logo

O`zbek xalqi etnogenez va etnik tarixi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

49.478515625 KB
O`zbek xalqi  e tnogenez va etnik tarixi.
Reja
1. Qadimgi yozma manbalar va ilmiy konsepsiyalar tahlili 
2. O’zbek xalqi etnogenezining bosqichlari
3. Turkiy   tilli   qabila   va   elatlarning   Movaraunnahr   tomon   harakat
to’lqinlari.
4. O’zbek xalqining uzil-kesil shakllanishi masalasi
5. XIII – XIV  asrlarda O’rta Osiyoda etnik jarayonlar va o’zbek adabiy 
tilining shakllanishi
6. Dashti qipchoq   o’zbeklarining Movarounnahrga   kirib kelishi va o’zbek
xonliklari davrida kechgan etnomadaniy jarayonlar Har bir xalqning etnnogenetik tarixi mavjud. Etnogenetik jarayonlar esa juda
uzoq   davom   etadigan   ijtimoiy   hodisadir.   Bu   masalani   o’rganishda   A.Asqarov   2-   ta
omilga   e’tibor   qaratish   lozim   deydi:   1.   O’rganilayotgan   xalq   hozirgi   yashayotgan
hududlari bilan azaldan bog’liqmi yoki yo’q: 2. Ushbu xalqning tili azaliy ajdodlar tili
bilan   birmi   yoki   bir   necha   tillar   qorishuvining   mahsulimi.   Shu   nuqtai   nazardan
o’zbeklar   ham   xalq   bo’lib   shakllanguniga   qadar   qator   tarixiy   va   etnomadaniy
jarayonlarni bosib o’tgan, albatta. 
Qadimgi   yozma   manbalar   tahliliga   ko’ra   neolit   va   bronza   davr
O’zbekistoning  tub joy aholisi  eroniy tillar  oilasining  sharqiy lax;asida  so’zlashuvchi
so’g’diylar, xorazmiylar, bohtariylar  va sak qabilalari bo’lganligi fanda e’tirof etilgan.
Mustaqil   O’zbekiston   aholisining   tili   –   o’zbek   tili   esa   turkiy   tillar   oilasiga   kiradi.
Demak,   o’zbeklar   2-   xil   tilda   so’zlashuvchi   (sharqiy   eroniy   va   turkiy)   qabila   va
elatlarning qorishuvidan tarkib topgan  etnosdir. 
O’zbek etnogenezi   qachon boshlandi (ilk nuqtasi)  va qachon uning yakuni
(so’nggi nuqtasi) bo’ldi? Bu masalada mutaxassislar orasida turli ilmiy qarashlar bor:
A.Yu.Yakubovskiy   o’zbek   etnogenezining   ilk   nuqtasi   turk   xoqonligidan
boshlandi.S.P.Tolstov   bu   jarayon   nisbatan   oldinroq   antik   davrda   ro’y   bergan   degan
g’oyani   ilgari   suradi.   A.Asqarov   esa   o’zbek   xalqi   etnogenezi   ilk   nuqtasi   so’nggi
bronza davridan bo’lganligini ilmiy asoslab berdi. Demak, bu jarayon so’nggi bronza
davridan boshlanib, 11-12 arslarda uzil- kesil shakllangan. Aniqrog’i, o’zbek elati xalq
bo’lib shakllangan va shundan keyin etnik tarixi boshlangan. 
Shu davr ichida o’zbek xalqi qabila holatidan uyushgan xalq darajasiga o’sib
chiqadi.   Bunda   bir   necha   etnomadaniy   bosqichlarni   bosib   o’tib,   har   bir   bosqichda
elatga   xos   etnik   omillar   birin-   ketin   shakllanib   boradi.   Siz   etnik   omil   va   belgilarni
bilasiz, endi o’zbek xalqining shakllanish bosqichlarini ko’rib chiqamiz: 
          1   –   bosqich.   Bu   bosqich   boshlanishi   arxeologik   materiallar   tahliliga   ko’ra
bronza   davri,   ya’ni   mil.avv   2   ming   yillik   o’rtalaridan   to   A.Makedonskiyning   O’rta
Osiyoga   bosqiniga   qadar   bo’lgan   davrni   o’z   ichiga   oladi.   Yevroosiyo   cho’llarida
yashovchi chorvador aholi ot, eshak, tuyadan transport vositasi sifatida foydalanishga
o’tilgach,   ular   o’z   chorva   podalari   bilan   janub   va   g’arbga   tomon   siljib   (migrasiya) boshladilar.   Shu   tariqa   bir   gurux   dasht   aholisi   mil.avv   2   ming   yillikning   2-   yarmida
(bronza) O’rta Osiyoning shimoliy sharqiy tamonidan Amudaryoning quyi havzalariga
kirib   keldi.   Bu   yangi   etnik   guruh   S.P.Tolstov   tomonidan   “Tozabog’yob   madaniyati”
deb   fanga   kiritildi.   Ular   moddiy   madaniyati   mahalliy   jamoalar   madaniyati
o’xshamaydi,   aksincha   bu   materiallar   janubiy-sharqiy   Uraldan   to   Minusinsk
pasttekisligining ichki qismigacha bo’lgan hududda  uchrashishini ta’kidlaydi.
Yevroosiyo cho’llarida asosan  chorvachilik (qisman dehqonchilik)  xo’jaligi
bilan shug’ullanib  kelgan.  Bu aholi   yodgorliklari  “Andronov  madaniyati”  nomi   bilan
fanga ma’lum. Ular Janubiy Sibir, tog’li Oltoy, Qozog’iston cho’llari, Qirg’iziston tog’
oldi   adirlariga   keng   tarqalgan.   Ularning   O’rta   Osiyoga   kirib   kelishi   2   –   yirik   etnik
to’lqin bilan bog’liq: dastlab ular mahalliy aholi o’zlashtirmagan rayonlarga joylashib
yerli   aholi   bilan   iqtisodiy   aloqada   bo’lgan   (Tozabog’yob,   Qayroqqum,   Andronov
madaniyatining   O’rta   Osiyo   varianti);   keyinroq   mil.avv   2   –   ming   yillikning   oxirgi
choragida   ularning   juda   katta   guruhi   kelib,   O’rta   Osiyoning   qadimgi   dehqonchilik
madaniyati  mintaqalarigacha borib yetganlar  (V.M.Masson,  Drevnezemledelcheskaya
kultura   margiani).   Hozirda   Tozabog’yob   etnosiga   tegishli   yodgorliklar   O’rta
Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. 
Sobiq Sho’rolar davri  tarixshunosligida Andronov madaniyati aholisi hindu-
yevropa  tillarida so’zlashganlar degan g’oya bo’lgan (“Veda”, “Avesto” kitoblarining
tillari hozirgi zamon Ovro’pa xalqlari tillari bilan qarindoshligiga asoslanib). Natijada,
bu hududlar uchun turkchilikka o’rin qolmadi. Sho’rolar davri tarixshunosligida hind-
yevropa   nazariyasi   mavjud   bo’lib,   ular   hind-   yevropaliklarning   ilk   vatani   deb   Urol
tog’ining   janubiy-   sharqiy   hududlarini   hisoblashganlar.   Bu   hududlardan   mil.avv   2   –
ming   yillikning   1-   yarmiga   oid   yodgorliklar   topilib,   ular   Andronov   madaniyati
chorvador   qabilalarining   badavlat   xarbiy   qatlamiga   tegishli   deb   hisobladilar   va   ular
mil.avv   2-   ming   yillikning   2-   yarmida   janubga   qarab   siljidilar.   Bir   qismi   Hindiqush
tog’   tizmalaridan   Hindistonga   o’tib   ketdi.   Bir   qismi   eron   tog’   oldi   rayonlarida
qolishdilar (oriylar).
Xullas,   shu   konepsiyalarga   ko’ra   Andronov   jamoalari   tili   eroniy   tillarga
kirgan   va   unga   asoslanib   S.P.Tolstov   ham   Tozabog’yobliklar   tilini   eroniy   tillar oilasiga   kirgan   degan   xulosa   bildirdi.   Arxeologik   tadqiqotlari   natijalari   bepayon
Qipchoq   cho’lining   tog’-joy   aholisi   ushbu   zaminning   tabiiy   –   geografik   sharoitiga
ko’ra, bronza davridan boshlab ko’chmanchi chorvachillikga o’ta boshlaganlar. Unga
tegishli yodgorliklar Urol etaklari, G’arbiy Qozog’iston to Baykalgacha butun janubiy
Sibir,   Sirdaryoning   o’rta   havzalaridan   ko’plab   topilgan.   Qadimgi   Xitoy   manbalarida
ham   mana   shu   hududlarda   mil.avv.   3-2   ming   yillikda   turkiy   qabilalar   yashaganligi
to’g’risida   ma’lumotlar   bor.   Ammo,   sobiq   sovet   tarixshunosligida   Andronov
madaniyati   aholisi   hind   –   yevropaliklar   sifatida   qaralib   kelinganligi   uchun
turkiyshunoslik   fanida   turkiy   etnik   qatlamni   Andronov     qabilalari   bilan   bog’lash
mumkin bo’lmadi. 
Ma’lumki, bir zamonlarda O’rol   (Yoyiq) daryosi qadimda va o’rta asrlarda
slavyan va turkiy   qabilalarning hududiy chegarasi bo’lgan. A.Asqarov ta’kidlashicha
turkiy   xalqlarga   ilk   ona   zamin   bo’lgan   bepayon   Yevroosiyo   cho’lidan   atiga   tog’li
Oltoyni   qoldirib,   turkiylarning   kelib   chiqishini   bo’ri   totemi   bilan   bog’lashning   o’zi
tarixiy   haqiqat   emas,   g’ayritabiiydir.   Tog’li   Oltoy   hududi   qadimda   turkiy   qabilalar
yashab kelgan hududiy kenglikning atiga bir qismi xolos–ku? Bronza davri Andronov
jamoalarining   tili   hind-yevropa   tillar   oilasiga   kiradi   deyish     A.Asqarov   ta’biricha
tarixni   soxtalashtirish   demakdir.   Garchi,   S.P.Tolstov   Tozobog’yob   madaniyati
jamoalari   til   jihatdan   hind-yevropaliklar   deb   xatolikka   yo’l   qo’ygan   bo’lsada,   ammo
uning   Tozabog’yob   jamoalari   etnik   jihatdan   Qozog’iston   cho’llari   va   Janubiy   Sibir
tamonlaridan   kelganligini   e’tirof   etishi,   ularning   turkiylarga   tegishli   ekanligidek
g’oyani ko’tarib chiqishga asos bo’ldi. Shu g’oya hamda keng arxeologik manbalarga
tayangan holda A.Asqarov Yevroosiyo cho’lligi hududlarida bronza davrida yashagan
chorvadorlarning   Andronov   madaniyati   izlari   turkiy   qabila   va   qabilalarga   tegishli
degan   hulosaga   kelgan.   Darhaqiqat,   Volga   daryosi   quyi   havzalaridan   to   Janubiy
Sibirning  sharqiy  chegaralarigacha  bo’lgan  geografik  kengliklar    turkiy  etnosning  ilk
vatani bo’lgan. Bronza davridan boshlab ular ichidan bir talay guruhlar Movaraunnahr
va   Xorazm   yerlariga   kirib   kelib,   mahalliy   aholi   bilan   yonma   –   yon   yashay
boshlaganlar. Shu davrdan e’tiboran o’zbek etnosining  etnogenetik jarayoni, ikki  tilli
etnik qatlamning aralashuvi  boshlandi. A.Asqarov Movaraunnaxr va Xorazmda turkiy etnosning paydo bo’lishi bronza davridan boshlangan degan fikrga kelgan va mazkur
hududlarga turkiy qabilalarning kirib kelishi  1- bosqichi   bronza davrida ro’y bergan,
2-bosqichi  esa antik davrda ya’ni  Da-yuyechji    qabilalari  va xunnlarning bu zaminda
paydo bo’lishi bilan bog’liq deb hisoblaydi.  Ikkinchi bosqichda turkiy tnos foydasiga
tub   o’zgarishlar   yuz   beradi.   Qang’ar   elati   tashkil   topdi.   Sirdaryoning   o’rta   havzasida
ikki tilli aholi etnik guruhlari aralashib – “ Qovunchi madaniyati” va o’zbeklarga hos
antropologik   tip   –   “   O’rta   Osiyo   ikki   daryo   oralig’i   tipi”   shakllanadi,   eng   muhimi
o’zbek xalqi asoslari dastlab tarkib topgan etnomadaniy maydon tarkib topadi. 
  Yana   bir   so’g’dshunos   olim   M.   Isoqov   mil.   avv.   1   ming   yillikning
o’rtalaridan,   yani   O’rta   Osiyoda   epon   ahamoniylari   davlatining   siyosati   o’rnatilgach,
uning tarkibiga kirgan   eronzabon va turkiy tilli xalqlar barchasiga umum – eroniy til
rasmiy   davlat   tili   sifatida   qonunlashtirilgan.   Shu   davr   yozma   yodgorligi   ham   eroniy
tilda   bo’lgan   va   bizgacha   yetib   kelgan.   Shunga   asoslanib   sovet   davri   tarixida   Turk
xoqonligidan so’ng turklar kela boshlagan degan ilmiy qarashlar bo’lgan. 
  M.   Isoqov   yozma   yodgorliklarning   tili   (so’g’diy,   xorazmiy,   bohtariylar)
bilan   turkiy   qabilalarning   bu   zaminning   qadimiy   aholisi   ekanligi   masalasini
aralashtirib   yubormaslik   kerak   deydi.   Chunki,   bu   zaminga   kelib   joylashgan   turkiy
qabilalar garchi o’z yozuvlariga ega bo’lgan bo’lsalarda, bu yozuv keng tus olmagan.
Hatto ularning ayrim topilganlari “nomalum yozuv” deb talqin qilinadi. Keyingi yillari
Isiq   qo’rg’oni,   dashti   Navur   qoyatosh   lavhasi   yozuvlari   va   “nomalum   xat”   lar   turkiy
xalqlarga tegishli degan fikrlar bo’lmoqda. 
   Antik davrda qang’ davlati tashkil topgan bo’lsa, uning aholisi tili, ikki tilli
bo’gan.   Ammo   davlatning   ijtimoiy   –   siyosiy   hayoida   turkchilikning   mavqyei   ustun
bo’lgan.   Hatto,   turklar   milodiy   eraning     1-2   asrlarida   So’g’diyonaning   to
Amudaryogacha   bo’lgan   hududlarigacha   borib   yetgan.   Turkiy   qavmlarning   moddiy
madaniyati (jetti asar va Qovunchi madaniyatlari) o’troq so’g’diy va xorazmiylarning
madaniyatidan   keskin   farqi,   mintaqada   turk   etnosining   keng   tarqalganidan   guvohlik
beradi. Demak, o’zbek xalqining etnik komponentining asosiy o’zagi hisoblangan turk
etnosi uning ikkinchi komponenti bo’lgan so’g’d, bohtar, xorazmiylar kabi bu zaminda
qadimiydir.    Turkiy tilli  qabila va elatlarning uchinchi yirik to’lqini Movaroyennahrning
ichki  viloyatlarining hioniylar, kidariylar, eftaliylarning ko’chib kelishi  bilan bog’liq.
Ularning moddiy madaniyati izlari ayniqsa 4 – 5 asr  yodgorliklarida yaqqol ko’rinadi.
Masalan,   turkiyzabon   aholiga   tegishli   Qovunchi   madaniyati   tasirida   Buxoro
viloyatining   shimoliy   –   g’arbida   “   Qizilqir   madaniyati”     tashkil   topgan.   Bu   davrda
so’g’dning   hunarmandchilik   ananalari   o’rnini   yarim   o’troq   chorvador   Turkiy
qavmlarga mos moddiy madaniyati dunyosi egallaydi. Bunday holat nafaqat So’g’dda,
balki   qadimgi   Xorazm,   qadimgi   Farg’ona,   hatto   Baqtriya   hududlarida   ham   ko’zga
tashlanadi. 
 Turkiy etnosning movarounnahr va xorazmga katta etnik guruh bo’lib  kirib
kelishining to’rtinchi  bosqichi  Buyuk Turk xoqonligi davrida yuz berdi va bu davrda
turkiy qavmlar kirib bormagan O’rta Osiyoda biron viloyat va tuman qolmadi. 
Arxeologik   materiallarning     tasdiqlashicha,   ilk   o’rta   asrlarda   Toshkent
vohasida hokimiyatni turk tudunlari boshqara edi. Aynan shu davrda choch maliklari
va qadimgi  turk tamg’alari  bilan tangalar  zarb etildi. Qadimgi  turk tangalari  qadimgi
Farg’ona yodgorliklarida ham topilgan. O’zbek etnogenezining cho’qqisi G’arbiy Turk
xoqonligining gullagan davriga to’g’ri keldi. Turkiy qabila  va qavmlar yerli tub aholi
bilan jadal  qorishib, Movaraunnahrning asosan  shimoliy va sharqiy viloyatlarida ikki
til   va   ikki   xo’jalik   ukladining   yaqinlashuv   jarayoni   kuzatiladi,   buning   oqibatida
aksariyat turkiy zabon dehqon va hunarmand ahlidan iborat yirik hududiy birlik tashkil
topadi. 
Arablarning   O’rta   Osiyoga   bosqini   turkiy   qavmlarning   mazkur   hududga
jadal   kirib   kelishini   vaqtincha   to’xtatdi.   Natijada,   ungacha   bu   yerga   kelib   o’rnashib
qolgan turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashib ketish jarayoni tezlashdi va
bu   shimoliy   va   sharqiy   mintaqalarda   yaqqol   ko’zga   tashlandi     (8-9   asrlar,   Angren
daryozi havzasida Abrlik, Namudlik kabi  kon sanoati shaharlari qad ko’tardi). Janubiy
hududlarda   esa     aksincha,   kuchli   eroniy   til   muhitiga   tushib   qolib   turkiy   aholi
forsiylashadi (hokimiyat egalarining davlat siyyosati). 
9   –   asrning   40-yillarida   Movaraunnahrning   shimoliy   –   sharqida   Qarluqlar
davlatining   tashkil   topishi   o’zbek   xalqi   etnogenezida   muhim   voqyea   bo’ldi.   Qarluq turklari  kuchli  siyyosiy  davlat  uyushmasi  tuzushib,   6-7 asrlardayoq O’rta Osiyoning
shimoliy va shimoliy-sharqiy   hududlarining katta qismini egallashib, xatto   Toshkent
vohasi,   Zarafshon   havzalari   va   Toxaristongacha   ularning   ayrim   guruhlari   kirib
borishgan edilar. 
Arab   tarixchisi   Tabariyga   ko’ra,   7-8   asrlarda   Balx,   Toxariston,   Badxiz,
Ko’histon, Seraxs, Chog’oniyon, Buxoro, Choch, Farg’ona aholisining  asosini  turkiy
qavmlar   tashkil   etdi.   Qarluqlar   va   Somoniylar   davlati     o’rtasida   aniqchegara
bo’lmagan, shu bois Sirdaryoning shimoliy mintaqalaridan Movoraunnahrgacha turkiy
qabilalar erkin ko’chib kelavergan. 
Turkiy   qabilalarning   erkin   ko’chib   kelishi   bilan   ularning   o’troqlashishi   va
tub   joy   aholining   turklashuvi   tezlashdi.   Natijada   turk   ijtiomiy-iqtisodiy   tarkibi   va
ularning   etno-siyosiy   jihatdan   uyushishi   ta’minlandi.   Xuddi   shunday   tarixiy   sharoit
O’rta Osiyo turkiy qavmlari hayotida 9-asr oxirida avj nuqtasiga chiqdi. Ayni vaqtda
turk etnik qatlami   orasida feodallashish   jarayoni jadal kechmoqda   va o’z navbatida
o’zaro feodal urushlari, talonchilik, siyosiy boshboshdoqlik bo’lmoqda edi. Bularning
oldini olish uchun kuchli davlat hokimiyati zarur edi va K.Sh.Shoniyozov aytganidek
shunday   davlat   qarluqlar   davlati   bo’ldi.     Bu   davlat   keyinchalik   o’zbek   nomini   olgan
xalqning siyosiy jixatdan   uyushishi uchun 9-10 asrlarda qo’yilgan o’sha etno siyosiy
asos   mustaxkam   poydevor   bo’ldi.   O’rta   Osiyoning   shimoliy   va   sharqiy   viloyatlari
doirasida yirik turkiy etno –geografik birlik shakllandi.     
                10   asr   o’rtalarida   bu     xududlarda   Qarluqlar   davlatining   davomi   sifatida
Qoraxoniylar   sulolasi   xokimiyat   tepasiga   keldi.   11   asrningboshlariga   kelib
Movaraunaxrning   barcha   xududlarida   Qoraxoniylar   xukumronligi   o’rnatildi   Bu   esa
o’zbeklarning   xalq   sifatida   uzil   kesil   shakllanganligini     ko’rsatuvchi   etnik   belgi   edi.
Aniqrog’i,   ma’lum   yirik   hududiy   geografik   viloyatlarda   moddiy   va   ma’naviy
madaniyat   birligi,     antropologik   tip   birligi,   ikki   tillilik,   hukmron   turkiy   etnik   asos
atrofida   jipslashgan   siyyosiy   davlat   uyushmasi   tashkil   topdi.   Ammo,   Qoraxoniylar
davlati     doirasida   iqtisodiy   va   etnomadaniy     taraqqiyot   darajasi   har   xil,   notekis   edi.
Turkiy tillarning turli lahjasi mavjud edi. 9 – 10 asr etnik omillardan eng muhimidan –
til   birligi   va   etnosga   monand   siyyosiy   davlat   uyushmasi   yetishmas   edi.   11   –   ars boshlariga kelib etnosga monand siyyosiy davlat uyushmasi ham yuz berdi, ammo,   -
jonli   eski   o’zbek   tilining   tarkib   topishi   uchun   sharoit   lozim   edi.   11-asr     o’rtalarida
Qoraxoniylar   davlati   ikkiga   bo’lingach,   G’arbiy   Qoraxoniylar   davlati   doirasida   jonli
eski   o’zbek   tilining   qarluq   –   chichil   lahjalari   asosida   rivojlanishiga   imkoniyatlar
yaratildi. Bu zaminda turkiy qabilalar o’troqlashib, so’g’diy zabon xalqlar bilan yonma
–   yon   yashardi     va   ularning   iqtisodiy,   madaniy   aloqalari   rivojlanib,   bu   yaqinliklari
etnik   qorishuvlar   darajasiga   ko’tarilgan   edi.   K.Shoniyozov     ko’rsatishicha
Movaraunnahrning   shimoli   –   sharqiy     va   shimoli   –g’arbiy     mintaqalari     o’zbek
elatining   turkiy   asosi   qurilib   bo’lgan   edi     (9-10   asrlarda).   Bu   turkiy   etnik   asosning
qarluq – chichil lahjasi   G’arbiy   Qoraxoniylar   davlati doirasida jonli eski o’zbek tili
sifatida   boshqa   turkiy   lahjalardan ajralib chiqadi. Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos
Xojib   tili   umum   turk   tili   bo’lsa,   Ahmad   Yassaviy,   Ahmad   Yugnakiylarning   tili   jonli
eski o’zbek tilining namunalari edi. 
Shunday   qilib,   hozirgi   O’zbekiston   hududi   va   uning   tevarak       atrofida
deyarli  ikki ming yil davom etgan  etnogenetik  jarayonlar natijasida, yani so’g’diylar,
xorazmiylar,   baxtariylar   va   saklarning   shu   zaminda   bronza   davridan   boshlab,   ular
bilan   yonma   –   yon   yashab   kelayotgan   turkiy   zabon     qabilalar   bilan   aralashuvi,
qorishuvi   natijasida   o’zbek   xalqi   11   –   asrda   to’la   to’kis,   12   –   asrda   esa   uzil   –   kesil
shakllandi. 
XIII – XIV  asrlarda O’rta Osiyoda etnik jarayonlar va o’zbek adabiy
tilining shakllanishi
1.13   –   asr   boshlariga   kelib     Movaraunnahrda   siyosiy   vaziyat   bir   muncha
murakkablashdi.  Xorazmshox Muhammad Qoraxoniylar hukmronligini tugatdi va o’z
navbatda   shimoliy     sharqiy   tomon     ko’chmanchi   qabilalar   ustiga   hujum   qilib,
talonchilik   bilan   shug’ullanib,   kuchli   davlat   tuzdi.   Xuddi,   shu   kezlarda     Ili   daryosi
sohillarida   yashovchi   naymanlar   kuchayib,   qoraxitoylar     davlati   xarobalarida
Kuchmikxon   boshliq   yangi   nayman   davlatini   barpo   etdilar.   Markaziy   Osiyoda
Chingizxon   boshliq   davlat   yuzaga   kelib,   13   –   asr   boshlarida     Xorazm   davlati   bilan raqobatlashdi.   O’tror   fojiasi   kelib   chiqdi.   Shu   tariqa   O’rta   Osiyo   xalqlari     ustiga
mo’g’ullar     bosqini   ro’y   berdi.   Bu   bosqin   yuksak   dehqonchilik   va   hunarmandchilik
madaniyatini  izdan  chiqardi. Movaraunnahr  va  unga qo’shni   viloyatlar   aholisi   qariyb
yarim asr davomida  avvalgi holatini tiklay olmaganlar. 
13-arsning   60-   yillariga   kelib   Chingizxon   imperiyasi   zaminiga   zil   keta
boshlagach,   Ili   daryosining   janubiy-sharqiy     mintaqalaridan   to   Amudaryogacha
bo’lgan     hududlarda   Chig’atoy   davlati   vujudga   keladi.   Uni   harbiy   jihatdan   himoya
qilish   uchun   har   biri     ming   uyli   turk-mang’ul   qabilalar   O’rta   Osiyo   hududiga   kirib
keladilar: barlos, jaloyir, qavchin va arlot kabilar. 
     Jaloyirlar Rashididdin va Abulg’ozi Bahodirxon yozishicha asli Onon daryosi
havzalarida   yashashgan,   kuchib   kelishib   Angren   havzasi   va   Xo’jand   atrofiga
o’rnashganlar.   Rashididdin   ularni   turklashgan   mo’g’ul,   S.A.Omonjolov,   K.
Shoniyozovlar   turkiy   xalqlar   deyishadi   (quriqin   (bo’ri),   Tulangit   urug’lari).   Bartold,
I.P.   Petrushevskiylar   ularni   mo’g’ul   tilli     xalq   bo’lgan,     deydilar.   Jaloyirlar   Amir
Temurga sidqidildan  xizmat etgan ( Angren vohasidagi). 
  Barloslar asli Onon va Qurulun daryosi havzalarida yashashib, Chingizxon
davrida   nufuzli   harbiy   kuchga   ega   bo’lishganlar   (Qubalay,   Qorachur   barloslar).
Chig’atoy   ulusining   harbiy   tayanchlaridan   biri   sifatida   ming   oila   Kesh   viloyatiga
ko’chib   kelishadi.     Ulardan   Amir   Temur   yetishib   chiqdi.   Ularning   ayrim   guruhlari
Temur   va   Boburmirzo     davrida   Janubiy   Tojikiston,   Afg’oniston,   Hindiston   va
Kashmirgacha   borib   o’rnashib   qolishganlar.   Barloslarning   etnik   tarkibi   haqida   V.
Bartold   –   Mo’g’ul   tilli   xalqlar,   Rashididdin-   ularning   ilk   ajdodlari   turk   edi   deydi.
Xitoyshunos   olim   A.Yu.Zuyev   barloslar   kelib   chiqishi   jihatidan   turkiy   xalq   bo’lgan,
degan xulosaga keladi. Amir Temur o’zini barlos Turklari deb ataydi. 
Qavchinlar   Farg’ona   vodiysi   va   G’uzor   (Qashqadaryo)   atroflariga   kelib
o’rnashadilar. “Tarixi Rashidiy” da Qavchin harbiy degan manoni anglatadi deyilgan.
Qavchinlar   kelib   chiqishi   jihatidan   turkdirlar.   Arlotlar   haqiqiy   mo’g’ul   urug’idan
hisoblanadi. Termiz atrofi, Shimoliy Afg’onistonga kelib joylashganlar.   Movaraunnahrda   yashovchi   turklashgan   mo’g’ullar   asta   –   sekin   mo’g’ul
atamasini   unutib,   o’zlarini   Chig’atoy   deb   atay   boshladilar.   Keyinchalik   bu   nom
Movaraunnahrlik  o’zbek va tojiklarga  - o’troq aholiga nisbatan qo’llandi.
  13-14   asrning   60-yillarigacha,   yani   mo’g’ullar   hukmronligi   davrida
Movaraunnahrga   mo’g’ul   va   turklashgan   mo’g’ul   qabilalarining   kirib   kelishi
jadallashdi.   Olchin,   dug’lat,   mong’ul,   baxrin,   markit,   qo’ng’rot   kabi   mo’g’ul
qabilalarining   ayrim   guruhlari   kelib   o’rnashadilar   va   ularning   bir   qismi
o’troqlashadilar.   14-asr   o’rtalarida   ular   mahalliy   xalq   bilan   shu   qadar   qorishib
ketadilarki,   hatto   faqat   turkiycha   gaplashganlar.   Ibn   Batutaning   xabar   berishicha,
chig’atoy   sultonlari   Kebekxon,   Tarmashirinlar   turk   tilida   erkin     so’zlashganlar.   13-
arsning   60-   yillariga   kelib   Chingizxon   imperiyasi   zaminiga   zil   keta   boshlagach,   Ili
daryosining   janubiy-sharqiy     mintaqalaridan   to   Amudaryogacha   bo’lgan     hududlarda
Chig’atoy   davlati   vujudga   keladi.   Uni   harbiy   jihatdan   himoya   qilish   uchun   har   biri
ming uyli turk-mang’ul qabilalar O’rta Osiyo hududiga kirib keladilar: barlos, jaloyir,
qavchin va arlot kabilar. 
2.Ma’lumki,   ,   bu   turklashgan   mo’g’ul   qabilalari   Mo’g’ulistondan   chiqib
Yenisey   havzalarida,   Sharqiy   Turkistonda,   Dashti   Qipchoq   va   Yettisuv   viloyatlarida
turkiy qabilalar bilan yonma- yon va aralashib yashaganlar. Movarounnahrga kelganda
ular   o’z   tilida   emas,   faqat   turkiyda   so’zlashardilar.   Ularning   guruhlaridan   biri   –
qipchoqlarni   tahlil   etaylik   .   Ular   14   –   15   asrda   Shimoliy   Kavkazda,   Qirimda,   Volga
bo’ylari, Urol tog’ oldi Dashti Qipchoqning sharqiy qismida, Yettisuvda yashaganlar.
Amir   Temur   davrida   Quyi   Sirdaryoda   yashovchi   qipchoqlar   Movarounnahrga
ko’chirilgan.   Lekin,   ular   mahalliy   bu   zaminda   qadimdan   yashab   kelayotgan   tub   joy
o’troq Turkiy va Forsiy tilli  aholi  etnik tarkibini o’zgartirib yuboraolmadi. Aksincha,
etnomadaniy   muhit   ularni   o’z   tasiriga   olib   o’troqlashishini   tezlashtirgan,   holos.
Allaqachon,   o’troqlashgan   muqim,   turg’un   turklar   hamda   Movarounnahrning   “Sart”
nomi   ostida   yuritilgan   turkiy   zabon   o’troq   aholisi   Temuriylar   davrida   hozirgi
O’zbekiston aholisi etnik tarkibining asosini tashkil etgan.     “Sart”   atamasi   etnik   nom   emas.   V.   Bartold   fikricha   Sart   atamasi   tojik
manosini   beradi.   Mahmud   Qoshg’ariy     “   Devonu   lug’atit   turk”   asarida   sart   qadimgi
turkchada savdogar manosida berilgan. 
Dastlab sartlar forsiy va turkiyda so’zlashgan bo’lsada, 15-17 asrlardan ular
faqat   turkiyda,   eski   o’zbkek   tilida   so’zlashganlar.Demak,   sart   atamasini   bir   xalqqa
tegishli deb aytish xato xulosalarga olib keladi. Ular turkiylashgan so’g’diylar bo’lib,
tojik   va   o’zbeklarga   tegishli   muqim   yashovchi   savdo-sotiq   hunarmand   aholining
yig’indi nomi ekanligi tarixiy haqiqatdir. 
  Turkiy   etnos   mahalliy   xalq   bilan   qorishib,   aralashib   ketgan   bo’lsalarda,
ularning ayrimlari 14-15 asrda ham o’z etnik nomini saqlab qolgan. Darhaqiqat Amir
Temur   va   uning   vorislari   davrida   yozilgan   tarixiy   asarlarda   “turk”,   “turk   elati”
iboralari   uchraydi.   Amir   Temur   va   temuriylar   davrida   mamlakatning   iqtisodiy   va
etnomadaniy taraqqiyoti rivojlandi, xalq farovonligi rivojlandi. Ilmiy manbalar tashkil
topdi.   O’zbek   xalqiga   xos   milliy   mentalitet   asoslari   qurildi.   Adabiy   tilning   oldingi
asrlarga   nisbatan   rivojlangan   turi   shakllandi   va   tilshunoslikga   doir   adabiyotlarda
“turkiy”,   “chig’atoy”   va   “eski   o’zbek   tili”   deb   nom   olgan.   Shakllangan   eski   o’zbek
adabiyot  tili  Alisher  Navoiy davrida eng yuqori  nuqtaga  ko’tarildi. Bu adabiy tilning
asosini Movaraunnaxr va uning tevarak –atrof mintaqalarida keng tarqalgan turkiy til
tashkil   qilgan   edi.   Ammo   turkiy   xalqning   jonli   tili   ko’p   laxjali   (asosan   3-     lahja   –
qarluq   –   chigil,   kipchoq,   o’g’uz)   bo’lib,   adabiy   tildan   bir   muncha   farq   qilgan.
K.Shoniyozov   yozishicha   o’zbek   adabiy   va   jonli   tili   tojik   tili   bilan   yaqin   aloqada
rivojlandi.   O’qimishli   o’zbek   va   tojiklar     har   ikki   tilda   so’zlashaolar   va   erkin
yozardilar.   6-13   asrlarda   kelib   o’rnashgan   turkiy   etnoslar   shunchalik   ko’p   ediki
(xunn,az,uz,   tuxsi,   turk,   kaltatoy,   arg’un,   yag’mo,   dug’lat,   qarluq,   chigil,   turkash,
qipchoq, o’g’uz va boshqalar) bu zamininig Turkiston deb atalishini tushunsa bo’ladi.
K.Shoniyozovning yozishicha 14-15 asrlarda quyidagi turk qavmlari ko’zga ko’rinarli
etnik guruhlar bo’lib, o’troqlashib ketishgan edilar: 
Qang’lilar.   Qadimgi   Qang’ar   elatining   avlodlari.   Chingizxon   bosqiniga
qadar   Samarqand   va   Xorazm   atrofida   yashagan.   Ularning   Dashti   Qipchoq   guruhlari Amir  Temur davrida Zarafshon vohasi  va Toshkent  vohasiga ko’chib kelib, mahalliy
aholi bilan aralashib, o’troqlashib ketadilar. 
Qarluqlar.   Ikki   etnik   qatlamdan   iborat   bo’lib,   birinchi   qatlami     6   asrdan
boshlab   Farg’ona,   Toshkent,   Toxaristonda   yashagan.   Ikkinchi   qatlami   mo’g’ullar
davrida Toshkent, Zarafshon va Shimoliy Toxaristonga kelib o’rnashganlar. 15- asrda
ularning   bir   guruhi   Dashti   Qipchoqdan   Farg’ona   vohasiga,   16-   asrda   Shayboniyxon
bilan   Movaraunnaxrga   kirib   kelgan.   Ularga   qardosh   bo’lgan   xalach,   chigil   qabilalari
ham Movaraunnahr siyosiy hayotida muhim o’rin tutganlar. 
Arg’unlar.   Sirdaryoning   o’ng   qirg’oq   quyi   havzalarida   yashovchi
arg’unlarning   ayrim   guruhlari   8-12   asrlar   davomida   Toshkent,   Farg’onaning   O’zgan
atroflarida, Zarafshon vohasi va Janubiy O’zbekiston hududlariga kelishib o’troqlashib
ketishganlar.   9   –   asrda   Xuroson,   14-   15   asrda   Farg’ona,   O’zbekistoning   Janubiy   va
Shimoliy   Afg’onistonda   yashaganlar.   Ayrimlarining   o’z   etnik   nomlarini   unutmagan
holda,   forsiy   zabonga   aylanganlar.   Amir   Temur   davlatining   tayanchi   bo’lgan   qirq
o’zbek   qavmlaridan   biri   bo’lgan.   Ular   imtiyozli   katta   yer   egalari   –   tarxonlar
hisoblangan.   Amirlar   yetishib   chiqib,   Temuriylar   xonodoni   bilan   qarindoshlik
munosabatda ham bo’lganlar. O’troqlashib, turg’un aholi bilan qorishib ketishganlar. 
Do’g’lat.   14-15 asrlarda Mavaraunnahrda yashagan yirik qabilalardan yana
biri   do’g’latlardir.Rashididdin   ularni   mo’g’ul   qabila   ittifoqiga   kirgan   turkiy   qabila
deydi.   Bartold   V.V.   esa   ularni   mo’g’ul   deydi.   N.A.Aristov   dulu   va   dug’lat   bir   xalq
degan g’oyani o’rtaga tashlaydi. Dulular turkiy qabila . U holda dug’latlar ham kelib
chiqish jihatidan turkiy bo’lib chiqadi. 
    Dug’latlarning ayri guruhlari 14-15 asrlarda Farg’ona vodiysida, Samarqand va
Hisorda,   Qorategin   va   boshqa   joylarda   tarqoq   holda   yashaganlar.   Hisor   dug’lat
sultonlari Boburga beg’araz xizmat qilganlar. 
        O’g’uz   saljuqlari.   14-15   asrlarda   Movaraunnahrda   yashagan   yana   bir   yirik
qabila   o’g’uzlar   edi.   Ularning   bir   guruhi   somoniy   amirlaridan   iltimos   qilib,   10   asrda
Sirdaryoning quyi  havzalarida Nurota tog’  yon bag’irlariga ko’chib keladilar. O’g’uz
saljuqlarining turkman guruhlari 11-12 asrlarda Qoraxoniylar davrida Buxoro atroflari,
Shimoliy Xurosonga, ya’ni Hozirgi Turkmaniston hududlariga  kelib o’rnashadilar.           14-15   asrlarda   Sirdaryoning   quyi   havzasi   va   dashtiqipchoqdan
Movaraunnahrga     yana   bir   qancha   o’g’uz,   saljuq   turkman   guruhlari   kirib   keladilar.
Asrlar   davomida   o’zbeklar   bilan   yonma   –yon   yashab   kelgan   o’g’uzlar   va   saljuq
turkmanlarning bir  qismi  etnik nomlarini  unutmagan holda o’troqlashadilar. Ularning
keyingi   avlodlari   o’zlarini   o’zbek   turkmanlari   yoki   “Nurota   turkmanlari”   deb
ataganlar. 
      O’zbek xalqining tarkibiga mo’g’ul tili aholining turkiylashgan guruhlari ham
kirgan.   Ular   asosan   Dashtiqipchoqda   yashar   edi.   Ularning   ayrimlari   14-15   asrlarda
o’zbek   nomi   bilan   emas,   balki   o’z   qabila   va   urug’-   aymoq   nomlari   ostida
Movaraunnahrga   kirib   kelgan   edilar.   16   –   asr   boshlaridan   ularning   soni
Movaraunnahrda ko’paydi. Ularning bir qismi mahalliy aholi ta’sirida o’troqlashadilar
va Movaraunnahrning barcha turkiy aholisi qatori o’zlarini turk yoki turk – chig’atoy
deb  ataydilar.     3.   O’zbek  adabiy  tilining  shakllanishi.   Amir  Temurning  bu  siyosati
nafaqat mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotini mustahkamlashga, balki jamiyat etnik
tarkibini   barqarorlashtirishga   qaratilgan  edi.   Amir   Temur   olib   borgan   ichki   va  tashqi
siyosat   tufayli     mamlakatning   iqtisodiy   va   etnomadaniy   hayoti   rivojlandi,   xalq
farovonligi   yaxshilandi.   Ilmu-fan   va   ma’naviy     hayot   taraqqiy   etdi.   Samarqand   va
Xirotda   aniq   va   gumanitar   fanlar   yo’nalishida   ilmiy   maktablar   tashkil   topdi,   olamga
mashhur   olimu   fuzalolar   yetishib   chiqdi.   Bugungi   kunda   o’zbek   millati   deb   atalgan
xalq   jahonga   tanildi.   Milliy   mushtaraklik,   o’zlikni   anglash,   o’zbekka   xos   milliy
mentalitet asoslari qurildi.
Adabiy   tilning   oldingi   asrlarga   nisbatan   rivojlangan,   turkiy   tilning   forsiy   va
arabiylashgan   shakli   tarkib   topdi.   Bu   adabiy   til,   tilshunoslikka   doir   adabiyotlarda
”turkiy” yoki “chig’atay”, ya’ni “eski o’zbek tili” deb nomlangan asli shakllandi. XIV-
XV  asrlarda   shakllangan   eski   o’zbek   adabiy   tili   Alisher   Navoiy   asarlarida   o’z   aksini
topgan.   Bu   turkiy   tilning   ikki   madaniy   markazi   asosida,   ya’ni   sharqiy   qarluq-chigil-
uyg’ur   va   g’arbiy   o’g’iz-qipchoq   dialekt   birliklari   asosida   tarkib   topgan.   Bu   eski
o’zbek   adabiy   tili   Movarounnahr   va   Xurosonda   keng   qo’llanilgan,   u   “eski   o’zbek
adabiy   tili”   sifatida   XX   asr   boshlarigacha   davom   etadi     Bu   adabiy   til   sart   atamasi
ijtimoiy   tabaqasi   asosida   qurilgan.     Aslida,   sart   atamasi   etnik   nom   emas.   Bu   haqda fanda   turli   qarashlarning   mavjud   bo’lishiga   qaramay,   uning   muayyan   bir   etnosga
tegishli ekanligi ma’lum emas. Sovet davri tarixshunosligida bu masalada V.V.Bartold
qarashlari   e’tiborda   bo’lib   keldi.     Uningcha,   sart   atamasi   tojik   ma’nosini   beradi.
Ammo u kelib chiqishi jihatidan turkiylashgan sug’diylar bo’lib, tojik va o’zbeklarga
tegishli muqim yashovchi aholining, savdo-sotiq va hunarmand ahlining yig’indi nomi
ekanligi tarixiy haqiqatdir. 
O’rta Osiyodan sharqiy o’lkalarga savdo  karvoni  bilan borgan savdogarlar kelib
chiqishi   qaysi   etnosga   tegishli   bo’lishidan   qat’iy   nazar,   ular   sartlar   deb   atalgan.
Mahmud   Qashg’ariyning   “Devonu   lug’otit   turk”   asarida   sart   qadimgi   turkchada
savdogar   ma’nosida   berilgan.   Dastlab,   sartlar   forsiyda   va   turkiyda   so’zlashgan
bo’lsalar,   XV I -XVII   asrlardan   ular   faqat   turkiyda,   eski   o’zbek   tilida   so’zlashganlar.
Demak, sart atamasini bir xalqqa tegishli deb, aytish xato xulosalarga olib keladi.
O’rta   Osiyoda   turg’un,   muqim   aholi   ismlariga   ko’proq     tug’ilgan   turar   joylari   -
shahar   va   qishloq   nomlarini   qo’shib   aytish   an’anaga   aylangan.   Masalan,   Ahmad
Farg’oniy,   Muhammad   Xorazmiy,   Ahmad   Yassaviy   va   boshqalar.   Turk   xoqonligi
davrida   tashkil   topgan   turk   elati   esa   xoqonlik   inqirozga   uchragach   tarqalib   ketgan.
Mazkur   elatning   ozroq   qismigina   turk   etnik   nomini   saqlab   qolgan   va   ular   asosan
Farg’ona   vodiysida,   Zarafshonning   tog’   oldi   adirlarida   yashab,   o’zbek   xalqi   etnik
tarkibiga   singib   ketgan.   Ularning   aksariyat   ko’pchiligi   shakllangan   o’zbek   xalqi
tarkibiga   singib   ketgan   bo’lsalarda,   ularning   ayrim   guruhlari   XIV-XV   asrlarda     o’z
etnik   nomini   saqlab   qolganlar.   Darhaqiqat,   Amir   Temur   va   uning   vorislari   davrida
yozilgan   tarixiy   asarlarda   “turk”,   “turk   elati”   iboralari   uchraydi.       Ammo,   turkiy
xalqning   jonli   tili   ko’p   lahjali   bo’lib,   adabiy   tildan   bir   muncha   farq   qilgan.   O’zbek
adabiy   tili   tarkibida   aynan   shu   asrlarning   forsiy   va   arabiy   so’zlari   ko’p   bo’lgan.
Shuning   uchun   ham   Alisher   Navoiy   davrida   shakllangan   o’zbek   adabiy   tili   xalqning
jonli   lahja   tillaridan   farq   qilib,   u   aholining   o’qimishli   ziyolilarining   tili   sifatida
rivojlangan.   Xalqning   jonli   eski   o’zbek   tili   esa,   turkiy   tillarning   uch   lahjasi   asosida
qurilgan. Ular qarluq-chigil,o’g’iz va qipchoq dialektlaridir. 
Taniqli   elshunos   akademik   K.   Shoniyozovning   yozishicha,   Movarounnahr   va
Xorazmda o’zbek adabiy va jonli tili tojik tili bilan yaqin aloqada rivojlandi. Bu tarixiy haqiqat,   tarixiy   aksiomadir.   Chunki,   Movarounnahrning   markaziy   va   janubiy
shaharlarida tojik etnik muhiti anchagina kuchli edi. O’qimishli o’zbek va tojiklar har
ikki tilda so’zlasha olar va erkin yozardilar. Alisher Navoiy aytganidek, turkiylarning
barchasi-yoshlar,   qarilar,   xizmatchilar   va   beklar   sartlar   tilini   tushunganlar.   Alisher
Navoiy   sart   tili   deganda   o’z   zamonasining   o’zbek   adabiy   tilini   tushungan,   uning
mutloq   asosini   esa,   turkiy   til   lahjalari   tashkil   etgan.   O’zbek   (sart)   yozma   adabiyoti
XIV-XV asrlarda (Rabg’uziyning “Qissa-i   anbiyo” asari, Bobo Mo’chin va G’aribiy
sherlari)   islom   diniy   axloq   normalarini   targ’ib   qilish   bilan   birga,   ilk   bor   realistik
motivlarda   maydonga   keldi.   Realizm   elementlari   Haydar   Xorazmiy   (XIV   asr),
Sakkokiy (XV asr), Atoiy (XV asr), Durbek, Lutfiy (XIV-XV asr), Alisher Navoiyning
(XV   asr)   “Muhokamatul-lug’atayn”,   ”Mahbubul   qulub”   va   boshqa   asarlarida
namoyon     bo’ldi. A.  Navoiy  o’zbek  badiiy adabiyotiga  sosial   motivlar   kiritish  bilan
tarixda katta rol o’ynadi. 
Dashti qipchoq   o’zbeklarining Movarounnahrga   kirib kelishi va o’zbek
xonliklari davrida kechgan etnomadaniy jarayonlar
  XV   asrning   oxirlarida   Temuriylar   davlati   ichki   nizolar   ta’sirida   ancha
zaiflashdi,   buni   uzoq-yaqindan   kuzatib   turgan   Dashtiqipchoq   sahroyi   o’zbeklari
temuriylar   mulkiga   tez-tez   hujum   qilib,   tinch   aholini   talab   ketaboshladilar.   Oxir-
oqibatda   temuriylar   saltanatni   himoya   qilishga   ojiz   bo’lib   qolganligini   sezgan
Jo’jixon  avlodlari  XVI  asr  boshlarida   Shayboniyxon   boshchiligida  O’rta  Osiyoga
bostirib kelib, juda oz fursatda bu zaminda o’z hukmronligini o’rnatdilar.
Shundan   boshlab   Movarounnahr   va   Xorazmda   o’zbek   nomi   paydo   bo’ladi.
Dashtiqipchoq   o’zbeklarining   ayrim   guruhlari   (jaloyir,   orlot,   nayman,   mang’it,
qo’ng’rot,   ming,   qushchi   va   boshqalar)   XIV-XV   asrlar   davomida   ham
Movarounnahr   va   Xorazmga   kelib   o’rnashganlar.   Ammo   ular   o’sha   kezlarda   o’z
xonlari   yoki   podsholari   yetakchiligida   emas,   balki   o’z   urug’-aymoqlari   va   qabila
nomlari   bilan  kirib  kelgan   edilar.  Demak,   turk-mo’gul   qabilalarining  birinchi   bor
"o’zbek   urug’lari"   nomi   ostida   xon   boshchiligida   Movarounnahr   va   Xorazmga
kirib kelishi Shayboniyxondan (XVI asr) boshlangan. Sirdaryoning   yuqori   oqimi   va   Tiyonshon   tog’   tizmalarining   g’arbiy   yon
bag’irlaridan   Dnepr   daryosining   quyi   oqimiga   qadar   yoyilgan   dashtlar   XI-XII
asrlarga   oid   arab   va   fors   manbalarida   Dashi   Qipchoq   deb   tilga   olinadi.
Dashtiqipchoq   aholisi   sharq   manbalarida   –qipchoqlar,   rus   solnomalarida   –
poloveslar,   Vizantiya   xronikalarida   –   kumanlar,   venger   manbalarida   –kunlar   deb
atalgan.   Dashtiqipchoq   ikki,   ya’ni   sharqiy   va   g’arbiy   qismlardan   iborat.   Yoyiq
(O’rol)   daryosi  ularning chegarasi   bo’lgan.  G’arbiy  qismga   Yeyiq va  Itil   (Volga)
daryosidan   to   Dneprgacha   bo’lgan   hududlar   kirgan.   Undan   Sharqqa   tomon
cho’zilgan dashtlar sharqiy Dashtiqipchoq hududini tashkil qilgan.
Dashtiqipchoq   XIII   asr   boshlarida   Chingizxon   qo’shinlari   tomonidan   bosib
olingach,   tarixda   Jo’ji   ulusi   nomi   bilan   atalgan   Oltin   O’rda   davlati   barpo   etildi.
XIV   asr   boshlarida   Jo’ji   ulusi,   ya’ni   Oltin   O’rda   ikkiga   bo’linib   ketadi.   XIV
asrning   60   yillaridan   Dashtiqipchoqning   sharqiy   qismi   "O’zbeklar   mamlakati",
aholisi  esa "o’zbeklar" deb atala boshlandi. Ungacha, bu joylarda ko’chib yurgan
turk-mo’g’ul qabilalari (arlot, baxrin, burqut, do’rman, iyjon, qtoy, qarluq, mojor,
qipchoq,   qiyot,   qo’ng’irot,   qurlovut,   mang’it,   nayman,   nukus,   tangut,   uyg’ur,
markit,   qo’shchi,   o’tarchi,   jot,   chimboy,   kenagas,   uyshun,   tuboyi,   toymas,   echki,
tumanming, shodbaxtli, shunqorli va boshqalar) orasidan yetishib chiqqan sahroyi
suvoriy   harbiy   guruhlar   jangovar   o’zbeklar   nomi   ostida   XIII   asr   oxirlaridan   tarix
maydonida paydo bo’lgan edi.
O’zbekxon   (1312-1342)   Oltin   O’rda   xoni   bo’lib   turgan   kezlarda   unga   tobe
qabilalarning   ayrimlari   o’zbek   qavmlari   nomibilan   yuritilgani   ma’lum.   Uning
davrida Oltin O’rda gullabyashnadi. U Oltin O’rda shuhratini ko’tardi. O’sha davr
ko’chmanchi   jamoalarining   ajdodidan   qolgan   udumga   ko’ra,   uning   qo’l   ostidagi
bekzoda   va   avom   chorvadorlar   jamoasi   elini   "o’zbek",   qavmini   esa   o’z   urug’-
aymoqlari   nomi   bilan   atardilar.   Ko’chmanchi   chorvadorlarga   xos   bu   udumni
tushunmagan   ba’zi   tarixchilarimiz,   hozirgacha   o’zbeklar   nomi   O’zbekxondan
tarqagan,   degan   noto’g’ri   tasavvurda   yuradilar.   Aslida   o’zbek   atamasi   sharqiy
Dashtiqipchoq   qabilalarining   siyosiy   harbiy   guruxlari   yig’indisining   nomidir.   Bu atama aynan XIII asr oxirlaridan boshlab Sharq tarixchilari asarlarida “o’zbeklar”
nomi bilan tilga olinadi.
XV   asrning   20   yillarida,   ya’ni   1428   yilda   Jo’jixon   nabiralaridan   biri
Abulxayrxon   ana   shu   sahroyi   aslzoda-bekzodalardan   tashkil   topgan   harbiy
guruhlarni birlashtirib, harbiy feodal davlat barpo etdi va bu ishda asosan mang’it
qavmlariga   tayanadi.   Demak,   o’zbek   atamasi   dastlab   XIII   asr   oxirlarida
Dashtiqipchoqning   "Oq   O’rda"   deb   atalgan   sharqiy   qismining   harbiylashgan
suvoriylar   uyushmasiga   nisbatan   ishlatilgan.   Bu   erkin,   ozod,   mustaqil   suvoriylar
guruhining   asosini   aslzoda-bekzoda   harbiylar   tashkil   etgan   edi 1
.   O’sha   kezlarda
"O’zbek   ulusi"ga   Orol   dengizining   shimoliy   qirg’oqlaridan   to   Irtish   daryosining
o’rta   oqimlarigacha,   sharqda   Sarisuv   va   Chu   daryolaridan   g’arbda   Yoyiq   (O’ral)
daryosining so’l sohillarigacha bo’lgan yerlar kirgan.
Hamdulloh   Kazviniy   (1281-1350}g’shng   «Tarixiy   Guzida»   asarida   Oltin
o’rda   xoni   Uzbekxonga   tobe   yerlar   va   xalqlar   haqida   fikr   yuritilib,   bu   qabilalar
"o’zbekiyon"   (o’zbeklar),   ular   ko’chib   yurgan   yerlar   "mamlakati   o’zbek"
(o’zbeklar mamlakati) deb ko’rsatilgan. "O’zbek" atamasining qabilalar uyushmasi
va   shu   qabilalarga   qarashli   yerlarning   nomi,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,
O’zbekxon   davriga   qadar   ham   qo’llanilgan.     Masalan,     Mirzo   Ulug’bek   "Tarixi
arbaa’   ulus"   (To’rt   ulus   tarixi)   nomli   asarida,   "O’zbek   ulusi   unga   berilgan"   deb
yozadi.   Tarixchi   Ruzbehxon   "Mehmonnomai   Buxoro"   kitobida   Dashtiqipchoq
o’zbeklarini uch qismga bo’ladi. Ular shayboniylar, qozoqlar va mang’itlar bo’lib,
Shaybon   ulusi,   manbalarning   ma’lumotlariga   ko’ra,   1238   yilda   tashkil   topgan   va
O’ral   tog’ining   etaklaridan   Tobol   va   Sarisuv   daryolarigacha   bo’lgan   yerlarda
yashagan.
Shayboniyxonning   Movarounnahr   va   Xorazmdagi   hukmronligi   uzoqqa
cho’zilmadi.   1510   yilda   Eron   shoxi   Ismoil   bilan   bo’lgan   jangda   halok   bo’ldi.
Shayboniy   o’limidan   keyin   mamlakatda   parokandalik   boshlandi.   Xurosonni
Safaviylar   egallaydilar.   Shayboniy   avlodlari   va   ayrim   qabila   boshliqlari   alohida
viloyatlarni (Balx, Hisor, Badaxshon, Samarqand, Toshkent va boshqalar) egallab,
1 markaziy   hokimiyatga   itoat   qilmay,   mustaqillik   bo’lishga   intildilar.   Shayboniy
zurriyotlari   orasida   ham   taxt   uchun   kurash   avj   oladi.   Mana   shu   janglarda
Abdulloxon   II   g’olib   chiqib,   1560   yilda   Buxoro   taxtini   egallaydi  
va   taxt
da’vogarlari   va   bebosh   amirlarga   qattiq   zarba   berib,   Buxoroda   markazlashgan
kuchli   feodal   davlat   tuzishga   erishadi.   Uning   davrida   mamlakat   rivojlanadi,
dehqon,   chorvador   va   hunar   ahli   orom   topadi.   U   mamlakatni   iqtisodiy   jihatdan
oyoqqa qo’yadi.
2 .Biroq   uning   o’limidan   keyin   vorislari   mamlakatni   boshqarishga   ojizlik
qildilar.   Valiaxd   Abdulmo’min   taxtda   atigi   yarim   yilgina   o’tira   oldi.   U   otasining
safdoshlari tomonidan o’ldirildi. Buxoro xonligida yana tartibsizliklar boshlanadi.
Tashqi vaziyat ham tang holga tushib qolgan edi. Ichki va tashqi vaziyatni kuzatib
borayotgan   bir   guruh   qabila   boshliqlari   va   nufuzli   ulamolar   Shayboniy
avlodlaridan   taxtga   yaroqli   biror   kimsa   qolmaganligidan   (ularni   o’z   vaqtida
Abdulloxon   II   tinchitib   bo’lgan   edi)   xonga   kuyov   o’g’il   ashtarxoniy
Dinmuhammad   Sultonni   taxtga   o’tkazadilar.   Shunday   qilib,   Ashtarxoniylar
sulolasi   mamlakatni   boshqara   boshlaydilar.   Biroq   ashtarxoniylar   xonadonidan
durustroq   xon   chiqmadi,   mamlakatda   parokandalik,   saroy   nizolari,   bebosh
amirlarning o’zaro mojarolari to’xtamadi. Parokandalik ashtarxoniylar sulolasining
oxirgi vakili Abulfayzxon (1711- 1747) davrida yanada jadallashdi. XVIII asrning
20   yillarida   Balx   viloyati   Buxoro   xonligi   tarkibidan   chiqib   ketdi.   Toshkent   va
Toshkent vohasini qalmoqlar (jungarlar), keyin qozoqlar egallab oldi. Shahrisabzni
kenegaslar,   Qarshini   mang’itlar,   qtoy   va   qipchoqlar,   Mirzacho’lni   yuzlar,
Farg’onani   minglar,   Zarafshon   vodiysini   naymanlar   egalladi.   Maishatga   berilib
ketgan   Abulfayzxonning   sanoqli   kunlari   qoldi.   Buxoro   xonligidagi   bu   ahvolni
kuzatib   kelayotgan   Eron   hukmdori   Nodirshoh   Buxoroni   bosib   olish   uchun
Amudaryodan   o’tib,   Buxoro   yaqinidagi   Chorbakrda   to’xtaydi.   Chorbakr   nufuzi
kuchli   saidlar   makoni   edi.   Bundan   xa-bar   topgan   Abulfayzxon,   unga   peshvoz
chiqib,   uning   yordamida   atrofidagi   nufuzli   amaldorlarni   Buxorodan   boshqa
yurtlarga   badarg’a   qilmoqchi   bo’ladi.   Ular   orasida   Hakim   Otaliq   mang’itning
o’g’li Rahimbiy ham bo’lgan. Bundan xabar topgan Rahimbiy uning izidan tushib, 1747 yilda o’ldiradi va uning 9 yoshli o’g’lini taxtga o’tqizadi. Bir yil ham o’tar-
o’tmas   uni   ham   qatl   etib,   hukmronlikni   o’z   qo’liga   oladi.   Rahimbiy   otaliq   juda
ustamonlik   bilan   sekin-asta   o’z   mavqyeini   mustahkamlab   olgach,   1753   yilda
mang’it   sulolasining   birinchi   hukmdori   sifatida   Buxoro   taxtiga   o’tiradi.   Shunday
qilib, Buxoroda 1753 yilda xonlik tugatilib, amirlik boshlanadi.
Amir   Muhammad   Rahimbiy   mustaqillikka   intilgan   viloyat   hokimlari   bilan
qattiq   kurashib,   Shahrisabz,   Urgut,   Jizzax,   O’ratepa,   Hisor   kabi   bekliklarni
Buxoroga   qo’shib   olishga   erishadi.   Farg’ona   mulki   esa   XVIII   asr   boshlarida
Buxorodan   ajralib,   mustaqil   bo’lib   olgan   edi.   Farg’ona   davlatining   birinchi   xoni
o’zbeklarning   ming   qavmidan   Shohruxbiy   bo’lgan.   Tarixiy   manbalarda   Farg’ona
davlati   Qo’qon   xonligi   nomi   bilan   tilga   olinadi.   XVIII   asr   o’rtalariga   kelganda
Qo’qon xonligi har jihatdan o’zini o’nglab olgan mustaqil davlat edi.
3 .XV I -XVIII   asrlar   davomida   Movarounnahrda   yuz   bergan   siyosiy
vaziyatning bu qadar murakkabligiga qaramay, mamlakat aholisi tarkibida azaldan
yashab kelayotgan o’troq etnik qatlamning mavqyei juda katta edi. Qishloq aholisi
asosan   an’anaviy   sug’orma   dehqonchilik   bilan,   shahar   aholisi   ko’p   tarmoqli
hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   bilan   shug’ullanardi.   Adir   va   dashtga   yaqin
yashaydigan aholi esa yaylovga haydab boqiladigan chorva bilan kun kechirar edi.
Umuman, sug’orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi turg’un aholi
hayotida   chorva   yordamchi   xo’jalik   manbai   hisoblangan.   Yordamchi   chorva
xo’jaligi   nafaqat   qishloq,   balki   shaharlik   har   bir   o’zbek   xonadoni   uchun   ham
zaruriy xo’jalik an’anasi hisoblangan.
Movarounnahr   va   Xorazmga   turli   davrlarda   (XIII-XIV   asrlarda)   kelib
o’rnashib qolgan turkiy qabilalar (abdal, qarluq, qangli, az, uz, kaltatoy, turk, tuxsi
va   boshqalar)   o’z   urug’doshlari   –   Shayboniy   o’zbeklari   bilan   tezda   qorishib
ketdilar.   Ularning   badavlat   qismigina   XV II -XVIII   asrlarda   o’z   qabilaviy   etnik
nomlarini   saqlab   qolgan   holda,   yarim   o’troq   hayot   kechirdi.   Ko’chmanchi
o’zbeklarning davlatmand aslzodalari shaharlarga joylashdilar va mamlakat siyosiy
hayotida   hukmronlikni   qo’lga   kiritib,   mahalliy   aholi   bilan   asta-sekin
qarindoshlashib,   o’troq   hayot   kechira   boshladi.   Davlatmand   chorvadorlarning siyosiy   hokimiyat   bilan   bog’liq   bo’lmagan   aksariyat   qismi   XV I -XVIII   asrlar
davomida   O’rta   Osiyoning   tog’oldi   tumanlarida   adir   va   dashtlarga   joylashib,
o’zlarining   an’anaviy   chorva   xo’jaliklari   bilan   shug’ullanishda   davom   etdilar.
Ularning   hayot   tarzi   yarim   o’troqlikda   o’tgan.   Ular   vohaga   tutash   adir   va
cho’llarda kapa  va qora  uylarda yashaganlar.  Erta bahor  chorva mollarini  haydab
dasht-adirlarga chiqib ketib, kuzda don va poliz ekinlarini yig’ishtirib olingandan
keyin   chorva   bilan   qishlov   joylariga   qaytib,   kuz   va   qishni   o’tkazadilar.   Shunday
hayot   erta   bahorda   yana   qaytarilgan.   Taniqli   etnograf   K.Shoniyozovning
kuzatuviga ko’ra, turli davrlarda O’rta Osiyoga kelib o’rnashib qolgan turkiyzabon
qavmlarning   aksariyati   o’troqlashgan,   ularning   yarim   o’troq   va   ko’chmanchilik
bilan shugullangan qismi XIII asrda taxmindan yuz mingdan oshmas edi.
XIII-XV   asrlarda   O’rta   Osiyoga   kelib   qolib   ketgan   turkiy   va   turkiylashgan
mo’g’ul   qabilalari   asosan   Amir   Temur   va   Bobur   qo’shinlarida   xizmat   qilardilar.
Ularning   ko’pchiligi   harbiy   yurishlardan   so’ng   tobe   mamlakatlarda   turli
vazifalarda   qolib,   u   yerlarda   oilasi   bilan   yashardi.   Masalan,   barloslarning   ayrim
guruhlari   Afg’onistonda,   Dehli   atrofla-rida,   Kashmirda   o’rnashib   qolgan.   Arlot,
qipchoq,   nayman,   arg’un,   mo’g’ul   guruhlari   Afg’onistonda,   jaloyirlarning   katta
qismi Eronning shimolida va Ozarboyjonda qolib ketgan.
Ta’kidlash   joizki,   an’anaga   ko’ra,   jangga   otlangan   turk-mo’g’ul   suvoriysi
o’z   oila   va   urug’-aymoqlarini   birga   olib   yurgan.   Shayboniyxon   Movarounnahrga
qo’shin   tortib   kelganda,   uning   lashkarida   92   qavm   suvoriysi   xizmat   qilgan.
Demak,   har   bir   qavmni   ming   oiladan   iborat   desak   va   har   bir   oila   o’rtacha   6-7
kishidan   iborat   bo’lsa,   u   holda,   XVI   asr   boshlaridagi   Shayboniyxonning   harbiy
yurishlari   munosabati   bilan   kamida   500-600   ming   Dashtiqipchoq   o’zbeklari
Movarounnahr   va   Xorazmga   kirib   kelgan.   O’rta   Osiyo   hududlarida   ularning
barchasi   qolib,   tubjoy   aholi   bilan   qorishib   ketganda   ham,   bu   raqam   mahalliy
turg’un   etnik   qatlamga   nisbatan   arzimagan   narsa   edi.   Shuning   uchun   ham
antropologik   tadqiqot   natijalariga   ko’ra,   XVI   asr   davomida   aholi   etnik   tarkibida
sezilarli  o’zgarishlar  yuz bermadi.  Masalan,  ko’chmanchi  o’zbeklar  ko’proq kirib
kelgan   Xorazm   o’lkasini   olsak,   XIV-XVI   asrlar   davomida   mahalliy   Xorazm aholisining ma’lum qismi Movarounnahrga ko’chib kelgan. Amir Temir Xorazmga
oxirgi   yuri-shida   (1388   yy.)   Urganchni   zabt   etgach,   shahar   aholisining
ko’pchiligini, birinchi  navbatda hunarmandlarni  bolachaqalari  bilan  Samarqandga
ko’chirib,   ustalarni   Oqsaroy   qurilishida   ishlatgan.   Shayboniyxon   Xorazmni   istilo
qilgach,   Qiyot   va   boshqa   shaharlar   aholisini   majburan   Movarounnahrga
ko’chirgan. Buxoro amirlari ham Xorazmga bir necha bor yurish qilib, uning talay
aholisini   Hisorga,   Buxoroga,   Samarqand   va   Toshkentga   ko’chirgan.   XIX   asrning
oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Movarounnahrning   turli   joylarida   "urganji"lar   etnik
nomining   uchrashi   ana   shu   ko’chganlarning   avlodlari   bo’lsa   kerak.   Shunga
qaramay,   so’nggi   o’rta   asrlarda   Xorazm   aholisining   asosini   sartlar   tashkil   etardi.
Xorazmning   janubida   turkmanlar   ham   yashab,   asosan   chorvachilik   bilan
shug’ullanardilar.   Bu   zaminga   chetdan   kirib   kelgan   talaygina   qabilalar:
pecheneglar, qipchoqlar, o’g’uzlar, qo’ng’irot va chagraklar esa ko’proq shimoliy
Xorazmda yashardilar.
Dashtiqipchoqliklarning   tili   qipchoq-o’g’uz   lahjasida   bo’lgan.   Mahalliy
turkiyzabon   aholi   esa   qarluqchigil   lahjasida   gaplashgan.   Demak,   Movarounnahr
turkiylarining   qadimiylari   qarluq   lahjasida,   Chingizxon   bosqinidan   boshlab   bu
zaminga   kirib   kelgan   turkiy-go’y   ko’chmanchilar   esa   turkiy   tilning   qipchoq   va
o’g’uz lahjalarida so’zlashganlar.
XVI   asr   boshlarida   Shayboniy   o’zbeklarining   bu   zaminga   katta-katta
guruxlar   bo’lib   kirib   kelishi   bilan   qipchoq   va   o’g’uz   lahjalarida   so’zlovchi   aholi
yanada   qalinlashadi.   Chunki   unga   qadar   ham   bu   lahjalarda   so’zlashuvchi   etnik
guruhlar Movarounnahr va Xorazmda keng tarqalgan edi. Ammo Movarounnahrda
qarluqchigil lahjalarida so’zlashuvchi aholi turkiy etnosning asosini tashkil etardi.
Keyinchalik qipchoq va o’g’uz lahjalarida so’zlashuvchi aholining o’troq xayotga
o’tganlari   mahalliy   tubjoy   aholi   bilan   aralashib,   qorishib   ketgach,   ular   ham
Movarounnahrning   barcha   qadimiy   turkiy   qavmlari   kabi   qarluqchigil   lahjasida
so’zlashadigan   bo’ldi.   Ana   shu   uch   turkiy   til   lahjasining   qorishuvi   natijasida
shakllangan til o’zbek tilshunoslik fanida shartli ravishda "chig’atoy tili" yoki "eski
o’zbek   tili"   deb   ataladigan   bo’ldi.   Shundan   boshlab,   deyiladi   o’zbek tilshunosligida,  eski  o’zbek tili   Movarounnaxr  va  Xorazmning  barcha  aqolisining
umumxalq tiliga aylandi. Ammo "eski o’zbek tili" haqida gap ketganda, aslida XI-
XII   asrlarda   g’arbiy   Qoraxoniylar   davlati   doirasida,   aynan   Movarounnahrda
umumturk   tilidan   ajrab   chiqib,   qarluqchigil   lahjalari   asosida   shakllangan   turkiy
tilni tushunmoq kerak. Bu til juda qadim zamonlardan sug’diy va xorazmiy, VIII-
IX asrlardan boshlab arab va fors-tojik so’zlari bilan boyib bordi. Eski o’zbek tilida
so’zlashuvchilar   tarkibiga   XV I -XVIII   asrlar   davomida   qipchoq   va   o’g’uz
lahjalarida   so’zlashuvchi   etnik   guruhlar   yanada   ko’p-roq   qo’shilsada,   ammo   u
qarluqchigil lahjalari asosida yuksak cho’qqisiga ko’tarildi.
Xullas,   ko’chmanchi   o’zbeklar   Movarounnahr   va   Xorazmga   kelib
o’rnashganidan   keyin   vaqt   o’tishi   bilan   mahalliy   aholi   bilan   qorishib,   muqim
yashovchi   turkiy   o’zbeklarga   xos   moddiy   madaniyat,   ma’naviy-axloqiy   hayotni,
etnik   urf-odatlar   va   ibratli   udumlarni   o’zlashtira   boshlaydilar.   Utroq   aholiga   xos
turmush   tarzi   va   mushtarak   ma’naviy   dunyo   fazilatlari   ularning   ruhiga   singib
bordi.
XV I -XVIII   asrlarda   va   undan   keyin   ham   O’zbekiston   hududida   rasmiy   til
o’zbek   tili   edi.   Tojik   tili   o’zbek   aholisining   ma’lum   qismi   uchun   (xususan
Zarafshon   vodiysining   ayrim   shahar   va   tog’li   qishloqlarida)   ikkinchi   til
hisoblangan.   Eski   o’zbek   tili   Movarounnahrda   tojik-fors   tili   bilan   juda   yaqin   va
doimo   uzviy   aloqada   rivojlandi.   Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   Movarounnahr
aholisining   talay   qismi,   ayniqsa   ziyolilar   tabaqasi   ikki   tilda:   turkiy   va   tojik   tilida
so’zlashar va yoza olar edi.
Buxoro amirligi va Qo’qon xonligida rasmiy mahkama tili tojikcha bo’lgani
holda, Xorazmda Xiva xonligida nafaqat jonli xalq tili, balki rasmiy mahkama tili
ham   eski   o’zbek   tilida   olib   borilar   edi.   Chunki   Xorazm   tilida   arab   va   tojik
tillarining  ta’siri   qamroq  edi 2
. Shunga  qaramasdan,  xorazmliklar   tiliga  ham   o’zga
tillardan ba’zi so’zlar kirib qolgan 3
.
XVI   asrda   Dashtiqipchoqdan   Xorazm   vohasiga   ko’chib   kelgan   o’zbeklar
mintaqa   aholisini   nafaqat   son   jihatdan   ko’payishiga,   balki   etnik   jihatdan   rang-
2
3 . barang   bo’lishiga   olib   kelgan.   Ko’chib   kelgan   etnik   guruhlar   ekinbop   yer   va
yaylov talashib, bir-birlari bilan urushib turganlar. Hukmronlikni da’vo qilib, ba’zi
qabila   boshliqlari   xonlar   bilan   raqobatlashib,   mamlakat   tinchligini   tez-tez   buzib
turardilar.   XVII   asrga   kelib   bu   kurashlarga   barham   berish   va   mamlakatda
osoyishdalikni   o’rnatish   zarur   bo’lib   qoldi.   Xiva   xoni   Abulg’oziy   mamlakatda
osoyishta   hayot   barpo   etish   maqsadida   1646   yilda   islohat   o’tkazdi.   Bunga   ko’ra,
Amudaryoning quyi  havzalarida yashovchi  o’zbek qavmlarining har ikkitasini  bir
jamoaga   birlashtirib,   to’rt   juft   (qo’ng’irot-qiyot,   qangli-qipchoq,   nukus-mang’it,
uygur- nayman) to’p tashkil qilgan. Har bir juftga ekin maydonlari, ariq va kanallar
va   yaylovlarni   bo’lib   bergan.   Ularga   14   ta   kichik   etnik   guruhlarni   qo’shib
qo’ygan 4
.
Lekin   Buxoro   va   Xiva   o’rtasidagi   o’zaro   talonchilik   urushlari   mamlakat
iqtisodiy hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. XVIII asrning oxirgi choragiga
kelib   mamlakatda   ocharchilik,   undan   keyin   o’lat   kasali   boshlanib,   ko’pchilikning
yostig’ini   quritdi.   Aholining   talay   qismi   o’zga   yurtlarga   ketishga   majbur   bo’ladi.
Xiva xonligida yuz bergan vaziyatdan ustalik bilan foydalangan Muhammad Amin
qo’ng’irot taxtni egallaydi. Xorazmda qo’ng’irotlar sulolasiga asos solinadi.
Shunday qilib, XVIII asr davomida O’rta Osiyoda uchta xonlik tashkil topib,
Xorazmda   qo’ng’irotlar,   Buxoroda   mang’itlar,   Qo’qonda   minglar   hokimiyat
tepasiga   keladi.   Ular   Dashtiqipchoqning   o’zbeklar   elidan   kelgan   ko’chmanchi
qavmlar   bo’lib,   iqtisodiy-xo’jalik,   siyosiy   va   etnomadaniy   jihatdan   yuksak
darajada rivojlangan tubjoy mahalliy aholi ta’sirida vaqt o’tishi bilan o’troqlashib
ketadilar.   Ammo   siyosiy   hokimiyat   ular   qo’lida   bo’lganligi   va   tubjoy   aholining
ko’pchiligi  turkiyda so’zlashganligi  uchun Turkistonda turkiy etnosga xos  o’zbek
ruhi barcha aholi qoniga singib boradi. XVIII asrda bu yurt o’troq o’zbeklar eliga,
o’zbeklar yurtiga aylanadi.
Taniqli   elshunos   K.Shoniyozovning   yozishicha,   Dashtiqipchoqdan
Movarounnahrga   ko’chib   kelgan   etnoslarning   hammasi   ham   ko’p   sonli
bo’lavermagan.   Ularning   ayrimlarigina,   masalan,   qipchoq,   saroy,   qo’ng’irot,   yuz,
4 . ming,   nayman,   mang’it,   qtoylar   boshqalarga   nisbatan   yirik   etnik   guruhlar   edi.
Mazkur   etnoslar   ichida   eng   ko’p   sonlisi   qipchoqlar   edi.   XVIII   asr   oxiri-XIX   asr
boshlarida qipchoqlar 270 ming atrofida bo’lgan. Ta’kidlash joizki, Dashtiqipchoq
ko’chmanchi   qabilalarining   hammasi   ham   Movarounnahrga   ko’chib   kelmagan.
Ularning bir qismi o’z ona yurtlarida qolib, keyinchalik qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz,
tatar,   boshqird   va   boshqa   turkigo’y   etnoslarning   tarkib   topishida   faol   ishtirok
etganlar.   Masalan,   qo’ng’irotlarning   katta   guruhi   qoraqalpoq,   qozoq,   Xorazm
aholisini;   qipchoqlar   qozoq,   qoraqalpoq,   qirg’iz,   boshqird,   turkman   xalqini;
naymanlar   qozoq,   qirg’iz   xalqini;   qtaylar   qoraqalpoq,   qozoq,   boshqird   xalqini
tarkib   topishida   ishtirok   etganlar.   Ularning   Movarounnahrga   kelib,   bu   zaminda
qolib   ketganlari   XVIII   asr   boshlarida   O’zbekiston   aholisining   taxminan   4/1   ni
tashkil etgan. Ko’chmanchi o’zbeklar o’troqlikka o’tishi bilan muhim etnik jarayon
yuz   beradi   –kelib   chiqishi   har   xil   bo’lgan   qavmlar   orasida   o’zaro   aralashish
boshlanadi.   Ayni   vaqtda,   ularning   mahalliy   o’troq   aholi   bilan   ham   qorishish
jarayoni  yuz  beradi.  Zamon o’tishi  bilan,  bu jarayonlar  tufayli  aholi   nomida ham
o’zgarish   hosil   bo’ladi.   Darhaqiqat,   XVI   asr   boshlarida   Buxoro   aholisi   (ko’chib
kelgan   ko’chmanchi   o’zbeklardan   tashqari)   "chig’atoy"   yoki   "turk   chig’atoy"   va
tojikka bo’lingan. XVII asr oxirlariga kelib esa bu aholi manbalarda faqat o’zbek
va tojikka bo’lingan. Demak, XVII asr oxirlaridan bu faktlar o’zbek atamasi etnik
ma’no va mazmun kasb eta boshlaganligidan dalolat beradi.
XV I -XVII   asrlarga   kelib   "sart"   atamasining   ham   mazmuni   o’zgarib   qoldi.
Ma’lumki, avvallari bu atama forsiy manbalarda faqat tojikka nisbatan qo’llangan
bo’lsa,   XV I -XVII   asrlardan   u   ko’proq   Farg’ona   vodiysi,   Toshkent   vohasi   va
Xorazmda turg’un yashovchi muqim o’zbeklarga nisbatan qo’llaniladigan bo’ldi.
O’zbek xalqi X   -XVII asrlardagi etnik taraqqiyotida oddingi davrlardagidek,
turkman,   qirg’iz,   qozoq,   qoraqalpoqlar   bilan   yaqin   iqtisodiy,   siyosiy   va
etnomadaniy   aloqada   bo’lib   keldi.   Ayniqsa,   uzoq   asrlar   davomida   bir   hududda
yashab   kelgan   o’zbek   va   tojiklar   o’rtasidagi   etnomadaniy   taraqqiyot   har   ikki
xalqning  mushtarak   rivojlanishi   uchun   xizmat   qildi   va   ularni   bir-birlariga  yanada
yaqinlashtirdi.   Natijada,   ayrim   o’zbek   guruhlarning   tojiklar   tarkibiga,   tojikzabon guruhlarning   o’zbeklar   tarkibiga   qo’shilib,   qorishib   ketishiga   olib   keldi.   Tojik-
zabon   aholining   o’zbeklashish   jarayoni   ayniqsa   Farg’ona   vodiysi   va   Zarafshon
vohasida yaqqol ko’zga tashlanadi.
XVII   asrning   oxiri   va   XVIII   asr   boshlarida   jungarlarning   siquvi   ostida
Qozog’iston cho’llaridan Movarounnahrga  bir  necha  qabila  ko’chib  keladi.  Mana
shu etnik to’lqinda qoraqalpoqlarning bir qismi Zarafshon vohasiga ko’chib kelib,
Nurota   tog’   tizmalarining   janubiy   yonbag’irlariga   joylashadilar.   Shu   to’lqinda
qipchoqlarning   katta   guruhi   Zarafshon   vodiysi,  Toshkent   vohasi   va   Mirzacho’lga
kelib   joylashadilar.   Ungacha   Toshkent   vohasida   turkiy   qabilalardan   qurama,
do’rmon,   qirq,   yuz,   ming   va   boshqa   qabilalar   yashab   kelar   edi.   XVIII   asrning
o’ttizinchi yillarida qipchoqlarning bir qismi yaylov qidirib, shimoliy Farg’onaning
tog’   oldi   mintaqalariga   ko’chib   o’tadilar.   O’sha   kezlarda   qoraqalpoqlarning   bir
qismi Markaziy Farg’onaga kelib o’rnashadilar. Keyinchalik bu yerlar "qoraqalpoq
cho’li" nomini olgan.
Shunday   qilib,   XVI-XVIII   asrlar   davomida   Movarounnahr   va   Xorazm
vohasida siyosiy vaziyat juda murakkab kechgan. Natijada, yagona Shayboniylar-
Ashtarxoniylar   davlati   uchta   o’zbek   xonligiga   bo’linib   ketdi.   Bu   bo’linish
markazlashgan   davlatning   etnik   va   iqtisodiy   omillarga   asoslanmagan   qabilaviy-
sulolaviy   parchalanishi   edi.   Oqibat,   Movarounnahr   va   Xorazmda   feodal
beboshliklar   avj   oldi.   Yuz   bergan   bu   ziddiyatlar   Movarounnahr   va   Xorazm
aholisining etnik tarkibi va rivojlanishiga ham katta ta’sir etdi.
Dashtiqipchoq   o’zbeklarining   etnik   tarkibida   o’z   tillarini   allaqachon
yo’qotib,   turkiyda   so’zlashuvchi   elatlar   ko’p   bo’lgan.   Ularning   antropologik   tipi
janubiy   sibir   tipini   eslatar   edi.   Ularning   katta   qismi   O’rta   Osiyo   ikki   daryo
oralig’iga   kelib   o’rnashgach,   mahalliy   aholi   bilan   aralashib   ketishi   oqibatida
o’zbeklarning   antropologik   tipida   mo’g’ulbashara   etnik   guruhlar   qatlami
qalinlashadi.   Ayniqsa,   o’z   kelib   chiqishini   qo’rg’irot,   do’rmon,   ming,   arlot,
qatag’on   kabi   etnik   birliklar   bilan   bog’lovchi   o’zbeklarda   bu   yaqqol   ko’zga
tashlanadi.   Shunga   qaramay,   XVI-XVIII   asrlarda   Dashtiqipchoq   o’zbeklarining
Movarounnahr va Xorazmga kelib joylashishi  XI-XII   asrlarda   shakllangan   o’zbek   xalqining   etnik   tarkibini   o’zgartira   olmadi.
Ammo   ular   mahalliy   turkiyzabon   o’troq   aholiga   "o’zbek"   nomini   berdi.   Bu   nom
O’zbekiston   tarixining   bundan   keyingi   taraqqiyot   bosqichlarida   mahalliy   aholi
ruhiga singib, o’zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga aylandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
1. Barth   F.   Introduction   //   Ethnic   Groups   and   Boundaries:   The   Social
Organisation   of   Culture  Difference  /  Ed de  F.Barth  Bergen, Oslo,  London, 1969.
P.9-17.  
2. Edited by M. N. Srinivas .  The University Of Chicago Press  1998
3. Encyclopedia   Of   Social   And   Cultural   Anthropology.   Edited   by  Alan   Barnard
Jonathan Spencer. - London & New York, 2002.
4. Greenberg J.H. Language in the Americas. Stanford, 1987.
5. Introduction to Sociocultural Anthropology.  Zerihun Doda  .  Debub University .
2005
6. Method   In   Social   Anthropology   Selected Essays by K. R. Radcliffe-Brown
7. Ruhlen M. A guide to world' languages. Vol.1: Classification. London, 1987.
8. Small   Places,   Large   Issues   An   Introduction   to   Social   and   Cultural
Anthropology .  Thomas Eriksen   2001
9. Social Anthropology  Core Course Calicut University page 26-27-28
10. Social Anthropology  Core Course Calicut University , 2011
11. Алесеев   В.П,   Першиц   А.И.   “История   первобытного   обшества”   Москва.
“Высшая школа” 2004
12. Асқаров   А.   Ўзбек   халқи   этногенез   ва   этник   тарихининг   баъзи   бир
назарий   ва   илмий   методологик   асослари   // O ’ zbekiston   tarixi .–   2002.№4.   –
Б.54-60.
13. Аширов А. «Авесто»дан мерос маросимлар» - Т.; 2001.
14. Бромлей Ю.В. Очерки теории этноса. М., 1983.– С. 34.
15. Бўриев О. ва бошқалар «Ўзбек оиласи тарихи».  Т., 1995.

O`zbek xalqi e tnogenez va etnik tarixi. Reja 1. Qadimgi yozma manbalar va ilmiy konsepsiyalar tahlili 2. O’zbek xalqi etnogenezining bosqichlari 3. Turkiy tilli qabila va elatlarning Movaraunnahr tomon harakat to’lqinlari. 4. O’zbek xalqining uzil-kesil shakllanishi masalasi 5. XIII – XIV asrlarda O’rta Osiyoda etnik jarayonlar va o’zbek adabiy tilining shakllanishi 6. Dashti qipchoq o’zbeklarining Movarounnahrga kirib kelishi va o’zbek xonliklari davrida kechgan etnomadaniy jarayonlar

Har bir xalqning etnnogenetik tarixi mavjud. Etnogenetik jarayonlar esa juda uzoq davom etadigan ijtimoiy hodisadir. Bu masalani o’rganishda A.Asqarov 2- ta omilga e’tibor qaratish lozim deydi: 1. O’rganilayotgan xalq hozirgi yashayotgan hududlari bilan azaldan bog’liqmi yoki yo’q: 2. Ushbu xalqning tili azaliy ajdodlar tili bilan birmi yoki bir necha tillar qorishuvining mahsulimi. Shu nuqtai nazardan o’zbeklar ham xalq bo’lib shakllanguniga qadar qator tarixiy va etnomadaniy jarayonlarni bosib o’tgan, albatta. Qadimgi yozma manbalar tahliliga ko’ra neolit va bronza davr O’zbekistoning tub joy aholisi eroniy tillar oilasining sharqiy lax;asida so’zlashuvchi so’g’diylar, xorazmiylar, bohtariylar va sak qabilalari bo’lganligi fanda e’tirof etilgan. Mustaqil O’zbekiston aholisining tili – o’zbek tili esa turkiy tillar oilasiga kiradi. Demak, o’zbeklar 2- xil tilda so’zlashuvchi (sharqiy eroniy va turkiy) qabila va elatlarning qorishuvidan tarkib topgan etnosdir. O’zbek etnogenezi qachon boshlandi (ilk nuqtasi) va qachon uning yakuni (so’nggi nuqtasi) bo’ldi? Bu masalada mutaxassislar orasida turli ilmiy qarashlar bor: A.Yu.Yakubovskiy o’zbek etnogenezining ilk nuqtasi turk xoqonligidan boshlandi.S.P.Tolstov bu jarayon nisbatan oldinroq antik davrda ro’y bergan degan g’oyani ilgari suradi. A.Asqarov esa o’zbek xalqi etnogenezi ilk nuqtasi so’nggi bronza davridan bo’lganligini ilmiy asoslab berdi. Demak, bu jarayon so’nggi bronza davridan boshlanib, 11-12 arslarda uzil- kesil shakllangan. Aniqrog’i, o’zbek elati xalq bo’lib shakllangan va shundan keyin etnik tarixi boshlangan. Shu davr ichida o’zbek xalqi qabila holatidan uyushgan xalq darajasiga o’sib chiqadi. Bunda bir necha etnomadaniy bosqichlarni bosib o’tib, har bir bosqichda elatga xos etnik omillar birin- ketin shakllanib boradi. Siz etnik omil va belgilarni bilasiz, endi o’zbek xalqining shakllanish bosqichlarini ko’rib chiqamiz: 1 – bosqich. Bu bosqich boshlanishi arxeologik materiallar tahliliga ko’ra bronza davri, ya’ni mil.avv 2 ming yillik o’rtalaridan to A.Makedonskiyning O’rta Osiyoga bosqiniga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Yevroosiyo cho’llarida yashovchi chorvador aholi ot, eshak, tuyadan transport vositasi sifatida foydalanishga o’tilgach, ular o’z chorva podalari bilan janub va g’arbga tomon siljib (migrasiya)

boshladilar. Shu tariqa bir gurux dasht aholisi mil.avv 2 ming yillikning 2- yarmida (bronza) O’rta Osiyoning shimoliy sharqiy tamonidan Amudaryoning quyi havzalariga kirib keldi. Bu yangi etnik guruh S.P.Tolstov tomonidan “Tozabog’yob madaniyati” deb fanga kiritildi. Ular moddiy madaniyati mahalliy jamoalar madaniyati o’xshamaydi, aksincha bu materiallar janubiy-sharqiy Uraldan to Minusinsk pasttekisligining ichki qismigacha bo’lgan hududda uchrashishini ta’kidlaydi. Yevroosiyo cho’llarida asosan chorvachilik (qisman dehqonchilik) xo’jaligi bilan shug’ullanib kelgan. Bu aholi yodgorliklari “Andronov madaniyati” nomi bilan fanga ma’lum. Ular Janubiy Sibir, tog’li Oltoy, Qozog’iston cho’llari, Qirg’iziston tog’ oldi adirlariga keng tarqalgan. Ularning O’rta Osiyoga kirib kelishi 2 – yirik etnik to’lqin bilan bog’liq: dastlab ular mahalliy aholi o’zlashtirmagan rayonlarga joylashib yerli aholi bilan iqtisodiy aloqada bo’lgan (Tozabog’yob, Qayroqqum, Andronov madaniyatining O’rta Osiyo varianti); keyinroq mil.avv 2 – ming yillikning oxirgi choragida ularning juda katta guruhi kelib, O’rta Osiyoning qadimgi dehqonchilik madaniyati mintaqalarigacha borib yetganlar (V.M.Masson, Drevnezemledelcheskaya kultura margiani). Hozirda Tozabog’yob etnosiga tegishli yodgorliklar O’rta Osiyoning barcha hududlarida uchraydi. Sobiq Sho’rolar davri tarixshunosligida Andronov madaniyati aholisi hindu- yevropa tillarida so’zlashganlar degan g’oya bo’lgan (“Veda”, “Avesto” kitoblarining tillari hozirgi zamon Ovro’pa xalqlari tillari bilan qarindoshligiga asoslanib). Natijada, bu hududlar uchun turkchilikka o’rin qolmadi. Sho’rolar davri tarixshunosligida hind- yevropa nazariyasi mavjud bo’lib, ular hind- yevropaliklarning ilk vatani deb Urol tog’ining janubiy- sharqiy hududlarini hisoblashganlar. Bu hududlardan mil.avv 2 – ming yillikning 1- yarmiga oid yodgorliklar topilib, ular Andronov madaniyati chorvador qabilalarining badavlat xarbiy qatlamiga tegishli deb hisobladilar va ular mil.avv 2- ming yillikning 2- yarmida janubga qarab siljidilar. Bir qismi Hindiqush tog’ tizmalaridan Hindistonga o’tib ketdi. Bir qismi eron tog’ oldi rayonlarida qolishdilar (oriylar). Xullas, shu konepsiyalarga ko’ra Andronov jamoalari tili eroniy tillarga kirgan va unga asoslanib S.P.Tolstov ham Tozabog’yobliklar tilini eroniy tillar

oilasiga kirgan degan xulosa bildirdi. Arxeologik tadqiqotlari natijalari bepayon Qipchoq cho’lining tog’-joy aholisi ushbu zaminning tabiiy – geografik sharoitiga ko’ra, bronza davridan boshlab ko’chmanchi chorvachillikga o’ta boshlaganlar. Unga tegishli yodgorliklar Urol etaklari, G’arbiy Qozog’iston to Baykalgacha butun janubiy Sibir, Sirdaryoning o’rta havzalaridan ko’plab topilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida ham mana shu hududlarda mil.avv. 3-2 ming yillikda turkiy qabilalar yashaganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Ammo, sobiq sovet tarixshunosligida Andronov madaniyati aholisi hind – yevropaliklar sifatida qaralib kelinganligi uchun turkiyshunoslik fanida turkiy etnik qatlamni Andronov qabilalari bilan bog’lash mumkin bo’lmadi. Ma’lumki, bir zamonlarda O’rol (Yoyiq) daryosi qadimda va o’rta asrlarda slavyan va turkiy qabilalarning hududiy chegarasi bo’lgan. A.Asqarov ta’kidlashicha turkiy xalqlarga ilk ona zamin bo’lgan bepayon Yevroosiyo cho’lidan atiga tog’li Oltoyni qoldirib, turkiylarning kelib chiqishini bo’ri totemi bilan bog’lashning o’zi tarixiy haqiqat emas, g’ayritabiiydir. Tog’li Oltoy hududi qadimda turkiy qabilalar yashab kelgan hududiy kenglikning atiga bir qismi xolos–ku? Bronza davri Andronov jamoalarining tili hind-yevropa tillar oilasiga kiradi deyish A.Asqarov ta’biricha tarixni soxtalashtirish demakdir. Garchi, S.P.Tolstov Tozobog’yob madaniyati jamoalari til jihatdan hind-yevropaliklar deb xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsada, ammo uning Tozabog’yob jamoalari etnik jihatdan Qozog’iston cho’llari va Janubiy Sibir tamonlaridan kelganligini e’tirof etishi, ularning turkiylarga tegishli ekanligidek g’oyani ko’tarib chiqishga asos bo’ldi. Shu g’oya hamda keng arxeologik manbalarga tayangan holda A.Asqarov Yevroosiyo cho’lligi hududlarida bronza davrida yashagan chorvadorlarning Andronov madaniyati izlari turkiy qabila va qabilalarga tegishli degan hulosaga kelgan. Darhaqiqat, Volga daryosi quyi havzalaridan to Janubiy Sibirning sharqiy chegaralarigacha bo’lgan geografik kengliklar turkiy etnosning ilk vatani bo’lgan. Bronza davridan boshlab ular ichidan bir talay guruhlar Movaraunnahr va Xorazm yerlariga kirib kelib, mahalliy aholi bilan yonma – yon yashay boshlaganlar. Shu davrdan e’tiboran o’zbek etnosining etnogenetik jarayoni, ikki tilli etnik qatlamning aralashuvi boshlandi. A.Asqarov Movaraunnaxr va Xorazmda turkiy

etnosning paydo bo’lishi bronza davridan boshlangan degan fikrga kelgan va mazkur hududlarga turkiy qabilalarning kirib kelishi 1- bosqichi bronza davrida ro’y bergan, 2-bosqichi esa antik davrda ya’ni Da-yuyechji qabilalari va xunnlarning bu zaminda paydo bo’lishi bilan bog’liq deb hisoblaydi. Ikkinchi bosqichda turkiy tnos foydasiga tub o’zgarishlar yuz beradi. Qang’ar elati tashkil topdi. Sirdaryoning o’rta havzasida ikki tilli aholi etnik guruhlari aralashib – “ Qovunchi madaniyati” va o’zbeklarga hos antropologik tip – “ O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i tipi” shakllanadi, eng muhimi o’zbek xalqi asoslari dastlab tarkib topgan etnomadaniy maydon tarkib topadi. Yana bir so’g’dshunos olim M. Isoqov mil. avv. 1 ming yillikning o’rtalaridan, yani O’rta Osiyoda epon ahamoniylari davlatining siyosati o’rnatilgach, uning tarkibiga kirgan eronzabon va turkiy tilli xalqlar barchasiga umum – eroniy til rasmiy davlat tili sifatida qonunlashtirilgan. Shu davr yozma yodgorligi ham eroniy tilda bo’lgan va bizgacha yetib kelgan. Shunga asoslanib sovet davri tarixida Turk xoqonligidan so’ng turklar kela boshlagan degan ilmiy qarashlar bo’lgan. M. Isoqov yozma yodgorliklarning tili (so’g’diy, xorazmiy, bohtariylar) bilan turkiy qabilalarning bu zaminning qadimiy aholisi ekanligi masalasini aralashtirib yubormaslik kerak deydi. Chunki, bu zaminga kelib joylashgan turkiy qabilalar garchi o’z yozuvlariga ega bo’lgan bo’lsalarda, bu yozuv keng tus olmagan. Hatto ularning ayrim topilganlari “nomalum yozuv” deb talqin qilinadi. Keyingi yillari Isiq qo’rg’oni, dashti Navur qoyatosh lavhasi yozuvlari va “nomalum xat” lar turkiy xalqlarga tegishli degan fikrlar bo’lmoqda. Antik davrda qang’ davlati tashkil topgan bo’lsa, uning aholisi tili, ikki tilli bo’gan. Ammo davlatning ijtimoiy – siyosiy hayoida turkchilikning mavqyei ustun bo’lgan. Hatto, turklar milodiy eraning 1-2 asrlarida So’g’diyonaning to Amudaryogacha bo’lgan hududlarigacha borib yetgan. Turkiy qavmlarning moddiy madaniyati (jetti asar va Qovunchi madaniyatlari) o’troq so’g’diy va xorazmiylarning madaniyatidan keskin farqi, mintaqada turk etnosining keng tarqalganidan guvohlik beradi. Demak, o’zbek xalqining etnik komponentining asosiy o’zagi hisoblangan turk etnosi uning ikkinchi komponenti bo’lgan so’g’d, bohtar, xorazmiylar kabi bu zaminda qadimiydir.