MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI REJA: KIRISH. I BOB.MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI 1,1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari. II BOB.XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI TARIXINING MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILISHI 2,1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili. 2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar. III.XULOSA. IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43- sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". 1 Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub ozgarishlar yuz berdi. Oz mustaqilligini qolga kiritgan Ozbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham ozining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas manaviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug tarata boshladi. Garchi mustabid shorolar hukmronligi davrida Ozbekiston tarixi fani tolaqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bolsada, ozining boy tarixiy
merosini koz qorachigidek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy otmishini bizgacha yetkazib bera olgan qolyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Manaviy hayotning ajralmas qismi bolgan tarixga yangicha koz bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati boldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qoyildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon olkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy ozlikni anglash, tabir joiz bolsa, milliy iftixorni tiklash va ostirish jarayonida goyat muhim orin tutadi, - deb takidlaydi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir , - deb ta‘kidlaydi‖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida takidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorongu sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. Otgan yaqin yillar oraligida ajdodlarimizning yuzlab qolyozma asarlari dunyo yuzini kordi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy otmishiga va merosiga korsatilgan ehtirom va etirofdir. 2 O‘rganilish darajasi : Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bolgan yondashuv tubdan ozgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini korsatib otish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya
tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash asari, ―Turkiston chor‖ mustamlakasi davrida kabi asarlar keyingi yillarda nashr etilgan ishlar ‖ orasida ozining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. Maqsadi:Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning o‘rganish. Vazifasi: -Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi -Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari - Mustaqillik yillarida Xiva xonligi tarixigabag‘ishlangan asarlar tahlili -Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar Davriy chegarasi.XX asr oxiri – XXI asr boshlari. Tadqiqot obyekti.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar. I.Bob.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 1.1 Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam- baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi. “Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi