MUHANDISLIK-TEXNIK FAOLIYAT– TEXNOSFERANING ATRIBUTI
MUHANDISLIK-TEXNIK FAOLIYAT– TEXNOSFERANING ATRIBUTI Reja: 1. Muhandis-texnik faoliyat: tushunchasi,ta’rifi va tavsifi 2. Muhandislik faoliyati va uning funksional xususiyatlari 3. Muhandislikning rivojlanish bosqichlari 4. Muhandislik faoliyatining darajalari va shakllari
Ijtimoiy borliq sifatida shakllangan texnosferaning atributini nimalar tashkil qiladi,ularning harakatlantiruvchi kuchlariga nimalar kiradi,degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Umuman olganda texnosferaning asosiy atributini,uning harakatlantiruvchi kuchini muhandis-texniklar tashkil qiladi. Xush,shunday ekan muhandis-texniklar deb kimlarga aytiladi degan savol tug‘iladi.? Ma’lumki,muhandis-texniklar ilmiy-texnika rivojining yo‘naltiruvchi harakatlantiruvchilaridan biri hisoblanadi. «Muhandis» lotincha so‘z bo‘lib qobiliyat, ijodkorlik, ayyorlik, ixtirochi degan ma’nolarni bildiradi va hozirgi kunda muhandis-mexanik, muxandis-gidrotexnik, kon muhandisi, harbiy muhandis, loyihalovchi muhandis, muhandis-fizik, muhandis-matematik vlarning kasbi-korini anglatish,bildirish uchun ishlatiladi. Tarixga nazar tashlasak Qadimgi Sharqda binokor, yer o‘lchovchi, inshootlarni loyihalovchi, geometriya bilan shug‘ullanuvchi kishilar “muhandis” deb atalgan va ularga alohida e’tibor bilan qaralgan. Sohibqiron Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari”da “Muhandislar bilan itgifokda oliy imoratlar barpo etib, bog‘u bo‘stonlarning loyiha-tarxinn chizdirdim” 1 -deb yozganligini ta’kidlash lozim. Muhandislar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida xususan, sanoat. transport, qurilish va ishlab chiqarish tarmoqlarini boshqaradi. Ular konstruktorlik byurolari va ilmiy tekshirish muassasalarida xizmat qiladi, ishlab chiqarishni loyihalashtiradi, tashkil qilish va ishlab chiqarishning iqtisodiy muammolari bilan shug‘ullanadi, ilg‘or texnika va texnologiyani o‘zlashtirib olish va ishlab chiqarishga joriy qilishda bevosita qatnashadi. “Muhandis” tushunchasi turli davrda turlicha tahlil etilgan. Dastlab harbiy transport vositalarini boshqargan shaxslarga muhandislar deb nom berilgan. Qadimgi Yunon teatrida ko‘taruvchi moslama degan ma’noni anglatuvchi "mashina" so‘zi paydo bo‘lishi bilan muhandis har xil mukammal texnik vositalarning yaratuvchisi deb nomlana boshlagan. XVI asrda Gollandiyada ko‘prik va yo‘l quruvchilar uchun qo‘llaniladigan "qurilish muhandisi" 1 Амир Темур. Темур тузуклари. – Т.: Ғофур Ғулом,1991. – Б.66.
tushunchasi paydo bo‘lgan. Muhandislar tayyorlaydigan dastlabki o‘quv muassasalari XVII asrda Daniyada, XVIII asrda Buyuk Britaniya, Fransiya. Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda ochilgan. Rossiyada birinchn muhandislik maktabi Petr I tomonidan Moskvada 1712 yilda tashkil qilingan. Zamonaviy ma’noda "muhandis" so‘zi XVIII asrda ishlatila boshlagan. Uning ishlatilishi esa keng ko‘lamli mashinasozlik ishlab chiqarishining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan.Chunki, aynan shu paytda ilmiy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish asosida maxsus texnik fanlarning butun bir tizimi shakllanayotgan edi. Ko‘pchillik adabiyotlarda, “muhandis” tushunchasi qisqacha qilib texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis deb ta’riflangan. Ilmiy adabiyotlarda,masalan”Amerika qomusi”da esa muhandislar faoliyati ishi inson uchun foydali bo‘lgan san’at,fan deb ta’riflangan 2 . Umuman olganda, muhandis - jamiyat ijtimoiy tuzilishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan, ziyolilarning tarkibiy qismidan biri bo‘lib, ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy ijtimoiy kuchidir. Muhandis - yangi texnika va texnologiyani yaratuvchi hamda uni ishlab chiqarishga joriy etuvchi amaliy kasb sohibidir. Muhandislik faoliyati - jamiyatning ijtimoiy texnik talabidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarishdagi tsxnika yo‘nalishlariga fan yutuqlarini qo‘llash orqali ongli tadbiq qilishdir. Muhandis ijodiy faolligi uning ijtimoiy roli, salohiyati, madaniy-texnik darajasi kasb mahorati, maqomiga boglnkdir. Muhandis - bu texnik ijodkorlik bilan professional tarzda shug‘ullanadigan, o‘z ishida fanni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirgan, yuqori texnik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Muhandis – bu fanni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etuvchidir. 2-§. Muhandislik faoliyati va uning funksional xususiyatlari 2 Қаранг :Криштановская О.В. Инженеры:становления и развитие профессиональной группы. – М.:Нуака,1989. –С. 45.
Muhandislik faoliyati - bu insonning hayotini ta’minlash vositasi bo‘lgan (yuqori texnik ma’lumotga ega bo‘lgan) kasbiy texnik faoliyatdir. Ishlab chiqarish jarayonlarining differensiallashib borishi natijasida muhandislik faoliyati: muhandis-tadqiqotchi,muhandis-konstruktor,muhandis- texnolog kabilarga ajralib ketdi. Muhandisning faoliyati, ziyolilarning boshqa qatlamlari (o‘qituvchilar, shifokorlar, aktyorlar, bastakorlar va boshqalar) faoliyatidan farqli o‘laroq, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi milliy daromadlarni yaratishda bevosita ishtirok etishi bilan farqlanadi. Muhandisning jamiyatdagi ana shunday o‘rni,ya’ni muhandislikning amaliy yo‘nalishi barcha texnik faoliyat "intellektuallar" ga past nazar bilan qarashga sabab bo‘ladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, muhandislik - bu texnologiyani ishlab chiqarishga va ijtimoiy texnik ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan fanning texnik qo‘llanilishidir. Muhandis faoliyati davomida fan qonunlari nazariy shakldan ularning amaliy qo‘llanilishini topadigan texnik prinsiplarga aylantiriladi. Ushbu faoliyat muqarrar deb hisoblanadigan ma’lum bir xavf darajasiga ega. Yaratilgan texnik vositalar va texnologiyalarning ishonchliligini ta’minlash uchun, ma’lum parametrlar, standartlarni belgilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning statistik hisobini qo‘llash orqali ushbu xavfni yengish uchun usul va vositalar yaratiladi. O‘z tabiatiga ko‘ra, muhandislik birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ma’naviy faoliyatdir. Germaniya muhandislari uyushmasi muhandislik faoliyatining: ishlash qobiliyati va ishonchliligi, rentabellik, farovonlik, sog‘liq, xavfsizlik, atrof-muhitga zarar etkazmaslik, jamiyat va shaxsiy rivojlanish sifati kabi asosiy qadriyatlarini aniqladi. Muhandislik jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ehtiyojlarni aniqlash, qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarishni tartibga solish, ehtiyojlarni qondirish. Muhandislikning aniq xususiyatlari: 1) bu moddiy ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat yoki moddiy ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qaratilgan faoliyat;
2) bu amaliy faoliyat, ya’ni nazariy yoki ma’naviy jihatdan farqli o‘laroq, haqiqatan ham mavjud ob’ektlar bilan shug‘ullanadi, bu yerda tasavvurga ega bo‘lgan ideal narsalar mavjud; 3) ob’ekt (tabiat) va predmet (jamiyat) o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal qiladi, tabiiyni ijtimoiyga, tabiiyni sun’iyga aylantirish jarayonidir; 4) nazariya va amaliyot o‘rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi (muhandisning ishi - bu moddiy ishlab chiqarish sohasidagi aqliy mehnatdir). Shunday qilib, muhandislik faoliyati - bu samarali ishlaydigan, ishlab chiqarish ob’ektini yaratish bilan yakunlanadigan, uning faoliyati tahlil qilinishi muhandislik fikriga, shuningdek texnik bilimlar va umuman fanni rivojlantirishga ta’sir qiladigan texnik g‘oyani amalga oshirish hisoblanadi. Muhandislik faoliyati tushunchasini quyidagi mazmunlarda ishlatilishini ko‘rsatish mumkin: 1) faoliyat izohlash tamoyili (prinsipi); 2) ilmiy bilishning ob’ektiv predmeti; 3) boshqarish sohasi predmeti; 4) loyihalashtirish predmeti; 5) faoliyat qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Muhandis-texnik ziyolilar faoliyatining tuzilishini uch ko‘rinishga bo‘lish mumkin: 1) ijtimoiy-texnik talab; 2) ilmiy va empirik bilimlar; 3) kishilar faoliyatining moddiy ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi. Muhandis-texnik ziyolilarning mutaxassislik funksiyalarini ikki ko‘rinishga bo‘lib ko‘rsatish mumkin: 1) Muhandis-texnik xodimlarning umumixtiro funksiyalari; bosh konstruktor, bosh muhandis, loyiha bo‘yicha bosh muhandis va bosh mutaxassis, hamda muhandis. 2) Umumloyihalashtirish funksiyasiga ko‘ra: muhandis-tadkiqotchi: muhandis-tahlilchi; muhandis-konstruktor; muhandis-loyihalovchi: muhandis-