Movarounnahrga Islom dinini kirib kelishi va ta’lim-tarbiyaga ta’siri
Movarounnahrga Islom dinini kirib kelishi va ta’lim-tarbiyaga ta’siri Reja : 1. Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishi va unda ta’lim- tarbiya muhiti. 2. Vatanimizda dunyoviy pedagogika g’oyalari va uning namoyandalari. 3. Vatanimizda diniy pedagogik g’oyalar va ularning namoyandalari. 4. Uyg’onish davri ta’lim tizimi.
Movarounnahr (ikki daryo oraligi yoki daryo orqasidagi joy) VIII asrda arablar tomonidan bosib olingan, xalqimiz ma’naviy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Islom dini o’lkamiz ijtimoiy ma’naviy hayotida hukmron mafkura rolini o’ynay boshladi. Islom dinini xalqimiz ijtimoiy-ma’naviy takomilidagi roliga turli qarashlar mavjud: 1.Islom dini va arablar istilosini xalqimiz ma’naviy hayotidagi ta’sirni ideallashtirish. Bunday qarash "Avesto" va "Avesto"gacha davr tarixini yaxshi bilmagan va islom ruhoniylarining ayrim vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Ularning fikricha: xalqimiz istilogacha yovvoyi qaloqlarcha turmush tarziga ega edi, arablar bizga madaniyat, ma’rifat olib kirgan. 2.Tanqidiy asosda yondashuv. Ovropa, Russiya olimlari ateistik (xudosizlik) nuqtai nazaridan yondashadi. Ularning fikricha arablar o’lkamizga jaholat, madaniyatsizlik, xurofotni olib kelganlar, boyliklarni talagan, tinch aholiga tajovuz qilganlar. 3.Islom dini va arablar istilosini ta’sirini xolisona baholash, bunday qarash O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng shakllanadi. Islom dini va arablar istilosi o’lkamiz ta’lim va pedagogik fikrlarni taraqqiyotiga qanday ta’sir etdi? 1.Islom dini Vatanimizga chetdan kirib kelganligi tufayli xalq uz ixtiyoriy bilan uni qabul qilmagan.Natijada xalq manaviyati ning barcha sohalarida birdan hukmronlikka erisha olmagan. 2.O’lkamizda fan va madaniyatning o’sha davrda ilg’or darajada rivojlanganligi islom g’oyalarini singishga to’sqinlik qilgan. 3.Vatanimizda o’ziga xos ta’lim tizimi vujudga keldi. Masalan: ta’lim- o’rganish maktab- ta’lim beradigan odam madrasa-muddaris kabilar yuzaga keldi. Vatanimizda pedagogik g’oyalar ikki yo’nalishda shakllandi va rivojlandi.
1. Dunyoviy pedagogika - uni asosida yunon olimlari asos solgan g’oyalar, hind eposlari g’oyalari, o’lkamizning o’ziga xos madaniyati,tajribalar, yutuqlar turardi. Dunyoviy pedagogika insonni tabiatning bir qismi sifatida , ta’lim tarbiya bilan kamolotga erishadi deb hisoblanadi. U yashayotgan muhit, uz xatti-harakati bilan bog’liq buladi deb asoslanadi. Bolani yoshligidan kasb-hunarga o’rgatish lozim deb, odob-axloqni foydasi to’g’risida g’oyalar olga suriladi. (namoyandalari) Muhammad Muso al Xorazmiy (780-850) Arab xalifaligining markazi Bog’dodda ilmlar uyi "Akademiyani" boshqargan. Akademiya qoshidagi madrasada mudarrislik qilgan. Uning "Astronomiyaga kirish ", "O’ttiz fasldan iborat astronomiya kirish". Vatanimizda XI asrga kelib yesh avlod ta’lim-tarbiyasi oid ju da ko’p asarlar paydo bo’ldi:Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Xos Xo jibning "Kutag’du-bilig", Ahmad Yugnakiyning "Haqiqatlar armug’oni" kabilar. Burxoniddin Zarunjiy (1150-?) Marg’ilon madrasasida katta mu darris bo’lib, uning "O’quvchilarni ta’limga yo’llashga doir nasihatlar" asarida: fanning mohiyati va uni takomillashtirish; ta’lim jarayonida ongli bilim olish; ta’limda fanni, O’qituvchi sherik va vaziyatni tanlash; fan va olimlarni hurmatlash; ta’limda o’quvchi intilishi, tirishqoqlik, ularni o’stirish; darsni boshlash va uni hajmi, darsni o’tkazish tartibi haqida, mashg’ulot vaqti, ta’limda O’quvchini o’qitish va unga nasihat qilish, bilimlarni egallash haqida; ta’limda o’qituvchi va o’quvchining muvaffaqiyatini umid qilish haqida; ta’limda Xudodan qo’rqish haqida; ta’limda o’quvchi xotirasini tarbiyalash haqida kabi masalalar o’ziga xos usulda hal etiladi. Olimning fikricha, ilm egallash avvalo o’qituvchiga, o’qiyotgan ki tobiga, bilimga nisbatan tirishqoq va chidamli bo’lishni talab etadi. Bir darsni puxta o’zlashtirmay, bir kitobni tugatmay, bir o’qituvchida saboqni tashlab boshqasiga utma. Bilimni faqat oltitta shartiga rioya qilsa puxta egallab olasan: ziyraklik, kuchli istak, chidam, o’qituvchi nasihati va yetarli vaqt,- deb ta’kidlaydi. Maxmud Zamaxshariy (1074-1144). Uning ilm olamidagi mavqyeyi ni olimlar "Xorazm osmonidagi quyosh" deb nisbat berganlar. Arab olimlaridan biri "Agar
Xorazmning Zamaxshar qishlog’idan chiqqan olim bo’lmaganida biz arablar uz ona tilimizni mutlaqo bilmasdan utib ketar edik"-deb yozgan ekan. Zamaxshariy: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, geografiya, Hadis ilmlari sohasida asarlar yozgan: "Grammatika hikmatlari ", "Arab tili grammatikasi", "Eng yangi lug’at", "Vatan va tog’larning nomlari"asarlarini yozgan. Bu asarlar boshqa tillarga tarjima qilingan. Zamaxshariyning "Nozik hikmatlar"asari yeshlar tarbiyasi, ustoz-shogird munosabatlari, oila muammolari to’g’risida. Demak, Uyg’onish davrida dunyoviy pedagogika gullab yashnagan, ta’lim- tarbiya o’ziga xos yo’nalishda amalga oshirilgan Uyg’onish davri diniy pedagogikasi. Islom dini asosidagi pedagogika : 1. Islom dini g’oyalari, (xalifalik) siyosati, madaniyati va ma’naviyati ta’lim- tarbiyaning mazmunini belgilab beradi. 2. Arab tili davlat, fan, ta’lim tili edi. 3. Arablar tarixi, adabiyoti, urf-odatlari muqaddas edi. Uni bilish va unga rioya etish xar bir musulmonning burchi edi. Namoyandalar: Burhoniddin Marg’iloniy al-Rishtoniy (1121-1195) Mashhur fiqh ilmi olimi, mudarris bo’lgan. Uning "Ilmga kiruvchilar uchun birinchi asos", "Ilmni nihoyasiga yetkazuvchining qanoatlanishi", "Haj marosimi","Farzlar haqida risola" asarlarida didaktik masalalar talqin etilgan. Uning mashhur asari "Al- xidoya" bo’lib maktab va madrasalarda iymon, urf-odatlar va marosimlarni o’rgatish to’g’risida fikr yuritiladi. Bu asar butun islom dunyosi madrasalarida darslik bo’lgan. Fors, Ingliz, Turk, Rus tillariga tarjima qilingan. Uning "Fiqh sohalari bo’yicha qo’llanma" risolasida huquq, axloq, onglik, Nikoh masalalari yoritilgan. Shayx Aziziddin Nasafiy (XIIasr) "Haqiqatlar gulshani", "So’ngi maqsad", "Komil inson", "Usullar va shoxlar" asarlarida inson ma’naviyat bilan bog’liq masalalar yoritilgan. Uning mashhur asari "Ko mil inson"da sharoit, tariqat, ma’rifat va Haqiqatga erishish yo’llari bayon etilgan. U "Komil inson-yaxshi so’z, yaxshi amal, yaxshi xulq va ma’rifat egasidir. Uning tili, dili pok, ilm va niyati xam pok buladi"- deb yozadi.
Demak, Uyg’onish davrida o’ziga xos diniy pedagogika shakllangan va rivojlangan. Uyg’onish davri ta’lim tizimi: Bu davrda o’ziga xos ta’lim muassasalari yuzaga kelgan. Uning bosqichlari: 1. Boshlang’ich maktablar. Bunday maktablar qishloq masjidlari qoshida bo’lgan. Uning vazifasi - bolalarga savod o’rgatish, Qur’on oyatlarini yod oldirish bo’lgan. 2. Madrasalar . Katta- katta masjidlar qoshida bo’lgan. Unda o’qiydigan talabalar: Katta talabalar, o’rta talabalar, kichik talabalarga bo’lingan. Madrasalarda dars tinglash ixtiyoriy bo’lib, mudarrisni talaba tanlagan saboq talabani qoniqtirmasa talaba bu mudarris oldiga bormay kuya qolgan. Mustaqil bilim olish, bilimini muddaris oldida namoyish etish ta’limning asosiy usuli hisoblangan. U yoki bu muammoni sharhlash mudarrisning vazifasi hisoblangan. 3. Qorixonalar. 4. Qizlar (otin bibilar) maktabi. Abu Nasr Forobiy -o’rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri qadimgi yunon falsafasining Shardagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yili tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida tahsil oldi, so’ng Arab xalifaligining markazi Bag’dod shahriga borib u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarining mutolaa qilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U «Aql haqida risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Umrining so’ngi yillarida Damashqda yashadi. 950 yili vafot etdi. Forobiyning pedagogik ta’limotlari o’z davri uchun ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’lib, insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Uning uqtirishicha insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa yetuk jamoa bo’la olishi