logo

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1321.99609375 KB
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi  va
erkinligi.
2.Mustaqillik   yillarida   ommaviy   axborot   vositalari   faoliyatini   tartibga   soluvchi
qonunlarning qabul qilinishi.
3.Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va
tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
4.Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari. O`zbekiston   mustaqillikka erishgach,  o`z  oldiga adolatli   fuqarolik jamiyatini
barpo   etish,   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   va   xalqni   farovon   hayot   sari   olib
borish   kabi   buyuk   maqsadlarni   qo`ydi.   jamiyat   hayotining   barcha   sohalarida
boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha
olib   kirish   albatta   mamlakat   aholisining   ijtimoiy   ongini   va   saviyasini,   hayotga
bo`lgan   qarashlarini   tubdan   o`zgartirishni   talab   etardi.   shubhasiz,   bu   mashaqqatli
jarayonda   ommaviy   axborot   vositalari   eng   muhim   o`rinlardan   birini   egallaydi.
aynan   shu   sababli   ham   bugungi   kunda   ommaviy   axborot   vositalariga   davlat
rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Ommaviy   axborot   vositalari   faoliyatini   isloh   qilish,   ularning   samarali
ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini
yaratish   borasida   muayyan   ishlar   qilindi.   shu   sababdan,   bu   muammo   o`zbekiston
respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy
axborot   vositalari   to`g`risida»gi   1997   yil   26   dekabr)   "noshirlik   faoliyati
to`g`risida"gi   (1996   yil,   avgust),   "mualliflik   huquqi   va   turdosh   huquqlar
to`g`risida"gi   (1996   yil,   sentabr),   "axborot   olish   kafolatlari   va   erkinligi
to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi,
(1997 yil, aprel  ), "axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to`g`risida"gi  (2002
yil,   dekabr)   qonunlar   hamda   o`zbekiston   respub-likasi   prezidentining   "
o`zbekistonning   ijtimoiy   taraqqiyotida   televideniye   va   radioning   rolini   oshirish
chora-tadbirlari   to`g`risida"gi   (1996   yil   may)   farmoni   va   boshqa   bir   qator
normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye
kanallari   ishini   tashkil   qilish,   shuningdek,   jurnalistlarning   professional   jihatdan
kamol   topishiga   keng   ko`lamda   yordam   berish,   matbuot   va   ommaviy   axborot
vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda
katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
«Ommaviy   axborot   vositalari   to`g`risida»gi   qonunida   ommaviy   axborot
vositalarining   turlari   ko`rsatilgan.   ular   gazetalar,   jurnallar,   axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va
radioeshittirishlar,   hujjatli   kino,   elektron   axborot   tizimi,   shuningdek,   doimiy
nomga   ega   bo`lgan,   davlat   tasarrufidagi,   mustaqil   va   boshqa   ommaviy   davriy
nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy   axborot   vositalari   –   jamiyatni   demokratlashtirish   va   fuqarolar
erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq
etish,   yangicha   dunyoqarashni   shakllantirishda   ommaviy   axborot   vositalarining
o’rni   va   ahamiyati   katta.   o’zbekistonda   ham   siyosiy   hokimiyat   va   fuqarolar
o’rtasidagi  ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi
shaffoflikni   ta’minlab   beruvchi   birdan   bir   vosita   ham   ommaviy   axborot
vositalaridir.   shu   nuqtai     nazardan   olib   qaralganda,   unga   to’rtinchi   hokimiyat
darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni
axborotdan   xabardor   qilish   vositasi     sifatida,   balki   jamiyat   manfaatlari   nuqtai
nazaridan davlat   faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni   amalga
oshirmoqda.   o’zbekiston   respublikasida   konstitutsiyasi   va   amaldagi   barcha
qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi    demokratik huquqlar aniq-ravshan
bayon   etib   berilgan.   xususan,     o’zbekiston   respublikasi   konstitutsiyasining   29-
moddasida “har   kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga
ega”   deyilgan.   shuningdek   o’zbekiston   respublikasi   “axborot   olish     kafolatlari   va
erkinligi   to’g’risida”gi   qonunning   3-moddasida   ham   “har   bir   fuqaroning   axborot
olish huquqi kafolatlanadi.  har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish
va     tarqatish   huquqi   davlat   tomonidan   himoya   qilinadi”   deyiladi.   hozirda
mamlakatimizda   jurnalist   kadrlarni   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   ishlariga   katta
e’tibor   qaratilmoqda.   o’zbekiston   aholisining   ko’p   millatli     ekanligi   inobatga
olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir  necha tilda teleko’rsatuv
va   radioeshittirishlar   efirga   uzatilayapti.   buning   sababi   jamiyat   har   qancha
rivojlanmasin   jamoatchilik   bilan   aloqa   qilishning     eng   ta’sirchan   vositasi   –
matbuot,   radio,   televideniye   va   internet   bo’lib   qolaveradi.   shu   bilan   birgalikda
demokratiya   ustuvor   bo’lgan   davlatda   oav   jamoatchilik   nazoratining   asosiy
sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik nazorati   to’g’risida”gi   qonunida   oav   jamoatchilik   nazoratining   sub’yekti   sifatida
e’tirof   etilgan.   zamonaviy   nazariy   manbalarda   qayd   etilishi   bo’yicha   ommaviy
axborot     vositalari   tipologiyasiga   ko’ra   5   ta   asosiy   turga   ega.   bular:   matbuot
(gazeta,   jurnal,   axborotnomalar   va   boshqalar),   radio,   televideniye,   axborot
agentliklari,   shuningdek,   internet   saytlari.     bugun   ko’pchilikning   diqqat-e’tiborini
o’ziga jalb etib kelayotgan,  to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi
sifatida   namoyon   bo’layotgan   internet   veb-saytlari   qolgan   turlarga   qaraganda
tezkorligi   va   imkoniyatlari   kengligi   bilan   ajralib   turipdi.   ijtimoiy   fikrni
shakllantirish   va   rivojlantirish,   davlat   hamda   fuqarolik   institutlarining   o’zaro
ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi   o’rin egallaydi. shu
nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning
foydalanuvchilariga aylanishlari  lozim. sababi  oav  jamiyat  hayotining turli-tuman
yo’nalishlarida qabul qilinayotgan  huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar,
loyihalarni   amalga   oshirishda,   fuqarolarni   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlarining   faoliyati   to’g’risida   xolis,   tezkor   va   to’la-to’kis     xabardor     qiladi,
fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga
xizmat   qilib,   bu  organlar   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga     oshirish   hizmat
qiladigan   vositadir.   ommaviy   axborot   vositalari   qonun   hujjatlarida   belgilangan
tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
Demokratik   davlatlarda   ommaviy   axborot   vositalari   erkinligini,   ular-ning
faoliyat   ko`rsatishi   sharoit-larini   ta'minlash   bilan   birga,   bu   erkinliklarning
suiste'mol   qilinishiga   yo`l   qo`yilmaydi.   birinchi   navbatda   ommaviy   axborot
vositalari   va   jurnalistlar   yuqorida   aytib   o`tganimizdek,   berilayotgan   axborotning
to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud
konstitutsiyaviy   tuzumini,   hududiy   yaxlitligini   zo`rlik   bilan   o`zgartirishga   da'vat
qilish,   urush   va   zo`ravonlikni,   shafqatsizlikni,   milliy,   irqiy   va   diniy   adovatni
targ`ib   etish,   davlat   sirini   yoki   qonun   bilan   qo`riqlanadigan   o`zga   sirni   oshkor
etish,   jinoiy   javobgarlikka   sabab   bo`ladigan   xatti-harakatlar   sodir   qilishni   targ`ib
qilishga   ruxsat   berilmaydi.   uchinchidan,   fuqaro-larning   sha'ni   va   qadr-qimmatini
tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar yana   bir   marotaba   huquqiy   davlatda   so`z   erkinligi,   ommaviy   axborot   vositalari
erkinligi   istalgan   fikr   yoki   qarash   ifoda   etilishiga   yo`l   qo`yilmasligidan,   lekin   bu
cheklashlar   kichik   va   aniq   bo`lishidan   dalolat   beradi.   demokratik   huquqiy
davlatning   mavjud   bo`lishi,   qo`lga   kiritilayotgan   muvaffaqiyatlarni   asta-sekinlik
bilan   bo`lsa   ham   asrab-ardoqlash   uchun   so`z   erkinligi   huquqining   kichik   bir
qismini   cheklash   talab   qilinadi.   bu   hol   yuqorida   ko`rib   chiqqanimizdek,
rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
Ma'lumki,   axborotni   birinchi   navbatda   jurnalistlar   qidiradilar ,   oladilar   va
ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini
ham   ko`rib   chiqish   lozim.   yuqorida   aytib   o`tganimizdek,   "jurnalistlik   faoliyatini
himoya   qilish   to`g`risida"   qonun   jurnalistning   faoliyati   bilan   bog`liq   holda   yuzaga
keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi,
unga   huquqiy   va   ijtimoiy   kafolatlar   beradi,   jurnalistlik   faoliyatini   himoya   qilish
to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot
vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum mavzudagi   axborotni   to`plash,   tahlil   etish   hamda   tarqatish   bilan   shug`ullanuvchi
shaxsdir. qonunning 5-moddasida aytilishicha:
"Jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida:
-Axborot to`plash, uni tahlil etish va tarqatish;
-Axborot   olish   uchun   davlat   organlari ,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish
organlari,   jamoat   birlashmalari,   korxonalar ,   muassasalar   va   tashkilotlarga   murojaat
etish;
- Davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda
hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalanish;
-Jurnalist tekshiruvi o`tkazish;
-O`zi   tayyorlagan   xabarlar   va   materiallarni   ommaviy   axborot   vositalari
orqali   imzosini   yoki   taxallusini   qo`yib   tarqatish,   ularda   o`z   fikr-mulohazasini
ifodalash;
-Jurnalistlik   faoliyatini   amalga   oshirish   yuzasidan   mansabdor   shaxs   qabulida
bo`lish;
-Ma'lumotlarni   belgilangan   tartibda   yozib   olish,   shu   jumladan   zarur   texnika
vositalaridan  foydalangan holda yozib olish ;
-Sudlarning   ochiq   majlislarida,   harbiy   harakatlar   maydonlarida,   tabiiy   ofat   yuz
bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo`lish;
-E'lon   qilishga   tayyorlangan   ma'lumotlarni   tekshirish   uchun   mutaxassislarga
murojaat qilish;
-Basharti qonunni buzishga olib keladigan bo`lsa, ommaviy axborot vositasi
tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish; -O`zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan
degan fikrga kelsa,  unga imzo qo`ymaslik yoxud uni  nashrdan  olib qolishni  (efirga
bermaslikni) talab etish;
-Axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
-Taqdim etgan xabarning mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e'lon qilishi
oqibatida o`ziga yetkazilgan ma'naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali
talab qilish;
-Jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish
huquqlariga ega.
Jurnalist   o`ziga   qonun   hujjatlari   bilan   berilgan   boshqa   huquqlardan   ham
foydalanadi."6-moddada jurnalistning majburiyatlari quyidagicha bayon qilingan:
"O`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida jurnalist:
-Qonun hujjatlari hamda o`zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalari
talablariga rioya etishi;
-O`zi   tayyorlayotgan   material-larining   to`g`ri   yoki   noto`g`ri   ekanligini
tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
-Aybsizlik prezumpsiyasi prin-sipiga amal qilishi;
-Shaxsning   huquqlari   va   erkinliklarini,   sha'ni   va   qadr-qimmatini   hurmat   qilishi
shart.
Jurnalist   o`z   kasbiga   doir   axborotdan   shaxsiy   maqsadlarda   foydalanishi,
axborot   manbai   yoki   muallif   roziligisiz   jismoniy   shaxsning   shaxsiy   hayotiga
taalluqli ma'lumotlarni e'lon qilishi mumkin emas.
Jurnalist   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   boshqa   majburiyatlarni   ham
bajarishi shart." Jurnalistlik   faoliyatini   amalga   oshirish   chog`ida   u   konstitutsiyada   belgilab
qo`yilgan shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy   materiallar   e'lon   qilganligi   uchun ,   agar   ular   haqqoniy   bo`lsa,
jurnalistni ta'qib qilishga yo`l qo`yilmaydi.
Fuqarolar   yoki   boshqa   axborot   manbalari   tomonidan   ixtiyoriy   ravishda
ma'lum   qilingan   maxfiy   xabar,   shuningdek   fakt   yoki   voqealar   jurnalistika
sohasining siri hisoblanadi.
Jurnalistning   jurnalistika   sohasining   siri   hisoblanadigan   ma'lumotlarni   bu
ma'lumotlar   manbaining   roziligisiz   oshkor   etishi,   shuningdek   ulardan   o`zining
g`arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab foydalanishi
taqiqlanadi.
Jurnalist   axborot   to`plash   va jurnalist   tekshiruvi  o`tkazish  huquqiga ega.  o`z
tekshiruvlarining natijalarini u ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi, ularni
davlat   organlari,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish   organlari,   jamoat
birlashmalari,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va   mansabdor   shaxslarga
ixtiyoriy   ravishda   taqdim   etishi   mumkin.   jurnalist   tekshiruvi   davrida   u   qo`lga
kiritgan   materiallar   va   hujjatlar   olib   qo`yilishi   yoki   ko`zdan   kechirilishi   mumkin
emas. Jurnalistning   kasbiga   doir   faoliyati   qonunning   10-moddasida   shunday
kafolatlangan:
Jurnalistning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo`riqlanadi.
Davlat   jurnalistga   axborotni   erkin   olishi   va   tarqatishini   kafolatlaydi,   o`z
kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta'minlaydi.
Jurnalistning   jurnalistik   faoliyatiga   aralashish,   undan   o`z   kasbiga   doir
vazifalarni bajarish chog`ida olgan biror bir ma'lumotni talab etish taqiqlanadi."
Davlat   organlari,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish   organlari,   jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
-Senzura qilganlik;
-Jurnalist   o`z   kasbiga   doir   qonuniy   faoliyatni   amalga   oshirishiga
akkreditatsiya   qilishni   asossiz   ravishda   rad   etish   yoki   akkreditatsiyani   noo`rin
bekor qilish yo`li bilan to`sqinlik qilganlik; -Jurnalistning   so`rov  bilan  murojaat  qilish  va   zarur  axborotni   olish  huquqini
buzganlik ;
-Jurnalistga tazyiq o`tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
-Jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda
olib qo`yganlik;
Axborot   manbaini   yoki   muallif   nomini   uning   roziligisiz   oshkor   etganlik
uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning   ushbu   qonunda   belgilangan   huquqlarini   buzganlik,   uning
kasbiga   doir   faoliyati   bilan   bog`liq   holda   sha'ni   va   qadr-qimmatini   haqorat
qilganlik, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz
qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
Jurnalistning javobgarligi qonunda shunday ta'riflangan:
"Jurnalist   o`zi   tayyorlayotgan   va   tarqatayotgan   xabarlar   hamda
materiallarning   haqqoniy   bo`lishi   uchun   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda
javobgardir.
Jurnalist   rasmiy   xabarlarda   bayon   etilgan   axborotni   tarqatganlik   uchun
javobgar bo`lmaydi."
Yurtimizda   ommaviy   axborot   vositalarini   qo`llab-quvvatlashga,   jurnalistlar
faoliyatini   har   tomonlama   rag`batlantirishga   alohida   e'tibor   berilmoqda.   shu
maqsadda 1997 yilda ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-
quvvatlash   fondi   tashkil   etilgandi.   jurnalistlar   huquqlariga   doir   qonunlar   qatorida
o`zbekiston   respublikasining   jinoyat   va   jinoyat-protsessual   kodekslari,   ma'muriy
javobgarlik to`g`risidagi  kodeks va boshqa normativ-huquqiy huj-jatlarni keltirish
mumkin. Ularda   qonun   va   huquq   nuqtai   nazaridan   ommaviy   axborot   vositalaridan
qonunga   xilof   ravishda   foydalanish   bilan   bog`liq   jinoiy   harakatlar   va
huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero "inson huquqlarini va
asosiy   erkinliklarini   himoya   qilish   to`g`risida"gi   yevropa   konvensiyasining   10-
moddasida   aytilganidek   "so`z   va   matbuot   erkinligi   demokratik   jamiyatda   milliy
xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo`lida, tartibsizliklarning oldini olish,
axloqni   himoya   qilish,   boshqa   shaxslarning   obro`-e'tibori   va   huquqlarini   himoya
qilish   yoxud   odil   sudlovni   ta'minlash   maqsadlarida   majburiyat   va   javobgarlik
yuklash   imkoniyatini   keltirib   chiqaradi."   chop   etilgan   axborotning   xolisligi   va
ishonchliligi   prinsipi   buzilgan   taqdirda,   uni   buzgan   shaxslar   javobgarlikka
tortiladilar.
O`zbekiston   respublikasida   ommaviy   axborot   vositalarini   senzura
qilishga   yo`l   qo`yilmaydi.   e'lon   qilinayotgan   xabarlar   yoki   materiallar   oldindan
kelishib   olinishi,   shuningdek,   ularning   matni   o`zgartirilishini   yoki   butunlay
nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi
yo`q.   senzura,   oddiy   qilib   aytganda,   bu   muayyan   axborot   berilishiga   (nashr
qilinishiga)   to`sqinlik   qilish,   unga   nisbatan   ta'qib   va   cheklov   o`rnatishdir.   so`z
erkinligi   fikr   bildirish   erkinligini   har   qanday   cheklash   demokratiyaga   xilofdir.   va
aksincha,   senzuraning   olib   tashlanganligi   jurnalistlar ,  ommaviy   axborot   vositalari
orqali   istagan   xabar,   ma'lumot   va   materialni   E'lon   qilaveradi   degan   gap   emas,
albatta. masalan, «jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 5-
moddasiga muvofiq jurnalist  o`z kasbiga doir faoliyatni  amalga oshirish chog`ida
davlat   siri   yoki   qonun   bilan   qo`riqlanadigan   boshqa   sirni   istisno   etgan   holda
hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish huquqiga ega.
Ommaviy axborot  vositalari  «davlat sirlarini  saqlash  to`g`risida»gi  qonun 1[16]
bilan   taqiqlangan   hamda   vazirlar   mahkamasi   tomonidan   alohida   tasdiqlangan
davlat   sirlari   hisoblangan  obyektlar   ro`yxatidan  tashqari   masalalar  xususida  erkin
tarzda   xabarlar   e'lon   qilishi   mumkin.   qonunga   binoan,   davlat   tomonidan
qo`riqlanadigan   va   maxsus   ro`yxatlar   bilan   chegaralab   qo`yiladigan   alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy
va o`zga xil ma'lumotlar o`zbekiston respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-
modda).
Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika
hududiy   yaxlitligini   zo`rlik   bilan   o`zgartirishga   da'vat   qilish,   davlat   sirini   oshkor
etish,   jinoiy   javobgarlikka   sabab   bo`ladigan   boshqa   hatti-harakatlarni   sodir   qilish
maqsadida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunda   yana  bir   muhim   jihat   borki,  u   ham   bo`lsa,   jurnalist   yoki   ommaviy
axborot   vositasi   prokuror,   tergovchi   yoki   surishtiruvchining   yozma   ruxsatisiz
dastlabki   tergov   materiallarini   e'lon   qilishi,   muayyan   ish   bo`yicha   sud   qarori
chiqmasdan   turib   yoki   sudning   hal   qiluv   qarori   yohud   hukmi   qonuniy   kuchga
kirmay turib, uning natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o`zgacha yo`l bilan ta'sir
ko`rsatishi taqiqlanadi. Mazkur   taqiq   fuqarolarning   aybsizlik   prezumsiyasi   prinsipi   buzilmasligi
uchun   belgilangandir.   zero,   jinoyat   sodir   etganlikda   ayblanayotgan   (gumon
kilinayotgan) hech bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmagunicha
u   aybdor   hisoblanmaydi.   shu   bois,   sud   qarori   yoki   hukmi   chiqmaguncha
jurnalistlar   va   ommaviy   axborot   vositalari   ish   bo`yicha   oldindan   xulosa
chiqarishlari,   shaxsning   hatti-harakatlariga   baho   berishlari   joiz   emas.   aks   holda,
shaxsning sha'ni va obro`si asossiz zavol topib qolishi mumkin.
Ommaviy   axborot   vositalari   to`g`risidagi   qonun   talablarini   buzishda   aybdor
deb   topilgan   shaxslar   belgilangan   tartibda   javobgar   bo`ladilar.   muharrir   yoki
jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan materiallarni
tarqatganligi uchun , agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo`lsa; axborot
agentliklari   yoki   davlat   organlarining   matbuot   xizmatlari   orqali   olingan   bo`lsa
yoxud   muallifning   oldindan   yozib   olinmay,   to`g`ridan-to`g`ri   efirga   berilayotgan
nutqlarida aytilgan bo`lsa, javobgar bo`lmaydi.
Demokratik   jamiyatda   ommaviy   axborot   vositalari   « to`rtinchi   hokimiyat »,
deb   ta'riflanadi.   bu   «hokimiyat»ni   ro`yobga   chiqarishda   jurnalist,   uning   kasb
mahorati,   umumiy   saviyasi   va   madaniyati   katta   rol   o`ynaydi.   jurnalistlik
faoliyatining   davlat   darajasida   muhofazalanishi,   jurnalistning   huquq   va
majburiyatlari   tartibga   solinishi   «to`rtinchi   hokimiyat»   uchun   mustahkam
zamindir.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning
mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik
qilganlik,   uning   so`rov   va   axborot   olish   huquqini   buzganlik,   jurnalistga   tazyiq
o`tkazganlik   va   faoliyatiga   aralashganlik   uchun   javobgarlikka   tortiladilar.
jurnalistning   materiallari   va   texnika   vositalarini   g`ayriqonuniy   ravishda   olib
qo`yish   mumkin   emas.   jurnalist   sha'ni   va   qadr-qimmatini   haqorat   qilish,   uning
hayoti,   sog`lig`i   va   mol-mulkiga   tahdid,   zo`ravonlik   yoki   tajovuz   qilish   qonunga
muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. O`zbekiston   respublikasida   ommaviy   axborot   vositalari   va   jurnalistlarning
axborot   olish   huquqi   maxsus   qonunlar   bilan   ham   mustahkamlab   qo`yilgan.   1997
yil   24   aprelda   qabul   qilingan   o`zbekiston   respublikasining   «axborot   olish
kafolatlari   va   erkinligi   to`g`risida»gi   qonuni   bevosita   ushbu   huquqni   amalga
oshirish   bilan   bog`liq   masalalarni   tartibga   solish   maqsadida   ishlab   chiqilgan   va
qabul   qilingan.   ushbu   qonun   har   kimning   axborotni   erkin   va   moneliksiz   izlash,
olish,   tadqiq   etish,   uzatish   hamda   tarqatishga   doir   konstitutsiyaviy   huquqini
amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
Davlat   organlari,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish   organlari,   jamoat
birlashmalari,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va   mansabdor   shaxslar   har
kimga   o`zining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlariga   dahldor   bo`lgan   qonun
hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib
chiqish   imkoniyatini   yaratib   berishga   majburdir.   axborot   olish   imkoniyati   qonun
hujjatlarini   va   tegishli   materiallarni   e'lon   qilish   va   tarqatish   yo`li   bilan
ta'minlanadi 2[17]
.
Davlat   organlari,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish   organlari,   jamoat
birlashmalari,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va   mansabdor   shaxslar   davlat
siri   yoki   qonun   bilan   qo`riqlanadigan   boshqa   sirlardan   iborat   axborotni   berishi
mumkin   emas.   davlat   organlarining,   fuqarolarning   o`zini   o`zi   boshqarish
organlarining,   jamoat   birlashmalarining,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar   va
mansabdor   shaxslarning   fuqarolarning   axborot   olishga   doir   huquqlarini
kamsituvchi   hatti-harakatlari   yoki   harakatsizligi   ustidan   sudga   shikoyat   qilinishi
mumkin.
O`zbekiston   respublikasi   prezidenti   i.karimovning   2005   yil   28   yanvardagi
oliy   majlis   qonunchilik   palatasi   va   senatining   qo`shma   majlisida   nutqida   beshta
ustuvor   vazifalaridan   biri   etib,   “   o`zbekistonda   demokratik   jarayonini
chuqurlashtirish   va   fuqarolarning   erkinliklarini   ta'minlashning   g`oyat   muhim
sharti-   bu   ommaviy   axborot   vositalarini   rivojlantirish   uchun   demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi.
ommaviy   axborot   vositalarini   jamiyatdagi   o`rni   yanada   oshirish,   ularni   iqtisodiy
mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
O`zbekiston   respublikasi   oliy   kengashining   axborotnomasi,   1993   yil   5-son,
232-modda.
Demokratik   jamiyat   taraqqiyotini   ommaviy   axborot   vositalaridan   ayricha
holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini,
inonparvarlik   mazmun-mohiyatini,   rivojlanish   qonu-niyatlarini,   ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy,   siyosiy   asoslarini   omma   ongiga   etkazish   va   targ‘ib-tashviqot
etishda   matbuot,   radio   va   televideniyaning,   barcha   axborot     vositalarining   tutgan
o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohotlarni amalga
oshirish   va   hayotga   joriy   etishdagi   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   kuchaytirish,   bilim
saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish,
Onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida
ommaviy   axborot   vositalari   nechog‘lik   ahamiyat   kasb   etayotganligini   har   birimiz
o‘zimizning   ijtimoiy   va   shaxsiy   hayotimiz   misolida   aniq-ravshan   ko‘rib-bilib,
chuqur his etib turibmiz. hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoatchilik   fikrining   holatiga   etarli   darajada   bog‘liq   bo‘lib   turibdi.   jamoatchilik
fikri   shakllanishida   ommaviy   axborot   vositalariga   keng   o‘rin   beriladi.   “ommaviy
axborot   vositalari   mamlakatda   yuz   berayotgan   jarayonlarga   turlicha   qarashlarda
erkin va holis vositachi  bo‘lishi va muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining
faol   va   izchil   himoyachisi   bo‘lishi   uchun   professional   jurnalistlar   va   ommaviy
axborot   vositalari   xodimlarini   tayyorlash   jarayonini   qayta   ko‘rib   chiqish,   axborot
olish,   tahlil   qilish,   ishlash   va   etkazishning   zamonaviy   usullarini     va   vositalarini
o‘zlashtirishda ularga yordam berish zarur”.
Ommaviy   axborot   vositalari   orqali   insonlar   siyosiy   ijtimoiy,   iqtisodiy,
madaniy   hayotda   hamda   dunyo   hamjihatligi,   davlatlararo   munosabatlarda   sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, ularga o‘z munosabatini
bildiradi.     ijtimoiy-siyosiy   hayotimizda   ommaviy   axborot   vositalarining   o‘rni   va
roli   oshib   bormoqda.   bugungi   taraqqiyotimizni,   hayot   tarzimizni,   barqaror   inson
tarbiyasini,   shaxsning   g‘oyaviy-siyosiy,   madaniy-ma’naviy   va   aqliy   axloqiy
kamolotini   ommaviy   axborot   vositalarisiz   tasavvur   etolmaymiz.   davlat
mustaqilligini   qo‘lga   kiritgan   O‘zbekiston   Respublikasi   uchun   ommaviy   axborot
vositalarining   faoliyatini   va   ularning   samarali   ishlashiga   yordam   beradigan
mexanizmlarni   tartibga   soluvchi   qonunchilik   bazasini     takomillashtirish,   huquqiy
asosini   yaratish   muammosi   dolzarbdir.   asosiy   qonunimizning   o‘n   beshinchi   bobi
“ommaviy axborot vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob
mazmunan   chuqur   bo‘lgan   bittagina   moddadan   iborat.   ya’ni   “ommaviy   axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning to‘g‘riligi uchun
belgilangan tartibda javobgardirlar. tsenzuraga yo‘l  qo‘yilmaydi” deb  belgilangan
(67-modda).   “mazkur   qoidaning   asosiy   qonun   darajasida   mustahkamlanganligi,
birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, radio, televidenie
orqali   yozma   yoki   og‘zaki   chiqishlarda   ifodalash   huquqini   kafolatlasa,
ikkinchidan,   ommaviy   axborot   vositalariga   berilgan   benazir   ahamiyat,   yuksak
e’tibordir.   ushbu   konstitutsiyaviy   bitikda   uchta   muhim   prinsip:   ommaviy   axborot
vositalarining erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga
yo‘l qo‘ymaslik o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun mas’uliyat   yuklanib,   yuridik   javobgarlik   belgilanishi   nazarda   tutilgan.   bundan
ko‘zlangan   maqsad   ommaviy   axborot   vositalari   tomonidan   ehtirosga   berilish
oqibatida   nojo‘ya   axborot   tarqatilishining   oldini   olish,   ularga   chek     qo‘yishdir”.
qonunga   ko‘ra,   o‘zbekiston   respublikasida   ommaviy   axborot   vositalari   erkin
bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. O‘zbekiston respublikasi  oliy majlisining 1997
yil   26   dekabrda   “O‘zbekiston   respublikasining   ommaviy   axborot   vositalari
to‘g‘risida”gi   yangidan   qabul   qilgan   qonunida   ommaviy   axborot   vositalari
xodimlarining   mustaqilligi,   erkinligi,   respublika   konstitutsiyasi   va   ushbu   qonun
asosida   faoliyat   yuritishlari   mustahkamlab   qo‘yilgan.   ommaviy   axborot
vositalarining erkinligiga erishish asosida: 
–   ommaviy   axborot   vositalarida   jamoatchilik   fikri   xilma-xilligi,   inson
e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; 
–   axborotni   tsenzuradan,   mafkuralashuvdan   to‘liq   xalos   bo‘lishini   nazarda
tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli  va xilma-xil  axborotga bo‘lgan
ehtiyojini   qondirish;   –   aholini   ommaviy   axborot   vositalari   yordamida
demokratlashtirishni   chuqurlashtirish ,   umuminsoniy   qadriyatlarga,   keng   yoyilgan ma’naviyat   va   ma’rifat   g‘oyalariga   nisbatan   hurmat   ruhida   tarbiyalash
jarayonlarini   keng   jalb   qilish   imkoniyati   vujudga   keladi.   bu   huquqiy   davlat   va
fuqarolik   jamiyati   qurishda   juda   muhim   bo‘lib,   konstitutsiyaviy   tuzumning
mustahkam   bo‘lishini   ta’minlovchi   vositalardandir.   O‘zbekiston   respublikasining
qonunlar   majmui   ommaviy   axborot   vositalarining   huquqlari   va   erkinliklari
kafolatlari bilan bir qatorda ular tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni
ham belgilaydi. konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta
qayd   qilinganidek,   “...ular   axborotning   to‘g‘riligi   uchun   belgilangan   tartibda
javobgardirlar”.   ommaviy   axborot   va   muxbirlarning   kasbini   muhofazasi
to‘g‘risidagi   qonunlarda   ham   so‘z   erkinligini   suiiste’mol   qilishga   va
tekshirilmagan   axborotning   tarqatishga   yo‘l   qo‘ymaslik   to‘g‘risida   alohida
ta’kidlangan.   qonunlarda   belgilab   qo‘yilganidek,   noxolis   yoki   bila   turib,   yolg‘on
xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va
bo‘xtonlarni   tarqatish,   haqiqatni   soxtalashtirish,   ig‘vo,   fisq-fasod   bilan
shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar
sha’niga   to‘g‘ri   kelmaydi.   keng   jamoatchilik   ishonchli   va   e’tiqodidan   mahrum
bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi jurnalist uchun juda katta
yo‘qotish,   juda   katta   fojia   va   baxtsizlikdir.   jurnalist   hamisha   va   har   doim,   har
qanday   vaziyatda   ham   yuz   bergan   voqea   va   hodisalarni     aniq   dalillar   va
manbalarga   tayanib,   hissiyotlarga   berilmasdan,   g‘arazgo‘ylik   qilmasdan   qanday
bo‘lsa   o‘shandayligicha   sharhlab,   izohlab,   ommaga   etkazishi   kerak.   shu   joyda
prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq
deb   hisoblaymiz:   “biz   jurnalistning   o‘z   fikrini   bayon   etish,   dalillarni   qanday
tushunsa,   shundayligicha   talqin   qilish   huquqiga   hurmat   bilan   qaraymiz,   lekin
barcha uchun birdek qat’iy bir qoida mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham
aniq   dalillarga   tayanishi   lozim.   yana   bir   bor   aytaman:   sizlar   biron-bir   voqeani
turlicha   talqin   qilishingiz   mumkin,   biroq   jurnalistning   doimiy   va   o‘zgarmas
qoidasiga   rioya   etishingiz   shart,   sizlar   faqat   dalillarga, dalillarga   va   yana   bir   bor
dalillarga asoslanishingiz kerak”. Darhaqiqat,   ommaviy   axborot   vositalari   –   gazetalar,   jurnallar,   radio-
televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. ommaviy axborot
vositalari   bizning   mamlakatimizda   haqli   ravishda   “to‘rtinchi   hokimiyat”   deb
ataladi.   ommaviy   axborot   vositalarini   “to‘rtinchi   hokimiyat”   deb   atalishi   to‘g‘ri
ma’noda   emas,   balki   ko‘chma   ma’nodadir.   “to‘rtinchi   hokimiyat”,   xuddi   qonun
chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyati   kabi,   jamiyatning   turli   sohalari
faoliyatini   tahlil   etadi,   nazorat   qiladi,   ularni   boshqarish   va   tashkiliy   tomonlarini
o‘rganadi.   bu   boradagi   kamchiliklar   va   xatolarga   ommani,   hokimiyat
tarmoqlarining   diqqatini   jalb   etib,   jamiyat   taraqqiyotini   tezlatishga,   dolzarb
masalalarni   o‘z   vaqtida   va   samarali   hal   etilishiga   ko‘maklashadi,   mamlakat
rahbariyatiga   ichki   va   boshqa   siyosat,   iqtisod   va   madaniyat-ma’naviyat   sohasida
to‘g‘ri   qarorlar   qabul   qilish   uchun   zamin   tayyorlab,   xalq   ommasi   fikri   va
harakatlariga   ijobiy   yo‘nalish   beradi.   shu   yo‘l   bilan   aholi   ommaviy   axborot
vositalari   orqali   davlatni   boshqarishda   qatnashadi   va   undan   qo‘shimcha   vosita
sifatida   foydalanadi.   ayni   vaqtda   hokimiyat   ham   o‘z   siyosatini   tushuntirish,   keng
ommaga etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati Reja: 1.O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi. 2.Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi. 3.Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 4.Ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy ma‘lumotlari.

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi. jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi. aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar,

bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. o’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. hozirgi kunda oav nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. o’zbekiston respublikasida konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. xususan, o’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 29- moddasida “har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. shuningdek o’zbekiston respublikasi “axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham “har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. o’zbekiston aholisining ko’p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va internet bo’lib qolaveradi. shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda oav jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. mamlakatimizda ham qabul qilingan “jamoatchilik

nazorati to’g’risida”gi qonunida oav jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, internet saytlari. bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi sifatida namoyon bo’layotgan internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham oav muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham oavda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. sababi oav jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir. ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin. Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. ikkinchidan, o`zbekiston respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. ushbu cheklashlar

yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar , oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. yuqorida aytib o`tganimizdek, "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi. Jurnalist - o`zbekiston respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum