O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.
O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. Reja: 1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i. 2. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining strukturasi. 3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari 4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral harakterga ega, ya’ni u bilish- qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-birga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’nktni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik jiodkorligidan mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi. 1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi; 2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va formasini keltiradi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish; 7-bosqich, texnik xujjatlarni yaratish. 2. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba. Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus formasi hisoblanadi. Xarakteri bo‘yicha-bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan-bu metod, ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘rgatish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari, ya’ni uning tarkibiga kiradi. (Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar). Ikkinchi tomondan-bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarini o‘zining xarakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi. O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariy va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. 3. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlardoirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari «Maqsad-maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar» ko‘rinishdagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi hodlati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi. Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:« (A( shartlar berilgan, (N( maqsadga erishish talab etiladi». Masalani shartli ravishda (A,N( mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarda tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish xajmi va muddatlari, agro texnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan eksplutatsion sarf xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi. Masalaning amaldagi holati-berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu (A,- ( ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala. Muammo-bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni (-,N( muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi. 2-misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimini topish talab etidladi. Masalaning amaldagi holati-tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni (-,N( Muammo-yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi. 3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari Umumiy ma’lumotlar: Fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlik-bu “hunarmandlik” bo‘lib, uni o‘qib o‘rganish zarur ekan. Uni o‘rganish uchun esa, avvalo uning qonuniyatlarini bilish lozim. Ijodiy fikrlashning qonuniyatlarini o‘rganishga urinishlar dastlab Arximed, Geraklit, Suqrot, keyinchalik F. Bekon,R Dekart, G.Leybnits va boshqalar tomonidan bajarilgan.Bunday urinishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ijodiy uchun ma’lum qonuniyatlar mavjud ekan. Bu qonuniyatlarni texnik masalalar yechishni qidirishning samarali usullarini yaratishda qo‘llash mumkin. Bunday qonuniyatlarni qo‘llash natijasida ijodkorlik masalalarini yechishning juda samarali usullari yaratilgan bo‘lib, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.Birinchi guruhga “aqliy hujum” usuli,Sinektika, fokal obyektlar usuli,nazorat savollari
usuli, “ sinov va xatolar “ usuli, morfologik tahlil usullari kiradi. Bu usullar ikkita umumiy mexanizmga asoslangan-assotsiativ fikrlash va izlanishning tasodifiy xarakterdaligi. Bu usullarni qo‘llash oddiy, biroq qo‘llaniladigan obyektning mohiyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lmaydi.Ikkinchi guruh usullari (IMEA- ixtirochilik masalalarini yechishning algoritmi) bir muncha qo‘llashda murakkab bo‘lib, lekin ular qo‘llaniladigan obyekt mohiyati bilan yaxshi bog‘liqda bo‘ladi. “Sinov va xatolar” usulining mohiyati shundan iboratki, ixtirochi masala yechimini qidirishda barcha mumkin bo‘lgan variantlarni to‘playdi va ular ichidan qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradiganini aniqlaydi. Texnik masalalarni hal qilishdaagi ijodiy faoliyatni ilmiy tashkil etishdagi izlanishlar yangi usullarni paydo bo‘lishiga olib keldi.Yangi usullardan biri “aqliy hujum” usuli bo‘lib, u amerikalik ixtirochi va tadbirkor A.Osborn tomonidan taklif etildi. A. Osborn izlanishlar natijasida shunday xulosaga keladi, ayrim ixtirochilar g‘oyalar yaratishga moyil, boshqalar esa bunday g‘oyalarni tanqidiy tahlil qilishga moyil bo‘ladi.Shunday ekan, A.Osborn taklifiga ko‘ra texnik masalani yechishni “g‘oya generatorlari” hamda “ekspertlar”dan tashkil topgan jamoa zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq ekan.Shundan keyin “aql bilan o‘ylash”usulining quyidagi qonuniyatlari ishlab chiqildi: 1. Yechilishi lozim bo‘lgan masalani hal etshda qatnashadigan ishtirokchilarning optimal soni 12-25 kishini tashkil etishi kerak. Ularning yarmi g‘oyani ilgari suradi, qolgan yarmi esa bu g‘oyani tahlil qiladi. 2. “Generatorlar “ning asosiy vazifasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalani yechish uchun maksimal miqdordagi g‘oyalarni taklif etishdan iborat (g‘oyalar fantastik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin). Ilgari surilgan g‘oyalar yozma ravishda yoki magnitofon yordamida qayd qilib boriladi. “Ekspertlar”ning vazifasi bajarilishi mumkin g‘oyalarni to‘plab olishdan iborat.Muhokamani olib boruvchi (o‘qituvchi) u yoki bu guruhdagilarga yon bosmagan holda savollar berishi takliflar kiritishi va qatnashchilar fikrini oydinlashtirishi mumkin hamda suhbat uzilib qolmasligini nazorat qilib borishi lozim.