logo

Yevropa tilshunosligi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91 KB
Reja:
I Kirish 
II Asosiy qism 
a) O’rta asr Evropasida lotin tili o’rganiladiganyagona til ekanligi 
b) Realizm va nominalizm, knseptualizm vakillarining tilshunoslikga oid 
qarashlari. 
c) O’rta asrning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlarning 
lingvistik qarashlari
III Xulosa 
2 Lotin   tilining   hukmronlik   mavqei   o’rta   asr   tilshunoslik   nazaryasining
rivojida juda kuchli  ta’sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham  ta’lim  tizimida aosiy rol
o’ynaydi. 
O’rta   asr   tilshnoslik   nazaryasi   tarixida   birinchi   bo’lib   grammatika   va
mantiqqa  tegishli   asosiy   kategoriyalar   tarkibi   belgilandi   va   ular   istemol   doirasiga
kiritilgan.   Ismlarni   ot   va   sifatlarga   bo’lib,   tahlillash   etakchi   o’rin   egalladi   sufiks
atamasi kashf etildi. 
Lotin   tili   XV-XVI   asrlargacha   barcha   katolik   mamlakatlarda   cherkov,   fan
huquqiy hujjatlar, tibbiyot tili, huquqshunoslar, chinovniklar,  ruhoniylarning jonli
tili   vazifasini   ham   bajardi.   XVIII   asrgacha   diplomatiya   tili   sifatida   qo’llanilib
keldi. O’rta asrlarning XI-XII  yuz  yilliklarida realistlar  va nominalistlar  deb nom
olgan   vakillar   o’rtasida   falsafiy-lingvistik   bahs   boshlanadi.   Ularning   bahsi
so’zlarning tushguncha va hodisalar munosabatiga bag’ishlangan.
Naminalizm   o’rta   asr   falsafasidagi   bir   yo’nalish   bo’lib,   u   umumiy
tilshunosliklarni   faqat   ayrim   predmetlarining   nomlari   deb   hisoblardilar.   o’rta   asr
realizmiga qarama-qarshi o’laroq naminalistlar faqat o’zlarining individual sifatlari
bilan   ayrim   narsalargina   real   suratda   mavjuddir   deb,   davo   qilar   edilar.   Bizning
tafakkurimiz   bu   narsalart   haqida   yaratadigan   umumiy   tushunchalar   va   so’zlar
narsalarga   bog’liq   bo’lmagan   holda     mavjud   bolishi   u   yoqda   tursin   balki,   hatto
ularning xossalari va sifatlarini loaqal aks ham ettirmaydi. Naminalistlar narsaning
birlamchiligini va tushuncha so’zning ikkilamchiligini e’tirof etishda materialistik
tendensiyalar   bilan   bog’liq   edi.   Biroq   umumiy   tushunchalar   obeyektiv   sur’atda
mavjud   bo’lgan   narsalaning   real   sifatlarini   aks   ettirishi   va   ayrim   narsalarni
umumiy   narsalardan   ajratib   bo’lmasligini,   balki   uning   o’z   ichiga   olishini
naminalistlar tushunmas edilar. 
Rosselin,   Dins,   Skof,   Okkam   Xi-XIV   asrlarda   eng   taniqli   naminalistlar
edilar.   Naminalistlarning   ideyalari   yangi   zamonda   idealist   asosda   Berkli   va   Ym
ta’limotlarida   rivojlantirildi.   hozirgi   davrda   esa     ular   semantik   falsafada
rivojlantirilmoqda  Natijada umumiy semantika nazaryasi  shakllandi.  Realizmning
3 xarakter   xususiyati   shuki,   narsalarning   yo’qlik   bilan   hamda   boshqa   borlig’
shakllari bilan taqqoslangan borlig’idir. 
Realistlar ko’pincha muayyan buyumda  biron-bir muhim narsaning borlig’i
sifatida talqin etilgan, voqelik esa  muayyan buyumda butun mavjud va nomavjud
narsaning   mavjudligi   deb   tushunilgan.   Ular   tushuncha   va   hodisalar   so’zlarda   o’z
aksini topadi deb hisoblaganlar. 
Realizmning     yirik   vakillaridan   biri   Anselim   Krterberiyskidir.   uU   episkop
bo’lib   ishlagan.   U   idealistik   yo’nalishni   targ’ib   qilish   bilan   biga   tishunoslik
muammolari   bilanham   shug’ulangan.   Uningcha,   obyektiv   borliqni   aks   ettiruvchi
umumiy   tushuncha   va   ularga   mos   so’zlar   bor.   tushunchalarga   mos   narsa   va
hodisalar   ularning   ko’r-ko’rona   nusxasidir.   Masalan,   “daraxt”   “harakat”
tushunchhalari mavjud. Anserlimning bu qarashlari uning bizgacha etib kelgan ikki
asarida o’z aksini topgan. Uning “Monologiya” asarida   xudoning borlg’ini sabab
oqibat   munosabatlari   tizimida   isbot   qiladi.   Bu   isbot   kosmologik   isbotning   shakli
sifatida   shunday   talqin   qilinadi:   inson   hayotida     ko’p   nematlardan   biri   til
ne’matidir.   Bu   ne’matlar   esa   eng   oliy   ilohiy   ne’matlarning   aksidir.   Ular   orqali
hamma narsalar mavjuddir. uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli,
hamma   narsaning,   hatto   til   shakllarining,   bir   sababchisi   bo’lishi   kerak,   biz   uni
xudo deb ataymiz. 
Naminalizmning   ko’zga   ko’ringan   vakillaridan   biri     Rosselin   falsafiy
ta’limotida   barcha   tabiiy   va   ijtimoiy   hodisa   hamda   jarayonlarning   asoslashga
tubida  “Olamiy   ruh”,  “Mutlaq   g’oya”   “Olamiy  aql”   deb   atalmish   mavhum   iptido
borligini   asoslashga   harakat   qilgan.   Borliqda   a’lohida-a’lohida   narsalart   mavjud
bo’lib, ularning har biri oziga xos xususiyatga ega. Natijada ularning jaul-jamidan
umumiy   tushunchalar   shakllanadi.   Borliq   haqidagi   tafakkur   a’lohida   predmetlar
to’g’risidagi   tushunchalarni   shakllantiradi.   Ana   shu   tushunchalar   narsalarga
bog’liq bo’lgan yoki bo’lmaganholda so’zlarda o’z aksini topadi. 
Aristotel   ta’limotini   ko’p   tomonlarini   qabul   qilgan   o’rta   asr   psixolastlari
mo’tadil   nominalistlar   yoki   konseptualistlar   deb   atalganlar.   Ularning   yirik   vakili
Tber Abelyardir. 
4 Abelyarning   ta’kidlashicha   reallikka   faqat   a’lohida   narsalar   mavjud,   ular
umumiy   tushunchalarning   asosini   tashkil   qiladi.   Abelyarnaminalistlardan   farq
qilib,   miyada   tajribadan   oldingi   umumiy   tushunchalar,   knyeptlar   voqelikni
bilishning a’lohida  shakli   sifatida mavjudligini   e’tirof   etadi. Voqelikning  bilishda
til shakllaridan foydalani, ijobiy va salbiyso’zlarni ishlatadi. Bu narsa kishilarning
axloqiga   ta’sir   qiladi.   Ana   shu   fikrlari   bilan   Abelyar   axloqiy   ta’sir   qilish
nazaryasiga asos solgandir. 
Abelyarning   qarashlari   uning   “Ha   va   Yo’q”,   “Mening   ko’rgankechirgan
munosabatlarim”   nomli   asarlarida   o’z   aksini   topgan.   Abelyarning   umumiy
tushuncha   tabiati   haqidagi   fikrlari   asosida   munozara   davom   etib,   shu   asosida
keyinchalik kanseptualizm deb atalgan ta’limot rivojlanadi. 
O’rta   asrlardayoq   (XVI-XVII)   lisoniy   hodisalarning   to’g’riligi   mantiqiy
mezonlar   asosida   aniqlana   boshladi.   Bu   esa   o’z-o’zidantilning   mantiqqa
bo’ysindirilishiga va barcha tillar uchun umumiy qonunlar mavjudligini tan olishga
majbur   qilardi.   Boshqacha   aytganda   ushbu   asarda   lotintilini   o’rganish   mantiqiy
tafakkur   qonun   va   qoidalarni   bilish   deb   ham   tushuniladi.   Til   hodisalari   mantiq
asosida   izohlanadi.   mantiq   grammatikadanustun   qo’yiladi.   Bu   davrda   barcha
tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bilish bitta grammatika bo’lishi kerak, degan
malumot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g’oyasi maydonga keldi.
Mantiqiy   grammatika   yaratish   ta’limotining   eng   muhim   g’oyaviy   asosi
bo’lib,   ma’rifat   arining   (XVII-XVIII)   etakchi   falsafiy   yo’nalishi
bo’lganratsionalizm   tilshunoslikka   ham   jiddiy   ta’sir   korsatdi.   Shunga   ko’ra   har
qanday tillarning grammatik kategoriyalarini mantiqiy kategoriyalarining namyon
bo’lishi,   yuzaga   chiqishi   sifatida   tushunish   kuchaydi.   Natijada,   ratsional
ta’limotning     talablari   asosida   umumiy   (ratsional   falsafiy   yoki   mantiqiy)
grammatika yaratish goyasi amalga oshirila boshladi. 
1660-yilda   Parij   atrofidagi   Por-   Royal   atrofidagi   monastirining   rohib
olimlari  mantiqshunos Anton Arno va tilshunos  Klod Lenslalar  ilk bor  “Umumiy
ratsional grammatika” asarini fransiz tilida  yaratib, Parijda nashr qildilar.
5   Por – Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotinva fransuz
tillari   materiallari   asosida   yaratiladi.   Ammo   u   qiyosiy   yoki   chog’ishtirma
grammatika   emas,   balki   mantiqiy – tipologik   grammatika   hisoblanadi.   Ushbu
grammatika   o`z   oldiga   “barcha tillarga   xos   umumiy   prinsiplarini   va   ularda
uchraydigan  farqlarning  sabablarini   aniqlash  vazifasini  qo`yadi.
  Por   -   Royal     grammatikasida     birinchi     bor     grammatika     bilan     mantiq
o`rtasidagi     aloqa,     bog`lanish     nazariy     jihatdan     asoslab     berildi.     Agar     til
tafakkurni     ifoda     etsa,     demak,     til     kategoriyalari     tafakkur     kategoriyalarining
namoyon     bo`lishidir.     Shunga     ko`ra     o`rganuvchi     grammatika     mantiqqa
asoslanishi     lozim.     Grammatika     ratsional,     mantiqli     bo`lishi     kerak.     Mantiq
barcha   uchun   yagona,   bitta   ekan,     binobarin,   grammatika   ham     umumiy   va
universal     bo`lishi     lozim.     Yagona     grammatika     alohida     tilning     grammatikasi
bo`lishi    mumkin   emas,    u   faqat   umumiy   bo`lishi    mumkin,   degan   g`oyalar,
ko`rsatmalar  ilgari  surildi.
      Por–Royal     grammatikasi     ikki     qismdan   –   fonetika     va     grammatikadan
iborat     bo`lib,     olti     bobdan     tashkil     topgan     birinchi     qismda     tovush     va   harf,
urg`u  va  bo`g`inga  ajratish  kabilar  haqida  ma`lumotlar   beriladi.  Grammatika
qismi yigirma  to`rt  bobdan iborat bo`lib,  ikkinchi  qismining   yigirma  uchinchi
bobida   esa   morfologiya   masalalari - ot, sifat,   olmosh,   fe`l,   sifatdosh,   ravish,
bog`lovchi,     undov   –   ularga     xos     xususiyatlar,     kategoriyalar;     faqat     oxirigi
yigirma   to`rtinchi    bobida   esa    sintaksis    masalalari  – so`z     birikmasi    va   gap
kabilar  haqida  fikr  yuritiladi.
  Mantiqiy  grammatika   yoxud   grammatikadagi   mantiqiy   yo`nalish   so`zsiz
fikr   (ma`no),     fikrsiz(ma`nosiz)     so`z       yo`qligi     tushunchasidan     kelib   chiqib,
grammatik  va  mantiqiy  kategoriyalarni  - so`z  bilan  tushunchani – ularni  aynan
bir  narsa  deb  biladi.
        Albatta,     mantiqiy     kategoriyalar     bilan     grammatik       kategoriyalarning
o`zaro   muvofiq  kelishi, teng  bo`lishi  mavjud  hodisa.  U  shubha  uyg`otmaydi.
Ammo     bu     mantiqning     barcha     kategoriyalari   tilda     to`g`ridan   –   to`g`   ri     o`z
aksini     topishi     shart     degani     emas     (masalan,   tushunchaning     so`z       ma`nosiga,
6 hukm  va  xulosaning  esa  turli  tipdagi  gaplarga  mos  bo`lishi,  muvofiq  bo`lishi
kabilar). Fransuz  tilshunosi  Sh.Balli  to`g`ri  aytganidek,  “til  orqali  ifodalangan
har   bir  fikr  mantiqiy,   psixologik  va lisoniy  jihatdan  aniqlanadi”,   baholanadi.
Ushbu  fanlarning  har  biri  gapni  o`z nuqtai nazaridan o`rganadi.  Bu – aksioma.
Aristotel     to`g`ri   qayd     etganidek,   “har     bir     nutq     (   gap-   R.R.)     fikr     ifodalaydi,
ammo  hamma hutq  ham  hukmni  tashimaydi”.
      Til     va     tafakkur     o`zaro     bog`liq,  ammo     ularning    har     biri     o`ziga     xos
xususiyatlarga,   jihatlarga  ega.
    Har     bir     tilda     mantiqiy     tushunchalarni     aks     ettirmaydigan,
ifodalamaydigan,   ammo     his   –hayajon,   xohish   –   istak-mayl     ifodalovchi     so`zlar
bo`ladiki,  bunday  so`zlar  mantiq  tomondan  “tan  olinmaydi”.
      Har   qanday     tilda     bir     tarkibli     gaplar,     gapning     ikkinchi     darajali
bo`laklari,     so`roq     va   undov     gaplar     mavjudki,   bunday     gaplar     mantiqiy
tushunchalarga  zid  keladi.
    Mantiqiy  grammatika  grammatik   kategoriyalarni  mantiqiy  kategoriyalar
bilan     teng     holda     olib,     ularni     aynan     bir     narsa     sifatida     qaraydi     va   lisoniy
hodisalarni     mantiq    va  mantiqiy   kategoriya   terminlari    orqali     tasvirlashni     o`z
vazifasi  deb  biladi.
Ana     shu     tamoil     asosida     tuzilgan    grammatika     Fransiyaning     Por   –Royal
monastirida  1660-yili  Klod  Lanselo  va Arno  tomonidan  fransuz  tilida  yozildi.
Bu   grammatika “Aql   asoslariga   qurilgan   va aniq hamda   tabiiy   usulda   bayon
qilingan  gapirish  san’atini  asoslab  beruvchi  umumiy  grammatika”  deb  ataladi.
Universal  xarakterdagi  bu grammatikaning  falsafiy  asosi  ratsionalizmdir.
Ratsionalizm   aql   idrokka   ishonishga,   oqilonalikni   isbotlash   va   uni   inson
faoliyatining   turli   sohalariga   asos   qilib   olish   mumkinligiga   tayanadi.   Aqlga
aloqador bo`lgan qonunlarni ratsionalistlar tilga nisbatan ham qo`lladilar. Shuning
uchun   Por–Royalda   yaratilgan   grammatika   mualliflari   o`z   oldilariga   “nutq
san`atining   tabiiy   asoslarini   barcha   tillar   uchun   mushtarak   bo`lgan   tamoillar   va
ularda uchraydigan ayrimlarning sabablari” ni aniqlashni maqsad qilib qo`ygan.
7 Ratsional  va  universal   grammatika  tamoilida tuzilgan  grammatikalar   falsafiy
grammatika   deb   ham   atalgan.   Falsafiy   grammatika   ilmiy   jihatdan   yanglish
tamoilga asoslanib tuzilgan bo`lib, ularda quyidagi kamchiliklar mavjud:
    1.Bu grammatika ayni bir mazmunning turli tillarda turlicha vositalar bilan
ifodalanishini   hisobga   olmadi.   Ifoda   vositalarining   qonun   –qoidalari   har   xil
bo`lishi mumkin.
    2.  Bir   tilning  o`zida  ham  turli   tarixiy  davrlarda  har  xil  xususiyatlari   paydo
bo`lishi hisobga olinmadi. Bir tilning turli davrdagi grammatikasi bir- biridan farq
qilishi turgan gap.
Falsafiy   grammatika   esa   tilga   o`zgarmaydigan   bir   xilda   turuvchi   hodisa
sifatida qarab, uning grammatika si har doim ham mantiq qoidalariga bir xilda mos
keladi deb hisoblaydilar. Bu bilan tildagi tarixiylikni inobatga olmaydilar.
Por–Royal   grammatikasining   keyingi   davrlarda   yaratilgan   grammatikalarga
ta`siri kuchli bo`ldi.
  1801-yilda   Gotfrid   Yakov   German   tomonidan   yaratilgan   umumiy   mantiqiy
grammatika Kantning falsafiy kategoriyalariga amal qilib yozilgan.
    1660-yildagi   K.Lanslo   va   A.Arno   nazariy   qarashlarining   asosini   Dekart
(kartezian) falsafasi tashkil etadi. Bu nazariyaga muvofiq, grammatika bilan logika
uzviy   bog`liq;   agar   til   tafakkurni   ifodalasa,   til   kategoriyalari   tafakkur
kategoriyalarining   ifodachisidir.   Shuning   uchun   grammatika   logikaga   asoslanishi
kerak,   u   ratsional,   logic   xarakterda   bo`lishi   lozim;   butun   insoniyat   uchun   logika,
mantiq   qonunlari   bir   xil   bo`lganidek,   grammatika   ham   barcha   yillar   uchun
umumiy, ratsional bo`lishi kerak.
Por   –Royal   grammatikasi   o`z   davrida   katta   shuhratga   ega   bo`ldi,   ko`pgina
olimlar   bu   grammatika   tamoillarini   davom   ettirdilar.   Masalan,   1836-yilda
Germaniyada   K.F.Bekker   “Nemis   tilining   makon   grammatikasi”   nomli   asar
yaratdi.   Bu   asarda   muallif   Gegel   tomonidan   asoslangan   logika   kategoriyalariga
tayangan edi.
Uyg`onish davrida sun`iy xalqaro tillar loyihasini tuzishning boshlanishi ham
ratsionalizm   falsafasi   bilan   bog`liq.   Birinchi   bo`lib   ratsional   xalqaro   sun`iy   tilni
8 fransuz   filosofi   R.Dekart   (XVII   asr)   yoqlab   chiqdi.   Ratsionalizm   tarafdorlaridan
biri bo`lgan Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) bu masalaga katta etibor berdi.
K е yingi   300   yil   ichida   600   ga   yaqin   sun`iy   xalqaro   til   loyihalari   ishlab
chiqildi.   K е yinchalik   bu   muammoning   falsafiy   tomoni   amaliy   tomoniga   nisbatan
birmuncha   zaiflashdi.   Darhaqiqat,   yer   yuzida   2000   dan   ortiq   tilning   mavjudligi
xalqlarning   o`zaro   bir   –birlarini   tushinishga,   munosabatda   bo`lishlariga   qisman
to`sqinlik qilardi. Yordamchi sun`iy tilni yaratish g`oyalari XIX- asrning oxirlariga
kelib   volyapyuk,   ido,   esperanto   ixtiro   qilinishi   bilan   ancha   keng   tarqalgan.
Esperanto   tili   1867-yilda   Varshavalik   vrach   Lyudovik   Zamengof   tomonidan
yaratilgan.
Esperanto so`zi lotincha bo`lib, “ishonmoq ”, “ishonuvchi”, (“ надеюшиеся ”)
degan   ma`noni   bildiradi,   hozir   dunyoda   7   millionga   yaqin   kishi   bu   tilni   biladi.
Esperanto tilida 100 ga yaqin jurnal nashr etiladi, 7 mingdan ortiq badiiy, siyosiy
adabiyotlar e`lon qilingan. Lekin bu tilning kelajagi  uncha porloq deb bo`lmaydi,
chunki u faqat kolleksionerlar, sportchilar, shifokorlar va qisman filologlar orasida
amaliy ahamiyatga ega bo`lgan “bositachi til” rolini bajaradi xolos.
Esperantocha   so`zlarning   o`zaklaridan   60   foizi   roman   tillari   (asosan   lotin
tili)dan,   30   foizi   german   tillaridan,   10   foizi   esa   slavian   tillaridan   olingan.
Zamongof 900 ga yaqin o`zaklar bilan ish ko`rgan bo`lsa, hozirgi esperanto  tiliga
doir lug`atlarda 25 mingga yaqin o`zak bor 1
.
    Por   –Royal   grammatikasi   jahon   jbvjbj-filologik  merosining   eng  ahamiyatli
va   mashhur   matnlaridan   biridir.   U   hajmi   katta   bo`lmagan   kitob   bo`lib,   birinchi
nashri   1660-yilda   parijda   chiqqan,   u   Yevropa   lingvistik   tafakkurining
rivojlanishida  burilish  punkti  bo`lib xizmat  qildi. Grammatika  mualiflari  – buyuk
logik va faylasuflarchi A.Arno va ajoyib grammatikachi K. Lanslo deyarli aforistik
shaklda grammatikaga yondashishning yangi asoslarini bayon etdi. Bu yondashuv
tilni “ ong ” nuqtai nazridan tahlil qilishda asoslangan.
Tilning   oqilona   jabhasi   Por   –royal   mualliflarining     fikrlariga     ko`ra
tuzilishidagi umumiyligini aks ettiradi.Por –Royal grammatikasi “Grammatik fan”
1
 Н.Ф. Дановский. Эволюция  эсперанто. Проблемы интерлингвистики (типология и Эволюция международних искусственных языков), 
М., Изд-во “Наука” , 1976, стр. 92-113.
9 anlizlariga asoslandi va uning  namunalariga ko`ra  Yevropada XVII -asr  XIX –asr
boshlarida   ko`plab   Yevropa   va   boshqa   tillar   tasniflandi.   Bu   namuna   maktab
darsligiga   keng   targ`ib   qilindi.   Falsafiy   va   logika   –lingvistik   mehnat   kabi
“Grammatika   ”   bugungi   kunda   ham   o`z   ahamiyatini   yo`qotmadi.   Barcha
yo`nalishdagi   tilshunoslar,   fan   va   madaniyat   faylasuflari,   mantiqchilari   va
tarixchilari uchun, o`qituvchi –filologlar uchun u katta qiziqish uyg`otdi.
  “Por-   Royal   grammatikasi”   ni   yaralishining   tarixiy   shart-sharoitlari   Tomas
Erfurtskiydan   kiyin   taxminan   ikki   yuz   yil   davomida   tilga   bo`lgan   nazriy
yondashuv   uncha   rivojlanmadi.   Aynan   o`sha   davrda   tillarga   bo`lgan   yangi
qarashlar yana tiklandi. Tillarning ko`pligi va ularning solishtirish imkoni haqidagi
g`oyalar   paydo   bo`ldi.Binobarin,   tillarning   ko`pligi   haqida   har   doim   bilishgan,
tillarni solishtirib   ko`rishga bo`lgan urinishlar ham bo`lgan. Biroq yuqorida aytib
o`tilganidek, lingvistik ananalardan har birimadaniy ananaga to`g`ri keluvchi tilni
kuzatishda   asoslangan.   Qadimgi   Rim   va   yaponiyada     bo`lgani   kabi   bir   tildan
boshqa   tilga   qayta   yo`naltirilash   mumkin   edi,   ayniqsa   anananing   dastlabki
rivojlanish   bosqichida   o`z   madaniyati   tiliga   boshqa   til   toifasini   ko`cherish.   O`rta
asrlarda   Yevropada   ananalarning   yunon   va   lotin   variantlari   bir-   biriga     umuman
to`g`ri   kelamagan.G`arbiy   Yevropada   hatto   XIII-XIV   asrlarda   o`rganishning
yagona qo`l keladigan obyekti lotin yili edi. Ba`zi davlatlarda vaziyat XV- asrdan,
boshqalarida XVI-asrdan o`zgara boshladi. Bu davrda bir qator davlatlarda feodal
tarqoqlik   davri   tugadi,   markazlashgan   davlatlar   paydo   bo`la   boshladi.     Ko`p
tillarda yozuv keng rivojlandi, ham ishbilarmon, ham badiiy matnlar, shuningdek,
Dante,   F.   Petrarka,   Dj.   Choser   kabi   buyuk   mualliflarning   asarlari   paydo   bo`la
boshladi. Lotin tili madaniyatning yagona tili emas degan tassavurlar ko`p tarqaldi.
Keyingi   o`rta   asrlarda   Yevropada  milliy  va   tilli   vaziyat   ikki   xususiyatga   ega   edi.
Birinchidan   g`arbiy   Yevropa   yagona   davlatni   tashkil   etmagan,   balki   turli   tillarda
so`zlashuvchi ko`plab davlatlarni anglatgan.
            Bunda bu davlatlar ichida podsholikka davogarlari topilmagan. Hech bir
til   lotin   tili   kabi   universal   qabul   qilinmagan.   Fransuz   tili   nemis   uchun,   hemis   tili
fransuz uchun o`z davlatining yoki   eng yuqori madaniyat tili emas, balki chet tili
10 hisoblangan.   Hatto   Angliyada   XI-XV-asrlarda   fransuz   tili     zodagonlar   tili   bo`lsa,
keyinchalik ingiliz tili g`alaba qozondi. Ikkinchidan, G`arbiy Yevropaning  barcha
asosiy  tillari  ikki   guruhga  – roman va  german oilasiga   bo`lib, bir  –biriga  genetik
yaqin   bo`lgan,   nutq   bo`laklari   va   grammatik     toifalarning   yaqin   tizimlariga   ega
bo`lib   tipologik   yaqin   bo`lgan.   Tillarning   prinsipial     yaqinlagi   haqidagi   fikr   ana
shu yerdan kelib chiqqan. 
Lotin tili haqidagi g`oya o`rniga ma`no jihatdan teng va bir –biriga o`xshash
tillar   haqidagi   g`oya   yuzaga   keladi:   fransuz,   ispan,   italian,   nemis,   ingliz   va
boshqalar.Bu   ikkita   asosiy   omillardan   tashqari   yana   ikkita   qo`shimchasi
mavjud.O`rta asrlarda lotin tilidan tashqari yana ikkita buyuk tillarning mavjudligi
haqida   og`izaki   bilishgan:   qadimgi   yunon   va   qadimgi   yahudiy   tillari.   Endi
gumanizm   davrida   esa   bu   ikki   til   faol   o`rganila   boshlandi,   xususiyatlari   esa
hisobga olina boshlandi. Boshqa omil bo`lib buyuk geografik kashfiyotlar va Sharq
davlatlari   bilan   savdo   aloqalarining   kuchaytirilishi   hisoblangan.   Yevropaliklar
boshqa   xalqlar   tillari   bilan   to`qnash   kelgan.   Bu   tilda   so`zlashuvchilar   bilan
muloqot   qilish   kerak   edi   va   ularni   xristianlarga   aylantirish   masalasi   turdi.   XVI-
asrda “ekzotik” tillarning birinchi missioner grammatikalari  paydo bo`ldi. Biroq u
davrda   Yevropa     ilmiy   tafakkuri   bunday   tillarning   tuzulishining   xususiyatlarini
tog`ri tushunishga tayyor emas edi. Missioner grammatiklar XX-asrgacha bu tilarni
yevropacha   toifaga   taniflashgan,   nazariy   grammatiklar   esa,   Ror   –Royal
grammatikalari   bu   tillar   materiallarini   diyarli   hisobga   olishmagan.   Ispan,   Italian
tillari   grammariklari     XV-asrdan,   fransuz,   ingliz,   nemis   tili   grammatiklari   esa-
XVI- asrdan paydo bo`lishgan. Bu grammatiklar o`quv yo`nalashga ega edi.
Bu tillarning normalarini shakllantirish   va biriktirish vazifasi turgan, ayniqsa
XV-asrda kitob nashr  qilish kashf  etilgandan keyin. Grammatiklarda bir vaqtning
o`zida til qoidalari shakllangan va bu qoidalarni yod olishga imkon beruvchi o`quv
materiallari   mavjud   bo`lgan.   Avval   Yevropa   ananasining   qoloq   qismini   tashkil
etgan   leksikografiya   keng   rivojlandi.   Agar   aval   glosslar   mavjud   bo`lgan   bo`lsa,
endilikda   yangi   tillarning   normallarini   yaratish   vazifasi   tufayli   yetarlicha   to`la
normativ   lug`atlar   yaratilmoqda.   Fransuz   tili   uchun   bunday   lug`at   tayyorlash
11 maqsadida   1634-yilda   bugungi   kungacha   mavjud   bo`lgan     Fransuz   akadimiyasi
tuzilgan;   u   mamlakatda   tilni   normallashtirish   markazi   bo`lgan.   Taxminan   XVII-
asrning oxirigacha tillarni tekshirish roman davlatlarida yanada faolroq rivojlandi.
XVI-asrda ba`zi tannafusdan keyin til nazariyasi rivojlana boshlandi. Buyuk frnsuz
olimi   Pier   de   la   Dame   (Ramus)   (1515-1672)   modistlar   boshlagan   sintaksis
terminologiyasining   yaratilishini   yakunladi   Gapning   bo`laklari   tizimi   aynan   unga
tegishlidir. Lotin tilidagi nazariy grammatikani F.Sanches (1550-1610) Ispaniyada
XVI-asrda yaratgan.
Por-Royal   grammatikasida   o`z   aksini   topgan   ko`plab   g`oyalar   unga   tegishli.
XVII-asrda   tilning   universal   xususiyatlarini   toppish   faol   olib   borilgan,   hamma
uchun   umumiy   bo`lgan,   “butun   jahon   tili”   ni   yaratish   haqidagi   g`oyalar
jonlantirildi.   Universal   grammatikalarni   rivojlantirishga   davrning   intellektual
iqlimi,   ayniqsa   Rene   Dekartning     (1596-1650)   falsafasining     mashhurligi   ta`sir
ko`rsatdi.   XVI-asrning   tilshunosligi   asosan   nazariya   sohasida   ikki   yo`ldan   bordi:
deduktiv   (sun`iy   tillarning   tuzilishi)   va   induktiv   (real   mavjud   tillarning   umumiy
xususiyatlarini   ko`rsatadi).   Induktiv   yondashishning   eng   mashhur   va   ma`lum
namunasi “Por-Royal grammatikasi” bo`ldi, u ilk bor 1660-yilda uning mualliflari
Antuan   Arno   (1612-1694)   va   Klod   Lanslo   (1615-1695)   nomlarini   ko`rsatmasdan
chop etilgan.
XIX   asrning   o ’ rtalarida   Evropa   tilshunosligida   naturalizm   oqimipaydo   bo ’ ldi .
Ushbu   oqimning   mashhur   vakili   nemis   olimi   Avgust   Shlayxer   edi .   Avgust
Shlayxer   tilshunoslikdan   tashqari   botanika   va   falsafa   kabi   fanlarni   ham   organadi .  U
dastlab   Boon ,  so ’ ngra   Praga ,  Len   universitetlarining   dotsenti   va professori   sifatida
ma ’ ruzalar   o ’ qidi .   1958- yilda   Rossiya   fanlar   akademiyasining   muxbir   a ’ zosi
bo ’ ldi . 
A.Shlayxer   hind-Evropa   tilarining   umumiy   masalalari   bilan   shug’ullandi;
Litva   tilini   o’rganib   jonli   nutq   bo’yicha   tadqiqotylar   olib   bordi,   xalq   og’zaki
ijodiga   oid   materiallar   to’pladi.   U   qiyosiy-tarixiy,   tipologik   yo’nalishda   german
slavyan boltiq tillari bilan hamshug’ullandi. A.Shlayxer tillarni qiyosiy o’rganishda
12 tovushlarning   qonuniy   o’zgarishlarga   e’tibor   berishni   talab   qiladi.   U   fonetika
fonologiya deb ataladi va so’zda tovush, shakl hamda fuksiya farqlanadi. 
  Olim   ayni   vaqtda   umumnazariy   fikrlarni   ham   ilgari   suradiki,   bu   fikrlar
tilshunoslar   tomonidan   e’tibor   bilanqabul   qilinadi.   Ushbu   fikrlar   tovush   qonuni,
analogiya,   tilning   sistem   xarakterga   egaligi,   so’zning   shakli   va   vazifasi   haqida
g’oyalar   bilan   bog’lanadi.   A.Shlayxerning   mazkur   qarashlari   “Nemis   tili”   (1860)
asarida   bayon   qilindi.   A.Shlayxer   hind   evropa   tillarining   bitta   bobotildan   kelib
chiqqanligi g’oyasini ilgari surdi. U hind – Evropa tillarining taraqqiyotini “shajara
daraxti”   jadvali   orqali   tushuntirdi.,   yoki   uning   fikricha   qachonlardir   hind-Evropa
bobotili   mavjud   bo’lgan,   uning   tarqalib   ketishidan   hind   –   Evropa   tillari   kelib
chiqgandir. 
O’rta   asrlarda   fanning   rivojlanishi   jahonning   hamma   burchaklarida   bir   xil
bo’lmadi. G’arbiy Evropadagi tarixiy sharoit, katolik charkovining reaksion tazyiqi
ilm-fanning rivojlanishida to’sqinlik qilib turgan bir zamonda Arab mamlakatlarida
va o’rta osiyoda fanning turli shaklari keng ravnaq topdi. Shuning uchun o’rta va
yani     asrlardagi     tilshunoslikni   yaxlit   bir   protses   kabi   tekshirib   va   baholab
bo’lmaydi.   Uni   turli   teritoriyalaridagi   o’ziga   xos   ilmiy   protses   sifatida   a’lohida-
a’lohida   analiz   qilish   lozim.   O’rta   va   asrlardagi   tilshunoslikni   tubandagi   uch
qismga ajratish o’rinlidir. 
1. Evropa tilshunosligi 
2. Arab tilshunosligi 
3. O’rta Osiyoda tilshunoslik 
O’rta   asr   evropasining   feodal   zodagonlari   uchun   xizmat   qiladigan   lotin
tiligina, u paytlardagi birdan-bir o’rganilgan tildir. 
13 XULOSA
Mavzu   bo’yicha   xulosa   qiladigan   bo’lsak,   O’rta   asr   Evropa   tilshunosligini
o’rganish   V   asr   va   XV   asrlarni   o’z   ichiga   oladi.   Bu   davrda   fanning   rivojlanishi
jahonning hamma burchaklarida bir xil bo’lmagan. Arab mamalakatlarida va O’rta
Osiyoda   fanning   turli   sohalari   keng   rivojlangan   bir   paytda,   Evropa
tilshunosligining rivojlanishi ancha susaygan edi. Til nazaryasiga oid fikrlar ortaga
tashlanmagan. Chunki, G’arbiy Evropada katolog cherkovi to’sqinlik qilib turardi.
Shunga   qaramasdan   yangi   asr   tilshunosligining   rivojlanishiga   O’rta   asr   Evropa
tilshunosligi   sababchi   bo’lgan     O’rta   as   tilshunosligining   lingvistik   qarashlari
hozirgi davr tilshunoslari uchun badiiy ahamiyat kasb etmoqda.  
  FOYDALANILGAN     ADABIYOTLAR 
14 RO’YXATI
1. Ў ринбоев   Б . « Умумий   тилшунослик » ( ўқув   қўлланма ). –  Самарқанд ,
2008, 29-34-  бетлар .
2. Xolmonova Z.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent:, “Universitet”, 2007, 
15-20-betlar 
3. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 
2009. 7-9-betlar.
4. Нурмонов   А .  Ўзбек   тилшунослиги   тарихи , –  Тошкент , 
« Ўзбекистон »,  2004, 9-19- бетлар . 
5. Усмонов   С .  Умумий   тилшунослик ,   Тошкент , « Ўқитувчи », 1972, 18-
22-  бетлар .
6. Ражабов Н. Тил ва жамият. Тошкент, «Фан», 1984.
7.  O ’ rinboyev   B .  Tilshunoslik   tarixi . –  Samarqand , 1995
15

Reja: I Kirish II Asosiy qism a) O’rta asr Evropasida lotin tili o’rganiladiganyagona til ekanligi b) Realizm va nominalizm, knseptualizm vakillarining tilshunoslikga oid qarashlari. c) O’rta asrning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlarning lingvistik qarashlari III Xulosa 2

Lotin tilining hukmronlik mavqei o’rta asr tilshunoslik nazaryasining rivojida juda kuchli ta’sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham ta’lim tizimida aosiy rol o’ynaydi. O’rta asr tilshnoslik nazaryasi tarixida birinchi bo’lib grammatika va mantiqqa tegishli asosiy kategoriyalar tarkibi belgilandi va ular istemol doirasiga kiritilgan. Ismlarni ot va sifatlarga bo’lib, tahlillash etakchi o’rin egalladi sufiks atamasi kashf etildi. Lotin tili XV-XVI asrlargacha barcha katolik mamlakatlarda cherkov, fan huquqiy hujjatlar, tibbiyot tili, huquqshunoslar, chinovniklar, ruhoniylarning jonli tili vazifasini ham bajardi. XVIII asrgacha diplomatiya tili sifatida qo’llanilib keldi. O’rta asrlarning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlar deb nom olgan vakillar o’rtasida falsafiy-lingvistik bahs boshlanadi. Ularning bahsi so’zlarning tushguncha va hodisalar munosabatiga bag’ishlangan. Naminalizm o’rta asr falsafasidagi bir yo’nalish bo’lib, u umumiy tilshunosliklarni faqat ayrim predmetlarining nomlari deb hisoblardilar. o’rta asr realizmiga qarama-qarshi o’laroq naminalistlar faqat o’zlarining individual sifatlari bilan ayrim narsalargina real suratda mavjuddir deb, davo qilar edilar. Bizning tafakkurimiz bu narsalart haqida yaratadigan umumiy tushunchalar va so’zlar narsalarga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bolishi u yoqda tursin balki, hatto ularning xossalari va sifatlarini loaqal aks ham ettirmaydi. Naminalistlar narsaning birlamchiligini va tushuncha so’zning ikkilamchiligini e’tirof etishda materialistik tendensiyalar bilan bog’liq edi. Biroq umumiy tushunchalar obeyektiv sur’atda mavjud bo’lgan narsalaning real sifatlarini aks ettirishi va ayrim narsalarni umumiy narsalardan ajratib bo’lmasligini, balki uning o’z ichiga olishini naminalistlar tushunmas edilar. Rosselin, Dins, Skof, Okkam Xi-XIV asrlarda eng taniqli naminalistlar edilar. Naminalistlarning ideyalari yangi zamonda idealist asosda Berkli va Ym ta’limotlarida rivojlantirildi. hozirgi davrda esa ular semantik falsafada rivojlantirilmoqda Natijada umumiy semantika nazaryasi shakllandi. Realizmning 3

xarakter xususiyati shuki, narsalarning yo’qlik bilan hamda boshqa borlig’ shakllari bilan taqqoslangan borlig’idir. Realistlar ko’pincha muayyan buyumda biron-bir muhim narsaning borlig’i sifatida talqin etilgan, voqelik esa muayyan buyumda butun mavjud va nomavjud narsaning mavjudligi deb tushunilgan. Ular tushuncha va hodisalar so’zlarda o’z aksini topadi deb hisoblaganlar. Realizmning yirik vakillaridan biri Anselim Krterberiyskidir. uU episkop bo’lib ishlagan. U idealistik yo’nalishni targ’ib qilish bilan biga tishunoslik muammolari bilanham shug’ulangan. Uningcha, obyektiv borliqni aks ettiruvchi umumiy tushuncha va ularga mos so’zlar bor. tushunchalarga mos narsa va hodisalar ularning ko’r-ko’rona nusxasidir. Masalan, “daraxt” “harakat” tushunchhalari mavjud. Anserlimning bu qarashlari uning bizgacha etib kelgan ikki asarida o’z aksini topgan. Uning “Monologiya” asarida xudoning borlg’ini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qiladi. Bu isbot kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotida ko’p nematlardan biri til ne’matidir. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli, hamma narsaning, hatto til shakllarining, bir sababchisi bo’lishi kerak, biz uni xudo deb ataymiz. Naminalizmning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Rosselin falsafiy ta’limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning asoslashga tubida “Olamiy ruh”, “Mutlaq g’oya” “Olamiy aql” deb atalmish mavhum iptido borligini asoslashga harakat qilgan. Borliqda a’lohida-a’lohida narsalart mavjud bo’lib, ularning har biri oziga xos xususiyatga ega. Natijada ularning jaul-jamidan umumiy tushunchalar shakllanadi. Borliq haqidagi tafakkur a’lohida predmetlar to’g’risidagi tushunchalarni shakllantiradi. Ana shu tushunchalar narsalarga bog’liq bo’lgan yoki bo’lmaganholda so’zlarda o’z aksini topadi. Aristotel ta’limotini ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr psixolastlari mo’tadil nominalistlar yoki konseptualistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakili Tber Abelyardir. 4

Abelyarning ta’kidlashicha reallikka faqat a’lohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarning asosini tashkil qiladi. Abelyarnaminalistlardan farq qilib, miyada tajribadan oldingi umumiy tushunchalar, knyeptlar voqelikni bilishning a’lohida shakli sifatida mavjudligini e’tirof etadi. Voqelikning bilishda til shakllaridan foydalani, ijobiy va salbiyso’zlarni ishlatadi. Bu narsa kishilarning axloqiga ta’sir qiladi. Ana shu fikrlari bilan Abelyar axloqiy ta’sir qilish nazaryasiga asos solgandir. Abelyarning qarashlari uning “Ha va Yo’q”, “Mening ko’rgankechirgan munosabatlarim” nomli asarlarida o’z aksini topgan. Abelyarning umumiy tushuncha tabiati haqidagi fikrlari asosida munozara davom etib, shu asosida keyinchalik kanseptualizm deb atalgan ta’limot rivojlanadi. O’rta asrlardayoq (XVI-XVII) lisoniy hodisalarning to’g’riligi mantiqiy mezonlar asosida aniqlana boshladi. Bu esa o’z-o’zidantilning mantiqqa bo’ysindirilishiga va barcha tillar uchun umumiy qonunlar mavjudligini tan olishga majbur qilardi. Boshqacha aytganda ushbu asarda lotintilini o’rganish mantiqiy tafakkur qonun va qoidalarni bilish deb ham tushuniladi. Til hodisalari mantiq asosida izohlanadi. mantiq grammatikadanustun qo’yiladi. Bu davrda barcha tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bilish bitta grammatika bo’lishi kerak, degan malumot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g’oyasi maydonga keldi. Mantiqiy grammatika yaratish ta’limotining eng muhim g’oyaviy asosi bo’lib, ma’rifat arining (XVII-XVIII) etakchi falsafiy yo’nalishi bo’lganratsionalizm tilshunoslikka ham jiddiy ta’sir korsatdi. Shunga ko’ra har qanday tillarning grammatik kategoriyalarini mantiqiy kategoriyalarining namyon bo’lishi, yuzaga chiqishi sifatida tushunish kuchaydi. Natijada, ratsional ta’limotning talablari asosida umumiy (ratsional falsafiy yoki mantiqiy) grammatika yaratish goyasi amalga oshirila boshladi. 1660-yilda Parij atrofidagi Por- Royal atrofidagi monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lenslalar ilk bor “Umumiy ratsional grammatika” asarini fransiz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar. 5

Por – Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotinva fransuz tillari materiallari asosida yaratiladi. Ammo u qiyosiy yoki chog’ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy – tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o`z oldiga “barcha tillarga xos umumiy prinsiplarini va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini aniqlash vazifasini qo`yadi. Por - Royal grammatikasida birinchi bor grammatika bilan mantiq o`rtasidagi aloqa, bog`lanish nazariy jihatdan asoslab berildi. Agar til tafakkurni ifoda etsa, demak, til kategoriyalari tafakkur kategoriyalarining namoyon bo`lishidir. Shunga ko`ra o`rganuvchi grammatika mantiqqa asoslanishi lozim. Grammatika ratsional, mantiqli bo`lishi kerak. Mantiq barcha uchun yagona, bitta ekan, binobarin, grammatika ham umumiy va universal bo`lishi lozim. Yagona grammatika alohida tilning grammatikasi bo`lishi mumkin emas, u faqat umumiy bo`lishi mumkin, degan g`oyalar, ko`rsatmalar ilgari surildi. Por–Royal grammatikasi ikki qismdan – fonetika va grammatikadan iborat bo`lib, olti bobdan tashkil topgan birinchi qismda tovush va harf, urg`u va bo`g`inga ajratish kabilar haqida ma`lumotlar beriladi. Grammatika qismi yigirma to`rt bobdan iborat bo`lib, ikkinchi qismining yigirma uchinchi bobida esa morfologiya masalalari - ot, sifat, olmosh, fe`l, sifatdosh, ravish, bog`lovchi, undov – ularga xos xususiyatlar, kategoriyalar; faqat oxirigi yigirma to`rtinchi bobida esa sintaksis masalalari – so`z birikmasi va gap kabilar haqida fikr yuritiladi. Mantiqiy grammatika yoxud grammatikadagi mantiqiy yo`nalish so`zsiz fikr (ma`no), fikrsiz(ma`nosiz) so`z yo`qligi tushunchasidan kelib chiqib, grammatik va mantiqiy kategoriyalarni - so`z bilan tushunchani – ularni aynan bir narsa deb biladi. Albatta, mantiqiy kategoriyalar bilan grammatik kategoriyalarning o`zaro muvofiq kelishi, teng bo`lishi mavjud hodisa. U shubha uyg`otmaydi. Ammo bu mantiqning barcha kategoriyalari tilda to`g`ridan – to`g` ri o`z aksini topishi shart degani emas (masalan, tushunchaning so`z ma`nosiga, 6