logo

Ekosistema tushunchasi va tuzilishi. Ekosistemada modda va energiya oqimi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.6689453125 KB
Ekosistema tushunchasi va tuzilishi. Ekosistemada modda va energiya oqimi. 
Ekosistemalar maxsuldorligi
Reja:  
                    Ekosistemalar va ularning tuzilmasi.
                    Ozuqa   zanjirlar .
                    Ekologik   piramidalar .    
           Ekosistemada   energiya   oqimi .
                    Ekosistemalarda   modda   aylanmasi   va   uning   maxsuldorligi .
                    Ekosistemadagi   o ’ zgarishlar .  Suksessiya .
 
                    Organizmlar   jamoasi   anorganik   muhit   bilan   chambarchas   bog’langan.
O’simliklar tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar
tushib   turgandagina   yashay   oladi.   Geterotrof   organizmlar   o’simliklar   hisobiga
yashasada,   ular   ham   kislorod   va   suv   kabi   anorganik   moddalarga   muxtojdir.
                    Har   qanday   muhitda   ham,   agar   anorganik   moddalar   zaxirasi   tiklanib
turmasa, ular tugab qolishi mumkin. Organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur
bo’lgan   biogen   elementlarning   atrof   muhitga   qaytarilishi   organizmning   hayot
faoliyati   jarayonida     (nafas   olish,   ekskresiya)   hamda   ular   ulgandan   keyin
parchalanishi   natijasida   yuz   beradi.   Demak,   jamoalar   noorganik   muhit   bilan  
shunday  sistema   hosil   qiladiki,  bu  sistema   ichida  organizmlarning  hayot  faoliyati
natijasida yuzaga chiqadigan atomlar oqimi davra hosil qilib aylanib turadi. Modda
almashishi mumkin    bo’lgan tirik organizmlar bilan o’lik tabiat komponentlarining
majmuasi   ekosistema   deb   ataladi.   Bu   so’zni   ingliz   ekologi   A.Tensli       1935   yilda
fanga   kiritgan.   A.   Tensli   ekosistemani   tabiatning   asosiy   birligi   deb   hisoblagan.
Ekosistemada   modda   almashishi   sodir   bo’lishi   uchun   noorganik   elementlarning
uzlashtiriladigan   holatdagi   zaxirasi   hamda   organizmlarning   3ta   ekologik   guruhi:
Produtsentlar,   konsumentlar   va   redutsentlarning   bo’lishi   shart.
                    Ekosistemadagi avtotrof organizmlar Produtsentlarni tashkil qiladi va ular uz
tanalarini   anorganik   birikmalar   hisobiga   quradilar.   Konsumentlar-geterotof
organizmlar   bo’lib,   Produtsentlarning   yoki   boshqa   konsumentlarning   organik
moddasini   istemol   qiladi   va   uni   yangi   shaklga   o’tkazadi.     Redutsentlar   o’lik
qoldiqlar   hisobiga   yashaydi   va   organik   birkmalarni   anorganik   birkmalar   holatiga
o’tkazadi.   Organizmlarning   bunday   guruhlarga   ajratish   nisbiydir.   Chunki
Produtsentlar va konsumentlar qisman redutsentlar vazifasini ham bajaradi, tashqi
muhitga   anargonik   birkmalar   ham   ajratadi.
                    Atomlarning   doira   bo'ylab   aylanishi   konsumentlarsiz   ham   amalga   oshishi
mumkin.   Lekin   bunday   ekosistemalar   juda   kam.   Masalan,   Faqat
mikroorganizmlardan   iborat   ekosistemada   bu   xodisa   kuzatiladi.
                    Ekosistemaning   xajmi   juda   turli-tuman.   Daraxt   pustlogidagi   lishayniklar to’plamidan   tortib,   butun   Yer   sharini   alohida   ekosistema   deb   karash   mumkin.
Kichik   ekosistemalarda   ham   biogen   elementlarning   aylanishi   ro’y   beradi.   Lekin
moddalarning   va   organizmlarning   ekosistema   chegarasidan   tashqariga   chiqishi
sodir   bo’lib   turadi.   Kattaroq   ekosistemalarda   modda   almashishi   to’liqroq   amalga
oshadi.   Lekin   eng   katta   ekosistemalar   ham   yopiq   xoldagi   modda   aylanishiga   ega
emas.
                    Ekosistema   ta’limoti   bilan   bir   qatorda  Biogeotsenoz   ta’limoti   ham   mavjud.
"Biogeotsenoz" tushunchasi N.V.Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. Ekosistema
va Biogeotsenoz  tushunchalar  bir-birga yaqin.  Lekin ekosistema   modda aylanishi
ro’y   beradigan   sistema   deb   qaralsa,   Biogeotsenoz   ma’lum   o’simliklar   bilan
qoplangan maydonlarga nisbatan qo’llaniladigan tushunchadir.
Ozuqa zanjirlar.
                    Ekosistemada   organizmlarning   hayot   faoliyati   va   moddalarning   aylanishi
yuzaga   chiqib   turishi   uchun   energiya   kelib   turishi   zarur.   Yerdagi   hayot   quyosh
enegiyasi   hisobiga   yuzaga   chiqadi.   Quyosh   enegiyasini   fototrof   organizmlar
kimyoviy bog'lar energiyasiga aylantiradi. Geterotrof organizmlar energiyani oziq
bilan   oladi.   Barcha   tirik   organizmlar   bir-biriga   oziq   hisoblanadi,   yani   enegetik
munosabatlar   bilan   bog’langan.   Jamoadagi   oziq   munosabatlari   enegiyani   bir
organizmdan   ikkinchisiga   o’tishini   ta’minlaydigan     mexanizmlardir.
                    Biotsenozdagi   oziqa   aloqalari   ko’p   qirralidir.   Lekin   Har   bir   energiya
porsiyasining   organizmlar   orqali   oqimi   ancha   qisqa.   O’simliklar   tomonidan
yigilgan   energiya   ko’pi   bilan   4-6   ta   bir-biri   bilan   oziqlanadigan   organizmlar
zvenosi orqali o’tadi. Energiya oqimi kuzatiladigan bunday zvenolar oziq zanjirini
hosil   qiladi.   Har   bir   zvenoning   oziq   zanjirida   tutgan   o’rni   trofik   daraja   deyiladi.
Organik   modda   yaratadigan   Produtsentlar   birinchi   tartibli   trofik   darajasini   hosil
qiladi.   O’simlikxur   konsumentlar   ikkinchi,   o’simlikxur     hayvonlar   bilan
oziqlanandigan   yirtqichlar   –   uchinchi,   yirtqichlar   bilan   Oziqlanadigan   boshqa
yirtqichlar   –turtinchi   trofik   darajani   hosil   qiladi   va   h.o.   Oziq   zanjiridagi   o’rniga
qarab   1-,2-,3   –   tartibli   konsumentlar   farak   qilinadi.   Oziq   spektri   keng   bo’lgan turlar   turli   trofik   darajalarga   qo’shilishi   mumkin   va   turli   oziq   zanjirlari   tarkibiga
kirishi   mumkin.
                    Konsumentlar   tomonidan   qabul   qilingan   oziq   to’liq   uzlashtirilmaydi.
O'zlashtirilmagan   qismi   yana   tashqi   muhitga   qaytariladi   va   keyinchalik   boshqa
oziq   zanjiriga   tushishi   mumkin.   O'zlashtirilish   xajmi   oziqning   tarkibiga   va   xazm
qilish   fermentlari   to’plamiga   bog’liq.   Hayvonlarda   o'zlashtirilish   12-20   %   dan
75%gacha   va   undan   yuqori   bo’lishi   mumkin.   O’zlashtirilgan   oziq   va   undagi
energiya     2   xil   jarayoniga   sarflanadi.   Energiyaning   ko’p   qismi     xujayradagi   ish
jarayoniga   sarflanadi.   Parchalanish   maxsulotlari   esa   tashqariga   chiqariladi.   Hayot
faoliyatiga   sarflanayotgan   energiya   xajmini   ajralib   chiqayotgan   CO2   ga   qarab
baxolash   mumkin.  
                    O’zlashtirilgan oziqning kamroq qismi o’sishga yoki zaxira oziq to’plashga,
tana   ogirligining   oshishiga   va   ko’payishga   sarflanadi.   Organizmda   energiyaning
kimyoviy   reaksiyalar   orqali   uzatilishida   bir   qismi   issiqlik   sifatida   yo’qotiladi.
Hayvonlarning   musqo’llari   ishlaganda   bunday   yo’qotish   juda   katta   bo’ladi.   Oxir
oqibatda   modda   almashinishiga   sarflanayotgan   energiyaning   hammasi   issiqlik
energiyasiga aylanib, atrof-muhitga sochiladi.
 Ekologik piramidalar.
                    Ekosistemalarda  oziqa zanjirlarida energiyaning o’tishi  va turli  katta-kichik
organizmlarda   modda   almashinuvi   (metabolizm)   kabi   jarayonlar   o’z   navbatida
ma’lum   trofik   tuzilishni   keltirib   chiqaradi.   Trofik   tuzilish   turli   ekosistemalarni
(dengiz,   daryo,   o’rmon,   o’tloqzor,   hovuz,   shox)   xarakterlaydi.   Trofik   tuzilish
ma’lum maydondagi hosil yoki ma’lum vaqtda aniq joyda to’plangan va o’tadigan
energiya   mikdori   bilan   o’lchanadi   va   ifodalanadi.  
Trofik   tuzilish   va   trofik   funksiyani   grafik   chiziq   bilan   ekolgik   piramida   shaklida
aks   ettirish   mumkin.   Ekologik   piramidalarni   quyidagi   uchta   tipga   bo’lish   va
mohiyatini   aniqlash   mumkin,   ya’ni:   1)   miqdor   (son)   piramidasi   —   ayrim
organizmlar   sonini   aks   ettiradi;   2)   biomassa   piramidasi   —   tirik   moddalarning
umumiy   quruq   massasini,   kaloriyasi   yoki   boshqa   o’lchamlarini   ifodalaydi;   3) energiya   piramidasi   —   energiya   oqimi   darajasini   yoki   keyingi   trofik   halqaning
mahsuldorligini   ko’rsatadi.   Son   va   biomassa   piramidalarining   asoslari   ustki   bir
necha zinalarda kichik ham bo’lishi mumkin. Bunday holat o’rtadagi produsentlar
o’lchami   konsumentlar   o’lchamidan   kichik   bo’lgan   holda   yuzaga   keladi.  
                    Son   piramidasi   ekolog   Ch.   Elton   ta’rificha,   turli   ekosistemalarda
produsentlarning   katta   (eman   daraxti)   va   kichikligi   (fitoplankton)   turlicha
farqlanadi.   Masalan,   har   qanday   ekosistemada   mayda   hayvonlar   soni   kattalardan
ko’p bo’ladi  va tez ko’payadi, ikkinchidan har  bir  yirtqich uchun o’ljaning katta-
kichikligi   yoki   pastki   va   yuqori   o’lchami   bo’lib,   ular   bilan   yirtqich   oziklanadi.
Masalan,   bir   sherning   hayot   faoliyatining   o’tishi   uchun   yiliga   50   ta   zebra   kerak.
Bir   juft   dengiz   sherining   yashashi   uchun   pingvinlar   tuxumi   va   50—100
pingvinchalar   kerak,   Folklend   orollarida   zag’izg’on   qushi   (Halmatopus   quoyi)
qoyalardan   qorinoyokli   mollyuskalarning   o’rtacha   kattaligini   topib   ovqatlanadi,
kattaligi   45   mm   dan   ortgan   mollyuskalar   qushdan   qutilib   qoladi.  
                    Biomassa piramidasi ham ekosistema tuzilishini aks ettiradi va har bir trofik
halqaga ma’lum organizmlar to’g’ri keladi. Suv ekosistemalarida fitoplanktonning
biomassasi  zooplanktonnikidan kam bo’lsa ham, suvo’tlar  biomassasi  tez tiklanib
boradi. Bu ikki trofik daraja tubandagicha nisbatga egadir: 
                    Bu yerda nisbatlar 0,4 dan 9,9 ga teng, zooplankton biomassasi ko’p, lekin,
shimoliy kengliklarda zooplanktonning fitoplanktonga nisbati qishda 1, yozda esa
1/25   ga   o’zgarishi   mumkin.   Biomassa   piramidasi   vaqt   va   joy   bo ’ yicha   o ’ zgarib
turadi .
                    Suv   havzalarida   ham   ekologik   piramidalar   qonuni   kuzatiladi ,   ya ’ ni   ayrim
suv   havzalarida   produsentlarning   umumiy   mahsuloti   fitofaglardan   ko ’ p ,   lekin
yirtqichlar   ulushi   kam .   Eng   yuqori   mahsuldorlik   fito   va   bakteroplankton
tomonidan   hosil   bo ’ ladi .   Bentosda   hosil   bo ’ ladigan   biomassa   asosan   katta
mollyuskalar   tomonidan   yuzaga   keladi   va   shu   biomassa   plankton   biomassasidan
ikki   barobar   ko ’ pdir .   Yirtqich   bo ’ lmagan   baliutr   mahsuloti   suv   havzasida   hosil
bo ’ lgan   birlamchi   mahsulotning   0,5%   ini   hosil   qiladi .   Demak ,   suv ekosistemasidagi   energiya   oqimida   balig ’ ushr   juda   ham   past   o ’ rinni   egallaydi  
                    Ekosistemalarda   hosil   bo ’ ladigan   fitofaglar   mahsuloti   produsentlarnikidan
doim   kam   bo ’ ladi .   Buning   asosiy   sabablari   quyidagilardir ,   ya ’ ni :   1)
o ’ simliklarning   hamma   biomassasi   yeyilmaydi ,  ularning   bir   qismi   quriydi ,  chiriydi
va   redusentlar   faoliyatini   ta ’ minlaydi ;   2)   fitofaglar   tomonidan   o ’ zlashtirilgan
o ’ simliklarning   hamma   biomassasi   hazm   bo ’ lmaydi ,   assimilyasiya   qilinmaydi   va
konsumentlar   biomassasini   hosil   qilishda   qatnashmaydi .   Fitomassaning   bir   qismi
yo ’ qoladi ,   hazm   bo ’ lmay   muhitga   chiqadi ,   redusentlar   uchun   manba   bo ’ ladi ;   3)
fitofaglar   qabul   qilgan ,   assimilyasiya   qilgan   energiya   biomassaga   aylanmaydp .
Uning   bir   qismi   nafas   olish,   harakat   qilish   kabi   jarayonlarda   issiqlik   sifatida
yo’qoladi.  
                    Har   bir   trofik   darajada   doimiy   va   turlicha   funksiya   qiladigan   halqalar   bor.
O’simlik   —   umurtqasiz   yoki   umurtqali   fitofaglarda   trofik   darajalarni   o’tib,   oxiri
o’lik   orgaiik   moddaga   aylanib,   redusentlarga   energiya   beradi.   Energiya
konsumentlar va redusentlar sistemasida harakat qilishidan oldin tirik organizmga
(konsumentga)   o’tadi,   oxirida   o’lik   organik   modda   holida   redusent   organizmlar
faoliyati   —   modda   almashinish   jarayoniga   tushib,   ekosistemaga   mineral   va
orgapik   moddalar   holida   qaytadi.  
                    Fitofaglarni   o’rtacha   o’zlashtirish   mohiyati   o’rmonlarda   5%,   dashtlarda
25%,   fitoplankton   ko’p   suvlarda   50%   ni   tashkil   qiladi.   Umurtqali   yirtqichlar
mahsulotning   50—100%   ini,   umurtqasizlar   oziqaninghammasi   bo’lib   5%   ini
o’zlashtiradi.   Yirtqich   umurtqasizlar   mahsulotning   25%   ini   o’zlashtiradi
                    Ma’lumki,   o’lik   organik   moddalar   zamburug’lar   va   bakteriyalar   tomonidan
hazm qilingandan keyin hosil bo’lgan moddaning «assimilyasiya effekti» 100% ni
tashkil   qiladi.   Umuman,   olganda   fi-tofag,   detritofag   va   mikroorganizmlarning   —
o’zlashtiruvchilarni   assimilyasiya   effekti   20—50%,   yirtqichlarniki   80%   gacha
boradi.   Katta   hayvonlar   o’lik   organik   moddalarpi   qayta   ishlashga,   o’zlashtirishga
moslashgan emas. Katta hayvoplarda yigilgam assimilyasion energiyaning 1—2%
i   tanani   ushlab   turishga   ketadi.   Toza   birlamchi   mahsulotning   (100   J   •   m2)   29%
konsumentlar   sistemasi-da   o’zlashtirilib,   o’zlari   hammasi   bo’lib   2%   ikkilamchi mahsulot   beradi.   Har   bir   100   J   •   m2   toza   birlamchi   mahsulotning   55   J   miq-dori
redusentlar mahsulotiga, 1 J dan ozrog’i konsumentlar mahsulotiga o’tadi. 
                  Organizm hayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya ko’pincha nafas olishiga
sarflanayotgan energiya deb ataladi va u o’sishiga sarflanayotgan energiyadan ko’p
marta   yuqori   bo’ladi.   Yosh     organizmlarda     o’sishiga   sarflanayotgan   energiya
qariroq   organizmlardagiga   nisbatan   yuqori   bo’ladi.
                    Demak,   oziq   sifatidagi   energiyaning   asosiy   qismi   hayot   faoliyatini   tutub
turishga   sarflanar   ekan,   energiyaning   oziq   zanjiridagi   bir   zevenodan   ikkinchisiga
o’tishida   ko’p   qismi   yo’qotiladi.   Faqat   o’sishga   sarflangan   energiyagina   bir
zvenodan ikkichisiga  o’tadi. Oziq  zanjirida Har  bir  zvenoda yo’qotilgan energiya
miqdori   taxminan   90%   tashkil   qiladi.   Agar   o’simlik   organizmida   1000   joul
energiya bo’lsa, o’txo’r hayvon bu o’simlikni to’liq yeganda hayvon tanasida 100
joul   energiya   to’planadi.   Bu   hayvonni   yirtqich   yeganda   yirtqich   tanasida   10   joul
energiya yig’iladi va bu yirtqich ikkinchi yirtqichga yem bo’lganda uning tanasiga
1joul   energiya   o’tadi.
                    Demak, o’simlik tomonidan to’plangan energiya oziq zanjiri bo’ylab keskin
kamayib boradi. Shuning uchun oziq zanjiri faqat  4-5 ta zvenodan iborat bo’ladi.
Ekosistemada   energiya   aylanishi   bilan   modda   aylanishi   bir   xil   tarzda   sodir
bo’lmaydi.   Ekosistemaga   Har   doim   yo’qotilgan   energiya   o’rniga     yangi   energiya
oqimi kelib turishi kerak. 
                    Ekosistemada o’simliklar tomonidan vaqt birligi ichida yaratiladigan organik
modda miqdori ekosistemaning birlamchi maxsuldorligi deyiladi. Umumiy va sof
birlamchi   maxsuldorlik   farq   qilinadi.   O’simlik   tomonidan   vaqt   birligi   ichida
yaratilgan organik moddaning umumiy miqdori umumiy birlamchi maxsuldorlikni
tashkil qiladi. Bu maxsuldorlikning bir qismi o’simlikning hayot faoliyatini ushlab
turishga   sarflanadi   va   tanada   to’planadi.   Bu   o’sishiga   sarflangan   qism   sof
birlamchi   maxsuldorlikni   hosil   qiladi.   Sof   birlamchi   maxsuldorlik   konsumentlar
uchun   energiya   zaxirasi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Vaqt   birligi   ichida   konsumentlar massasining   o’sishi   ekosistemaning   ikkilamchi   maxsuldorligini   hosil   qiladi.
Ikkilamchi maxsuldorlik har bir oziq darajasi uchun alohida hisoblab topiladi.
                    Ekosistemadagi   barcha   organizmlarning   massasi   biomassa   deb   ataladi.
                    Sof birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning yaratilishi va sarflanish tezligi
jihatidan   ekosistemalar   turli   tuman   bo’ladi.   Lekin   barcha   ekosistemalar   uchun
birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning aniq miqdoriy nisbatlari xos. Har doim
vaqt birligi ichida yaratilgan birlamchi biomassa miqdori oziq darajalarning ketma
ketligi   bo’ylab  kamayib   boradi.  Bu   qonuniyat   ekologik  piramida  qoidasi   deyladi.
                    Organik   moddaning   yaratilish   tezligi   har   bir   trofik   darajadagi
organizmlarning   biomassasini   belgilamaydi.   Produtsentlar   va   konsumentlarning  
aniq   biomassasi   shu   trofik   darajada   yaratilgan   organik   modda   va   uning   keyingi
darajaga   berilgan   miqdorlarining   nisbatiga   bog’liq.   Bundan   tashqari   biomassa
miqdoriga   organizmlardagi   avlodlar   almashinish   tezligi   ham   ta’sir   ko’rsatadi.
                    Quruqlik ekosistemalarida biomassalar piramidasi qonuni amal qiladi, ya’ni
o’simliklar   biomassasi   Har   doim   o’simlikxo’r   hayvonlar   biomassasidan,
o’simlikxo’r   hayvonlar     biomassasi   esa   yirtqichlar   biomassasidan   yuqori   bo’ladi.
                    Turli   ekosistemalarda   biomassaning   o’sish   tezligi   turlicha   bo’ladi.
O’rmonlarda   biomassa   sekinroq   o’sadi   va   yiliga   2-6%   ni   tashkil   qiladi.   Utchil
o’simliklar   xukumron   biotsenozlarda   yillik   maxsuldorlik   40%   dan   76%   gacha
bo’lishi   mumkin.   Utloklarda   o’simliklar   tomonidan   bir   yilda   yaratilgan
biomassaning   70%i   gacha   hayvonlar   tsmonidan   iste’mol   qilinsa,   o’rmonlarda   bu
ko’rsatkich   o’rtacha   10%   ni   tashkil   qiladi.
                    Okeanlarda   asosiy   produtsentlar   bir   xujayrali   suvo’tlar   bo’lib,   ularda
avlodlar   almashinishi   juda   tez.   Shuning   uchun   bir   yilda   ular   uz   biomassalariga
nisbatan   bir   necha   yuz   martagacha   ko’p   maxsulot   yaratadi.   Lekin   sof   birlamchi
maxsulot tezda oziq zanjiriga tushadi va suvo’tlar biomassasi juda kam o’sadi. Tez
ko’payish hisobiga organik modda zaxirasi doimo yetarli bo’lib turadi. Okeanlarda
biomassalar piramidasi qonuni amal qilmaydi. Yuqori trofik darajalarda biomassa
ko’proq   to’planadi.   O’simliklar   biomassasi   hayvonlar   biomassasidan   kamroq bo’ladi.
Energiya uzatilishi yirtqich-o’lja aloqalari orqali o’tadigan Oziq zanjirlarida sonlar
piramidasi   qonuni   ham   amal   qiladi,   ya’ni   individlar   soni   oziq   zanjiri   bo’ylab
kamayib boradi.
                    Har   qanday   biotsenoz   o’zgaruvchan   bo’lib,   undagi   barcha   tarkibiy
qismlarning   hayot   faoliyatida   va   populyatsiyalar   nisbatida   Har   doim   o’zgarishlar
sodir bo’lib turadi. Tabiiy jamoalardagi o’zgarishlar turli-tuman bo’lib, ularni ikki
asosiy   guruhga   ajratish   mumkin:   davriy   va   yo’naltirilgan   o’zgarishlar.   Davriy
o’zgarishlar   tashqi   sharoitning   sutkalik,   mavsumiy   va   yillar   davomida   davriy
o’zgarishini   hamda   organizmlarda   endogen   ritmlarning   yuzaga   chiqishini   aks
ettiradi.
                    Biotsenozda kun va tun o’rtasida harorat, namlik va boshqa omillarning farqi
qanchalik kuchli ifodalansa sutkalik o’zgarishlar  ham shuncha kuchli ifodalanadi.
Sutka davomida organizmlarning hayot faoliyati sezilarli darajada o’zgarib turadi.
                    Biotsenozning   mavsumiy   o’zgarishida   nafaqat   organizmlarning   holati   va
faolligi   balki   turlarning   nisbatlari   ham   o’zgaradi.   Yilning   ma’lum   vaqtlarida
ko’pchilik   turlar   tinch   davriga   o’tish   bilan   jamoa   hayotidan   chiqib   turadi.
Mavsumlar   davomida   biotsenoz   pog’onalarida   ham   sezilarli   o’zgarishlar
kuzatiladi.   Ba’zi   mavsumlarda   utchil   o’simliklardan   iborat   pog’onalar   yo’qolib
ketadi.   Mavsumiy   o’zgarishlar   ayniqsa   kontenental   iqlim   sharoitida   yaxshi
ifodalangan   bo’ladi.
                    Har qanday biotsenozda yillar davomida ham o’zgarishlar bo’lib turadi. Bu
o’zgarishlar meteorologik sharoitning turli yillarida turlicha bo’lishi bilan bog’liq. 
                    Biotsenozdagi   yo’naltirilgan   o’zgarishlar   oxir   oqibatda   bir   biotsenozning
ikkinchisi   bilan   almashinishiga   olib   keladi.   Jamoalardagi   bunday   almashinishga
uzoq   vaqt   ma’lum   yo’nalishda   ta’sir   qiluvchi   omillar   sabab   bo’ladi.   Bunday
omillar   botqoqlarning   kuritilishi,   suv   xavzalarining   ifloslanishi,   mollarni   ko’plab
bokish, axoli tomonidan joyning ko’p toptalishi va h.o. bo’lishi  mumkin. Bunday
ta’sirlar   natijasida   bir   biotsenozning   ikkinchisi   bilan   almashinishi   ekzogenetik almashinuvi deyiladi. Agar omilning ta’siri jamoa tuzilmasini  soddalashuviga, tur
tarkibining   kambag’allashuviga,   maxsuldorlikning     pasayishiga   olib   kelsa   bunday
ekzogenetik   almashish   digression   almashinish   deyiladi.  
                    Jamoaning   ichida   sodir   bo’ladigan   jarayonlar   ta’sirida   sodir   bo’ladigan
almashinish   endogenetik   almashinish   deyiladi.   Tirik   organizmlarning   o’zaro   va
tashqi   abiotik   muhit   bilan   o’zaro   ta’siri   natijasida   yuzaga   keladigan   almashinish
jarayoni   suksissiya   deb   ataladi.   Suksissiya   jamoalarining   o’z-o’zidan   rivojlanish
jarayonidir.   Suksissiyalar   asosida   biologik   modda   aylanishining   to’liqsizligi
yotadi.   Har   bir   organizm   o’z   hayot   faoliyati   natijasida,   tashqi   muhitdan   modda
qabul qilib va hayot maxsulotlarini tashqariga chiqarib, muhitni o’zgartiradi. Uzoq
vaqt   mavjud   bo’lgan   holatlarda     populyatsiyalar   muhitini   o’zlariga   noqulay
bo’lgan   tomonga   o’zgartiradi   va   natijada   bu   muhit   qulay   bo’lgan   boshqa
populyatsiyalar   ularni   siqib   kuyadi.   Buning   natijasida   jamoada   ustun   turlarning
almashinishi   sodir   bo’ladi.   Biotsenozning   uzoq   yashashi   shu   paytda   mumkin
bo’ladiki,   kachonki   bir   organizmlar   hayot   faoliyati   natijasida   muhitda   yuzaga
keladigan   o’zgarishlar   ikkinchi   organizmlar   tomonidan   tug’irlanib   borilsa.  
                    Tabiatda   suksessiyalarning   o’lchami   turli   darajada   bo’ladi.   Xatto   eng
barqaror   ekosistemalarda   ham   ko’p   mahalliy,   ya’ni   ekosistemaning   ma’lum
qismlarida   ko’p   miqdorda   suksessiyalar   yuzaga   kelib   turadi.   Bu   suksessiyalar
ekosistemaning   murakkab   tuzilishini   ta’minlab   turadi.  
Suksessiyali     almashinuvning   ikki   asosiy   tipi   farq   qilinadi.
                    1)   ham   aftotrof   ham   geterotrof   organizmlar   ishtirokidagi   suksissiya;
                    2)   Faqat   geterotrof   organizmlar   ishtirokidagi   suksessiya.  
                    Ikkinchi  tip suksessiya  organik moddalar  zaxirasi  oldindan to’plangan yoki
doimo kelib turadigan sharoitlardagina yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, organik
moddalar bilan kuchli ifloslangan suv xavzalarida, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari
to’plangan   joylarda   va   h.o.  
                    O’simlik   qoplami   almashinishi   bilan   bog’liq   suksessiyalar   birlamchi   va
ikkilamchi   bo’lishi   mumkin.   Birlamchi   suksessiyalar   hayot   xali   yo’q   joylarda
boshlanadi.   Masalan,   koyalarda,   jarliklarda,   kumliklarda   va   h.o.   Bunday maydonlarda   dastlab   lishayniklar   va   moxlar   paydo   bo’ladi,   keyin   turli   mayda
hayvonlar   to’planadi.   Tuproq   yuzaga   kelib   yuqori   o’simliklar   uchun   sharoit
yaratiladi.  
                    Ikkilamchi   suksessiyalar   tiklanishga   qaratilgan   almashinuv   bo’lib,   jamoada
urnatilgan   munosabatlar   buzilgan   vaqtda   yuzaga   keladi.   Tiklanishga   qaratilgan
ikkilamchi   suksessiyalar   birlamchi   suksessiyalarga   nisbatan   tezrok   sodir   bo’ladi,
chunki   ikkilamchi   suksessiyalar   sodir   bo’ladigan   yashash   muhitida   tuproq,   tirik
organizmlar   va   ular   o’rtasidagi   aloqalar   mavjud   bo’ladi.
                    Suksessiya   jarayoni   bir   necha   bosqichlardan   iborat   bo’ladi:
                    1.   Hayot   bilan   band   bo’lmagan   joyning   yuzaga   kelishi.
                    2.   Bu   yerga   organizmlarning   ko’chib   o’tishi.
                    3.   Bu   organizmlarning   shu   yerda   yashab   ketishi.
                    4.   Turlar   o’rtasida   raqobatning   yuzaga   kelishi   va   ayrim   turlarning   siqib
chiqarilishi.
                    5.   Tirik   organizmlar   tomonidan   yashash   muhitining   o’zgartirilishi,   asta-
sekinlik     bilan   sharoitning   va   munosabatlarning   barqarorlashuvi.
                    Har   qanday   suksessiyada   yuzaga   chiqadigan   o’zgarishlarning   jadalligi   vaqt
o’tishi bilan pasayib boradi. Oxir oqibatda ekosistema nisbatan barqaror bosqichga
o’tadi.   Ekosistemaning   bunday   barqaror   holati     klimaks   holati   deyiladi.   Klimaks
xalatidagi   ekosistemalar   uzoq   vaqt   o’zini   saqlab   turish   qobiliyatiga   ega.   Bunday
qobiliyat   biotsenozdagi   muvozanatlashgan   modda   aylanishini   ta’minlaydigan
munosabatlar   orqali   yuzaga   chiqadi.
Suksessiya   davomida   turlarning   xima-xilligi   oshib   boradi.   Bu   biotsenozlardagi
aloqalarning murakkablashuviga,  Oziq zanjirining turli  tuman bo’lishiga, simbioz
aloqalarining   kuchayishiga,   ichki   boshqarish   imkoniyatlarining   kuchayishiga   olib
keladi. Shu bilan birga    ayrim turlarning katta xajmda ko’payish extimoli pasayadi
va     dominant   turlarning   dominantlik   darajasi   pasayadi.
                    Ayrim   turlar   sonining   ko’p   oshib   ketishi   suksessiyaning   boshlangich
bosqichlarida   kuzatiladi.   Suksessiyaning   dastlabki   bosqichidagi   sistemalarda
kichik o’lchamli, hayoti qisqa va ko’payish imkoniyati yuqori bo’lgan organizmlar ustun bo’ladi. Bunday organizmlarning tarqalish imkoniyatlari ham yuqori bo’ladi,
ular   raqobatga   chidamsiz   bo’ladi.  
                    Rivojlanayotgan jamoalarda asta sekin uzoq va murakkab    rivojlanish sikliga
ega,   yirik   o’lchamdagi   organizmlar   paydo     bo’ladi.   Jamoaning   ekologik   xilma-
xilligi   ortadi.   Natijada   jamoa   mustakil   xolga   o’tadi.   Suksessiya   jarayonida  
biomassa   oldiniga   tez   o’sadi,   lekin   keyin   o’sish   sekinlashib,   klimaks   davrida
biomassa   barqarorlashadi.   Suksessiyaning   boshlangich   davrida   organizmlar   kam
bo’lganligi   uchun   hosil   qilingan   sof   birlamchi   maxsulotning   kamroq   qismi
geterotroflar tomonidan o’zlashtiriladi. Shuning uchun biomassaning o’sishi yuqori
bo’ladi.   Yetuk,   barqaror   ekosistemalarda   esa   o’simliklarning     sof   birlamchi
maxsuloti   deyarli   tuligicha   oziq   zanjiriga   tushadi.     Oziq   zanjirining   uzayishi
energiyadan   foydalanish   samarasini   oshiradi.  
                    Suksessiyaning   boshlangich   bosqichidagi   biotsenozlardan   sof   maxsulotning
ortiqcha qismini inson tomonidan ajratib olinishi suksessiya jarayonini susaytiradi,
lekin   jamoaning   mavjudligiga   zarar   yetkazmaydi.   Barqaror,   klimaks   sistemalarda
energiyadan   foydalanish   to’liq   bo’lgani   uchun   insonning   aralashuvi   qaror   topgan
muvozanatni   buzadi.   Agar   buzilish   jamoaning   o’z-o’zini   tiklash   qobiliyatini
cheklash   darajasidan   past   bo’lsa,   tiklovchi   suksessiyalar   yordamida   biotsenoz
dastlabki   holatiga   kaytishi   mumkin.   Bu   qonuniyatdan   o’rmonlarni   kesishda
foydalaniladi. Agar ta’sir ko’chi bu imkoniyatni cheklab qo’ysa, barqaror, turlarga
boy   biotsenoz   yemiriladi.  
                    Shunday qilib, jamoalar bir vaqtning o’zida ikki qarama-qarshi xususiyatga,
ya’ni   yuqori   barqarorlikka   va  zararsiz   olinishi   mumkin   bo’lgan   sof   maxsulotning
katta zaxirasiga ega bo’lolmaydi.

Ekosistema tushunchasi va tuzilishi. Ekosistemada modda va energiya oqimi. Ekosistemalar maxsuldorligi Reja: Ekosistemalar va ularning tuzilmasi.                     Ozuqa zanjirlar .                     Ekologik piramidalar .     Ekosistemada energiya oqimi .                     Ekosistemalarda modda aylanmasi va uning maxsuldorligi .                     Ekosistemadagi o ’ zgarishlar . Suksessiya .

Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan chambarchas bog’langan. O’simliklar tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina yashay oladi. Geterotrof organizmlar o’simliklar hisobiga yashasada, ular ham kislorod va suv kabi anorganik moddalarga muxtojdir. Har qanday muhitda ham, agar anorganik moddalar zaxirasi tiklanib turmasa, ular tugab qolishi mumkin. Organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan biogen elementlarning atrof muhitga qaytarilishi organizmning hayot faoliyati jarayonida (nafas olish, ekskresiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, jamoalar noorganik muhit bilan shunday sistema hosil qiladiki, bu sistema ichida organizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga chiqadigan atomlar oqimi davra hosil qilib aylanib turadi. Modda almashishi mumkin bo’lgan tirik organizmlar bilan o’lik tabiat komponentlarining majmuasi ekosistema deb ataladi. Bu so’zni ingliz ekologi A.Tensli 1935 yilda fanga kiritgan. A. Tensli ekosistemani tabiatning asosiy birligi deb hisoblagan. Ekosistemada modda almashishi sodir bo’lishi uchun noorganik elementlarning uzlashtiriladigan holatdagi zaxirasi hamda organizmlarning 3ta ekologik guruhi: Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning bo’lishi shart. Ekosistemadagi avtotrof organizmlar Produtsentlarni tashkil qiladi va ular uz tanalarini anorganik birikmalar hisobiga quradilar. Konsumentlar-geterotof organizmlar bo’lib, Produtsentlarning yoki boshqa konsumentlarning organik moddasini istemol qiladi va uni yangi shaklga o’tkazadi. Redutsentlar o’lik qoldiqlar hisobiga yashaydi va organik birkmalarni anorganik birkmalar holatiga o’tkazadi. Organizmlarning bunday guruhlarga ajratish nisbiydir. Chunki Produtsentlar va konsumentlar qisman redutsentlar vazifasini ham bajaradi, tashqi muhitga anargonik birkmalar ham ajratadi. Atomlarning doira bo'ylab aylanishi konsumentlarsiz ham amalga oshishi mumkin. Lekin bunday ekosistemalar juda kam. Masalan, Faqat mikroorganizmlardan iborat ekosistemada bu xodisa kuzatiladi. Ekosistemaning xajmi juda turli-tuman. Daraxt pustlogidagi lishayniklar

to’plamidan tortib, butun Yer sharini alohida ekosistema deb karash mumkin. Kichik ekosistemalarda ham biogen elementlarning aylanishi ro’y beradi. Lekin moddalarning va organizmlarning ekosistema chegarasidan tashqariga chiqishi sodir bo’lib turadi. Kattaroq ekosistemalarda modda almashishi to’liqroq amalga oshadi. Lekin eng katta ekosistemalar ham yopiq xoldagi modda aylanishiga ega emas. Ekosistema ta’limoti bilan bir qatorda Biogeotsenoz ta’limoti ham mavjud. "Biogeotsenoz" tushunchasi N.V.Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. Ekosistema va Biogeotsenoz tushunchalar bir-birga yaqin. Lekin ekosistema modda aylanishi ro’y beradigan sistema deb qaralsa, Biogeotsenoz ma’lum o’simliklar bilan qoplangan maydonlarga nisbatan qo’llaniladigan tushunchadir. Ozuqa zanjirlar. Ekosistemada organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi yuzaga chiqib turishi uchun energiya kelib turishi zarur. Yerdagi hayot quyosh enegiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Quyosh enegiyasini fototrof organizmlar kimyoviy bog'lar energiyasiga aylantiradi. Geterotrof organizmlar energiyani oziq bilan oladi. Barcha tirik organizmlar bir-biriga oziq hisoblanadi, yani enegetik munosabatlar bilan bog’langan. Jamoadagi oziq munosabatlari enegiyani bir organizmdan ikkinchisiga o’tishini ta’minlaydigan mexanizmlardir. Biotsenozdagi oziqa aloqalari ko’p qirralidir. Lekin Har bir energiya porsiyasining organizmlar orqali oqimi ancha qisqa. O’simliklar tomonidan yigilgan energiya ko’pi bilan 4-6 ta bir-biri bilan oziqlanadigan organizmlar zvenosi orqali o’tadi. Energiya oqimi kuzatiladigan bunday zvenolar oziq zanjirini hosil qiladi. Har bir zvenoning oziq zanjirida tutgan o’rni trofik daraja deyiladi. Organik modda yaratadigan Produtsentlar birinchi tartibli trofik darajasini hosil qiladi. O’simlikxur konsumentlar ikkinchi, o’simlikxur hayvonlar bilan oziqlanandigan yirtqichlar – uchinchi, yirtqichlar bilan Oziqlanadigan boshqa yirtqichlar –turtinchi trofik darajani hosil qiladi va h.o. Oziq zanjiridagi o’rniga qarab 1-,2-,3 – tartibli konsumentlar farak qilinadi. Oziq spektri keng bo’lgan

turlar turli trofik darajalarga qo’shilishi mumkin va turli oziq zanjirlari tarkibiga kirishi mumkin. Konsumentlar tomonidan qabul qilingan oziq to’liq uzlashtirilmaydi. O'zlashtirilmagan qismi yana tashqi muhitga qaytariladi va keyinchalik boshqa oziq zanjiriga tushishi mumkin. O'zlashtirilish xajmi oziqning tarkibiga va xazm qilish fermentlari to’plamiga bog’liq. Hayvonlarda o'zlashtirilish 12-20 % dan 75%gacha va undan yuqori bo’lishi mumkin. O’zlashtirilgan oziq va undagi energiya 2 xil jarayoniga sarflanadi. Energiyaning ko’p qismi xujayradagi ish jarayoniga sarflanadi. Parchalanish maxsulotlari esa tashqariga chiqariladi. Hayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya xajmini ajralib chiqayotgan CO2 ga qarab baxolash mumkin. O’zlashtirilgan oziqning kamroq qismi o’sishga yoki zaxira oziq to’plashga, tana ogirligining oshishiga va ko’payishga sarflanadi. Organizmda energiyaning kimyoviy reaksiyalar orqali uzatilishida bir qismi issiqlik sifatida yo’qotiladi. Hayvonlarning musqo’llari ishlaganda bunday yo’qotish juda katta bo’ladi. Oxir oqibatda modda almashinishiga sarflanayotgan energiyaning hammasi issiqlik energiyasiga aylanib, atrof-muhitga sochiladi. Ekologik piramidalar. Ekosistemalarda oziqa zanjirlarida energiyaning o’tishi va turli katta-kichik organizmlarda modda almashinuvi (metabolizm) kabi jarayonlar o’z navbatida ma’lum trofik tuzilishni keltirib chiqaradi. Trofik tuzilish turli ekosistemalarni (dengiz, daryo, o’rmon, o’tloqzor, hovuz, shox) xarakterlaydi. Trofik tuzilish ma’lum maydondagi hosil yoki ma’lum vaqtda aniq joyda to’plangan va o’tadigan energiya mikdori bilan o’lchanadi va ifodalanadi. Trofik tuzilish va trofik funksiyani grafik chiziq bilan ekolgik piramida shaklida aks ettirish mumkin. Ekologik piramidalarni quyidagi uchta tipga bo’lish va mohiyatini aniqlash mumkin, ya’ni: 1) miqdor (son) piramidasi — ayrim organizmlar sonini aks ettiradi; 2) biomassa piramidasi — tirik moddalarning umumiy quruq massasini, kaloriyasi yoki boshqa o’lchamlarini ifodalaydi; 3)

energiya piramidasi — energiya oqimi darajasini yoki keyingi trofik halqaning mahsuldorligini ko’rsatadi. Son va biomassa piramidalarining asoslari ustki bir necha zinalarda kichik ham bo’lishi mumkin. Bunday holat o’rtadagi produsentlar o’lchami konsumentlar o’lchamidan kichik bo’lgan holda yuzaga keladi. Son piramidasi ekolog Ch. Elton ta’rificha, turli ekosistemalarda produsentlarning katta (eman daraxti) va kichikligi (fitoplankton) turlicha farqlanadi. Masalan, har qanday ekosistemada mayda hayvonlar soni kattalardan ko’p bo’ladi va tez ko’payadi, ikkinchidan har bir yirtqich uchun o’ljaning katta- kichikligi yoki pastki va yuqori o’lchami bo’lib, ular bilan yirtqich oziklanadi. Masalan, bir sherning hayot faoliyatining o’tishi uchun yiliga 50 ta zebra kerak. Bir juft dengiz sherining yashashi uchun pingvinlar tuxumi va 50—100 pingvinchalar kerak, Folklend orollarida zag’izg’on qushi (Halmatopus quoyi) qoyalardan qorinoyokli mollyuskalarning o’rtacha kattaligini topib ovqatlanadi, kattaligi 45 mm dan ortgan mollyuskalar qushdan qutilib qoladi. Biomassa piramidasi ham ekosistema tuzilishini aks ettiradi va har bir trofik halqaga ma’lum organizmlar to’g’ri keladi. Suv ekosistemalarida fitoplanktonning biomassasi zooplanktonnikidan kam bo’lsa ham, suvo’tlar biomassasi tez tiklanib boradi. Bu ikki trofik daraja tubandagicha nisbatga egadir: Bu yerda nisbatlar 0,4 dan 9,9 ga teng, zooplankton biomassasi ko’p, lekin, shimoliy kengliklarda zooplanktonning fitoplanktonga nisbati qishda 1, yozda esa 1/25 ga o’zgarishi mumkin. Biomassa piramidasi vaqt va joy bo ’ yicha o ’ zgarib turadi . Suv havzalarida ham ekologik piramidalar qonuni kuzatiladi , ya ’ ni ayrim suv havzalarida produsentlarning umumiy mahsuloti fitofaglardan ko ’ p , lekin yirtqichlar ulushi kam . Eng yuqori mahsuldorlik fito va bakteroplankton tomonidan hosil bo ’ ladi . Bentosda hosil bo ’ ladigan biomassa asosan katta mollyuskalar tomonidan yuzaga keladi va shu biomassa plankton biomassasidan ikki barobar ko ’ pdir . Yirtqich bo ’ lmagan baliutr mahsuloti suv havzasida hosil bo ’ lgan birlamchi mahsulotning 0,5% ini hosil qiladi . Demak , suv