O`rta asrlarda Anglya shaharlari


Britaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror topadi. Janubi-sharqda yutlar asos solgan Kent qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, Nortumbriya va Mersiya – angllar asos solgan. Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.
Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga ega edi. Ulardan eng muhimlari – jamoa tartiblarining barqarorligi, allodning kech paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish jarayonining va yirik feodal yer egalari paydo bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin.
Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining asosiy qismini tashkil etib, feodal munosabatlarning rivojlanishi yemirilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki evolyutsiyasi yo’li bilan sodir bo’ladi .