logo

O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.05859375 KB
MAVZU:  O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI
VA PSIXOLOGIYASI .
1. “Muloqot”   atamasining   falsafiy,   ijtimoiy,   psixologik   va   pedagogik
mohiyati. 
2. Pedagogik muloqot, uning o’ziga xos xususiyatlari. 
3. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. 
4. Pedagogik muomala madaniyati.  1.   “Muloqot”   atamasining   falsafiy,   ijtimoiy,   psixologik   va   pedagogik
mohiyati.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr
almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zla sh uvidir. 
Muomala-axborot   jarayonidir.   Pedagog   bevosita   shaxslarga   muomalada   o’z
tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g’oyat
xilma-xil axborotga ega bo’ladi va hokazo. Pedagog ham o’z navbatida muomala
jarayonida o’z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma’lum qiladi.
Pedagog   muomala   vositasi   orqali   qanday   axborot   olishini   qarab   chiqar
ekanmiz, o’quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab
o’tish   kerak.   Muomala   shaxsni   g’oyat   xilma-xil   sharoit   va   ko’rinishlarda
o’rgatishga   imkon   beradi.   Pedagog   o’quvchilar   bilan   muomala   qilar   ekan,   juda
mayda   qismlarni   ham   anglab   olishga   qodir   bo’ladi.   Bular   sirtdan   qaraganda
unchalik   ahamiyatli   bo’lmasada,   shaxsda   sodir   bo’layotgan,   uni   tushunish   uchun
juda   muhim   bo’lgan   zarur   ichki   jarayonlar   ko’rinishlarining   alomatlari   bo’lishi
ham mumkin, bunda pedagog shaxsi  katta rol o’ynaydi. Ayni hil  hodisaning turli
kishilar tomonidan talqini uning shaxsning o’tmishdagi tajribasiga bog’liqligi bilan
izohlanadi,   bu   tajribaning   uch   jihati   bor:   umuman,   hayotiy   tajriba,   pedagogik
faoliyat   tajribasi   va   muayyan   jamoa   bilan,   o’quvchilar   bilan   muomalada   bo’lish
tajribasi.
Nihoyat,   pedagogning   o’quvchilar   bilan   kundalik   muomalasi   shunga   olib
keladiki, u o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sababni
turli   vaziyatlarda  payqab   oladi,   buning  uchun   namuna  sifatida   u   o’z   tez-tez  qayd
qilgan   dalillardan   va   o’quvchilarning   hulq-atvor   usullaridan   foydalanadi.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi  tarbiyani boshqarish vositasi  sifatida
qaralib,   birlashtiruvchi   o’rnini   to’ldiruvchi   vazifasini   ham   bajaradi.   Muomala
o’zaro munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala
faoliyatidan   oldin   sodir   bo’ladi.   Boshqarish   vositasi   bo’lgan   muomala
o’quvchilarning   faoliyatiga   hamkorlik   qiladi   nihoyat,   boshqarish   vositasi   bo’lgan
muomala faoliyatidan keyin boradi.  Muomala-axloq   ko’rki   sanaladi.   Har   bir   kishining   qanday   dunyoqarashga
egaligi,   bilimliligi   uning   muomalasidan   ma’lum   bo’ladi.   Muomala-insonlar
o’rtasida   o’zaro   aloqa   vositalaridir.   Muomalada   asosiy   vosita   til   hisoblanadi.
Shuning   uchun   ham   til-aloqa   quroli   deyiladi.   Insonning   tili   shirin,   muomalasi
madaniyatli   bo’lsa,   qisqa   vaqt   ichida   xalq   orasida   obro’-e’tibor   topadi.   So’zga
chechanlik. Hech qachon kishiga obro’ keltirmaydi. Shuning uchun ham o’tmishda
yashab   o’tgan   mutafakkirlarimiz   tilga,   so’zga   hurmat   bilan   yondashishlarini
o’qtirib   o’tganlar.   Ulug’   bobomiz   Alisher   Navoiy   muomala   madaniyati,
hushmuomalalik,   tilning   ahamiyati   to’g’risida,   shirinso’zlik   haqida   nurhikmat
fikrlar   bayon   qilganki,   bugungi   kunimiz   uchun   ham   o’z   ahamiyatini   yo’qotgan
emas. “Til shirinligi-ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa-foydali. Shirin so’z sof
ko’ngillar uchun asal kabi totlidir”.-deydi Alisher Navoiy. Pedagog bolalarga bilim
berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi
va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi.
Bolalar   nutqini   o’stirishda   pedagog   (so’zi)   muhim   ahamiyatga   ega:   bir
tomondan uning nutqi bolani o’qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili
bo’lib   hisoblanadi.   Bundan   shunday   hulosa   kelib   chiqadiki,   pedagogning   nutqi
obrazli,   chiroyli   jarangdor,   namunali   bo’lmog’i,   bola   diqqatini   o’ziga   tortmog’i
lozim.   Zotan   nutq   pedagogning   o’z   mutahassisligi   qay   darajada   loyiq   ekanligini
ifodalaydigan o’lchov, ko’rsatkich hisoblanadi. SHuning uchun nutq ustida ishlash,
nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir pedagogning eng asosiy ijtimoiy
burchi   va   mas’uliyati   hisoblanadi.   Ta’lim   tarbiya   ichida   nutqning   ta’sir   kuchi
nihoyatda kattadir. O’qituvchining nutqi o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga,
hulq-atvori   va   fikr   yuritishlariga   ham   ta’sir   etuvchi   kuchli   vositadir.
O’qituvchining nutqida uning hissi, intilishlari, iroda va e’tikodi aks etadi. U nutq
yordami   bilan   o’quvchilarda   hursandchilik,   ruhlanish,   muhabbat,   sadoqat,
g’azablanish,   nafratlanish   hislarini   tug’diradi.   Xalq   bilan   birga   turish,   birga
yashash muosharat deb ataladi.
2. Pedagogik muloqot, uning o’ziga xos xususiyatlari. Odamlarning   bir-birlari   bilan   bo’lgan   munosabatlarining   go’zalligi,
muloyimligiga “Muosharat  odobi” deyiladi.  Insonning  eng ulug’, lekin murakkab
va   mashaqqatli   faoliyatlaridan   biri   odamlar   orasida,   ya’ni   jamiyatda   o’z   o’rnini
topib yashashida. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko’pchilikka qo’shilish,
ular bilan (alohida) ahil bo’lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va
munosabat   bo’lishi   kerak.   Muomala   va   munosabat   ko’pchilikning   diliga   to’g’ri
kelmaydigan qo’pol  va dilozor  odamni  ko’pchilik yoqtirmaydi. Insonlar  hushfe’l,
shirinsuhan,   mard,   muomalasi   shirish   kishilarni   dildan   yoqtirishadi   va   hurmat-
e’tibor   qilishadi.   Insonlar   orasida   munosib   o’rin   topish,   inoq,   ittifoq   yashash
shartlaridan   biri   odamning   kamtarligidir.   Kamtarin   inson   hech   qachon   o’zining
yutug’i   bilan,  boy-badavlatligi   bilan,   ilm-hunari   bilan   maqtanmaydi,   hamma  vaqt
kamgap, sodda bo’ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo’lmog’i zarur.
So’z  inson   qalbini   ilitadi,  so’z   inson  qalbini  jarohatlaydi.  “Tig’   yarasi  ketar,
so’z   yarasi   ketmas”   degan   xalq   maqoli   bekorga   aytilgan   emas.   Chunki   so’zning
qudrati   benihoyat   katta.   Inson   o’z   so’ziga,   tiliga   nihoyatda   ehtiyotkor   bo’lmog’i
lozim. Ayrim yoshlarimizda so’zga, tilga e’tibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga
muomala  madaniyatini,   kattalar   oldida   mahmadonalik  qilmaslikni,   kattalar   gapini
bo’lmaslikni, yoshi ulug’larga gap qaytarmaslikni o’rgatishimiz zarur.
Muomala   madaniyati   hamma   joyda   kerak.   Ish   joyida,   transportda,   uyda,
shuning   uchun   ham   biz   kim   bilan   qanday   muomala   qilishni   bilishimiz   kerak.
Insonning   qanchalik   bilimli,   aql-zakovatli   ekanligi   muomala   orqali   namoyon
bo’ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-
birlariga   so’z   yordamida   etkazadi,   amalga   oshiradi.   Shu   tufayli   so’zlashuv
munosabatlari nihoyatda go’zal va muloyim bo’lishini hayot taqozo etadi. So’zga
boy,   shirinsuhan   kishilarning   muomalalari   yoqimli,   ishi   ham   yurishgan   bo’ladi.
Bundaylarni   odamlar   yoqtiradi,   hurmat   qiladi.   So’zlashuv   ham   o’ziga   hos
san’atdir. Bu san’atni mukammal o’rganish har bir insonga zarur. Shu bilan birga,
ona   tilini   mukammal   o’rganmoq   har   bir   insonning   muqaddas   burchidir.   Tilni
bilgach: uni ishlata bilish san’atini egallamoq inson uchun zarurdir. Shirinso’zlik   va   go’zal   nutq   hech   qachon,   hech   qaerda   sotilmaydi.   Bunga
erishmoqlikning birgina yo’li bor, bu ham bo’lsa tinimsiz shirin so’zlashni mashq
qilmoqlikdir.   Bu   esa   asosan   ko’p   kitob   o’qish   yo’li   bilan   amalga   oshiriladi.
Muomala insonning kimligini ko’rsatuvchi yuzidir.
O’qituvchining   pedagogik   faoliyati,   eng   avvalo,   uning   uchun   mutahassis
sifatida   shaxsiy   ma’no   kasb   etishi   bilan   uzviy   bog’liq.   Ushbu   holat   mantiqiy
ierarhik   printsipni   o’zida   aks   ettiradi,   chunki   ta’lim   shaxsni   taraqqiyot
ko’rsatkichiga   (ham   o’qituvchi,   ham   o’quvchi)   bog’liq   bo’lib   ikkiyoqlama   ta’sir,
hamkorlik   mahsuli   samaradorlikni   belgilaydi.   Xuddi   shu   munosabat   bilan
pedagogik faoliyatning   shakllanishi, rivojlanishi, ushbu kasb egalari   shaxsiyatga
yo’nalganlikdan   ajralgan   holda   hukm   surishi   mumkin   emas.   Shuning   uchun,
kasbiy   rivojlanish   bilan   ijtimoiy   taraqqiyot   o’rtasidagi   cheklanganlik   nuqtai
nazaridan   muammoni   tadqiq   etish   pedagogika   fanining   dolzarb   vazifasi
hisoblanadi. 
Pedagogik faoliyat jamiyatda muhim ijtimoiy – ma’rifiy maqega ega. Zero, u
davrlar zanjirini bir-biriga bog’lab, avlodlarni hayotga iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy,
axloqiy-estetik   jihatdan   tayyorlovchi   faoliyatidir.   Shuning   uchun   haqli   ravishda
aytish   mumkinki,   pedagogik   faoliyat   eng   qadimgi   faoliyat   bo’lib,   ijtimoiy-
pedagogik   hodisa   hisoblanadi.   Hatto   insoniyat   jamiyat   taraqqiyotining   ibtidoiy
davrida   yashash,   avlodni   saqlab   qolish   va   davom   ettirish   uchun   ham   tabiatning
injiqliklariga,   stihiyali   kuchlarga   qarshi   kurash   olib   borish   jarayonida   amaliy
pedagogik   faoliyat   vujudga   kelgan   va   u   tartibga   solingan.   “Bu   amaliy   pedagogik
faoliyat,- deb yozadi rus pedagogi I.F. Kozlov, - o’quvchilar tarbiyasini maqsadga
muvofiq   yo’naltirishi   va   boshqarishi   uchun   turli   ta’lim   -   tarbiya   muassasalari,
kattalar,   oldingi   ajdodlar,   ota-onalar,   o’qituvchilar,   maktablar   faoliyatining
umumlashmasidir” 1
.
3. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati.
1
  Козлов И.Ф. Педагогический опыт А.С.Макаренко.- М.:1987, с-43 Pedagoglik   kasbi   jamiyat   uchun,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   uchun
juda muhim vazifani bajargan, chunki u  holda kelajak avlodni hayotga tayyorlash
uchun   vorislikni   amalga   oshirgan.   Bunda   pedagogika   kasbi   emas,   tarbiyachi   -
mudarris   deb   nom   olgan.   Tarbiya-ijtimoiy   hayotning   zaruriy   vositasi   bo’lganligi
sababli,   bu   kasb   bilan   shug’ullanish,   tarbiyachilik   kasbini   maydonga   keltirgan.
Keksa   ajdod,   kelajak   avlodga   to’plagan   turmush   tajribalarini   o’rgatgan.   Faoliyat
bevosita mehnat jarayonida amalga oshirilgan. Pedagogika tarihi va nazariyasining
ma’lumotlariga   ko’ra   ibtidoiy   jamoa   tuzumining   urug’chilik   bosqichida   jamiyat
kishilari   uch   guruhga   bo’lingan:   birinchi   guruhni     yangi   tug’ilgan   go’daklar   va
mehnatga   kuchi   etmaydigan   bolalar   tashkil   etgan;   ikkinchi   guruhni   mehnat   va
hayotning to’laqonli ho’jayinlari, ya’ni mehnat bilan jamoa a’zolarini boquvchilar
va   uchinchi   guruhni   jismoniy   mehnat   qilish   qobiliyatini   yo’qotgan   qariyalar   va
keksalar   tashkil   etishgan.   Yosh   avlodni   hayotga   tayyorlash   ularga   turmush
tajribalarini o’rgatish, yosh avlodni chidamli, irodali va jismoniy rivojlangan qilib
tarbiyalash,   chiniqtirish   uchun   mashq   qildirish   ishlari   uchinchi   guruh   kishilari,
ya’ni   keksalar   va     jismoniy   mehnat   qilish   qobiliyatini   yo’qotgan   qariyalar
zimmasiga tushgan va ular yoshlarningni tarbiyachi-mudarrislari nomini olganlar.
Quldorlik   jamiyatida,   qul   va   quldorlar   paydo   bo’lishi   munosabati   bilan
insonlar faoliyatida aqliy mehnat, jismoniy mehnat  kabi mehnatning turlari tarkib
topgan  davrda  aqliy  mehnat   bilan  ruhoniylar  shug’ullanishgan.   Ularga  muallim  –
mudarris     sifatida   faoliyat   ko’rsatgan.   Ruhoniylar,   zodagonlar,   zamindorlar,
savdogarlar,   to’liq   ta’minlanganliklari   sababli   shaxsiy   o’qituvchilarga   ega
bo’lganlar.   Bu   o’qituvchilar   bolalarni   jismoniy   va   aqliy   mehnatga   o’rgatish   bilan
birga,   ularga   o’z-o’zini   anglash,   tevarak-atrofdagi   olamni   bilib   olish   va   hayotga
o’zini   tayyorlash   kabi   vazifani   bajarishgan.   Jismoniy   mehnatga   asosan   qadimgi
Gretsiyaning     Sparta,   Afina,   O’rta   Osiyoning   esa     Xorazm,   Sug’diyona,
Marg’iyona   kabi   mamlakatlaridagi   tarbiya,   ta’lim   muassasalarida   jismoniy   va
harbiy jihatdan tayyorlanishgan. Chunki, bu mamlakatlarning asosiy muddaosi o’z
er maydonini kengaytirish, mol-mulkini ko’paytirish, ko’proq shaharlarga ho’jayin
bo’lishdan   iborat   bo’lgan   Shuning     uchun,   ham   yoshlar   jismoniy   jihatdan chiniqtirilgan,   harbiy   yurishlarga   tayyor   bo’lishga   o’rgatilgan.   Ushbu
mamlakatlarda paydo bo’lgan gimnasiya, sport maktablarida asosan o’g’il bolalar
shug’ullanib,   ular   harbiy   va   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanishgan.   Spartada
zamindor va quldorlarning bolalarini  harbiy ishga, istilochilik ishlariga tayyorlab,
ulardan kelajakda qullar va mehnatkash xalq ustidan hukmronlik qiluvchi zodagon
-   janoblarni   tayyorlaganlar.   Afina   va   Sharqda   savdo   –   sotiq   ishlari   muhim
ahamiyat   kasb   etganligi   sababli,   “Pedagog   yoshlarga   gimnastika   hamda   harbiy
ishlarni   o’rgatish   bilan   bir   qatorda   navigatsiya,   geografiya,   til   va   notiqlik   san’ati
sirlarini   ham   tanishtirar   edilar.   Grek     o’qituvchilari   (didaskallar   va   pedotriblar)
asosan   erkin   kasb   egalari   bo’lib,   ularni   yollash   orqali   ishlatardilar.   YOki   ular
o’zlarining hususiy ta’lim muassasalariga ega edilar”. 2
Ijtimoiy   –   iqtisodiy   va   madaniy   hayot   taraqqiyoti   sharoitida   pedagogik
jarayonga   “Onalar   maktabi”,   “Buyuk   didaktika”   (Yan   Amos   Komenskiy),
“O’qituvchilar   uchun   33   qoida”   (Adolf   Disterveg),   “O’qituvchiga   ta’lim   yo’lida
o’quv   qo’llanma”,   “O’rtoq,   o’qituvchi,   fan   tanlash   haqida”   (Burhoniddin
Zarnudjiy),   “Nozik   iboralar”   (Az   -Zamahshariy),   “Qutadg’u   bilig”   (Yusuf   Xos
Hojib)   kabi   pedagogik   asarlar   paydo   bo’lgan.   Bu   esa   o’z   navbatida   ijtimoiy-
iqtisodiy hayotda diniy va dunyoviy bilimlarni o’rgatuvchilarga qo’llanma sifatida
tavsiya etilgan. Natijada pedagogik faoliyat yuzaga kelgan.
Pedagogik   faoliyat   ijtimoiy-pedagogik   hodisa     sifatida   jamiyat   rivojini
ta’minlovchi   kuch   hisoblanadi.   Bu   to’g’rida   Sharqda   zardushtiylik   ta’minotining
manbai “Avesto”da, Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni Karim” va “Hadisi
sharif”da,  O’rta  Osiyo   uyg’onish   davri  mutafakkirlari  Abu  Nasr   al-Forobiy  (873-
930), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Burhoniddin Zarnudjiy (XII asr), Muslihiddin
Sa’diy Sheroziy (1184-1292), Alisher Navoiy (1441-1501)larning badiiy – falsafiy
asarlarida   ,   G’arbda   Qadimgi   Yunoniston   va   Rimda   Demokrit   (460-370),   Suqrot
(469-339),  Aflotun  (427-347),  Arastu   (383-322)   Mark   Fabiy  Kvintilian   (42-118),
Yan   Amos   Komenskiy   (1592-1670),   Adolf   Distegverg   (1790-1866)   kabi   buyuk
faylasuf,   pedagog,   mutafakkirlarning   ta’limotlarida,   ma’rifiy-axloqiy   asar   tarzida
2
 Гоноболин Ф.Н.Ўқитувчи ҳақида қисса.-Тошкент, “Ўқитувчи”, 1965, 14-бет maydonga   kelib,           pedagogik         faoliyat   va         uning         mazmuni   to’g’risida
qimmatli   fikrlarni   ifodalagan.   Mashhur   Rim   pedagogi   Mark   Fabiy   Kvintilian
o’zining   “Notiqni   tarbiyalash   to’g’risida”   nomli   pedagogik   asarida   pedagogik
faoliyat   va   uning   ijtimoiy   mohiyati   to’g’risida   qimmatli   fikrlarni   aytgan.   U
pedagogik   faoliyatning   mohiyati   hususida   to’htalib,   pedagog   o’zi   tarbiyalayotgan
har   bir   bolaga   ehtiyotkorlik   bilan   yondashishi,   buning   uchun   o’zi   o’qimishli,
bilimdon,   ijtimoiy   fanlar   asosini   mukammal   egallagan,   madaniyatli   inson   va   “...
o’z shogirdlari uchun o’rnak bo’lishi va ularni sinchiklab o’rganishi lozim. Har bir
o’qituvchi   o’qitishning   hamma   bosqichlarini   o’tishi   kerak.   Yuqori   tipdagi   ta’lim
muassasasi     o’qituvchisi,   avvalo,   boshlang’ich   maktabda   muallimlik   qilishi
maqsadga muvofiq. Muallim va tarbiyachilarning talaffuzi yaxshi bo’lishi kerak”,   3 ,
-deb ta’kidlangan bo’lsa, Qadimgi Yunon faylasufi va pedagogi Platon eramizdan
avvalgi 427-348 –yillar agar kavushduz yomon usta bo’lsa, davlat bundan unchalik
zarar   ko’rmaydi-fuqarolar   birmuncha   yomonroq   kiyinib   yuradilar,   holos.   Ammo
bolalarni tarbiyalovchi kishi o’z vazifalarini yomon bajarsa, mamlakatda nodon va
yolg’on   odamlarning   butun   bir   avlodi   vujudga   keladi,   -deb   pedagogik   faoliyat
bilan shug’ullanuvchilar o’z ishining mohiri bo’lishligini qayd etadi.  Buyuk   cheh
pedagogi   Yan   Amos   Komenskiy   (1592-1670)   pedagogik   faoliyatni   “er   yuzidagi
har   qanday   kasbdan   yuqoriroq   turadigan”     fahrli   faoliyat   deb   hisoblab,   pedagog
mehnatiga   katta   ahamiyat   beradi.   Yan   Amos   Komenskiy   bir   tomondan   aholining
o’qituvchi   –   tarbiyachiga   hurmat   bilan   qarashi   lozimligini   talab   qilsa,   ikkinchi
tomondan   esa   o’qituvchining   o’zi   ham   jamiyatda   qanday   muhim   vazifani
bajarayotganligini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib olib ishlashi
lozim deb ta’kidlaydi. “Pedagog, - deb yozadi Yan Amos Komenskiy, sof vijdonli,
ishchan,   sabotli,   matonatli   o’quvchilarga   o’zi   singdirishi   lozim   bo’lgan
fazilatlarning ibratli kishisi bo’lishi, keng ma’lumotli va mehnatga layoqatli inson
bo’lishi   lozim.   U   o’z   fanini   behad   sevishi,   o’quvchilarga   bamisoli   otalardek
3
  ОчиловМ.,Очилова Н.Ўқитувчи одоби.-Т.:”Ўқитувчи”, 1997, 22-бет muomalada   bo’lishi   va   har   bir   ilm   oluvchi   qalbida   bilimga   havas   tug’dirishi
lozim”. 4
Pedagogik   faoliyat   va   uning   ijtimoiy   mohiyati   to’g’risida   Evropalik
pedagoglar   bilan   birga   Sharq   allomalari   ham   ahamiyatli   va   o’immatli   fikr
bildirganlar.   Masalan,   Sharq   madaniyatining   buyuk   namoyondasi,   o’zbek   adabiy
tilining   asoschisi,   davlat   arbobi,   ulug’   donishmand,   mutafakkir   Alisher   Navoiy
(1441-1501)   yosh   avlodning   ta’lim   –   tarbiyasi,   ularni   komil   inson   qilib
tarbiyalashning   afzalligi   to’g’risida     qimmatli   fikrlarni   bayon   qiladi.   Buyuk
mutafakkir   ustoz,   o’qituvchi-murabbiy,   mudarrislar   madrasa   o’quv   yurtlarida
faoliyat   ko’rsatuvchi   pedagog   –   murabbiylar   va   ularning   pedagogik   faoliyati
to’g’risida   fikr   yuritib   “Mahbub   ul-qulub”   (“Qalblar   sevgisi”)   asarida   shunday
yozadi:   “Mudarrislar   –   mansab   va   amaldorlikka   qiziqmasligi,   o’zi   bilmaydigan
ilmdan   dars   berishga   urinmasligi,   manmanlik   uchun   dars   berishga   havas
ko’rgazmasligi,   muddarris-din   ilmidan   aniq   masalalarni   bilmog’i   kerak,
ko’pchilikka   dunyoviy   bilimlardan   ta’lim   bermog’i   lozim;   u   yaramasliklardan
hazar qilmog’i va nopok odamlardan uzoq yurmog’i; o’zini olim va bilarmon, deb
ko’rsatmasligi; turli-tuman axloqqa hilof ishlarni “Qilsa ham bo’ladi”, deb haromni
halolga   chiqarmasligi;   joiz   bo’lmagan   ishlar   bilan   mashg’ul   bo’lib   odamlarni
yomon   otliqqa   o’rgatmasligi;   qilish     kerak   bo’lgan   ishlarni   qilmaslikni   ham
odamlar undan o’rganmasligi kerak”. 5
Hazrat   Navoiy   pedagogik   faoliyat   egalarining,   avvalo,   o’z   kasb   sohasining
haqiqiy   bilimdoni   bo’lishini,   ularning   kelgusida   amaldor   bo’lish   orzusida   ilm
olmasliklari   hamda   etuk   insoniy   fazilatlar   sohibi   bo’lishini   va   shu   bilan   birga
barcha sohada o’zgalarga o’rnak bo’lishlarini ehtirom bilan bayon qiladi. Chunki,
pedagog   o’z   kasbiy   bilim   ko’nikma   va   malakalari   ustida   tinmay   g’amho’rlik
qilishlari   bilan   o’zlari   dars   beradigan   fanlarning   mahoratli   egasi   bo’lishlari,
o’zlarining   shaxsiy,   insoniy,   ma’naviy   axloqiy   fazilatlari   bilan   jamoatchilik,   xalq
orasida   mustahkam   obro’ga   ega   bo’lishiga   harakat   qilishlari   lozim,   deb   biladi.
4
  Педагогика: Учебное пособие для пед. учили щ.(С.П. Баранов,Л.Р Болотина, Т.В. Волива, В.А. Сластёнин.-
М.:Просвещение,1981.-3с.)
5
 Навоий Алишер Маҳбуб ул-кулуб: (Қалблар севгиси ).-Т.:Адабиёт ва санъат нашриёти,1983, 24-25 бетлар Zero, pedagogning ijtimoiy – madaniy mavqei, obro’si, uning pedagogik faoliyati
mahsuldorligiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. 
Ko’rib o’tganimizdek pedagogik faoliyat hamma davrda aniq tarihiy tavsifga
ega va shunday bo’lib qoladi. Chunonchi, u yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq. Tarbiya
va   pedagogik   faoliyat   bir   zanjirning   ikki   xalqasi.   Tarbiya   ijtimoiy,   tarihiy   tavsif
kasb   etgani   singari   pedagogik   faoliyat   ham   ijtimoiy-tarihiy   tavsifga   ega.   Keyingi
davr Sharq va O’rta Osiyo allomalari, ma’naviyat va ma’rifat darg’alari pedagogik
faoliyat   mohiyati,   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   tavsifi   to’g’risida   qimmatli   so’zlarni
aytganlar. Buni  biz Abdulla Avloniy, Oybek, G’afur  G’ulom, Abdullo Oripov va
kenja avlod ta’limotida yaqqol ko’ramiz. Jumladan, Muso Toshmuhammad o’g’li
Oybek   pedagogik   faoliyat,   aniqroq   aytadigan   bo’lsak,   o’qituvchi     va   uning
jamiyatdagi   o’rni   to’g’risida   quyidagi   fikrlarni   bayon   etadi:   “O’qituvchi-er
yuzidagi   asosiy   kasb.   U   bo’lmasa   fiziklar   ham,   liriklar   ham   bo’lmas   edi”.   Zero,
jamiyat   taraqqiyotiga,   maktab   hayotida,   bolalar   barkamolligiga   qalbini   bag’shida
etadigan,   o’z   fanini   mukammal   bilishga   intiladigan,   rang-barang   metodikalardan
foydalanib bolalarni ilm cho’qqilari sari etaklaydigan   pedagogik faoliyat ijtimoiy
hodisa   sifatida   ijtimoiy   hayotning   barcha   yo’nalishlari,   munosabatlari   bilan
bog’liq.   Pedagogik   faoliyat   birinchidan   iqtisodiy   ustqurmaga   bog’liq.   Shuning
uchun,   bu   kasb   egalari   jamiyatning   ishlab   chiqarish   munosabatlari,   kuchlari,
ijtimoiy   -   madaniy   va   davlat   ehtiyojlaridan   habardor   bo’lishi,   o’z   faoliyati
jarayonida   ularga   tayanishi   lozim.   Zero,   u   jamiyat   hisobidan   ta’minlanib,   uning
ijtimoiy  buyurtmasini  bajaradi,  yoshlarning  jamiyat  boyligini   asrab  –  avaylashga,
ko’paytirishga va shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirishga rahbarlik qiladi.
                Pedagogik   faoliyat   ijtimoiy   hodisa   sifatida   jamiyat   mafkurasi   bilan
bog’liq   holda   yoshlarning   ijtimoiy   ongining   o’sishi   ustida   g’amho’rlik   qiladi,
ularni haqiqiy insonparvar, demokrat, milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini himoya
qilishga tayyorlash uchun hizmat qiladi.
“Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonun,   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”
talablaridan   kelib   chiqib,   bugungi   kunda   pedagogik   faoliyatning   ijtimoiy   hodisa
sifatidagi maqsadini quyidagilardan iborat bo’lishi lozim deb aytish mumkin:  -   o’quvchi   –   yoshlarning   yosh   hususiyatlarini   inobatga   olib,   uzluksiz   bilim
olishga tayyorlash;
-ijtimoiy – iqtisodiy hayot qonuniyatlaridan kelib chiqib o’quvchi - yoshlarni
fanlarning ilmiy-nazariy asoslarini egallashga yo’naltirish;
-har   bir   o’quvchi   –   yoshning   o’ziga   hosligi,   individualligini   inobatga   olib
ularni faol ijtimoiy –siyosiy faoliyatga tayyorlash;
-o’qitish   va   tarbiyalash   jarayonida   o’quvchi-yoshlarning   mustaqilligi,
tashabbuskorligi, erkin fikr yuritishni to’la yo’lga qo’yish;
-o’qitishda   ta’lim   va   tarbiyaning   birligini   ta’minlagan   holda   o’quvchi-
yoshlarda ilmiy dunyoqarash, milliy mafkura asoslarni tarbiyalash;
-har   bir   mashg’ulot,   dars   mazmunida   vatanparvarlik,   insonparvarlik,   milliy
o’zlikni anglash ruhini singdirish;
-o’quvchi – yoshlarning ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar bilan
qurollanganligini nazorat qilish, baholash va tahlil qilish;
-har   bir   mashg’ulotda   fanlaaro   integratsiyani   yo’lga   qo’yish   va   o’quvchi-
yoshlarning   barcha   fanlarga   bo’lgan   qiziqishi,   intilishi   hamda   ehtiyojini
tarbiyalash;
-har   bir   darsda   ilg’or   pedagogik   tehnologiyalardan   foydalangan   holda,
mavzularning   mantiqiy   bog’liqligi,   amaliy-ilmiy   yo’nalishini   kuchaytirishga
erishish va h.k.
   Ma’lumki,   ijtimoiy   voqelikning   bir   bo’lagi   sifatida   inson   tabiatni
o’zlashtiradi,   uni   o’z   ehtiyojlariga   mos   ravishda   o’zgartiradi,   ko’paytiradi   va
rivojlantiradi hamda shu tariqa o’zi ham takomillashib boradi. U o’zining ijtimoiy
qimmatli   sifatlarini   rivojlantiradi   va   ijodiy   kuchlarini   takomillashtiradi.   Bu
jarayonda pedagogik ijtimoiy hodisa sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalar   bilan   bo’lajak   muomala   oldidan   pedagogning   ijodiy   kayfiyatini
hosil   qilishida   uning   o’quv   materialiga   hissiy   munosabatini   ifodalashining   tashqi
shakllarini   oldindan   topishga   intilishi   muhim   rol   o’ynaydi:   bular   tegishli   imo-
ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir. O’quv materialiga o’z munosabatini
ifodalashning   tashqi   shakllarini   o’ylab   olish,   tabiiyki,   darsga,   tadbirga   shunday psihologik   tayyorgarlik   ko’rishga   tayanadiki,   uning   tarkibiy   qismlari   sanab
o’tilgan. Darsda, tadbirlarda o’z fikrlari, his-tuyg’ularini qanday qilib yaxshiroq va
erkinroq   gavdalantirish   ustida   mulohaza   yuritar   ekan,   pedagog   bo’lajak   faoliyat
vaziyatiga   kirib   boradi,   unga   chorlanadi,   uning   shakllarini   his   qiladi,   faoliyatga
bo’lgan   o’zining   hissiy   munosabatini   etkazish   vositalarini   izlaydi,   izlaganda   ham
faqat shakl hosil qiluvchi vositalarni (intonatsiya, yuz harakatlari va shu kabilarni)
emas,   balki   mazmunli   vositalarni   qidiradi,   bu   ayniqsa   muhimdir.   Mazmunli
axborotda   faqat   mantiq   va   dalil-isbotlarni   o’ylab   o’tirish   bilan   cheklanmasdan,
hissiy o’zakni alohida ajratib ko’rsatish zarur.
Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi
pedagogning   materialga   o’z   hissiy   munosabatini   ifodalashda   topgan   tashqi
shakllarini mustahkamlashdir ,  u pedagog tomonidan quyidagi yo’llar orqali amalga
oshiriladi:   darsning   borishini,   tadbirni   fikran   esga   tushirish;   ko’zgu   oldida
takrorlash;   namuna   sifatida   san’at   (adabiyot,   kino,   rang   tasvir)   asarlardagi
vaziyatlardan foydalanish.
O’zining   materialga   bo’lgan   hissiy   munosabatini   ifodalashning   puhta
shakllari   (ularga   hamisha   bu   shakllarni   gavdalantirishning   bevosita   vaziyati
tuzatish   kiritadi)   pedagogga   faoliyat   va   muomalaning   o’zgarib   borayotgan
sharoitida jadal va samarali harakat qilish va (bunisi ayniqsa muhim) darsga tez va
samara li   chorlanish   imkonini   beradi,   chunki   o’zining   hissiy   munosabatini
ifodalashning puhta shakllarini  (ularni  pedagog g’ayrat  bilan esga tushiradi)  unda
ularni   izlashning   jo’shqin   jarayoni   to’g’risida   hotiralar   uyg’otadi,   bu   bilan   uning
ijodiy kayfiyatini rag’batlantiradi.
Ijodiy   kayfiyatni   boshqarish   jarayonining   g’oyat   marakkab   bo’g’ini   guruh
bilan bo’ladigan bevosita muomaladan oldingi paytidir. Ijodiy holatni tashkil etish
yuzasidan   ilgari   amalga   oshirilgan   butun   ish   o’z   ta’sirini   ko’rsatadi.   Pedagog
bo’lajak   ishning   maqsadiy   muhimligini   anglash   orqali   bu   ishga   o’zini
ilhomlantiradi.   O’zi   uchun   yangi   maqsadlar   va   bog’lanishlarni   belgilab   olishi
lozim,   bundan   ko’zda   tutilgan   maqsad   -   o’quv-tarbiyaviy   material   asosidagi
bo’lajak   faoliyatning   o’zi   uchun   yangiligi,   maroqliligini   sezishdan,   bo’lajak ishning ijodiy harakterini his qilish va anglab etishdan, startoldi tayyorgarligining
sharti   bo’lgan   bundan   oldingi   holatni   boshqarishdan,   tetik   kayfiyatga   erishishdan
iboratdir.   Pedagogning   startoldi   tayyorgarligi   uning   auditoriya   bilan   o’zaro   fikr
almashuv faoliyatiga bevosita qo’shilishi bosqichida ijodiy kayfiyatning o’ziga hos
tarzda   namoyon   bo’lishidir.   O’qituvchi   mazkur   dars   oldidan   darsda   eng   muhim
narsa nima ekanligini yaxshi biladi. U bamisoli o’z oldida guruhni ko’rib turadi va
dars mavzusiga muvofiq ravishda o’ziga darsning vazifasini  aniqlab oladi,  darsda
belgilangan   mantiqni   takrorlaydi,   belgilangan   narsalarning   so’zsiz   bajarilishi
uchun   yo’l-yuriq   beradi,   o’zi   nazorat   qiladigan,   tayanadigan   va   ish   doirasiga
tortadigan   talabalarning   nomlarini   aniqlaydi.   Ko’pincha   dars   ishlanmalarini   ruhiy
jihatdan   ko’rib   chiqish   yoki   tajriba,   eksperimentning   tayyorligini   tekshirish
yordam beradi, o’z-o’zini tezda tekshirib ko’radi: mendagi hamma narsa tayyormi?
Psihologik   yo’l   sizning   ongingizdan   (mazkur   dars   uchun   ortiqcha,   aslida
bo’lmagan   narsalarni   chiqarib   tashlaydi;   u   fikr   ufqini   yorishtirib,   uning   asosida
faqat   darsning   silueti   loyihalashtiriladi,   shunda   sizni   sabrsizlik   qamrab   oladi:
uddasidan   chiqarmikanman   va   uddasidan   chiqishni   istayman!   —degan   aniq   tilak
paydo   bo’ladi.   Darsda   biror   narsa   unchalik   chiqmasligi   ham   mumkin,   lekin
psihologik yo’l sizning ana shunday ish kayfiyatingizni boshlab bergan bo’lib, na
unda darsning tarkibiy qismlarini qayta guruhlashni amalga oshirishni uddalaysiz,
ular o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishni yo’qotmaysiz.
Talabalar   bilan   muomalada   kishi   o’zini   boshqara   bilishi   nihoyatda   zarurdir.
O’qituvchining   darsdagi   yomon,   noijodiy   kayfiyati   darhol   umumiy   guruhning
ijodiy   kayfiyatiga   ta’sir   qiladi,   birgalikdagi   faoliyatning   samaradorligini
pasaytiradi.   Ijodiy   kayfiyatni   boshqarishning   taklif   etilgan   tizimi   individual
o’zlashtirishni, o’z ustida muntazam yo’naltirilgan ish olib borishni talab qiladi.
Talabalar bilan muomala jarayonida va bevosita undan oldin ijodiy kayfiyatni
boshqarish   pedagog   mehnatining   eng   muhim   kasbkorlik   talabi   bo’lib,   u
pedagogning guruhda, talabalar bilan muomalada va shu kabilarda erkin bo’lishini,
hulq-atvorining   samarali   bo’lishini   ta’minlaydi.   Pedagogik   ijodkorlikning   asosiy bosqichlariga   nisbatan   pedagogning   ijodiy   kay fiyatiga   muomala   ta’sirining
quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1)   pedagogning   guruh   bilan   bo’ladigan   muomalani   oldindan   payqashi   uning
ijodiy kayfiyatini safarbar qiluvchi omil ekanligi;
2)   guruh   bilan   bevosita   dastlabki   aloqa,   bevosita   muomala   paytida   pedagog
ijodiy kayfiyatining rag’batlantiruvchi omili sifatida; 
3)   pedagogning   guruh   bilan   muomalasi   tizimi;   u   faoliyati   jarayonida
pedagogning   ijodiy   kayfiyatini   rivojlantirishni   qo’llab-quvvatlaydi   va
rag’batlantiradi;
4)   muomaladan   qanoat   hosil   qilish   shundan   keyingi   faoliyatda   pedagogning
ijodiy kayfiyatini rag’batlantiruvchi omil sifatida.
Pedagogik muomala  jarayoni  o’zi  kechadigan  bir  qator   shart-sharoitlar   bilan
murakkablashadi,   muomala   shart-sharoitlari   uning   harakteriga   umuman   ancha-
muncha ta’sir qilmaydi, aslida ular muomalaning kasbiy yo’nalishini ko’p jihatdan
belgilab   beradi.   Muomala ning   oshkoralik   vaziyati   ko’pgina   qiyinchiliklar
tug’diradi.   Tadqiqotchilar   allaqachon   qayd   etib   o’tganlaridek,   kishilar   ,   katta
auditoriya   oldida   muomala   qilish,   auditoriyaning   gapiruvchiga   diqqat   qilishiga
mo’jallangan   bo’lib,   boshlovchilar   uchun   nihoyatda   murakkabdir   va   mahsus
tayyorgarlik   ko’rmasdan   o’tkazilishi   mumkin   emas.   Faqat   o’zaro   fikr   almashuv
malaka   va   usullarini   egallashgina   muomala   jarayonida   pedagogning   hissiy
kayfiyatini   ta’minlaydi.   «Muskul   siqilishi»,   hayajonlanish     bularning   hammasi
yosh   o’qituvchining   guruh   bilan   muomalasini   tashkil   etishning   ilk   bosqichini
harakterlab   beradi.   O’quv   matearialini   juda   yaxshi   biladigan,   pedagogik   jihatdan
etarli   darajada   qobiliyatli   bo’lgan   talaba   qiz   M.   o’zining   dastlabki   pedagogik
tajribalari   to’g’risida   quyidagilarni   yozadi:   «Garchi   men   albatta   hayajonlangan
bo’lsam  ham, darsga qadar menga hamma narsa oddiy bo’lib tuyulgan edi. Lekin
materialni yaxshi bilardim. Guruh ham go’yo shunday edi. Qo’ng’iroq chalingach,
men jurnalni qo’limga olib guruhga otlandim. Ikkinchi qavatga ko’tarilib (bu xuddi
hozirgidek   esimda),   guruhni,   ular   menga   qanday   qilib   qarab   turishlarini   tasavvur
qildimu,   meni   qo’rquv   bosdi.   Zinapoyaning   ohiriga   borganda   oyoqlarim allaqanday,   qotib   qolganday   bo’ldi.   Jurnalni   shunday   ushlab   olgan   edimki,
chamasi,   uni   mendan   tortib   olib   bo’lmasdi.   Guruhga   kirishim   bilan   (guruh   meni
yaxshi va samimiy kutib oldi) stol oldiga bordim, shunda qo’llarim menga halaqit
berayotganini darhol his qildim. Meni qutqargan narsa stulning suyanchig’i bo’ldi.
Men   uni   barmoqlarim   bilan   mahkam   ushlab   oldimda,   dars   ohirigacha   uni   qo’yib
yubormadim.   Ovozim   ham   qandaydir   o’zimniki   emasdi.   Deyarli   nafasim   siqilib,
tishlarim   orasidan   gapirayotganday   edim.   Men,   shunda,   guruh   menga   unchalik
tanish emasligini his qildim. Juda qo’rqib ketdim. Ayniqsa ikkinchi partadagi ikki
boladan   qo’rqardim.   Kuzatishimcha,   ular   eng   havfli   talabalar   edi.   SHunda
qayoqdandir, bilmadim, ularga qanday qilib bo’lsa ham, yoqishim kerak degan fikr
paydo bo’ldi, o’ylab-netib o’tirmasdan ularning hazillariga javob bera boshladim,
hushomad   qila   boshladim.   Guruhga   yoqish   uchun   qandaydir   hayajonlanib   gapira
boshladim».
Bu   erda   sezilib   turadigan   «muskul   siqilishi»   yosh   pedagogga   halaqit   beradi:
mushaklarning   bo’shashish   jarayoni   o’qituvchi   kasbiy   psihotehnikasining   eng
muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Bu   erda   kasbiy-pedagogik   muomala
asoslarining   treningi   (mashqi)   bo’limida   keltirilgan   xilma-hil   mashqlar   ham,
shuningdek   ko’p   qirrali   jamoat   ishi   ham   foydali   bo’lib,   bu   ish   jarayonida   kasbiy
o’zaro fikr almashuv faoliyati tajribasi hosil qilinadi.
Pedagogning ijodiy kayfiyatini boshqarishning alohida bir muhim muammosi
bunday   kayfiyatni   bevosita   faoliyat   oldidan   chaqirish   va   safarbar   qilish   noijodiy
kayfiyatni engish hisoblanadi va hokazo.
K.   S.   Stanislavskiy   tizimi   asosida   pedagogning   ijodiy   jarayonini   o’rganish
shunga   ishonch   hosil   qildiradiki,   ijodiy   kayfiyatni,   ayniqsa,   bevosita   «insonni
muomala bilan bog’langan ijodiy faoliyat turlarida safarbar qilish uchun «jismoniy
harakatlar»   usulini   qo’llash   juda   istiqbolli   bo’lib,   u   haqda   alohida   gapirib   o’tish
kerak.   Bu   usulning   mohiyati   «Muayyan   hissiy   holatga   hos   bo’lgan,   kishida   bu
hissiyotlarning   o’zi   keltirib   chiqarishga   qodir   bo’lgan   jismoniy   harakatlarni
bajarishdan   iborat   bo’lib,   mazkur   hissiyotlarni   ana   shu   harakatlar   taqozo   qiladi».
(SHu   narsani   esga   olaylik:   biz   hayajonimizni   engmoqchi   bo’lsak,   birmuncha to’htab, nafasimizni rostlashga, sekinroq harakat qilishga intilamiz, ya’ni shunday
harakat   qilamizki,   xuddi   mutlaqo   hotirjam   paytimizda   qanday   bo’lsak,   o’zimizni
shunday tutamiz, natijada hayajonlanish asta-sekin o’tib ketadi.)
Aytaylik,   darsga   tayyorlangan,   tadbirni   va   shu   kabilarni   hozirlagan
pedagogning   bugun   guruhda   ishlash   istagi   yo’q,   u   shunchaki   yomon   kayfiyatda.
Bu   o’rinda   jismoniy   harakatlar   usuli   qanday   yordam   berarkin?   «Bordiyu»   degan
sehrli so’z yordamga kelishi lozim. «Bordiyu, men yaxshi kayfiyatda bo’lganimda,
bunday   bo’lishi   mumkin   edi:   men   tetik,   epchil   odim   tashlab   guruhga   kirardim.
Samimiy   salomlashardim...»   Ayni   vaqtda   pe dagog   yaxshi   kayfiyatda   bo’lgan
o’zining — pedagogning xatti-harakatlari butun mantiqini jismonan takrorlardi, bu
holatga   chinakamiga   ishonishi   kerak.   O’zidan   kayfiyatni   siqib   chiqarish   kerak
emas,   balki   izchil   harakat   qilish   kerak.   Harakatlar   hamisha   ham,   bizning   nazorat
qilishimizga bardosh beravermaydi va sekin-asta diqqatni ishga jalb qiladi, begona
ta’sirlardan chalg’itadi, bizni zarur his-tuyg’uga, bu o’rinda ijodiy kayfiyatga olib
keladi.   Bir   talaba   -   qizning   o’z   ustidan   olib   borgan   kuzatishini   keltirib   o’tamiz:
“Shunday   qilib,   bugun   ertalabdan   kayfiyatim   yomon   edi.   Hech   narsa   qilgim,
ayniqsa dars bergim kelmasdi. Ta’lim muassasasiga  qo’ng’iroq chalinishidan ikki
daqiqa   oldin   keldim.     O’qituvchilar   honasida   uyoq   bu   yoqlarimga   qarab
olgunimcha  kirish vaqti bo’ldi, o’qituvchilar honasidan chiqishim bilan kayfiyatim
yaxshi, juda dars bergim kelyapti, guruhda meni kutishyapti, men ana shundayman
degan   qarorga   keldim.   Men   endi   yo’lak   bo’ylab   tetik,   dadil   odim   tashlab
boryapman,   o’zim   juda   samimiyman,   salomlashaman   va   talabalarga   tabassum
qilaman,   men   ko’p   narsa   qilishim   kerak,   havotirdaman,   bugun   o’tadigan
materialim   qiyin,   lekin   qiziqarli,   o’zim   bilan   birga     ko’pgina   qiziqarli   va   foydali
narsalar   olib   kelganman   (portfelning   og’irligini   his   qilyapman)   hammasi   yaxshi
bo’ladi.   Guruhga   kiraman,   tetik   va   dadil   «Salom,   talabalar»   deyman,   o’tiramiz.
Talabalar ham g’ayratli, ozoda kiyinishgan. Dars boshlandi, o’zimning “bordi-yu”
degan   so’zimni   qachon   tashlaganimni   va   darsga   berilib   ketganimni   o’zim   ham
sezmay   qolibman.   O’zimni   juda   yaxshi   his   qildim,   kayfiyatim   yomonligini   uni
engish kerakligini unutib yubordim. Hammasi ajoyib bo’ldi». «Jismoniy   harakatlar»   usulidan   foydalanishda   bordiyu   vaziyatida   taklif
etiladigan   holatlarning   yangiligi,   hissiy   reaktsiyalarning   qudratli   vositasidir.   Bir
vaqtlar qabul qilingan «bordi-yu» so’zini har gal takrorlayverish kerak emas, balki
uni yangi vazifalar, nozik farqlar, tovlanishlar bilan ochib berishga harakat qilish,
har   gal   jozibadorlik   qilish   kerak.   Tabiiyki,   «jismoniy   harakatlar»   materialni,
guruhni   yaxshi   bilishga,   darsni   tayyorlash   sohasidagi   butun   dastlabki   ishga,
hususan maroqli vazifalar qo’yishga ta’sir qilishi lozim.
Pedagogik   ijodkorlikda   K.S.Stanislavskiyning   «jismoniy   harakatlar»   usulini
ro’yobga chiqarishning o’ziga hosligi shundan iboratki, u pedagogga faqat bevosita
ijodkorlik (odamlar  bilan muomala)  boshlanishidan  oldin o’zining ijodiy tabiatini
safarbar   qilishning   vositasi   sifatidagina   zarurdir,   keyin   esa   «bordi-yu»   holatidagi
«jismoniy   harakatlar»   mantiqi   ijodkorlik   vaziyati   bilan   chinakamiga   ma’naviy
moyillikka sekin asta o’sib o’tadi, endi «bordi-yu» holatida emas, balki guruh bilan
haqiqiy muomalada bo’ladi.
Muomalada   ijodiy   kayfiyatni   shakllantirish   murakkab   jarayondir.   Bu   erda
ko’pincha   pedagog   zo’riqish   (umumiy     hissiy   zo’riqishning   bir   turi   )   tuyg’usini
bodan   kechiradi,   buni   pedagogik   ijodkorlikning   omma   o’rtasidagi   faoliyat,
o’zgarib   boruvchi   ijodkorlik   holati,   o’zining   psihik   holatlarini   operativ   ravishda
boshqarish   zarurligi,   mehnatning   o’zaro   fikr   almashish   jihatidan   boyligini
ko’rsatadi.
Pedagogik   ijodkorlik   va   muomala   jarayonida   vujudga   keladigan   bu
zo’riqishni,   shuningdek   boshqa   nohush   holatlarni   engish   uchun   o’z-o’zini
tarbiyalash yuzasidan doimiy ish olib borish zarur. O’z-o’ziga ta’sir qilishning bir
qator   usullari   mavjud   bo’lib,   ulardan   eng   muhimlari   quyidagilardir;   o’z-o’zini
ishontirish,   o’z-o’ziga   buyruq   berish,   o’z-o’zini   majbur   qilish,   o’z-o’ziga
majburiyat   yuklash,   o’z-o’zini   rag’batlantirish,   o’z-o’zini   jazolash,   o’z-o’zini
mashq qildirish, nihoyat o’z-o’ziga ta’sir qilishdir.
4 . Pedagogik muomala madaniyati. Pedagogik  muomala usullari.
O’qituvchi   shaxsini  shakllantirish  muammosi  har  qaysi   kishilik  jamiyatining
ehtiyojlari   va   talablaridan   kelib   chiqqan   holda   hal   qilinadi.   SHu   boisdan   hozirgi davrda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb
tanlash   motivlari,   kasbiy   tayyorgarlik,   kasbiy   layoqat   va   kasbiy   mahorat   bilan
cheklanib   qolmaslikni,   balki   bo’lg’usi   pedagogik   kadrlarda   shaxsiyatga
yo’nalganlikni   tarkib   toptirish   mutlaqo   zaruriy   shart   ekanligi   ta’kidlanadi.
Respublikamizda   o’qituvchilik   kasbining   o’ziga   hos   etnopsihologik   fazilatlari,
hislatlari,   qobiliyatlari   ish   uslublari   mahoratga   erishishning   yo’llari,   shaxslararo
muomala maromlari yuzasidan har hil davrlarda bir muncha ilmiy  izlanishlar olib
borilgan. 
Muomalaning tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ko’p jihatdan
o’qituvchining   shaxsiy   sifatlari   bilan   belgilanishini   aytib   o’tish   kerak.   Pedagogik
muomalaning   to’g’ri     tanlangan,   pedagogning   betakror   individualligiga   muvofiq
keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: 
birinchidan ,   pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   pedagog   shaxsi   bilan   ayni   bir   narsa
bo’lib qoladi, auditoriya bilan muomalada bo’lish jarayonining o’zi  soddalashadi,
u pe dagogning o’zi uchun yoqimli, uzviy bo’lib qoladi; 
ikkinchidan ,   talabalar   bilan   o’zaro   munosabatlarni   yo’lga   qo’yish   jarayoni
ancha engillashadi; 
uchinchidan ,   pedagogik   muomalaning   barcha   eng   muhim   vazifalarining,
samaradorligi   ortadi,   shu   bilan   birga   bularning   hammasi   muomalaning   barcha
bosqichlarida pedagogning hissiy  hotirjamligining ijobiy negizida ro’y beradi.
Talabalarda   muomalalarning   individual   uslubini   shakllantirish   metodikasi
quyidagi bosqichlarni o’z  ichiga oladi:
1. Talabalar muomalasi individual uslubining haqiqiy shaxsiy hususiyatlarini
o’rganish   va   ularni   talabalarning   anglab   etishi.   Talabalarning   mustaqil   tahlil
qilishi,   o’zaro   har   tomonlama   tavsifnomalari,   o’qituvchilarning   kuzatishlari
asosida   amalga   oshadi.   Talabalar   shu   maqsadda   «Men   boshqa   kishilar   bilan
muomalada qandayman?» mavzuida insho yozadilar, bir-birlariga shunga o’hshash
mazmunda tavsifnoma tayyorlaydilar va hokazo. 2.   Shaxsiy   muomaladagi   kamchiliklarni   aniqlash   va   ularni   barham   toptirish
yuzasidan   qilinadigan   ishlar:   uyatchanlikni,   tortinchoqlikni,   muomala   uslubidagi
salbiy holatlarni engish.
3. Pedagog uchun muomalaning hissiy jihatdan qulay bo’lgan uslubini ishlab
chiqishga   doir   topshiriqlar   va   ularni   o’z-o’zini   kuzatish   ma’lumotlari   bilan
taqqoslash.
4.   Muomalada   o’z   individual   uslubi   asosida   peda gogik   muomala   tarkibiy
qismlarini egallash (mahsus mashg’ulotlarda) sohasidagi ishlar.
  5.   O’z   muomala   uslubiga   muvofiq   ravishda   pedagogik   muomaladan   iborat
yahlit hodisani bilib olish borasidagi ishlar va muomala uslubiga aniqliklar kiritish
(mahsus mashg’ulotlarda).
6.   Haqiqiy   pedagogik   faoliyat   individual   uslub   asosida   talabalar   bilan
muomala   qilish,   bu   uslubni   mustahkamlash   (pedagogik   amaliyot   va   stajirovka
jarayonida).
Ishni endi boshlayotgan o’qituvchi individual muomala uslubini shakllantirish
ustida muntazam ish olib borishi zarur.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muomalaning jihatlari muhim
rol   o’ynaydi,   ular   pedagog   bilan   talabalarning   bevosita   o’zaro   harakati   bilan
bog’liqdir. Bu o’rinda bir necha bosqichlar ajratib ko’rsatiladi. 
Birinchi   bosqich   -   bu   tarbiyachining   tarbiyaviy   jarayon   vaziyatidan
habardorligidir,   bu   jarayon   o’ziga   pedagogning   hotirasida   guruh   bilan
muomalaning   oldingi   hususiyatlarini   tiklashni,   muomala   vaziyatini   qayd   etishni,
uni o’zaro harakatning oldingi vaziyati bilan, bu harakatning ilgari rejalashtirilgan
andazasi   bilan   tezda   qiyoslab   chiqishni,   o’z   muomala   uslubiga   aniqlik   kiritishni
qamrab oladi. SHuni nazarda tutish kerakki, bu bosqich juda tez kechadi va xuddi
shu bosqichda zarur so’z, ohang, hulq-atvor vujudga kelishi lozim.
Ikkinchi   bosqich :   Pedagogik   muomalaning   samarali   jarayoni   uchun   uning
shart-sharoitlarini   bilib   olishning   o’zi   kifoya   qilmaydi.   Talabalar   bilan   o’zaro
harakatning boshlanishi o’zaro fikr almashishga doir yana bir muhim vazifani hal
qilish   bilan   muomala   ob’ektining   diqqatini   o’ziga   jalb   qilish   bilan   bog’liqdir. Muomala ob’ektining, ya’ni talabaning diqqatini o’ziga jalb qilish deganda nimani
anglash   kerak?   Buning   ma’nosi   bo’lajak   o’zaro   harakatga,   ta’limning
rejalashtirilgan   usullariga,   tashkiliy   shakllariga   ijtimoiy-psihologik   negizni   asos
qilib   olish,   darsni   o’tkazish   uchun   zarur   bo’ladigan   talabalar   diqqatini   jalb
qilishdir.   Ko’pincha   yosh   pedagoglar,   talabalar   har   doim   o’qituvchiga   o’z
diqqatlarini qaratishlari lozim  deb hisoblaydilar va o’zaro fikr almashishga doir bu
muhim vazifalarni sobit qadamlik bilan hal qilmaydilar.
Ko’rsatib   o’tilgan   bevosita   muomala   bosqichlari   pedagogik   ta’sir
ko’rsatishning nisbatan mustaqil, har  bir ko’rinishida vaqti-vaqti bilan takrorlanib
turadi, tarbiyaviy jarayonni tashkil  etganda ularni nazarda tutish kerak bo’ladi.
Tarbiyaviy   ta’sir   ko’rsatishni   tashkil   etishda   muomalaning   ahamiyati   bilan
bog’liq ravishda   pedagogik   muomala madaniyatiga, tarbiyachining dilkashligiga
alohida     talablar   qo’yiladi,   dilkashlik   unda   kasbkorlik   fazilati     sifatida     namoyon
bo’ladi.  Tarbiyachi jamoa, guruh va individual  ish olib borish jarayonida odamlar
bilan   muomala   qila   bilishi,   uni   talabalar   bilan     aniq   maqsadni   ko’zlagan   holda
tashkil   eta   olishi   va   ularni   boshqara   bilishi   lozim.   Kasb-korga   oid   pedagogik
dilkashlikning     yosh     o’qituvchi     amal       qiladigan     quyidagi   mezonlarini   alohida
ajratib   ko’rsatish   mumkin:   talabalar   bilan   turli   sohalarda   muntazam   muomala
qilishda barqaror ehtiyojning mavjudligi, muomalaning barcha bosqichlarida hissiy
osoyishtalikning   namoyon   bo’lishi,   o’zaro   fikr   almashishga   doir   sifatlar,
ko’nikmalar va malakalarning mavjudligi.
Mamlakatimizning   o’qituvchisi   quyidagi   tomonlari   bilan   keskin   darajada
ajralib turishi lozim:
mustaqil   respublikamizning   talablari   va   ehtiyojlariga   mos   tushuvchi   yuksak
ma’naviyat   darajasidagi   qarashlar,   kuchli   va   barqaror   e’tiqod,   buyuk   davlatimiz
ideallari,   milliy   g’oya   va   istiqlol   mafkurasiga   sodiqlik,   vatanparvarlik,   fidoiylik
tuyg’ulari shakllanganligi, jamoaviylik hissini  mukammal aks ettiruvchi, ijtimoiy-
siyosiy  faol shaxs ekanligi;
bolalarga,   o’quvchilarga,   hattoki   jamiyatimizning   barcha   a’zolariga     ham
otash, ham samimiy mehr – muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, xatti-harakatlari   motivlari,   hulq-atvorlarini   tushunish   ko’nikmasi,   malakasi   va
uquvining mavjudligi;
jamiyat   hodisalari,   holatlari,   tabiat   va   voqeliklari,   borliqqa,   shaxslararo,
guruhlararo,   millatlararo   munosabatlariga   nisbatan   pedagogik   kuzatuvchanlik,
ya’ni pertseptiv (idrokka nisbatan sezgirlik) qobiliyatga egaligi;
hayot   va   faoliyatning   u   yoki   bu   jabhalarida   odamlarning   xatti-harakatlari,
munosabatlari   hususiyatlarini   oqilona   tushunish     ularni   identifikatsiyaga,
refleksiyaga yo’llashga qobilligi;
favqulotdagi vaziyatlarda, o’zgaruvchan shart  – sharoitlarda omilkorlik bilan
mo’ljal   olish,   maqsad   qo’yish,   reja   tuzish,   bevosita   nazorat   qilish,   boshqarish   va
o’z-o’zini namoyon etishga qobiliyatliligi;
pedagogik   faoliyatda,   jamoatchilik   tizimida   muvaqqat   guruhiy
munosabatlarda   ommaviy   harakatlarda   tashkilotchilik   va   boshqaruvchanlik
qobiliyatini egallanganligi;
umumiy   qiziqishi   ko’lamining   kengligi,   bilishga   oid   qiziqishlarning
serqirraligi,   ilmiy   izlanishlarga   layoqatliligi,   muayyan   salohiyat,   mahorat
darajalariga erishganligi;
muomala   maromi,   nutq   madaniyati,   mantiqan   ihcham,   ma’nosi   kuchli,
ta’sirchan fikr uzatish, ta’sir o’tkazish uquvi bilan qurollanganligi;
Fikrimizcha, zamonaviy o’qituvchi muomaladoshiga  to’g’ri, omilkor axborot
uzatishi va unga suhbatdoshini ishontira bilishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi.    
tarbiyalashning o’zaro fikr almashish aloqasiga doir quyidagi dasturini tavsiya
etish mumkin.
1.   Kasbkor   jihatidan   o’z-o’zini   anglashni   (muomalada   o’zining   o’zaro   fikr
almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish
va shu asosda o’zaro fikr almashish yo’li bilan o’z-o’zini tarbiyalashning dasturini
ishlab   chiqish.   Bu   o’rinda   o’z   shaxsiga   quyidagi   yo’nalishlarda   baho   berish,
tajribani   tahlil   qilish,   talabalar   bilan   maqsadga   muvofiqdir,   kishilar   bilan   bo’lgan
muomalada   olingan   sezgilar   tajribasini   tahlil   qilish,   kishilar   bilan   bo’lgan
muloqotda   oldingi   muomalaning   hozirgi   darajasini   tahlil   qilish,   muomala   haqida o’zining ideal tasavvurlarini tahlil qilish, sizning muomaladagi imkoniyatlaringizni
boshqalar   (talabalar,   o’qituvchilar)   qanday   baholashi   haqidagi   tasavvurlarni   tahlil
qilish.
2.   O’zida   dilkashlikning   asosiy   hususiyatlarini   rivojlantirish   yuzasidan
ihtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlash.
3.   Talabalar   va   kishilar   bilan   xilma-hil   jamoat   ishlari   olib   borish,   bunda
o’zaro fikr almashish faoliyatining tajribasi (ma’ruzalar, suhbatlar) hosil bo’ladi.
4.   Muomalada   salbiy   kayfiyatlarni   engish   tajribasini   shakllantiradigan   va
dilkashlikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish.
Taklif   etilgan   bu   tizimga   tayanib   ish   ko’rish   pedagogning   kasbkorga   oid
shaxsiy fazilati bo’lgan dilkashlikni shakllantirishni tezlashtiradi.
          Pedagogik     muloqot     va     uning     ahamiyati.   Ibtidoiy     to’zum     davridan
boshlab,     kishilar     ma‘lum     ijtimoiy     munosabatlar     asosida     bir   –   birlari     bilan
aloka   kila   boshlaganlar.   Muloqot    insonning   mexnat    faoliyatida   eng   muxim
soxa  xisoblangan.
          Bashqacha     aytganda,     muloqot     inson     faoliyatining     ruhiy     hamda
ma‘naviy     asosi     natijasida     yo’zaga     kelayotgan     ijtimoiy     extiyojlar     bilan
birgalikda  namoyon  bo’ladi.
          «SHaxslar     faoliyatining     motivatsiyasining     asosi     sifatida     yo’zaga
chikayotgan   extiyoj,   manfaat,   manfaatdorlik   kabi   ijtimoiy – iktisodiy   omillar
ma‘lum   ma‘noda   ularni   maksadli   uy – fikrlari,   istaklarini   yo’zaga   chikishga
ham     sabab     bo’ladi.     Shaxslararo     munosabatlarni,     muloqot     madaniyatini     kay
darajada     shakllanishiga     ham     sezilarli     ta‘sir     utkazadi.     Binobarin,     muloqot
odamlar  orasida  amalga  oshiriladigan  faoliyatlar  ichida  yetakchi  urin  egallab,
u   insondagi  eng  muxim  extiyojlarni   jamiyatda   yashash  va  o’zini   shaxs  deb
xisoblash   bilan   bog’liq   extiyojni   kondiradi.   Shuning   uchun   ham   uning   har
bir     inson     uchun     ahamiyati     kattadir».     (V.M.Karimova.     Ijtimoiy     psihologiya
asoslari.     Toshkent.     1994     yil.     35   –   bet).     Muloqot     odamlarning     birgalikdagi
faoliyatlari,   extiyojlaridan   kelib   chikadigan   turli    faolliklari    mobaynida   bir  –
biri  bilan  o’zaro  munosabatlarga  kirishish  jarayonidir.             «Har     bir     shaxsning     jamiyatda     ado     etadigan     faoliyatlari     o’zaro
munosabat     va     ta‘sir     shakllarini     o’z     ichiga     oladi.     Chunki     har     qanday     ish
avvalo   odamlarning   bir – birlari   bilan   til   topishishni,   bir – birlariga   turli   xil
ma‘lumotlarni   o’zatishni,   fikr   almashinuvi   kabi   murakkab   hamkorlikni   talab
etadi.     Shuning     uchun     ham     har     bir     shaxsning     jamiyatda     tutgan     o’rni,
ishlarining     muvaffakkiyati,     obrusi     uning     muloqotga     kirisha     olish     qobiliyati
bilan  bevosita  bog’liqdir.  Bir  qarashda  osonga  uxshagan  shaxslararo  muloqot
jarayoni  aslida  juda  murakkab  bo’lib,  unga  odam  xayoti  davomida  o’rganib
boradi.     Muloqotning     psihologik     jixatdan     murakkab     ekanligi     haqida     tanikli
psiholog  B.F.Pargin  shunday  yozadi: 
      а ).  individlarning  o’zaro  ta‘sir  jarayoni;
     b).  individlar  o’rtasidagi  axborot  almashinuv  jarayoni;
     v).  bir  shaxsning  bashqa  shaxsga  munosabat  jarayoni;
     g).  bir  kishining  bashqalarga  ta‘sir  ko’rsatish  jarayoni;
     d).  bir – biriga  hamkorlik  bildirish  imkoniyatlari;
     ye).  shaxslarning  bir – birini  tushunish  jarayoni.
         Muloqot   o’z   xususiyatlariga   ko’ra   turli   shakl   va   ko’rinishlarga   ega
bo’ladi.     Muloqot     inson     amaliy     faoliyatining     moddiy   –   ma‘naviy     shakllarini
hamda   uning   extiyojlarini   o’zida   aks   ettiradi.   («Xalq   ta‘limi»   jurnali,   2003
yil,  3 – son,  48 – bet).
O’qituvchining     o’quvchilar     bilan     muomala     odobi.     O’qituvchi     va
o’quvchi,     domla     va     talaba     o’rtasidagi     munosabat     va     muomala     madaniyati
ularning   fe‘l – atvori,  xulqi  va  olgan  tarbiyasining  amaliy  xayotda  namoyon
bo’lishini     bildiradi.     Kishining     madaniyati,     avvalo     uning     muomalasi,
atrofdagilar     bilan     munosabatida     ko’zga     tashlanadi.     Ukimishli,     madaniyatli,
o’qituvchi   hamkasbidan,   o’quvchisidan   nimani,   qanday   surashni,   u   yoki   bu
masala     yo’zasidan     murojaat     qilish     mumkinmi     yoki     yukligini,     oilaviy
munosabatlarga     daxldor     masalalarga     munosabat     bildirish     zaruriyati     bormi   –
yukligini     yaxshi     anglaydi.     Muomala     jarayonida     suxbatdoshining     kayfiyatini
kutarish,  unga  optimistik  ruh  bagishlash,  uning  o’z  kuchiga  ishonchini  xosil qilish     ham         o’qituvchining     eng     muxim     sifatlaridan     biridir.     Shuni     aloxida
ta‘kidlash     kerakki,     tom     ma‘nodagi     muomala     madaniyatiga     ega     bo’lgan
o’qituvchi   shuxratparastlik,   manmanlik,   befarqli,   xasadguy,   giybatchilik   kabi
illatlarga  tokat  kila  olmaydi  va  unga  karshi  ko’rashadi.
O’qituvchining   muomala   madaniyatining   tarkibiy   kismi   nutk   madaniyati
bilan     bog’liq.     (   Biz     o’z     ishimizning     bir     mavzusini     «O’qituvchi     nutki   –
pedagogik  mahorat  shartidir»  deb  nomlaganmiz,  u  mavzuga  o’qituvchi  nutki
haqida  tulik   tafsilot   berilgan.  X.B.).   Chunki   nutk   va   unda  ifodalangan  so’z
kishiga     ta‘sir     etuvchi     kudratli     psihologik     kuchga     ega.     Uni     faqat     o’zining
mazmuni   bilan,   balki   so’zlovchining   aytilayotgan   fikrini   ifoda   qilish   uslubi
bilan  ham  ta‘sir  darajasi  va  kudrati  yanada  ortishi  mumkin.
«Ingliz  dramaturgi  B.SHou  aytganidek,  «Xa»  so’zini  aytishning   50  dan
ortik   uslubi   bor,   «Yuk»   so’zini   ham   shuncha   uslubi   bor,   ammo   bu   so’zni
yozishni  faqat  bir  uslubi  bor». (Xalq  ta‘limi  jurnali,  2003  yil,  3 – son,  49 –
bet ).
Bu   fikrning   zamirida   muloqot    madaniyatiga   doir    juda   nozik   kochirim
ma‘no   yashiringan.   Zotan   o’qituvchi   muloqotining   zamirida   so’z,   fikr   turar
ekan,    fikrni    bayon    etish     ifodasi     har     bir    o’qituvchining    saviyasi,     ma‘naviy
dunyosi,     madaniyatiga     bog’liq.     Bundan     kelib     chikadiki,     o’qituvchi     o’z
muomalasida  me‘yorni  bilishi  lozim.
          O’qituvchining     muloqot     madaniyati     nafaqat     shaxslararo
munosabatlarda,  balki  shu  bilan  birga  ishlab  chikarish,  mexnat  jamoasi,  ota –
onalar     bilan,     jamiyat     xayotiga     ham     kerakligini     xisobga     oladigan     bo’lsak,
bugungi     kunda     o’quvchi,     talabalar     fe‘l   –   atvorini     o’rganish,     ularning     bir   –
birlariga     mehr   –   muruvvatli     bo’lishga     o’rgatish,     diniy     akidaparastlik     tomir
otayotgan     xozirgi     davr     uchun     jamiyatni     insonparvarlashtirish     eng     muxim,
dolzarb     vazifa     bo’lib     kelmokda.     Umuman     olganda,     muloqot     madaniyatini
takomillashtirish   umuminsoniy   extiyoj    sifatida   o’z   ahamiyatini    yuqotmagan.
Atoqli    adib   B.SHou   so’zlari    bilan   aytgand:    «Biz    xozir    xavoda    kush   kabi
uchishni,     suvda     balik     kabi     so’zishni     o’rganib     olgan     bo’lsakda,     bizga     bir narsa – insonlardek   yashashni    o’rganib   olish   yetishmaydi».   Mashxur   izkuvar
Sherlok   Holms   ta‘kidlaganidek :  «Har    bir   inson   o’z   xususiyatiga    ko’ra   xal
etilmaydigan     jumbok»dir.     Kishilar     xulqi,     fe‘l   –   atvori     bilan     bir   –   birlaridan
farq  kiladilar,  ammo  ular  orasidagi  uxshashlik  mikdori  minimum  foiz  doimiy
holatda  saqlanib  qoladi.
          Demak,     odamzodning     tashki     turki   –   tarovatigina     emas,     balki     ichki
olami,  maslagi.  Insoniy  kiyofasi,  xozirgi  ko’rinishi  va  holatdagi  yetib  kelishi
o’zok     tarixiy     kamolot     natijasidir.     Bu     kamolot     natijasida     esa     kishilar
o’rtasidagi     muloqot     hamda     muomala     madaniyati     to’rganligi     sir     emas.     Shu
sababli     o’qituvchining     muloqot     madaniyatida     ham     okilola     extiyojni     anglab
olish  eng  muxim  vazifadir.
     Muloqot  shu  darajada  muxim  ekan,  birok  shaxslararo  muloqotga  xech
kim,  xech  kaerda  maxsus  o’rgatilmaydi.
          O’qituvchining     o’quvchilar     bilan     muloqot     olib     borish     yullari.
O’qituvchining     ish     faoliyati     davomida     o’quvchilar     bilan     muomala   –
munosabatlari     katta     urin     egallaydi.     Bu     jarayonda     bola     insoniyat     tuplagan
bilimlarni,     muomala     qilish     tajribalarini     egallab     oladi.     O’qituvchi     esa
pedagogik   jarayonda   asosiy   shaxs   bo’lib   xizmat   kiladi,   unga   yosh   avlodni
o’qitish  va  tarbiyalash  vazifasi  yuklatilgan.  Shuning  uchun  ham  o’qituvchiga
bolaning     muomalasiga,     axloqiga,     xulqiga     nisbatan     aloxida,     katta     talablar
kuyilgan.
       O’qituvchi   xayotga  endigina  kadam   kuyayotgan   bolalar   bilan   doimo
muloqotda  bo’ladi.  Bolalar  o’qitish  va  tarbiyalash  jarayonida  umuminsoniy  va
milliy     urf   –   odat     mezonlarini     o’zlashtiradilar.     O’quvchi     muomala     odobini,
muloqot     olib     borish     yulini     asosan     o’qituvchi     timsolida     anglab     oladilar.
Muallim  bola  uchun  bir  umr  ideal,  ibrat,  namuna  bo’lib  qoladi.
Afsuski,     hamma     muallimlar     ham     bolalar     nazarida     shunday     bo’lib
kolmaydi.     O’zining     ko’pol     muomalasi     bilan     o’quvchini     ukishdan     sovitib,
dilini  ranjitadigan  o’qituvchilar  ham  axyon – axyonda  uchrab  turadi,  albatta.   FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   . –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006.

MAVZU: O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI . 1. “Muloqot” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati. 2. Pedagogik muloqot, uning o’ziga xos xususiyatlari. 3. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. 4. Pedagogik muomala madaniyati.

1. “Muloqot” atamasining falsafiy, ijtimoiy, psixologik va pedagogik mohiyati. Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zla sh uvidir. Muomala-axborot jarayonidir. Pedagog bevosita shaxslarga muomalada o’z tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g’oyat xilma-xil axborotga ega bo’ladi va hokazo. Pedagog ham o’z navbatida muomala jarayonida o’z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma’lum qiladi. Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o’quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Muomala shaxsni g’oyat xilma-xil sharoit va ko’rinishlarda o’rgatishga imkon beradi. Pedagog o’quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarni ham anglab olishga qodir bo’ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo’lmasada, shaxsda sodir bo’layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo’lgan zarur ichki jarayonlar ko’rinishlarining alomatlari bo’lishi ham mumkin, bunda pedagog shaxsi katta rol o’ynaydi. Ayni hil hodisaning turli kishilar tomonidan talqini uning shaxsning o’tmishdagi tajribasiga bog’liqligi bilan izohlanadi, bu tajribaning uch jihati bor: umuman, hayotiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi va muayyan jamoa bilan, o’quvchilar bilan muomalada bo’lish tajribasi. Nihoyat, pedagogning o’quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o’z tez-tez qayd qilgan dalillardan va o’quvchilarning hulq-atvor usullaridan foydalanadi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi o’rnini to’ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala o’zaro munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala faoliyatidan oldin sodir bo’ladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala o’quvchilarning faoliyatiga hamkorlik qiladi nihoyat, boshqarish vositasi bo’lgan muomala faoliyatidan keyin boradi.

Muomala-axloq ko’rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma’lum bo’ladi. Muomala-insonlar o’rtasida o’zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til-aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo’lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro’-e’tibor topadi. So’zga chechanlik. Hech qachon kishiga obro’ keltirmaydi. Shuning uchun ham o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlarimiz tilga, so’zga hurmat bilan yondashishlarini o’qtirib o’tganlar. Ulug’ bobomiz Alisher Navoiy muomala madaniyati, hushmuomalalik, tilning ahamiyati to’g’risida, shirinso’zlik haqida nurhikmat fikrlar bayon qilganki, bugungi kunimiz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. “Til shirinligi-ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa-foydali. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir”.-deydi Alisher Navoiy. Pedagog bolalarga bilim berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi. Bolalar nutqini o’stirishda pedagog (so’zi) muhim ahamiyatga ega: bir tomondan uning nutqi bolani o’qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Bundan shunday hulosa kelib chiqadiki, pedagogning nutqi obrazli, chiroyli jarangdor, namunali bo’lmog’i, bola diqqatini o’ziga tortmog’i lozim. Zotan nutq pedagogning o’z mutahassisligi qay darajada loyiq ekanligini ifodalaydigan o’lchov, ko’rsatkich hisoblanadi. SHuning uchun nutq ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir pedagogning eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati hisoblanadi. Ta’lim tarbiya ichida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda kattadir. O’qituvchining nutqi o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga, hulq-atvori va fikr yuritishlariga ham ta’sir etuvchi kuchli vositadir. O’qituvchining nutqida uning hissi, intilishlari, iroda va e’tikodi aks etadi. U nutq yordami bilan o’quvchilarda hursandchilik, ruhlanish, muhabbat, sadoqat, g’azablanish, nafratlanish hislarini tug’diradi. Xalq bilan birga turish, birga yashash muosharat deb ataladi. 2. Pedagogik muloqot, uning o’ziga xos xususiyatlari.

Odamlarning bir-birlari bilan bo’lgan munosabatlarining go’zalligi, muloyimligiga “Muosharat odobi” deyiladi. Insonning eng ulug’, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o’z o’rnini topib yashashida. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko’pchilikka qo’shilish, ular bilan (alohida) ahil bo’lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo’lishi kerak. Muomala va munosabat ko’pchilikning diliga to’g’ri kelmaydigan qo’pol va dilozor odamni ko’pchilik yoqtirmaydi. Insonlar hushfe’l, shirinsuhan, mard, muomalasi shirish kishilarni dildan yoqtirishadi va hurmat- e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o’rin topish, inoq, ittifoq yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o’zining yutug’i bilan, boy-badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo’ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo’lmog’i zarur. So’z inson qalbini ilitadi, so’z inson qalbini jarohatlaydi. “Tig’ yarasi ketar, so’z yarasi ketmas” degan xalq maqoli bekorga aytilgan emas. Chunki so’zning qudrati benihoyat katta. Inson o’z so’ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo’lmog’i lozim. Ayrim yoshlarimizda so’zga, tilga e’tibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga muomala madaniyatini, kattalar oldida mahmadonalik qilmaslikni, kattalar gapini bo’lmaslikni, yoshi ulug’larga gap qaytarmaslikni o’rgatishimiz zarur. Muomala madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda, shuning uchun ham biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak. Insonning qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi muomala orqali namoyon bo’ladi. Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir- birlariga so’z yordamida etkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so’zlashuv munosabatlari nihoyatda go’zal va muloyim bo’lishini hayot taqozo etadi. So’zga boy, shirinsuhan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo’ladi. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. So’zlashuv ham o’ziga hos san’atdir. Bu san’atni mukammal o’rganish har bir insonga zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o’rganmoq har bir insonning muqaddas burchidir. Tilni bilgach: uni ishlata bilish san’atini egallamoq inson uchun zarurdir.

Shirinso’zlik va go’zal nutq hech qachon, hech qaerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo’li bor, bu ham bo’lsa tinimsiz shirin so’zlashni mashq qilmoqlikdir. Bu esa asosan ko’p kitob o’qish yo’li bilan amalga oshiriladi. Muomala insonning kimligini ko’rsatuvchi yuzidir. O’qituvchining pedagogik faoliyati, eng avvalo, uning uchun mutahassis sifatida shaxsiy ma’no kasb etishi bilan uzviy bog’liq. Ushbu holat mantiqiy ierarhik printsipni o’zida aks ettiradi, chunki ta’lim shaxsni taraqqiyot ko’rsatkichiga (ham o’qituvchi, ham o’quvchi) bog’liq bo’lib ikkiyoqlama ta’sir, hamkorlik mahsuli samaradorlikni belgilaydi. Xuddi shu munosabat bilan pedagogik faoliyatning shakllanishi, rivojlanishi, ushbu kasb egalari shaxsiyatga yo’nalganlikdan ajralgan holda hukm surishi mumkin emas. Shuning uchun, kasbiy rivojlanish bilan ijtimoiy taraqqiyot o’rtasidagi cheklanganlik nuqtai nazaridan muammoni tadqiq etish pedagogika fanining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat jamiyatda muhim ijtimoiy – ma’rifiy maqega ega. Zero, u davrlar zanjirini bir-biriga bog’lab, avlodlarni hayotga iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy-estetik jihatdan tayyorlovchi faoliyatidir. Shuning uchun haqli ravishda aytish mumkinki, pedagogik faoliyat eng qadimgi faoliyat bo’lib, ijtimoiy- pedagogik hodisa hisoblanadi. Hatto insoniyat jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy davrida yashash, avlodni saqlab qolish va davom ettirish uchun ham tabiatning injiqliklariga, stihiyali kuchlarga qarshi kurash olib borish jarayonida amaliy pedagogik faoliyat vujudga kelgan va u tartibga solingan. “Bu amaliy pedagogik faoliyat,- deb yozadi rus pedagogi I.F. Kozlov, - o’quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq yo’naltirishi va boshqarishi uchun turli ta’lim - tarbiya muassasalari, kattalar, oldingi ajdodlar, ota-onalar, o’qituvchilar, maktablar faoliyatining umumlashmasidir” 1 . 3. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. 1 Козлов И.Ф. Педагогический опыт А.С.Макаренко.- М.:1987, с-43