’rta hisobda 20% ga
teng,   biroq   ayrim   hollarda   esa   bundan   ham   ortiq   bo’lishi   mumkin.   Foydali   ish
koeffisenti   bir   qancha   sharoitlarga   qarab   o’zgaradi.   Masalan,   mashq   qilmagan
odamlarda   bu   koeffisent   mashq   qiluvchilardagiga   nisbatan   ancha   kam   bo’lib,
mashq qilgan sayin ortib boradi.
Mushaklar   qancha   zo’r   berib   ishlasa   energiya   sarfi   shunchalik   ortiq   bo’ladi.
Masalan, jismoniy mashqlar vaqtida, energiya sarfi tananing 1 kg vazniga 1 soatda
1   kkal   bo’lsa,   odam   tinch   o’tirganda   energiya   sarfi   tananing   1   kg   vazniga   o’rta
hisob   bilan   1,4   kkal   bo’ladi;   ish   bajarmay   tik   turilganda   1,5   kkal   yengil   ish
bajarilayotganda (idora xizmatchilari, tikuvchilar, nozik ish bajaruvchi mexaniklar,
o’qituvchilar)   –   1,8-2,5   kkal;   yurish   bilan   bog’langan   ozgina   mushak   ishida
(shifokorlar,   laborantlar,   xat   tashuvchilar,   muqovachilar)-2,8-3,2   kkal;   o’rtacha
og’irlikdagi mushak ishi bilan bog’liq bo’lgan mehnatda (metalchilar, buyoqchilar,
duradgorlar)   –   3,2-4   kkal   og’ir   jismoniy   mehnatda   (binokor   ishchilar,   o’tni
o’chiruvchilar,   yer   haydovchilar,   temirchilar   va   boshqalar)   –   5-7,5   kkal   energiya
sarflanadi (9.1 - rasm). 9.1-rasm. Turli jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan odamlarning bir kecha-kunduz
davomida sarf qilinadigan energiya miqdori (kDj hisobiga)
Energiya sarfiga qarab turli kasb egalarini bir necha guruhga bo’lish mumkin.
Bu guruhlarning kecha-kunduzdagi energiya sarfi quyidagicha.
Birinchi   guruh   -   aqliy   mehnat   kishilari   (olimlar,   shifokorlar,   muxandislar,
idora xizmatchilari va boshqalar) 3000-3200 kkal.
Ikkinchi   guruh   -   mexanizasiyalashgan   korxona   ishchilari   (tokarlar,
frezeyerchilar, to’qimachilar, shahar transporti haydovchilari)-3500 kkal.
Uchinchi   guruh   -   qisman   mexanizasiyalashgan   korxonalarda   jismoniy
mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar (slesarlar, o’t yoquvchilar, qishloq xo’jalik
ishchilari) – 4000 kkal.
To’rtinchi guruh  – og’ir jismoniy mehnat qiluvchilar – 4300-5000 kkal.
Odamda   energiya   sarfi   uning   fiziologik   holati   va   mushaklarning   faoliyatiga
bog’liq.   Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   mushak   faoliyati   vaqtida   energiya   ko’p sarflanadi. Energiya sarfining bunday o’zgarishi ish qo’shimchasini tashkil etadi va
mushakning zo’r berib ishlashi bilan bog’liq (6.9.1-jadval). 
9.1-jadval.
Tinch va jismoniy mashqlar vaqtida energiyaning sarfi
№ Organizmning   holati,   ishning
xususiyati Organizmning  1 kg massasi  uchun 1
daqiqa   davomida   sarf   bo’ladigan
energiya, DJ (kkal)
Uyqu 65 (15,5)
Yotib dam olish (uyqusiz) 77 (18,3)
Aqliy mehnat (o’tirib) 102 (24,3)
Qattiq o’qish 105 (25)
50 m/daqiqada yurish 214 (51)
16 km/soat yurish 299 (71,4)
100 m/daqiqa uyda 457 (109)
Chang’ida yurish 499 (119)
Suzish 499 (119)
8 km/soat yurish 649 (154)
140 m/daqiqa yurish va yugurish 756 (180,3)
60 m ga yugurish 2715 (647,9)
Uyquga nisbatan sekin-asta yugurgan vaqtda energiya 3 karra ko’proq, yaqin
masofaga   chopishda   esa   40   karra   ko’proq   sarflanadi.   Qisqa   muddatli   nagruzkada
energiya karbonsuvlarning oksidlanishi evaziga sarflanadi. ADABIYOT
1. Aganyans E.K. i dr., Fiziologiya cheloveka. M.: Sovetskiy sport, 2005.
2.Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
3.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   «Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka» 2001, 490 b.
4.   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.
5. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
6. Dubrovskiy V.I. Sportivnaya medisina.  2005, 528 b.
7. Smironov V.M. Fiziologiya cheloveka. M.: «Medisina», 2001, 606 b.
8. Raff G. Sekret ы  fiziologii. S-P. «Binom», 2001, 448 b.

MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI Reja: 1. Modda almashinuvi tiriklikning asosiy ko‘rsatkichi ekanligi. Ularning hayot ko‘rsatkichi ekanligi. Assimilyasiya va dissimilyasiya. 2. Karbonsuvlar va yog‘larning organizmdagi ahamiyati. Azot balansi. 3. Oqsil, karbonsuvlar va yog‘larga organizmning talabi. Oqsillarning biologik qiymati. Muskul ishini bajarishda oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvining o‘zgarishi. 4. Energiya almashinuvi haqida tushuncha. Energiya hosil bo‘lishining aerob va anaerob mexanizmlari. Muskul ishida energiya almashinuvining o‘zgarishi.

1. Modda almashinuvi tiriklikning asosiy ko‘rsatkichi ekanligi. Assimilyasiya va dissimilyasiya Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o’zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Modda va energiya almashinuvi, yoki metabolizm jarayonida organizmda mexanik, fizikaviy, kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi, termik va elektr hodisalari paydo bo’ladi. Murakkab organik birikmalar parchalanganda ularda mujassamlashgan potensial energiya bo’shab chiqib, issiqlik, mexanik, elektr energiyasiga aylanadi. Demak, metabolizm – bu organizmda yuzaga chiqadigan va uning hayotiy jarayonlarini amalga oshiradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarining yig’indisidir. Metabolizm jarayonida hujayra va to’qimalarning faoliyati, o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan energiya hosil bo’ladi. Bu esa fiziologik tuzilmalar, hujayralar, ularning funksiyasini bajarishi uchun zarur bo’lgan energiya ehtiyojini qondiradi. Modda va energiya almashinuvi tabiatshunoslikning umumiy qonuni – materiya va energiyaning saqlanish qonuniga asos bo’ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan ikki jarayon – ya’ni assimilyasiya (anabolizm) va dissimilyasiya (katabolizm) orqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyasiya yoki anabolizm deyiladi. «Assimilyasiya» termini lotincha «assimulo»-o’xshataman so’zidan olingan bo’lib, lug’aviy tarjimasi «o’xshatish», «o’zlashtirish» demakdir. Assimilyasiya – atrofdagi muhitdan organizmga tushadigan moddalarni o’zlashtirish, hazm qilish jarayoni, buning natijasida o’sha moddalar tirik tuzilmalarning tarkibiy qismi bo’lib qoladi yoki organizmda zahira holida to’planadi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ularning ko’payishi sodir bo’ladi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyasiya shuncha faol o’tadi. Bu esa organizmning o’sishi va rivojlanishini

ta’minlaydi. To’qimalarda saqlanadigan energiya beruvchi moddalar (glikogen, ATF) ning sintezlanishi uchun sarflanadi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi (yemirilishi) dissimilyasiya yoki katabolizm deyiladi. Dissimilyasiya (dissimulo- o’xshamaydigan qilaman so’zidan olingan) organizm faoliyati jarayonida murakkab organik moddalarining bo’linishi, o’zgarishi, ya’ni assimilyasiyaga qarama-qarshi jarayondir. Boshqacha qilib aytganda, dissimilyasiya jarayonida hujayralar tizimi, jumladan oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi, bo’linishi, tirik materiyaning yemirilishi demakdir. Buning natijasida energiya hosil bo’ladi va bu energiya assimilyasiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyasiya jarayoni natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar) ayirish a’zolari orqali tashqariga chiqariladi. Odam organizmida assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari bir-biriga bog’liq holda davom etadi. Sog’lom bo’lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda bo’ladi. Yosh organizmda assimilyasiya jarayoni ustunroq bo’lib, buning natijasida o’sish va rivojlanish ta’minlanadi. Keksa odamlar organizmida esa dissimilyasiya jarayoni ustun keladi. Shuning uchun ham keksalarning terisi salqi bo’lib, yuzlarida ajin paydo bo’ladi, tana mushaklari bo’shashib, ularning hajmi kichrayadi va qorni osilib qoladi. Og’ir kasalliklar vaqtida ham dissimilyasiya kuchayadi, shuning uchun hatto yosh odamning ham rangi so’liydi, terisi quriydi, yuzida ajin paydo bo’ladi, mushaklari bo’shashadi, tana vazni kamayadi. 2. Karbonsuvlar va yog‘larning organizmdagi ahamiyati. Azot balansi Karbonsuvlar organizmning asosiy energiya manbai bo’lib, tanada 1 g. karbonsuv biologik oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,8 kDJ energiya ajralib chiqadi. Karbonsuvlar (glyukoza shaklida) hamma hujayralar uchun ayniqsa bosh miya hujayralari uchun bevosita energiya manbai hisoblanadi. Glyukoza bosh miya

to’qimasining asosiy energetik manbai hisoblanadi, u miyaning nafas olishida, mediatorlar va ba’zi mikroergik birlashmalar uchun, asab to’qimalari uchun energiya manbai sifatida muhim rol o’ynaydi. Organizm energetikasida karbonsuvlarning muhim rol o’ynashiga sabab shuki, ular tez parchalandi va tez oksidlanadi, tana uchun qo’shimcha va tobora ko’proq energiya sarflash talab qilinganda ularning deposidan tezda olinishi va foydalanishi mumkin bo’ladi. Karbonsuvlar hujayra sitoplazma tarkibiga kirib, muhim plastik vazifani ham bajaradi. Karbonsuvlar suyak, tog’ay, biriktiruvchi to’qima hosil bo’lishida asosiy moddalar tarkibiga kirib, tayanch funksiyasini ham bajaradi. Karbonsuvlar organizmdagi biologik suyuqlikning asosiy tarkibiy qismini tashkil qilib, ular osmos jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ular murakkab birikmalar tarkibiga kiradi va organizmda o’ziga xos xilma-xil funksiyalarni bajaradi (nuklein kislotasi, mukopolisaxarid). Karbonsuvlar jigarda kimyoviy moddalarni zararsizlantirishda hamda tanani immunologik himoya reaksiyasini ta’minlashda ishtirok etadi. Katta odamlarning bir kecha-kunduzdagi karbonsuvlarga bo’lgan ehtiyoji o’rtacha 500 g ni tashkil qiladi. Iste’mol qiladigan karbonsuvlarning 70% i hujayralarda oksidlanadi, shu orqali organizmning asosiy energetik talabi qoplanadi. Organizmga qabul qilingan karbonsuvlarning 25-28% i organizmda yog’ga aylanadi va faqat 2-5% glyukozadan glikogen sintez uchun sarflanadi. Odam tanasida karbonsuvlar almashinuvi quyidagi bosqichlar orqali amalga oshadi: - karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo’lida hazm bo’lishi; - monosaxaridlarning qonga so’rilishi; - karbonsuvlarning oraliq almashinuvi; - gyukozaning buyrakda filtrlanishi va qayta so’rilishi. Karbonsuvlarning hazm bo’lishi . Ovqat bilan qabul qilingan murakkab karbonsuvlar ichak devorining shilliq pardasidan so’rilib o’tolmaydi. Karbonsuv so’rilib qon va limfa suyuqligiga o’tishi uchun monosaxaridlargacha parchalanishi shart. Shunday qilib, fermentlar ta’sirida murakkab karbonsuvlar

monosaxaridlargacha: asosan glyukoza, fruktoza va galaktozagacha ba’zi holatlarda pentozagacha parchalanadi. Karbonsuvlarning so’rilishi . Monosaxaridlar qopqa vena qoniga so’riladi. So’rilish apparati ichak shilliq qavatidagi vorsinkalar hisoblanadi. Monosaxaridlarning so’rilish tezligi har xil. Agar so’rilish tezligini 100 deb olsak, galaktoza uchun bu 110 ga teng, fruktoza uchun 43, mannoza uchun 19, pentozalar uchun 9-15 ga teng bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, geksozalar pentozalarga qaraganda tezroq so’rilar ekan. Monosaxaridlar ingichka ichak shilliq pardasida so’rilayotganda fosfatlanadi (fosfat kislota bilan birikadi), bunday birikmalarning hosil bo’lishi esa karbonsuvlarning so’rilishini tezlatadi. Karbonsuvlarnipng oraliq almashinuvi . Ichak devorlaridan so’rilib qonga o’tgan monosaxaridlar qon bilan bosh miyaga, jigarga, mushak va boshqa to’qimalarga boradi, bu organlarda har xil birikmalarga aylanadi yoki oksidlanadi. Karbonsuvlar almashinuviga asab tizimining ta’sirini birinchi bo’lib 1853 yilda Klod Bernar aniqlagan. U uzunchoq miyadagi 4-chi qorincha tubiga ukol (qand ukoli) qilib, jigardagi karbonsuvlar zaxirasining safarbar etilishini, so’ngra giperglikemiya va glikozuriya ro’y berishini kashf etgan. Jigar to’qimasidan kelgan glyukozadan glikogen hosil bo’ladi. Jigar glikogeni zaxira karbonsuvlar ekanligini ham K.Bernar hayvon jigarini olib tashlash yo’li bilan isbotlagan. Bunda glyukoza yetishmasligidan hayvon halok bo’ladi. Keyinchalik Mann va Magat (1921-1922) jigari olib tashlangan hayvonning qoniga glyukoza yuborib turib, uning hayotini saqlab turishga muvaffaq bo’ldilar. Bu tajribalar shuni ko’rsatadiki, jigar glikogeni qondagi qand miqdorini bir maromda ushlab turishda muhim rol o’ynar ekan. Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lumki, karbonsuvlar almashinuvining turli xil jarayonlari uchun jigar javob berar ekan. Xususan: 1) jigarda glyukozadan glikogen sintezlanadi (zaxiraviy karbonsuv). Bu jarayon glikogenez d eyiladi. Agar qonda qand miqdori kamayib ketsa glikogen parchalanib yana glyukoza hosil bo’ladi, ya’ni glikogenoliz jarayoni ro’y beradi.