logo

GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI. GEOGRAFIK LANDSHAFT

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.166015625 KB
GEOGRAFIK  Q OBI Q NING GORIZONTAL TUZILISHI.
GEOGRAFIK  LANDSHAFT
Reja:
1. Lanshaft hosil qiluvchi omillar va komponentlar
2. Landshaftlarning morfologik qismlari
3. Landshaftlarning rivojlanishi
4.  Antropogen landshaftlar 1. Lanshaft hosil qiluvchi omillar va komponentlar
Landshaft  - nemischa Land-yer, shaft-manzara so‘zlaridan iborat bo‘lib,
yer   manzarasi,   biror   hudud   tabiati   manzarasi   ma’nosini   bildiradi.   Yer
yuzining   turli   joylari   tabiat   manzarasiga   ko‘ra   bir - biridan   farq   qiladi . Go‘yo
quroq   ko‘rpa,   quroq   dasturxonga   o‘xshaydi.   Bu   “ko‘rpa”   butun   yer   yuzini
o‘rab olgan.  Yer   yuzidagi   barcha   landshaftlar   bir   biri   bilan   tutashib ,  landshaft
qobig‘ini   hosil   qiladi .
Landshaft   deb,   landshaft   qobig‘i   komponentlarining   ichki   munosabati,
o‘zaro   aloqalari   va   muvozanatiga   ko‘ra   boshqa   joylardagidan   farq   qiluvchi
tabiiy hududiy komplekslarga aytiladi.   Landshaft   qobig‘i   komponentlari   tog‘
jinslari ,  relef ,  iqlim ,  yer   usti   va   yer   osti   suvlari ,  tuproq ,  o‘simlik   va   hayvonot
dunyosidan   iborat .   Landshaft   ana   shu   komponentlarning   bir   biri   bilan
bog‘langan ,  o‘zaro   ta’sir   etib   turuvchi   bir   butun   majmuadan   iborat .
Geografik   terminshunoslikda   landshaft   iborasi   uch   xil   mazmunda
tushuniladi:
1. Landshaft Yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta bo‘lmagan
qismi. Bunday tushunish landshaftni regional tushuncha deb qarashni taqozo
qiladi.   Buni   L.S.Berg   taklif   etgan.   Uning   fikricha,   landshaft   geografiyaning
o‘rganish   obekti,   geografik   qobiqning   asosiy   birligi.   Orolbo‘yi   qumlari,
Qizilqum   toshloq   landshafti.   N.A.Solnsev   landshaft   tabiiy   geografik
rayonlashtirishning eng kichik birligi deydi.
2.   Landshaft   umumiy   tushuncha.   F.N.Milkov   va   uning   shogirdlari.
Manzara,   peyzaj   ma’nosida   qo‘llaniladi.   Masalan,   o‘rmon   landshafti,   cho‘l
landshati, botqoq  landshafti va h.k.. 
3.   Landshaft   –   tipologik   komplekslarni   umulashtiruvchi   tushuncha
N.A.Gvozdeskiy,   A.Ye.Fedina,   N.A.Kogay,   Sh.S.Zokirov   bu   fikr
tarafdorlari.   Masalan,   tog‘-o‘rmon   qo‘ng‘ir   tuproqlaridagi   butazor,   siyrak o‘rmonlar   landshafti,   tog‘   oldi   tekisliklaridagi   bo‘z   tuproqli   o‘tloq     dashtlar
landshafti va h.k.
Landshaftlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Landshaftlar landshaft qobig‘ining bir qismi.
2. Har bir landshaft boshqalardan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega.
3.   Har   bir   landshaft   yon   atrofidagi   landshaftlar   bilan   ham,   butun
landshaft qobig‘i bilan ham bog‘langan va o‘zaro aloqa qilib turadi. Aloqa va
tahsirlar suv, shamol, hayvonlar vositasida amalga oshadi.
4.   Landshaftlar   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   qismlardan   –   tabiat
komponentlaridan tuzilgan.
5.   Landshaftlarning   o‘zi   ham  hududiy  tipologik   komplekslaridan   –  joy,
makon (urochishe) va fatsiyalardan tuzilgan.
Landshaftlar   ham   barcha   katta-kichik   geotizimlar   kabi   agregat   holati
nisbatan bir xil bo‘lgan moddiy qismlar - komponentlardan tashkil topgandir.
Komponent   atamasi   lotincha   "componens"   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   tarkibiy
qism degan ma’noni anglatadi.
Umuman   olganda   geografik   adabiyotda   komponent   tushunchasi
anchagina erkin talqin qilingan. Ba’zan tabiiy komponentlarga qum, tuproq,
muz, yashil barglar, suv yuzasi kabilar kiritilsa, ba’zan esa inson tomonidan
bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, ekin maydonlari ham komponent
hisoblanadi.   Masalan   D.L.   Armand   (1975)   agregat   tarkibi   bir   xil   bo‘lgan
qismlarni, hayot bor yo‘qligini hisobga olgan holda tabiat komponentlari deb
hisoblaydi.   U   tabiat   komponentlariga   turli   gazlar,   suyuqliklar,   tog‘   jinslari,
o‘simlik, qor va muz, hatto texnik inshootlarni ham kiritadi.
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog‘ jinslari, Yer osti
va usti suvlari, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. I.M.Zabelin fikricha, esa (1978) tog‘ jinslari, suv, havo, tuproq, o‘simlik
va   hayvonotdan   tashqari   bakteriyalar,   zamburug‘lar   va   hatto   quyosh
radiatsiyasi ham landshaftning komponenti sanalishi kerak.
A.A.Grigorev (1966), S.V.Kalesnik (1970), A.A.Krauklis (1979) kabilar
komponent deganda Yerning moddiy tarkibi nisbatan bir xil bo‘lgan alohida
sferalarini tushunadilar.
K.I.Grenchuk   va   boshqalar   (1984)   asosiy   komponentlar   (tog‘   jinslari,
havo,   suv,   o‘simlik,   hayvonlarni)   va   ikkilamchi   yoki   hosila   komponentlar
(tuproq, muz, muzloq tog‘ jinslari) ni ajratadilar.
V.I.Prokayev (1967) tabiiy komponent deganda, alohida moddiy tizimlar
va   ularga  xos  bo‘lgan   shakllar   va   holatlarni  tushunadi.  Bu  shakl  va  holatlar
ushbu moddiy tizimlarning boshqa moddiy tizimlar bilan Quyosh radiatsiyasi
orqali   yoki   Yerning   ichki   energiyasi,   yoki   ularning   ikkovi   ta’siri   sharoitida
hosil   bo‘ladi.   Muallif   komponentlarga   tog‘   jinslari   (ularning   moddiy   tarkibi
va   yotqizilish   sharoitlari)   relef   (yoki   geologik   tog‘   jinslari   va   relef),
hududning   ob-havo   va   iqlimini   belgilab   beruvchi   havo   massalari   va   ularga
xos   bo‘lgan   gidrotermik   holatlar   (boshqacha   qilib   aytganda   iqlim),   suvlar,
tuproqlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilarni kiritadi. Uningcha, har bir
komponent   moddiy   tarkibi   bilan   uning   turlicha   namoyon   bo‘lishining   bir
butunligi, ya’ni mazmun bilan shaklning bir butunligidir.
A.V.Pavlov   (1984)   va   e.Neef   (1974)   larning   fikriga   ko‘ra   litosfera,
gidrosfera,   atmosfera,   biosferalar   geografik   qobiqning   komponentlaridir.
Tog‘   jinslari,   tuproq,   suv,   havo,   o‘simlik   va   hayvonot   dunyosi   esa
landshaftning komponentlaridir.
Shunga   o‘xshash   ta’rifni   biz   "Oxrana   landshaftov"   (1982)   nomli   izohli
lug‘atda   ham   ko‘ramiz.   Unda   landshaftning   komponentiga   geografik
qobiqning   litosfera,   gidrosfera,   atmosfera   va   biosferalarining   (landshaft
chegarasidagi) qismlari kiradi deb ko‘rsatilgan. Landshaftning komponentlari bir-biri   bilan   o‘zaro   aloqada   bo‘lib,   birining   o‘zgarishi   qolganlarining   ham
o‘zgarishiga olib keladi. Lug‘at mualliflari komponentlarni ikkiga: tabiiy va
antropogen  komponentlarga  bo‘lishgan.  Birinchisiga  tog‘  jinslari,   havo,  Yer
osti   va   usti   suvlari,   tuproq,   o‘simlik,   hayvonot   dunyosini   kiritsalar,
ikkinchisiga   turli   inshootlar,   qishloq   xo‘jaligi   maydonlari   kabilarni
kiritadilar.
Omil   so‘zi   lotincha   factor   -   yaratuvchi,   ishlab   chiharuvchi   ma’nosini
anglatadi.   Omil   deb   qandaydir   bir   jarayonning   uning   xususiyatini   belgilab
beruvchi harakatlantiruvchi kuchiga, sababiga aytiladi.
V.S.Preobrajenskiy   va   boshqalar   (1982)   omilarning   uch   xilini:   1)
ularning   jadalligiga   qarab   yetakchi   va   yetakchi   bo‘lmagan,   2)   yo‘nalishiga
qarab   tashqi   va   ichki,   3)   kelib   chiqishiga   qarab   tabiiy   va   antropogen   kabi
xillarini   ajratadilar.   Bu   holda   biz   landshaftda   ro‘y   beradigan   barcha   o‘zaro
ta’sirlarni ham omil deb hisoblashimizga to‘g‘ri keladi.
Landshaftlarning   hosil   bo‘lishi,   mavjudligi   va   rivojlanishi   eng   avvalo
uning komponentlari (tog‘ jinslari, havosi, suvlari, o‘simligi va hayvonotlari)
ning   o‘zaro   ta’siri   va   aloqadorligining   natijasidir.   Landshaftlarning   turli
komponentlari   turlicha   harakterga   egadir.   Ularning   har   biri   o‘ziga   xos
qonuniyatlar asosida rivojlanadi, ularning har biri o‘ziga xos o‘zgarish kuchi
va   jadalligiga   ega.   Landshaftlarning   hududiy   tabaqalanishi   xususiyatlari   esa
turli xil omillar bilan belgilangan. Hududiy tabaqalanishga sabab bo‘ladigan
geografik   jarayonlar   uchta   asosiy   omil   ta’sirida   ro‘y   beradi.   Bular   Quyosh
energiyasi,   Yerning   qa’ridan   ta’sir   etadigan   kuchlar   va   gravitatsiya
energiyasidir. Bu omillarning har birining o‘z vazifasi bor va har biri har xil
ahamiyatga   egadir.   Ularning   ichida   ko‘p   tomonlama   va   muhim   ahamiyatga
ega   bo‘lgan   omil-quyosh   energiyasidir.   Bu   omil   Yerning   shakliga   bog‘liq
holda   landshaftlarning   zonal   xususiyatlarini   belgilaydi.   Quyosh   energiyasi
landshaftda   ro‘y   beradigan   barcha   aylanma   harakatlarda   va   oqimlarda ishtirok   etadi.   Unsurlarning   radioaktiv   parchalanishi   oqibatida   hosil
bo‘ladigan   Yerning   ichki   energiyasi   asosan   tektonik   jarayonlarda   aks   etadi.
Tektonik   jarayonlar   o‘z   navbatida   gravitatsiya   energiyasini   o‘zgartirib,
landshaftlarning   o‘z   vazifasini   bajarishiga   ham   ta’sir   etadi.   Gravitatsiya
energiyasi  esa  deyarli  doimo  moddaning  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko‘chish
jarayoniga   ta’sir   etib   turadi.   Xullas,   har   bir   energetik   omil   o‘ziga   yarasha
vazifani bajaradi.
Landshaftlarning   tashkil   topishida   suv   ham   katta   ahamiyatga   egadir.
Namlikning almashinish jarayoni - atmosferaga namlikni kirib kelishi, uning
havo   massalari   bilan   ko‘chib   yurishi,   yog‘in-sochin,   oqim   hosil   bo‘lishi,
bug‘lanish   va   suvning   turli   fasllarda   turlicha   agregat   holatda   bo‘lishi
landshaftlarning yashashida ko‘p turli vazifalarni bajaradi.
2. Landshaftlarning morfologik qismlari
Muayyan   bir   landshaftni   tadqiq   qilishda,   uni   dala   sharoitida   aniqlab,
xaritaga   tushirishda   uning   morfologik     tuzilishini   o‘rganish,   bilish     katta
ahamiyatga   egadir.   Landshaftshunoslik   fanining   eng   muhim   nazariy
qismlaridan   biri   ham   landshaftlarning     morfologik   tuzilishi   haqidagi
ta’limotdir.   Bu   ta’limotning   yuzaga   kelishi   landshaftshunoslik   fani
taraqqiyotidagi   eng   muhim   voqealardan   biridir.   Landshaftlarning
morfologiyasi   landshaftlarning   ichki   hududiy   bo‘linishini   o‘rganadi.   Uning
asosiy   vazifalaridan   biri   landshaftlarning   morfologik   qismlarini   aniqlash,
ularning   har   birini   tahriflab,   katta-kichiklik   mavqeini   va   taksonomik
ko‘lamini   aniqlash   va   tasniflashdan   iboratdir.   Landshaftlar   morfologik
qismlarining   o‘zaro   nisbati   va   ular   orasidagi   modda   va   energiya
almashinishini   o‘rganish   ham   landshaftlar   morfologiyasining   vazifasiga
kiradi.
Landshaftlar   o‘zidan   kichik   bo‘lgan   tabiiy   hududiy   komplekslardan
tuzilgan   degan   g‘oyani   dastlab   ilgari   surgan   kishi   L.G.Ramenskiy   (1935, 1938) bo‘lib, uning fikricha landshaftshunoslik o‘rganishi kerak bo‘lgan eng
kichik   birlik   epifatsiya   bo‘lishi   kerak.   Har   bir   epifatsiya   o‘zidan   kattaroq
bo‘lgan   kompleksning   shunday   bir   qismiki,   u   bir   xil   ekologik   tartib,   bir   xil
o‘simlik   va   hayvonot   (biotsenoz)   bilan,   hamda   hosil   bo‘lish   va   keyingi
rivojlanish   imkoniyati   o‘xshashligi   bilan   tavsiflanadi.   Epifatsiyalar   bir-
biridan   relefda   tutgan   o‘rni,   geologik   asosi,   mikroiqlimi,   gidrologik
xususiyatlari   bilan   farqlanadi   va   o‘zidan   kattaroq   bo‘lgan   birliklar     tabiiy
urochishelarning   tarkibiy   qismlari   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ushbu   g‘oyani
yanada   rivojlantirgan   hamda   landshaftlarning   morfologik   tuzilishi   haqidagi
ta’limotni ilmiy asoslab bergan olim N.A.Solnsev (1949) hisoblanadi.
Landshaftlarning birlamchi va eng kichik morfologik qismini geografik
adabiyotda   turlicha   nom   bilan   atalganligini   ko‘rish   mumkin.   Masalan,
epimorfa   (R.I.Abolin,   1914),   elementar   landshaft   (B.B.Polinov,1915),
mikrolandshaft   (I.V.Larin,1926),   epifatsiya   (L.G.Ramenskiy,   1938),
biogeosenoz     (V.N.Sukachev,   1948)   va   fatsiya   (L.S.Berg,   1945;
N.A.Solnsev,   1949).   Bu   atamalardan   landshaftshunoslar   tomonidan   e’tirof
etilib, foydalanib kelinayotgani fatsiyadir.
"Fatsiya"   atamasi   landshaftshunoslikka   L.G.Ramenskiy   (1935)   va
L.S.Berg   (1945)   tomonidan   kiritilib,   lotincha   faciyes,   ya’ni   tashqi   qiyofa
ma’nosini anglatadi. Nemis olimlari (Neef, 1963; Haaze, 1971) ko‘proq "top"
atamasidan   foydalanadilar.   Bu   atama   topos,   ya’ni   joy   degan   ma’noni
anglatib, fatsiya atamasini to‘ldiradi.
Fatsiya   dala   sharoitida   aniqlab,   xaritaga   tushirib   olish   unchalik   qiyin
bo‘lmagan,   nisbatan   oddiy   tuzilgan   eng   kichik   geotizimdir.   Shuning   uchun
fatsiyani   ba’zan   "geografik   molekula"ga,   landshaftlar   "atomlari"ga,   yoki
"tirik   organizmdagi   xo‘jayra"ga   o‘xshatishadi.   Fatsiyalar   boshqa   tabiiy
hududiy   komplekslarga   bo‘linmaydi.   Bo‘lingan   taqdirda   ham   ular   tabiiy
hududiy kompleksning elementlarigagina bo‘linishi mumkin. Maxsus   adabiyotlarda   uchraydigan   “Yelementar   landshaft”,
“biogeosenoz   turi”,   “landshaftning   elementar   bo‘lagi”   kabi   atamalar   ham
fatsiyaning   sinonimlaridir.M.A.   Glazovskaya,   (1988)   ham   fatsiyani   “Yeng
oddiy (yelementar) landshaft-geokimyoviy tizim” deb ataydi.
Har   bir   fatsiya   hududida   ustki   tog‘   jinslarning   litologik   tarkibi   bir   xil,
relef   harakteri   va   namlanishi   bir   xil   bo‘lib,   mikroiqlimda   va   tuproqlarida
tafovut   bo‘lmasligi   hamda   bitta   biotsenoz   bilan   tavsiflanishi   kerak.   Ya’ni
landshaftning  morfologik  birligi  sifatida  ajratiladigan  fatsiyaning  eng  asosiy
xususiyati shundaki, uni hosil qiluvchi komponentlariga xos bo‘lgan belgilari
(ular albatta o‘zaro aloqador va bog‘liq ekanligini nazarda tutgan holda) bir
xilligi bilan tavsiflanadi.
Landshaftlarning morfologik qismlari ichida eng  asosiylaridan yana biri
urochishedir. Urochishe bir mezorelefga joylashgan tabiiy hududiy kompleks
bo‘lib, genetik va dinamik jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsiyalar tizimidan
iboratdir. Landshaftlarning alohida urochishelarga bo‘linishida uning litogen
asosi-   relef   hamda   tog‘   jinslarining   litologik   tuzilishi   asosiy   ahamiyatga
egadir.
Urochishelar landshaftda egallagan maydoni va tarqalishiga qarab asosiy
(yoki   hukmron)   hamda   ikkinchi   darajali   urochishelarga   bo‘linadi.   Asosiy
urochishelar   landshaftlarning   morfologik   strukturasini   belgilab   berishi   bilan
birga   keng   ko‘lamda   tarqalganligi   bilan,   ikkinchi   darajali   urochishelar   esa
tarqalish ko‘lami kamligi bilan tavsiflanadi.
Urochishelar o‘zining ichki tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo‘lishi
mumkin. Oddiy urochishelarda mezorelefning har bir qismi faqat bitta fatsiya
bilan   band   bo‘ladi.   Murakkab   urochishelar   tarkibida   esa   mezorelefning   bir
qismida   fatsiyalar   tizimi   yoki   urochishecha   (podurochishe)   joylashgan
bo‘ladi. Urochishecha   oraliq   birlik   bo‘lib,   asosan   mezorelefning   bir   qismida
joylashgan fatsiyalar to‘yimli moddalar, namlik va issiqlik taqsimlanishidagi
jarayonlarning   umumiyligi   bilan   bir-biriga   bog‘liqdir.   Masalan,
urochishechalar bir urochishening ichida turlicha ekspozitsiyaga ega bo‘lgan
hollarda ajratilishi mumkin.
Landshaftlarning   morfologik   qismlari   ichida   eng   kattasi   joy   (mestnost)
deb   ataladi.   Joy   deganda   ma’lum   landshaft   uchun   xos   bo‘lgan   urochishelar
yig‘indisining alohida varianti tushuniladi.
Geografik adabiyotda  "joy turi" degan  atama  ham tez-tez uchrab  turadi
(F.N.Milkov,   1956).   Joy   turlari   landshaftlarning   morfologik   qismi
hisoblanmaydi-ku,   ammo   u   ham   xo‘jalikda   foydalanishi   nuqtai   nazaridan
qaraganda   nisbatan   bir   xil   bo‘lgan   yirik   tabiiy   hududiy   kompleksdir   va
urochishelarning majmuidan iboratdir. 
Shunday   qilib   landshaft   o‘zidan   kichik   bo‘lgan   komplekslardan,   ya’ni
morfologik qismlardan tashkil topgan murakkab tabiiy hududiy kompleksdir.
Landshaftning   har   bir   morfologik   qismi   ham   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega
bo‘lgan   kompleks   deb   haralishi   bilan   birga,   ular   ayrim   o‘xshash   belgilarga
asoslangan   holda   tasnif   qilin   ishi   mumkin,   ya’ni   tipologik   birlik   sifatida
haralishi mumkin.
3. Landshaftning rivojlanishi
Landshaftlar   butun   geografik   qobiq   taraqqiyoti   qonuniyatlari   asosida
rivojlanib, o‘zgarib boradi. Landshaftning dinamikasi degan tushuncha bilan
landshaftning   rivojlanishi   degan   tushuncha   orasida   aloqadorlik,   bog‘lanish
bor.   Landshaftlarda   bo‘lib   turadigan   ozmi-ko‘pmi   dinamik   o‘zgarishlar
yiqilib   borib     landshaftlarda   tubdan   bo‘ladigan   evolyutsion   o‘zgarishlarga
sabab   bo‘ladi   va   landshaftlar   rivojlanishining   ma’lum   bosqichlarini   hosil
qiladi. Moddiy   dunyoning   rivojlanishi   materialistik   dialektikaning   eng   muhim
kategoriyalaridan   biri   hisoblanadi.   Faylasuflarning   e’tirof   etishicha
rivojlanish moddiy dunyoni tushunishning eng asosiy tamoillardan biridir va
ustivor ilmiy ahamiyatga egadir.
Rivojlanish   tushunchasi   tabiiy   geografiyaga,   jumladan,
landshaftshunoslikka ham birday tegishlidir.
A.G.Isachenko   (1991)   yozganidek,   landshaftning   o‘zgarishini
takrorlanadigan   va   takrorlanmaydigan   qilib   bo‘lishning   o‘zida   shartlilik
mavjud.   Chunki   har   bir   tabiiy   geografik   jarayon   davriy   tavsifga   ega   va
albatta,   landshaftda   o‘zining   izini   qoldiradi.   Shu   ma’noda   A.I.Perelman
(1966)   yozganini   eslash   kifoya.   Uning   fikricha,   moddaning   har   qanday
aylanma   harakati   berk   davrni   tashkil   qilmaydi.   Natijada   landshaft   o‘zining
avvalgi holatiga qaytmaydi va qandaydir yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Har bir sikl, hatto u qisqa muddatli (masalan, bir yillik) bo‘lgan taqdirda
ham   qandaydir   takrorlanmaydi   va   ba’zan   tez   ilg‘ab   olish   qiyin   bo‘lgan
o‘zgarishlarni   qoldiradi.   Masalan,   atmosfera   yog‘inlari   natijasida
yonbag‘irlarda   hosil   bo‘ladigan   suv   oqimi   tog‘   jinslari   ustki   qismidan,
tuproqdan   ma’lum   miqdorda   mineral   va   organik   moddani   yuvib   ketadi.
Pastham   joylarda   esa   uning   aksi,   ya’ni   yon-atrofdan   yuvilib   kelgan   turli
moddalarni     to‘planishi   ro‘y   beradi.   Bunday   jarayonlar   bir   tomonlama
yo‘nalgan   bo‘lib,   maromli   tarzda   ko‘payib,   kamayib,   jadallashib   yo
sustlashib  turishi mumkin.
Landshaft   holatlarining   o‘zgarish   davrini   chulo‘am   tarzdagi
rivojlanishning   bitta   xalqasi   deb   tasavvur   qilsa   bo‘ladi.   Dialektik-
materialistik   nuqtai   nazardan   qaraganda   tabiatning   rivojlanishi     qarama-
qarshiliklarning asta-sekin miqdoriy o‘sib borishini va u yuzaga keltiradigan
sifat   o‘zgarishlariga   sakrab   o‘tish   jarayoni   tushuniladi.   Tabiatdagi   qarama- qarshiliklarning   bunday   miqdoriy   ortib   borishi,   ko‘pincha,   yopiq   holda,   tez
ilg‘ab olish murakkab bo‘lgan tarzda kechadi.
Moddiy   dunyodagi   harakat   va   rivojlanish   tushunchalari     bilan   bog‘liq
bo‘lgan   masalalar   materialistik   dialektika   namoyondalari   asarlarida   ko‘p
ko‘rilgan.
O‘sha   manbalarda:   "harakat   -   bu   moddaning   mavjudlik   usulidir",
"Dunyoda harakatlanuvchi moddadan bo‘lak hech narsa yo‘q", "Jismlarning
o‘zaro   ta’siri   -   bu   harakatdir",   "harakat   -   bu   umuman   o‘zgarishdir",
"Moddaning   harakat   shakllarini   bilsak   -   moddani   bilgan   bo‘lamiz",   "har
qanday   harakatning   ichki   impul’si   qarama-qarshiliklar   va   ularning
kurashidir",   "harakat   ommaviy   va   absolyut   harakterga   ega,   hech   qachon   va
hech   qayerda   mutlaq   harakatsizlik   va   muvozanat   bo‘lishi   mumkin   emas,
harakatsizlik va muvozanat harakatning bir lahzasi holos", "Alohida harakat
muvozanatga   intiladi,   harakatlar   birgalikda   esa   uni   yana   yakson   qiladi",
"Jismlarning     nisbatan     harakatsizlikda   bo‘lishi   va   vaqtincha   muvozanatlik
holatlarning bo‘lishi materiya tabaqalanishining va shu bilan birga hayotning
eng   muhim   shart-sharoitlaridan   biridir"   kabi   jumlalar   tez-tez   uchrab,   bir-
birini   to‘ldirib   turadi.   Ushbu   fikrlarning   deyarli   hammasi   landshaftning
xususiyatiga taalluqlidir.
S.V.Kalesnik   (1955)   fikricha,   landshaft   qobiqining   rivojlanish   manbai
bo‘lib,   undagi   ko‘plab   qarama-qarshi   yo‘nalishlarning   to‘qnashuvi
hisoblanadi.   Eng   asosiy   qarama-qarshilik   landshaft   qobig‘ining   ichki
xususiyatlari,   ya’ni   zonallik   va   azonallik   orasidagi   qarama-qarshilikdir.
Boshqacha   qilib   aytganda   endogen   va   ekzogen   jarayonlar   qarama-
qarshiligidir,   Yer   yuzasiga   ta’sir   etuvchi   quyosh   radiatsiyasi   va   tektonika
orasidagi qarama-qarshilikdir.
A.A.Grigorev   (1966)   geografik   qobiqning   eng   asosiy   xususiyati     deb
"o‘zaro   uzluksiz   bog‘liq   bo‘lgan   qarama-qarshi   jarayonlar   moddaning   kirib kelishi   va   sarf   bo‘lishi,   moddaning   assimilyasiyasi   va   dissimilyasiyasi
kabilarning birligi"ni tushinadi.
Landshaftning   rivojlanishidagi   asosiy   sabab   va   harakatlantiruvchi
kuchlar haqida yuqoridagi keltirilgan fikrlardan ham umumiy tasavvur hosil
qilsa bo‘ladi. Ammo landshaftning o‘zgarishi haqida gap borganda ko‘pincha
tashqi kuchlarning ta’siri hisobga olinib, landshaftning ichida ro‘y beradigan
qarama-qarshiliklar   kurashi,   son   o‘zgarishlarining   sifat   o‘zgarishlariga
o‘tishi,   ya’ni   landshaftning   o‘z-o‘zidan   rivojlanish   xususiyatiga   kamroq
e’tibor beriladi.
Landshaftning o‘z-o‘zidan rivojlanishga qobil ekanligining asl mohiyati
shundan   iboratki,     uning   komponentlari   orasidagi   o‘zaro   ta’sir   va
aloqadorliklar   tufayli   komponentlar   bir-biriga   moslashib   olishga   va
landshaftda muvozanat holatini yuzaga chiharishga intiladi.
Landshaftdagi   har   bir   komponent   uzluksiz   rivojlanishda   va
o‘zgarishdadir,   agar   ulardan   birining   xususiyati   (masalan,   iqlim)   o‘zgarib,
yangi   sifatga   ega   bo‘lsa,   qolgan   komponentlar   yoki   ularning   xususiyati
(masalan,   o‘simlik,   tuproq)   unga   moslashib   olishga   harakat   qiladi.   Bunday
jarayon turli komponentlarda turlicha jadallik bilan kechadi va ba’zan ancha
vaqtni o‘z ichiga oladi. Ammo birinchi bo‘lib o‘zgargan komponent bu vaqt
davomida   esa   yana   rivojlanishda   va   o‘zgarishda   bo‘ladi.   Qolgan
komponentlar   yana   unga   moslashishga   harakat   qilaveradi.   Demak,
landshaftdagi ichki muvozanat vaqtincha va nisbiy bo‘lishi mumkin.
Landshaftning   komponentlari   ichida   eng   faol   hisoblangani   biota
(o‘simlik   va   hayvonot)dir.   U   doimo   biotik   bo‘lmagan   komponentlar   bilan
qarama-qarshilikdadir va atrof-muhitga moslashishga harakat qiladi. Natijada
bir butun landshaftni qayta sozlashga olib keladi.
Harakat   bilan   muvozanat   uzluksiz   o‘zgaruvchan   aloqadorlikdadir.
Landshaftdagi muvozanat landshaftdagi harakat bilan harakatsizlik orasidagi muvozanat   sharoitidagina   saqlanishi   mumkin.   Lekin   bunday   muvozanat
nisbiy va vaqtinchalikdir.
Landshaftning   ichidagi   komponentlarning   o‘zaro   ta’sir   va   qarama-
qarshiliklari   landshaftni   sust,   bir   maromda   va   keskin   o‘zgarishlarsiz
rivojlanishiga sabab bo‘lsa, tashqaridan bo‘ladigan ta’sir va aloqadorliklar bu
jarayonni tezlashtirishi yoki keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Landshaftning rivojlanishi uning ichki tuzilishiga xos bo‘lgan belgilarini
yangi   struktura   belgilari   tomonidan   siqib   chiharishi   demakdir.   Bu   jarayon
landshaftda sifat o‘zgarishlarini hosil qilib, yangi landshaftni barpo bo‘lishiga
olib   keladi.   Ammo   bir   landshaftning   o‘zida   bir   vaqtda   hozirgi   kunga   xos
belgilar bilan yonma-yon uzoq o‘tmishda shakllangan belgilar ham uchrashi
mumkin.   Bundan   tashqari   hozirgi   vaqtda   landshaftda   uchraydigan   ayrim
hodisa va jarayonlarni bilish uchun landshaftning tarixini, yoshini bilish zarur
bo‘ladi. 
Landshaftda   ro‘y   berishi   mumkin   bo‘lgan   o‘zgarishlar   dastavval   eng
kichik   morfologik   qismlari   -   fatsiyalarda   ko‘zga   tashlanadi.   Keyinchalik   u
yoki   bu   urochishe   o‘zgarishi   mumkin.   Ammo   butun   bir   landshaftning   ichki
tuzilishi o‘zgarishi uchun anchagina uzoq vaqt kerak bo‘ladi.
Landshaft   taraqqiyoti   yoki   rivojlanishining   nazariy   masalalaridan   yana
biri landshaftning yoshi masalasidir.
Umuman   olganda   turli   katta-kichik   geotizimlarning   yoshini   aniqlash
borasida   ozmi-ko‘pmi   ilmiy   ishlar   qilingan   va   geotizimning   ko‘lami
qanchalik   katta   bo‘lsa,   u   shunchalik   oldinroq   paydo   bo‘lgan   degan   xulosa
mavjud.   Ammo   ularning   yoshini   qaysi   vaqtdan   boshlab   hisoblash   kerak
degan   masala   hali   munozaralidir.   Ayrim   tabiiy   geograflar   landshaftning
geologik-geomorfologik asosi qachon shakllangan bo‘lsa uning yoshini o‘sha
vaqtdan   boshlash   kerak   deyishsa,   ayrimlar   geotizim   maydoni   qachon   muz
bosishdan yoki dengiz bosishdan ozod bo‘lgan bo‘lsa o‘sha vaqtdan boshlab hisoblashni taklif qiladilar. Bu holda landshaftlarning yoshi yuz minglab yoki
millionlab yillarni o‘z ichiga olib, geologik davrlar bilan o‘lchanishi mumkin.
Ammo Orol dengizi atrofidagidek yaqinda (keyingi bir necha yil mobaynida)
dengizdan   ozod   bo‘lgan   joylarning   landshaftlari   bundan   mustasno.   Chunki
bunday Yerlardagi landshaftlar endigina shakllanayapti.
Landshaftning   yoshini   qaysi   vaqtdan   boshlab   hisoblash   haqidagi   yana
bir   fikr   anchagina   ma’qul   ko‘rinadi.   Uning   mazmuni   shundan   iboratki,
landshaftning   yoshi   uning   hozirgi   ichki   tuzilishi   qachon   shakllangan   bo‘lsa
o‘sha   vaqtdan   boshlanishi   kerak.   Ammo   landshaftning   turli   komponentlari
turlicha   rivojlanganligi   uchun   va   rivojlanish   jadalligi   turlicha   bo‘lganligi
uchun   hamda   landshaftlar   haqida   tarixiy   ma’lumotlar   (geologik   yoki   iqlim
ma’lumotlariga   nisbatan)   juda   kam   bo‘lganligi   uchun   uning   ichki   tuzilishi
qachon   hozirgi   ko‘rinishda   rivojlana   boshlaganligini   aniqlab   olish   amri
maqoldir. Bundan tashqari landshaftdagi bir ichki tuzilma o‘rniga yangi ichki
tuzilma hosil bo‘lish jarayoni uzoq muddatni o‘z ichiga olishi mumkin.
Shuning   uchun   geotizimlarning,   jumladan   landshaftlarning   ham   hosil
bo‘lish   vaqtini   hozirgi   tabiiy   geografik   sharoitning   asosiy   xususiyatlari
shakllana   boshlagan   vaqtdan   boshlab   hisoblagan   ma’qul.   Masalan,   Turon
tabiiy   geografik   provinsiyasi,   ya’ni   O‘zbekiston   Respublikasi   joylashgan
yirik   geotizimning   hozirgi   tabiiy   sharoitining   shakllanishi   oligotsen   -
to‘rtlamchi davr mobaynida davom etdi (N.A.Kogay, 1969). Ammo oligotsen
-   to‘rtlamchi   davr   yoshidagi   Turon   provinsiyasida   joylashgan   undan
kichikroq   bo‘lgan   geotizimlar   -   tabiiy   geografik   oruglar   esa   turli   xil   kelib
chiqish tarixiga va yoshga egadir. Bularning ichida eng yoshi quyi Amudaryo
tabiiy   geografik   okrugi   bo‘lib   (yuqori   to‘rtlamchi   va   hozirgi   davr),   hariroqi
Qizilqum tabiiy geografik okrugidir (yoshi pliotsen to‘rtlamchi davr). Yanada
kichikroq geotizimlar - tabiiy geografik rayonlar va landshaftlarning yoshiga
keladigan   bo‘lsak,   endi   faqat   oligotsen   dengizini   qaytib   ketishi   va   quruq hamda issiq iqlim xukumronligini emas, balki neotektonik harakatlar va ular
bilan   bog‘liq   holda   relefning,   suvlarning   ishini   o‘zgarishi,   iqlimning
tabaqalanishi   kabilarni   ham   tahlili   kerak   bo‘ladi.   Bular   esa   o‘z   navbatida
tuproq,   o‘simlik   va   hayvonotning   tabaqalanishiga   sabab   bo‘ladi.   Masalan,
e.D.Mamedov   (1980)   Qizilqum   cho‘li   tabiatining   pleystotsen   davridagi
holatini o‘rganar ekan, cho‘llardagi tabiiy sharoitning rivojlanishi murakkab
maromiy tavsifga ega bo‘lganligi va bunda iqlim yetakchi rol o‘ynaganligini
qayd   etadi.   Uning   fikricha,   Qizilqum   arid   iqlimi   oligotsendan   to   hozirgi
vaqtgacha   bir   xilda   bo‘lmagan   va   bir   necha   martda   namgarchilik   fazalari
bo‘lgan.
Demak, landshaftlar ham butun tabiat kabi abadiy emas, yangilari paydo
bo‘lib,   o‘zgarib,   rivojlanib,   almashinib   boradi.   Landshaftlar   taraqqiyot
darajasiga qarab uch turga bo‘linadi; qoldiq (relikt) landshaft, hozirgi zamon
landshafti, yangi (rivojlanuvchi) landshaft. Qoldiq landshaftlarga cho‘llardagi
qurib   yotgan   daryo   vodiylari,   terrasalar,   o‘rmonlardagi   cho‘l   o‘simliklari
misol   bo‘ladi.   Hozirgi   landshaftlar   hozirgi   tabiiy   sharoitga   mos   bo‘lgan
landshaftlardir.   Tundradagi   o‘rmonlar,   muzloqlardagi   erigan   joydir,
o‘rmonlar   orasidagi   dashtlar   yangi   hosil   bo‘layotgan,   rivojlanish
boshlanayotgan landshaftlardir.
4. Antropogen landshaftlar
Antropogen omillar ta’sirida landshaftlarning o‘zgarishi faqat u yoki bu
komponentning   o‘zgarishi   natijasida   bo‘lib   qolmay,   balki   komponentlar
orasidagi,   qolaversa,   landshaftlarning   morfologik   qismlari   orasidagi   modda
va   energiya   almashinishi   bilan   ham   bog‘liqdir.   Natijada   landshaftlardagi
vertikal   va   gorizontal   aloqadorlikning   o‘zgarishi   oxir-oqibat   landshaftlar
strukturasining   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi.   Hozirgi   paytda   insonlarning
landshaftlarni o‘zgartirish qobiliyati oshib bormoqda. Masalan, Yerga100 yil
oldin   daryolarga   bog‘liq   holda   ancha   mahsuldor   bo‘lgan   suvli-botqoq ekosistemalar   bo‘lgan.   Qishloq   xo‘jaligini   rivojlantirish   yo‘lida   bular
o‘zgarishlarga uchragan.
Insonning   xo‘jalikdagi   faoliyati   ta’sirida   landshaftlarning   o‘zgarish
darajasi,   miqyosi   va   jadalligi   turlicha   bo‘ladi.   Bu   bir   tomondan
landshaftlarning o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchi   tomondan   insonning   landshaftga   ta’sir   etishi   harakteri   bilan
bog‘liqdir. Landshaftlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi
va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, tashqi kuchlar (shu
jumladan, inson faoliyati ham) ta’siriga chidamliligi yoki chidamsizligi turli
landshaftlarda har xil bo‘ladi. Shu bilan birga, inson faoliyati ham turlichadir.
Masalan,   inson   landshaftlarga   tog‘-kon   sanoati   sharoitida   bir   xil   ta’sir
ko‘rsatsa,   shahar   qurilishi   sharoitida   boshqa   xil,   dehqonchilik,   chorvachilik,
o‘rmon xo‘jaligi sharoitlarida esa yana boshqacharoq ta’sir etadi.
Landshaftlar   inson   tomonidan   o‘zgartirilishi   darajasiga   qarab,   uch
toifaga   bo‘linadi:   o‘zgarmagan   tabiiy,   salgina   o‘zgargan,   o‘zgargan
(antropogen)   landshaftlar.   Antropogen   landshaftlar   ham   ikki   xil   bo‘ladi;
buzilgan   landshaftlar   va   madaniy   landshaftlar.   Buzilgan   landshaftlar
rekultivatsiya tadbirlari natijasida madaniy landshatlarga, aylantiriladi.
Yerning   xususiyatlari   va   landshaftlari   doimiy   ravishda   makonda
o‘zgarishlarga uchraydi. Ob-havo kartalari ob-havo elementlarining kuniga,
yil   davomida   va   yildan   yilga   o‘zgarishlarini   ko‘rsatadi.   Landshaftlar
siklonlar,   zilzilza,   ko‘chki   va   oqim   jarayonlari   natijasida   o‘zgaradi.
Qirg‘oqlar   holatining   o‘zgarishiga   vaqti-vaqti   bilan   bo‘ladigan   dovul
to‘lqinlari,   sunami   yoki   dengiz   sathi   o‘zgarishlari   sabab   bo‘lishi   mumkin.
Landshaftlarning   tabiiy   o‘zgarishi   insonlar   uchun   foydali   yoki   zararli
bo‘lishi   mumkin.   Suv   osti   zilzilzlari   sunamilarni   yuzaga   keltiradi.   Masalan,
bunday sunamilardan biri Hind okeanining sohillariga katta vayronalar olib
keldi.   Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

GEOGRAFIK Q OBI Q NING GORIZONTAL TUZILISHI. GEOGRAFIK LANDSHAFT Reja: 1. Lanshaft hosil qiluvchi omillar va komponentlar 2. Landshaftlarning morfologik qismlari 3. Landshaftlarning rivojlanishi 4. Antropogen landshaftlar

1. Lanshaft hosil qiluvchi omillar va komponentlar Landshaft - nemischa Land-yer, shaft-manzara so‘zlaridan iborat bo‘lib, yer manzarasi, biror hudud tabiati manzarasi ma’nosini bildiradi. Yer yuzining turli joylari tabiat manzarasiga ko‘ra bir - biridan farq qiladi . Go‘yo quroq ko‘rpa, quroq dasturxonga o‘xshaydi. Bu “ko‘rpa” butun yer yuzini o‘rab olgan. Yer yuzidagi barcha landshaftlar bir biri bilan tutashib , landshaft qobig‘ini hosil qiladi . Landshaft deb, landshaft qobig‘i komponentlarining ichki munosabati, o‘zaro aloqalari va muvozanatiga ko‘ra boshqa joylardagidan farq qiluvchi tabiiy hududiy komplekslarga aytiladi. Landshaft qobig‘i komponentlari tog‘ jinslari , relef , iqlim , yer usti va yer osti suvlari , tuproq , o‘simlik va hayvonot dunyosidan iborat . Landshaft ana shu komponentlarning bir biri bilan bog‘langan , o‘zaro ta’sir etib turuvchi bir butun majmuadan iborat . Geografik terminshunoslikda landshaft iborasi uch xil mazmunda tushuniladi: 1. Landshaft Yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta bo‘lmagan qismi. Bunday tushunish landshaftni regional tushuncha deb qarashni taqozo qiladi. Buni L.S.Berg taklif etgan. Uning fikricha, landshaft geografiyaning o‘rganish obekti, geografik qobiqning asosiy birligi. Orolbo‘yi qumlari, Qizilqum toshloq landshafti. N.A.Solnsev landshaft tabiiy geografik rayonlashtirishning eng kichik birligi deydi. 2. Landshaft umumiy tushuncha. F.N.Milkov va uning shogirdlari. Manzara, peyzaj ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, o‘rmon landshafti, cho‘l landshati, botqoq landshafti va h.k.. 3. Landshaft – tipologik komplekslarni umulashtiruvchi tushuncha N.A.Gvozdeskiy, A.Ye.Fedina, N.A.Kogay, Sh.S.Zokirov bu fikr tarafdorlari. Masalan, tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlaridagi butazor, siyrak

o‘rmonlar landshafti, tog‘ oldi tekisliklaridagi bo‘z tuproqli o‘tloq dashtlar landshafti va h.k. Landshaftlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Landshaftlar landshaft qobig‘ining bir qismi. 2. Har bir landshaft boshqalardan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega. 3. Har bir landshaft yon atrofidagi landshaftlar bilan ham, butun landshaft qobig‘i bilan ham bog‘langan va o‘zaro aloqa qilib turadi. Aloqa va tahsirlar suv, shamol, hayvonlar vositasida amalga oshadi. 4. Landshaftlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qismlardan – tabiat komponentlaridan tuzilgan. 5. Landshaftlarning o‘zi ham hududiy tipologik komplekslaridan – joy, makon (urochishe) va fatsiyalardan tuzilgan. Landshaftlar ham barcha katta-kichik geotizimlar kabi agregat holati nisbatan bir xil bo‘lgan moddiy qismlar - komponentlardan tashkil topgandir. Komponent atamasi lotincha "componens" so‘zidan olingan bo‘lib, tarkibiy qism degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina erkin talqin qilingan. Ba’zan tabiiy komponentlarga qum, tuproq, muz, yashil barglar, suv yuzasi kabilar kiritilsa, ba’zan esa inson tomonidan bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, ekin maydonlari ham komponent hisoblanadi. Masalan D.L. Armand (1975) agregat tarkibi bir xil bo‘lgan qismlarni, hayot bor yo‘qligini hisobga olgan holda tabiat komponentlari deb hisoblaydi. U tabiat komponentlariga turli gazlar, suyuqliklar, tog‘ jinslari, o‘simlik, qor va muz, hatto texnik inshootlarni ham kiritadi. F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog‘ jinslari, Yer osti va usti suvlari, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini kiritadi.

I.M.Zabelin fikricha, esa (1978) tog‘ jinslari, suv, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonotdan tashqari bakteriyalar, zamburug‘lar va hatto quyosh radiatsiyasi ham landshaftning komponenti sanalishi kerak. A.A.Grigorev (1966), S.V.Kalesnik (1970), A.A.Krauklis (1979) kabilar komponent deganda Yerning moddiy tarkibi nisbatan bir xil bo‘lgan alohida sferalarini tushunadilar. K.I.Grenchuk va boshqalar (1984) asosiy komponentlar (tog‘ jinslari, havo, suv, o‘simlik, hayvonlarni) va ikkilamchi yoki hosila komponentlar (tuproq, muz, muzloq tog‘ jinslari) ni ajratadilar. V.I.Prokayev (1967) tabiiy komponent deganda, alohida moddiy tizimlar va ularga xos bo‘lgan shakllar va holatlarni tushunadi. Bu shakl va holatlar ushbu moddiy tizimlarning boshqa moddiy tizimlar bilan Quyosh radiatsiyasi orqali yoki Yerning ichki energiyasi, yoki ularning ikkovi ta’siri sharoitida hosil bo‘ladi. Muallif komponentlarga tog‘ jinslari (ularning moddiy tarkibi va yotqizilish sharoitlari) relef (yoki geologik tog‘ jinslari va relef), hududning ob-havo va iqlimini belgilab beruvchi havo massalari va ularga xos bo‘lgan gidrotermik holatlar (boshqacha qilib aytganda iqlim), suvlar, tuproqlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilarni kiritadi. Uningcha, har bir komponent moddiy tarkibi bilan uning turlicha namoyon bo‘lishining bir butunligi, ya’ni mazmun bilan shaklning bir butunligidir. A.V.Pavlov (1984) va e.Neef (1974) larning fikriga ko‘ra litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosferalar geografik qobiqning komponentlaridir. Tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi esa landshaftning komponentlaridir. Shunga o‘xshash ta’rifni biz "Oxrana landshaftov" (1982) nomli izohli lug‘atda ham ko‘ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarining (landshaft chegarasidagi) qismlari kiradi deb ko‘rsatilgan. Landshaftning komponentlari

bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, birining o‘zgarishi qolganlarining ham o‘zgarishiga olib keladi. Lug‘at mualliflari komponentlarni ikkiga: tabiiy va antropogen komponentlarga bo‘lishgan. Birinchisiga tog‘ jinslari, havo, Yer osti va usti suvlari, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo‘jaligi maydonlari kabilarni kiritadilar. Omil so‘zi lotincha factor - yaratuvchi, ishlab chiharuvchi ma’nosini anglatadi. Omil deb qandaydir bir jarayonning uning xususiyatini belgilab beruvchi harakatlantiruvchi kuchiga, sababiga aytiladi. V.S.Preobrajenskiy va boshqalar (1982) omilarning uch xilini: 1) ularning jadalligiga qarab yetakchi va yetakchi bo‘lmagan, 2) yo‘nalishiga qarab tashqi va ichki, 3) kelib chiqishiga qarab tabiiy va antropogen kabi xillarini ajratadilar. Bu holda biz landshaftda ro‘y beradigan barcha o‘zaro ta’sirlarni ham omil deb hisoblashimizga to‘g‘ri keladi. Landshaftlarning hosil bo‘lishi, mavjudligi va rivojlanishi eng avvalo uning komponentlari (tog‘ jinslari, havosi, suvlari, o‘simligi va hayvonotlari) ning o‘zaro ta’siri va aloqadorligining natijasidir. Landshaftlarning turli komponentlari turlicha harakterga egadir. Ularning har biri o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlanadi, ularning har biri o‘ziga xos o‘zgarish kuchi va jadalligiga ega. Landshaftlarning hududiy tabaqalanishi xususiyatlari esa turli xil omillar bilan belgilangan. Hududiy tabaqalanishga sabab bo‘ladigan geografik jarayonlar uchta asosiy omil ta’sirida ro‘y beradi. Bular Quyosh energiyasi, Yerning qa’ridan ta’sir etadigan kuchlar va gravitatsiya energiyasidir. Bu omillarning har birining o‘z vazifasi bor va har biri har xil ahamiyatga egadir. Ularning ichida ko‘p tomonlama va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omil-quyosh energiyasidir. Bu omil Yerning shakliga bog‘liq holda landshaftlarning zonal xususiyatlarini belgilaydi. Quyosh energiyasi landshaftda ro‘y beradigan barcha aylanma harakatlarda va oqimlarda