logo

O’SIMLIKLAR EKOFIZOLOGIYASI FANI, FAZIFALARI VA USLUBLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.25 KB
O’SIMLIKLAR EKOFIZOLOGIYASI FANI, FAZIFALARI VA
USLUBLARI. 
Reja :
1. O‘simliklar ekofiziologiyasi fani va vazifalari.
2. O‘simliklarda tashqi muhit omillari ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar.
3. Zo‘riqish va uning ahamiyati.
4. O‘simliklarning himoyalanishi imkoniyatlari. Muayyan   hudud   sharoitida   unib,   o‘sib   rivojlana ѐ% tgan   o‘simlikni   ekologik
omillarining   ta’siri   natijasida   uning   organizmida   ro‘y   berayotgan     jarayonlarni
ekologik fiziologiya fani  o‘rganadi. Ma’lumki, bizning respublikamiz  hududining
katta maydoni yog‘ingarchilik kam ro‘y beradigan joylarga to‘g‘ri keladi. Yurtimiz
asosan ikki azim dar ѐ	
%  Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. U Orol dengizi
va   Ustyurt   tekisliklaridan   tortib,   qorli   Tyan-Shan   va   Pomir-Oloy   baland
tog‘larigacha   bo‘lgan   g‘oyat   katta   maydoni   449,6   ming   kv.   km   maydonni
egallaydi.   Respublikamizning   yer   tuzilishi   notekis   sharq   qismi   ko‘ksini   ko‘kka
tirab   turgan   baland   Tyan-Shan   va   Pomir   tog‘lari,   shimoliy   va   janubiy-g‘arbiy
qismi jazirama Qizilqum va Qoraqum cho‘llari bilan tutashgan. Uning tabiati boy
va rang-barangdir.
O‘zbekiston   relefining   notekisligi,   uning   tabiiy   sharoitiga   keskin   ta’sir
qiladi.   Uning   geografik   joylanishini   hisobga   olib   o‘rtacha   mintaqaning   cho‘llar
zonasiga kiritiladi.
O‘zbekistonda yilning to‘rt fasli: bahor, yoz, kuz va qish kalendar hisobida
navbatlashadi.   Bahor   tugashi   bilan   yoz   boshlanadi.   Yil   fasllarining   bizdagidek
almashinuvi hech bir o‘lkada uchramaydi. Bu qonuniyatni ahyon-ahyonda tabiatni
o‘zi   “buzib”   turadi.   O‘zbekistonda   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   hosildorligi   ham
uning tabiati bilan ma’lum darajada bog‘liq.
Tashqi   muhitning   muayyan   sharoitlariga   o‘simliklarning   ontogenezidagi
moslashuvi ularning evolyutsiyasini (o‘zgaruvchanligi, irsiyati, tabiiy tanlanishida)
natijasi   hisoblanadi.   Har   bir   turga   mansub   o‘simliklarning   filogenezini
evolyutsiyasi   davomida   shu   o‘simlikning   egallab   turgan   ekologik   sharoitiga
moslanishi ro‘y bergan.
O‘simlikning namsevar yoki salqin sevarligi, issiq yoki sovuqqa chidamliligi
va   boshqa   bir   qator   ekologik   xususiyatlari   bilan   bog‘liq   tomonlari   uzoq   muddat
davomida   evolyutsiya   jarayonida   shakllangan.   Zero   bizning   sharoitimizdagi
issiqsevar o‘simliklar va qisqa kun o‘simliklari shimoliy mintaqadagi issiqqa talabi
kam,   uzun   kun   o‘simliklaridan   farqlanadi.   Tabiatda   har   bir   geografik   hududdagi
alohida   o‘simlik   o‘zining   biologiyasi   jihatidan   mos   keladigan   ekologik   sharoiti joyida   namsevar   o‘simliklar   suv   havzalarining   yaqinida,   soyasevar   o‘simliklar
quyosh   nuri   bevosita   tushmaydigan   joylarda   va   shu   kabi   joylarda   o‘sadi.
O‘simliklarning   irsiyati   tashqi   muhitning   muayyan   sharoitlarda   shakllanadi.   Bu
o‘rinda o‘simlikning ontogenezi davridagi tashqi muhit omillarini ta’siri ham katta
ahamiyatga ega. O‘simliklar qishloq xo‘jalik ekinlarining nihollari, ko‘chatlar ko‘p
hollarda   tashqi   muhitning   o‘zlari   uchun   noqulay   bo‘lgan   u   yoki   bu   omillariga
bo‘lgan   ta’sirdan   ularga   nisbatan   tarixiy   taraqqiyot   natijasida   yuzaga   kelgan
yashash   uchun   kurash   natijasi   sifatida   moslanishlarni   hosil   qiladilar.   O‘simliklar
tashqi   muhitning   noqulay   abiotik   va   biotik   omillaridan   samarali   tarzda
himoyalanishadi.   Ularga   chidamlikni   hisobga   olgan   holda   qishloq   xo‘jalik
ekinlarini biror hududga ekiladi.
O‘simliklarning   tashqi   muhitni   muayyan   iqlim,   tuproq   sharoitlariga
moslashishi   ularda   ro‘y   beradigan   fiziologik   mexanizimlar   (fiziologik   jihatdan
moslanishi) natijasida, oganizimlarning populsiyasidagi irsiy o‘zgaruvchanliklarida
va tabiy tanlanishida (irsiy jihatidan moslanish) sodir bo‘ladi. Tashqi muhitida ro‘y
beradigan omillar qonuniy jihatidan va tasodifan ro‘y beradi. Qonuniy tarzda ro‘y
beradigan   tashqi   muhitdagi   o‘zgarishlar   masalan,   yil   fasllarining   almashinuvlari
davrida   himoyalanish   o‘simliklarda   bu   hodisalarga   irsiy   jihatidan   moslanishlarni
hosil   qiladi.   O‘simliklardagi   moslanishlar   va   chidamlilik   imkoniyatlari   mavjud.
Tabiy   sharoitda   o‘sayotgan   yoki   ekilgan   o‘simlik   o‘zining   o‘sishi   va   rivojlanishi
davrida   o‘zi   uchun   noqulay   bo‘lgan   tashqi   muhitning   haroratidagi   o‘zgarishlari,
yoritilishi,   qurg‘oqchilikni   ro‘y   berishi,   me’yoridan   ortiqcha   namlikni   bo‘lishi,
tuproqning   sho‘rlanishi   kabi   bir   qator   omillarning   ta’siri   ostida   bo‘ladi.   Har   bir
o‘simlik   tashqi   muhitda   ro‘y   berayotgan   o‘zi   uchun   qulay   yoki   noqulay   bo‘lgan
ta’sirlarga genetikasida belgilangan moslanishlar, chidamliliklarni hosil qiladilar. 
O‘simlikda   bunday   moslanish   va   chidamlilikni   qanchalik   darajada   yuqori
yoki   past   bo‘lishi   mazkur   o‘simlikning   moslanishi   va   chidamliligining   reaksiya
normasini   belgilaydi.   Mana   shu   holat   qishloq   xo‘jaligida   ekib   hosil   olinadigan
ekinlarning   chidamli   navlarini   belgilaydi.   Odatda   tashqi   muhitning   uncha   kuchli
bo‘lmagan   va   qisqa   muddat   davomida   ta’sir   etadigan   omillaridagi   o‘zgarishlar o‘simliklarda   ro‘y   berayotgan   mavjud   fiziologik   jarayonlarga   ta’siri     deyarli
bo‘lmaydi.   Bunday   muhitda   ro‘y   beradigan   o‘zgarishlarga   nisbatan   o‘simliklarda
ma’lum   darajadagi   barqaror   fiziologik,   biokimyoviy   jarayonlarni,   gomeostazni
saqlashi   bilan   amalga   oshadi.   Biroq,   keskin   va   uzoq   muddat   davomida   ta’sir
etadigan tashqi muhitning o‘simlik uchun noqulay bo‘lgan omillari undagi ko‘plab
jarayonlarni buzilishiga, ko‘p hollarni uni qurib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘simlik
o‘sayotgan   muhitda   ro‘y   beradigan   tashqi   muhitning   noqulay   sharoiti   ta’sirida
unda   sodir   bo‘layotgan   fiziologik   jarayonlar   va   bajaradigan   vazifalari
ontogenezdagi     to‘la   darajada   amalga   oshirishning   imkoniyatlari   bo‘lmay   qaltis
darajaga   yetishi   mumkin.   Bunday   vaziyatda   energiya   almashinuvi,   ma’lum
me’yorda   sodir   bo‘layotgan     boshqaruv,   oqsillar   almashinuvi   va   boshqa   ko‘plab
holatlar o‘simlik organizmidagi bir qator hayotiy muhim jarayonlar ishdan chiqadi.
Mana   shunday   noqulay   omillarning   o‘ta   darajadagi   ta’sirlar   oqbatida   me’yoriy
rivojlanishdan majburiy ravishdagi og‘ish-zo‘riqish taranglik (stress)sodir bo‘ladi.
Deyl   Karnegining   (“Bezovtalik   ofati”   kitobidagi   “Missuri   (AQSh)   dagi   shaxsiy
fermada bir voqeani kuzatdik yigirma yaqin nihol o‘tqazgan edim. Ular barq urib
rivojlanadi. Qachonki qorli, bo‘ronli kunlar boshlanganda  ѐ% sh novdalarni qor bosib
muzlab qoldi. Yosh daraxtchalar” yukdan ohista egilish o‘rniga g‘o‘dayib qarshilik
ko‘rsatdilar.   Og‘ir   yuklarga   bardosh   berolmay   sinib   ketdilar.Yashil   o‘rmonlarda
biron   bir   archa   yoki   qarag‘ayning   katta   qor   zalvoridan   sinib   ketishi   deyarli   ro‘y
bermaydi.   Sababi,   sekin   o‘suvchi   bu   daraxtlar   chidamli   bo‘ladi.   Har   qanday
sharoitda ham egilsa-egiladiki, sinib ketmaydi.
Stress bu organizimning har qanday o‘zi uchun noqulay omillarning ta’siriga
unga   xos   bo‘lmagan   umumiy   javobi.   V.P.   Pavlov   (1989)   o‘simlik   organizimida
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zo‘riqish omillarini uch guruxga bo‘ladi.
Fizikaviy   omillar:   ular   namlik   yetishmaganligi   yoki   haddan   tashqari   ortiqchaligi,
yorug‘likning kamligi yoki ko‘pligi, haroratning yuqoriligi yoki pastligi, radioaktiv
nurlanishlar, mexanik ta’sirlar. Kimyoviy   omillar:   bu   omillar   tuzlarning   ko‘pligi   yoki   haddan   tashqari
ziyodligi hamda ksenobiotiklar ya’ni gerbitsidlar insektitsidlar, fungitsidlar, sanoat
ishlab chiqarishdagi va maishiy chiqindilar.
Biologik omillar: bu omillar boshqa o‘simliklar bilan bo‘ladigan raqobatlar,
kasallik   qo‘zg‘atuvchi   va   zararkunandalarning   ta’siri   hisoblanadi.   Biror   omilning
o‘zi   shu   darajada   ta’sir   qilib   zo‘riqishga   olib   kelishi   yoki   bunday   holat   sodir
bo‘lmasligi   mumkin.   Zero   o‘simliklarni   o‘sib   turgan   joyida   ro‘y   bergan
qurg‘oqchilikka ko‘ra ularni ikki guruhga bo‘linadi: 
1)   Poykilogidriklar.   Hayotini   boshqarolmay   uni   saqlab   qoladigan
darajagacha suv yo‘qotadigan o‘simliklar.
2)   Gomoyogidriklar.   Tanasida   suv   almashinuvini   nazorat   qilib   boshqara
oladigan va  suvning  yetishmovchiligiga  stress   bilan  bo‘lsada  javob  bera  oladigan
o‘simliklar. Zo‘riqishga olib keladigan vaziyatga o‘simliklardagi chidamlilik uning
ontogenezida   tinim   davri   ro‘y   beradigan   vaqtlari   -   urug‘,   piyozbosh,   tuganak   va
shu kabilarda eng chidamli bo‘ladi.
Stressga sezgirlik o‘simlikni nihol davrida, faol tarzda o‘sayotganida sodir bo‘ladi.
Keyin asta sekin o‘sib, rivojlanishi ro‘y bera boshlashi  bilan to urug‘ yetilguncha
o‘simlikda   tashqi   muhitning   noqulay   omillari   ta’siri   natijasida   sodir   bo‘lishi
mumkin   bo‘lgan   zo‘riqishlarga   chidamliligi   ortadi.   Biroq   o‘simlikda   gametalar
hosil   bo‘ladigan   davri   ham   qaltis   bo‘lib,   bu   vaqtda   o‘simlik   zo‘riqishga
chidamliligi pastligidan hosildorlikni kamayishi ham sodir bo‘ladi.
O‘simlikda   tashqi   muhitning   ta’siri   natijasida   ro‘y   beradigan   zo‘riqisharda
uning xujayralarida quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi.
1. Membrana orqali moddalarning o‘tishi tezlashadi.
2.   Sitoplazma,   hujayra   devori,   vakuola,   endoplazmatik   to‘r,   mitoxondriyalarga
Sa
2 + kirishi ortadi.
3. Sitoplazmani muhiti (pH) nordonlashadi.
4. Sitoplazmaning qovushqoqligi ortadi.
5.   Hujayra   tomonidan   kislorod   o‘zlashtirilishi   tezlashib,   ATF   kamayadi,   erkin
radikallar ko‘payadi. 6. Gidrolitik jarayonlar tezlashadi.
Qayd   etilgan   xar   qanday   jarayonlar   biror   zo‘riqishga   olib   keladigan   omil
ta’sirida  ro‘y berishi  mumkin. O‘simlikka  ta’sir  etadigan  omillar  uni  chiniqishiga
olib   keladi,   bir   tomonlama   bo‘ladigani   boshqa   zo‘riqishga   sababchisiga
chidamlilikni oshiradi. Zo‘riqishga olib keladigan omillarga organizmni moslanishi
doimo   bir   xil   bo‘lavermaydi.   Hujayra,   organizm,   populyatsiya   darajasida
zo‘riqishga sabab bo‘ladigan ta’sirlarga moslanishiga olib keladiganlari xam  ko‘p
bo‘ladi. Alohida organizm darajasida moslanishlarning mexanizmi zo‘riqishga olib
keladigan   barcha   ta’sirlarda   ishtirok   etadi.   Bu   avvalo   organizmlar   orasidagi
raqobatli   munosabatlarda   ayniqsa.   fiziologik   jihatidan   faol   moddalar   va   trofik
omillarga   nisbatan   namoyon   bo‘ladi.   Bu   holatni   bug‘doy   boshog‘i,
makkajo‘xorining   so‘tasidagi   donda,   daraxtlarning   mevalarida   ularni   bir   xil
darajada yetilmaganligida ko‘rish mumkin. Populyatsiya darajasida zo‘riqish ro‘y
berganda unga olib keladigan ta’sirlar ko‘p vaqt mobaynida sodir bo‘lsa, shunday
omillarga   irsiy   normasi   past   bo‘lganlari   nobud   bo‘ladi.   Bunday   individlar
populyatsiyadan   chetlatiladi.   Irsiy   jihatidan   mustahkam   bo‘lganlari   avlod   (urug‘,
meva)   qoldiradi.   Natijada   populyatsiyaning   muvozanati   davom   etadi.   Bu   bilan
zo‘riqishga   sabab   bo‘ladigan   omillar   organizmlarni   yangi   sharoitga   moslanishiga
(irsiy moslanish) sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning himoyalanishi imkoniyatlari
Tabiatning   o‘simlik   uchun   noqulay   bo‘lgan   sharoitlarida   o‘simlikning
chidamliligi   va   hosildorligi   himoyalanish-moslanish   xususiyatlari   va   bir   qator
belgilar   bilan   belgilanadi.   O‘simliklarning   har   xil   turlari   o‘zi   uchun   noqulay
bo‘lgan   tabiiy   sharoitlarda   chidamli   va   yashab   qolishni   asosan   uch   usul   bilan
ta’minlaydi.   1).   Noqulay   sharoit   ta’siridan   qochish   bilan,   bunda   o‘simlikni   tinim
davriga o‘tishi, efemerlik kabilar; 2) Maxsus moslanish tuzilmalarini hosil qilib; 3)
Atrof muhit omilini o‘simlikning qurib qolishiga sabab bo‘ladigan ta’sirini o‘zida
unga   qarshi   tura   oladigan   fiziologik   xususiyatlarni   hosil   qilishi   bilan.   Bizning
sharoitimizda   bir-ikki   yillik   o‘simliklar,   masalan,   sabzi,   kartoshka   va   shu   kabi
sabzavotlar   o‘zlarining   ontogenezini   tugatganidan   keyin   yer   osti   meva   holida qishlaydi,   ya’ni   tinim   davriga   o‘tadi.   Ko‘p   yillik   o‘simliklar   yerosti   hosilalari
piyoz,   ildizpoya   ko‘rinishida   qishlaydi.   Hazonrezgili   daraxt   va   butalar   qishning
sovug‘idan imkoni boricha saqlanish uchun barglarini to‘kadi.
O‘simliklarning   atrof   muhitni   o‘zi   uchun   noqulay   bo‘lgan   omillardan
himoyalanishi, tanasida anatomik jihatidan o‘zgarishlarni masalan, kutikula, qalin
po‘stli,   mustahkamlik   to‘qima   va   shu   kabilarni   hosil   qiladi.   O‘simlik   o‘zida
himoyalanishini   ta’minlaydigan   maxsus   organlar-kuydiruvchi   tuklar,   ilmoqlar
hosil   qiladi,   harakatlanish   va   bir   qator   fiziologik   reaksiyalarni   amalga   oshiradi
xamda himoyalanuvchi moddalar masalan yelim, fitonsid, toksinlar, himoyalovchi
oqsillarni   hosil   qiladi.   O‘simliklar   tashqi   muhitning   o‘zi   uchun   ro‘y   beradigan
noqulay sharoitlari ro‘y berganda quyidagi o‘zgarishlarni hosil qilib himoyalanadi:
1.   Novdadagi   barglarning   o‘lchamlari   kichiklashadi,   hatto   novda   bargsiz   holatga
keladi, masalan: saksavulda. 
2. Yaproqlarda: mumdan iborat qoplam-kutikula hosil qilib. 
3. Yaproqni usti va osti mayin, qalin tuklar bilan qoplanadi.
4. Bargdagi epidermis chuqurroqqa tushadi.
5. Novda va barglar sersuv, etli ko‘rinishga keladi. 
6. Barglarda turgorlik kamayadi.
O‘simlikda   ko‘plab   turli   fiziologik   mexanizmlar   borki   ularni   yordamida
muhitning   o‘zi   uchun   noqulay   bo‘lgan   vaziyatlarga   chidashni   amalga   oshiradi.
Buning   yorqin   misoli   bo‘lib   sukkulent   o‘simliklar   tanasidagi   suvni   minimum
darajaga keltira olishi, sahro sharoitidagi o‘simliklar eng noqulay vaziyatlarda xam
hayotchangini   saqlab   qolishga   harakat   qiladi.   Yuqori   harorat   kuchli   yoritilish,
sovuq   tuzlar   konsentratsiyasining   haddan   ziyod  ortib  ketishi   natijasida   kuzgi   ikki
yillik ekinlar va ko‘p yillik o‘simliklarda ko‘plab fiziologik jarayonlarni o‘zgarishi
tufayli   qurib   qolmay,   tirik   qoladi.   Qishloq   xo‘jaligida   ekib   hosil   olinadigan
o‘simliklarda   yuzaga   keladigan   noqulay   sharoitning   omillariga   chidamlikni   hosil
bo‘lishi,   mazkur   o‘simlik   xujayralaridagi   chidamliligi   bilan   belgilanadi.   Ular
o‘zgargan   muhit   sharoitiga   zarur   bo‘lgan   metabolizm   maxsulotlarini   yaratish
lozim. O‘simliklar o‘zlari uchun noqulay sharoitini eng yaxshi holda tinim davrida o‘tkazadilar.   Tinim   holatiga   o‘tish   lozimligi   haqidagi   o‘simlik   uchun   birinchi
qo‘ng‘iroq   kunduzgi   yorug‘lik   davrini   kamayishi   hisoblanadi.   O‘simlikning
hujayralarida   pirovard   natijada   g‘amlanadigan   moddalarni   to‘planishiga   olib
keladigan biokimyoviy o‘zgarishlar boshlanadi. Hujayra va to‘qimalardagi suvning
miqdori   kamayadi,   himoyalanuvchi   tuzilmalar   hosil   bo‘la   boshlaydi.   O‘sishni
to‘xtatadigan moddalar ko‘payadi. Bunday tayyorgarlikning namoyoni bo‘lib, ko‘p
yillik xazonrezgili o‘simliklarda yaproqlarning to‘kilishi, ikki yillik o‘simliklarda,
masalan,   sabzavot   ekinlarida   ildizmevalarni   kattalashuvi   bir   yilliklarda   urug‘ni
yetilishi ro‘y beradi.
Zamonaviy   dunyoda   ekologik   tadqiqotlarning   ahamiyati   juda   katta.
Inqirozga   uchragan   biosferaning   holati   tabiatning   muhofazasi   oldida   vazifalar
qo‘ymokda   va   biogeotsenozlarning   tiklanishi   zamonaviy   muamolarning   muhimi
bo‘lib hisoblanadi.
Yer   yuzida   inson   va   tabiiy   jarayonlarni   to‘gri   o‘zaro   munosabatini   tiklash
ekologlarning vazifasi bo‘lib, hisoblanadi va unda aholi faol qatnashishi lozim.
Ekologik   muammolar   yer   yuzida   juda   keng   tarkalganligi   sababli   xalkaro
tashkilotlar   paydo   bo‘lib,   ular   ekologik   dasturlar   asosida   ishlashmoqda.   Turli
mamlakatlardagi   biolog-olimlar   1960   yillardan   beri   biosfera   mahsuldorligi
bo‘yicha   birlashib   Xalqaro   biologik   dastur   asosida   vazifalarni   yechmoqda.
Keyinchalik, 1970 yillarda «Inson va biosfera» nomli xalqaro dastur tashkil etildi,
uning   asosida   muhim   ekologik   muammolar   aniqlanib   tavsiflandi   va   ularning
yechilishidan odamlarning yer yuzida yashashi bilan bog‘liq.
Hozirgi   paytda   ekologik   hamjihatlik   «Bioxil-maxillik»,   «Iqlimning
o‘zgarishi»  butun jahon ilmiy dasturlarida davom etilmoqda.
Ko‘p paytlarda ekologik muammolarni yechish uchu biz bilimlarni to‘plash
emas,   balki   ekologlarning   tavsiyalarini   yo‘lga   qo‘yish   (tabiatni   muhofaza   qilish,
tabiatdan oqilona foydalanish muamolari) kerak bo‘ladi.
Umumiy,  ekologiya  va  o‘simliklar  ekologiyasi   oliy  o‘kuv  yurtlarida   biolog
mutaxasislar   tayyorlashda   keng   qo‘llanilmoqda.   Ammo   oxirgi   yillarda,   vaqt talabiga   binoan   tabitdan   oqilona   foydalanish   masalalarini   yechishda   mutaxassilar
tayyorlashda katta e’tibor berilayapti.
O‘simliklar   ekologiyasi   ularning   tashqi   muhit   bilan   munosabatlarini
muhokama qiladi, ularga omillarning ta’sirini o‘rgatadi.
Tashqi   muhit   omillari   barcha   turli   darajadagi   botanik   ob’ektlarga   –
hujayradan boshlab to senozlargacha ta’sir etadi. Shuning uchun ekologik botanika
barcha   jarayonlarni   o‘simliklar   hujayrasi   darajasida   (sitoekologiya),   o‘simlik
organizmi   (autekologiya),   va   o‘simliklar   jamoasi   (sinekologiya)   shaklida
o‘rganadi.   Shuning   uchun   o‘simliklar   ekologiyasini   yaxshi   o‘zlashtirish   uchun
o‘simliklarning ekologik fiziologiyasi bo‘yicha bilimlar juda ham zarur bo‘ladi.
Biologik   ekologik   ta’limida   asosan   o‘simlik   organizmi   va   unga   muhit
omillarining   ta’siri   o‘rganiladi.   Ammo   tabiatda   o‘simliklar   yakka   holatda
o‘smaydi,   shuning   uchun   o‘simliklar   ekofiziologiyasi   demekologiya   va
fitotsenologiya (populyatsiya ekologiyasi  va o‘simliklar birlashmasi  (soob щ estva)
muammolarini ham o‘rganadi. Foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
asosiy adabiyotlar
1. Larcher W. Physiological  Plant  Ecology: Ecophysiology  of Functional 
Groups, 2003. Pp . 514  p .
2.   Усманов   И.Ю.,   Рахманкулова   З.Ф.,   Кулагин   Ф.Ю.   Экологичѐская
физиология раст	
ѐний. – М.Логос, 2001. - 223 с.
3.   Холи	
ѐв   А.Э.,   Норбо	ѐва   У.Т.,   Ҳ асанова   Н.М.   Ўсимликларнинг   экологик
физиологияси.  Ўқ ув-услубий  қў лланма. Бухоро, 2012. 132 б.
4.   Тожибо	
ѐв   Ш.   Ўсимликларнинг   экологик   физиологияси.   Ўкув-услубий
қўлланма. Услубий қўланма.Намангон, 2014, 88 б.
5.  Xo‘jayev J.X. Osimliklar fiziologiyasi. T. Mehnat, 2004, 223 b.
6.Beknazarov B.O. Osimliklarfiziologiyasi. - Toshkent, Aloqachi. 2009. 530 b.
7.   Avutxonov   B.S.   Osimliklarning   noqulay   omillarga   chidamlilik   fiziologiayasi
fanidan laboratoriya mashgulotlari (uslubiy qollanma) Samarkand, 2019. 64 b,
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlar	
ʻ
1.  Кузн	
ѐцов Вл. В., Дмитри	ѐва Г.А. Физиология  раст	ѐний/ Вл. В. Кузн	ѐцов. - 
М.: Высшая школа, 2005. - 736 с.
2. Марака	
ѐв О.А. Экологич	ѐская  физиология раст	ѐний. Фотосинт	ѐз и св	ѐт. 
Т	
ѐкст л	ѐкций. Ярославль, 2005 .  – 95 с.
3. Чиркова Т .В.Физиологич	
ѐски	ѐ основы устойчивости раст	ѐний. - СПб: Изд-
во СПб, 2002. – 238 с.
4. Мавриш	
ѐв В.В. Основы экологии. Минск: Высшая школа, 2007. - 447 с
5. Б	
ѐрѐзина Н.А. Экология раст	ѐний. М.Издат	ѐльский ц	ѐнтр, Акад	ѐмия, 2009.
- 400 с.
6. Косулина Л.Г. Физиология устойчивости раст	
ѐний к н	ѐблагопритяным 
факторам ср	
ѐды. Ростов на Дону. Изд-во Ростовского унт-та, 1993. – 240 с.
7. М	
ѐдв	ѐдѐв С.С. Физиология раст	ѐний/С.С. М	ѐдв	ѐдѐв.- СПб.: Изд-во С. 
П	
ѐтѐрб. ун-та, 2004. - 336 с.
8.Пол
ѐвой В.В. Физиология раст	ѐний/В.В. Пол	ѐвой - М.: Высшая школа, 
1989. - 464 с.

O’SIMLIKLAR EKOFIZOLOGIYASI FANI, FAZIFALARI VA USLUBLARI. Reja : 1. O‘simliklar ekofiziologiyasi fani va vazifalari. 2. O‘simliklarda tashqi muhit omillari ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar. 3. Zo‘riqish va uning ahamiyati. 4. O‘simliklarning himoyalanishi imkoniyatlari.

Muayyan hudud sharoitida unib, o‘sib rivojlana ѐ% tgan o‘simlikni ekologik omillarining ta’siri natijasida uning organizmida ro‘y berayotgan jarayonlarni ekologik fiziologiya fani o‘rganadi. Ma’lumki, bizning respublikamiz hududining katta maydoni yog‘ingarchilik kam ro‘y beradigan joylarga to‘g‘ri keladi. Yurtimiz asosan ikki azim dar ѐ % Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan. U Orol dengizi va Ustyurt tekisliklaridan tortib, qorli Tyan-Shan va Pomir-Oloy baland tog‘larigacha bo‘lgan g‘oyat katta maydoni 449,6 ming kv. km maydonni egallaydi. Respublikamizning yer tuzilishi notekis sharq qismi ko‘ksini ko‘kka tirab turgan baland Tyan-Shan va Pomir tog‘lari, shimoliy va janubiy-g‘arbiy qismi jazirama Qizilqum va Qoraqum cho‘llari bilan tutashgan. Uning tabiati boy va rang-barangdir. O‘zbekiston relefining notekisligi, uning tabiiy sharoitiga keskin ta’sir qiladi. Uning geografik joylanishini hisobga olib o‘rtacha mintaqaning cho‘llar zonasiga kiritiladi. O‘zbekistonda yilning to‘rt fasli: bahor, yoz, kuz va qish kalendar hisobida navbatlashadi. Bahor tugashi bilan yoz boshlanadi. Yil fasllarining bizdagidek almashinuvi hech bir o‘lkada uchramaydi. Bu qonuniyatni ahyon-ahyonda tabiatni o‘zi “buzib” turadi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi ham uning tabiati bilan ma’lum darajada bog‘liq. Tashqi muhitning muayyan sharoitlariga o‘simliklarning ontogenezidagi moslashuvi ularning evolyutsiyasini (o‘zgaruvchanligi, irsiyati, tabiiy tanlanishida) natijasi hisoblanadi. Har bir turga mansub o‘simliklarning filogenezini evolyutsiyasi davomida shu o‘simlikning egallab turgan ekologik sharoitiga moslanishi ro‘y bergan. O‘simlikning namsevar yoki salqin sevarligi, issiq yoki sovuqqa chidamliligi va boshqa bir qator ekologik xususiyatlari bilan bog‘liq tomonlari uzoq muddat davomida evolyutsiya jarayonida shakllangan. Zero bizning sharoitimizdagi issiqsevar o‘simliklar va qisqa kun o‘simliklari shimoliy mintaqadagi issiqqa talabi kam, uzun kun o‘simliklaridan farqlanadi. Tabiatda har bir geografik hududdagi alohida o‘simlik o‘zining biologiyasi jihatidan mos keladigan ekologik sharoiti

joyida namsevar o‘simliklar suv havzalarining yaqinida, soyasevar o‘simliklar quyosh nuri bevosita tushmaydigan joylarda va shu kabi joylarda o‘sadi. O‘simliklarning irsiyati tashqi muhitning muayyan sharoitlarda shakllanadi. Bu o‘rinda o‘simlikning ontogenezi davridagi tashqi muhit omillarini ta’siri ham katta ahamiyatga ega. O‘simliklar qishloq xo‘jalik ekinlarining nihollari, ko‘chatlar ko‘p hollarda tashqi muhitning o‘zlari uchun noqulay bo‘lgan u yoki bu omillariga bo‘lgan ta’sirdan ularga nisbatan tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan yashash uchun kurash natijasi sifatida moslanishlarni hosil qiladilar. O‘simliklar tashqi muhitning noqulay abiotik va biotik omillaridan samarali tarzda himoyalanishadi. Ularga chidamlikni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini biror hududga ekiladi. O‘simliklarning tashqi muhitni muayyan iqlim, tuproq sharoitlariga moslashishi ularda ro‘y beradigan fiziologik mexanizimlar (fiziologik jihatdan moslanishi) natijasida, oganizimlarning populsiyasidagi irsiy o‘zgaruvchanliklarida va tabiy tanlanishida (irsiy jihatidan moslanish) sodir bo‘ladi. Tashqi muhitida ro‘y beradigan omillar qonuniy jihatidan va tasodifan ro‘y beradi. Qonuniy tarzda ro‘y beradigan tashqi muhitdagi o‘zgarishlar masalan, yil fasllarining almashinuvlari davrida himoyalanish o‘simliklarda bu hodisalarga irsiy jihatidan moslanishlarni hosil qiladi. O‘simliklardagi moslanishlar va chidamlilik imkoniyatlari mavjud. Tabiy sharoitda o‘sayotgan yoki ekilgan o‘simlik o‘zining o‘sishi va rivojlanishi davrida o‘zi uchun noqulay bo‘lgan tashqi muhitning haroratidagi o‘zgarishlari, yoritilishi, qurg‘oqchilikni ro‘y berishi, me’yoridan ortiqcha namlikni bo‘lishi, tuproqning sho‘rlanishi kabi bir qator omillarning ta’siri ostida bo‘ladi. Har bir o‘simlik tashqi muhitda ro‘y berayotgan o‘zi uchun qulay yoki noqulay bo‘lgan ta’sirlarga genetikasida belgilangan moslanishlar, chidamliliklarni hosil qiladilar. O‘simlikda bunday moslanish va chidamlilikni qanchalik darajada yuqori yoki past bo‘lishi mazkur o‘simlikning moslanishi va chidamliligining reaksiya normasini belgilaydi. Mana shu holat qishloq xo‘jaligida ekib hosil olinadigan ekinlarning chidamli navlarini belgilaydi. Odatda tashqi muhitning uncha kuchli bo‘lmagan va qisqa muddat davomida ta’sir etadigan omillaridagi o‘zgarishlar

o‘simliklarda ro‘y berayotgan mavjud fiziologik jarayonlarga ta’siri deyarli bo‘lmaydi. Bunday muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlarga nisbatan o‘simliklarda ma’lum darajadagi barqaror fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni, gomeostazni saqlashi bilan amalga oshadi. Biroq, keskin va uzoq muddat davomida ta’sir etadigan tashqi muhitning o‘simlik uchun noqulay bo‘lgan omillari undagi ko‘plab jarayonlarni buzilishiga, ko‘p hollarni uni qurib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘simlik o‘sayotgan muhitda ro‘y beradigan tashqi muhitning noqulay sharoiti ta’sirida unda sodir bo‘layotgan fiziologik jarayonlar va bajaradigan vazifalari ontogenezdagi to‘la darajada amalga oshirishning imkoniyatlari bo‘lmay qaltis darajaga yetishi mumkin. Bunday vaziyatda energiya almashinuvi, ma’lum me’yorda sodir bo‘layotgan boshqaruv, oqsillar almashinuvi va boshqa ko‘plab holatlar o‘simlik organizmidagi bir qator hayotiy muhim jarayonlar ishdan chiqadi. Mana shunday noqulay omillarning o‘ta darajadagi ta’sirlar oqbatida me’yoriy rivojlanishdan majburiy ravishdagi og‘ish-zo‘riqish taranglik (stress)sodir bo‘ladi. Deyl Karnegining (“Bezovtalik ofati” kitobidagi “Missuri (AQSh) dagi shaxsiy fermada bir voqeani kuzatdik yigirma yaqin nihol o‘tqazgan edim. Ular barq urib rivojlanadi. Qachonki qorli, bo‘ronli kunlar boshlanganda ѐ% sh novdalarni qor bosib muzlab qoldi. Yosh daraxtchalar” yukdan ohista egilish o‘rniga g‘o‘dayib qarshilik ko‘rsatdilar. Og‘ir yuklarga bardosh berolmay sinib ketdilar.Yashil o‘rmonlarda biron bir archa yoki qarag‘ayning katta qor zalvoridan sinib ketishi deyarli ro‘y bermaydi. Sababi, sekin o‘suvchi bu daraxtlar chidamli bo‘ladi. Har qanday sharoitda ham egilsa-egiladiki, sinib ketmaydi. Stress bu organizimning har qanday o‘zi uchun noqulay omillarning ta’siriga unga xos bo‘lmagan umumiy javobi. V.P. Pavlov (1989) o‘simlik organizimida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zo‘riqish omillarini uch guruxga bo‘ladi. Fizikaviy omillar: ular namlik yetishmaganligi yoki haddan tashqari ortiqchaligi, yorug‘likning kamligi yoki ko‘pligi, haroratning yuqoriligi yoki pastligi, radioaktiv nurlanishlar, mexanik ta’sirlar.

Kimyoviy omillar: bu omillar tuzlarning ko‘pligi yoki haddan tashqari ziyodligi hamda ksenobiotiklar ya’ni gerbitsidlar insektitsidlar, fungitsidlar, sanoat ishlab chiqarishdagi va maishiy chiqindilar. Biologik omillar: bu omillar boshqa o‘simliklar bilan bo‘ladigan raqobatlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi va zararkunandalarning ta’siri hisoblanadi. Biror omilning o‘zi shu darajada ta’sir qilib zo‘riqishga olib kelishi yoki bunday holat sodir bo‘lmasligi mumkin. Zero o‘simliklarni o‘sib turgan joyida ro‘y bergan qurg‘oqchilikka ko‘ra ularni ikki guruhga bo‘linadi: 1) Poykilogidriklar. Hayotini boshqarolmay uni saqlab qoladigan darajagacha suv yo‘qotadigan o‘simliklar. 2) Gomoyogidriklar. Tanasida suv almashinuvini nazorat qilib boshqara oladigan va suvning yetishmovchiligiga stress bilan bo‘lsada javob bera oladigan o‘simliklar. Zo‘riqishga olib keladigan vaziyatga o‘simliklardagi chidamlilik uning ontogenezida tinim davri ro‘y beradigan vaqtlari - urug‘, piyozbosh, tuganak va shu kabilarda eng chidamli bo‘ladi. Stressga sezgirlik o‘simlikni nihol davrida, faol tarzda o‘sayotganida sodir bo‘ladi. Keyin asta sekin o‘sib, rivojlanishi ro‘y bera boshlashi bilan to urug‘ yetilguncha o‘simlikda tashqi muhitning noqulay omillari ta’siri natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zo‘riqishlarga chidamliligi ortadi. Biroq o‘simlikda gametalar hosil bo‘ladigan davri ham qaltis bo‘lib, bu vaqtda o‘simlik zo‘riqishga chidamliligi pastligidan hosildorlikni kamayishi ham sodir bo‘ladi. O‘simlikda tashqi muhitning ta’siri natijasida ro‘y beradigan zo‘riqisharda uning xujayralarida quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi. 1. Membrana orqali moddalarning o‘tishi tezlashadi. 2. Sitoplazma, hujayra devori, vakuola, endoplazmatik to‘r, mitoxondriyalarga Sa 2 + kirishi ortadi. 3. Sitoplazmani muhiti (pH) nordonlashadi. 4. Sitoplazmaning qovushqoqligi ortadi. 5. Hujayra tomonidan kislorod o‘zlashtirilishi tezlashib, ATF kamayadi, erkin radikallar ko‘payadi.