logo

O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71 KB
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida yuridik
xizmatlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Reja
1-. O`zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi
2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining 
        yuridik xizmati
3-. Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining yuridik 
       xizmati
  4-  Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining
       yuridik xizmati
5-.  Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarida   hamda   xo`jalik   yurituvchi
subyektlar   faoliyatida   huquqiy   ishlarni   takomillashtirish   mustaqil   davlatimizda
insonparvar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish vazifasi bilan chambarchas
bog`liqdir.   Bu   vazifani   amalga   oshirishda   davlat   organlari   va   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarning yuridik xizmati muhim rol o`ynaydi. 
Yuridik xizmat xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, ya`ni ishlab chiqarish
va   xo`jalikni   boshqarishning   hamma   bo`g`inlarida,   vazirlik,   idora,   uyushmalarda,
korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek hokimliklar, davlat hokimiyati va
boshqaruvining   oliy   organlarida   mavjud.   Biroq,   davlat   hokimiyatining   oliy
organlari,   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlari,   shuningdek   xo`jalik   yurituvchi
subyektlarning   faoliyatidagi   huquqiy   ishlar   xususiyatlari,   hajmi   va   yo`nalishlari
bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. Shu sababli turli davlat organlari hamda
xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   yuridik   xizmati   faoliyatining   mazmun-mohiyatini
aniqlash   uchun   ushbu   masalaga   tizimli   yondashish   talab   etiladi.   Aynan   tizimlilik
fan predmetini o`rganishning usullaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Yuridik   xizmat   tuzilishi,   huquqiy   maqomi   va   faoliyati   asosiy
yo`nalishlarining   o`ziga   xos     xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   quyidagi
tizimdan iborat: 
a) davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati;
b)   respublika   va   mahalliy   davlat   hamda   xo`jalik   boshqaruvi   organlarining
yuridik xizmati;
v) viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati;  
g)   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar     (korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlar)
yuridik xizmati. 2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining 
        yuridik xizmati
O`zbekiston   Respublikasi   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   oliy   organlari
yuridik   xizmatini   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi,
O`zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senati, O`zbekiston Respublikasi    Vazirlar
Mahkamasi   hamda   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Jo`qorg`i   Kengesi   va   Vazirlar
Kengashining yuridik xizmatlari tashkil etadi.
O`zbekiston   Respublikasi   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   oliy   organlari
yuridik   xizmatining   vazifalari,   funksiyasi,   huquq   va   majburiyatlari   mazkur
organlar tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar bilan  belgilangan.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Qonunchilik   palatasi   yuridik
xizmati
O`zbekiston   Respublikasining   2002   yil   12   dekabrdagi   “O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy
qonuniga,   2004   yil   2   dekabrdagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik   palatasi   deputatining   va   Senati   a`zosining   maqomi   to`g`risida”gi
hamda   2003   yil   29   avgustdagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik   palatasining   Reglamenti   to`g`risida”gi   qonunlariga   muvofiq
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Qonunchilik   palatasi,   uning   organlari
va   deputatlar   faoliyatiga   tashkiliy-huquqiy   xizmat   ko`rsatish   O`zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining   Devoni   tomonidan   amalga
oshiriladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining   yuridik
xizmati   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   Spikerining
2005 yil 7 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi   Qonunchilik   palatasining   Devoni   to`g`risida”gi   Nizomga   muvofiq
Qonunchilik   palatasi   Devoni   tarkibiga   kiradi.   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisi   Qonunchilik  palatasi  yuridik  xizmatining  asosiy   vazifalari  va   funksiyalari
ham bevosita mazkur Nizomda o`z ifodasini topgan. O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   yuridik
xizmatining   tashkiliy   tuzilmasi   yuridik   bo`lim   deb   yuritiladi.   Yuridik   bo`lim
mudir,   uning   o`rinbosari   hamda   bo`lim   xodimlaridan   iborat   bo`ladi.   Yuridik
bo`lim   xodimlarining   tuzilmasi,   shtatlari,   mehnatiga   to`lanadigan   haq   miqdori,
moddiy-texnika   ta`minoti   sharoitlari,   shuningdek   ularni   saqlashga   ketadigan
xarajatlar   Qonunchilik   palatasi   Spikeri   tomonidan   tasdiqlanadi.   Yuridik   bo`lim
xodimlarining   mehnat   munosabatlari   Qonunchilik   palatasining   vakolatlari
muddatiga bog`liq bo`lmaydi. 
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   yuridik
xizmatining   asosiy   vazifasi   mazkur   palata   faoliyatini   huquqiy   jihatdan
ta`minlashdan   iborat.   Qonunchilik   palatasi   yuridik   xizmati   faoliyati   asosan   qabul
qilinayotgan   qonun   va   qaror   loyihalarini   huquqiy   ekspertizadan   o`tkazish   hamda
Qonunchilik   palatasi   organlari   va   deputatlari   faoliyatiga   yuridik   yordam
ko`rsatishga qaratilgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   yuridik   xizmati
O`zbekiston   Respublikasining   2002   yil   12   dekabrdagi   “O`zbekiston   Respublikasi
Oliy   Majlisining   Senati   to`g`risida”gi   Konstitutsiyaviy   qonuni,   2004   yil   2
dekabrdagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi
deputatining   va   Senati   a`zosining   maqomi   to`g`risida”gi   hamda   2003   yil   29
avgustdagi   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   Reglamenti
to`g`risida”gi   qonunlariga   muvofiq   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Senati,   uning   organlari   hamda   senat   a`zolari   faoliyatiga   tashkiliy-huquqiy   xizmat
ko`rsatish   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   singari
Senatning Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   yuridik   xizmati
O`zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005 yil 18-apreldagi
qarori   bilan   tasdiqlangan   “O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining
Devoni   to`g`risida”gi   Nizomga   muvofiq   Senat   Devoni   tarkibiga   kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining asosiy vazifalari
va funksiyalari ham mazkur Nizomda belgilab qo`yilgan. O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senati   yuridik   xizmatining   tashkiliy
tuzilmasi ham yuridik bo`lim deb yuritiladi va u bo`lim mudiri, mudir o`rinbosari
hamda bo`lim xodimlaridan tashkil topgan. Ular Senat Raisi tomonidan lavozimiga
tayinlanadi   hamda   lavozimidan   ozod   qilinadi.   Yuridik   bo`lim   xodimlarining
mehnat munosabatlari Senat vakolati muddatiga bog`liq bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining ham asosiy
vazifasi   Senat   faoliyatini   huquqiy   jihatdan   ta`minlashdan   iborat.   Senat   yuridik
xizmati faoliyatining asosiy yo`nalishlari  Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga
taqdim etilgan qonunlar loyihalari va Senat qarorlari yuzasidan huquqiy ekspertiza
o`tkazish   hamda   Senat   organlari   va   senatorlar   faoliyatiga   yuridik   yordam
ko`rsatishdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmati
O`zbekiston   Respublikasining   Vazirlar   Mahkamasi   mamlakatimizda
iqtisodiyotning,   ijtimoiy   va   ma`naviy   sohalarni   samarali   faoliyatiga   rahbarlikni,
O`zbekiston   Respublikasi   qonunlari,   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
qarorlari,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmonlari,   qarorlari   va
farmoyishlari ijrosini ta`minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organi bo`lganligi tufayli
uning faoliyatini yuridik xizmatsiz tashkil etib bo`lmaydi.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   yuridik   xizmatining   huquqiy
maqomi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi
“O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   Apparatining   funksional
bo`limlari   to`g`risidagi   nizomlarni   tasdiqlash   haqida”gi   Qarori   bilan   tasdiqlangan
“O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   Apparatining   Yuridik   bo`limi
to`g`risida”gi Nizomda belgilab qo`yilgan. 
Yuridik   bo`lim   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi,   uning
Prezidiumi,   shuningdek   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   Apparati
faoliyatini   huquqiy   jihatdan   ta`minlovchi   O`zbekiston   Respublikasi   Hukumati
Apparatining funksional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Yuridik   bo`lim   o`z   faoliyatini   O`zbekiston   Respublikasining   Bosh   vaziri
rahbarligida   amalga   oshiradi   va   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
Apparati Rahbariga bo`ysunadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   yuridik   xizmatining   tashkiliy
tuzilmasi ham yuridik bo`lim sifatida tashkil etilgan bo`lib, bo`limning tuzilmasiga
bo`lim mudiri, ikkita bosh mutaxassis   va bitta yetakchi mutaxassis, shuningdek I
toifali   ish   yurituvchi-kotiba   kiradi.   Yuridik   bo`lim     tuzilmasi     O`zbekiston
Respublikasi     Vazirlar       Mahkamasi   tomonidan   tasdiqlanadi.   Bo`lim   ishlariga
rahbarlik mudir tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2005 yil 25 iyuldagi “O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o`zgartirish
to`g`risida”gi PQ-131-son Qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi
tuzilmasining   yuridik   bo`limida   yuriskonsultlar   uchun   beshta   shtat   birligi
ajratilgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   yuridik   xizmatining   asosiy
vazifalari   qonunlar   va   boshqa   normativ-huquqiy   hujjatlar   loyihalarini   yuridik
ekspertizadan   o`tkazish   hamda   O`zbekiston   Respublikasi   Hukumati   Apparatining
faoliyatida qonuniylikni ta`minlashdan iborat.
Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Jo`qorg`i   Kengesi   va   Vazirlar   Kengashi
yuridik xizmatlari
Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Jo`qorg`i   Kengesi   yuridik   xizmati   “davlat-
huquq   bo`limi”   deb   nomlangan   bo`lib,   uning   Kotibiyati   tarkibiga   kiradi.
Bo`limning   vazifalari,   huquqlari   va   vakolatlari   Qoraqalpog`iston   Respublikasi
Jo`qorg`i   Kengesi   Prezidiumining   2005   yil   22   iyundagi   25-son   Qarori   bilan
tasdiqlangan   “Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Jo`qorg`i   Kengesi   Kotibiyati
to`g`risida Nizom”da belgilab qo`yilgan.
Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Jo`qorg`i   Kengesi   davlat-huquq   bo`limining
funksiyalari   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalari   yuridik
bo`limlarining funksiyalariga o`xshashdir. Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashida   yuridik   xizmat
vazifalarini   bajarish   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   Raisi
Kotibiyatining huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy xizmatga chaqirish va
favqulodda   vaziyatlar   masalalari   bo`yicha   guruhi   zimmasiga   yuklatilgan.   Mazkur
guruh   xodimlarining   xizmat   vazifalari   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Vazirlar
Kengashi   Raisi   tomonidan   belgilangan.   Guruhning   yuridik   xizmatga   oid
vakolatlari   doirasiga,   jumladan,   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   Qoraqalpog`iston
Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   Raisiga   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Ichki
ishlar   vazirligi,   Adliya   vazirligi,   Bojxona   boshqarmasi,   Prokuraturasi,   Milliy
xavfsizlik   xizmati,   Oliy   va   Xo`jalik   sudlari   faoliyatlarini   muvofiqlashtirish
bo`yicha   takliflar   kiritadi;   Vazirlar   Kengashi   tarmoq   bo`limlari   tomonidan   davlat
va shartnoma intizomiga rioya qilish, o`zgalar mulkini talon-toroj qilishga, sifatsiz
mahsulotlar   chiqarilishiga,   ma`muriy,   mehnat,   uy-joy   va   boshqa   qonunchilikning
buzilishga   qarshi   kurashni   tashkil   qilishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   ishlab
chiqishda   ishtirok   etish;   Qoraqalpog`iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashining
barcha qaror va farmoyishlari loyihalarini O`zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligiga muvofiqligini ta`minlash; qaror va farmoyishlar loyihalarini ko`rib
chiqish   va   viza   qo`yish,   amaldagi   qonunchilikni   hamda   vazirliklar   va   idoralarda,
shahar, tuman hokimiyatlarida huquqiy ishlarni takomillashtirish bo`yicha takliflar
tayyorlash;   shahar,   tuman   hokimiyatlarining   yuridik   xizmatlari   faoliyatini
muvofiqlashtirish va h.k.
3-§. Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining yuridik 
       xizmati
Respublika   davlat   boshqaruvi   organlariga   vazirliklar,   davlat   qo`mitalari,
qo`mitalar,   agentliklar,   shuningdek   ular   huzurida   va   O`zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasi   huzurida   tashkil   etiladigan   davlat   boshqaruvi   tuzilmalari
kiradi. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va
suv   xo`jaligi   vazirligi,   Davlat   mulkini   boshqarish   davlat   qo`mitasi,   Davlat statistika   qo`mitasi,   Matbuot   va   axborot   agentligi,   Aloqa   va   axborotlashtirish
agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo`mitasi,
Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo`yicha   qo`mita,   Davlat   mulki
qo`mitasi   huzuridagi   Qimmatli   qog`ozlar   bozori   faoliyatini   muvofiqlashtirish   va
nazorat   qilish   markazi,   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Fan   va   texnologiyalar
markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston neft mahsulotlari va gazdan
foydalanishni   nazorat   qilish   davlat   inspeksiyasi,   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Davlat don inspeksiyasi va shu kabilar davlat boshqaruvi organlarini tashkil etadi.
Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
quyidagilardan iborat:
O`zbekiston   Respublikasi   qonunlari,   O`zbekiston   Respublikasi
Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni
amalda   ro`yobga   chiqarilishini,   ularning   ijrosi   ustidan   ta`sirchan   nazorat   amalga
oshirilishini ta`minlash;
tashqi   va   ichki   siyosatni   amalga   oshirish,   davlatning   tashqi   va   ichki
xavfsizligini ta`minlash;
mamlakatni   strategik   rivojlantirishning   ustuvor   yo`nalishlarini   belgilash,
davlatning   maqsadli   dasturlarini   ishlab   chiqish   hamda   ularni   amalga   oshirishni
tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro`yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
insonning   konstitutsiyaviy   huquqlari   va   erkinliklarini,   aholining   ta`lim,
tibbiy xizmat, ijtimoiy ta`minotga bo`lgan huquqlarini ta`minlash va himoya qilish,
mehnat   bozorini   tartibga   solish,   ijtimoiy   sohada   umumdavlat   boshqaruv   tizimi
faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
tegishli   huquqiy   muhitni   yaratish,   litsenziyalash,   sertifikatlashtirish   va
standartlashtirish orqali xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish;
soliqlar,   bojxona   to`lovlarini   yig`ish,   davlat   daromadlarini   taqsimlash   yo`li
bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish. O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2003   yil   22   dekabrdagi   “Xo`jalik
boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi 3366-sonli Farmoniga
muvofiq     quyidagi   asosiy   tashkiliy-huquqiy   shakllarda   tashkil   etiladigan   xo`jalik
birlashmalari xo`jalik boshqaruvi organlari hisoblanadi:
-   tarkibiga   kiruvchi   korxonalarning   xo`jalik   birlashmasiga   tegishli   bo`lgan
aksiya   paketlari   orqali   ana   shu   korxonalarning   xo`jalik   boshqaruvini   amalga
oshiruvchi   aksiyadorlik   kompaniyalari,   shu   jumladan   davlat-aksiyadorlik
kompaniyalari;
-   muassis-korxonalar   tomonidan   ular   faoliyatiga   ko`maklashish   uchun
muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy
vazifalarni   ularga   topshirish   yo`li   bilan   ixtiyoriylik   asosida   tashkil   qilinadigan
uyushmalar.
Uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar xo`jalik boshqaruvi organlari bo`lib
hisoblanadi.   Bularga   “O`zbekiston   temir   yo`llari”   davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi,   “O`zbekneftgaz”   milliy   xolding   kompaniyasi,   “O`zbek   ipagi”
uyushmasi,   “O`zbekcharmpoyabzal”   uyushmasi,   “O`zdonmahsulot”   aksiyadorlik
kompaniyasi,   “O`zqishloqxo`jalikmashlizing”   aksiyadorlik   lizing   kompaniyasi   va
boshqalar misol bo`la oladi.
Xo`jalik   boshqaruvi   organlarining   asosiy   vazifalari   va   funksiyalari
quyidagilardan iborat:
tarmoq   va   iqtisodiyot   sohalarini   barqaror   rivojlantirishning   istiqbolli
strategiyasini belgilash;
marketing   tadqiqotlarini   tashkil   etish,   ichki   va   tashqi   bozorlarda
raqobatbardosh   mahsulotlarning   yangi   turlarini   ishlab   chiqarishni   (ishlar,
xizmatlarni)   o`zlashtirish,   ularning   jahon   bozorlariga   kirib   borishiga
ko`maklashish;
korxonalarni   modernizatsiya   qilish   va   texnologik   jihatdan   qayta   jihozlash,
ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish;
ular   tarkibiga   kiruvchi   korxonalar   va   tashkilotlarga   axborot   xizmatlari
ko`rsatish; kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.
Xo`jalik   boshqaruvi   organlariga   davlat   boshqaruvi   organlarining   vakolatlari
berilmagan.   Shuningdek   xo`jalik   boshqaruv   organlari   o`zlarining   tarkibiga
kiruvchi korxonalar faoliyatiga ma`muriy tartibda aralashish huquqiga ega emaslar.
Respublika   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlariga   yuklatilgan
vazifalarning   bajarilishini   huquqiy   jihatdan   ta`minlash   maqsadida   mazkur
organlarning tashkiliy tuzilmasida yuridik xizmat faoliyati tashkil etiladi. Masalan,
O`zbekiston   Respublikasi   Davlat   mulkini   boshqarish   davlat   qo`mitasida   -
shartnoma-huquq   boshqarmasi,   O`zbekiston   Respublikasi   Tashqi   iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar  va savdo  vazirligida, Qishloq va suv xo`jaligi  vazirligida,
“O`zbekiston   temir   yo`llari”   davlat   aksiyadorlik   kompaniyasi   va   “O`zbekiston
havo   yo`llari”   milliy   avia   kompaniyasida   -   yuridik   boshqarma,   Davlat   bojxona
qo`mitasida- huquqiy boshqarma, Davlat soliq qo`mitasida-huquqiy bo`lim tashkil
etilgan.   O`zbekiston   Respublikasi   Sog`liqni   saqlash   vazirligining   Nazorat
inspeksiyasida - yetakchi nazoratchi yurist, “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik
kompaniyasida   bosh   yuridik   maslahatchi   va   “Transport   va   transport
kommunikatsiyalari” uyushmasida esa yuriskonsult lavozimlari joriy etilgan. 
Davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlarining   yuridik   xizmati   o`z   faoliyatini
ikki yo`nalishda amalga oshiradi. Birinchisi – yuridik xizmat vazifalarini bevosita
boshqaruv   organining   markaziy   (ijroiya,   ishchi)   apparatida   amalga   oshirish,
ikkinchisi   –   boshqaruv   organiga   bo`ysunuvchi   yoki   tarkibiga   kiruvchi   xo`jalik
yurituvchi subyektlar yuridik xizmatiga rahbarlik qilish. 
Respublika   davlat   boshqaruvi   organlari   yuridik   xizmatining   maqomi
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993 yil  2 martdagi 118-sonli
Qarori   bilan   tasdiqlangan   “O`zbekiston   Respublikasining   davlat   boshqaruv
organlari   va   korxonalardagi   yuridik   xizmat   to`g`risida”gi   Nizom   bilan   belgilab
qo`yilgan.   Mazkur   Nizom   davlat   boshqaruvi   organlari   yuridik   xizmatining
maqomini   belgilab   beruvchi   asosiy   normativ-huquqiy   hujjat   bo`lsa,   xo`jalik
boshqaruvi  organlari  yuridik xizmati   uchun namunaviy  nizom   bo`lib hisoblanadi.
Bunga   sabab   hozirgi   paytgacha   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   yuridik   xizmatini tartibga   soluvchi   maxsus   normativ-huquqiy   hujjat   qabul   qilingan   emas.   Shuning
uchun ham xo`jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatining huquqiy maqomi ana
shu organlarning ichki hujjatlari bilan belgilab beriladi.  
Respublika   boshqaruv   organlari   yuridik   xizmatining   huquqiy   maqomi   va
faoliyatining   asosiy   yo`nalishlarini   O`zbekiston   Respublikasi   Davlat   bojxona
qo`mitasi   va   “O`zbekiston   havo   yo`llari”   milliy   aviakompaniyasi   misolida   ko`rib
chiqamiz. 
O`zbekiston   Respublikasi   Davlat   bojxona   qo`mitasi   huquqiy
boshqarmasining faoliyati qo`mita raisi buyrug`i bilan tasdiqlangan Nizom hamda
boshqarma xodimlari  xizmat  vazifalari taqsimoti  bilan tartibga solinadi. Nizomda
umumiy   qoidalar,   boshqarmaning   asosiy   vazifalari   va   funksiyalari,   huquqlari
belgilangan. Huquqiy boshqarma tarkibiga 3 ta – xalqaro bojxona huquqi, bojxona
huquqi,   huquqiy,   qonunchilik   va   bojxona   faoliyatiga   oid   normativ   hujjatlarni
tizimlashtirish bo`limlari kiradi.     
Davlat   bojxona   qo`mitasining   huquqiy   boshqarmasi   bojxona   ishi
yo`nalishida   tayyorlangan   barcha   normativ-huquqiy   hujjatlarning   loyihalarini,
shuningdek   huquqiy   mazmundagi   davlatlararo   hujjatlar   loyihalarini   huquqiy
ekspertizadan   o`tkazadi,   ularni   ishlab   chiqishda   ishtirok   etadi,   qonunchilik   va
bojxona   ishiga   oid   normativ   hujjatlarni   tizimlashtirish   ishlarini   yuritadi   hamda
Davlat   bojxona   qo`mitasi   va   uning   tizimlarida   qonunchilikka   to`g`ri   amal
qilinishini nazorat qilib boradi.
“O`zbekiston   havo   yo`llari”   milliy   aviakompaniyasi   yuridik   boshqarmasi
to`g`risidagi   Nizom   aviakompaniya   Bosh   direktori   tomonidan   tasdiqlangan.
Yuridik   boshqarma   tarkibiga   –   sud-huquq,   shartnomaviy   ishlar   va   talabnoma
bo`limlari   kiradi.   Yuridik   boshqarma   aviakompaniya   direksiyasining   mustaqil
tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, bevosita Bosh direktorga bo`ysunadi.
Yuridik   boshqarma   to`g`risidagi   Nizom   va   undagi   yuridik   xizmatning
vazifalari,   huquqlari   va   mas`uliyati   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   1993   yil   2   martdagi   118-sonli   Qarori   bilan   tasdiqlangan
“O`zbekiston   Respublikasining   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalardagi yuridik   xizmat   to`g`risida”gi   Nizom   asosida,   tarmoqning  o`ziga   xos   xususiyatlari
hisobga olinib ishlab chiqilgan va belgilangan.
Nizomda   aviakompaniya   tarkibiy   tuzilmalari   va   korxonalarining   yuridik
xizmati xodimlarini lavozimlarga tayinlash va ozod qilish yuridik boshqarma bilan
kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan.
Respublika   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   yuridik   xizmatining
shtatlari   bir-biridan   tubdan   farq   qiladi.  Bu   bevosita   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi
organlariga   yuklatilgan   vazifalarni   bajarish   bilan   bog`liq   bo`lgan   huquqiy
ishlarning   hajmidan   hamda   xususiyatidan   kelib   chiqqan   holda   belgilanadi.
Masalan,   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yil   26   iyuldagi
“O`zbekiston   Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   aloqalar,   investitsiyalar   va   savdo
vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish   to`g`risida”gi   136-sonli   Qaroriga   muvofiq
vazirlikning   yuridik     boshqarmasiga   yuriskonsultlar   uchun   o`nta   shtat   birligi
ajratilgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yil   2   maydagi   “O`zbekiston
Respublikasi   Monopoliyadan   chiqarish,   raqobat   va   tadbirkorlikni   qo`llab-
quvvatlash   davlat   qo`mitasi   faoliyatini   tashkil   qilish   to`g`risida”gi   PQ-66-sonli
Qaroriga   muvofiq   davlat   qo`mitasining   markaziy   apparati   tuzilmasidagi   yuridik
boshqarmaga to`rtta shtat birligi ajratilgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   5   martdagi
“O`zkommunxizmat”   agentligi   faoliyatini   takomillash-tirish   chora-tadbirlari
to`g`risida”gi   110-sonli   Qaroriga   muvofiq   agentlik   markaziy   apparatining
tuzilmasida bitta yuriskonsult shtati joriy etilgan. 
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   17   martdagi
“O`zbekkino”   Milliy   agentligi   faoliyatini   tashkil   etish   to`g`risida”gi   266-sonli
Qaroriga   muvofiq   agentlikning   markaziy   apparati   tuzilmasida   bitta   yurist   shtati
joriy etilgan. Agentlikning hududiy bo`limlarining namunaviy tuzilmasida yuridik
xizmat xodimi uchun shtat birligi belgilanmagan.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   23   apreldagi
“O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo`yicha qo`mita   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   to`g`risida”gi   196-sonli   hamda   2004
yil   14   apreldagi   “O`zbekiston   Respublikasining   gidrometeorologiya   xizmatini
takomillashtirish   to`g`risida”gi   183-sonli   qarorlarida   Vazirlar   Mahkamasi
huzuridagi   Din   ishlari   bo`yicha   qo`mita   apparati   hamda     Gidrometeorologiya
xizmati   markazi   markaziy   apparatining   tuzilmalarida   yuridik   xizmat   xodimlari
uchun shtat birligi belgilanmagan. 
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   25   martdagi
“O`zbekengilsanoat”   davlat-aksiyadorlik   kompaniyasi   boshqaruv   tuzilmasini
takomillashtirish   va   respublika   yengil   sanoatini   yanada   rivojlantirishni
rag`batlantirish   chora-tadbirlari   to`g`risida”gi   141-sonli   Qaroriga   muvofiq
kompaniyaning   ijro   etuvchi   apparati   tuzilmasidagi   yuridik   bo`limga   ikkita   shtat
birligi ajratilgan.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   23   yanvardagi
“Kimyo   sanoati   korxonalarini   boshqarish   tuzilmasini   takomillashtirish   va   qishloq
xo`jaligi  agrokimyo  xizmati   ko`rsatishni   yaxshilash  chora-tadbirlari   to`g`risida”gi
33-sonli qaroriga muvofiq “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
ijro etuvchi apparati tuzilmasida bitta bosh yuridik maslahatchi shtati joriy etilgan.
   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   12   oktabrdagi
“O`zbekiston   Transport   va   transport   kommunikatsiyalari   uyushmasi   faoliyatini
tashkil   etish   chora-tadbirlari   to`g`risida”gi   470-sonli   qaroriga   muvofiq
uyushmaning   ijro   etuvchi   apparati   tuzilmasiga   yuridik   maslahatchi   uchun   bitta
shtat birligi berilgan.
Respublika   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlariga   yuklatilgan   vazifalar
ularning   joylardagi   tuzilmalari   bo`lmish   mahalliy   boshqaruv   organlari   tomonidan
amalga   oshiriladi.   Viloyatlardagi   Qishloq   va   suv   xo`jaligi   boshqarmalari   hamda
tumanlardagi   Qishloq   va   suv   xo`jaligi   bo`limlari,   Davlat   soliq   boshqarmalari   va
inspeksiyalari,   Yer   resurslari   va   davlat   kadastri     boshqarmalari   va   bo`limlari,
Avtomobil   va   daryo   transporti   agentligining   hududiy   bo`limlari   mahalliy   davlat
boshqaruvi organlarini tashkil etadi. Xo`jalik   boshqaruvi   organlarining   joylardagi   tuzilmalari   esa   mahalliy
xo`jalik boshqaruvi organlarini tashkil etadi.  Masalan,   Qoraqalpog`iston
Respublikasi   va   viloyatlardagi   “Pilla”   aksiyadorlik   birlashmalari,   “Toshkentnon”
uyushmasi   va   shu   kabilar   mahalliy   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   hisoblanadi.
Ayrim   respublika   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   xususiyatidan   kelib
chiqqan   holda   ma`muriy   hududlarda,   ya`ni   joylarda   o`zlarining   tuzilmalariga   ega
bo`lishmaydi.   Masalan,   “Transport   va   transport   kommunikatsiyalari”   uyushmasi,
“O`zeltexsanoat”   uyushmasi   hamda   “O`zkimyosanoat”   davlat-aksiyadorlik
kompaniyalari ma`muriy xududlarda o`zlarining tuzilmalariga ega emas. Aksariyat
hollarda   ma`muriy   hududlarda   ularning   muassislari   bo`lgan   xo`jalik   yurituvchi
subyektlar   joylashgan   bo`ladi.   Masalan,   “O`zeltexsanoat”   uyushmasi
qatnashchilari   bo`lgan   “Foton”,   “Algoritm”   va   “Oniks”   ochiq   aksiyadorlik
jamiyatlari   Toshkent   shahrida   joylashgan   bo`lsa,   “Sino”   ochiq   aksiyadorlik
jamiyati   Samarqand   shahrida,   “Elektromash”   ochiq   aksiyadorlik   jamiyati   esa
Farg`ona viloyatida joylashgan.         
Ba`zi   xo`jalik   boshqaruvi   organlari   respublika   miqyosida   emas,   balki
muayyan   hudud   miqyosida   tuzilgan   bo`lishi   mumkin.   Masalan,   O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 yanvardagi “Toshkent shahrida yo`lovchi
transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga
muvofiq   “Toshshahartransxizmat”   uyushmasi   tashkil   etildi   va   farmonda   mazkur
uyushma   Toshkent   shahar   yo`lovchi   transporti   sohasida   ishlayotgan   xo`jalik
jamiyatlari,   davlat,   xususiy   va   boshqa   tashkilotlarni   shartnoma   asosida
birlashtirishi   belgilab   qo`yildi.   Bu   esa   “Toshshahartransxizmat”   uyushmasi
Toshkent   shahar   hududi   miqyosida   tashkil   etilgan   xo`jalik   boshqaruvi   organi
ekanligidan dalolat beradi.   
Mahalliy   davlat   va   xo`jalik   boshqaruvi   organlarining   faoliyatini   huquqiy
jihatdan   ta`minlash   uchun   ularning   tuzilmasida   ham   yuridik   xizmat   faoliyati
tashkil   etiladi.   Masalan,   O`zbekiston   Respublikasi   Monopoliyadan   chiqarish,
raqobat   va   tadbirkorlikni   qo`llab-quvvatlash   davlat   qo`mitasining   hududiy
boshqarmalarining   namunaviy   tuzilmasida   yuriskonsult   lavozimi   joriy   etilgan bo`lsa,   viloyat   qishloq   va   suv   xo`jaligi   boshqarmalari   apparatining   namunaviy
tuzilmasida yuridik bo`lim mavjud bo`lib yuriskonsultlar uchun uchta shtat birligi
ajratilgan.   Viloyatlar   va   Toshkent   shahar   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza
qilish   bosh   boshqarmalarining   yuridik   xizmat   ko`rsatuvchi   tuzilmasi   tashkiliy-
huquqiy   bo`lim   deb   yuritiladi   va   mazkur   bo`limga   ikkitadan   uchtagacha   shtat
birligi ajratilgan.
Biroq   ayrim   mahalliy   davlat   boshqaruvi   organlari   apparatining   tashkiliy
tuzilmasida   yuridik   xizmat   faoliyati   joriy   etilmagan.   Masalan,   viloyatlar   va
Toshkent   shahar   madaniyat   va   sport   ishlari   boshqarmalarining   namunaviy
tuzilmasida,   O`zbekiston   Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   aloqalar,   investitsiyalar   va
savdo   vazirligi   hududiy   boshqarmalarining   namunaviy   tuzilmasida   hamda
“O`zbekkino”   Milliy   agentligi   hududiy   bo`limlarining   namunaviy   tuzilmasida
yuridik xizmat xodimlari uchun shtat birligi nazarda tutilmagan. 
Mahalliy   davlat   boshqaruvi   organlari   tuzilmasida   yuridik   xizmat   xodimlari
uchun   shtat   birligini   joriy   etish   yoki   etmaslik   masalasi   u   yerdagi   huquqiy
ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.  
              4-§  Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining
       yuridik xizmati
Viloyat,   shahar   va   tuman   hokimliklarida   huquqiy   ishlarni   amalga
oshirish   uchun   yuridik   xizmat   tashkil   qilinadi.   Viloyatlar   va   Toshkent   shahar
hokimliklarida   ilgari   huquqiy   ishlarni   olib   borish   Huquqni   muhofaza   qiluvchi
organlar,   harbiy   safarbarlik   va   favqulodda   vaziyatlar   masalalari   bo`yicha   guruh
zimmasiga   yuklatilgan   edi.   Viloyat   hokimliklarida   boshqaruv   apparati   tashkiliy
tuzilmalarining   faoliyatini   takomillashtirish   hamda   ularga   yuklangan
funksiyalarning   bajarilishi   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   ta`minlash   maqsadida
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 yanvardagi “Davlat
boshqaruvi   hududiy   organlari   tuzilmasini   takomillashtirish   to`g`risida”gi   Qarori
hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 avgustdagi “Toshkent shahar   hokimligi   boshqaruv   apparati   tuzilmasini   tasdiqlash   to`g`risida”gi   Qarori
bilan   viloyat   va   Toshkent   shahar   hokimliklarida   yuridik   xizmatni   Huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari
bo`yicha guruh emas, balki  hokimlik boshqaruv apparatining tuzilmasida nazarda
tutilgan yuriskonsult bajarishligi belgilab qo`yildi. Bundan tashqari ushbu qarorga
muvofiq   hokimlik   boshqaruv   apparatidagi   yuriskonsult   o`z   funksiyalarini
bajarishda faqat bevosita hokimga bo`ysunishi qat`iy belgilab qo`yildi. 
Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   yuridik   xizmatining   faoliyati   asosan
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda qonuniylikni ta`minlash, shartnomaviy
munosabatlarni   tartibga   solish   hamda   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining
huquq   va   qonuniy   manfaatlarini   sudda   va   boshqa   organlarda   himoya   qilishga
qaratilgan.
   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   24   apreldagi
177-sonli Qarori bilan mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy ta`minlash
maqsadida tuman va shahar hokimliklari apparati tuzilmasida yurist lavozimi joriy
etildi.
Viloyat,   tuman     va     shahar     hokimliklari     yuridik     xizmatining
huquqiy   maqomini   tartibga   soluvchi   maxsus   normativ-huquqiy   hujjat   mavjud
emas.   Hozirgi   paytda   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   yuridik   xizmatining
huquqiy   maqomi   shu   organlarning   ichki   hujjatlari   bilan   belgilanadi.   Mazkur
hujjatlarga   hokimlikning   yuridik   bo`limi   to`g`risidagi   nizom   yoki   yuridik   xizmat
xodimining mansab yo`riqnomasi kiradi. 
5-§.  Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati
O`zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   keyin   o`tgan   davr   mobaynida
mamlakatimizda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishga   alohida
e`tibor   berilmoqda.   Natijada,   tashkiliy   huquqiy   shakli   aksiyadorlik   jamiyatlari,
mas`uliyati cheklangan jamiyat, qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat, xususiy korxona
hamda xo`jalik shirkatlari ko`rinishida bo`lgan korxona va tashkilotlarning soni bir necha   yuz   baravarga   ko`paydi.   Ularning   faoliyatida   qonunchilikni   ta`minlash,
shartnoma   va   mehnat   intizomiga   rioya   qilish   ustidan   nazorat   qilish,   mulkni
saqlashni   huquqiy   vositalar   orqali   ta`minlash   hamda   boshqa   huquqiy   ishlarni
amalga oshirishda yuridik xizmatning roli muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xo`jalik   yurituvchi   subyekt     yuridik   xizmatining   huquqiy   maqomi
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1993   yil   2   martdagi   qarori
bilan   tasdiqlangan   “O`zbekiston   Respublikasining   davlat   boshqaruv   organlari   va
korxonalardagi   yuridik   xizmat   to`g`risida”gi   Nizom   hamda   O`zbekiston
Respublikasining   1998   yil   29   avgustdagi   “Xo`jalik   yurituvchi   subyektlar
faoliyatining   shartnomaviy-huquqiy   bazasi   to`g`risida”gi   Qonun   bilan   belgilab
qo`yilgan. 
Hozirgi  paytda xo`jalik yurituvchi subyekt    shtat  jadvalida nazarda tutilgan
yuridik   xizmat   xodimlarining   soni   juda   ozchilikni   tashkil   etadi.   Ayni   paytda
faoliyat yuritayotgan xo`jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati doimiy ravishda
yuriskonsult   xizmatidan   foydalanish   imkoniyatiga   ega   emas.   Buning   ham
obyektiv, ham subyektiv sabablari mavjud.
Obyektiv   sabablar   jumlasiga   –   yuristlar   sonining   respublikamizda   kamligi,
barcha korxonalarda ham doimiy ravishda yuridik xizmat xodimlariga haq to`lash
imkoniyati   yo`qligi,   shuningdek   yuridik   xizmat   xodimlari   maoshlarining   kamligi
kiradi.
Subyektiv sabablarga esa – korxona rahbarlarining yuridik xizmatga yuzaki
qarab  uni   mustahkamlashga   e`tibor  bermasligi,  yuristlarning  ko`pchiligida  asosan
prokuratura, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash ishtiyoqi
ko`pligi va yuridik xizmatga bepisandalik bilan qarashlari kiradi.
Shuning   uchun   xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   asosan   advokatlar   hay`atlari,
advokatlik   firmalari   hamda   advokatlik   byurolarida   faoliyat   olib   borayotgan
advokatlarning   xizmatlaridan   ko`proq     foydalanmoqdalar.   Biroq   advokatura
instituti tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektlarga ko`rsatiladigan yuridik xizmat
yuridik   xizmatning   barcha   yo`nalishlarini   qamrab   ololmayapti   va   asosan shartnoma loyihalarini tuzish, ularni huquqiy ekspertizadan o`tkazish hamda sudda
vakillik qilish bilan cheklanib qolmoqda.    
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   yuridik   xizmatining   vazifalariga   asosan   ular
faoliyatini huquqiy ta`minlanishini tashkil etish, talabnoma-da`vo ishlarini yuritish,
mehnat   intizomini   mustahkamlash,   mulkni   saqlash   bo`yicha   huquqiy   ishlarni
yo`lga qo`yish, korxona xodimlarining yuridik o`quvini tashkil etish kabilar kiradi.
Xo`jalik   yurituvchi   subyektlar   o`z   faoliyatlarining   xususiyatidan   hamda
huquqiy   ishlarning   hajmidan   kelib   chiqqan   holda   yuridik   xizmat   xodimi   uchun
shtat   birligi   ajratish   yoki   ajratmaslik   masalasini   mustaqil   hal   etadilar.   Agarda
xo`jalik   yurituvchi   subyekt   davlat   organining   qarori   asosida   tashkil   etiladigan
bo`lsa, unda uning tuzilmasida yuridik xizmat xodimi uchun shtat birligini ajratish
yoki   ajratmaslik   masalasini   shu   organning   o`zi   hal   etadi.   Masalan,   O`zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   31   maydagi   “Tovar-xom   ashyo
birjalari   faoliyatini   takomillashtirishga   doir   qo`shimcha   chora-tadbirlar
to`g`risida”gi   251-sonli   qaroriga   muvofiq   “O`zbekiston   Respublikasi   tovar-xom
ashyo   birjasi”   aksiyadorlik   jamiyatining   tashkiliy   tuzilmasida   yuridik   bo`lim
xodimlari uchun ikkita shtat birligi ajratilgan.

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Reja 1-. O`zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi 2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati 3-. Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati 4- Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati 5-. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida huquqiy ishlarni takomillashtirish mustaqil davlatimizda insonparvar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish vazifasi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu vazifani amalga oshirishda davlat organlari va xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati muhim rol o`ynaydi. Yuridik xizmat xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, ya`ni ishlab chiqarish va xo`jalikni boshqarishning hamma bo`g`inlarida, vazirlik, idora, uyushmalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek hokimliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlarida mavjud. Biroq, davlat hokimiyatining oliy organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidagi huquqiy ishlar xususiyatlari, hajmi va yo`nalishlari bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. Shu sababli turli davlat organlari hamda xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati faoliyatining mazmun-mohiyatini aniqlash uchun ushbu masalaga tizimli yondashish talab etiladi. Aynan tizimlilik fan predmetini o`rganishning usullaridan biri bo`lib hisoblanadi. Yuridik xizmat tuzilishi, huquqiy maqomi va faoliyati asosiy yo`nalishlarining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi tizimdan iborat: a) davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati; b) respublika va mahalliy davlat hamda xo`jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati; v) viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati; g) xo`jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar) yuridik xizmati.

2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining yuridik xizmatlari tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatining vazifalari, funksiyasi, huquq va majburiyatlari mazkur organlar tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga, 2004 yil 2 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi hamda 2003 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatiga tashkiliy-huquqiy xizmat ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 2005 yil 7 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni to`g`risida”gi Nizomga muvofiq Qonunchilik palatasi Devoni tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari ham bevosita mazkur Nizomda o`z ifodasini topgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining tashkiliy tuzilmasi yuridik bo`lim deb yuritiladi. Yuridik bo`lim mudir, uning o`rinbosari hamda bo`lim xodimlaridan iborat bo`ladi. Yuridik bo`lim xodimlarining tuzilmasi, shtatlari, mehnatiga to`lanadigan haq miqdori, moddiy-texnika ta`minoti sharoitlari, shuningdek ularni saqlashga ketadigan xarajatlar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik bo`lim xodimlarining mehnat munosabatlari Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga bog`liq bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining asosiy vazifasi mazkur palata faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlashdan iborat. Qonunchilik palatasi yuridik xizmati faoliyati asosan qabul qilinayotgan qonun va qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o`tkazish hamda Qonunchilik palatasi organlari va deputatlari faoliyatiga yuridik yordam ko`rsatishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, 2004 yil 2 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi hamda 2003 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, uning organlari hamda senat a`zolari faoliyatiga tashkiliy-huquqiy xizmat ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi singari Senatning Devoni tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005 yil 18-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni to`g`risida”gi Nizomga muvofiq Senat Devoni tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari ham mazkur Nizomda belgilab qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining tashkiliy tuzilmasi ham yuridik bo`lim deb yuritiladi va u bo`lim mudiri, mudir o`rinbosari hamda bo`lim xodimlaridan tashkil topgan. Ular Senat Raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. Yuridik bo`lim xodimlarining mehnat munosabatlari Senat vakolati muddatiga bog`liq bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining ham asosiy vazifasi Senat faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlashdan iborat. Senat yuridik xizmati faoliyatining asosiy yo`nalishlari Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga taqdim etilgan qonunlar loyihalari va Senat qarorlari yuzasidan huquqiy ekspertiza o`tkazish hamda Senat organlari va senatorlar faoliyatiga yuridik yordam ko`rsatishdan iborat. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmati O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mamlakatimizda iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohalarni samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organi bo`lganligi tufayli uning faoliyatini yuridik xizmatsiz tashkil etib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional bo`limlari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo`limi to`g`risida”gi Nizomda belgilab qo`yilgan. Yuridik bo`lim O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyatini huquqiy jihatdan ta`minlovchi O`zbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.