logo

O`rta asrlarda suv to`g`onlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.650390625 KB
Mavzu O`rta asrlarda suv to`g`onlari .
Reja:
1.Xonbandi haqida ma`lumot.
2.Abdullaxon bandinig suv sig`imi.
3.G`ishtband suv omborini sug`orish tizimidagi ahamiyati.
4.Suv ayirg`ichlar va ko`priklar haqida. Bu   inshootning   Xonbandi   deb   atalishi   suv   inshootlarining   qurilish
tartibi   bilan   bog‘liq.   Ma’lumki,   o‘rta   asrlarda   yirik   irrigasiya   inshootlari
hashar   yo‘li   bilan   yaratilgan.   Bunday   qurilishlarni   hamma   vaqt   markaziy
hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini tashkil
etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda ochiq va aniq
qayd   etiladi.   Xususan,   suvdan   tejab   va   birgalashib   foydalanishdek   odatiy
ehtiyoj   G‘arbda,   masalan,   Flandriya   va   Italiyada   xususiy   sohibkorlarni
ixtiyoriy   assosiasiyalarga   birlashishga   majbur   qilgan   bo‘lsa,   xududi   juda
keng   bo‘lganligi   sababli   ixtiyoriy   assosiasiyalarining   vujudga   kelishi   uchun
imkon   bo‘lmagan.   Sharqda   esa,   bunday   ishlar   hukumat   tomonidan   tashkil
etilib jamoat majburiyati - hasharlar vositasida amalga oshirilgan.
              Ma’lumki   O‘rta   Osiyoda   hukumatni   xonlar   va   amirlar   idora   qilgan.
SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan inshootlar:
Xonariq,   Sultonband,   Hovuzxon,   Amir   Temur   ko‘prigi,   Abdullaxon
sardobasi   va   boshqalar   xon,   sulton   yoki   amirlarning   nomlari   bilan   atalgan.
Osmonsoy   darasiga   qurilgan   Xonbandi   suv   ombori   1953   va   1962   yillarda
O‘zbekiston   Fanlar   Akademiyasi   tarix   va   arxeologiya   institutining
Ya.G‘.G‘ulomov   boshliq   arxeologik   ekspedisiya   tomonidan   topib
tekshirilgan.   To‘g‘onning   uzunligi   ustki   qismida   51,75   m,   asosida   24,35   m
bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit) toshlardan yo‘nib
qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan bir-
biriga   mahkam   biriktirilgan.   Xonbandi   suv   omboriga   to‘plangan   suv   o‘ziga
xos   tarzda   boshqarilgan.   Suv   omboridagi   suvning   tashqariga   oqib   chiqishi
uchun   to‘g‘onning   g‘arbiy   chekkasiga   toshlardan   past-baland   qilib   ishlab
chiqilgan   to‘qqizta   quvur   o‘tkazilgan.   Ombordagi   suvning   sathiga   qarab
quvurlar   birin-ketin   ochilgan.   O‘rta   asr   irrigatorlari   quvur   o‘rnatishda
daraning   birmuncha   yotiqroq   qoya   toshli   so‘l   qirg‘og‘idan   ustalik   bilan
foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim o‘zan tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi mumkin edi.
Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki, har qaysi quvurdan
shiddat   bilan   otilib   chiqqan   suv   avval   tog‘ning   shu   qoyasiga   kelib   urilgan,
so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab qazilgan ariqqa oqib tushgan.
Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni yaratgan
XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini ko‘rganda edi, o‘z
qonunini   O‘zbekistonning   qadimgi   irrigatorlari   nomi   bilan   atalgan
bo‘larmidi.   Chunki   Paskal   yaratgan   qonun,   undan   700   yil   muqaddam   X   asr
irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini qurishda ishlatilgan.
Shuni   aytish   kyerakki,   X   asr   muxandis-irrigatorlari   inshootning   mustahkam
qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori ichida to‘planadigan
loyqani   tashqariga   chiqarib   yuborish   yo‘lini   topa   olmaganlar.   Shu   sababli
Xonbandi suv  ombori asta-sekin loyqaga to‘lib, ishdan chiqqan, to‘g‘on esa
hozirgacha saqlangan.
XVI   asr   Buxoro   tarixchisi   Hofiz   Tinish   Mirmuhammad   alBuxoriyning
"Abdullanoma"   nomli   qo‘lyozma   asarida   hikoya   qilinishicha,   Buxoro   xoni
Abdullaxon   (1557-1598   yillarda   hukumronlik   qilgan)   1582   yilda   SHimoliy
Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh
qishlog‘i  yaqinidagi Oqchob  manzili  orqali o‘tgan. Bu  yerda  bahor  oylarida
juda   ko‘p   sel   suvlari   to‘planar,   ammo   bu   suvlardan   dehqonchilikda   deyarli
foydalanilmas   ekan.   Sel   suvlarini   bir   joyga   to‘plab,   undan   dehqonchilikda
foydalana   olish   uchun   xon   Oqchob   darasi   oralig‘iga   katta   to‘g‘on   qurishni
buyurgan.   Shubhasiz,   Oqchob   qishlog‘ining   aholisi   suv   tanqisligi   haqida
Abdullaxonga arz qilgan va undan Oqchob soyini to‘sib suv ombori qurishga
ruxsat   berishni   iltimos   qilgan.   SHundan   so‘ng   Abdullaxon   xonlikdagi   eng
oliy   mansablardan   biri   -   "otaliq"   lavozimini   egallab   turgan   Ahmadali
Naymanga band qurilishida boshchilik qilishni buyurgan. O‘rta   asrlarda   Hindiston,   Eron   va   Afg‘onistonning   shimoliy   tog‘lik   va
tog‘oldi   mintaqalarida   bunday   inshootlardan   ayniqsa   keng   foydalanilgan.
Hindistonda bunday suv omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur
bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun
G‘azna   viloyati   G‘aznaband,   Saxanband   va   Saridehband   kabi   uchta   suv
omborlariga   jamg‘ariladigan   suvlar   bilan   sug‘orilib   obod   etilgan.   Mahmud
G‘aznaviy   (998-1030   y.)   tomonidan   qurdirilgan   G‘aznibod   suv   ombori
to‘g‘onning   uzunligi   300   qari   (gaz),   balandligi   40-50   qariga   teng   bo‘lgan.
Keyinchalik   Alouddin   Jahonso‘z   G‘uriy   (1172-1205   y.)   tomonidan   buzib
tashlagan   bu   sug‘orish   inshooti   1526   yilda   Bobur   farmoni   bilan   qayta
tiklanggan.
Abdullaxonbandini   qurilishi   haqida   mahalliy   aholi   quyidagi   fikrlarni
aytishadi,   hikoyaning   mazmuniga   qaraganda   vaqtida   yuzlab   toshtaroshlar
tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch pishirgan ekanlar.
Tayorlangan   ganchxoki   meshlarda   olib   kelingan   tuya   suti   bilan   shinniga
qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu  ganch qorishmasi bilan biriktirilib,
to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro binokor me’morlari bunday qurilish
qorishmasini   “qir”   deb   atashadi.   "Qir"   bilan   ishlangan   inshoot   yoki   bino
poydevori   nihoyatda   mustahkam   bo‘lganligi   uchun   buxoroliklar   qaysi   ish
ko‘ngildagidek puxta bajarilsa, "koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi
degan   iborani   ishlatadilar.   Darhaqiqat,   "qir"   o‘z   davrida   o‘rta   asr
qurilishlarida   sement   o‘rnida   ishlatilgan   mustahkam   birikituvchi   qurilish
qorishmasi   bo‘lib,   O‘rta   Osiyo   me’morchiligida   undan   juda   keng
foydalanilgan.
1962   yil   bahorida   Samarqand   viloyati,   Kattaqo‘rg‘on   tumanidagi   Jom
yaqinida   Xonbandiga   o‘xshash   yana   bir   qadimgi   suv   inshooti   qoldiqlari
topildi   va   tekshirish   ishlari   olib   borildi.   Bu   inshoot   aholi   o‘rtasida "G‘ishtband"   nomi   bilan   yuritilib   Zarafshon   tog‘   tizmalarining   g‘arbiy
etaklaridan oqib chiqadigan Omondara soyida qurilgan. G‘ishtbandning nomi
garchi   inshootni   g‘ishtdan   bino   qilinganligiga   ishora   qilsa-da,   u   aslida
yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish qorishmasidan .ishlangan. Bu suv
inshooti   Omondaraning   eng   tor   joyiga   o‘rnatilgan   bo‘lib,   to‘g‘onning
balandligi   9   m,   ustki   qismining   uzunligi   24,5   m,   asosining   uzunligi   10   m,
qalinligi   pastda   9,1   m,   yuqorisida   5,5metrga   teng   bo‘lgan.   To‘g‘onning   suv
to‘planadigan   ichki   tomoni   deyarli   tik,   tashqarsi   esa   zinapoya   shaklida
qurilgan.   Jom   qishlog‘ida   yashovchi   keksa   dehqonlarning   so‘zlariga
qaraganda   to‘g‘onning   markaziy   qismida   past-baland   joylashgan   beshta
qulfagi   bo‘lgan.   Afsuski   uning   quvurlar   o‘rnatilgan   bu   o‘rta   qismini
Omondara soyining sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning
faqat   daraning   qoya   toshli   mustahkam   qirg‘oqlariga   biriktirilgan
qanotlarigina saqlagan.
G‘ishtband   XII   asr   boshlarida,   O‘rta   Osiyoda   Qoraxoniylar   davlati
hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan.
G‘ishtband   suv   omboriga   yig‘ilgan   suv   tufayli   Samarqand   va   Qarshi
shaharlari   orasidagi   qadimgi   karvon   yo‘li   ustida   mustahkam   qal’a   hamda
maxsus   rabot   qad   ko‘targan,   Jom   vohasida   250-300   gektar   yer   maydoni
sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi vaqtda Kattatepa deb
ataladi.   U   G‘ishtband   inshootidan   5   km   g‘arbda,   soyning   so‘l   qirg‘og‘ida
joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib borilgan arxeologik tekshirishlarga
qaraganda XII asrda qurilgan bu suv ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin
loyqa bosishi tufayli ishdan chiqqan.
Qadimgi   gidrotexnika   inshootlari   ustida   so‘z   yuritilar   ekan,   pishiq   g‘isht   va
suvga chidamli binokorlik qorishmalaridan qurilgan suv ayirg‘ich ko‘priklar ustida,   umumiy   tarzda   bo‘lsa   ham,   alohida   to‘xtalib   o‘tish   maqsadga
muvofiqdir.   Chunki   ular   O‘rta   asrlarda   suvdan   foydalanishning   taraqqiyot
darajasi   va   uning   rivojlanish   tarixi   haqida   ba’zi   bir   aniq   ma’lumotlarni
byeradi.   Bunday   inshootlar   manbalarda   "Qantara",   "sari   pul",   "puli   sangin",
"tosh   ko‘prik",   "g‘isht   ko‘prik"   nomlari   ostida   tilga   olingan.   Mana   shunday
g‘isht ko‘priklardan biri Zarafshon daryosi ustiga qurilgan Shayboniyxon suv
ayirg‘ich ko‘prigidir. Bu inshootning qoldig‘i Samarqand shahri markazidan
7-8 km shimolisharqda daryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Adabiyotlarda
u   "Amir   Temur   ravog‘i",   "Puli   SHodmon   Molik"   va   "Abdullaxon   ko‘prigi"
nomlari   bilan  ham   tilga  olinadi.   Kamoloddin  Binoiyning   "SHayboniynoma"
asarida yozilishicha bu inshoot 1502 yili SHayboniyxon tomonidan qurilgan.
Bizning davrimizgacha uning faqat bir ravog‘igina saqlangan. Adabiyotlarda
ushbu   inshoot   dastavval   8,10   yoki   16   ravoqli   bo‘lgan   degan   ma’lumotlar
uchraydi.   Har   holda   XIX   asrning   40-yillarida   uning   uch   ravog‘i   butun
bo‘lgan.
Ko‘prikning   ustki   o‘tiladigan   yo‘l   qismining   eni   7   m   dan   ortiqroq   bo‘lib,
uning   ikki   cheti   pishiq   g‘ishtdan,   balandligi   ham,   qalinligi   ham   1   metrlik
g‘ov   qilib   ishlangan.   G‘ovlar,   shubhasiz   ko‘prik   usti   qatnovchilarining
shaxsiy   xavfsizligini   ta’minlash   maqsadida   o‘rnatilgan.   Shunday   qilib,
Shayboniyxon   suv   ayirg‘ich   ko‘prigining   saqlangan   qismlari   o‘lchamlariga
qaraganda,   bu   inshootni   bunyod   qilgan   XVI   asr   me’mor   quruvchilari
inshootning   daryo   ichida   o‘rnatilgan   ustunlaridan   tortib   har   bir   ravog‘i   va
ustki   yo‘l   qismlarining   Peshtoqli   sardoba   va   Sarafshon   daryosi   ustiga
qurilgan   suv   ayrig‘ich.   14   tuzilishigacha   matematik   jiqatdan   aniq   va   puxta
loyihalashtirganlar. Afsuski, u bu ajoyib suv inshootini barpo etgan O‘rta asr
gidrotexnikme’morlarining   nomlari   tarixda   saqlanib   qolmagan.   Bunday
gidrotexnika inshootlari O‘rta Osiyoda yagona bo‘lmagan. Masalan XVI asr
tarixchisi Xondamirning yozishicha birgina Xuroson viloyatida Mir Alishyer tomonidan 19 ta hovuz va 16 ta g‘ishtin ko‘priklar barpo qilingan. Ularning
ayrimlari   hatto   marmardan   ishlangan.   XIII   asrga   oid   qo‘lyozma   asarlardan
Mirzo   Muhammad   Bade   devonning   "Majma’   al-arqom"   da   keltirilgan
ma’lumotlarga qaraganda birginga Zarafshon daryosining quyi oqimida "Puli
Karmana", "Puli Mextar Qosim", "Puli Choxorminor" va "Puli Jondor" kabi
daryodagi   suv   hajmini   belgilovchi   suv   o‘lchagich   va   suv   taqsimlagich
ko‘priklar   bo‘lgan.   Ammo   bu   ko‘priklar   allaqachon   vayron   bo‘lib,   ularning
qoldiqlari daryoning ko‘hna o‘zani ostida qolib ko‘milib ketgan.

Mavzu O`rta asrlarda suv to`g`onlari . Reja: 1.Xonbandi haqida ma`lumot. 2.Abdullaxon bandinig suv sig`imi. 3.G`ishtband suv omborini sug`orish tizimidagi ahamiyati. 4.Suv ayirg`ichlar va ko`priklar haqida.

Bu inshootning Xonbandi deb atalishi suv inshootlarining qurilish tartibi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘rta asrlarda yirik irrigasiya inshootlari hashar yo‘li bilan yaratilgan. Bunday qurilishlarni hamma vaqt markaziy hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini tashkil etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda ochiq va aniq qayd etiladi. Xususan, suvdan tejab va birgalashib foydalanishdek odatiy ehtiyoj G‘arbda, masalan, Flandriya va Italiyada xususiy sohibkorlarni ixtiyoriy assosiasiyalarga birlashishga majbur qilgan bo‘lsa, xududi juda keng bo‘lganligi sababli ixtiyoriy assosiasiyalarining vujudga kelishi uchun imkon bo‘lmagan. Sharqda esa, bunday ishlar hukumat tomonidan tashkil etilib jamoat majburiyati - hasharlar vositasida amalga oshirilgan. Ma’lumki O‘rta Osiyoda hukumatni xonlar va amirlar idora qilgan. SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan inshootlar: Xonariq, Sultonband, Hovuzxon, Amir Temur ko‘prigi, Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq arxeologik ekspedisiya tomonidan topib tekshirilgan. To‘g‘onning uzunligi ustki qismida 51,75 m, asosida 24,35 m bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit) toshlardan yo‘nib qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan bir- biriga mahkam biriktirilgan. Xonbandi suv omboriga to‘plangan suv o‘ziga xos tarzda boshqarilgan. Suv omboridagi suvning tashqariga oqib chiqishi uchun to‘g‘onning g‘arbiy chekkasiga toshlardan past-baland qilib ishlab chiqilgan to‘qqizta quvur o‘tkazilgan. Ombordagi suvning sathiga qarab quvurlar birin-ketin ochilgan. O‘rta asr irrigatorlari quvur o‘rnatishda daraning birmuncha yotiqroq qoya toshli so‘l qirg‘og‘idan ustalik bilan foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim o‘zan

tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi mumkin edi. Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki, har qaysi quvurdan shiddat bilan otilib chiqqan suv avval tog‘ning shu qoyasiga kelib urilgan, so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab qazilgan ariqqa oqib tushgan. Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni yaratgan XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini ko‘rganda edi, o‘z qonunini O‘zbekistonning qadimgi irrigatorlari nomi bilan atalgan bo‘larmidi. Chunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini qurishda ishlatilgan. Shuni aytish kyerakki, X asr muxandis-irrigatorlari inshootning mustahkam qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori ichida to‘planadigan loyqani tashqariga chiqarib yuborish yo‘lini topa olmaganlar. Shu sababli Xonbandi suv ombori asta-sekin loyqaga to‘lib, ishdan chiqqan, to‘g‘on esa hozirgacha saqlangan. XVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad alBuxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni buyurgan. Shubhasiz, Oqchob qishlog‘ining aholisi suv tanqisligi haqida Abdullaxonga arz qilgan va undan Oqchob soyini to‘sib suv ombori qurishga ruxsat berishni iltimos qilgan. SHundan so‘ng Abdullaxon xonlikdagi eng oliy mansablardan biri - "otaliq" lavozimini egallab turgan Ahmadali Naymanga band qurilishida boshchilik qilishni buyurgan.

O‘rta asrlarda Hindiston, Eron va Afg‘onistonning shimoliy tog‘lik va tog‘oldi mintaqalarida bunday inshootlardan ayniqsa keng foydalanilgan. Hindistonda bunday suv omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun G‘azna viloyati G‘aznaband, Saxanband va Saridehband kabi uchta suv omborlariga jamg‘ariladigan suvlar bilan sug‘orilib obod etilgan. Mahmud G‘aznaviy (998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan. Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan qayta tiklanggan. Abdullaxonbandini qurilishi haqida mahalliy aholi quyidagi fikrlarni aytishadi, hikoyaning mazmuniga qaraganda vaqtida yuzlab toshtaroshlar tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch pishirgan ekanlar. Tayorlangan ganchxoki meshlarda olib kelingan tuya suti bilan shinniga qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu ganch qorishmasi bilan biriktirilib, to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro binokor me’morlari bunday qurilish qorishmasini “qir” deb atashadi. "Qir" bilan ishlangan inshoot yoki bino poydevori nihoyatda mustahkam bo‘lganligi uchun buxoroliklar qaysi ish ko‘ngildagidek puxta bajarilsa, "koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi degan iborani ishlatadilar. Darhaqiqat, "qir" o‘z davrida o‘rta asr qurilishlarida sement o‘rnida ishlatilgan mustahkam birikituvchi qurilish qorishmasi bo‘lib, O‘rta Osiyo me’morchiligida undan juda keng foydalanilgan. 1962 yil bahorida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jom yaqinida Xonbandiga o‘xshash yana bir qadimgi suv inshooti qoldiqlari topildi va tekshirish ishlari olib borildi. Bu inshoot aholi o‘rtasida

"G‘ishtband" nomi bilan yuritilib Zarafshon tog‘ tizmalarining g‘arbiy etaklaridan oqib chiqadigan Omondara soyida qurilgan. G‘ishtbandning nomi garchi inshootni g‘ishtdan bino qilinganligiga ishora qilsa-da, u aslida yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish qorishmasidan .ishlangan. Bu suv inshooti Omondaraning eng tor joyiga o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘onning balandligi 9 m, ustki qismining uzunligi 24,5 m, asosining uzunligi 10 m, qalinligi pastda 9,1 m, yuqorisida 5,5metrga teng bo‘lgan. To‘g‘onning suv to‘planadigan ichki tomoni deyarli tik, tashqarsi esa zinapoya shaklida qurilgan. Jom qishlog‘ida yashovchi keksa dehqonlarning so‘zlariga qaraganda to‘g‘onning markaziy qismida past-baland joylashgan beshta qulfagi bo‘lgan. Afsuski uning quvurlar o‘rnatilgan bu o‘rta qismini Omondara soyining sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning faqat daraning qoya toshli mustahkam qirg‘oqlariga biriktirilgan qanotlarigina saqlagan. G‘ishtband XII asr boshlarida, O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan. G‘ishtband suv omboriga yig‘ilgan suv tufayli Samarqand va Qarshi shaharlari orasidagi qadimgi karvon yo‘li ustida mustahkam qal’a hamda maxsus rabot qad ko‘targan, Jom vohasida 250-300 gektar yer maydoni sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi vaqtda Kattatepa deb ataladi. U G‘ishtband inshootidan 5 km g‘arbda, soyning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib borilgan arxeologik tekshirishlarga qaraganda XII asrda qurilgan bu suv ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin loyqa bosishi tufayli ishdan chiqqan. Qadimgi gidrotexnika inshootlari ustida so‘z yuritilar ekan, pishiq g‘isht va suvga chidamli binokorlik qorishmalaridan qurilgan suv ayirg‘ich ko‘priklar