logo

DARYO OQIMI ME’YORI VA UNI HISOBLASH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89.1943359375 KB
DARYO OQIMI ME’YORI VA UNI HISOBLASH
Reja:
1. O`rtacha ko‘p yillik oqim (oqim me’yori) va uni hisoblash usullari
2. Oqimning qisqa va uzun qatorlari uchun oqim meyorini hisoblash Daryolarning   oqim   meyorini   to‘g‘ri   aniqlashga   gidrologik   hisoblashlarda
alohida   e’tibor   beriladi.   Bu   mavzuda   daryoning   o‘rtacha   ko‘p   yillik   oqimini
gidrometrik   ma’lumotlar   yetarlicha   bo‘lganda   va   ma’lumotlar   kam,   ya’ni   qisqa
qator bo‘lgan holllarda hisoblash usullari yoritilgan
Oqim   xarakteristikalarini   hisoblashda   daryo   va   daryo   havzasining   quyidagi
gidrologik va tabiiy-geografik elementlari qo‘llaniladi:
1. Daryoning suv yig‘ish maydoni;
2. Daryoning uzunligi;
3. Daryoning nishabligi;
4. Daryo havzasining o‘rtacha balandligi;
5.   Havzaning   o‘rmon,   ko‘l,   botqoqliklar   va   muzliklar   bilan   qoplanganlik
darajasi.
Oqimning   o‘rtacha   ko‘p   yillik   miqdori   sifatida   o‘z   ichiga   taxminan   baravar
ko‘p   suvli   va   kam   suvli   yillarni   kiritgan   qator   uchun   hisoblab   chiqilgan   o‘rtacha
arifmetik qiymat qabul qilinadi.
Matematiklar   izohi   bo‘yicha   oqim   me’yori   deb   cheksizlikka   intiluvchi   “n”
qator   uchun   olingan   o‘rtacha   ko‘p   yillik   oqim   qiymatiga   aytilib,   quyidagicha
ifodalanadi:Q0=	ΣQ	i	
N
 ,              	N	→	∞ .
Lekin   gidrologiyada   kuzatilgan   qator   “n”   cheklanuvchi   qiymat,   shuning
uchun oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori ( )
q
formulasi   bilan   ifodalanadi.   Bu   yerda     -alohida   yillar   uchun   oqim   qiymati,   n-
kuzatilgan yillar soni.
Oqimning     o‘rtacha   ko‘p   yillik   qiymatini   oqim   me’yori   deb   qabul   qilish
uchun maxsus qatorning  o‘rtacha kvadratik xatoligini  hisoblash kerak:	
Q	0=	Q
−	
±
 , bu yerda,  -oqim meyori;  -ko‘p yillik davr uchun oqimning o‘rtacha qiymati;  
-qatorning   o‘rtacha   kvadratik   xatoligi.   Bu   xatolik   quyidagi   formula   yordamida
aniqlanadi:
=	100	∗Cv	
√n .
Bu  formuladan   ko‘rinib  turibdiki,  qatorning  o‘rtacha   kvadratli   xatoligi  yillik
oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentiga  (C
v ) to‘g‘ri  va kuzatilgan yillar  soniga
(n)   teskari   proportsionaldir.   Gidrologik   hisoblarda      ning   qiymati   5-10   %   dan
oshmasligi   kerak.   Agar         5-10   %   bo‘lsa,   unda   o‘rtacha   ko‘p   yillik   oqim
miqdori oqim meyori deb qabul qilinadi.
Yillik oqimning  o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti  S
v  ning qiymati qancha katta
bo‘lsa,   oqim   meyorini   hisoblash   uchun   kuzatilgan   yillar   soni   shuncha   uzun   qator
bo‘lishi   kerak.   Quyidagi   jadvalda   o‘zgaruvchanlik   koeffitsiyentiga   qarab
kuzatilgan yillar sonining o‘zgarishini ko‘ramiz.
C
v       g‘     4% 10 % 20 %
0,15 14 5 2
0,50 156 25 6
 
Oqim meyorini hisoblash usullari.
Oqim meyorini hisoblash amaliyotda quyidagi uch holat uchun olib boriladi:
1. Gidrometrik kuzatish yillari qatori yetarlicha uzun bo‘lganda;
2. Gidrometrik kuzatish yillari qatori qisqa bo‘lganda;
3. Gidrometrik kuzatishlar umuman olib borilmaganda.
Birnchi   holat   uchun   oqim   meyori   quyidagicha   hisoblanadi.   Kuzatish   yillari
yetarlicha   uzun   qator   uchun   oqimning   o‘rtacha   arifmetik   qiymati   va   o‘rtacha
kvadratli xatoliklari hisoblanadi:
q ; va    ,  %. Agar,       5-10  %   bo‘lsa,   kuzatish   yillari   yetarlicha   uzun  qator   deb  olinib,
oqimning o‘rtacha arifmetik qiymatini oqim meyori deb qabul qilamiz.
Agar    >   5-10   %   bo‘lsa,   olingan   qator   yetarli   emas,   ya’ni   qisqa   qator   deb
qabul qilinib va shu davr uchun hisoblangan oqimning o‘rtacha arifmetik qiymati
oqim   meyori   deb   qabul   qilinmaydi   va   oqim   meyori   boshqa   usullar   yordamida
hisoblanadi.
Kuzatish yillari qisqa qator bo‘lganda oqim meyorini hisoblash usullari   
Bu holatda oqim meyorini hisoblash uchun quyidagi usullar ishlatiladi:
a)  analogiya (o‘xshashlik) usuli;
b)  Kritskiy-Menkel regressiya tenglamasi yordamida
v)  ta’minlanish egri chizig‘i yordamida.
Analogiya   usuli-bu   usulni   ishlatishda   hisoblash   kerak   bo‘lgan   daryo   uchun
“analog” daryo yoki stvor tanlanadi. “Analog” qilib kuzatish yillari yetarlicha uzun
qator   bo‘lgan   daryo   yoki   shu   daryoga   tegishli   boshqa   stvor   olinishi   mumkin.
“Analog” tanlashda quyidagi shartlarga e’tibor berish kerak.
1. Tabiiy-geografik sharoitning mosligi;
2. Iqlim sharoitining o‘xshashligi;
3.   Oqim   hosil   bo‘lish   sharoiti,   jumladan,   tuproq   tuzilishi,   o‘rmon,   ko‘l   va
botqoqlik, haydalgan yerlar bilan qoplanganlik darajasining yaqinligi;
4.Daryolarning   suv   yig‘ish   maydonlarining   (Qs)   farqi   10   martadan
oshmasligi;
5. Havzalarning o‘rtacha balandliklarining farqi 300-500 metrdan oshmasligi;
6.   Tabiiy   oqim   rejimiga   keskin   ta’sir   qiluvchi   omillar   (suv   omborlari,
kanallar,   kollektorlar)   ning   bo‘lmasligidir.   “Analog”   daryo   yoki   stvor   tanlab
olganimizdan   keyin   ikkala,   ya’ni   hisoblash   stvori   (Q
h )   va   analog   (Q
a )   orasidagi
bog‘lanish grafigi chiziladi va Q
h =f(Q
a ) bog‘lanishning zichligi aniqlanadi. Buning
uchun ikkala stvorning parallel kuzatish davri uchun korrelyatsiya koeffitsiyenti ( r )
hisoblanadi.   Agar   korrelyatsiya   (bog‘lanish)   koeffitsiyenti   r    0,7   bo‘lsa,
bog‘lanish qoniqarli deb hisoblanadi va analog sifatida tanlangan daryo yoki stvor
mos deb topiladi.  Korrelyatsiya koeffitsiyentining chegaralangan xatoligi   Ye
r   =   0,67     ifoda   yordamida   aniqlanadi.   chegaralangan   xatolik   4*Ye
r
ko‘paytma   bilan   ifodalanadi   va   r    4   *   Ye
r   munosabat   saqlanishi   kerak.   So‘ngra
Q
xq  f (Q
a ) bog‘lanishning to‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasini hisoblaymiz:
(
h  -
ih ) = R  ,
bu yerda
h -hisoblash stvori bo‘yicha kuzatilgan yillar uchun olingan suv sarfining
o‘rtacha qiymati, m 3
 s ;
ih -hisoblash stvori bo‘yicha konkret yillar suv sarfi, m 3
 s;
-analog bo‘yicha oqim meyori;
  -analog bo‘yicha alohida yillar suv sarfg‘i;
   -   regressiya koeffitsiyenti .
Hisoblash   natijasida   hosil   bo‘lgan   tenglamadan   foydalanib,   hisoblash   stvori
bo‘yicha kuzatish olib borilgan alohida yillar suv sarfini (
ih ) o‘rganilgan analog
daryoning   suv   sarfi   yordamida   hisoblab,   qisqa   qatorni   tiklaymiz,   ya’ni   uzun
qatorga   keltiramiz.   So‘ngra,   hisoblash   stvori   bo‘yicha   tiklangan   suv   sarflari
qatorining   o‘rtacha   qiymati   ( )   va   xatolik   ( )   aniqlanadi.   Agar      5-10   %
saqlansa, unda aniqlangan o‘rtacha arifmetik oqim qiymati oqim meyori deb qabul
qilinadi. Agar    5-10 % bo‘lsa, hisoblash stvori uchun boshqa analog izlanadi.
Kritskiy-Menkelü   regressiya   tenglamasi   yordamida   oqim   meyorini   aniqlash
quyidagi ifoda bo‘yicha olib boriladi:

N      
Na  ( ),
bu   yerda:     -hisoblash   stvori   bo‘yicha   oqim   meyori,   m 3
 s,   -hisoblash   stvori
bo‘yicha kuzatilgan qisqa qator suv sarflarining o‘rtacha arifmetik qiymati, m 3
 s; 
r-hisoblash   va   analog   stvorlari   bo‘yicha   parallel   kuzatish   yillari   suv   sarflari
orasidagi bog‘lanishni belgilovchi korrelyatsiya koeffitsiyenti;   
N -hisoblash   stvori   bo‘yicha   tiklangan   uzun   qator   uchun   o‘rtacha   kvadratli
chetlanish qiymati, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bu yerda:  -analog stvori bo‘yicha hisoblangan o‘rtacha kvadratli chetlanish:

na -analog stvori bo‘yicha qisqa qator uchun  o‘rtacha kvadratik cheklanish.
-analog stvori bo‘yicha oqim meyori.
  -analog   stvori   bo‘yicha   qisqa   qator   (n)   uchun   oqimning   o‘rtacha
arifmetik qiymati
Kritskiy-Menkelü   regressiya   tenglamasi   bog‘lanish   koeffitsiyenti   r      0,7
holda va kuzatish yillar soni 12-15 dan kam bo‘lmagan vaziyatda ishlatiladi.
Oqim meyorini  ta’minlanish   egri chizig‘i yordamida aniqlash
Analog   daryo   bo‘yicha   suv   sarflari   ta’minlanishining   nazariy   egri   chizig‘i
chiziladi   va   shu   grafikga   haqiqiy   kuzatilgan   suv   sarflari     (empirik   nuqtalar)
tushiriladi. Empirik nuqtalarning ta’minlanishi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
%,
bu   yerda   m-tartib   nomeri;   n-kuzatish   yillarning   umumiy   soni.   Ta’minlanishning
nazariy   egri   chizig‘ini   ifodalash   uchun   shu   chiziq   ordinatalari   berilgan   maxsus
jadvaldan  foydalaniladi.  Bu  jadvaldan   ta’minlanish   (R,  %)   va  unga  mos   ravishda
modul   koeffitsiyenti   (K)   ning   qiymati   olinadi.   Bu   jadvaldan   yillik   oqimning
o‘zgaruvchanlik   koeffitsiyenti   (C
v )   va   assimetriya   koeffitsiyenti   (S
S )   qiymatlarini
bilishimiz kerak. Gidrologik hisoblarda, ko‘pincha, C
S  = 2S
v  tenglik qabul qilinadi.
Olingan   natijalar   asosida   hisoblash   stvori   va   analog   stvorlari   suv   sarflarining
ta’minlanish egri chizig‘i chiziladi.
Ta’minlanish   egri   chizig‘i   bo‘yicha   oqim   meyorini   hisoblash   uchun   analog
daryosining     kuzatish   nuqtalaridan   hisoblash   stvori   kuzatish   yillariga   moslari tanlab olinadi, va shu nuqtalarga mos tushuvchi “K” ning  qiymati hisoblash stvori
ta’minlanish egri chizig‘idan aniqlanadi. Natija quyidagi jadvalga ¸ziladi.
T.r. Hisoblash stvori
Q
i Ta’minlanish chizig‘idan olingan K
i
1 Q
1 K
1
2 Q
2 K
2
3 Q
3 K
3
4 Q
4 K
4
N Q
n K
n
  va     qiymatlari   ma ’ lum   bo ‘ lsa ,  oqim   me ’ ri     munosabatdan   aniqlanadi . ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

DARYO OQIMI ME’YORI VA UNI HISOBLASH Reja: 1. O`rtacha ko‘p yillik oqim (oqim me’yori) va uni hisoblash usullari 2. Oqimning qisqa va uzun qatorlari uchun oqim meyorini hisoblash

Daryolarning oqim meyorini to‘g‘ri aniqlashga gidrologik hisoblashlarda alohida e’tibor beriladi. Bu mavzuda daryoning o‘rtacha ko‘p yillik oqimini gidrometrik ma’lumotlar yetarlicha bo‘lganda va ma’lumotlar kam, ya’ni qisqa qator bo‘lgan holllarda hisoblash usullari yoritilgan Oqim xarakteristikalarini hisoblashda daryo va daryo havzasining quyidagi gidrologik va tabiiy-geografik elementlari qo‘llaniladi: 1. Daryoning suv yig‘ish maydoni; 2. Daryoning uzunligi; 3. Daryoning nishabligi; 4. Daryo havzasining o‘rtacha balandligi; 5. Havzaning o‘rmon, ko‘l, botqoqliklar va muzliklar bilan qoplanganlik darajasi. Oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori sifatida o‘z ichiga taxminan baravar ko‘p suvli va kam suvli yillarni kiritgan qator uchun hisoblab chiqilgan o‘rtacha arifmetik qiymat qabul qilinadi. Matematiklar izohi bo‘yicha oqim me’yori deb cheksizlikka intiluvchi “n” qator uchun olingan o‘rtacha ko‘p yillik oqim qiymatiga aytilib, quyidagicha ifodalanadi:Q0= ΣQ i N , N → ∞ . Lekin gidrologiyada kuzatilgan qator “n” cheklanuvchi qiymat, shuning uchun oqimning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori ( ) q formulasi bilan ifodalanadi. Bu yerda -alohida yillar uchun oqim qiymati, n- kuzatilgan yillar soni. Oqimning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatini oqim me’yori deb qabul qilish uchun maxsus qatorning o‘rtacha kvadratik xatoligini hisoblash kerak: Q 0= Q − ±  ,

bu yerda, -oqim meyori; -ko‘p yillik davr uchun oqimning o‘rtacha qiymati;  -qatorning o‘rtacha kvadratik xatoligi. Bu xatolik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: = 100 ∗Cv √n . Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, qatorning o‘rtacha kvadratli xatoligi yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentiga (C v ) to‘g‘ri va kuzatilgan yillar soniga (n) teskari proportsionaldir. Gidrologik hisoblarda  ning qiymati 5-10 % dan oshmasligi kerak. Agar   5-10 % bo‘lsa, unda o‘rtacha ko‘p yillik oqim miqdori oqim meyori deb qabul qilinadi. Yillik oqimning o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti S v ning qiymati qancha katta bo‘lsa, oqim meyorini hisoblash uchun kuzatilgan yillar soni shuncha uzun qator bo‘lishi kerak. Quyidagi jadvalda o‘zgaruvchanlik koeffitsiyentiga qarab kuzatilgan yillar sonining o‘zgarishini ko‘ramiz. C v g‘  4% 10 % 20 % 0,15 14 5 2 0,50 156 25 6 Oqim meyorini hisoblash usullari. Oqim meyorini hisoblash amaliyotda quyidagi uch holat uchun olib boriladi: 1. Gidrometrik kuzatish yillari qatori yetarlicha uzun bo‘lganda; 2. Gidrometrik kuzatish yillari qatori qisqa bo‘lganda; 3. Gidrometrik kuzatishlar umuman olib borilmaganda. Birnchi holat uchun oqim meyori quyidagicha hisoblanadi. Kuzatish yillari yetarlicha uzun qator uchun oqimning o‘rtacha arifmetik qiymati va o‘rtacha kvadratli xatoliklari hisoblanadi: q ; va  , %.

Agar,   5-10 % bo‘lsa, kuzatish yillari yetarlicha uzun qator deb olinib, oqimning o‘rtacha arifmetik qiymatini oqim meyori deb qabul qilamiz. Agar  > 5-10 % bo‘lsa, olingan qator yetarli emas, ya’ni qisqa qator deb qabul qilinib va shu davr uchun hisoblangan oqimning o‘rtacha arifmetik qiymati oqim meyori deb qabul qilinmaydi va oqim meyori boshqa usullar yordamida hisoblanadi. Kuzatish yillari qisqa qator bo‘lganda oqim meyorini hisoblash usullari Bu holatda oqim meyorini hisoblash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: a) analogiya (o‘xshashlik) usuli; b) Kritskiy-Menkel regressiya tenglamasi yordamida v) ta’minlanish egri chizig‘i yordamida. Analogiya usuli-bu usulni ishlatishda hisoblash kerak bo‘lgan daryo uchun “analog” daryo yoki stvor tanlanadi. “Analog” qilib kuzatish yillari yetarlicha uzun qator bo‘lgan daryo yoki shu daryoga tegishli boshqa stvor olinishi mumkin. “Analog” tanlashda quyidagi shartlarga e’tibor berish kerak. 1. Tabiiy-geografik sharoitning mosligi; 2. Iqlim sharoitining o‘xshashligi; 3. Oqim hosil bo‘lish sharoiti, jumladan, tuproq tuzilishi, o‘rmon, ko‘l va botqoqlik, haydalgan yerlar bilan qoplanganlik darajasining yaqinligi; 4.Daryolarning suv yig‘ish maydonlarining (Qs) farqi 10 martadan oshmasligi; 5. Havzalarning o‘rtacha balandliklarining farqi 300-500 metrdan oshmasligi; 6. Tabiiy oqim rejimiga keskin ta’sir qiluvchi omillar (suv omborlari, kanallar, kollektorlar) ning bo‘lmasligidir. “Analog” daryo yoki stvor tanlab olganimizdan keyin ikkala, ya’ni hisoblash stvori (Q h ) va analog (Q a ) orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi va Q h =f(Q a ) bog‘lanishning zichligi aniqlanadi. Buning uchun ikkala stvorning parallel kuzatish davri uchun korrelyatsiya koeffitsiyenti ( r ) hisoblanadi. Agar korrelyatsiya (bog‘lanish) koeffitsiyenti r  0,7 bo‘lsa, bog‘lanish qoniqarli deb hisoblanadi va analog sifatida tanlangan daryo yoki stvor mos deb topiladi. Korrelyatsiya koeffitsiyentining chegaralangan xatoligi

Ye r = 0,67 ifoda yordamida aniqlanadi. chegaralangan xatolik 4*Ye r ko‘paytma bilan ifodalanadi va r  4 * Ye r munosabat saqlanishi kerak. So‘ngra Q xq f (Q a ) bog‘lanishning to‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasini hisoblaymiz: ( h - ih ) = R , bu yerda h -hisoblash stvori bo‘yicha kuzatilgan yillar uchun olingan suv sarfining o‘rtacha qiymati, m 3  s ; ih -hisoblash stvori bo‘yicha konkret yillar suv sarfi, m 3  s; -analog bo‘yicha oqim meyori; -analog bo‘yicha alohida yillar suv sarfg‘i; - regressiya koeffitsiyenti . Hisoblash natijasida hosil bo‘lgan tenglamadan foydalanib, hisoblash stvori bo‘yicha kuzatish olib borilgan alohida yillar suv sarfini ( ih ) o‘rganilgan analog daryoning suv sarfi yordamida hisoblab, qisqa qatorni tiklaymiz, ya’ni uzun qatorga keltiramiz. So‘ngra, hisoblash stvori bo‘yicha tiklangan suv sarflari qatorining o‘rtacha qiymati ( ) va xatolik ( ) aniqlanadi. Agar  5-10 % saqlansa, unda aniqlangan o‘rtacha arifmetik oqim qiymati oqim meyori deb qabul qilinadi. Agar  5-10 % bo‘lsa, hisoblash stvori uchun boshqa analog izlanadi. Kritskiy-Menkelü regressiya tenglamasi yordamida oqim meyorini aniqlash quyidagi ifoda bo‘yicha olib boriladi:  N   Na ( ), bu yerda: -hisoblash stvori bo‘yicha oqim meyori, m 3  s, -hisoblash stvori bo‘yicha kuzatilgan qisqa qator suv sarflarining o‘rtacha arifmetik qiymati, m 3  s; r-hisoblash va analog stvorlari bo‘yicha parallel kuzatish yillari suv sarflari orasidagi bog‘lanishni belgilovchi korrelyatsiya koeffitsiyenti;