logo

GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.63671875 KB
GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING 
AYLANMA HARAKATI
REJA:
1. Geografik qobiqdagi harakat turlari 
2 .Atmosferadagi harakatlar 
3.  Geografik qobiqda suvning aylanma harakati 
4.  Litosferadagi aylanma harakatlar 
5.Biologik va biokimyoviy aylanma harakatlar 1. Geografik qobiqdagi harakat turlari
Geografik   qobiqning   bir   butunliligi   ya’ni,   uning   komponentlarining
o‘zaro   ta’siri   hamda   bog‘liqligi   qonuniyati   komponentlararo   modda   va
energiya   almashinuvi   orqali   amalga   oshadi.   Geografik   qo biq   tarkibiy
qismlarining   va   landshaftlarning   o‘zaro   bog‘liqligi   xilma-xil,   biroq   ularning
bosh sababi murakkab kimyoviy reaksiyalarni, biologik jarayonlarni vujudga
keltiruvchi   quyosh   energiyasidir.   Tabiatdagi   narsa   va   hodisalarning   o‘zaro
bog‘liqligining   doimiyl i gi   moddalarning   aylanma   harakati   va   o‘simliklarda
to‘plangan energ i ya orqali amalga oshadi.
Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik t u ri ajratiladi: 
1.geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan harakatlar.
Geografik   qobiqning   faoliyati   natijasida   uning   o'lchamlarining   dinamik
muvozanati   yuzaga   keladi.   Juda   ko'p   omillarning   ta'siriga   qaramasdan
troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati, tarkibi, suvlarning sho'rligi
nisbatan   doimiy   darajada   (faqat   sutkalik,   fas1iy,   asriy   va   boshqa   davriy
o'zgarishlardan tashqari) turadi; 
2.geografik qobiqdagi  aniq  harakatlar, Ularning  sodir bo'lishi geografik
qobiqda   erkin   energiuaning   borligi   bilan   bog'liq   va   ular   Yerning   har   bir
qobig'ida o'ziga xos tarzda ro'u beradi.
Geografik qobiqqa issiqlik ikki tomondan keladi. Fazodan yerning ichki
qismidan. Geografik qobiqda issiqlik boshqa issiqliqlik shakllariga aylanadi.
Shuning   uchun   geogratIk   qobiqqa   keladlgan   issiqlik   Ichkl   va   tashqi
guruhlarga bo'linadi. 
Geografik qobiqda ro`y beradigan barcha jarayon va harakatlar ana shu
energiyalar ta`sirida rivojlanadi. Ma’lumki, organik hayotning fizik mohiyati
undagi   energiya   balansidir.   Bu   energiyaning   birdan   bir   asosiy   manbai   –
Quyoshning   nurli   energiyasidir.   Tabiatdagi   modda   va   energiya
almashinuvida  ham   Quyosh   energiyasi   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi.   Modda  va energiya almashinuvining yaqqol ko‘rinishlaridan biri moddalarning tabiatda
aylanib   yurishi   ya’ni,   aylanma   harakatidir.   Buni   suvning   katta   va   kichik
aylanma   harakati,   atmosfera   sirkulyasiyasi,   okean   (dengiz)   suvlari
sirkulyasiyasi   misolida   yaqqol   ko‘rish   mumkin.   Fotosintez   jarayonida   ham
shunday modda almashinuvidagi o‘ziga xos aylanma harakat ro‘y beradi.
Moddalarning   aylanib   yurishi,   bu   oqibat   natijada,   geografik   qobiq   va
tabiiy   kompleks   (landshaft)   tarkibiy   qismlarining   to‘xtovsiz   harakatidir.   Bu
jarayon   mineral   va   organik   massalarning   migratsiyasi   (ko‘chishi)   paydo
bo‘lishi,   emirilishi   va   geografik   qobiqda   yangidan   yangi   biologik
strukturalarning   paydo   bo‘lishi   demakdir.   Tabiatda   moddalarning   aylanib
yurishi organik hayotning doimiyligi va barqarorligini ta’minlaydi.
2.Atmosferadagi xarakatlar
Atmosfera   sirkulyasiyasining   asosiy   geografik   ahamiyati   shundaki,   Er
sharining bir joyidan ikkinchi joyiga ketayotgan havo o‘zi bilan birga nam va
issiqlik olib boradi.
Atmosferadagi   harakatlaning   asosiy   manbai   yer   yuzasida     issiqlikni,
namlikni   va   bosimni   notekis   taqsimlanishi   xisoblanadi.   Vuning   oqibatida
atmosferada   turli   xil   harakatlar   sodir   bo'ladi   va   ular   geografik   qobiqni
rivojlanisllida muhim o'rin tutadi. 
1.Havoning   turbulent   almashinishi   (yer   yuzasidan   ko`tarilayotgan
havodan yasharin bug` hosil bo`lish issiqligini chiqishi);
2.Haroratning balandlikka ko`tarilgan sari o`zgarib borishi;
3.Namlikni   geografik   taqsimlanishi   (natijada   bug'lanish,   kondensatsiya
va sublimatsiya, tuman, bulut,yog'inlar hosil bo`lishi).
4.Bosim   farqlanishidan   havoning   bir   joydan   ikkinchi   joyga
harakatlanishi (shamol, havo massalari, siklon, antisiklon). 
Issiqlik   quyi   geografik   kengliklardan   yuqori   geografik   kengliklarga
boradi;   bu   hol   Quyosh   radiatsiyasi   balansi   musbiy   bo‘lgan   (issiq)   rayonlar bilan Quyosh radiatsiyasi balansi manfiy bo‘lgan (sovuq) rayonlar o‘rtasidagi
temperatura   farqlarini   kamaytiradi.   Quruqlik   havosi   bilan   dengiz   havosi,
shimoliy yarim shar havosi bilan janubiy yarim shar havosi va har bir yarim
shardagi   turli   geografik   kengliklar   havosi   almashganda   nam   ham
almashinadi.   Bunda   siklonlar   ayniqsa   katta   rol   o‘ynaydi.   Siklonlar   yog‘in-
sochinlarni hosil qiladi va ularni taqsimlab turadi.
3.Suvning aylanma harakati.
YUqorida   qayd   etganimizdek,   Quyosh   energiyasi   Erda   moddalarning
ikki tipdagi, katta yoki geologik va kichik yoki biologik aylanma harakatiga
asos bo‘ladi.
Geologik   aylanma   harakat   ayniqsa,   suv   va   atmosfera   sirkulyasiyasida
yaqqol   namoyon   bo‘ladi.   Buni   biz   avvalo,   Dunyo   okeani   bilan   quruqlik
o‘rtasidagi o‘zaro suv va havo almashinuvida ko‘rishimiz mumkin. Suvning
katta   aylanma   harakati   gidrosfera-atmosfera-litosfera-gidrosfera   shaklida
kechadi.   Suvning   bir   qismi   uning   tarkibidagi   ba’zi   bir   moddalar   bilan   birga
bug‘lanib   quruqlikka   yog‘inlar   tarzida   tushadi.   Bu   erda   u   tog‘   jinslarini
emiradi,   tuproq   hosil   bo‘lish   jarayonida   ishtirok   etadi,   o‘simliklarning
o‘sishiga   sharoit   yaratadi,   tuproqning   yuqori   qatlamlarini   yuvadi   va   erigan
kimyoviy   birikmalar   bilan   boyib   okean   va   dengizlarga   qaytib   oqib   keladi.
Quruqlikdan   oqar   suvlar   keltirgan   tuzlar   dengizda   qoladi,   suv   esa   yangidan
shu   yo‘lni   qaytaradi   ya’ni,   aylanma   harakatini   davom   ettiraveradi.
Olimlarning   aniqlashicha,   er   yuzasidan   har   minutda   bir   milliard   tonna   suv
bug‘lanadi.   Havo   oqimlari   bu   suvni   yuzlab   va   minglab   kilometr   masofaga
olib   ketadi   hamda   u   quruqlik   bilan   okeanlar   yuzasiga   yog‘inlar   tarzida
tushadi.   Suvning   bug‘lanishiga   sarflangan   energiya   asosan   atmosferaga
qaytadi.   Suvning   aylanib   yurishi   tufayli   tabiatda   tirik   organizmlarning
gidrosferadan   litosferaga   o‘tishi   mumkin   bo‘lgan.   Hozirgi   vaqtda   suvning
Dunyo   okeani   bilan   quruqlik   o‘rtasidagi   sirkulyasiyasi   –   tirik organizmlarning  er  yuzasidagi  hayotining  muhim  omili,  o‘simlik,  hayvonlar
va   mikroorganizmlarning   noorganik   materiya   bilan   o‘zaro   ta’sirining   asosiy
shartidir.
Suvning   kichik,   biologik   aylanma   harakati   katta   geologik   aylanma
harakati asosida rivojlanib, u o‘simlik bilan tabiiy muhit o‘rtasida o‘tadi. Bu
jarayonning   borishida   mineral   birikmalarning   biogen   akkumulyasiyasi   va
organik   birikmalarning   minerallashuvi   energiyaning   ajralib   chiqishi   orqali
amalga oshadi.
Tabiatda suv to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gidrosferaning turli qismlari
o‘rtasidagi aylanma harakat tufayli barcha xil suv o‘zaro bog‘langandir.
Suvning   quyosh   energiyasi   va   og‘irlik   kuchi   ta’siri   ostida   gidrosfera,
atmosfera, litosfera va biosferani qamrab oluvchi o‘zaro aylanma harakatiga
dunyoda namlik almashinuvi yoki suvning tabiatda aylanib yurishi deyiladi.
Binobarin,   suvning   aylanma   harakati,   litosfera,   atmosfera,   biosfera   va
gidrosferaning   hamma   qismlari:   er   yuzasidagi   suvlari   (okeanlar,   dengizlar,
ko‘llar,   daryolar,   suv   omborlari,   kanallar),   tuproq   namligi,   er   osti   suvlari,
atmosfera suvlarini o‘zaro bog‘laydi. Tabiatda suvning aylanib yurishi tufayli
gidrosferaning   diskret   (turg‘un)   holati   buziladi.   Erdagi   hamma   xil   suvlar
paydo bo‘lishi jihatidangina emas, balki doimo harakatda ekanligi va aylanib
yurishiga   ko‘ra   ham   bir   xildir.   SHuni   aytish   kerakki,   suvni   aylantirib
yuruvchi   mexanizm   hamma   joyda   va   to‘xtovsiz   davom   etib,   unda   bir   qator
halqalar   (atmosfera,   okean,   litogen,   tuproq,   daryo,   ko‘l,   biologik,   xo‘jalik
halqalari) qatnashib, okean-atmosfera-quruqlik berk tizimini hosil qiladi.
YUqorida   aytganimizdek,   suvning   tabiatda   aylanib   yurishini   harakatga
keltiruvchi asosiy kuchlar quyoshdan keladigan issiqlik energiyasi va og‘irlik
kuchidir. Quyosh issiqligi ta’siri ostida suvning bug‘lanishi, suv bug‘larining
kondensatsiyasi   va   boshqa   xil   jarayonlar   sodir   bo‘ladi.   Og‘irlik   kuchi
ta’sirida esa, yomg‘ir tomchilarining erga tushishi, daryolar oqimi, tuproq va er osti suvlarining harakati sodir bo‘ladi. Ko‘pincha, bu ikki kuch birgalikda
harakat qiladi. Masalan, atmosfera sirkulyasiyasiga ham issiqlik, ham og‘irlik
kuchi ta’sir qiladi.
M.I.Lvovich   ma’lumotlariga   ko‘ra,   okeanlar,   dengizlar,   daryolar,
ko‘llar, muzliklar, qor qoplami hamda tuproq va o‘simliklar yuzasidan yiliga
525   100   ming   km3   suv   bug‘lanadi.   Okean   va   dengizlar   yuzasida   bo‘lgan
bug‘lanish atmosfera namligining asosiy manbaidir. Bu namning katta qismi
yog‘inlar   sifatida   bevosita   okean   va   dengizlarga   tushib,   suvning   kichik
aylanma   harakatini   hosil   qiladi.   Namning   kamroq   qismi   esa,   suvning   katta
aylanma   harakatida   ishtirok   etib,   er   yuzasi   bilan   o‘zaro   murakkab   ta’sirga
kirishadi.   Suvning   katta   aylanma   harakati   qator   mahalliy   va   ichki   aylanma
harakatlarni o‘z ichiga oladi; u er yuzasida, er tagida va atmosferada suvning
xilma-xil   shaklida   harakat   qilib,   sarflanishi,   tiklanishidan   iborat   jarayondir.
Atmosfera yog‘inlari materiklar yuzasiga tushib, qisman tuproqlarga singadi,
qisman yonbag‘irlar bo‘ylab oqadi va daryolar, ko‘llar hamda botqoqliklarni
hosil   qiladi.   Tuproqlarga   shimilgan   suvning   bir   qismi   bevosita   bug‘lanib
ketadi   yoki   o‘simliklar   transpiratsiya   qiladi,   bir   qismi   esa   erning   chuqur
qismlariga sizib tushib, er osti suvlarini hosil qiladi. Er osti suvlari esa daryo,
ko‘l va botqoqliklarning to‘yinishida ishtirok etadi yoki er osti yo‘llari bilan
bevosita dengizlarga borib quyiladi. 
M.I.Lvovich (1974) suvning aylanma harakati jarayonida gidrosferaning
turli qismlaridagi butun suv hajmining to‘la almashinishi qancha vaqt davom
etishini ifodalovchi «suvning almashinish faolligi» degan tushunchani kiritdi.
SHu narsa ma’lumki, gidrosferaning turli qismlarida suv almashinish faolligi
turlichadir. Bunda chuchuk suvlar (muzliklar bundan mustasno) ancha yuqori
faolligi   bilan   ajralib   turadi.   Okeanlar   yuzasidan   yiliga   452   600   km3   suv
bug‘lanadi   (Er   sharidagi   jami   bug‘lanishning   86,0%i).   Bu   miqdor   okeanlar
suvi   hajmiga   nisbatan   ko‘p   emas.   Suvning   aylanma   harakati   jarayonida okeanlar suvining to‘la almashinishi 3000 yil davom etadi. Er osti suvlarining
qayta tiklanishi ayniqsa uzoq 5000 yilga yaqin davom etadi.
Daryo   suvlarining   suv   almashinish   faolligi   ham   ancha   yuqori.   Er
yuzidagi  daryolarning  bir  yillik  umumiy  oqimi  388000  km3  ga  teng.  Daryo
o‘zanlaridagi suv har 11 sutkada bir marta yoki yiliga 32 marta almashinadi.
Suvning   almashinishi   va   ayniqsa   chuchuk   suv   hosil   bo‘lishida   yog‘inlar
asosiy   rol   o‘ynaydi.   CHuchuk   suvlarning   aylanma   harakatida   daryo   va
ko‘llar, shuningdek tuproqdagi nam ham muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari
nihoyatda   katta   hajmdagi   chuchuk   suv   muzliklarda   to‘plangan.   Qutblardagi
qoplama muzliklarning yillik suv sarfi 3 ming km3 ga yaqin. SHuning uchun
ham   barcha   muzliklarning   almashinish   faolligi   8000   yilni   tashkil   etadi.
Umuman   butun   gidrosfera   o‘rtacha   har   2800   yilda   almashinadi   ya’ni,   suvi
yangilanadi.
4.Biologik va biokimyoviy aylanma harakatlar.
Organik   moddaning   vujudga   kelishi   va   uni   parchalanish   jarayonida
biosferadagi   mineral   moddalar,   suv,   har   xil   gazlar   va     energiya   harakatga
ke1adi, bir joudan ikkinchi joyga ko'chadi. 
Tirik   organizmlarning   faoliyati   hamma   geosferalarpi   tuzilishiga   katta
ta'sir   ko'rsatdi:   atmosfera   tarkibidagi   karbonat   angidridining   asosiy   qismi
organik birikmalar  tarkibiga jalb  etiladi. Shu  jarayolar  ta'sirida  yer  yuzasida
katta   miqdorda   kimyoviy   energiya   to'plandi,   atmosferada   erkin   kislorod
miqdori   ko'payib   ozon   ekrani   vujudga   keldi,   hosildorlik   hustlsiyatiga   ega
bo'lgan, o'ziga xos biokos tizim   tuproq vujudga keldi, yer po'stining yuqori
qismida organizmlar qoldig'iga bou cho'kindi tog' jinslari to'p1andi.
Biologik   o'rin   almashish   fotosintez   jarayoni   bi1an   chambarchas
bog'langan.   Natijada   energiyaga   bou   kuchli   qaytaruvchi   xlorofill   organik
birikma va kuchli oksidlalltiruvchi element kislorod vujudga keladi. Tirik   organizmlar   tarkibida   80   dan   ortiq   kimyoviy   elementni
uchratishimiz   mumkin.   Lekin   ular   har   xil   organizmlar   tomonidan   har   xil
miqdorda iste’mol qilinadi.
Tirik organizmlar tarkibini asosiy qismini kislorod (65-70%) va vodorod
(19%   atrofida)   tashkil   etadi.   Qolgan   hamma   elementlar   miqdori   20-25%
atrofida   bo‘lib,   1-10%   gacha   uglerod,   azot,   kalsiy,   1%   gacha   oltingugurt,
fosfor, kaliy, kremniy, 0,1% dan 0,001% gacha temir, natriy, xlor, aluminiy,
magniy   va   boshqa   elementlardan   iborat.   Ko‘rinib   turibdiki   organizmlar
tomonidan   litosferadagi   barcha   kimyoviy   elementlar   u   yoki   bu   miqdorda
iste’mol   qilinadi   va   biologik,   geologik   o‘rin   almashishga   jalb   etiladi,
biokimyoviy aylanma harakat ro‘y beradi.
Tirik   organizmlar   uchun   eng   zaruriy   elementlardan   biri   uglerod
hisoblanadi. Suv kabi organik mahsulotni vujudga kelishida uglerodning bir
qator   xususiyatlari   juda   muhim   ahamiyatga   ega.   Uglerod   ham   musbat,   ham
manfiy   ionli   moddalar   bilan   turg‘un   birikmalami   vujudga   keltira   oladi.
Uglerod   atomlari   zanjirsimon   yoki   sharsimon   murakkab   malekulalami
vujudga   keltira   oladi.   U   asosida   vujudga   kelgan   organik   birikmalar   Yer
yuzasidagi   issiqlik   muhitiga   mos   va   mikroorganizmlar   tomonidan
parchalanishi   mumkin.   Hayot   yo‘q   muhitda   bunday   birikmalar   saqlanib
qoladi   yoki   sekin   o‘zgarib   toshko‘mir,   torf,   neft   va   boshqa   yoqilg‘i   foydali
qazilmalami vujudga keltiradi.
Uglerodning   asosiy   aylanma   harakati   biologik   o‘rin   almashish   bilan
bog‘liq,   u   atmosfera   yoki   suvdan   o‘simliklar   tomonidan   asosiy   iste’mol
etiluvchi   element   sifatida   to‘planadi,   o‘simliklar   va   hayvonlarni   nafas   olish
jarayonida,   organik   moddani   chirish   jarayonida   ajralib   chiqadi,   Yerdagi
o‘simliklar   atmosferadagi   hamma   uglerodni   to‘rt   yuz   yil   ichida,
gidrosferadagi   uglerodni   esa   uch   yuz   yil   ichida   o‘zlashtirishlari   mumkin.
Organizmlarning nafas olishi, ular qoldiqlarining chirishi va boshqa bir qator tabiiy   (vulqonlari   otilishi)   va   texnogen   (yonilg‘ini   yoqilishi)   jarayonlar
ta’sirida uning miqdori muvozanatida ushlanib turiladi.
Hayotiy   jarayonlar   uchun   uglerodni   atmosfera   va   suvda   gazsimon
birikma   karbonat   angidridi   sifatida   mavjudligi   muhim   ahamiyatga   ega,
natijada u yer yuzasida oson harakat qilishi va fotosintez jarayonida ishtirok
etishi mumkin.
Uglerodning   o‘rin   almashishi   butunlay   berk   mas.   Uning   bir   qismi
organik   (gumus,   torf,   sapropel)   va   noorganik   (kalsiy   karbonat   va   hokazo)
birikmalar   shaklida   cho‘kindi   tog‘   jinslari   tarkibida   ko‘milib   ketadi.   Agar
bunday tog‘ jinslari chuqurda joylashgan bo‘lsa, ulaming tarkibidagi uglerod
millionlab   yil   o‘rin   almashishdan   chiqib   ketadi.   Natijada   ko‘mir,   neft,
ohaktosh   va   boshqa   tog‘   jinslarini   tarkibida   10 16
t  uglerod   to‘plangan   bo‘lib,
uning   bu   miqdori   okean   suvlari,   atmosfera   va   tirik   organizmlar   tarkibidagi
uglerodga   nisbatan   bir   necha   barobar   ko‘p.   Vulqonlar   otilganda   yoki   tog‘
hosil   bo‘lish   jarayonida   chuqurlikda   joylashgan   cho‘kindi   tog‘   jinslari   Yer
yuzasiga   chiqadi   va   uning   tarkibidagi   uglerod   yana   biologik   o‘rin
almashishda   ishtirok   etishi   mumkin.   Agar   Yerdagi   hayot   3   mlrd   yildan
ortiqroq   mavjudligini   hisobga   olsak   geografik   qobiqdagi   bor   uglerod   bir
necha   bor   biologik   o‘rin   almashishda   ishtirok   etganligini   ko‘rishimiz
mumkin.
Biologik   o‘rin   almashish   jarayonida   ishtirok   etuvchi   yana   bir   muhim
elementlardan   biri   azot   hisoblanadi.   Uning   landshaftlardagi   miqdori
litosferadagiga   nisbatan   ancha   ko‘p.   Azotning   asosiy   qismi   atmosferada
to‘plangan,   tuproq   va   tirik   organizmlarning   tarkibida   ham   uning   miqdori
ancha ko‘p. Azotni ko‘pchilik hayot va mahsuldorlik elementi deydi.
5.Litosferadagi aylanma harakatlar Er   po‘stidan   chuqurdagi   protsesslar   natijasida   paydo   bo‘ladigan
harakatlar   birlamchi   harakatlar   deyiladi.   Moddaning   gravitatsion
differensiyalanishi, ya’ni uning zichligiga qarab qatlamlanishi bu protsesslar
orasida   muhim   rol   o‘ynaydi;   moddaning   pastga   tushishi   shu   joy   ustida   er
po‘stining   cho‘kishiga,   moddaning   yuqoriga   chiqishi   esa   er   po‘stining
ko‘tarilishiga   olib   keladi.   Birlamchi   harakatlarning   kuchayishi   bilan   er
po‘stida   murakkab   zo‘riqish   holatlari   ro‘y   beradi,   buning   natijasida   turli   xil
mexanik   xossalarga   ega   bo‘lgan   tog‘   jinslarida   ikkilamchi   harakatlar   deb
ataladigan tektonik harakatlardan iborat mahalliy reaksiya bo‘ladi.
Er   po‘stining   vertikal   harakatlari   birlamchi   harakatlardir;   bu   harakatlar
umumiy   tebranishlarga,   ya’ni   pulsatsiyalarga   va   to‘lqinsimon   harakatlarga
bo‘linadi.   Magma   hodisasi,   ya’ni   magmaning   —   Er   ichida   hosil   bo‘lgan
qaynoq,   erib   turgan   mineral   (silikat)   massaning   yuqoriga   ko‘tarilib,   er
po‘stiga   kirib   qolishi   yoki   er   betiga   okqb   chiqishi   vertikal   harakatlar   bilan
chambarchas   bog‘liqdir.   Tog‘   jinslari   qatlamlarini   bukib,   burmalar   hosil
qiluvchi   kuchlar   va   Er   po‘stida   yoriqlar   hosil   qiluvchi   kuchlar   ikkilamchi
tektonik   kuchlardir   (Er   po‘stining   ayrim   uchastkalari   bir-birlariga   nisbatan
ana shu yoriqlar bo‘ylab siljishi mumkin, lekin siljishi shart emas).
Magma   hosil   bo‘lgandan   keyin   endi   boshqa   sabablarga   ko‘ra   yuqoriga
ko‘tarilishga   intiladi.   Magma   er   betiga   chiqmasdanoq   to‘xtab   qolishi
mumkin.   U   vaqtda   magma   er   ostida   asta-sekin   sovib,   yana   qattiq   moddaga
aylanadi.   Ana   shunda   magma   intruziv   jinslar   yoki   chuqurlikda   qotib   hosil
bo‘lgan jinslar deb ataluvchi bir gruppa magmatik tog‘ jinslarini hosil qiladi.
Magma er yuzasiga oqib chiqib qotsa, bundan hosil bo‘lgan magmatik jinslar
effuziv   jinslar   yoki   er   yuzasiga   chiqib   qotgan   jinslar   deb   ataladi;   o‘z
tarkibidagi gazlarning  ancha  qismini yo‘qotgan  effuziv tog‘ jinsi va bu  tog‘
jinsini hosil qilgan erigan massa lava ham deyiladi. Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING AYLANMA HARAKATI REJA: 1. Geografik qobiqdagi harakat turlari 2 .Atmosferadagi harakatlar 3. Geografik qobiqda suvning aylanma harakati 4. Litosferadagi aylanma harakatlar 5.Biologik va biokimyoviy aylanma harakatlar

1. Geografik qobiqdagi harakat turlari Geografik qobiqning bir butunliligi ya’ni, uning komponentlarining o‘zaro ta’siri hamda bog‘liqligi qonuniyati komponentlararo modda va energiya almashinuvi orqali amalga oshadi. Geografik qo biq tarkibiy qismlarining va landshaftlarning o‘zaro bog‘liqligi xilma-xil, biroq ularning bosh sababi murakkab kimyoviy reaksiyalarni, biologik jarayonlarni vujudga keltiruvchi quyosh energiyasidir. Tabiatdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligining doimiyl i gi moddalarning aylanma harakati va o‘simliklarda to‘plangan energ i ya orqali amalga oshadi. Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik t u ri ajratiladi: 1.geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan harakatlar. Geografik qobiqning faoliyati natijasida uning o'lchamlarining dinamik muvozanati yuzaga keladi. Juda ko'p omillarning ta'siriga qaramasdan troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati, tarkibi, suvlarning sho'rligi nisbatan doimiy darajada (faqat sutkalik, fas1iy, asriy va boshqa davriy o'zgarishlardan tashqari) turadi; 2.geografik qobiqdagi aniq harakatlar, Ularning sodir bo'lishi geografik qobiqda erkin energiuaning borligi bilan bog'liq va ular Yerning har bir qobig'ida o'ziga xos tarzda ro'u beradi. Geografik qobiqqa issiqlik ikki tomondan keladi. Fazodan yerning ichki qismidan. Geografik qobiqda issiqlik boshqa issiqliqlik shakllariga aylanadi. Shuning uchun geogratIk qobiqqa keladlgan issiqlik Ichkl va tashqi guruhlarga bo'linadi. Geografik qobiqda ro`y beradigan barcha jarayon va harakatlar ana shu energiyalar ta`sirida rivojlanadi. Ma’lumki, organik hayotning fizik mohiyati undagi energiya balansidir. Bu energiyaning birdan bir asosiy manbai – Quyoshning nurli energiyasidir. Tabiatdagi modda va energiya almashinuvida ham Quyosh energiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Modda va

energiya almashinuvining yaqqol ko‘rinishlaridan biri moddalarning tabiatda aylanib yurishi ya’ni, aylanma harakatidir. Buni suvning katta va kichik aylanma harakati, atmosfera sirkulyasiyasi, okean (dengiz) suvlari sirkulyasiyasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Fotosintez jarayonida ham shunday modda almashinuvidagi o‘ziga xos aylanma harakat ro‘y beradi. Moddalarning aylanib yurishi, bu oqibat natijada, geografik qobiq va tabiiy kompleks (landshaft) tarkibiy qismlarining to‘xtovsiz harakatidir. Bu jarayon mineral va organik massalarning migratsiyasi (ko‘chishi) paydo bo‘lishi, emirilishi va geografik qobiqda yangidan yangi biologik strukturalarning paydo bo‘lishi demakdir. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi organik hayotning doimiyligi va barqarorligini ta’minlaydi. 2.Atmosferadagi xarakatlar Atmosfera sirkulyasiyasining asosiy geografik ahamiyati shundaki, Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga ketayotgan havo o‘zi bilan birga nam va issiqlik olib boradi. Atmosferadagi harakatlaning asosiy manbai yer yuzasida issiqlikni, namlikni va bosimni notekis taqsimlanishi xisoblanadi. Vuning oqibatida atmosferada turli xil harakatlar sodir bo'ladi va ular geografik qobiqni rivojlanisllida muhim o'rin tutadi. 1.Havoning turbulent almashinishi (yer yuzasidan ko`tarilayotgan havodan yasharin bug` hosil bo`lish issiqligini chiqishi); 2.Haroratning balandlikka ko`tarilgan sari o`zgarib borishi; 3.Namlikni geografik taqsimlanishi (natijada bug'lanish, kondensatsiya va sublimatsiya, tuman, bulut,yog'inlar hosil bo`lishi). 4.Bosim farqlanishidan havoning bir joydan ikkinchi joyga harakatlanishi (shamol, havo massalari, siklon, antisiklon). Issiqlik quyi geografik kengliklardan yuqori geografik kengliklarga boradi; bu hol Quyosh radiatsiyasi balansi musbiy bo‘lgan (issiq) rayonlar

bilan Quyosh radiatsiyasi balansi manfiy bo‘lgan (sovuq) rayonlar o‘rtasidagi temperatura farqlarini kamaytiradi. Quruqlik havosi bilan dengiz havosi, shimoliy yarim shar havosi bilan janubiy yarim shar havosi va har bir yarim shardagi turli geografik kengliklar havosi almashganda nam ham almashinadi. Bunda siklonlar ayniqsa katta rol o‘ynaydi. Siklonlar yog‘in- sochinlarni hosil qiladi va ularni taqsimlab turadi. 3.Suvning aylanma harakati. YUqorida qayd etganimizdek, Quyosh energiyasi Erda moddalarning ikki tipdagi, katta yoki geologik va kichik yoki biologik aylanma harakatiga asos bo‘ladi. Geologik aylanma harakat ayniqsa, suv va atmosfera sirkulyasiyasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Buni biz avvalo, Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi o‘zaro suv va havo almashinuvida ko‘rishimiz mumkin. Suvning katta aylanma harakati gidrosfera-atmosfera-litosfera-gidrosfera shaklida kechadi. Suvning bir qismi uning tarkibidagi ba’zi bir moddalar bilan birga bug‘lanib quruqlikka yog‘inlar tarzida tushadi. Bu erda u tog‘ jinslarini emiradi, tuproq hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi, o‘simliklarning o‘sishiga sharoit yaratadi, tuproqning yuqori qatlamlarini yuvadi va erigan kimyoviy birikmalar bilan boyib okean va dengizlarga qaytib oqib keladi. Quruqlikdan oqar suvlar keltirgan tuzlar dengizda qoladi, suv esa yangidan shu yo‘lni qaytaradi ya’ni, aylanma harakatini davom ettiraveradi. Olimlarning aniqlashicha, er yuzasidan har minutda bir milliard tonna suv bug‘lanadi. Havo oqimlari bu suvni yuzlab va minglab kilometr masofaga olib ketadi hamda u quruqlik bilan okeanlar yuzasiga yog‘inlar tarzida tushadi. Suvning bug‘lanishiga sarflangan energiya asosan atmosferaga qaytadi. Suvning aylanib yurishi tufayli tabiatda tirik organizmlarning gidrosferadan litosferaga o‘tishi mumkin bo‘lgan. Hozirgi vaqtda suvning Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi sirkulyasiyasi – tirik

organizmlarning er yuzasidagi hayotining muhim omili, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlarning noorganik materiya bilan o‘zaro ta’sirining asosiy shartidir. Suvning kichik, biologik aylanma harakati katta geologik aylanma harakati asosida rivojlanib, u o‘simlik bilan tabiiy muhit o‘rtasida o‘tadi. Bu jarayonning borishida mineral birikmalarning biogen akkumulyasiyasi va organik birikmalarning minerallashuvi energiyaning ajralib chiqishi orqali amalga oshadi. Tabiatda suv to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gidrosferaning turli qismlari o‘rtasidagi aylanma harakat tufayli barcha xil suv o‘zaro bog‘langandir. Suvning quyosh energiyasi va og‘irlik kuchi ta’siri ostida gidrosfera, atmosfera, litosfera va biosferani qamrab oluvchi o‘zaro aylanma harakatiga dunyoda namlik almashinuvi yoki suvning tabiatda aylanib yurishi deyiladi. Binobarin, suvning aylanma harakati, litosfera, atmosfera, biosfera va gidrosferaning hamma qismlari: er yuzasidagi suvlari (okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, suv omborlari, kanallar), tuproq namligi, er osti suvlari, atmosfera suvlarini o‘zaro bog‘laydi. Tabiatda suvning aylanib yurishi tufayli gidrosferaning diskret (turg‘un) holati buziladi. Erdagi hamma xil suvlar paydo bo‘lishi jihatidangina emas, balki doimo harakatda ekanligi va aylanib yurishiga ko‘ra ham bir xildir. SHuni aytish kerakki, suvni aylantirib yuruvchi mexanizm hamma joyda va to‘xtovsiz davom etib, unda bir qator halqalar (atmosfera, okean, litogen, tuproq, daryo, ko‘l, biologik, xo‘jalik halqalari) qatnashib, okean-atmosfera-quruqlik berk tizimini hosil qiladi. YUqorida aytganimizdek, suvning tabiatda aylanib yurishini harakatga keltiruvchi asosiy kuchlar quyoshdan keladigan issiqlik energiyasi va og‘irlik kuchidir. Quyosh issiqligi ta’siri ostida suvning bug‘lanishi, suv bug‘larining kondensatsiyasi va boshqa xil jarayonlar sodir bo‘ladi. Og‘irlik kuchi ta’sirida esa, yomg‘ir tomchilarining erga tushishi, daryolar oqimi, tuproq va