O`rta Osiyoda tasavvuf ta’limoti
O`rta Osiyoda tasavvuf ta’limoti Reja: 1.Tasavvufning mazmun mohiyati. 2.Tasavvuf tariqatlarining turlari. 3. Tasavvuf ilmining yirik namoyondalari.
Tasavvuf ta’limoti islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoygan. Muhammad payg’ambarimiz vafotidan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qo’yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindoshurug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’lgan. Ummaviya xalifaligi davriga kelib, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oladi. Ya’ni, diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat- ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochi kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi esa qanoat va zuhdni (“zuhd” so’zi “zohid” so’zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va savdogarlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar. Kufa, Bog’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, ularning obro’si xal o’rtasida yuqori bo’lgan. Masalan, Uvays Qaroniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edi, ammo ba’zi mualliflar ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning sababi, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irvon (ilohiy ma’rifat)dan bexabar kishilar edi. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valilik, karomat, mo’jizalar ko’rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat ma’rifatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzurhalovatiga yetishish edi. So’fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham ta’maning bir ko’rinishidir. Holbuki, so’fiy uchun na dunyodan na oxiratdan mta’ma bo’lmasligi keraKalom Yagona istak bu – Xudoning diydoridir. Mashhur so’fiy ayol Fobia Adviya (714-801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan, “Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannatning ta’masida toat
qiladigan bo’lsam, jannatingdan benasib et, agar do’zaxingdan qo’rqib itoat etadigan bo’lsa – meni do’zax o’tida kuydir – ming-ming roziman! Ammo agar sening jamolingni deb tunlarni bedor o’tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!” Tangri taologa quruq ko’r-ko’rona mutyelikning hojati yo’q. Xudo g’azabidan qo’rqibgina amri ma’rufni botirlik, sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shuning uchun so’fiylar: Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini topish va bilish, ko’ngillin nafsu-hirs g’uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g’oyasini keng targ’ib qildilar. Inson ruhiy ilohiydir, demak, asosiy maqsad – ilohiy olamga borib qo’shilmoqdir, dedilar. Shu taria dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy) zehni zakovat, aqlu-farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toat-u ibodatda mustahkam, ammo oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan ediki, ularni ruh kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarning g’oyibdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqlni lol qoldirar edi. Ularni axluloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo, bu toifaga nisbatan ko’proq “so’fiy” nomi qo’llanilgan, sababi ushbu so’zning ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga singdiradi. So’fiy so’z qayerdan paydo bo’lgan? Bu haqda bir necha qarashlar bor. Ba’zilar bu so’z “sof” so’zidan kelib chiqqan deydilar, chunki so’fiy Iloh yo’liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba’zi olimlar uni “suffa” so’zidan hosil bo’lgan, deb aytardilar: as’hobu suffa hazrati Payg’ambar tirikligidayoq tarki dunyo qilgan taqvodor kishilar bo’lib, so’fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. Yana bir guruh olimlar so’fiy so’zi “safo” so’zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqi safo oftobidan porlab turadi, deganlar. Yana ba’zilar so’fiy “sufuh” so’zidan yasalgan sufuh – biror narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo’lganligi sababli, ularni so’fiy deganlar,
deb yozadi. So’fiy so’zi “sof” so’zidan chiqqan deguvchilar ham bor. Abu Rayhon Beruniy bo’lsa “Osorul boqiya ...” asarida ushbu so’zni yunoncha “suf”, ya’ni faylasuf so’zining oxirgi qismidan yasalgan deb ko’rsatadi. Ammo ko’pchilik so’fiy so’zi arabcha “so’z” so’zidan hosil bo’lgan, degan fikrni bildiradilar. “So’z” so’zining lug’aviy ma’nosi jun va jundan to’qilgan matodir. So’fiylar ko’p hollarda jun chakmon yoki qo’y terisidan to’qilgan po’stin kiyib yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlari (forscha pashminapo’sh), ya’ni so’fiy deb yuritganlar. Bizningcha, shu keyingi e’timologik ma’no haqiqatga yaqinroqdir, zero, so’fiy so’zining “so’f” so’zidan yasalishi arab tili qonun-qoidalariga mos keladi. Agar “so’f” so’zidan so’fiy yasalgan bo’lsa, o’z navbatida, “so’fiy”dan, “tasavvuf”, “mustasuf”, “mutassuf”, “mutasavvuf” so’zlari hosil bo’lgan. Mustasuf o’zini so’fiylarga o’xshatib, taqlid qilib yuradigan, ammo asl maqsadi amal-mansab, molu mulkka intilishdan iborat bo’lgan kishilarga nisbatan ishlatilgan so’z bo’lsa, mutassuf tariqat va haqiqatda muayyan manzillarni egallagan, biroq so’fiy darajasiga ko’tarila olmagan kishilardir. Qalban so’fiyona g’oyalarga moyil, tasavvufni e’tiqod – maslak qilib olgan, lekin tariqat amaliyotini o’tmagan, rasman so’fiy bo’lmagan odamlar esa mutasavvuf bo’lib hisoblanganlar. So’fiylarning o’zini ham Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy” nomli asarida uch guruhga ajratgan: mushoirlar, mutarasmlar, muhaqqiqlar. Mushoirlar – tariqat ahlining muxlislari. Ular darveshlarga muhabbat bilan qaraydilar, darveshlar suhbatida ishtirok etadilar, ularning xizmatlarini bajaradilar va savobga o’zlarining sherik deb biladilar. “Mutarasm” so’zining ma’nosi rasmu rusumga ergashuvchi demak, ammo mutarasmlar darveshlarning odatlariga zohiran taqlid qilsalar-da, botinan hol talabgoridirlar va shu toifaga ixloslari tufayli ilohiy fayzdan bahramanddirlar. Muhaqqiqlar – Haqqa yetganlar, ularni oliy martabali so’fiylar deb ta’riflash mumkin. Haqiqiy avliyolar, shayxi murshidlar shular ichidan yetishib chiqqan. Bu o’rinda muhaqqiq so’fiylarning najib sifatlari xususida to’xtab o’tish joiz deb hisoblaymiz. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, chin so’fiy o’zlikdan va foniy dunyodan kechgan va Haq baqosida o’zligini qayta topgan zot bo’lib, suratda
bandayu, ma’nida ozod kishidir. Surat – tashqi ko’rinishda banda bo’lish – jism- tanani Iloh toatiga bag’ishlash bo’lsa, ma’nida ozodlik-botinni barcha aloqalardan tozalab, ruhni hur va pok saqlash demaKalom So’fiyga hyech bir narsa va hyech bir kishi qaram bo’lmasligi; uning o’zi ham hyech bir narsaning va hyech bir odamning qarami bo’lmasligi keraKalom So’fiyning ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi va ilohiy fikr sifati bo’lmish pok ruh ko’rinishida istig’no olami – Tangri taolo olamining zaruratlari bepoyonligi kullan idrok etishini anglaganlar. So’fiy yana “sirri sof, aqli yetuk, muhabbat ahliga bil bog’lagan” “Koshifiy” bo’lishi, nafasidan bedardlar qalbi bedor bo’lmog’i keraKalom So’fiylar ruhoniyat bilan suhbat quradigan, kayhonu falak asroridan mujda keltiradigan, farqni ixtiyoriy ravishda bo’yinga olib, tabiiy axloqni tark eta borib, ilohiy axloqni kasb etuvchi, ezgulik yo’lida jonini fido qiluvchilardir, ular borliq va yo’qlik, zamon makondan xorij, azalu abadni birlashtirgan mukarram zotlardir. Davrlarning almashinishi, shohlarning o’zgarishi, siyosatu rayosat darvesh so’fiyning e’tiqodiga, xulqiga ta’sir qilmasligi kerak, so’fiy mayda manfaatlar, odamlarning kundalik tashvishlarigina emas, umuman foniy dunyoning g’amu muammolaridan ustun turadigan, tafakkurning sathi falaklar qadar qamrovli, qalbida ma’nolar bulog’i qaynab turgan komil inson hisoblangan. Bunday karomatli insonlarni xalq aziz-avliyo, qudsiy nafasli kishilar sifatila alohida e’zozlagan. Bu zotlar atrofdigalar ongi va shuuriga qattiq ta’sir o’tkazganlar va ma’naviyat sultonlari bo’lib maydonga chiqqanlar. Ularning so’zi va harakati, xislati va axloqi hammaga ibrat qilib ko’rsatilgan. Jahonning butunligi, obodonlik osoyishtalik Parvardigor fayzini yetkazuvchi shu tabarruk zotlarning duosi, xayrli ishlariga vobasta deb qaralgan. Shu asnoda avliyo-anbiyoning merosxo’ri – davomchisi degan aqida shakllangan. Ya’ni garchi Payg’ambari oxir zamon payg’ambar Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan keyin payg’ambar kelmasada, ammo qutbi kirom valilar har zamonda paydo bo’lib, xalqni islom haqiqatlariga hidoyat etadilar, to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Demak, avliyo – jahonning nuri, insonlar ko’zining gavhari. Avliyo Mustafoning izidan borgan va