logo

GEOGRAFIK QOBIQNING BIR BUTUNLILIK QONUNIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.9970703125 KB
GEOGRAFIK QOBIQNING BIR BUTUNLILIK QONUNIYATI
Reja:
1.Geografik qobiqdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik jihatlari. 
2.Geografik qobiq moddiy  tizimlarining  bir butunlilik qonuniyati.
3. Tabiatdagi predmet va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatining amaliy
ahamiyati.  1. Geografik qobiqdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik
jihatlari.
Insonni o‘rab turuvchi tabiat o‘zaro bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan
ko‘plab   predmet   va   hodisalarni   birlashtiradi.   Jonsiz   tabiat   organik   dunyo
bo‘lgan   o‘simliklar, hayvonlar  va  mikroorganizmlar bilan bog‘liq,  shu  bilan
birga   ularni   o‘rab   turuvchi   tabiiy   muhit   bilan   uzviy   aloqada   bo‘lib   turadi.
Tabiatda hodisalar va komponentlarning o‘zaro aloqasi xilma-xil ko‘rinishga
ega   bo‘lib,   deyarli   cheksizdir.   Buni   organik   moddalar   bilan   noorganik
moddalar   o‘rtasidagi,   o‘simliklar   bilan   hayvonot   dunyosi   o‘rtasidagi,   okean
bilan   quruqlikdagi   biomassalarning   rivojlanishi   o‘rtasidagi,   erga   quyosh
radiatsiyasining   tushishi   bilan   Er   sharining   turli   qismlarining   turlicha   isishi
o‘rtasidagi, quyosh radiatsiyasi bilan biomassalarning to‘planishi o‘rtasidagi,
hayvonlar   sonining   tebranishi   va   ular   migratsiyasining   yilning   ob-havo
sharoitiga   bog‘liqligi   o‘rtasidagi   va   boshqa   xilma-xil   misollardan   ko‘rish
mumkin.
Tabiatdagi   o‘zaro   aloqalar   atom,   hujayra,   organizm,   fitotsenoz,
biotsenoz, biogeotsenoz, geografik komplekslar (landshaftlar) ichidagi o‘zaro
ta’sirdan   to   butun   sayyoraviy   masshtabdagi   va   uning   tashqarisidagi   o‘zaro
ta’sirgacha bo‘lgan hajmda kuzatiladi.
Tabiatdagi   o‘zaro   aloqalar   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar   fanning   turli
sohalarida   qadimdan   to‘plangan.   Biroq,   chuqur   va   keng   ilmiy
umumlashmalar   faqat   tabiat   va   jamiyat   haqidagi   dialektika   nazariyasi   qaror
topgach   paydo   bo‘ldi.   Xususan,   tabiatda   har   bir   narsa   ajralgan   holda   sodir
bo‘lmaydi.   Har   bir   hodisa   boshqa   hodisaga   ta’sir   qiladi   va   aks   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Hoz i rgi   vaqtda   tabiatdagi   jarayon   va   hodisalarning   o‘zaro   bog‘liqlilik
qonuniyati   barcha   fan   olimlari   tomonidan   e’tirof   qilinadi.   Faqat   insonn in g amal i y   faoliyatida   ba’zan   bu   muhim   qonunga   amal   qilmaslik   hollari   uchrab
turadi.   Inson   bajargan   ko‘pgina   ishlarning   ba’zan   jiddiy   salbiy   oq i batlarga
olib   kelishi   xuddi   ana   shu   tabiiy   hodisalarning   o‘zaro   bo g‘ liqligini
bilmaslikdan   kelib   chiqadi.   Bu   haqida   tarixda   misollar   ko‘p.   Masalan,
Mesopotomiya, Gretsiya, Kichik Osiyo va boshqa joylarda eki n  er larin i hosil
qilish   uchun   o‘rmonlarni   ildizi   bilan   qo‘porib   tashlagan   kishilar,   shu   ishlari
bilan   bu   erlarni,   o‘rmonlar   bilan   birlikda   nam   yig‘iladigan   va   saqlanadigan
markazlardan   ham   mahrum   qilib,   shu   bilan   bu   mamlakatlarning   hozirgidek
xarob bo‘lib cho‘lga aylanishiga dastlabki sababchi bo‘lgan .   Alp italyanlari,
tog‘larning   shimoliy   yonbag‘ridagi   o‘rmonlar   avaylab   saqlanayotgan   bir
vaqtda,   janubiy   yonbag‘ridagi   ignabargli   o‘rmonlarni   kesib,   yo‘q   qilib,   o‘z
o‘lkalarida   tog‘   chorvachiligining   ildiziga   bolta   urganliklarini   oldindan
sezmaganlar. SHu bilan o‘zlarining tog‘ chashmalarini yilning ko‘p qismida
suvdan mahrum qilganliklarini va sel toshqinlarini ko‘payishini sezmaganlar.
Binobarin,   tabiatdagi   jarayonlarning   va   hodisalarning   o‘zaro   bog‘liqlik
qonunlarini   bilish   va   ulardan   kishilik   jamiyatining   farovonligi   uchun
foydalanish – tabiatni muhofaza qilishning metodologik asosi dir .
SHunday qilib, tabiat va jamiyatda predmetlar va hodisalarning umumiy
o‘zaro   aloqadorligi   hamda   bog‘liqlilik   qonuniyati   tabiatni   muhofaza
qilishning   metodologik   va   ilmiy   asosi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   SHuning   uchun
ham   tabiatni   muhofaza   qilish   nazariyasi   tabiat   bilan   jamiyatning   o‘zaro
ta’siri,   tabiatdagi   predmet   va   hodisalarning   o‘zaro   bog‘liqligi   to‘g‘risidagi
dialektik ta’limotga asoslanadi. Tabiat va jamiyatdagi mavjud bo‘lgan o‘zaro
aloqa   va   ta’sirlarni   hisobga   olgandagina   tabiiy   resurslarni   muhofaza
qilishning   va   ulardan   oqilona   foydalanishning   ilmiy   asoslangan   yo‘llarini
ishlab chiqish mumkin.
SHuni   ham   aytish   kerakki,   tabiatdagi   mavjud   o‘zaro   bog‘liqliklarni
aniqlash uchun, ko‘pincha ularni ancha vaqt kuzatish va sinchiklab o‘rganish talab qilinadi. Ba’zan o‘zaro ta’sir natijasining juda sekin namoyon bo‘lishini
quyidagi   misol   isbot   qiladi.   1829   yilda   Eri   ko‘lidan   Niagara   sharsharasini
aylanib   o‘tish   uchun   AQSH   va   Kanada   chegarasida   Uellend   kema
qatnaydigan   kanali   qurilgan   edi.   100   yildan   keyin   bu   ko‘lga   kanal   orqali
birinchi   marta   dengiz   minogasi   (ilonbaliq)   o‘tadi;   1937   yili   u   Guron   va
Michigan   ko‘llarida,   1946   yili   YUqori   ko‘lda   ham   tarqaladi.   Ilonbaliq
ovlanadigan   qimmatbaho   baliqlarni   eya   boshlaydi.   Natijada   XX   asr
o‘rtalariga   kelib,   bu   ko‘llarda   baliq   ovlash   keskin   qisqarib   ketadi.
CHunonchi,   Guron   va   Michigan   ko‘llarida   golets   balig‘ini   yillik   tutish
miqdori   3900   tonnadan   12   tonnagacha   tushib   qoladi.   SHunday   qilib,
ilonbaliq kanal qurilgandan 100 yil keyin Buyuk ko‘llarning baliq xo‘jaligiga
katta zarar keltiradi.
Tabiatdagi   predmet   va   hodisalarning   o‘zaro   bog‘liqligi   va   shu   tufayli
tabiatning   bir   butunlilik   qonuniyati   ham   ozmi-ko‘pmi   ma’lum   bo‘lgan.
Masalan,   nemis   olimi   A.   Gumboldt,   mashhur   ingliz   olimi   CH.   Darvin   va
boshqa ilg‘or tabiatshunoslar tabiat ayrim komponentlarining o‘zaro aloqasini
to‘g‘ri   tushunganlar.   Biroq   tabiatning   bir   butunligi   to‘g‘risidagi   yaxlit
ta’limot   tuproqshunoslik   fanining   asoschisi   V.V.Dokuchaev   (1846–1903)
asarlarida   o‘zining   eng   yorqin   ifodasini   topdi.   Olim   tuproqlar   haqidagi
ta’limotida   «tabiat   ko‘zgusi»   bo‘lgan   tuproqlarning   barcha   tabiat   omillari
ta’sirida   paydo   bo‘lishini   ko‘rsatib   berdi.   U   tabiatni   bir   butun   holda   olib
kompleks teksh i r i shni o‘ziga xos tabi i y komplekslar–tabiat zonalari misolida
isbotlab, tabiat zonalari haqidagi ta’limotga asos soldi. V.V. Dokuchaevning
tabiatni   bir   butunlikda   olib,   kompleks   o‘rganish   g‘oyalarini   keyinchalik
uning   shogirdlari   va   izdoshlaridan   S.S.   Neustruev,   L.I.   Prasolov,   B.B.
Polinov   kabi   tuproqshunoslar   va   A.N.   Krasnov,   G.F.   Morozov,   I.M.
Krashenninikov, I.V.Larin, V.N.Sukachev kabi geobotaniklar muvaffaqiyatli
rivojlantirdilar.   V.V.   Dokuchaevning   tabiatning   bir   butunligi   va   tabiat zonalari   haqidagi   ilg‘or   g‘oyalarning   geografik   jihatdan   yangi   bosqichga
ko‘tarilishi   va   landshaftshunoslik   fanini   yaratishda   akademik   L.S.   Bergning
xizmatlari ayniqsa kattadir.
V.V. Dokuchaevning tabiatni kompleks o‘rganish haqidagi g‘oyalari va
landshaftshunoslik masalalari, shuningdek atoqli  rus  geograflari A.A.Borzov,
S.V.Kalesnik,   N.A.Solnsev   A.G.   Isachenko,   V.S.   Preobrajenskiy,   K.I.
Gerenchuk, N.A. Gvozdetskiy, F.N. Milkov , K.N.Dyakonov, A.YU.Reteyum
va boshqalarning yirik asarlarida muvaffaqiyatli rivojlantirildi.
Ikkinchi   jahon   urushidan   key i n,   50-yillarning   boshida   sobiq   ittifoqda
tabiiy   komplekslarni   o‘rganuvchi   maxsus   fan–landshaftshunoslik   yanada
yuksak   bosqichga   ko‘tarildi.   Landshaftshunoslik   tabiiy   geografiyaning
muhim   qismi   bo‘lib,   u   tabiiy   komplekslar–landshaftlarning   paydo   bo‘lishi,
tarkibi,   strukturasi,   rivojlanishi   va   er   yuzasida   taqsimlanishini   o‘rganadi.
Landshaftshunoslik   er   yuzasining   turli   zonalari,   oblastlari   va   rayonlarining
tabiiy sharoiti va resurslaridan kompleks foydalanish, ularni muhofaza qilish
va   tiklash   masalalari   bilan   ham   bevosita   shug‘ullanadi.
Landshaftshunoslikning   muvaffaqiyatli   rivojlanishi   tabiiy   geografiyaning
nazariy   asosini   tashkil   etuvchi   geosistemalar   yoki   tabiiy-huddudiy
komplekslar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Tabiiy-hududiy kompleks (geografik kompleks yoki geokompleks) deb,
er   yuzasi   tabiatining   b i r-biridan   farq   qiladigan   qismlariga   aytiladi.   Tabiiy-
hududiy   komplekslar   bir-birini   taqozo   etuvchi   barcha   tabiat
komponentlarining bir butun qonun i y tizimidir.
SHunday   qilib,   tabiiy-hududiy   kompleks   (landshaft)   o‘zaro   bog‘liq   va
o‘zaro ta’sir etib turuvchi komponentlar ya’ni, tog‘ jinslari, relef shakllari, er
usti   va   er   osti   suvlari,   atmosfera   va   iqlim,   o‘simliklar,   tuproqlar,
mikroorganizmlar   hamda   hayvonot   dunyosining   tabiiy   dinamik   tizimidan
iborat. Insonning   tabiatni   o‘zgartiruvchi   ta’siri   odatda   butun   tabiatga   emas,
balki   aniq   tabiiy-hududiy   komplekslarga   (landshaftlarga)   qaratilgan   bo‘ladi.
SHun i ng   uchun   ham   tabiatni   muhofaza   qilish   bo‘yicha   ko‘riladigan   barcha
tadbirlarni   ishlab   chiqishga   tabiiy   geografik,   an i qrog‘i,   landshaftshunoslik
nuqtai nazaridan yondoshish nihoyatda muhimdir.
Tabiiy-hududiy   komplekslar   (THK)   uch   xil   katta-kichiklikda   ya’ni,
sayyoraviy,   regional   va   lokal   (mahalliy,   topologik)   komplekslarga   bo‘lib
o‘rganiladi.   Sayyoraviy   masshtabdagi   THK   –   geografik   qobiqqa   to‘g‘ri
keladi.
Geografik   qobiq   deb,   Erning   litosfera   (er   po‘sti),   gidrosfera,   atmosfera
va biosfera o‘zaro tutashgan hamda bir-biriga ta’sir etishidan vujudga kelgan
tashqi   qatlamiga   aytiladi.   Geografik   qobiq   sayyoraviy   geos i stemadir.   Uning
yuqori   chegarasi   Erning   tabiiy   yuzasidan   20–30   km   balandlikdan   va   quyi
chegarasi   10–11   km   chuqurlikdan   o‘tadi.   Geografik   q o biqning   eng   muhim
o‘ziga   xos   tomoni   unda   organik   hayot,   kishilik   jamiyati,   relef   shakllari,
tuproq   qatlami   va   gidrosferaning   mavjudligidir.   Geografik   qobiqning
xarakterli   xususiyatlari   sifatida   unda   doimiy   modda   va   energiya
almashinuvining mavjudl i gi va shu tufayli bir butunligi, zamon va makonda
notekis   rivojlanishi,   ma’lum   darajada   o‘zini-o‘zi   boshqaruvchi   tabiiy   tizim
ekanl i gi   va   boshqalard i r.   Geografik   qobiqning   evolyusiyasi   va   taqdiri   ilgari
(o‘tgan   davrlarda)   faqat   tab i iy   (fizik,   kimyoviy,   biologik,   geologik,   tabiiy
geografik   va   h.k.)   jarayonlarga   bog‘l i q   edi.   Endilikda   esa   kishilik
jamiyatining   unga   bo‘lgan   ta’siri   ham   hal   qiluvchi   rol   o‘ynamoqda.
Geografik   qobiqning   o‘ziga   xos   yana   bir   xususiyati   shundan   iboratki,   unda
moddalar bir vaqtda uch xil agregat holatda ya’ni, qattiq, suyuq va gazsimon
bo‘ladi. Bu moddalar bir-biriga o‘tib aylanma harakat hosil qiladi.
Bundan tashqari geografik qobiqda quyoshning nurli energiyasini o‘ziga
singdirish   va   o‘zgartirish   (transformatsiya   qilish)   oqibatida   sodir   bo‘ladigan turli-tuman jarayonlar kuzatiladi. Bu jarayonlar Erning yuzaga chiqqan ichki
energiyasi bilan o‘zaro murakkab aloqada bo‘ladi. Geografik qobiqning yana
bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u organizmlarning paydo bo‘lishi
va   rivojlanishi   hamda   faol   geologik,   geomorfologik   jarayonlar   sferasidir.
Nihoyat,   geografik   qobiq   kishilik   jamiyatining   ishlab   chiqarish   faoliyati   va
yashash   hududi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Demak,   geografik   qobiq   odamlarga
nisbatan   ular   yashaydigan   muhitdir,   uni   geografik   muhit   deb   ham   atash
mumkin.
2. Geografik qobiq moddiy tizimlarining 
bir butunlilik qonuniyati
Avvalo   shuni   aytish   kerakki,   geografik   qobiq   tabiiy   komponentlarning
tasodifiy   yig‘indisi   emas,   balki   komponentlarning   qonuniy   majmuasidir.
CHunki, bu majmua tarkibidagi barcha komponentlar har doim uzviy aloqada
va bog‘liqlikdadir.
Landshaft qobig‘ining har bir komponenti (tog‘ jinslari, relef, tuproqlar,
suvlar,   organik   dunyo   va   boshqalar)   o‘z   qonuniyatlariga   ko‘ra   mavjud   va
rivojlanadi.   Biroq   bu   komponentlarning   hech   biri   ajralgan   (yakka)   holda
ya’ni,   boshqa   komponentlarning   ta’sirisiz   va   o‘z   navbatida   ularga   ta’sir
etmasdan   mavjud   bo‘lmaydi   va   rivojlanmaydi.   Barcha   komponentlarning
o‘zaro   ta’siri   bu   komponentlarni   bir   butun   yagona   moddiy   tizimga
birlashtirib turadiki, bunda hamma tarkibiy qismlar bir-biriga bog‘liq va bir-
biriga ta’s i r etadi. Bu tizim (tabiiy-hududiy kompleks, geosistema, landshaft)
ning   bir   butunligi   shu   qadar   mustahkam   va   shu   qadar   umumiyki,   landshaft
yoki   landshaft   qobig‘ining   biron-bir   qismi   o‘zgarsa   bas,   shundan   keyin
qolgan barcha hududlar ham shunga bog‘liq holda o‘zgaradi. Butun tizimning
o‘zgarish   masshtabi   ayrim   tarkibiy   qismlarning   yoki   shu   tarkibiiy   qismlarni tashkil   etgan   elementlarning   o‘zgarish   masshtabiga   bog‘liqdir.   Geografik
qobiqning   barcha   komponentlari   o‘zaro   shu   qadar   uzviy   bog‘langanki,
ulardan   birontasining   hatto   ozgina   o‘zgarishi   ba’zan   boshqa
komponentlarning   va   hamma   tabiiy   kompleksning   keskin   o‘zgarishiga   olib
keladi.
Er   yuzida   sodir   bo‘layotgan   tabiiy   hodisalarning   xuddi   ana   shu   o‘zaro
bog‘liqligi   va   o‘zgaruvchanligi   tabiiy   muhitning   tashqi   ta’sirga   naqadar
bog‘liq   ekanligini   ko‘rsatadi.   SHuning   uchun   ba’zan   kichik   masshtabdagi
bunday   ta’sir   kutilmaganda   kuchli   yoki   asta-sekin   ro‘y   beruvchi   salbiy
oqibatlarga   olib   keladi.   SHunday   ekan,   geografik   qobiqning   bu   xususiyati
tabiatni   muhofaza   qilish   masalalarini   hal   qilishda   albatta   hisobga   olinishi
lozim.
SHunday   qilib,   landshaft   qobi g‘ i   haqidagi   hozirgi   zamon   geografik
ta’limoti   tabiatni   muhofaza   qilish   nazariyasining   tabiiy-tarixiy   asosidir.   Bu
ta’limotga   binoan,   tabiatga   bir   butun,   kompleks   ya’ni,   barcha   tarkib i y
qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq tizim sifatida yondoshish kerak. Xo‘jalik
faoliyati jarayonida bu kompleks komponentlaridan birontasi o‘zgarsa, uning
boshqa   komponentlarida,   oqibat   natijada   esa   butun   kompleksda   sifat
o‘zgarishlari   bo‘lishi   muqarrarligini   chuqur   anglab   etish   tabiatni   muhofaza
qilish mohiyatini to‘g‘ri tushunish demakdir.
3. Tabiatdagi predmet va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlik
qonuniyatining amaliy ahamiyati
Sayyoramizning va uning ayrim qismlarining tabiati bir butundir, uning
barcha   komponentlari   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq   va   bir-birini   taqozo   etadi.
Dialektikaning   qonuniyatga   aylangan   bu   qoidasi   tabiatni   muhofaza   qilish muammolarini   tadqiq   etish   va   unga   oid   amaliy   chora-tadbirlarni   amalga
oshirishda nazariy qurol vazifasini o‘taydi.
Tabiat   va   jamiyatning   o‘zaro   ta’siri   natijalari   ko‘p   jihatdan   tabiatdagi
barcha   predmet   va   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqadorlikka   bog‘liq.   Bu
aloqadorlikni   hisobga   olish   avvalo,   jamiyatning   tabiatga   va   tabiatning
jamiyatga   ta’sir   etish   jarayonlarini   boshqarish   uchun   zarurdir.   Geografik
qobiq   barcha   komponentlarining   global   masshtabdagi   uzviy   bog‘liqligi   va
o‘zaro ta’siri, tabiatning tashqi omillarga qarshilik ko‘rsata olishi va muayyan
barqarorlik   xususiyatlari,   shuningdek,   doimo   o‘zini-o‘zi   tiklash   jarayonlari
tabiatda modda va energiyaning aylanib yurishi tufayli ro‘y beradi. Bu o‘zini-
o‘zi   tiklash   jarayonining   saqlanishi   er   yuzidagi   barcha   tirik   mavjudotni
(jumladan,   insonni   ham)   nisbiy   muvozanat   va   normal   biofizik   sharoit   bilan
ta’minlaydi.
Inson   tomonidan   landshaftning   bir   yoki   bir   necha   elementining
o‘zgartirilishi   asta-sekin   tiklanishi   mumkin   bo‘lgan   o‘zgarishlarga   olib
keladi,   natijada   avvalgi   buzilgan   «muvozanatlar»   tiklanadi.   Tabiatning
bunday   o‘z-o‘zini   tiklash   xususiyati   shunga   olib   keldiki,   odamlar,   uzoq
vaqtgacha   o‘zining   tabiatdagi   buzuvchi   va   yaratuvchi   rolini   deyarli
payqamadi.   SHuning   uchun   ham,   odamlar   juda   uzoq   vaqtga   qadar   tabiat
o‘zining jarohatini o‘zi davolaydi va tabiat boyliklari tamom bo‘lishi mumkin
emas,   deb   xayol   qildilar.   Ammo,   inson   takomillashgan   mehnat   qurollari   va
qudratli texnikaga ega bo‘lgan hozirgi vaqtda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro
ta’siri   tabiatning   kelajakdagi   rivojlanishini   belgilovchi   va   jamiyat
taraqqiyotiga kuchli ta’sir etuvchi muhim omilga aylandi.
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatidan ko‘zda tutilgan eng asosiy maqsad
– tabiatda inson uchun (shuningdek, barcha tirik mavjudotlar uchun) normal
hayotiy   biofizik   sharoitni   saqlab   qolishdir.   Bunga   erishish   uchun   insonning
(kishilik   jamiyati)   faoliyati   tabiatdagi   mavjud   o‘zaro   aloqadorlik   va bog‘liqlik   qonuniyatiga   asoslanishi   kerak.   Agar   inson   o‘zining   tabiatni
o‘zgartiruvchi   faoliyatida   tabiat  qonunlarini  chuqur  anglab   etmasa   yoki   ular
bilan   hisoblashmasa,   bu   hol   tabiiy   muhitda   salbiy   oqibatlarga   olib   borishi
muqarrar.   Tabiat   qonunlarini   bilish   tabiatni   ongli   ravishda   oqilona
o‘zgartirishga,   insonning   tabiatga   ko‘rsatadigan   ta’sirining   salbiy   va   ijobiy
oqibatlarini oldindan aniqlashga ya’ni, bashorat qilishga imkon beradi.
SHuni   aytish   kerakki,   tabiat   va   jamiyat   rivojlanish   jarayonida   predmet
va   hodisalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqalar   xarakteri   ham   o‘zgaradi,   yangi
turdagi   aloqalar   vujudga   keladi.   Bunga   ko‘plab   misollar   keltirish   mumkin.
Masalan,   keyingi   vaqtlarda   qo‘riq   erlarning   o‘zlashtirilishi   va   yangi   xil
ekinlarning   joriy   qilinishi   munosabati   bilan,   ilgari   bezarar   bo‘lgan   ba’zi
hashorat   turlari   yovvoyi   o‘simliklardan   qishloq   xo‘jalik   ekinlariga   o‘tib,
zararkunandaga   aylanib   qolgan.   O‘rmonlarning   keng   ko‘lamda   kesib
yuborilishi natijasida ular o‘rnida paydo bo‘lgan landshaftlarda moddalarning
aylanma   harakati   xarakterida   ham   tub   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ladi.
O‘rmonlardan   ochilgan   hududlar   asta-sekin   o‘rmon-dasht   va   dashtlarga
aylanadi hamda bu landshaftlardagi komponentlararo aloqalar boshqacha tus
oladi.   YAlang   dasht   va   cho‘ldagi   qizigan   havo   qo‘shni   hududlarga   kirib
kelib, u erlardagi tuproqning qurishiga, yovvoyi va madaniy o‘simliklarning
hamda   hashoratlarning   nobud   bo‘lishiga,   umuman   iqlim   sharoitining
yomonlashuviga sabab bo‘ladi.
Volga-Kaspiy   muammosi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   quyidagi   misol   ham
xarakterlidir.   Ma’lumki,   Volga   daryosi   havzasidagi   o‘rmonlar   ko‘plab
kesilishi   va   ayrim   joylarda   obikor   dehqonchilikning   joriy   qilinishi   ushbu
daryo   suvining   ko‘plab   sarflanishiga   hamda   daryo   suv   sarfining   ancha
kamayib   ketishiga   olib   keldi.   Buning   natijasida   Volga   daryosi   quyiladigan
Kaspiy dengizining suv sathi ham so‘nggi 30-40 yil mobaynida deyarli 3 m
ga pasaydi. CHunki, Volga suvi Kaspiyga quyiladigan suvlarning 3/4 qismini tashkil   etadi.   Suv   sathining   pasayishi,   avvalo,   dengiz   shimoliy   (sayoz)
qismining ancha sho‘rlanishiga va daryoning quyar joyidagi sho‘rtob hamda
chuchuk   suv   organizmlari,   jumladan,   ovlanadigan   baliqlar   yashash
sharoitining   yomonlashuviga   sabab   bo‘ldi.   Ularning   zahirasi   qisqarib   ketdi.
1940   yilga   keliboq   ko‘plab   baliq   ovlash   korxonalari   va   baliqchilik
korxonalari   yopildi,   aholi   punktlari   tashlab   ketildi.   Kaspiy   dengizining
sayozlanishi   natijasida   uning   katta   qismi   quruqlikka   aylanib,   bu   erlarda
quruqlik   biotsenozlari   vujudga   keldi   va   ayrim   joylarda   ular   xavfli
epidemiyalar   o‘chog‘iga   aylandi.   Ko‘plab   suv   qushlarining   qishlov   joyi
bo‘lib xizmat qilgan Kirov va Hasan ko‘li qo‘ltiqlarining akvatoriyasi keskin
qisqardi,   natijada,   qushlar   janubdagi   qo‘shni   mamlakatlarga   uchib   ketdi.
Kaspiy   dengizi   akvatoriyasining   qisqara   borishi   undan   bug‘lanadigan   suv
hajmini   qisqartirdi,   bu   esa   Kaspiy   dengizi   atrofidagi   hududlarda   yog‘inlar
miqdorining   kamayishiga   hamda   iqlimning   yanada   quruqlashishiga   ta’sir
ko‘rsatdi.   Volga   daryosida   yirik   suv   omborlari   tizimlarining   barpo   etilishi
daryo Kaspiy dengiziga keltiradigan turli biogen moddalar miqdorini keskin
qisqartirdi.   Bu   hol   Kaspiy   dengizi   biologik   mahsuldorligining   kamayib
ketishiga olib keldi va hokazo. 
YUqoridagi   misollar   shuni   ko‘rsatadiki,   tabiat   zanjirining   bir   halqasida
ro‘y   bergan   o‘zgarish   boshqa   halqalarda   ham   aks   etadi   va   tabiatdagi
murakkab   hamda   hisobga   olish   qiyin   bo‘lgan   xilma-xil   salbiy   oqibatlarga
olib   keladi.   Binobarin,   tabiatga   ko‘rsatiladigan   har   qanday   ta’sir   uning   bir
butunligi va muvozanatida aks etishini hisobga olish shart.  Lekin shuni aytish
kerakki,   ba’zan   tabiiy   ofatlar   tufayli   tabiatda   inson   ta’siriga   nisbatan   ham
kuchli   o‘zgarishlar   bo‘lib   turadi.   Masalan,   1978   yildan   boshlab   Kaspiy
dengizining   suv   sathi   ko‘tarila   boshladi.   1990   yilning   oxiriga   kelib,   dengiz
transgressiyasi   quruqlik   ichiga   90-100   km   gacha   bostirib   bordi.   XX   asr
boshiga   kelib   o‘nga   yaqin   aholi   punktlari   43   ta   neft   konlari,   130   ta   neft burg‘u quduqlari Kaspiy dengizining suvi ostida qoldi. Kaspiy transgressiyasi
tufayli juda katta maydonda tuproqlarning sho‘rlanishi, o‘simliklarning yo‘q
bo‘lib ketishi sodir bo‘lib, cho‘llanish jarayoni avj olib ketdi. Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

GEOGRAFIK QOBIQNING BIR BUTUNLILIK QONUNIYATI Reja: 1.Geografik qobiqdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik jihatlari. 2.Geografik qobiq moddiy tizimlarining bir butunlilik qonuniyati. 3. Tabiatdagi predmet va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatining amaliy ahamiyati.

1. Geografik qobiqdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik jihatlari. Insonni o‘rab turuvchi tabiat o‘zaro bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan ko‘plab predmet va hodisalarni birlashtiradi. Jonsiz tabiat organik dunyo bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan bog‘liq, shu bilan birga ularni o‘rab turuvchi tabiiy muhit bilan uzviy aloqada bo‘lib turadi. Tabiatda hodisalar va komponentlarning o‘zaro aloqasi xilma-xil ko‘rinishga ega bo‘lib, deyarli cheksizdir. Buni organik moddalar bilan noorganik moddalar o‘rtasidagi, o‘simliklar bilan hayvonot dunyosi o‘rtasidagi, okean bilan quruqlikdagi biomassalarning rivojlanishi o‘rtasidagi, erga quyosh radiatsiyasining tushishi bilan Er sharining turli qismlarining turlicha isishi o‘rtasidagi, quyosh radiatsiyasi bilan biomassalarning to‘planishi o‘rtasidagi, hayvonlar sonining tebranishi va ular migratsiyasining yilning ob-havo sharoitiga bog‘liqligi o‘rtasidagi va boshqa xilma-xil misollardan ko‘rish mumkin. Tabiatdagi o‘zaro aloqalar atom, hujayra, organizm, fitotsenoz, biotsenoz, biogeotsenoz, geografik komplekslar (landshaftlar) ichidagi o‘zaro ta’sirdan to butun sayyoraviy masshtabdagi va uning tashqarisidagi o‘zaro ta’sirgacha bo‘lgan hajmda kuzatiladi. Tabiatdagi o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar fanning turli sohalarida qadimdan to‘plangan. Biroq, chuqur va keng ilmiy umumlashmalar faqat tabiat va jamiyat haqidagi dialektika nazariyasi qaror topgach paydo bo‘ldi. Xususan, tabiatda har bir narsa ajralgan holda sodir bo‘lmaydi. Har bir hodisa boshqa hodisaga ta’sir qiladi va aks ta’sir ko‘rsatadi. Hoz i rgi vaqtda tabiatdagi jarayon va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlilik qonuniyati barcha fan olimlari tomonidan e’tirof qilinadi. Faqat insonn in g

amal i y faoliyatida ba’zan bu muhim qonunga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. Inson bajargan ko‘pgina ishlarning ba’zan jiddiy salbiy oq i batlarga olib kelishi xuddi ana shu tabiiy hodisalarning o‘zaro bo g‘ liqligini bilmaslikdan kelib chiqadi. Bu haqida tarixda misollar ko‘p. Masalan, Mesopotomiya, Gretsiya, Kichik Osiyo va boshqa joylarda eki n er larin i hosil qilish uchun o‘rmonlarni ildizi bilan qo‘porib tashlagan kishilar, shu ishlari bilan bu erlarni, o‘rmonlar bilan birlikda nam yig‘iladigan va saqlanadigan markazlardan ham mahrum qilib, shu bilan bu mamlakatlarning hozirgidek xarob bo‘lib cho‘lga aylanishiga dastlabki sababchi bo‘lgan . Alp italyanlari, tog‘larning shimoliy yonbag‘ridagi o‘rmonlar avaylab saqlanayotgan bir vaqtda, janubiy yonbag‘ridagi ignabargli o‘rmonlarni kesib, yo‘q qilib, o‘z o‘lkalarida tog‘ chorvachiligining ildiziga bolta urganliklarini oldindan sezmaganlar. SHu bilan o‘zlarining tog‘ chashmalarini yilning ko‘p qismida suvdan mahrum qilganliklarini va sel toshqinlarini ko‘payishini sezmaganlar. Binobarin, tabiatdagi jarayonlarning va hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik qonunlarini bilish va ulardan kishilik jamiyatining farovonligi uchun foydalanish – tabiatni muhofaza qilishning metodologik asosi dir . SHunday qilib, tabiat va jamiyatda predmetlar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqadorligi hamda bog‘liqlilik qonuniyati tabiatni muhofaza qilishning metodologik va ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish nazariyasi tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri, tabiatdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi dialektik ta’limotga asoslanadi. Tabiat va jamiyatdagi mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqa va ta’sirlarni hisobga olgandagina tabiiy resurslarni muhofaza qilishning va ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. SHuni ham aytish kerakki, tabiatdagi mavjud o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash uchun, ko‘pincha ularni ancha vaqt kuzatish va sinchiklab o‘rganish

talab qilinadi. Ba’zan o‘zaro ta’sir natijasining juda sekin namoyon bo‘lishini quyidagi misol isbot qiladi. 1829 yilda Eri ko‘lidan Niagara sharsharasini aylanib o‘tish uchun AQSH va Kanada chegarasida Uellend kema qatnaydigan kanali qurilgan edi. 100 yildan keyin bu ko‘lga kanal orqali birinchi marta dengiz minogasi (ilonbaliq) o‘tadi; 1937 yili u Guron va Michigan ko‘llarida, 1946 yili YUqori ko‘lda ham tarqaladi. Ilonbaliq ovlanadigan qimmatbaho baliqlarni eya boshlaydi. Natijada XX asr o‘rtalariga kelib, bu ko‘llarda baliq ovlash keskin qisqarib ketadi. CHunonchi, Guron va Michigan ko‘llarida golets balig‘ini yillik tutish miqdori 3900 tonnadan 12 tonnagacha tushib qoladi. SHunday qilib, ilonbaliq kanal qurilgandan 100 yil keyin Buyuk ko‘llarning baliq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Tabiatdagi predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va shu tufayli tabiatning bir butunlilik qonuniyati ham ozmi-ko‘pmi ma’lum bo‘lgan. Masalan, nemis olimi A. Gumboldt, mashhur ingliz olimi CH. Darvin va boshqa ilg‘or tabiatshunoslar tabiat ayrim komponentlarining o‘zaro aloqasini to‘g‘ri tushunganlar. Biroq tabiatning bir butunligi to‘g‘risidagi yaxlit ta’limot tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchaev (1846–1903) asarlarida o‘zining eng yorqin ifodasini topdi. Olim tuproqlar haqidagi ta’limotida «tabiat ko‘zgusi» bo‘lgan tuproqlarning barcha tabiat omillari ta’sirida paydo bo‘lishini ko‘rsatib berdi. U tabiatni bir butun holda olib kompleks teksh i r i shni o‘ziga xos tabi i y komplekslar–tabiat zonalari misolida isbotlab, tabiat zonalari haqidagi ta’limotga asos soldi. V.V. Dokuchaevning tabiatni bir butunlikda olib, kompleks o‘rganish g‘oyalarini keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlaridan S.S. Neustruev, L.I. Prasolov, B.B. Polinov kabi tuproqshunoslar va A.N. Krasnov, G.F. Morozov, I.M. Krashenninikov, I.V.Larin, V.N.Sukachev kabi geobotaniklar muvaffaqiyatli rivojlantirdilar. V.V. Dokuchaevning tabiatning bir butunligi va tabiat

zonalari haqidagi ilg‘or g‘oyalarning geografik jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi va landshaftshunoslik fanini yaratishda akademik L.S. Bergning xizmatlari ayniqsa kattadir. V.V. Dokuchaevning tabiatni kompleks o‘rganish haqidagi g‘oyalari va landshaftshunoslik masalalari, shuningdek atoqli rus geograflari A.A.Borzov, S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev A.G. Isachenko, V.S. Preobrajenskiy, K.I. Gerenchuk, N.A. Gvozdetskiy, F.N. Milkov , K.N.Dyakonov, A.YU.Reteyum va boshqalarning yirik asarlarida muvaffaqiyatli rivojlantirildi. Ikkinchi jahon urushidan key i n, 50-yillarning boshida sobiq ittifoqda tabiiy komplekslarni o‘rganuvchi maxsus fan–landshaftshunoslik yanada yuksak bosqichga ko‘tarildi. Landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning muhim qismi bo‘lib, u tabiiy komplekslar–landshaftlarning paydo bo‘lishi, tarkibi, strukturasi, rivojlanishi va er yuzasida taqsimlanishini o‘rganadi. Landshaftshunoslik er yuzasining turli zonalari, oblastlari va rayonlarining tabiiy sharoiti va resurslaridan kompleks foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklash masalalari bilan ham bevosita shug‘ullanadi. Landshaftshunoslikning muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiy geografiyaning nazariy asosini tashkil etuvchi geosistemalar yoki tabiiy-huddudiy komplekslar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Tabiiy-hududiy kompleks (geografik kompleks yoki geokompleks) deb, er yuzasi tabiatining b i r-biridan farq qiladigan qismlariga aytiladi. Tabiiy- hududiy komplekslar bir-birini taqozo etuvchi barcha tabiat komponentlarining bir butun qonun i y tizimidir. SHunday qilib, tabiiy-hududiy kompleks (landshaft) o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etib turuvchi komponentlar ya’ni, tog‘ jinslari, relef shakllari, er usti va er osti suvlari, atmosfera va iqlim, o‘simliklar, tuproqlar, mikroorganizmlar hamda hayvonot dunyosining tabiiy dinamik tizimidan iborat.