logo

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.31640625 KB
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga
oshirilgan  islohotlar
Reja:
Kirish.
1. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan  
islohotlar.
2. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida.
3. Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
    Mustaqillik  yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita
asosiy   vazifa   uddalanganini   qayd   etishadi.   Avvalo,   iqtisodiyotda   ma'muriy-
buyruqbozlik   va   taqsimot   tizimidan   bozor   munosabatlariga   o‘tilgan   bo‘lsa,
ikkinchidan,   davlat   organlarining   yangi   sharoitlarda   samarali   faoliyat   yuritishiga
erishildi.   Ma'muriy   islohotlar   davlat   boshqaruvi   tizimi   organlari   tuzilmasini
unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.
Tahlillar   shuni   ko‘rsatayaptiki,   davlat   xizmati   faoliyatini   tartibga   soladigan
hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha
masalani   qamrab   olmasdan,   yagona   huquqiy   standartlar   hamda   ma'muriy-
boshqaruv   amaliyotini   o‘r natishga   xalaqit   qilmoqda.   Xususan,   zamonaviy
texnologiyalardan   foydalanish   darajasining   pastligi,   yagona   kadrlar   siyosatining
yo‘qligi,   davlat   xizmatchilarining   ijtimoiy   va   huquqiy   himoya si   ular   tomonidan
bajarilayotgan   vazifalarga   mos   emasligi   davlat   xizmatchilarining   ish   faoliyatiga
salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z nav batida, tashkilotlar, fuqarolar
hamda   fuqarolik   jamiyati   institutlari   o‘rtasidagi   munosabatlarning
byurokratlashuviga,   davlat   tuzilmalari   faoliyati   yopiqligiga   shart-sharoit   -
yaratmoqda.
Bundan   tashqari,   huquqiy   asoslar   “Elektron   hukumat”   tizimining   jadal
ravnaqidan,   davlat   xizmatlari   va   ma'muriy   tartib-taomillarining   taraqqiyotidan
ortda   qolmoqda.   Amaldagi   qonun   hujjatlarida   davlat   hokimiyati   organlari   -
xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra,
biri- biridan tubdan farq qiladi.  
Hukumatning   1997   yil   3   iyuldagi   qarorida   ko‘rsatilgan   Davlat
xizmatchilarining   lavozimlari   ro‘yxatiga   vazirlik   va   idoralar,   hokimliklar,   o‘zini
o‘zi   boshqarish   organlari   hamda   prokuratura   idoralari   xodimlarining   qator
lavozimlari   kiritilgan.   Vaholonki,   Vazirlar   Mahkamasining   2016   yil   2   martdagi
qarori   bilan   tasdiqlangan   Davlat   boshqaruvi   organlari   va   mahalliy   ijro   etuvchi
hokimiyat   organlari   xodimlarining   odob-axloq   namunaviy   qoidalarida   davlat xizmatchisi   deganda,   faqatgina   hokimliklar,   vazirlik   va   idoralar   xodimlari
tushuniladi.  
Qonunchilikda   ayni   paytda   “ma'muriy-boshqaruv   xodimlari”   degan
tushuncha   ham   qo‘llanilmoqda.   U   yuqorida   qayd   etilgan   ro‘yxatga   kiritilmagan
qator   tashkilotlarni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Nomenklaturada   xo‘jalik   boshqaruvi
organlari   lavozimlari   borligi   uning   asosiy   farqi   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,
qonunchiligimizda   saylanadigan   mansabdor   shaxslar   faoliyati   tartibga   solingan.
Masalan,   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   deputatlari   va   Senati   a'zolari,   xalq
deputatlari   viloyat,   tuman   va   shahar   Kengashlari   deputatlarining   maqomi   hamda
vakolatlari belgilab qo‘yilgan.  
Bir   qator   hujjatlar,   jumladan,   “O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   to‘g‘risida”gi,   “Prokuratura   to‘g‘risida”gi,   “Sudlar   to‘g‘risida”gi,
“Davlat   soliq   xizmati   to‘g‘risida”gi,   “Davlat   bojxona   xizmati   to‘g‘risida”gi
qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.  
Ko‘plab   idoralar   o‘z   maqomi,   maqsad   va   vazifalari   belgilangan   tegishli   nizomlar
asosida ish olib bormoqda.  
Ko‘rinib   turibdiki,   davr   davlat   xizmatlari   sifatini   oshirish,   davlat
xizmatchilari   faoliyatining   ochiqligi   va   qonuniyligini   ta'minlash   bo‘yicha
vazifalarni   hal   qilishni   kun   tartibiga   olib   chiqmoqda.   Bu   vazifalar   davlat
xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois
Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat
xizmati   institutini   isloh   etish,   davlat   xizmatchilarining   moddiy   va   ijtimoiy
ta'minoti,   ularning   kasbiy   tayyorgarligini   tubdan   takomillashtirish,   bu   sohaga
yangicha   fikrlaydigan,  mas'uliyatli,   tashabbuskor,   vatanparvar   kadrlarni   jalb  etish
bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi. Davlatimiz   rahbari   yaqin   kunlarda   “Davlat   xizmati   to‘g‘risida”gi   qonunni
ishlab   chiqish   vazifasini   qo‘ydi.   Bu   vazifa   2017   —   2021   yillarda   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid
Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar
zaxirasini   shakllantirish,   xizmatchilarni   attestatsiyadan   o‘tkazish   tizimi
borasida   yagona   yondashuv   yo‘q,   mazkur   jarayon   jamoatchilik   bexabar
bo‘lgan   ichki   hujjatlar   bilan   tartibga   solinadi.  
Ayni   paytda   ba'zi   idoralarda,   misol   uchun,   Davlat   soliq   qo‘mitasida   ishga
qabul   qilish   tartibi   aniq   bo‘lib,   ularda   bu   taomil   tanlov   asosida   amalga
oshirilishi   belgilangan.   Bunday   yondashuv   xolisona   qaror   qabul   qilish,
malakali   xodimni   tanlab   olish,   kadrlar   zaxirasi   uchun   ma'lumotlar   bazasini
yaratish   imkonini   beribgina   qolmasdan,   fuqarolarning   ishga   joylashishda
teng   huquqliligini   ta'minlashga   xizmat   qiladi.   Fikrimizcha,   bunday
yondashuv   davlat   xizmatiga   qabul   qilish   bo‘yicha   yagona   standartning
asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bugun   vazirlik   va   idoralarga   taqsimlashda   nomzodlarni   tayinlash   va
vakolatli   organlar   bilan   kelishish   jarayonini   yanada   batafsil   tartibga   solish,   uning
ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda.  
Shuni   qayd   etish   kerakki,   xodimlarni   attestatsiyadan   o‘tkazish   ularni
baholashning   asosiy   vositasi   hisoblanadi.   Bu   taomil   kasbiy   va   boshqaruv
ko‘nikmalarini   takomillashtirishdagi   muammolarni   hamda   mansab   pillapoyasidan
yuqori   lavozimlarga   ko‘tarilishi   uchun   salohiyatini   aniqlash   imkonini   beradi.
Amaliyot   malakani   baholash   tizimiga   aniq   ko‘rsatkichlarni   joriy   qilish   zaruratini
ko‘rsatayapti.   Bular   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatish   hamda   amaliy   natijalarga
erishish   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lishi   lozim.   Bunda   aholi   so‘rovlari   asosida
natijalarni baholash kerak. Binobarin,   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   ta'kidlaganidek,   bundan   keyin
joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi
aholidan   tushayotgan   murojaatlar   soni,   ularning   xalq   ichida   yurishi,   mavjud
muammolarning   amaliy   yechimiga   qarab   baho   beriladi.   Qisqacha   aytganda,   -
rahbarlarga  xalqning o‘zi baho  beradi.
Amaldagi   davlat   xizmati   tizimida   rotatsiya   mexanizmi,   ya'ni   mansabdor
shaxsning   davlat   organlari   gorizontal   yo‘nalishida   ishga   ko‘chirilishi   yetarli
darajada   tartibga   solinmagan.   Bundan   tashqari,   davlat   organlari   xodimlari   uchun
Yagona   tarif   setkasi   bo‘lishiga   qaramasdan,   juda   ko‘plab   idoraviy   farqlar   va   -
istisnolar   mavjud.   Bu   esa,   oxir-oqibat,   mansabdor   shaxslarning   oylik   maoshi
hajmiga   sezilarli   darajada   ta'sir   ko‘rsatadi.   Bunda   ham   yagona   yondashuv   va
standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Bugun   yangicha   hamda   mustaqil   fikrlaydigan,   mas'uliyatli,   tashabbuskor,
ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z   Vatani va xalqiga
sodiq   kadrlarni   tayyorlash   bo‘yicha   samarali   tizim   yaratmasdan   sifat
o‘zgarishlariga   erishib   bo‘lmasligi   aniq.
Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor
qaratilmoqda.   Joriy   yilning   3   yanvar   kuni   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish
to‘g‘risida”gi   Qonun   qabul   qilindi.   Unda   davlat   organlarining   mansabdor
shaxslari   va   boshqa   xodimlari   tomonidan   o‘z   mansab   yoki   xizmat
majburiyatlarining   bajarilishi   samaradorligi   mezonlarini,   standartlarini   va
uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining
huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish,
shaxsiy   va   kasbiy   sifatlar,   ochiqlik,   beg‘arazlik,   adolatlilik   va   xolislik
prinsiplari   asosida   tanlov   bo‘yicha   saralash   hamda   xizmatda   ko‘tarilish
tizimini   joriy   etish,   davlat   organlarining   mansabdor   shaxslari   va   boshqa
xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini
va rag‘batlantirilishini ta'minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning
oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan. Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat bosh qaruvi hududiy
organlari   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va   xodimlarini   moddiy
rag‘batlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   devoni   faoliyatini   yanada   takomillashtirish,
samaradorligini   oshirish   va   tuzilmasini   maqbullashtirish,   shuningdek,   uning
tarkibiy   tuzilmalari   vazifalari   hamda   funksiyalaridagi   takrorlanishlarni   bartaraf
etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz   -
rahbari   “O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Devoni   faoliyatini   yanada
takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   Farmonga   imzo   chekdi.   7   mart   kuni   esa
hukumatning   “Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar,
Toshkent   shahri,   shaharlar   va   tumanlar   hokimliklari   xodimlarining   lavozim
maoshlariga   uzoq   muddat   ishlaganligi   uchun   har   oylik   ustama   to‘lash   tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.  
2017 —  2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta
ustuvor yo‘nalishi  bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda
tutilgan.   Birgina   joriy   yilning   o‘zida   Davlat   dasturi   doirasida   O‘zbekiston
Respublikasida   ma'muriy   islohotlar   konsepsiyasi   hamda   ushbu   islohotlarni
o‘tkazish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   dasturi,   “Davlat   boshqaruvi   asoslari
to‘g‘risida”gi,   “Ma'muriy   tartib-taomillar   to‘g‘risida”gi,   “Davlat   va   xususiy
sheriklik   to‘g‘risida”gi,   “Mahalliy   davlat   hokimiyati   to‘g‘risida”gi   qonunlar
loyihalari  ishlab chiqilishi belgilangan.  
Bularning   barchasi   davlat   xizmatchilari   ish   faoliyati   samaradorligini
oshirish,   Prezidentimiz   tomonidan   ilgari   surilgan   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,
davlat   idoralari   xalqimizga   xizmat   qilishi   kerak”   degan   tamoyilni   amalda   qaror
toptirishga xizmat qiladi.
Ekspertlar   mamlakatimizda   mustaqillik   yillarida   davlat   boshqaruvi   tizimini
isloh   qilish   jarayonida   ikkita   asosiy   vazifa   uddalanganini   qayd   etishadi.   Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga
o‘tilgan   bo‘lsa,   ikkinchidan,   davlat   organlarining   yangi   sharoitlarda   samarali
faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari
tuzilmasini   unifikatsiyalashtirdi.   Davlat   xizmati   ushbu   tizimning   asosiy   unsuriga
aylandi.
Tahlillar   shuni   ko‘rsatayaptiki,   davlat   xizmati   faoliyatini   tartibga   soladigan
hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha
masalani   qamrab   olmasdan,   yagona   huquqiy   standartlar   hamda   ma'muriy-
boshqaruv   amaliyotini   o‘r natishga   xalaqit   qilmoqda.   Xususan,   zamonaviy
texnologiyalardan   foydalanish   darajasining   pastligi,   yagona   kadrlar   siyosatining
yo‘qligi,   davlat   xizmatchilarining   ijtimoiy   va   huquqiy   himoya si   ular   tomonidan
bajarilayotgan   vazifalarga   mos   emasligi   davlat   xizmatchilarining   ish   faoliyatiga
salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z nav batida, tashkilotlar, fuqarolar
hamda   fuqarolik   jamiyati   institutlari   o‘rtasidagi   munosabatlarning
byurokratlashuviga,   davlat   tuzilmalari   faoliyati   yopiqligiga   shart-sharoit   -
yaratmoqda.
Bundan   tashqari,   huquqiy   asoslar   “Elektron   hukumat”   tizimining   jadal
ravnaqidan,   davlat   xizmatlari   va   ma'muriy   tartib-taomillarining   taraqqiyotidan
ortda   qolmoqda.   Amaldagi   qonun   hujjatlarida   davlat   hokimiyati   organlari   -
xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra,
biri- biridan tubdan farq qiladi.  
Hukumatning   1997   yil   3   iyuldagi   qarorida   ko‘rsatilgan   Davlat
xizmatchilarining   lavozimlari   ro‘yxatiga   vazirlik   va   idoralar,   hokimliklar,   o‘zini
o‘zi   boshqarish   organlari   hamda   prokuratura   idoralari   xodimlarining   qator
lavozimlari   kiritilgan.   Vaholonki,   Vazirlar   Mahkamasining   2016   yil   2   martdagi
qarori   bilan   tasdiqlangan   Davlat   boshqaruvi   organlari   va   mahalliy   ijro   etuvchi
hokimiyat   organlari   xodimlarining   odob-axloq   namunaviy   qoidalarida   davlat xizmatchisi   deganda,   faqatgina   hokimliklar,   vazirlik   va   idoralar   xodimlari
tushuniladi.  
Qonunchilikda   ayni   paytda   “ma'muriy-boshqaruv   xodimlari”   degan
tushuncha   ham   qo‘llanilmoqda.   U   yuqorida   qayd   etilgan   ro‘yxatga   kiritilmagan
qator   tashkilotlarni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Nomenklaturada   xo‘jalik   boshqaruvi
organlari   lavozimlari   borligi   uning   asosiy   farqi   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,
qonunchiligimizda   saylanadigan   mansabdor   shaxslar   faoliyati   tartibga   solingan.
Masalan,   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   deputatlari   va   Senati   a'zolari,   xalq
deputatlari   viloyat,   tuman   va   shahar   Kengashlari   deputatlarining   maqomi   hamda
vakolatlari belgilab qo‘yilgan.  
Bir   qator   hujjatlar,   jumladan,   “O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   to‘g‘risida”gi,   “Prokuratura   to‘g‘risida”gi,   “Sudlar   to‘g‘risida”gi,
“Davlat   soliq   xizmati   to‘g‘risida”gi,   “Davlat   bojxona   xizmati   to‘g‘risida”gi
qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi.  
Ko‘plab   idoralar   o‘z   maqomi,   maqsad   va   vazifalari   belgilangan   tegishli   nizomlar
asosida ish olib bormoqda.  
Ko‘rinib   turibdiki,   davr   davlat   xizmatlari   sifatini   oshirish,   davlat
xizmatchilari   faoliyatining   ochiqligi   va   qonuniyligini   ta'minlash   bo‘yicha
vazifalarni   hal   qilishni   kun   tartibiga   olib   chiqmoqda.   Bu   vazifalar   davlat
xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois
Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat
xizmati   institutini   isloh   etish,   davlat   xizmatchilarining   moddiy   va   ijtimoiy
ta'minoti,   ularning   kasbiy   tayyorgarligini   tubdan   takomillashtirish,   bu   sohaga
yangicha   fikrlaydigan,  mas'uliyatli,   tashabbuskor,   vatanparvar   kadrlarni   jalb  etish
bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi. Davlatimiz   rahbari   yaqin   kunlarda   “Davlat   xizmati   to‘g‘risida”gi   qonunni   ishlab
chiqish   vazifasini   qo‘ydi.   Bu   vazifa   2017   —   2021   yillarda   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid
Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar
zaxirasini   shakllantirish,   xizmatchilarni   attestatsiyadan   o‘tkazish   tizimi   borasida
yagona   yondashuv   yo‘q,   mazkur   jarayon   jamoatchilik   bexabar   bo‘lgan   ichki
hujjatlar   bilan   tartibga   solinadi.  
Ayni   paytda   ba'zi   idoralarda,   misol   uchun,   Davlat   soliq   qo‘mitasida   ishga   qabul
qilish   tartibi   aniq   bo‘lib,   ularda   bu   taomil   tanlov   asosida   amalga   oshirilishi
belgilangan.   Bunday   yondashuv   xolisona   qaror   qabul   qilish,   malakali   xodimni
tanlab   olish,   kadrlar   zaxirasi   uchun   ma'lumotlar   bazasini   yaratish   imkonini
beribgina   qolmasdan,   fuqarolarning   ishga   joylashishda   teng   huquqliligini
ta'minlashga  xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul
qilish   bo‘yicha   yagona   standartning   asosiy   unsurlaridan   biri   bo‘lishi   va   qonuniy
asosga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bugun   vazirlik   va   idoralarga   taqsimlashda   nomzodlarni   tayinlash   va   vakolatli
organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini
ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda.  
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning
asosiy   vositasi   hisoblanadi.   Bu   taomil   kasbiy   va   boshqaruv   ko‘nikmalarini
takomillashtirishdagi   muammolarni   hamda   mansab   pillapoyasidan   yuqori
lavozimlarga   ko‘tarilishi   uchun   salohiyatini   aniqlash   imkonini   beradi.   Amaliyot
malakani   baholash   tizimiga   aniq   ko‘rsatkichlarni   joriy   qilish   zaruratini
ko‘rsatayapti.   Bular   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatish   hamda   amaliy   natijalarga
erishish   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lishi   lozim.   Bunda   aholi   so‘rovlari   asosida
natijalarni baholash kerak. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin
joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi
aholidan   tushayotgan   murojaatlar   soni,   ularning   xalq   ichida   yurishi,   mavjud
muammolarning   amaliy   yechimiga   qarab   baho   beriladi.   Qisqacha   aytganda,   -
rahbarlarga  xalqning o‘zi baho  beradi.
Amaldagi   davlat   xizmati   tizimida   rotatsiya   mexanizmi,   ya'ni   mansabdor
shaxsning   davlat   organlari   gorizontal   yo‘nalishida   ishga   ko‘chirilishi   yetarli
darajada   tartibga   solinmagan.   Bundan   tashqari,   davlat   organlari   xodimlari   uchun
Yagona   tarif   setkasi   bo‘lishiga   qaramasdan,   juda   ko‘plab   idoraviy   farqlar   va   -
istisnolar   mavjud.   Bu   esa,   oxir-oqibat,   mansabdor   shaxslarning   oylik   maoshi
hajmiga   sezilarli   darajada   ta'sir   ko‘rsatadi.   Bunda   ham   yagona   yondashuv   va
standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.
Bugun   yangicha   hamda   mustaqil   fikrlaydigan,   mas'uliyatli,   tashabbuskor,   ilg‘or
boshqaruv   usullarini   puxta   o‘zlashtirgan,   halol,   o‘z   Vatani   va   xalqiga   sodiq
kadrlarni   tayyorlash   bo‘yicha   samarali   tizim   yaratmasdan   sifat   o‘zgarishlariga
erishib   bo‘lmasligi   aniq.
Shu   sababli   davlat   xizmatini   modernizatsiya   qilish   masalasiga   alohida   e'tibor
qaratilmoqda.   Joriy   yilning   3   yanvar   kuni   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari
va   boshqa   xodimlari   tomonidan   o‘z   mansab   yoki   xizmat   majburiyatlarining
bajarilishi   samaradorligi   mezonlarini,   standartlarini   va   uning   sifatini   baholash
tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash,
xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik,
beg‘arazlik,   adolatlilik   va   xolislik   prinsiplari   asosida   tanlov   bo‘yicha   saralash
hamda   xizmatda   ko‘tarilish   tizimini   joriy   etish,   davlat   organlarining   mansabdor
shaxslari   va   boshqa   xodimlarining   samarali   ijtimoiy   himoya   qilinishini,   moddiy
ta'minot   olishini   va   rag‘batlantirilishini   ta'minlash   davlat   boshqaruvi   sohasida
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan. Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat bosh qaruvi hududiy
organlari   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   va   xodimlarini   moddiy
rag‘batlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   devoni   faoliyatini   yanada   takomillashtirish,
samaradorligini   oshirish   va   tuzilmasini   maqbullashtirish,   shuningdek,   uning
tarkibiy   tuzilmalari   vazifalari   hamda   funksiyalaridagi   takrorlanishlarni   bartaraf
etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz   -
rahbari   “O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Devoni   faoliyatini   yanada
takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   Farmonga   imzo   chekdi.   7   mart   kuni   esa
hukumatning   “Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar,
Toshkent   shahri,   shaharlar   va   tumanlar   hokimliklari   xodimlarining   lavozim
maoshlariga   uzoq   muddat   ishlaganligi   uchun   har   oylik   ustama   to‘lash   tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.  
2017 —  2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta
ustuvor yo‘nalishi  bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda
tutilgan.   Birgina   joriy   yilning   o‘zida   Davlat   dasturi   doirasida   O‘zbekiston
Respublikasida   ma'muriy   islohotlar   konsepsiyasi   hamda   ushbu   islohotlarni
o‘tkazish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   dasturi,   “Davlat   boshqaruvi   asoslari
to‘g‘risida”gi,   “Ma'muriy   tartib-taomillar   to‘g‘risida”gi,   “Davlat   va   xususiy
sheriklik   to‘g‘risida”gi,   “Mahalliy   davlat   hokimiyati   to‘g‘risida”gi   qonunlar
loyihalari  ishlab chiqilishi belgilangan.  
Bularning   barchasi   davlat   xizmatchilari   ish   faoliyati   samaradorligini   oshirish,
Prezidentimiz   tomonidan   ilgari   surilgan   “Xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat
idoralari   xalqimizga   xizmat   qilishi   kerak”   degan   tamoyilni   amalda   qaror
toptirishga   xizmat   qiladi.   Bugungi   kunga   kelib   mamlakatimiz   o’z   mustaqil
taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini nishonlash arafasida turibdi.
Tarix   oldida   bu   muddat   kiprik   qoqqanchilik   lahzalarga   teng   davr   hisoblanadi.
O’tgan   yigirma   olti   yil   mohiyatan   yurtimiz   tarixida   o’ta   mas’uliyatli   va   sharafli davrni   tashkil   etdi.   SHu   davr   mobaynida   har   birimizning   hayotimizda,   mamlakat
taqdirida   muhim   va   keskin   o’zgarishlar   yuz   berdi,   turmush   tarzimiz   o’zgarib,
o’zligimizni   anglay   boshladik.   Qisqa   davr   ichida   davlat   va   jamiyat   qurilishida,
huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-
shuurida   tom   ma’noda   yangicha   qarash   va   yangicha   fikrlash   tuyg’usi   shakllanib
ulgurdi.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan
yurtimizda   ijtimoiy   yo’naltirilgan   barqaror   bozor   iqtisodiyoti,   ochiq   tashqi
siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi.
Istiqlolimizning   ilk   yillaridayoq,   yurtboshimiz   yuksak   demokratik   talablarni
hayotimizga   to’liq   joriy   etish,   fuqarolik   jamiyati   barpo   qilish,   farovon   hayotga
erishish   bir-bir   bilan   chambarchas   bog’liq   va   uzluksiz   davom   etadigan   jarayon
ekanligini   ta’kidlab,   bunday   darajaga   ko’tarilish   hech   qachon   osonlikcha
kechmasligini   uqdirib   o’tgan   edilar.   I.A.Karimov   “O’zbekiston   –   bozor
munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos   yo’li”   risolasida   mamlakat   mustaqillikka
erishgandan   so’ng   dastlabki   yillardagi   rivojlanish   jarayonlarini   tahlil   qilib,
O’zbekistonda   davlat   qurilishi   va   iqtisodiyotni   isloh   qilish   dasturining   o’zagi
sifatida   5   ta   asosiy   tamoyilni   belgilab   berdilar.   Nazariy   va   amaliy   jihatdan   puxta
ishlab   chiqilgan   bu   dastur   yashab   turgan   fuqarolarning   taqdirigina   emas,   balki
ularning   kelajak   avlodlarining   taqdirini   ham   o’ylab   tuzilgan   bo’lib,   o’sha   davrda
hukmron   bo’lgan   yakka   hokimlik   tizimining   illatlarini   tezroq   bartaraf   etish,
mamlakatimizni   rivojlangan,   madaniyatli   mamlakatlar   darajasiga   chiqib   olishini
ta’minlashni   ko’zda   tutgan   edi.   Bu   haqiqatan   ham   Islom   Karimov   nomi   bilan
jahonga   tanilgan   taraqqiyotning   o’zbek   modeli   edi.Taraqqiyotning   o’zbek   modeli
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni
iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy
munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur; ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning
ustuvor   yo’nalishlarini   belgilab   berishi,   o’zgarishlar   siyosatini   ishlab   chiqishi   va
uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan,   qonun   ustuvorligiga   erishish,   qonunlarga   qat’iy   rioya   etish   lozim.
Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va
qonunlarni  barcha  hech   istisnosiz  hurmat   qilishi   va  ularga  og’ishmay   rioya   etishi
lozim;
to’rtinchidan,   aholining   demografik   tarkibini   hisobga   olgan   holda   kuchli   ijtimoiy
siyosat o’tkazish kerak.
beshinchidan,   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   iqtisodiyotning   ob’ektiv   qonun-larini
e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi  “inqilobiy sakrashlar”siz,  ya’ni evolyutsion yo’l
bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor   iqtisodiyotini   shakllantirishning   evolyutsiya   yo’lining   tanlab   olinganligi
o’zining   an’anaviy   og’ir-bosiqligi,   puxta   o’ylab   qaror   qabul   qilishga   ruhan
moyilligi   hamda   tinchliksevarligi   tufayli   bir   holatdan   ikkinchisiga,   ayniqsa
turmush   tarzida,   sakrab   o’tishga   rag’bati   yo’q   o’zbek   xalqining   fikrlash   tarziga
aynan mosdir.
Yana  shu   narsa  ham  g’oyat   muhimdirki,  bozor   taraqqiyotining  bosqichli   jarayoni
davlatning   tub   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlarni   ahillik   vaziyatida,   jamiyatning
qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning   o’zbek   modeli   bundan   oldin   yaratilgan   va   mavjud   bo’lgan
modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan
butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   jarayonida   avval-boshdan   ana
shu   nozik   jihatga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Barcha   o’zgarishlar   va
yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda
ham   o’zgarishlar   jarayonining   mohiyatida   islohot   –   islohot   uchun   emas,   avvalo
inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
SHunday   ekan,   demokratik   jamiyat   qurishdan   ko’zlangan   maqsad   yurtimizda
istiqomat   qiladigan   barcha   insonlar   uchun   munosib   hayot   sharoiti   yaratib   berish, rivojlangan   demokratik   mamlakatlar   kabi   kafolatlangan   yuksak   turmush   darajasi
hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish
uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga
yo’naltirilgan   iqtisodiy   islohotlarga   e’tibor   qaratildi.   Iqtisodiy   islohotlar   esa   o’z
o’rnida   jamiyatimizning   siyosiy,   ijtimoiy,   ma’naviy   hamda   davlat   qurilishi
sohalaridagi   tub   islohotlar   bilan   chambarchas,   uzviy   bog’liqlikda   amalga   oshirib
kelinmoqda.
Yurtimizdagi   bugungi   tinch   va   osoyishta,   bunyodkor   hayot,   barqaror   taraqqiyot
bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab
bermoqda.   Mas’uliyatli   paytlarda,   keskin   ijtimoiy   larzalarga   olib   keladigan   har
qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan
o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z
va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon
hayot   qurish   yo’lida   ko’p   tajribaga   ega   bo’layotgan   ekan,   hech   shubhasiz   o’zbek
xalqi   uchun   muqaddas   va   aziz   bo’lmish   O’zbekiston   zaminida   yashayotgan   va
mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib
bormoqda.   Bu   O’zbekistonning   yer   yuzida   baquvvat   asoslarga   ega   bo’lgan
zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar Reja: Kirish. 1. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. 2. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida. 3. Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy- buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi. Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy- boshqaruv amaliyotini o‘r natishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoya si ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z nav batida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit - yaratmoqda. Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari - xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri- biridan tubdan farq qiladi. Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat

xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi. Qonunchilikda ayni paytda “ma'muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qo‘llanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nomenklaturada xo‘jalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qo‘yilgan. Bir qator hujjatlar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi. Ko‘plab idoralar o‘z maqomi, maqsad va vazifalari belgilangan tegishli nizomlar asosida ish olib bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, davr davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta'minlash bo‘yicha vazifalarni hal qilishni kun tartibiga olib chiqmoqda. Bu vazifalar davlat xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi.

Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi borasida yagona yondashuv yo‘q, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bo‘lgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim. Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda. Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak.

Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. Qisqacha aytganda, - rahbarlarga xalqning o‘zi baho beradi. Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va - istisnolar mavjud. Bu esa, oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq. Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq. Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag‘batlantirilishini ta'minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan.