Muhammad Xorazmiy va Abu Abdulloh Xorazmiy hayoti va faoliyati


Muhammad Xorazmiy va Abu Abdulloh Xorazmiy hayoti va faoliyati Reja 1. Muhammad al-Xorazmiyning hayoti va faoliyati 2. Muhammad al-Xorazmiyning aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi 3. Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosining o‘rganilishi 4. Abu Abdulloh Xorazmiy hayoti va faoliyati 5. Abu Abdulloh Xorazmiy ilmiy merosida ilmlar tasnifi
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo ldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik vaʻ boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish uchun astronomiya, geodeziya, geometriya kabi fanlarni rivojlantirish zaruriyati tug ildi. O sha davrning ilg or ʻ ʻ ʻ olimlari bu fanlarning amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo lib, ʻ Muhammad al-Xorazmiy esa shu olimlarning peshqadami va yo lboshchisi edi. ʻ Xorazmiy dunyo faniga g oyat katta hissa qo shdi. U algebra fanining ʻ ʻ asoschisi bo ldi. “Algebra” so zining o zi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob ʻ ʻ ʻ al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o nlik pozitsion ʻ ʻ hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Ovro poda tarqalishiga sabab ʻ bo ldi. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy ʻ o rnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o nlab geografik ʻ ʻ asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning “Zij”i Ovro poda ham, ʻ Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yo lini ko rsatib berdi. ʻ ʻ Lekin afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, “o z davrining eng ʻ buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri” (J. Sarton) bo lgan bunday siymoning ʻ hayoti haqida ma lumotlar deyarli saqlanmagan. ʼ Xorazmiy Xorazm o lkasida tug ilib, o sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning ʻ ʻ ʻ tug ilgan yili deb qabul etilgan. U dastlabki ma lumot va turli sohadagi bilimlarni ʻ ʼ asosan o z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko pgina ustozlardan olgan, deb ʻ ʻ bilmoq mumkin. Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va al-Qutrubbuliy degan atamalar ham qo shib aytiladi. Bularning birinchisi olim Xorazmning asli mahalliy ʻ aholisidan, ya ni otashparastlar (arabcha – “majus” – otashparast degani) oilasidan, ʼ balki shu otashparastlik dinining kohinlari oilasidan kelib chiqqanligini, shu bilan
birga olimning o zi yoki otasi majusiy bo lib, ular islomni keyin qabul qilganliginiʻ ʻ ko rsatadi. Xorazmda majusiylar islomdan keyin ham uzoq muddat o z diniy urf- ʻ ʻ odatlarini saqlab kelgan. Bu hakda Beruniy o zining “Osori boqiya” asarida ʻ guvohlik beradi. Keltirilgan ismlarning ikkinchisi, Xorazmiy mo ysafidlik yillarini ʻ Bag dod yaqinida Dajla bo yidagi al-Qutrubbul dahasida o tkazganligini ʻ ʻ ʻ ko rsatadi. Odatda arablar biror kishining xarakterli xususiyatlari, hunarlari, ʻ sevimli odatlari yoki yashash joylariga qarab, unga bir necha xil ism – “nisbalar” beradilar. Xorazmiyning al-Qutrubbuliy ismi ham shu tariqa paydo bo lgan. ʻ Xorazm juda qadimgi madaniyatga ega bo lib, uning qishloq xo jaligi sug orma ʻ ʻ ʻ dehqonchilikka asoslanar, bu o z navbatida, astronomiya va xronologiyaning ʻ rivojlangan hisoblash usullarining mavjud bo lishini taqozo etar edi. Haqiqatan ʻ ham, qadimgi Xorazmda astronomiya juda rivojlangan, xorazmliklar osmon “sirlari”ni arablarga qaraganda ancha yaxshi bilganlar. Arxeologik qazishmalar Xorazmda qadimda islomdan bir necha asr avval ham rasadxonalar bo lganligi va ʻ u yerda muttasil astronomik kuzatishlar olib borilganligidan guvohlik beradi. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlarini tahlil qilish shuni ko rsatadiki, u ʻ yunon, hind va eron astronomiyasi va matematikasini yaxshi bilgan. Ma lumki, al- ʼ Ma mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Horun ar-Rashidning noibi, so ng 813 ʼ ʻ yildan boshlab xalifa bo ladi va 819 yili Bag dodga ko chadi. Al-Ma mun Marvda ʻ ʻ ʻ ʼ bo lganida Xorazmiyni, muvarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o z ʻ ʻ saroyiga jalb qilgan. Xalifa al-Ma mun davrida Bag dodda Markaziy Osiyo va Xurosondan ʼ ʻ kelgan bir guruh yirik olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan Yahyo ibn Abu Mansur, al-Farg oniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn ʻ Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar bor edi. Bag dodda al-Ma mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz – “Bayt ul- ʻ ʼ hikma” faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko lamda rivojlantirdi. Vizantiya, ʻ Hindistondan ko plab kitoblar keltirilib, “Bayt ul-hikma”ning faoliyat doirasi ʻ
birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yirik rasadxona: birinchisi 828 yilda Bag dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagiʻ Kasiyun tog ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini ʻ Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi. Xorazmiy davrida “Bayt ul-hikma”da ishlagan yirik tarjimonlar orasida Hajjoj ibn Yusuf ibn Matar, Abu Zakariyo Yuhanno ibn al-Bitriq, Hunayn ibn Is hoq va Kusto ibn Luqo al-Ba albakkiylar bor edi. Bag dodga kelgan Markaziy ʼ ʼ ʻ osiyolik olimlar orasida mashhur astronom Ahmad ibn Kasir al-Farg oniy (vafoti ʻ 816 yil)ning nomini eslatish lozim. Marvlik Yahyo ibn Abu Mansur Bag dodning ʻ ash-Shammosiya mahallasidagi rasadxonaning asoschisi va rahbari bo ldi. ʻ Rasadxonadagi ishlar haqida u “Bayt ul-hikma”ning mudiri Xorazmiyga hisobot berib turardi. Yahyo 831 yili vafot etganidan so ng Xorazmiy bu rasadxonani ham ʻ boshqaradi va u yerdagi kuzatishlarda faol qatnashadi. Yahyoning qalamiga mansub “Zij al-mumtahan” (“Sinalgan zij”) nomli astronomik asari ma lum. ʼ Damashq yaqinida Kasiyun tog idagi rasadxonani Xolid ibn Abdumalik al- ʻ Marvarrudiy boshqaradi. U ham o z “Zij”ini tuzadi. Xolid Yer meridianining ʻ uzunligini o lchash ishlariga boshchilik qiladi. ʻ Marvlik mashhur astronom va matematik Habash al-Hosib (“Hisobchi habash”) laqabi bilan ma lum bo lgan Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy ham ʼ ʻ Bag dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan. U ikkita “zij” tuzgan bo lib, ʻ ʻ bular O rta asr astronomlari tomonidan keng foydalanilgan. Tadqiqotchilarning ʻ ko rsatishicha, u tangens va kotangens, kosekans funsiyalarini kiritib, ularning ʻ jadvallarini ham keltirgan. Xorazmiy bilan Bag dodda, keyinchalik “Ma mun akademiyasi” deb ʻ ʼ tanilgan “Bayt ul-hikma”da ijod etgan olimlarning barchasini ham Markaziy osiyolik yoki xurosonlik deyish xato bo lardi. U yerda Suriya, Iroq, Eron va ʻ xalifalikning boshqa yerlaridan kelgan olimlar ham ishlagan. Biroq ular orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy ʻ muhitda yashab ijod qildi va 850 yilda Bag dodda vafot etdi. ʻ