O‘simliklarning zararkunandalarga immuniteti – biologik xususiyat
Mavzu: O‘simliklarning zararkunandalarga immuniteti – biologik xususiyat. Reja 1. O‘simlik va hasharotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. 2. O‘simlik fitonsidlari – chidamlilik omili. 3. O‘simliklar morfologik belgilarining chidamlilikdagi roli. 4. O‘simlik biokimyoviy tarkibi xususiyatlarining immunitetdagi ahamiyati.
Yer yuzida shunday joy yo‘qki, o‘simlik, hasharot, hayvon va odam alohida yashasa va uzining hayot jarayonida yakka o‘zi bo‘lsa. Millionlab yillar mobaynida o‘simlik va, xususan, hasharot o‘rtasida har xil, ko‘p hollarda juda murakkab munosabatlar hosil bo‘lgan. Shu o‘rinda chetdan changlanishda hasharotlar roli yoki o‘simliklarning hosildorligini cheklashda yana usha hasharotlarning ulushini eslasak, kifoya. Ushbu munosabatlar har qadamda, har qanday tabiiy muhitda – dala, o‘rmon, ko‘l, daryo va hokazolarda – ro‘y beradi. Olimlarning hisoblashiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gektar bedapoyada 5 millionga yaqin hasharot va chuvalchanglar va bir necha marta ziyodroq mikroorganizmlar yashaydi. O‘simliklar va boshqa jonzotlar bir-biriga turli –tuman tarzda ta’sir etadi. Ularning ko‘plari fanga ayon, lekin undan ham ko‘plarini aniqlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. O‘simliklar va hasharotlarning xossalari evolyusiya jarayonida ayri-ayri kechmagan. Ularning xossalarini o‘zgarishi bir-biriga ta’sir etadi, qolaversa o‘simlikdagi bir o‘zgarish, tabiiy holda hasharotda ham shunga qarata boshqa bir o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, evolyusiya davomida bir muhitda, yoki boshqacha aytganda bir biotsenozdagi o‘simliklar va hasharotlar bir-biriga moslashadi, ixtisoslashadi, va mana shu moslashuv o‘simlik va hasharot o‘rtasidagi ko‘p yillik, ko‘p asrlik, ko‘p ming yillik munosabatlar natijasida hosil bo‘ladi. B. P. Tokin quyidagi tajriba o‘tkazgan edi. Shumurt (cheryomuxa) daraxtining barglarini ezib- maydalangani shisha banka ichiga solinadi va shu bankaga har xil hasharotlar qo‘yib yuboriladi. Natijada uy pashshasi, iskab topar chivin va so‘na pashshasi tajribani boshlanishiga ko‘p vaqt o‘tmay halok bo‘ladi. Xuddi shu muhitga meva pashshasi o‘tkaziladi. Ko‘p vaqt o‘tadi, lekin bu turdagi hasharotlarga shumurtning fitonsidlari hech qanday ta’sir etmaydi. Keyin o‘tkazilgan tajribalar meva pashshasini ko‘pchilik o‘simlik fitonsidlariga
yuqori chidamliligini tasdiqladi. Xulosa shundan iboratki, meva pashshalari o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi va evolyusiya jarayonida zahar bo‘lmish o‘simlik fitonsidlariga moslashib ketgan. Ko‘p sonli tajribalar shuni ko‘rsatdiki, deyarli hamma o‘simliklar u yoki bu hasharotga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi. B. P. Tokin o‘tkazgan tajribalar limon, mandarin, apelsin, igna bargli daraxtlar, evkalipt, har kuni iste’molda bo‘luvchi piyoz, sarimsoq piyoz va boshqa o‘simliklarning fitonsidlari ko‘pchilik hasharotlarga salbiy ta’sir etishi aniqladi. Sal oldinroq ta’kidlaganimizdek, shumurt daraxtining fitonsidlari ko‘pchilik hasharotlarni nobud qiladi. Yuqorida aytilgan usulda har xil o‘rmon kanalari bilan tajriba o‘tkazildi. Lekin bu yerda har idishga 100-tadan kana o‘tkazildi (hisoblash oson bo‘lishi uchun). Amaliyotdan ma’lumki, kanalar insektitsidlarning aksariyatiga chidamliligi bilan, bardosh berishi bilan ajralib to‘radi. Ayniqsa ularning lichinkalari. Tajribadagi kanalar shumurt kurtagidan tayyorlangan ezmasining o‘ndan bir qismi miqdori ta’sirida 10-15 daqiqada to‘liq nobud bo‘ldi. Agar shumurt ezmasi ikki barobar olinsa – bu tajribaning bir varianti edi – kanalar 5-7 daqiqada halok bo‘lishi ko‘zatildi. Tajriba bu tajriba. Lekin tabiiy sharoitda o‘simliklarning fitonsid xususiyatlari ro‘yobga chiqadimi yoki yo‘qmi? Chiqsa ham qay darajada? I. G. Raspopov degan olim eman (dub) daraxtzorlaridagi kanalar soni va tarqalishiga e’tibor berdi. Kuzatishiga qaraganda 100 metr o‘lchovda 150-180-ta katta yoshdagi kana topildi. Daraxtzorlarni tagida o‘sadigan o‘simliklarni aniqlaganda, ular quyidagilar ekan: jo‘ka (lipa), qiyoq o‘ti (osoka) va yovvoyi g‘allagulli o‘simliklari. Usha emanzorning boshqa qismida o‘sayotgan darahtlarning tagida piretrum (dalmat moychechagi), toshcho‘p (chabres) va mavrak (shalfey) o‘simliklari ko‘pchilikni tashkil qilgan joyda kanalar deyarli topilmadi. Keyinchalik o‘tkazilgan laboratoriya tajribalari ushbu o‘simliklarning fitonsidlari kanalarni nobud qilishini yana bir bor tasdiqladi. Bu yerda e’tiborga molik narsa shundan iboratki, toshcho‘p va mavrak halq tabobatida ishlatiladi.
Dalmat moychechagiga, yoki boshqacha – piretrumga kelsak, bu o‘simlik qadimdan har xil hasharotlarga qarshi insektitsid sifatida ishlatiladi. Hozirgi insektitsidlarning ko‘pchiligi sintetik piretroidlardir (desis, simbush, nurel, fenvalerat va hokazolar). Boshqacha qilib aytganda, yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar piretrum, ya’ni dalmat moychechagidan kelib chiqqan kimyoviy analoglaridir, bor-yo‘g‘i. Kanalarga tegishli yana bir misol. Bu yerda olima T. A. Tovstoles ayrim o‘simliklarning fitonsid xususiyatlari qay darajada o‘rgimchakkanaga ta’sir etishi to‘g‘risidagi tajribasi. Ma’lumki, o‘rgimchakkana 100 dan ortiq har xil o‘simliklarning zararkunandasidir. Ushbu kana bilan kurashish o‘ta mushkul, chunki u juda tez ko‘payadi va kuchli zahar moddalariga qarshi himoyasi bor (o‘rgimchakkananing po‘panaksimon to‘ri). Tadqiqotchi T. A . Tovstoles ko‘p tajribalar natijasida piyozni tanladi. Piyoz bu muammoni to‘liq yechar ekan, aniqrog‘i, piyozning quruq po‘stlog‘ida tayyorlangan damlama 5 kun oralatib 3 marta ishlatilsa o‘rgimchakkananing miqdorini 95% ga kamaytirar ekan. O‘rgimchakkananing muammosi eng dolzarb muammolardan biridir, chunki respublikamizda har yili uning zararini bartaraf qilishga juda ko‘p mablag‘ sarf qilinadi. Agar uni yo‘q qilishda kam harajat talab qilinadigan dori – vositalar targ‘ibot etilsa, qanchadan – qancha mablag‘larni tejash mumkin bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas. Ma’ruzamizning bu qismiga yakun yasar ekanmiz, bitta savolga javob topishimiz kerak. Ko‘pchilikka ma’lumki, piyoz va sarimsoqpiyoz juda kuchli bakteritsidlik va insektitsidlik xususiyatlariga ega. Xususan, sarimsoqpiyozning fitonsidlari sil kasalligining tayoqchalarini 5 daqiqada nobud qiladi, vaholanki bu mikrob 30 daqiqagacha sulfat kislotaning 10-15 foizli eritmasida o‘lmaydi. Shunga o‘xshash natijani piyozning ham fitonsidlari ko‘rsatadi. Lekin shunga qaramay, bu ikkita o‘simlik ko‘p mikroorganizm va zararkunandalarni nobud qilishiga qodir bo‘la turib, o‘zlariga putur yetkazadigan kasalliklarga va
hasharotlarga bardosh berolmaydi. Bu holat boshqa fitonsidlari kuchli o‘simliklarga ham taalluqli. Masalan, shumurt daraxtining biti o‘simlikka juda katta zarar yetkazadi. Javobi bitta – evolyusiya jarayonida har bir o‘simlikka yoki o‘simliklar guruhlariga moslashgan, boshqacha – ixtisoslashgan parazitlar paydo bo‘lganligi. Demak, hasharotlarga chidamlilik o‘simlik organizmning biologik xususiyatidir. Lekin istisnosiz qoida bo‘lmaydi tariqasida bir misol. Tabiatda qirqquloq (paporotnik) degan ibtidoiy o‘simlik bor. Mana shu o‘simlikka deyarli hech qanday hasharot hattoki qo‘nmaydi. Sababi balki ibtidoiylikdadir va shu bois tabiiy kushandalarining evolyusiya jarayonida saqlanmay qolganligidadir. Keyin bu o‘simlik hasharotlarning o‘sishiga va rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi, susaytiruvchi mahsus uchuvchan moddalar ham chiqaradi. Amerika olimlari G. Ross, Ch. Ross va D. Ross (1985) gormonlar to‘g‘risida mulohaza qilib diflubenzuron preparati hasharotning xitin qatlamini hosil bo‘lishini susaytiruvchi modda qirqquloqdan sintez qilinishi xususida axborot beradilar. Xozirgi kunda ta’sir etuvchi modda diflubenzuron bo‘lgan dimilin preparati respublikamizda hasharotlarning lichinka davrida yuqori samara beradigan vosita sifatida qo‘llanilishiga ruhsat berilgan. Preparatlar to‘g‘risida gap ketar ekan, yana bitta muammoga e’tiborlaringni qaratmoqchiman. Sabzavot ekinlari, ayniqsa bevosita uzib turib yeyiladiganlari, masalan, salat, karam va shularga o‘xshashlar insektitsidlar bilan ishlanishida juda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ayrim sabzavotlar, masalan, karam, salatning turlari tuzilishi bo‘yicha qatlam-qatlam bo‘lib, ishlatilgan preparat ushbu qatlamlar oralariga kirib, uzoq muddat saqlanishi mumkin va shu bois iste’mol qilinganda odamning sog‘lig‘iga zarar yetkazish havfi bor. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda o‘simliklarni himoya qilishda xalq amallari deyarli unutilgan. Bu amallar madaniy va yovvoyi o‘simliklarning tarkibidagi tabiiy alkoloidlar va ularga yaqin boshqa fitonsid moddalardan