logo

GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI. ZONALLIK VA AZONALLIK

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.4560546875 KB
GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI.   ZONALLIK
VA AZONALLIK
Reja:
1. Kenglik zonallikni vujudga keltiruvchi sabablar.
2. Kenglik zonallikni yer shari iqlimida namoyon bo‘lishi.
3. Kenglik zonallikni boshqa tabiiy geografik jarayonlarda o‘z aksini 
topishi. 
4. Azonallik va uni vujudga keltiruvchi omillar
Tayanch   iboralar:   geografik   qobiq,   zonallik,   issiqlik,   namlik,   vertikal,
gorizontal, balandlik mintaqalari, azonallik, Dokuchayev, tabiat zonalari. 1. Kenglik zonallikni vujudga keltiruvchi sabablar
Hududiy   tabiiy   geografik   bo‘linishning   asosiy   qonuniyati   kenglik
zonallikdir.   Kenglik   zonallik   deganda   tabiiy   geografik   jarayonlar,
komponentlar,   geosistemalarning   ekvatordan   qutblarga   tomon   qonuniy
ravishda   almashinib   borishi   tushuniladi.   Bu   almashinishning   asosiy   sababi
Yerning shar shaklida ekanligi va unga bog‘liq holda Quyosh enargiyasining
yer yuzasiga turli burchak ostida tushishidir.
Yer   yuzasida   zonallikning   vujudga   kelishida   tashqi   astronomik
omillarning roli ham katta. Bulardan biri Quyosh bilan Yer orasidagi masofa.
Agar   yer   Quyoshdan   Pluton   sayyorasi   kabi   masofada   joylashganda   edi.
Ekvator   bilan   qutblar   orasida   insolyasiya   farqi   yo‘qolib,   hamma   joy   bir   xil
sovuq bo‘lar edi. (Pluton yuzasidan 1000-2300 0
C). Agar yaqin bo‘lganda edi
butunlay qizib ketar edi.  
Yer shari massasi ham zonallikka ta’sir ko‘rsatadi, agar yer shari massasi
kichik   bo‘lganda,   o‘zida   atmosferani   tutib   tura   olmas   edi.   Natijada   Quyosh
nuri   qayta   taqsimlanmagan   va   transformasiyalanmagan   bo‘lar   edi.     Yer   o‘z
aylanish tekisligiga nisbatan 66,50 og‘ib turishi ham Quyosh nurlarini notekis
taqsimlanishiga   olib   keladi   va   landshaftlar   zonalligini   murakkablashtiradi.
Agar yer o‘qi orbitasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lganda har bir kenglik yil
bo‘yisha   bir   xil   miqdorda   Quyosh   energiyasini   olgan   bo‘lar   va   fasllar
vujudga kelmas edi. 
Landshaft   qobig‘idagi   zonallik   faqatgina   planetar,   kosmik,   astronomik
sabablarga   bog‘liq   bo‘lib   qolmasdan,   geografik   qobiq   tabiatiga   ham
bog‘liqdir.   Agar   yerdagi   zonallik   faqat   astronomik   sabablarga   bog‘liq
bo‘lganda   edi,   Quyosh   tushish   chizig‘i   to‘g‘ri   yo‘nalishda   bo‘lib,   zonalar
geografik parallellarga mos bo‘lar edi. Kenglik zonalar chegarasi quruqlikda
egri-bugri bo‘lib, ba’zan bir-biridan uzilgan holda ham bo‘ladi.  
2. Kenglik zonallikni yer shari iqlimida namoyon bo‘lishi
Yer   yuzasiga   Quyosh   nurlarining   notekis   tushishi   atmosfera
sirkuliyasiyasi, havo massalari, namlik va termik xususiyatlarini ham turlisha
bo‘lishiga olib keladi. Yer yuzasining notekis qizdirilishi va bug‘lanishining
turlishaligi   namligi,   harorati   va   zishligi   bo‘yisha   farq   qiluvchi   havo
massalarini vujudga keltiradi. Havo massalarining to‘rtta zonal asosiy tiplari
ajratiladi: ekvatorial, tropik, mo’tadil, arktika va antarktika.
Agar   yer   shari   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanmaganda   edi,   atmosferada   havo
oqimlari   oddiy   harakterga   ega   bo‘lib,   kuchli   qizdirilgan   ekvatorial
kengliklardan   havo   yuqoriga   ko‘tarilib,   qutblarda   pastga   tushib   yana
ekvatorga   tomon   esgan   bo‘lar   edi.   Boshqasha   qilib   aytganda   shimoliy
yarimsharda har doim shimoliy, janubda esa janubiy shamollar esgan bo‘lar
edi.   Ammo   ular   yerning   aylanishi   bilan   to‘qnashib   o‘z   yo‘nalishlarini
o‘zgartiradi.
Atmosfera sirkuliyasiyasining zonalligi namlikning ham zonal bo‘lishiga
olib   keladi.   Havo   massalarining   nam   sig‘dirish   qobiliyati   ekvatordan
qutblarga   tomon   ortib   boradi.   Bu   ko‘proq   atmosfera   yog‘inlarining
tarqalishida namoyon bo‘ladi. Ammo faqat yog‘inlar miqdorining o‘zi tabiat
zonalarining   namlik   bilan   ta’minlanganlik   sharoitini   aniqlab   bera   olmaydi.
Masalan, dasht zonasida yog‘inlar miqdori 500 mm bo‘lsa ham namlik etarli
emas,   ammo   tundrada   yog‘inlar   miqdori   400   mm   bo‘lsa   ham   namlik   etarli
darajadan   ortiqsha.   Buning   uchun   biz   bug‘lanish   darajasini   ham   bilishimiz
kerak.   Yog‘inlar   va   mumkin   bo‘lgan   bug‘lanishning   kenglik   bo‘yisha
o‘zgarishi   bir-biriga   mos   tushmasdan   qarama-qarshi   bo‘lishi   ham   mumkin.
Yillik   yog‘inlar   miqdorining   yillik   bo‘lgan   bug‘lanish   miqdoriga   nisbati
iqlimiy   namlik   ko‘rsatkichi   bo‘lib   hisoblanadi.   Bu   ko‘rsatkishni   birinchi
bo‘lib   1905   yilda   G.N.Visoskiy   Rossiyaning   Yevropa   qismi   tabiat   zonalari uchun qo‘llagan. Keyinshalik Sankt-Peterburglik iqlimshunos N.N.Ivanov bu
ko‘rsatkishni   qayta   ishlab   chiqib,   uni   namlanish   koyeffisenti   deb   ataydi.   U
quyidagi   formula   bilan   ifodalanadi:   K=R
E .   K-   namlanish   koyeffisenti,   R-
yillik   yog‘inlar   miqdori,   E-   mumkin   bo‘lgan   yillik   bug‘lanish.   Namlanish
koyeffisenti tundrada K=1,  0,6-0,3, cho‘lda 0,12 dan kichik.
3.  Kenglik zonallikni boshqa tabiiy geografik jarayonlarda 
o‘z aksini topishi
Iqlimning   zonalligi   boshqa   geografik   jarayonlarda   daryo   oqimi   va
ularning   gidrologik   rejimida,   grunt   suvlari   va   botqoqliklarning   hosil
bo‘lishida,   kimyoviy   elementlarni   migrasiyasida,   organik   dunyoda   ham   o‘z
aksini topadi.
Geografik   zonallik   organik   dunyoda   ansha   yaqqol   namoyon   bo‘ladi.
Landshaft   zonalarini   nomlari   ham   behudaga   shu   joy   uchun   xos   bo‘lgan
o‘simliklar nomidan kelib chiqmagan. 
Ko‘pgina   hollarda   landshaftlarning   yer   usti   rel’efi   va   geologik   asosi
yerning ichki energiyasi ta’sirida hosil bo‘lganligi sababli zonallik o‘z aksini
topmaydi,   ular   azonallik   qonuniyatiga   bo‘ysunadi   deyiladi.   Shuni   aytish
lozimki,   rel’ef   faqat   endogen   kuchlar   ta’sirida   hosil   bo‘lmasdan,   ekzogen
kuchlar ta’sirida ham shakllanadi.
Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashicha sklupturali rel’ef shakllari (ekzogen
kuchlar   ta’sirida   hosil   bo‘lgan)   zonallik   harakteriga   ega.   Buning   uchun   har
bir   zona   uchun   xos   bo‘lgan   rel’ef   shakllarini   eslash   yetarli.   Masalan,   muz
zonasi   uchun   muz   tekisliklari,   muz   shapkalari,   muz   oqimlari   va   boshqa
shakllar,   tundra   zonasi   uchun   termokarstli   sho‘kmalar,   solyuflyukasion   va
torfli   tepalar,   dasht   zonasi   uchun   jarliklar,   balkalar,   cho‘l   zonasi   uchun   eol
rel’ef   shakllari   xosdir.   Hattoki,   karst   va   qirg‘oqlarni   shakllanish   jarayonlari azonal jarayonlar bo‘lsada, zonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi. Masalan, karst
rel’ef shakllari asosan nam tropiklarda va shuningdek O‘rta dengizi zonasida
keng   tarqalgan.   Tayga   zonasida   esa   bunday   jarayon   tarqalmagan.   Cho‘l
zonasida   karst   hodisasi   uchraydi,   ammo   ular   asosan   mexanik   nurash   bilan
bog‘liq. 
Geografik   zonallik   yer   osti   suvlarining   haroratini   o‘zgarishida   ham
namoyon   bo‘ladi.   Bir   xil   haroratga   ega   bo‘lgan   yer   osti   suvlarining   sathi
janubdan   shimolga   qarab   ortib   boradi.   Harorati   20 0
C   bo‘lgan   yer   osti
suvlarining sathi Qoraqumda bir necha o‘n metr shuqurlikda bo‘lsa, G‘arbiy
Sibirning   janubida   650-700   m,   Markaziy   Yoqutistonda   900   m   shuqurlikda
uchraydi.   Bir   xil   shuqurlikda   yotgan   yer   osti   suvlarining   mineralizasiya
darajasi va erigan tuzlar tarkibi kenglik bo‘yisha o‘zgarib boradi.
4.Azonallik va uni vujudga keltiruvchi omillar
V.V.Dokuchayev   zonallik   qonuniyatini   kashf   qilganda   ham   zonalar
ilgari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab parallellardan o‘tadi deb o‘ylamagan. U zonallik
bu matematika emas, zonallik sxema va qonuniyatdangina I borat   deb
ta’kidlagan edi.
Keyingi   tekshirishlar   shuni   ko‘rsata   boshladiki,   hamma   zonalar   ham
uzluksiz   polasalarni   hosil   qilavermaydi,   ular   ayrim   joylarda   bir   biridan
uzilgan holda uchrasa, ayrimlari materik chekkalarida, ayrimlari esa materik
ishkarisida   uchraydi.   Ayrim   joylarda   ular   meridional   yo‘nalishda   ham
bo‘ladi.   Bir   zonaning   o‘zida   ham   uzoqlik   bo‘yisha   tafovutlar   mavjud,
tog‘larda esa ular o‘rniga balandlik mintaqalari vujudga keladi.
Tabiatda   bir   vaqtning   o‘zida   ko‘plab   qonunlar   amal   qiladi.   Shuning
uchun ham zonallikni asosiy qonun deb qaramaslik kerak.
Geografik   qobiqdagi   zonallik   qonuniyatiga   mos   kelmaydigan
hodisalarni taqoza etadigan qonunlar-balandlik zonalligi, meridional zonallik, sektorlik, provinsiallik va spektrlik qonuniyatlari azonallik qonuniyatlari deb
ataladi. Bularning asosini yerning ichki energiyasi tashkil qiladi.
Azonallik   eng   avvalo   yer   yuzasining   materik   va   okeanlarga
bo‘linishida namoyon bo‘ladi. Okeanlarda suv yuzasi quruqliklarga nisbatan
quyosh   nurlarini   kam   qaytaradi,   buning   natijasida   okeanlar   maydon   birligi
hisobiga 10-20% ko‘proq isiqlik oladi va uning ustidagi havo quruqlikdagiga
nisbatan iliqroq bo‘ladi. Quruqlik va okeanlarning notekis isitilishi natijasida
ular o‘rtasida kontinental va okean havo massalari uzluksiz almashinib turadi.
Bunday   havo   almashishining   azonal   hodisa   bo‘lib   atmosfera   umumiy
sirkuliyasiyasini   murakkablashtiradi.   Quruqlikning   okean   havo
sirkuliyasiyasi   ta’sirida   bo‘lgan   qismlari   alohida   va   okeanlardan   uzoqda
materik   ishkarisida   bo‘lgan   qismi   tabiiy   hududiy   bo‘linishida   alohida
ajratiladi. Bu esa provinsiallikning asosiy sababi bo‘ladi.
Sektorlik.   Okeanlardan   materik   ishkarisiga   borgan   sari   o‘simliklar,
hayvonot   dunyosi   va   tuproqlarning   o‘zgarib   borishi   qadimdan   odamlarga
ma’lum   bo‘lgan.   Bu   hodisani   V.L.Komarov   1921-yilda   meridional   zonallik
deb ataydi. Keyinshalik bu hodisani A.I.Yanputnin 1946-yilda sektorlik deb
ataydi.   Sektorlik   ham   zonallik   qonuniyati   singari   umumgeografik
qonuniyatdir.   Bular   orasida   ayrim   o‘xshashliklar   ham   bor.   Ammo   kenglik
zonallikda tabiiy hodisalarning almashishida issiklik va namlanish asosiy rol
o‘ynasa, sektorlikda esa namlik asosiy rol o‘ynaydi.
V.L.Komorov   materiklarda   uchta   meridional   g‘arbiy,   markaziy   va
sharqiy   zonalarni   ajratadi.   A.I.Yanputnin   ham   xuddi   shunday   uchta   tabiiy
sektorlikni ajratadi.
Sektorlik   hamma   mintaqalarda   bir   xil   emas.   Yevosiyoning   mo’tadil
kengliklarida   maydonning   uzoq   masofaga   sho‘zilganligi   va   atmosfera
sirkuliyasiyasi xususiyatlari natijasida uchta sektorlik namoyon bo‘lgan. Passatlar   mintaqasida   sharqiy   shamollarning   hukmronligi   tufayli,
cho‘llar   materik   ishkarisidan   to   okean   qirg‘oqlarigasha   sho‘zilgan,   shuning
uchun bu yerda nam g‘arbiy sektor tushib qoladi. 
Zonallikning   dengiz   va   kontinental   spektrlari.   Landshaft   sferasini
zonalligini   belgilovchi   asosiy   omil   iqlim   hisoblanadi.   Iqlimga   ayniqsa
okeanlar   katta   ta’sir   etadi.   Materiklarning   chekka   qismlaridan   keskin
kontinental   bo‘lgan   materiklarning   ishki   qismlaridan   keskin   farq   qiladi.
Iqlimning   materik   chekka   qismidan   ishki   qismiga   tomon   o‘zgarib   borishi
natijasida   boshqa   komponentlar   ham   o‘zgaradi.   Natijada   bir   xil   landshaft
zonasida   ikki   xil   iqlim   shakli   tarkib   topadi.   Bular   nam   materik   chekkasi   va
kontinental materik ishki iqlimlaridir. Buning oqibatida quruqlikda landshaft
sferasining   zonalligida   ikkita   mustaqil   spektr,   ya’ni,   dengiz   va   kontinental
spektrlar hosil bo‘ladi.
Zonallikning   dengiz   spektri   quyidagi   zonalarni   o‘z   ishiga   oladi:   muz,
tundra, aralash va keng bargli o‘rmonlar, O‘rta yer dengizi zonasi, subtropik
nam o‘rmonlar, gileyalar zonasi.
Zonallikning kontinental spektri shimoldan janubga tomon muz, tundra,
o‘rmon-tundra, tayga, o‘rmon-dasht, dasht, chalacho‘l, mo’tadil mintaqaning
chalacho‘l va cho‘llari hamda ularning subtropik va tropik analoglari.
Zonallikning   dengiz   spektri   quruqlikning   iliq   okean   oqimlari   ta’sirida
bo‘lib   turgan   qismlarida   namoyon   bo‘ladi.   Sovuq   oqimlari   ta’sirida   bo‘lib
turadigan joylarda havoning quruqlikdan okeanga tomon harakati kuzatiladi.
Bunday   joylarda   dengiz   spektrlari   buzilib,   kontinental   spektr   okean
qirg‘oqlarigasha   kirib   boradi.   Bu   tuproq   shimoliy   va   janubiy   tropiklarda
kuzatiladi.   Masalan,   sovuq   Peru   va   Bengal   oqimlari   ta’sirida   Atakama   va
Namib cho‘llari hosil bo‘lgan. Landshaftlarni   balandlik   mintaqalari.   Barerlik.   Tabiiy   –   geografik
bo‘linishning issiqlik va namlik o‘zgarishidagi zonal va sektorlikdan keyingi
muhim omillaridan biri – joyning dengiz sathidan balandligidir. 
Joyning   gipsometrik   holati   hatto   tekislik   landshaftlariga   ham   ta’sir
etadi.   Tekisliklarda   ma’lum   balandlikgasha   birinchi   zona   o‘zgarmaydi.
Undan   keyingi   balandliklarda   qo‘shni   zonaga   yoki   shimoliy   zonaga   xos
bo‘lgan belgilar paydo bo‘la boshlaydi, bir necha ming metr balandlikkasha
kenglik   zonallikka   o‘xshash   va   zonalar   almashinib   boradi.   Bu   qonuniyat
balandlik mintaqalari deb ataladi. 
Balandlik mintaqalarini shakllanishida ham balandlik ortib borishi bilan 
issiqlikni o‘zgarishiga bog‘liq. Ammo haroratning o‘zgarishi harakteri 
balandlik va kenglik bo‘ylab bir-biridan farq qiladi. Quyosh radiasiyasining 
miqdori balandlik oshgan sari kamaymasdan har 1000 metrda o‘rta hisobda 
10% ga ortib boradi. Buning sababi atmosfera qalinligi va zishligini havoda 
suv bug‘i va changlarni kamayishi, atmosferada radiasiyaning yutilishi va 
qaytarilishini qisqarishidir. Ammo balandlik ortishi bilan yer yuzasiga uzun 
to‘lqinli nurlar ko‘proq tushadi. Natijada radiasiya balansi kamayib, harorat 
pasayadi. Harorat gradiyenti tekisliklarga qaraganda bir necha hissa katta 
bo‘ladi. Havo harorati balandlik bo‘ylab kengliklarga nisbatan bir necha 
marta tez pasayib boradi. Masalan, tog‘larda harorat har 1000 metrda 6 0
C ga Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

GEOGRAFIK QOBIQNING GORIZONTAL TUZILISHI. ZONALLIK VA AZONALLIK Reja: 1. Kenglik zonallikni vujudga keltiruvchi sabablar. 2. Kenglik zonallikni yer shari iqlimida namoyon bo‘lishi. 3. Kenglik zonallikni boshqa tabiiy geografik jarayonlarda o‘z aksini topishi. 4. Azonallik va uni vujudga keltiruvchi omillar Tayanch iboralar: geografik qobiq, zonallik, issiqlik, namlik, vertikal, gorizontal, balandlik mintaqalari, azonallik, Dokuchayev, tabiat zonalari.

1. Kenglik zonallikni vujudga keltiruvchi sabablar Hududiy tabiiy geografik bo‘linishning asosiy qonuniyati kenglik zonallikdir. Kenglik zonallik deganda tabiiy geografik jarayonlar, komponentlar, geosistemalarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy ravishda almashinib borishi tushuniladi. Bu almashinishning asosiy sababi Yerning shar shaklida ekanligi va unga bog‘liq holda Quyosh enargiyasining yer yuzasiga turli burchak ostida tushishidir. Yer yuzasida zonallikning vujudga kelishida tashqi astronomik omillarning roli ham katta. Bulardan biri Quyosh bilan Yer orasidagi masofa. Agar yer Quyoshdan Pluton sayyorasi kabi masofada joylashganda edi. Ekvator bilan qutblar orasida insolyasiya farqi yo‘qolib, hamma joy bir xil sovuq bo‘lar edi. (Pluton yuzasidan 1000-2300 0 C). Agar yaqin bo‘lganda edi butunlay qizib ketar edi. Yer shari massasi ham zonallikka ta’sir ko‘rsatadi, agar yer shari massasi kichik bo‘lganda, o‘zida atmosferani tutib tura olmas edi. Natijada Quyosh nuri qayta taqsimlanmagan va transformasiyalanmagan bo‘lar edi. Yer o‘z aylanish tekisligiga nisbatan 66,50 og‘ib turishi ham Quyosh nurlarini notekis taqsimlanishiga olib keladi va landshaftlar zonalligini murakkablashtiradi. Agar yer o‘qi orbitasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lganda har bir kenglik yil bo‘yisha bir xil miqdorda Quyosh energiyasini olgan bo‘lar va fasllar vujudga kelmas edi. Landshaft qobig‘idagi zonallik faqatgina planetar, kosmik, astronomik sabablarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, geografik qobiq tabiatiga ham bog‘liqdir. Agar yerdagi zonallik faqat astronomik sabablarga bog‘liq bo‘lganda edi, Quyosh tushish chizig‘i to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘lib, zonalar geografik parallellarga mos bo‘lar edi. Kenglik zonalar chegarasi quruqlikda egri-bugri bo‘lib, ba’zan bir-biridan uzilgan holda ham bo‘ladi.

2. Kenglik zonallikni yer shari iqlimida namoyon bo‘lishi Yer yuzasiga Quyosh nurlarining notekis tushishi atmosfera sirkuliyasiyasi, havo massalari, namlik va termik xususiyatlarini ham turlisha bo‘lishiga olib keladi. Yer yuzasining notekis qizdirilishi va bug‘lanishining turlishaligi namligi, harorati va zishligi bo‘yisha farq qiluvchi havo massalarini vujudga keltiradi. Havo massalarining to‘rtta zonal asosiy tiplari ajratiladi: ekvatorial, tropik, mo’tadil, arktika va antarktika. Agar yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanmaganda edi, atmosferada havo oqimlari oddiy harakterga ega bo‘lib, kuchli qizdirilgan ekvatorial kengliklardan havo yuqoriga ko‘tarilib, qutblarda pastga tushib yana ekvatorga tomon esgan bo‘lar edi. Boshqasha qilib aytganda shimoliy yarimsharda har doim shimoliy, janubda esa janubiy shamollar esgan bo‘lar edi. Ammo ular yerning aylanishi bilan to‘qnashib o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartiradi. Atmosfera sirkuliyasiyasining zonalligi namlikning ham zonal bo‘lishiga olib keladi. Havo massalarining nam sig‘dirish qobiliyati ekvatordan qutblarga tomon ortib boradi. Bu ko‘proq atmosfera yog‘inlarining tarqalishida namoyon bo‘ladi. Ammo faqat yog‘inlar miqdorining o‘zi tabiat zonalarining namlik bilan ta’minlanganlik sharoitini aniqlab bera olmaydi. Masalan, dasht zonasida yog‘inlar miqdori 500 mm bo‘lsa ham namlik etarli emas, ammo tundrada yog‘inlar miqdori 400 mm bo‘lsa ham namlik etarli darajadan ortiqsha. Buning uchun biz bug‘lanish darajasini ham bilishimiz kerak. Yog‘inlar va mumkin bo‘lgan bug‘lanishning kenglik bo‘yisha o‘zgarishi bir-biriga mos tushmasdan qarama-qarshi bo‘lishi ham mumkin. Yillik yog‘inlar miqdorining yillik bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbati iqlimiy namlik ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkishni birinchi bo‘lib 1905 yilda G.N.Visoskiy Rossiyaning Yevropa qismi tabiat zonalari

uchun qo‘llagan. Keyinshalik Sankt-Peterburglik iqlimshunos N.N.Ivanov bu ko‘rsatkishni qayta ishlab chiqib, uni namlanish koyeffisenti deb ataydi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi: K=R E . K- namlanish koyeffisenti, R- yillik yog‘inlar miqdori, E- mumkin bo‘lgan yillik bug‘lanish. Namlanish koyeffisenti tundrada K=1, 0,6-0,3, cho‘lda 0,12 dan kichik. 3. Kenglik zonallikni boshqa tabiiy geografik jarayonlarda o‘z aksini topishi Iqlimning zonalligi boshqa geografik jarayonlarda daryo oqimi va ularning gidrologik rejimida, grunt suvlari va botqoqliklarning hosil bo‘lishida, kimyoviy elementlarni migrasiyasida, organik dunyoda ham o‘z aksini topadi. Geografik zonallik organik dunyoda ansha yaqqol namoyon bo‘ladi. Landshaft zonalarini nomlari ham behudaga shu joy uchun xos bo‘lgan o‘simliklar nomidan kelib chiqmagan. Ko‘pgina hollarda landshaftlarning yer usti rel’efi va geologik asosi yerning ichki energiyasi ta’sirida hosil bo‘lganligi sababli zonallik o‘z aksini topmaydi, ular azonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi deyiladi. Shuni aytish lozimki, rel’ef faqat endogen kuchlar ta’sirida hosil bo‘lmasdan, ekzogen kuchlar ta’sirida ham shakllanadi. Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashicha sklupturali rel’ef shakllari (ekzogen kuchlar ta’sirida hosil bo‘lgan) zonallik harakteriga ega. Buning uchun har bir zona uchun xos bo‘lgan rel’ef shakllarini eslash yetarli. Masalan, muz zonasi uchun muz tekisliklari, muz shapkalari, muz oqimlari va boshqa shakllar, tundra zonasi uchun termokarstli sho‘kmalar, solyuflyukasion va torfli tepalar, dasht zonasi uchun jarliklar, balkalar, cho‘l zonasi uchun eol rel’ef shakllari xosdir. Hattoki, karst va qirg‘oqlarni shakllanish jarayonlari

azonal jarayonlar bo‘lsada, zonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi. Masalan, karst rel’ef shakllari asosan nam tropiklarda va shuningdek O‘rta dengizi zonasida keng tarqalgan. Tayga zonasida esa bunday jarayon tarqalmagan. Cho‘l zonasida karst hodisasi uchraydi, ammo ular asosan mexanik nurash bilan bog‘liq. Geografik zonallik yer osti suvlarining haroratini o‘zgarishida ham namoyon bo‘ladi. Bir xil haroratga ega bo‘lgan yer osti suvlarining sathi janubdan shimolga qarab ortib boradi. Harorati 20 0 C bo‘lgan yer osti suvlarining sathi Qoraqumda bir necha o‘n metr shuqurlikda bo‘lsa, G‘arbiy Sibirning janubida 650-700 m, Markaziy Yoqutistonda 900 m shuqurlikda uchraydi. Bir xil shuqurlikda yotgan yer osti suvlarining mineralizasiya darajasi va erigan tuzlar tarkibi kenglik bo‘yisha o‘zgarib boradi. 4.Azonallik va uni vujudga keltiruvchi omillar V.V.Dokuchayev zonallik qonuniyatini kashf qilganda ham zonalar ilgari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab parallellardan o‘tadi deb o‘ylamagan. U zonallik bu matematika emas, zonallik sxema va qonuniyatdangina I borat deb ta’kidlagan edi. Keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsata boshladiki, hamma zonalar ham uzluksiz polasalarni hosil qilavermaydi, ular ayrim joylarda bir biridan uzilgan holda uchrasa, ayrimlari materik chekkalarida, ayrimlari esa materik ishkarisida uchraydi. Ayrim joylarda ular meridional yo‘nalishda ham bo‘ladi. Bir zonaning o‘zida ham uzoqlik bo‘yisha tafovutlar mavjud, tog‘larda esa ular o‘rniga balandlik mintaqalari vujudga keladi. Tabiatda bir vaqtning o‘zida ko‘plab qonunlar amal qiladi. Shuning uchun ham zonallikni asosiy qonun deb qaramaslik kerak. Geografik qobiqdagi zonallik qonuniyatiga mos kelmaydigan hodisalarni taqoza etadigan qonunlar-balandlik zonalligi, meridional zonallik,