Mustaqillik davri o’zbek tilshunosligi
Mustaqillik davri o’zbek tilshunosligi R eja : 1. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati. 2. Mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligi erishgan yutuqlari.
XX asrning 90-yillaridan boshlab milliy an’analarni, milliy madaniyatni tiklash,milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi. 1989 yilning 21 oktabrida o’zbek tilining O’zbekistn Respublikasi Davlat tili sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi. Ana shu Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfiga chek qo’ydi. O’zbek tili oliy darajadagi davlat anjumanlarida qo’llanadigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Mustaqillikdan so’ng mavjud Qonunni isloh qilish zaruriyati tug`ildi. 1995 yil 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi. Yangi tahrirdagi Qonunning ahamiyati shundaki, bunda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi o’rni hisobga olindi. Qonunning 23-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma matnlari davlat tilida yozilishi ta’kidlandi. Bu modda o’zbek tilining jahon miqyosida rasmiy davlat tili sifatida nufuzining ko’tarilishini ta’minladi. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu respublika hududida boshqa tillarning faoliyat ko’tarishiga, rivojlanishiga, O’zbekistonda yashovchi barcha millatlarva elatlarning o’z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), noshirlik, pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio eshittirishlar faoliyat ko’rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millat va elatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi. Dalat tili haqidagi Qonun qabul qilinayotgan paytda vaqtli matbuotda bir qator baynalminal atamalarni tilimizdan chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi muqobili bilan almashtirish tendensiyasi kuchaydi. Masalan, radio o’rniga ovoznigor, samolyot o’rniga tayyora, institut o’rniga oliygoh, rayon o’rniga nohiya va boshqalar. Atamalarni almashtirish shu darajaga yetdiki, hatto
mutaxassislarning o’zlari ham yangi qo’llanilayotgan atamalarni qaysi tushuncha uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi 1 . Ana shunday sharoitda atamalarni tartibga solish ehtiyoji tug`il d i. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Yangi tavsiya etilayotgan atamalar atamaqo’m tasdig`idan o’tgandan so’nggina hayotga yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li yangi tahrirdagi Qonunda aniq ifodasini topdi. 7-moddasida yangi atamalar jamoatchilik muhokamasidan o’tgandan keyin va Oliy Majlisning tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi. Yangi tahrirdagi Qonunnirng yana bir muhim tomoni shundaki, moddalar soni qisqartirlgan. Oldingisi 30 moddadan iborat bo’lgan bo’lsa, yangi tahrirdagi Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti . Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tub burilish davri boshlandi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga mehr-muhabbat bilan yondoshish, ularni jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini xolisona baholash imkoni tug`ildi. Shunday sharoitda tilshunoslik fanida ham tilimizning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur va ob’ektiv yoritish, sorbiq sho’rolar davrida fan metodologiyasiga aylangan va ob’ektga bir tomonlama yondashuvchi marksistik ta’limot zanjiridan qutulish va olamni bilishga bag`ishlangan dunyoning eng yaxshi falsafiy ta’limotlaridan, birinchi navbatda, Sharq falsafiy ta’limotidan foydalanish harakati boshlandi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning burcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi. O’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т.,1992), A.Azizovning “O’zbek tilining fonologiyasi va 1 Nurmonov A. O`zbek tilshunosligi tarixi . – Т . , O`zbekiston , 2002 . 218- bet .
morfonologiyasi” (Т., 1994) asarlari maydonga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga oldindi. Leksikologiya sohasida ham bir qator yutuqlar qo’lga kiritildi. Chunonchi, E.Begmatovning “O’zbek ismlari”, H.Ne’matov., R.Rasulovlarning “O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi o’zbek tilshunoslikda emas, balki turkiyshunoslikda ham katta voqea bo’ldi. O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib ki r ildi. Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasida munosabat, grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari, grammatik kategoriyalarning til tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi. J.Eltazarovning “So’z turkumlari haqidagi nazariyalar” (1996), Sh.Shahobiddinovaning “O’zbek tili morfologiyasi umumiylik-xususiylik dialektikasi talqinida” (2000), mualliflar guruhining “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya” (2001) asarlari yaratildi. O’zbek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (Т., 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis” (Т.,1995), S. Ma h ammatqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Т.,1998) yaratildi. Mustaqillik sharoitida o’zbek tilining qo’llanilish doirasi g`oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N.Mahmudovning “Тil va jamiyat”, “Тil”, “So’zimiz va o’zimiz”, “Ma’rifat manzillari” kabi qator kitoblarining nashr etilishi o’zbek sotsiolingvistikasini yangi pog`onaga olib chiqdi. Mustaqillik davrida rasmiy ish uslubining shakllanishi va rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berildi. N.Mahmudov, N.Mahkamov, A.Madvaliyevlar tomonidan “O’zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu muammoning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.