logo

MOLIYAVIY SIYOSAT

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.82421875 KB
MOLIYAVIY SIYOSAT
Reja :
1. Moliyaviy siyosat
2 .  Byudjet va pul-kredit siyosati
3. Halqaro moliya siyosati
  1. Moliyaviy siyosat
Siyosat – ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo’nalishlar, chora
va   tadbirlar   yig’indisidir.   Har   qanday   jamiyatda   ham   davlat   moliyadan
o’zining   funksiya   va   vazifalarini   bajarishda   hamda   ma’lum   maqsadlarga
erishishda   foydalanadi.   Qo’yilgan   maqsadlarni   amalga   oshirilishida   moliya
siyosati muhim o’rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish
jarayonida   jamiyat   oldida   turgan   masalalarni   xal   etilish   sharoitlari
ta’minlanadi.   U   iqtisodiy   manfaatlarga   ta’sir   etuvchi   faol   dastak   sifatida
namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy   siyosat   -   xo’jalik   yuritishning   tamoyillari   va   shakllari,
iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va
faoliyatlar   yig’indisidir.   Iqtisodiy   siyosat   jamiyat   rivojlanishining   turli
bosqichlarida turlicha bo’lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o’zgarib
turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o’z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati,
amortizasiya siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi.
Moliya   siyosati   -   bu   davlatning   iqtisodiy   siyosatini   tarkibiy   qismi
bo’lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga
solish   va   foydalanishga   davlat   orqali   yo’naltirilgan   barcha   chora-tadbirlar
yig’indisidir. 
Moliya   siyosatining   muhim   vazifasi   -   u   yoki   bu   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanishning  davlat  rejasini  yoki  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish  uchun
tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat
iqtisodiy   siyosatga   bog’lash   mumkin   emas.   Moliya   siyosati   -   bu   moliyaviy
munosabatlar   sohasida   davlatning   mustaqil   faoliyat   ko’rsatadigan   sohasi.
Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo’lish bilan bir vaqtda davlatning
har   qanday  istalgan  ijtimoiy   faoliyatni  amalga   oshirishi   uchun   xoh  ijtimoiy,
xoh iqtisodiy xoh halqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir. Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar:
–   birinchidan,   moliyaviy   resurslarning   hajmini   va   ulardan   foydalanish
samaradorligini   oshirish.   Moliya   siyosati   ko’zda   tutayotgan   tadbirlarni,   ular
bilan   bog’liq   bo’lgan   xarajatlarni   real   mavjud   bo’lgan   moliyaviy   resurslar
bilan   ta’minlanishiga   erishishi   kerak.   Shuningdek   ajratilayotgan   har   bir
so’mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash;
–  ikkinchidan,  moliyaviy  resurslarning  taqsimotida  optimal  nisbatlarni
belgilash,   ulardan   oqilona   foydalanish.   Moliya   siyosatining   bu   vazifasi
korxona   daromadlarining   davlat   ixtiyoriga   o’tishining   oqilona   shakllarini
belgilash,   aholining   davlat   daromadlarini   shakllantirishdagi   xissasini   to’g’ri
belgilash,   moddiy   va   nomoddiy   ishlab   chiqarish   sohalari   o’rtasidagi
taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo’llari bilan bajariladi;
–   uchinchidan,   muhim   va   murakkab   vazifasi,   tegishli   moliya
mexanizmini   ishlab   chiqish,   iqtisodiy   siyosat   belgilab   bergan   rivojlanish
yo’nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.
Moliya   siyosatining   samaradorligini   belgilash   uchun   jamiyatning
ehtiyoji   qanchalik   qondirilganligi,   qo’yilgan   maqsadlar   va   vazifalar   amalga
oshirilganligi baholanishi lozim.
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo’shimchalar kiritish
uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy
taraqqiyot   rejasini   aniq   bilish   zarur.   U   rejada   bo’lajak   va   yaqin   kelajakda
amalga   oshirish   vaqtlari   belgilangan   chora-tadbirlar   bo’lishi   lozim.   Faqat
shundagina   moliya   siyosatini   ishlab   chiqish   va   muvaffaqqiyatli   amalga
oshirish   hamda   obyektiv   baholash   mumkin.   Moliya   siyosatini   asosiy
yo’nalishlaridan   biri   -   moliyaviy   resurslarni   imkon   qadar   yuqori   hajmini
aniqlash   va   ushbu   manbalar   doimiyligi   hamda   uzluksizligini   ta’minlashdir,
chunki   moliyaviy   resurslar   salohiyati   barcha   o’zgarishlarning   moddiy
bazasidir.   Shuning   uchun   moliya   siyosatini   aniqlash   va   uning   strategik   va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy
salohiyati,   boshqacha   qilib   aytganda   davlatning   moliyaviy   imkoniyatining
obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim. 
Moliya   siyosatining   mazmuni   ko’p   qirrali   bo’lib,   quyidagi   muhim
bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: 
–   moliyaviy   munosabatlarni   rivojlantirishning   ilmiy   asoslangan
konsepsiyalarini   ishlab   chiqish.   Bu   konsepsiyalar   iqtisodiy   qonunlar
talablarini   o’rganish,   xo’jalik   rivojlanishining   holatini   har   tomonlama   tahlil
qilish,   ishlab   chiqaruvchi   kuchlar   va   ishlab   chiqarish   munosabatlarining
bundan   keyingi   rivojlanish   istiqbollarini   o’rganish   va   aholining   talab   va
ehtiyojlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
– istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy
yo’nalishlarini   belgilab   olish;   shu   tarzda   iqtisodiy   siyosatda   ko’zda   tutilgan
maqsadlarga   yetish   yo’llaridan   kelib   chiqiladi,   halqaro   omillar   inobatga
olinadi   va   moliyaviy   resurslarni   yanada   ko’paytirish   imkoniyatlari   ko’rib
chiqiladi.
–   oldinga   qo’yilgan   maqsadlarni   amalga   oshirishga   qaratilgan   amaliy
hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko’rish. 
Joriy   davrga   mo’ljallangan,   kundalik   ehtiyojlarni   qondirishga
qaratilgan   moliya   siyosati   samarasizdir.   Shuningdek,   uzoq   davrga
mo’ljallangan,   istiqbolni   ko’zlab   ishlab   chiqilgan   konsepsiyalar   va
yo’nalishlar,   ular   qanchalik   oliy   maqsadlarga   yo’naltirilgan,   jozibador
bo’lmasin, davlatning amaliy ko’magi, tegishli chora-tadbirlarisiz tanazzulga
yuz tutadi.
Moliya   siyosati   inson   faoliyatining   mahsus   shakli   sifatida   namoyon
bo’ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog’langan
o’zaro   bog’liqlik   mavjuddir.   Bir   tomondan,   moliya   siyosati   iqtisodiy
munosabatlar   orqali   vujudga   keladi,   ikkinchi   tomondan,   iqtisodiy   bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka
ega.   Shuning   uchun   u   iqtisodiyotga,   moliyaning   ahvoliga   teskari   ta’sirini
o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-
tadbirlarni   o’tkazish   orqali   iqtisodiyotni   rivojlantirishga   qulay   shart-sharoit
yaratiladi, boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi.
Moliya   siyosati   moliyaviy   munosabatlar   mohiyatini   o’zgartirolmaydi.
Lekin,   davlat   moliyaning   mohiyatini   bilib,   u   o’z   manfaatlariga   qaratishga
harakat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqyelik iqtisodiy munosabatining
bir qismi bo’lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati
esa   bazisga   asoslanadi,   shu   bazisdan   kelib   chiqadi.   Moliya   siyosati   ilmiy
asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko’rsatma beradi, shu
tariqa   moliya   siyosati   nazariyani   tajriba   bilan   bog’laydi.   Tajriba   esa,
nazariyaning to’g’riligini tekshirish mezonidir. 
Davlat   moliya   siyosati   –   ko’p   qirrali   tushuncha.   Uning   ko’lami
davlatning   iqtisodiyot   va   ijtimoiy   sohani   boshqarishdagi   ishtiroki
parametrlari bilan aniqlanadi. 
2.Byudjet va pul-kredit siyosati.
Odatda,   moliya   siyosati   tarkibida   ma’lum   darajadagi   mustaqil   byudjet
va   pul-kredit   siyosati   ajratib   ko’rsatiladi.   Byudjet   siyosati   deganda   davlat
tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;
– byudjet xarajatlarining ustuvor yo’nalishlarini;
–   byudjetning   yo’l   qo’yilishi   mumkin   bo’lgan   balanslashmaslik
chegaralarini;
– byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini; –   byudjet   tizimining   alohida   bo’g’inlari   o’rtasidagi   o’zaro
munosabatlarning tamoyillarini.
O’z   navbatida,   byudjet   siyosati   tarkibida   soliq   siyosati,   investision
siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, byudjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy
mustaqillikka   ega   bo’ladilar.   Soliq   siyosati   soliqlarning   tarkibini,   ularning
stavkalarini   hajmlarini,   har   bir   soliq   turi   bo’yicha   imtiyozlar   va   jazolarni
belgilaydi. Bir vaqtning o’zida soliq tizimini to’laligicha, shuningdek alohida
soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag’batlantiruvchi choralari o’rnatiladi.
Pul-kredit siyosati   – emissiyani boshqarish, inflyasiyani va milliy pul
birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash;
bank   tizimi   faoliyatini   reglamentlash   va   tartibga   solish   orqali   xalq   xo’jaligi
va   moliya   tizimining   turli   bo’g’inlarida   hisob-kitoblarning   o’z   vaqtida   va
uzluksizligini   ta’minlash;   davlat   va   korporativ   qimmatli   qog‘ozlarning
emissiyasi   va   joylashtirilishini   reglamentlash   va   ularning   aylanishini   (sotish
va sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan qayta
moliyalashtirish   stavkalarini   ko’tarish   yoki   pasaytirish   orqali   moliya   bozori
faoliyatini   boshqarish   tushuniladi.   Pul-kredit   siyosati   tarkibida   emissiya
siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o’z navbatida,
masalan,   foiz   siyosati   va   investision   siyosatlar   nisbiy   mustaqillikka   ega
bo’ladilar.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   byudjet   munosabatlari   amaliyotida
investisiyalar   deganda   asosiy   vositalarni   o’stirish   va   modernizasiya   qilishni
moliyalashtirish   tushunilsa,   bank   amaliyotida   esa,   investisiyalar   deganda
qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi.
Markaziy   bank   tomonidan   amalga   oshiriladigan   pul-kredit   orqali
muvofiqlashtirish   bu   davlatning   iqtisodiy   siyosatining   tarkibiy   qismi
hisoblanib, o’zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining muomaladagi
pul   massasi,   kredit   hajmi,   hisob-foiz   stavkalari   va   boshqa   ko’rsatkichlarini
bevosita   va   bilvosita   tartibga   solishi   tushuniladi.   Pul-kredit   orqali muvofiqlashtirishning   asosiy   pirovard   maqsadi   bu   aholi   farovonligini
oshirish va maksimal ravishda aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi.
Markaziy   bank   tomonidan   amalga   oshiriladigan   pul-kredit   orqali
muvofiqlashtirish   vositalarining   davlat   tomonidan   ishlab   chiqilgan   va
qonuniy tasdiqlangan mexanizmi  pul-kredit siyosati  deyiladi.
Mamlakatda   pul-kredit   siyosatini   amalga   oshirish   huquqi   faqatgina
Markaziy   bankka   berilgan   bo’lib,   bu   siyosatni   amalga   oshirish   Markaziy
bankning eng asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi. 
Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda
bir necha mezonlariga qarab bo’lish mumkin.
Shakl   bo’yicha   pul-kredit   siyosati   instrumentlari   ma’muriy   (bevosita)
va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo’linadi. Ta’sir etish obyekti (pul talabi
yoki   pul   taklifi)ga   ko’ra   instrumentlar   pul   qo’llab-quvvatlovchi   (kredit
ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit restruktizasiyasi)ga bo’linadi. Ta’sir
etish   muddatlariga   qarab   qisqa   muddat   va   uzoq   muddatga   mo’ljallangan
instrumentlarga bo’linadi va h.k.
Ko’pgina   mamlakatlar   tomonidan   hozirda   qo’llanilib   kelayotgan   pul-
kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat banklarining majburiyatlariga
nisbatan   majburiy   zaxira   talablari   me’yoridir.   Pul-kredit   siyosatining   bu
vositasi   qo’llanilish   jihatidan   sodda   bo’lib,   tijorat   banklarining   to’lovga
qobiliyatliligi   darajasiga   ta’sir   qiladi.   Shuning   uchun   hozirda,   ayniqsa
rivojlanayotgan   mamlakatlarda   pul-kredit   siyosatining   bilvosita   usullaridan
aynan   shu   vositasi   keng   ko’lamda   qo’llanilmoqda,   shu   jumladan
O’zbekistonda   eng   samarali   vosita(instrument)   ham   aynan   shu   vositadir
(bilvosita instrumentlardan). 
Pul-kredit   siyosatini   moliya   siyosati   tarkibiga   kiritilishi   shubhasiz
emas,   ammo   ular   o’rtasidagi   o’zaro   aloqadorlik   va   o’zaro   bog’liqlik
shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga byudjet siyosati bilan birgalikda pul- kredit   siyosatini   kiritilishining   to’g’riligini   jahonda   ro’y   berayotgan
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi. Ma’lubki bu inqiroz
faoliyat   sohasi   pul-kredit   operatsiyalari   hisoblangan   moliya   bozorlaridagi
inqirozdan boshlangan.
3. Halqaro moliya siyosati
  Halqaro   mehnat   taqsimoti   bilan,   davlat   qarzini   shakllantirish   va
so’ndirish   bilan,   halqaro   tashkilotlar,   shu   jumladan   halqaro   moliya
tashkilotlari   faoliyatida   ishtirok   etish   bilan   bog’liq   halqaro   munosabatlar
sohasidagi   valyuta-moliyaviy   va   kredit   munosabatlarini   boshqarish   yotadi.
Hozirgi kunda Halqaro valyuta fondi (XVF), Halqaro tiklanish va taraqqiyot
banki   (XTTB),   Yevropa   tiklanish   va   taraqqiyot   banki   (YeTTB),   Osiyo
tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar
klubi,   Parij   kreditorlar   klubi)   kabi   halqaro   moliya   tashkilotlarining   moliya
siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Alohida   davlatlarning   halqaro   moliya   siyosati,   odatda,   o’z
mamlakatining   ishlab   chiqarish   kuchlarini   rivojlanishiga   yo’naltirilgan   va
mos   ravishda   har   qaysi   davlat   halqaro   xomashyo,   tovarlar,   ishchi   kuchi   va
kapital bozorlarida o’zining salmoqli o’rniga ega bo’lishga harakat qiladi.
Davlat   o’zining   manfaatlarini   bojxona   va   valyuta   siyosatlari   orqali
himoya   qiladi.   Ularning   xususiyatlari   davlatni   o’z   eksport   va   importini
kengaytirish   yoki   qisqartirishdan   manfaatdorlik   darajasi   bilan   belgilanadi.
Shundan   kelib   chiqib,   bojxona   to’lovlari   yoki   alohida   bojxona   rejimlari
tizimi   qo’llaniladi.   Bojxona   va   valyuta   siyosatining   asosiy   maqsadi   –
davlatning oltin, valyuta zahiralarini saqlash va ko’paytirish hisoblanadi.
Davlat   o’zining   manfaatlarini   yana   halqaro   tashkilotlar   faoliyatida
ishtirok   etish,   bu   tashkilotlarning   moliyaviy   fondlarini   shakllantirishda   va hamkorlikdagi   dasturlarni   moliyalashtirishda   ishtirok   etish   bilan   mamlakat
obro’sini oshirish orqali himoya qiladi. 
Halqaro   moliya   tashkilotlarining   moliya   siyosati   moliyaviy   inqiroz
yoki   moliyaviy   qiyinchiliklarni   boshidan   kechirayotgan   davlatlarga
moliyaviy   yordam   ko’rsatishga   yo’naltirilgan.   Yordam,   odatda,   kreditlar
berish   shaklida   yoki   davlatning   mavjud   tashqi   qarzlarini   restruktizasiyalash
shaklida ko’rsatiladi.
Halqaro   moliya   takilotlarining   yordami   beg’araz   ko’rsatilmaydi   va
qator   iqtisodiy   yoki   siyosiy   shartlarga   asoslanadi,   qarz   oluvchi   mamlakat
uchun uchun doimo naf keltirmaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan
moliyaviy   siyosat   o’z   kamchiliklarini   namoyon   qildi.   Uzoq   davrlar
mobaynida   mamlakatni   iqtisodiy   rivojlanishida   moliya   va   faol   moliyaviy
siyosatning   ahamiyatiga   yetarlicha   baho   berilmadi.   Iqtisodiyotda   moliyaviy
munosabatlarning   ahamiyatini   buzib   ko’rsatish   sodir   bo’ldi,   moliya   va
moliyaviy   dastaklarning   faol   ahamiyati   inkor   etilib,   moliyaviy   siyosat   talab
etilgan muammolarni xal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga
ojizlik   qilib   qoldi.   Rivojlanishning   uzoq   davriga   mo’ljallangan   ibratli
konsepsiyalarni   ishlab   chiqilmaganligi,   kam   samara   beradigan,   qisqa
muddatli   foyda   olishni   ko’zlab   ko’rilgan   chora-tadbirlar   iqtisodiyotni   og’ir
ahvolga olib keldi.
Bugungi kunda moliya siyosatining ustuvor yo’nalishlari quyidagilarda
o’z aksini topadi:
1.   Barqaror   moliyaviy   siyosatni   amalga   oshirish,   davlat   byudjeti
taqchilligini   iloji   boricha   kamaytirish,   mahalliy   byudjetlarda   dotatsiya   va
subvensiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish; 2.   Byudjet   mablag’larini   samarali   va   manzilli   taqsimlanash,   birinchi
darajali,   eng   zarur   umumdavlat   ehtiyojlari   uchun   byudjetdan   mablag’lar
ajratish; 
3.   Iqtisodiyot   tarmoqlarini,   ayrim   korxonalarni   rivojlantirish   uchun
byudjetdan   beg’araz   moliyaviy   ta’minot   amaliyotidan   imkon   qadar   voz
kechish,   Ushbu   maqsadlarda   investisiya   kreditlaridan   keng   foydalanishni
yo’lga qo’yish;
4.   Soliq   tizimini   takomillashtirish,   byudjet   daromadlarini   barqaror
ta’minlaydigan,   kichik   va   xususiy   korxonalar,   chet   el   kapitali   ishtirokidagi
qo’shma   korxonalar   rivojlanishini   rag’batlantiradigan   soliq   siyosatini   olib
borish.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Oliy   majlisga
Murojaatnomasida   2020   yilda   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan
ko’rilgan   chora-tadbirlar   natijasida   iqtisodiyotni   barqaror,   muvozanatli   va
izchil   rivojlantirishning   belgilangan   prognozlariga   erishildi   hamda
makroiqtisodiy   ko’rsatkichlarning   mutanosibligi   ta’minlanganligi   aytib
o’tildi. Xususan, 2019 yilda Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning real o’sishi 5,0
foizni tashkil qildi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda
o’sish   kuzatildi.   Xususan,   sanoatda   ishlab   chiqarish   hajmi   12,7   foizga,
qishloq   xo’jaligida   4,5   foizga,   transport   va   aloqada   16,7   foizga   va   qurilish
ishlarida   8,3   foizga   oshdi.   O’tgan   yilda   ko’rsatilgan   xizmatlar   hajmi   21,3
foizga   o’sib,   uning   YaIM   tarkibidagi   ulushi   45,3   foizni   tashkil   qildi.
Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy
xizmatlar hajmi 32,2 foizga o’sdi 1
.
Hozirgi   bosqichda   davlatning   moliyaviy   siyosati   quyidagilarga
qaratilgan:
1
Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm 1.   Ijtimoiy   ishlab   chiqarish   samaradorligini   har   tomonlama   oshirish
hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko’tarish.
2.   Tadbirkorlarning   haqiqiy   mustaqilligini   ta’minlash,   mehnat   va
xizmatga bo’lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy
kafolatlash.
3.   Aholining   kam   ta’minlangan   qatlamini   ijtimoiy   himoya   qilish
(pensionerlar, ko’p bolali oilalar, talabalar).
4.   Daromadi   cheklangan   xizmatchilarni   (sog’liqni   saqlash,   maorif,
boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish.
5.   Yangi   moliyaviy   strategiya,   rang-barang   mulk   shakllari,   bozor
munosabatlarini   rivojlantirish,   tovar   va   mahsulotlar   bozorini,   ish   kuchi   va
kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko’rsatish,
uni   soliqqa   tortish,   moliyalashtirish   va   moliyaviy   bozor   uslublari   orqali
amalga oshirish.
7.   Moliya   tizimida   iqtisodiy   tanglik   ko’rsatkichlarini   imkon   qadar
bartaraf   etish   (davlat   byudjeti   kamomadi,   emissiyaning   joylarda   ko’payib
borishi,   inflyasiya   darajasining   yuqoriligi,   ichki   va   tashqi   qarzlarni   borligi,
tugallanmagan   qurilishlarning   mavjudligi),   chunki   iqtisodiy   tanglik   nisbatan
davlat   moliyasi   bilan   bir   qatorda   korxonalar   moliyasida   ham   mavjud.   Pul
muomalasini   tartibga   solish.   Milliy   valyutaning   ichki   va   tashqi
konvertasiyasini ta’minlash hisobiga so’mning qadrini oshirish.
9.   Iqtisodiyotni   jahon   andozalariga   yetkazish   maqsadida   xorijiy
investisiyalarni kirib kelishini ta’minlash.
10.   Qimmatli   qog‘ozlar   bozorini   rivojlantirish   hisobiga   korxonalar
iqtisodiy salohiyatini oshirish.
11.   Sug’urta   tizimini   rivojlantirish   va   uning   samaradorligini
oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchaytirish. Tovarlar   va   xizmatlarning   mamlakatlararo   harakatini   tartibga   solib
turuvchi,   milliy   iqtisodiyotni   mustahkamlash   va   himoya   qilishga   qaratilgan
boj   siyosati   takomillashib   bordi.   Bu   siyosat   hozirgi   kunda   mamlakat   ichki
bozoriga   past   sifatli,   inson   salomatligiga   putur   yetkazuvchi   tovarlarni   kirib
kelishini   oldini   olish   va   ilg’or   texnologiyalar,   fan-texnika   yutuqlari
natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yo’lidan
og’ishmay bormoqda.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyidagilardan iborat
bo’lmog’i lozim:
1.   Respublika   davlat   byudjetidagi   taqchillikni   yo’l   qo’yilgan   eng   kam
daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qattiq
moliyaviy siyosatni o’tkazish.
2.   Davlat   xarajatlarining   birinchi   navbatda   iqtisodiyotdagi   zarur
tarkibiy   o’zgarishlarni   o’tkazish,   ishlab   chiqarishning   orqaga   ketishiga
barham berish maqsadlarini ko’zlab yo’naltirishni ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan
kelib   chiqqan   holda,   aholining   ijtimoiy   himoyasini   ta’minlash,   aholining
konstitusiya   bilan   kafolatlangan   huquqlarini   himoya   qilishni   ta’minlovchi
moliyaviy   bazani   yaratish,   erkin   mehnat   va   ishbilarmonlik   asosida   aholi
turmush darajasini ko’tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda
ularga   soliqlardan   imtiyozlar   berish,   imtiyozli   kreditlar   berish,   maqsadli
fondlardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash.
4.   Ijtimoiy   himoyaning   adresli   bo’lishiga,   moliyaviy   mablag’larning
ijtimoiy   yordamga   haqiqatda   muxtoj   aholi   qatlamlariga   yetib   borishini
ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo,
tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukini  keskin  kamaytirish,  qo’shilgan
qiymat   solig’idan   olinadigan   soliq   stavkasini   kamaytirish   va   shu   asosda
ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq   tushumlari   tarkibini   tubdan   o’zgartirish,   resurs   soliqlari,   mol-
mulk solig’ining rolini oshirish.
7. Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan umumdavlat
soliqlari bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish.
8. Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy
byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash.
9.   Soliq   siyosati   belgilab   bergan   chora-tadbirlarni   amaliyotga   tadbiq
etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish. Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MOLIYAVIY SIYOSAT Reja : 1. Moliyaviy siyosat 2 . Byudjet va pul-kredit siyosati 3. Halqaro moliya siyosati

1. Moliyaviy siyosat Siyosat – ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan yo’nalishlar, chora va tadbirlar yig’indisidir. Har qanday jamiyatda ham davlat moliyadan o’zining funksiya va vazifalarini bajarishda hamda ma’lum maqsadlarga erishishda foydalanadi. Qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida moliya siyosati muhim o’rinni egallaydi. Uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish jarayonida jamiyat oldida turgan masalalarni xal etilish sharoitlari ta’minlanadi. U iqtisodiy manfaatlarga ta’sir etuvchi faol dastak sifatida namoyon bo’ladi. Iqtisodiy siyosat - xo’jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig’indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy siyosat o’z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati, amortizasiya siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi. Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo’lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisidir. Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog’lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko’rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo’lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy xoh halqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir.

Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar: – birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko’zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni real mavjud bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so’mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash; – ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o’tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini to’g’ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo’llari bilan bajariladi; – uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo’nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish. Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim. Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo’shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo’lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo’lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin. Moliya siyosatini asosiy yo’nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o’zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va

taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Moliya siyosatining mazmuni ko’p qirrali bo’lib, quyidagi muhim bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: – moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish, xo’jalik rivojlanishining holatini har tomonlama tahlil qilish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish va aholining talab va ehtiyojlarini o’rganishni o’z ichiga oladi. – istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko’zda tutilgan maqsadlarga yetish yo’llaridan kelib chiqiladi, halqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. – oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko’rish. Joriy davrga mo’ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo’ljallangan, istiqbolni ko’zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo’nalishlar, ular qanchalik oliy maqsadlarga yo’naltirilgan, jozibador bo’lmasin, davlatning amaliy ko’magi, tegishli chora-tadbirlarisiz tanazzulga yuz tutadi. Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida namoyon bo’ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis

asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora- tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi. Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o’zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o’z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi. Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqyelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo’lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko’rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog’laydi. Tajriba esa, nazariyaning to’g’riligini tekshirish mezonidir. Davlat moliya siyosati – ko’p qirrali tushuncha. Uning ko’lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi. 2.Byudjet va pul-kredit siyosati. Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil byudjet va pul-kredit siyosati ajratib ko’rsatiladi. Byudjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi: – davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini; – byudjet xarajatlarining ustuvor yo’nalishlarini; – byudjetning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan balanslashmaslik chegaralarini; – byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;