logo

O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

340.5 KB
Mavzu :   O‘zbekiston   Respublikasida   yuridik   xizmat   haqidagi     qonunchilikning
rivojlanishi
Reja
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik 
        xizmat faoliyatining asosiy manbai sifatida 
2. Yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990 yillarda
        qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar
3. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida
        yuridik xizmat to‘g‘risida qabul qilingan normativ-      
        huquqiy hujjatlar Mamlakatimizda   yuridik   fanlarning   asosiy   manbai   bo‘lgan   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi  yuridik xizmat faoliyatining ham bosh manbai bo‘lib
hisoblanadi.   Bir   qarashdan   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   yuridik
xizmat faoliyatiga oid normalar mavjud emasdek tuyuladi. Biroq Konstitutsiyaning
ayrim   moddalarining   mazmuni   sinchkovlik   bilan   tahlil   etiladigan   bo‘lsa   unda
yuridik   xizmat   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   normalarni   uchratish   mumkin.
Xususan,   O‘zbekiston   Respublikasida   yuridik   xizmat   fanining   predmetlaridan
birini   yuridik   xizmat   tizimi   tashkil   etadi.   Yuridik   xizmatni   tizimga   ajratish   esa
Konstitutsiya normalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Misol uchun davlat
hokimiyati   oliy   organlarining,   davlat   boshqaruvi   organlarining   hamda   mahalliy
davlat   hokimiyati   organlarining   konstitutsiyaviy   huquqiy   maqomlari   bevosita
Konstitutsiyada   o‘z   ifodasini   topgan.   Aynan   mazkur   organlarga   yuklatilgan
vazifalardan   hamda   vakolatlardan   kelib   chiqqan   holda   ularning   yuridik   xizmati
tomonidan   bajariladigan   ishlar   belgilab   beriladi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining 76-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy
davlat   vakillik   organi   bo‘lib,   qonun   chiqaruvchi   hokimiyatni   amalga   oshirishi
belgilab   qo‘yilgan.   Demak,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalari
yuridik   xizmatining   asosiy   vazifasi   ular   tomonidan   chiqarilayotgan   qonunlarni
huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   98-moddasida   esa
iqtisodiyotning,   ijtimoiy     va   ma’naviy   sohaning   samarali   faoliyatiga   rahbarlikni
amalga   oshirish,   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlari,   Oliy   Majlis   palatalari
qarorlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmonlari,   qarorlari   va
farmoyishlari   ijrosini   ta’minlash   Vazirlar   Mahkamasining   vazifasi   ekanligi
belgilab   qo‘yilgan.   Vazirlar   Mahkamasi   yuridik   xizmatining   faoliyati   bevosita
mazkur   vazifalarni   bajarishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Bu   holat   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   2   dekabrdagi   Qarori   bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik
bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   12   bobi   “ J amiyatning
iqtisodiy   negizlari”   deb   nomlanadi.   Mazkur   bobning   53-moddasida   bozor
munosabatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan   O‘zbekiston   iqtisodiyotining   negizini
xilma-xil   shakllardagi   mulk   tashkil   etishi,   davlat   iste’molchilarning   huquqi
ustunligini   hisobga   olib,   iqtisodiy   faoliyat,   tadbirkorlik   va   mehnat   qilish
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza etilishini kafolatlashi o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 54-
moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi
va   uni   tasarruf   etishi   belgilab   qo‘yilgan.   Mazkur   qoidalar   bevosita   xo‘jalik
yurituvchi   sub’ektlarga   taalluqlidir.   Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   yuridik
xizmati   esa   yuridik   xizmat   tizimining   tarkibiga   kiradi.   Xo‘jalik   yurituvchi
sub’ektlarning   iqtisodiy   faoliyati   asosan   shartnomalarga   asoslanganligi   tufayli
ularning   yuridik   xizmati   faoliyatining   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   shartnoma
hamda talabnoma-da’vo ishlarini huquqiy jihatdan ta’minlashdan iborat.
Amaldagi   qonunchilikka   muvofiq   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarga   yuridik
xizmat   faqatgina   ularning   yuridik   bo‘limlari   tomonidan   emas,   balki   ayrim   davlat
organlari,   advokatura   hamda   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   tomonidan   ham
ko‘rsatiladi.   Aynan   fuqarolarga   va   yuridik   shaxslarga   yuridik   yordam
ko‘rsatadigan   davlat   organlaridan   biri   bo‘lmish   prokuraturaning   ham   huquqiy
maqomi   bevosita   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   118-121-
moddalarida o‘z ifodasini topgan. 
Ayrim   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   muayyan   sabablarga   ko‘ra     nodavlat
notijorat tashkilot bo‘lmish advokaturaning yuridik yordamdan foydalanishni afzal
ko‘radilar. Shuning uchun Konstitutsiyaning 116-moddasida fuqarolarga, korxona,
muassasa   va   tashkilotlarga   yuridik   yordam   berish   uchun   advokatura   faoliyat
ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan.   
Demak,   yuqorida   aytib   o‘tilganlardan   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   yuridik   xizmat   faoliyatini   tartibga   soluvchi   asosiy   manba
ekanligiga   ishonch   hosil   qilish   mumkin.   Yuridik   xizmatga   oid   boshqa   normativ- huquqiy   hujjatlar   mazkur   Konstitutsiya   asosida   va   uni   ijro   etish   yuzasidan   qabul
qilingan. 
O‘zbekistonda   shakllangan   yuridik   xizmat   to‘g‘risidagi   qonunchilikni
quyidagi ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
1)   yuridik   xizmat   to‘g‘risida   1920-1990   yillarda   qabul   qilingan   normativ-
huquqiy hujjatlar;
2)   O‘zbekiston   Respublikasining   mustaqillik   yillarida   yuridik   xizmat
to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar.
2-. Yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990 yillarda
        qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   yuridik   xizmat   to‘g‘risidagi
qonunchilik,   eng   avvalo,   RSFSR   Adliya   xalq   komissarligining   1920   yil   26
noyabrdagi   qarori   bilan   tasdiqlangan   “Adliya   xalq   komissarligi   bo‘limlari
to‘g‘risida”gi   Nizom   negizida   yuzaga   kelgan.   U   RSFSR   Adliya   xalq
komissarligining   umummaslahat   bo‘limi   RSFSRning   barcha   markaziy
muassasalari   yuridik   bo‘limlari   va   ularning   yuriskonsultlari   faoliyati   ustidan
nazoratni   amalga   oshirishini   va   ularning   amaliyotida   yuzaga   keladigan   huquqiy
masalalar bo‘yicha majburiy xulosalar berishini ko‘zda tutgan.
Sovet   Ittifoqining   dastlabki   yillarida   qabul   qilingan   yuridik   xizmat
to‘g‘risidagi   normativ-huquqiy   hujjatlarda   yuriskonsultlarning   vazifasi   huquqiy
maslahatlar   berish   hamda   sud,   ma’muriy     va   jamoat   muassasalarida   ish   yuritish
bilan cheklangan.   
O‘zbekistonda   dastlab   yuridik   xizmat   to‘g‘risidagi   normativ-huquqiy
hujjatlar hukumat tomonidan qabul qilingan.  
Masalan, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1928 yil 9 iyundagi
“Davlat   muassasalari,   korxonalari   va   kooperativ   tashkilotlar   yuriskonsultlari
to‘g‘risida”gi     38-sonli   qarorida   yuriskonsult   lavozimini   egallash   tartibi,   ularning
asosiy   vazifalari,   javobgarligi,   faoliyati   ustidan   nazorat   qilish   hamda     amaliy ishlarini birlashtirish maqsadida mahalliy prokurorlar huzurida tashkil qilinadigan
kengashlar   to‘g‘risidagi   normalar   belgilangan.   Qarorning   2-bandida     yuriskonsult
lavozimiga O‘zSSR Konstitutsiyasiga  muvofiq sovetlarga saylanish  huquqiga ega
bo‘lgan quyidagi shaxslar:
a) maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lganlar;
b)   davlat   yoki   ishchi-dehqon,   jamoat,   kasaba   uyushmasi,   partiya   yoxud
kooperativ tashkilotlarda mas’ul siyosiy ishlarda ikki yillik staji borlar;
v)   sovet   adliya   organlarida   amaliy   mas’ul   ishlarda   uch   yillik   staji   borlar
tayinlanishi mumkinligi qayd qilingan.
Yuriskonsultlarning   asosiy   majburiyatlari   doirasiga   -   huquqiy   masalalar
bo‘yicha   yozma   va   og‘zaki   xulosalar   va   ma’lumotlar   berish,   qarorlar,
yo‘riqnomalar   loyihalarini   tuzishda   ishtirok   etish;   tashkilotlar   tomonidan
tuzilayotgan   shartnomalar   va   boshqa   huquqiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   hujjatlar
tayyorlash va ularni amaldagi qonunlarga muvofiqligini tekshirish; tashkilotlarning
topshiriqlari bo‘yicha ularning manfaatlarini himoya qilish kiritilgan.
Yuridik   xizmat   faoliyatini   huquqiy   tartibga   solish   asoslarining   rivojlanish
tarixi  dalolat  berishicha, yuriskonsultlarning vazifasi  kengaytirilib, huquqiy holati
esa takomillashtirilib borilgan. 
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1933 yil 11 oktyabrdagi 718-
sonli   qarori   bilan   “Umumlashtirilgan   sektordagi   muassasalar,   korxonalar   va
tashkilotlar   yuriskonsultlari   (huquqiy   masalalar   bo‘yicha   maslahatchilari)
to‘g‘risida Nizom”  tasdiqlangan.
Mazkur   Nizom   12   banddan   iborat   bo‘lib,   unda   yuriskonsult   lavozimini
egallash tartibi, ularning asosiy funksiyalari, javobgarligi, faoliyati ustidan nazorat
qilish   hamda     amaliy   ishlarini   birlashtirish,   malakasini   oshirish   maqsadida
Respublika   prokurori,   joylarda   shahar   va   tuman   prokurorlar   huzurida   tashkil
qilinadigan kengashlar to‘g‘risidagi normalar belgilangan. Xususan, Nizomning 2-
bandida     yuriskonsult   lavozimiga   O‘zSSR   Konstitutsiyasiga   muvofiq   sovetlarga
saylanish huquqiga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar:
a) maxsus oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lganlar; b)   umumlashtirilgan   sektordagi   muassasalar,   korxonalar   va     tashkilotlarda
mas’ul   siyosiy   ishlarda   ikki   yillik   stajga   ega   bo‘lib,   O‘zSSR   Adliya   xalq
komissarligi   tasdiqlagan   dastur   bo‘yicha   prokurorlar   huzurida   tashkil   qilingan
komissiyada sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar;
v)  sovet  adliya organlarida xalq sudyasi,  tergovchi, prokuror yoki  Oliy sud
kotibi lavozimlaridan quyi bo‘lmagan amaliy mas’ul ishlarda uch yillik staji borlar
tayinlanishi mumkinligi belgilangan.
Nizomda   yuriskonsultlarning   korxona   moliya   va   xo‘jalik   faoliyatining
barcha   yo‘nalishlarida   huquqiy   masalalarni   hal   qilish,   shartnomalarni   tuzish,
o‘zgartirish   va   bekor   qilish   ishlarida;   ularning   ishlarini   sud,   davlat   va   idoraviy
arbitrajda,   boshqa   muassasalarda   yuritishda   ishtirok   etishi;   yangi   qabul   qilingan
qonunlar   va  normativ  hujjatlar   to‘g‘risida  axborot   berib  borishga  oid  funksiyalari
o‘z ifodasini topgan.
Shunday   qilib,   ushbu   normativ   hujjat   respublikamizda   yuridik   xizmatning
huquqiy maqomini to‘liq belgilab bergan birinchi Nizom hisoblanadi.  
XX asrning 50-60 yillarida korxonalarda yuridik xizmatning huquqiy asosini
belgilab   beruvchi   yagona   me’yoriy   hujjat   mavjud   emas   edi.     Ko‘pchilik
korxonalarda   yuriskonsult   lavozimining   o‘zi   joriy   qilinmagan   edi.   Shu   bilan   bir
qatorda,   yuriskonsult   ishining   hajmi   katta   bo‘lib,   uning   xizmat   vazifalariga
qarorlar va farmoyishlarning huquqiy me’yorlarga mosligini tekshirish, talabnoma
va   da’vo   bilan   bog‘liq   ishlar,   mehnatga   oid   qonunchilikka   rioya   qilinishini
ta’minlash kabilar kirgan. Yuridik xizmat huquqiy holatining noaniqligi uning ish
samaradorligini pasaytirib yuborayotgan edi .
Bu   holat   o‘z   navbatida   yuridik   xizmat   faoliyatini   huquqiy   tashkil   etishni
zaruriyat qilib qo‘ygan edi. Ushbu ehtiyojni inobatga olgan holda O‘zbekiston SSR
Ministrlar Sovetining 1963 yil 20 sentyabrdagi 551-sonli qarori bilan “Korxonalar,
muassasalar,     tashkilotlar   yuridik   (shartnoma-yuridik)   bo‘limi   (byurosi),   bosh
(katta) yuriskonsulti, yuriskonsulti  to‘g‘risida Namunaviy nizom”  tasdiqlangan. 
Mazkur   qarorda   respublika   vazirlik   va   idoralariga,   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi   Ministrlar   Soveti,   Toshkent   shahar   ijroiya   qo‘mitasiga   mazkur Namunaviy   nizom   asosida   o‘zlariga   qarashli   korxonalar,   muassasalar   va
tashkilotlar   faoliyatining  o‘ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olib,  ularning  yuridik
xizmatlari to‘g‘risida Nizomlarni tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Namunaviy   nizomning   1-bandida   yuridik   xizmatning   asosiy   vazifalari
sifatida   korxona,   muassasa,   tashkilot   faoliyatida   qonunchilikni   mustahkamlash,
ularning   faoliyatini   yaxshilashda   va   mulkni   saqlanishini   ta’minlashda   huquqiy
vositalar yordamida faol ishtirok etishi o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek,   unda   yuridik   xizmat   xodimi   lavozimiga   oliy   yuridik
ma’lumotga   ega   bo‘lgan   shaxslar   tayinlanishi,   alohida   hollarda   esa   bu   lavozimga
o‘rta   maxsus   yuridik   ma’lumotga   ega   bo‘lib,   kamida   5   yil   yurist   mutaxassisligi
bo‘yicha   ish   staji   bor   shaxslar   tayinlanishi   ham   mumkinligi   ko‘rsatilgan.   Ularni
lavozimlariga tayinlash va ozod qilish vazirlik va idoralarda hay’at yig‘ilishlarida
tegishli   taqdimnomalar   ko‘rib  chiqilgandan   so‘ng,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
Ministrlar   Soveti,   viloyatlar,   Toshkent   shahar   ijroiya   qo‘mitalari   qarorlari   bilan,
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining yuqori turuvchi tashkilotlar bilan
kelishilgan   holda   chiqaradigan   buyruqlari   bilan   amalga   oshirilishi   belgilangan.
Bundan   tashqari,   mazkur   Nizomda   yuridik   xizmat   xodimlarining   majburiyatlari
bilan bir qatorda ularning huquqlari ham aniq ko‘rsatilgan. Xususan, Nizomning 7-
bandiga muvofiq yuridik xizmat xodimi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish
uchun   zarur   bo‘lgan   hujjatlar   va   ma’lumotlarni   korxonaning   barcha   tarkibiy
tuzilmalaridan olish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. 
Bu   borada   qonun   hujjatlarini   tadrijiy   rivojlanishi   asosida   1967   yil   15
avgustda   O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Soveti   tomonidan   “O‘zbekiston   SSR
vazirliklar   va   idoralari   yuridik   xizmatlari   faoliyatini   yaxshilash   bo‘yicha   chora-
tadbirlar  to‘g‘risida”  434-sonli qaror  qabul qilingan. Ushbu qarorning ahamiyati
shundan   iboratki,   tegishli   vazirliklar   va   idoralarga   yuridik   xizmat   ishlarini
yaxshilash,   ularni   faoliyati   ustidan   nazorat   va   rahbarlikni   kuchaytirish   yuzasidan
amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Yuridik   xizmat   faoliyatining   muhim   yo‘nalishlari   sifatida   birinchidan,
korxona   va   tashkilotlar   eng   yaxshi   iqtisodiy   ko‘rsatkichlarga   erishishi   uchun huquqiy   vositalardan   foydalanishga,   davlat,   moliya,   mehnat   va   shartnoma
intizomini,   xo‘jalik   hisobini   hamda   qonunchilikni   mustahkamlash   bo‘yicha
tadbirlarni   amalga   oshirishga,   fuqarolarning   mehnat   va   boshqa   huquqlari
buzilishiga   yo‘l   qo‘ymaslikka;   ikkinchidan,   yuridik   xizmat   xodimlarini   xo‘jalik
shartnomalarini   tuzish,   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning   sifati,   butligi,   soni
va   assortimentini   yaxshilashga   qaratilgan   hukumat   qarorlarining   bajarilishini
ta’minlash,   debitorlik   qarzlarining   holati   va   ularni   tugatish   bo‘yicha   tadbirlar
ishlab   chiqish,   talabnoma   ishlarini   yaxshilash,   qaror,   yo‘riqnoma   va   buyruqlar
loyihalarini   tayyorlash   ishlariga   jalb   qilishga;   uchinchidan,   amaldagi   yuridik
xizmat   to‘g‘risida   Nizom   talablariga,   shu   jumladan   yuriskonsultlarni   tayinlash
tartibiga qat’iy amal qilishga yo‘naltirish lozimligi qayd qilingan.
E’tiborli  jihati  shundan  iboratki, yuridik xizmat  ishlarini  yanada yaxshilash
maqsadida mazkur qaror bilan O‘zbekiston SSR va Qoraqalpog‘iston ASSR davlat
arbitrajlari   va   viloyatlar   ijroiya   qo‘mitalari   huzurida   Yuridik   xizmat   xodimlari
Kengashlari tuzilishi belgilangan hamda uning Nizomi tasdiqlangan.
Yuridik   xizmat   xodimlar   Kengashi   to‘g‘risidagi   Nizom   7   banddan   iborat
bo‘lib,   unda   Kengash   yuriskonsultlar,   korxona   va   muassasalarga   xizmat
ko‘rsatuvchi   advokatlar,   hakamlik   sudlari   ishlarini   birlashtiruvchi   va
tashkillashtiruvchi   jamoat   tashkiloti   ekanligi,   Kengashning   asosiy   vazifasi   va
funksiyalari,   Kengash   ishiga   rahbarlik   qiluvchi   Rayosatni   saylash   va   ish   yuritish
tartibi hamda uning funksiyalari belgilangan. 
O‘zbekiston KP MK va  O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1971 yil 15
fevraldagi   “KPSS   MK   va   SSSR   Ministrlar   Sovetining   1970   yil   23   dekabrdagi
“Xalq   xo‘jaligida   huquqiy   ishlarni   yaxshilash   to‘g‘risida”gi   1025-sonli   qarori
haqida”gi 60-sonli qarori   qabul qilinib, unda yuridik xizmatning asosiy vazifalari
korxona,   muassasa,   tashkilot   faoliyatida   qonunchilikni   mustahkamlash,   ularning
iqtisodiy   ko‘rsatkichlarini   yaxshilashda   va   mulkni   saqlanishini   ta’minlashda
huquqiy   vositalardan   keng   foydalanish,   korxona,   muassasa,   tashkilotlar   va
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ekanligi e’tirof etilib,
vazirlik   va   idoralar,   mahalliy   ijroiya   hokimiyat   organlari,   korxonalarda   huquqiy ishlar   va   yuridik   xizmat   faoliyatini   yanada   jonlantirish,   ularga   rahbarlikni
kuchaytirish,   ularni   normativ   hujjatlar   va   yuridik   adabiyotlar   bilan   ta’minlash
hamda     yuridik   xizmatlarga   ega   bo‘lmagan   vazirlik   va   idoralarga   yuriskonsult
lavozimlarini   kiritish   nazarda   tutilgan.   Shuningdek,   Adliya   vazirligiga   xalq
xo‘jaligidagi   huquqiy   ishlarga   uslubiy   rahbarlikni   amalga   oshirish   vazifasi
yuklatilgan va uning bu boradagi huquqlari ham belgilangan. Shu munosabat bilan
yuridik   xizmat   xodimlarining   Kengashlari   O‘zbekiston   SSR   va   Qoraqalpog‘iston
ASSR   Adliya   vazirliklari   va   viloyatlar   adliya   boshqarmalari   huzurida   tashkil
qilinishi   maqsadga   muvofiq   deb   topilgan.   Bundan   tashqari,     yuridik   xizmat
xodimlarini   tayyorlash   va   malakasini   oshirish,   huquqiy   targ‘ibot   masalalariga
alohida e’tibor berilgan.
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   1972   yil   3   maydagi   “Xalq
xo‘jaligida   huquqiy   ishlarning   ahvoli   va   uni   yanada   yaxshilash   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   187-sonli   qarorida     korxona   va   tashkilotlar   rahbarlarining   e’tibori,
qonunlarga qat’iy amal qilish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etishiga va xo‘jalik
faoliyatida   huquqiy   vositalardan   foydalanish   ularning   og‘ishmaydigan   burchi
ekanligiga,   bu   ishlarda   yuridik   xizmat   ularning   birinchi   yordamchilari   bo‘lishi
lozimligiga qaratildi.
Vazirlik   va   idoralarga,   mahalliy   ijroiya   qo‘mitalarga   ularga   bo‘ysunuvchi
korxona   va   tashkilotlar   shtatlariga   yuriskonsult   lavozimlarini   kiritish,   bunday
imkoniyat   mavjud   bo‘lmagan   hollarda   advokatlar   yuridik   maslahatxonalari   bilan
shartnomalar tuzish, markaziy devonlarning yuridik xizmatlariga esa quyi korxona
va   tashkilotlar   yuridik   xizmatlari   faoliyati   ustidan   nazorat   qilish   va   ularga   zarur
yordam berish vazifalari yuklatilgan. 
Adliya   vazirligiga   yuridik   xizmatga   uslubiy   rahbarlikni   kuchaytirish,
huquqiy   vositalardan   samarali   foydalanish   bo‘yicha   tavsiyanomalar   yuborish,
qishloq   xo‘jaligida   huquqiy   ishlarni   yaxshilash,   joylardagi   yuriskonsultlarning
jamoat   kengashlari   ishlarini   jonlantirish,   yuridik   xizmatlarning   ilg‘or   tajribalarini
o‘rganish   va   targ‘ib   qilish,   xo‘jalik   va   mehnat   qonunchiligini   targ‘ib   qilishni
kuchaytirish topshirilgan. Yuridik   xizmat   to‘g‘risidagi   qonunchilikni   rivojlanishida   SSSR   Ministrlar
Sovetining   1972   yil   22   iyundagi   467-sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   “Vazirliklar,
idoralar,   mehnatkashlar   deputatlari   Soveti   ijroiya   qo‘mitalari,   korxonalar,
tashkilotlar,   muassasalar   yuridik   bo‘limi   (byurosi),   bosh   (katta)   yuriskonsulti,
yuriskonsulti haqidagi Umumiy nizom”ning  alohida ahamiyatga egadir. 
Ushbu Nizom birinchi marta umumittifoq darajasida yuridik xizmatni tashkil
qilishning asosiy tamoyillarini, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini,
yuridik  xizmat  xodimlarini   qonunchilik  ahvoli   uchun  javobgarligini  aniq  belgilab
bergan.   Eng   muhimi,   unda   yuridik   xizmat   faoliyatining   tashkiliy   asoslari,   uning
bevosita korxona rahbariga bo‘ysunishi, ushbu mansabga tayinlash va undan ozod
etish   yuqori   turuvchi   organ   tomonidan   amalga   oshirilishining   ifodasini
topganligidadir.   Bu   esa   o‘z   navbatida,   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimida   yuristlar
uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etib,   ularning   nisbatan   mustaqilligini   anglatar   edi   .
Shu   o‘rinda   aytib   o‘tish   joizki,   huquqiy   adabiyotlarda   ham   bayon   etilganidek,
yangi normativ hujjatlar, eng avvalo, yuridik bo‘lim to‘g‘risidagi  Umumiy nizom
ushbu   yo‘nalishda   yuridik   xizmatning   vakolatlarini   sezilarli   darajada   kengaytirdi.
Ushbu   o‘rinda   so‘z   qonuniylikni   ta’minlash   vositalari   haqida   ketayotgan   bo‘lib,
unga binoan yuridik bo‘lim va yuriskonsultning tegishli ishlari huquqiy tusga ega.
Albatta,   yuridik   xizmat   tomonidan   normativ   hujjatlarda   nazarda   tutilmagan,
amaliyot   natijasida   vujudga   kelgan   boshqa   vositalarni   qo‘llash,   agar   ular
qonunchilikka zid bo‘lmasa, istisno etilmaydi .
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1972 yil 10 iyulda mazkur nomdagi 285-
sonli  qarorini    qabul  qilib, unda respublika vazirlik va idoralariga tegishli  tarmoq
ishlarining   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   yuridik   xizmat   to‘g‘risida   Nizom
ishlab   chiqish   va   tasdiqlash,     Adliya   vazirligiga   esa   ijroiya   qo‘mitalar   yuridik
xizmati   haqida   Nizom   loyihasini   tayyorlab,   hukumatga   tasdiqlash   uchun   taqdim
qilish vazifasini yuklatilgan.
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   1973   yil   6   iyuldagi   “Sirdaryo
viloyati mehnatkashlar  deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitalarida huquqiy ishlarning
ahvoli   to‘g‘risida”gi   283-sonli   qarorida     mahalliy   ijroiya   organlar   faoliyatida yuridik xizmatning rolini oshirishga alohida e’tibor berilgan. Shu maqsadda ijroiya
qo‘mitalarga   –   Sovetlarning   sessiyalari   va   ijroiya   qo‘mitalar   majlislarida
qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqiy ishlar ahvoli masalalarini
ko‘rish;   amaldagi   qonunchilikka   zid   chiqarilgan   qarorlar   va   farmoyishlarni   qayta
ko‘rib   chiqish;   xodimlarni   doimiy   yuridik   o‘quvini   tashkil   qilish;   yuriskonsult
lavozimini   shtatlar   jadvaliga   kiritish   yoki   advokatlar   hay’atlari   bilan   yuridik
xizmat   ko‘rsatish   haqida   shartnomalar   tuzish   vazifalari   yuklatilgan.   Shuningdek,
qarorda ijroiya qo‘mitalarning umumiy bo‘limi va uy-joy boshqarmalari mudirlari
lavozimlarini,   imkoniyati   boricha   yuristlar   bilan   to‘ldirish,   ushbu   lavozimlarda
ishlab   turganlarga   esa   yuridik   ma’lumot   olishga   ko‘maklashish   tavsiya   qilingan,
Toshkent   shahar,   Toshkent   va   Samarqand   viloyatlari   ijroiya   qo‘mitalari   tarkibida
yuridik bo‘limlar tuzish maqsadga muvofiq deb topilgan. 
Adliya   vazirligiga   mahalliy   ijroiya   qo‘mitalarda   amalga   oshirilayotgan
huquqiy ishlarga uslubiy rahbarlikni kuchaytirish, yuridik xizmatni tashkil qilishga
ko‘maklashish   va   ularning   ish   samaradorligini   doimiy   ravishda   o‘rganish
topshirilib,  vazirlikning xalq  xo‘jaligida  yuridik  xizmatga uslubiy  rahbarlik qilish
bo‘limini   xalq   xo‘jaligida   huquqiy   ishlar   va   advokatura   boshqarmasiga
aylantirishga ruxsat berilgan.    
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Soveti   1973   yil   13   sentyabrda     “Respublika
vazirliklari   va   idoralarida   huquqiy   ishlarni   kuchaytirish   to‘g‘risida”   401-sonli
qaroriga     ko‘ra   vazirlik   va   idoralarga–markaziy   devonda   va   quyi   korxonalar
yuridik   xizmatini   yuridik   bo‘lim   va   byurolar   tashkil   qilish   yo‘li   bilan
mustahkamlash;   yuridik   xizmat   xodimlaridan   boshqa   maqsadlarda   foydalanishga
yo‘l   qo‘ymaslik;   xo‘jalik   munosabatlarini   tartibga   soluvchi   huquq   normalaridan
keng   va   to‘g‘ri   foydalanishda,   shartnomalarni   tuzish   va   ijrosini   ta’minlashda
yuridik   xizmat   xodimlarini   ta’sirini   kuchaytirish   va   mas’uliyatini   oshirish;   ularni
boshqa   tarkibiy   bo‘linmalar   (nazorat-taftish,   ta’minot,   xodimlar   bo‘limlari   va
buxgalteriya)   bilan   o‘zaro   hamkorligini     ta’minlash;   markaziy   devon   yuridik
xizmati xodimlaridan tarmoqdagi huquqiy ishlar holati, korxonalar yuridik xizmati
ishlari   ustidan   nazorat   qilish   va   ularga   yordam   berishda   talabchanlikni   oshirish, ularning   bu   boradagi   olib   borayotgan   ishlari   bo‘yicha   hisobotni   hay’at
yig‘ilishlarida   muhokama   qilish;   barcha   yuridik   xizmat   xodimlarini   qayta
tayyorlash va malakasini oshirish vazifalari yuklatilgan. 
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   1974   yil   2   apreldagi   “Respublika
qishloq   xo‘jaligida   huquqiy   ishlarning   ahvoli   to‘g‘risida”gi   142-sonli   qarori
qishloq   xo‘jaligi   sohasida   huquqiy   ishlarni   va   yuridik   xizmat   rolini   oshirish
borasida   muhim   ahamiyatga   egadir.   Xalq   xo‘jaligining   muhim   tarmog‘i   bo‘lgan
qishloq   xo‘jaligida   huquqiy   ishlarning   ahvolini   yaxshilashga   qaratilgan   bir   qator
chora – tadbirlar belgilangan. Xususan,  jamoa, davlat va boshqa qishloq xo‘jaligi
korxonalariga   huquqiy   xizmat   ko‘rsatish   bo‘yicha   tumanlarda   xo‘jaliklararo
yuridik   guruhlar   tuzish,   ularning   ish   haqini   tuman   ijroiya   qo‘mitalari
mutaxassislari   va   katta   mutaxassislari   maoshlari   darajasida   belgilash;   huquqiy
ishlarni   namunali   tarzda   yo‘lga   qo‘yishga   erishgan   eng   yaxshi   yuridik   xizmat
tajribasini uslubiy xatlar, mahalliy matbuotda tegishli axborotlar berish yo‘li bilan
keng yoyish; qishloq xo‘jalik korxonalariga xizmat ko‘rsatishda yaxshi natijalarga
erishgan   yuriskonsultlarni   har   tomonlama   rag‘batlantirish;   yuridik   xizmat
xodimlarini   malakasini   oshirish;   vazirliklar   va   barcha   qishloq   xo‘jalik
boshqarmalari   tarkibida   arbitraj   bilan   yuridik   xizmatlar   tashkil   etish   masalalariga
alohida e’tibor berilgan.  
O‘zbekiston KP MK va  O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1975 yil 30
iyulda   qabul   qilgan   “KPSS   MK   va   SSSR   Ministrlar   Sovetining   1975   yil   25
iyundagi   “Xo‘jalik   qonunchiligini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlar   to‘g‘risida”gi   558-sonli   qarori”   425-sonli   qarorida     yuridik   xizmat
xodimlari uchun axborot materiallari to‘plamini nashr etish bilan bog‘liq masalaga
tegishli vazirlik va idoralarning e’tibori qaratilgan.   
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   1976   yil   8   dekabrdagi   “Respublika
xalq   xo‘jaligida   xo‘jalik   va   mehnat   qonunchiligiga   rioya   qilishni   ta’minlashda
yuridik   xizmatlar   rolini   oshirish   to‘g‘risida”gi   677-sonli   qarorida     vazirlik   va
idoralarning   xo‘jalik   va   mehnat   qonunchiligiga   qat’iy   amal   qilishi,   bu   ishga
yuridik   xizmat   xodimlarni   faol   jalb   qilish,   korxonalar   rahbarlarining   shaxsiy javobgarligini   oshirish,   moliya-xo‘jalik   faoliyatini   taftish   dalolatnomalarida
shartnoma,   talabnoma-da’vo   ishlari,   shuningdek   mehnat   qonunchiligiga   rioya
qilish ahvolini  aks  ettirish;  yuridik xizmat  mavjud bo‘lmagan  vazirlik va  idoralar
hamda   korxonalarda   yuriskonsult   lavozimlarini   shtatga   kiritish;   Adliya
vazirligining   huquqiy   ishlar   bilan   tanishish   natijalari   bo‘yicha   tavsiyalarini   o‘z
vaqtida ko‘rib chiqish masalalari o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birgalikda, Adliya
vazirligi,   Davlat   arbitraji,   respublika   prokuraturasi,   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim
vazirligi,   Fanlar   Akademiyasi,   mahalliy   ijroiya   qo‘mitalarga   o‘z   vakolatlari
doirasida   xo‘jalik   va   mehnat   qonunchiligiga   rioya   qilinishi   ustidan   nazoratni
kuchaytirish,  uni targ‘ib qilish va ushbu masalada yuridik xizmat xodimlari uchun
uslubiy qo‘llanma tayyorlash yuklatilgan.
  O‘zbekiston   SSR     Ministrlar     Soveti   tomonidan   1977   yil   11   avgustdagi
“O‘zbekiston   SSR   mehnatkashlar   deputatlari   mahalliy   Sovetlari   ijroiya
qo‘mitalariga   huquqiy   xizmat   ko‘rsatishni   yaxshilash   to‘g‘risida”gi     526-sonli
qarorida  mahalliy ijroiya qo‘mitalariga yuriskonsult lavozimlarini shtatga kiritish,
jamoatchilik   asosida   yuridik   maslahatxonalar   tashkil   etish   vazifalari   yuklatilgan.
1978   yil     21   dekabrda   qabul   qilingan   “O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Soveti
to‘g‘risida”gi     Qonunning     13-moddasiga   muvofiq   Ministrlar   Soveti   davlat
boshqaruvi   organlari,   korxonalar,   birlashmalar   va   boshqa   tashkilot   va
muassasalarda huquqiy ishlarni tashkil qilishni ta’minlashi  belgilangan. 
O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1979 yil 29 avgustda “O‘zbekiston SSR
Ministrlar Sovetining 1974 yil 2 apreldagi “Respublika qishloq xo‘jaligida huquqiy
ishlarning ahvoli   to‘g‘risida”gi   142-sonli   qarori   ijrosini   KPSS MK  iyul  (1978  y.)
Plenumi   talablari   asosida   borishi   haqida”   609-sonli   qaroriga       ko‘ra,     davlat   va
jamoa   xo‘jaliklarida   katta   yuriskonsult   lavozimlarini   kiritish,   qishloq   xo‘jalik
boshqarmalarida ilgari tugatilgan yuridik xizmatlarni tiklash; viloyat va tumanlarda
xo‘jaliklararo   yuridik   guruhlar   tashkil   etish   va   ular   tomonidan   ko‘rsatiladigan
huquqiy   xizmat   samaradorligini   oshirish   uchun   ularning   xodimlarini   transport   va
zarur   yuridik   adabiyotlar   bilan   ta’minlash;   yuridik   xizmat   xodimlari   malakasini
oshirishga   alohida   e’tibor   berish;   xo‘jasizlik,   o‘g‘rilik,   kamomad,   mulkni   talon- toroj   qilishga   qarshi   kurashda,   mehnat   intizomiga   rioya   qilishda,   bunga   aybdor
bo‘lgan   shaxslarni   javobgarlikka   tortish,   yetkazilgan   zararni   undirishda   huquqiy
vositalardan   keng   foydalanish;   xo‘jalik   shartnomalarining   rolini   oshirish   va   uni
tuzishda yuridik xizmatning rolini kuchaytirish; qishloq xo‘jaligi sohasi rahbarlari
va   mutaxassislarini   xo‘jalik,   yer,   mehnat   qonunchiligi   asoslarini   doimiy   tarzda
o‘qitishni tashkil qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
“O‘zbekiston   SSR   xalq   deputatlari   viloyat   Soveti   to‘g‘risida”     1980   yil   12
noyabrdagi   Qonunning   32-moddasida   xalq   deputatlari   viloyat   Soveti   huquqiy
ishlarni   takomillashtirish   chora-tadbirlarini   ko‘rishi,   viloyatga   bo‘ysunuvchi
korxonalar,  tashkilotlar va muassasalarda bu ishlarga rahbarlikni amalga oshirishi,
qonunchilikni tushuntirishni tashkil qilishi va aholiga yuridik yordam ko‘rsatishiga
oid normalar belgilangan.
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   1983   yil   10   fevraldagi   79-sonli
qarori   bilan   “O‘zbekiston   SSR   xalq   deputatlari   viloyat   Soveti   ijroiya   qo‘mitasi
yuridik   bo‘limi   (byurosi)     to‘g‘risida   Nizom”     tasdiqlangan.   Nizom   11   banddan
iborat   bo‘lib,   unda   yuridik   bo‘limni   tashkil   qilish,   uning   asosiy   vazifalari,
funksiyalari,   huquqlari   va   mas’uliyati   belgilangan.   Shuningdek,   Nizomda   yuridik
bo‘lim   viloyat   Soveti   tomonidan   huquqiy   ishlarni   olib   borish   uchun   mustaqil
tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil qilinishi nazarda tutilgan.
Yuridik   xizmatning   asosiy   vazifalari   qilib   viloyat   Soveti   ijroiya   qo‘mitasi
faoliyatida     qonunchilikni   mustahkamlash;   xo‘jalik   hisobini   mustahkamlash,
xo‘jasizlikka   qarshi   kurashish,   korxona,   muassasa,   tashkilotlar   iqtisodiy   ishlarini
yaxshilashda     huquqiy   vositalardan   keng   foydalanish;   huquqiy   vositalar   bilan
mulkni saqlashni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ko‘tarishni, mahsulot
yetkazib   berish   bo‘yicha   majburiyatlar   va   topshiriqlarni,   kapital   qurilish   haqidagi
shartnomalar   va   boshqa   shartnomalarning   bajarilishini   ta’minlash;   korxona,
muassasa,   tashkilotlarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish
kabilar   belgilangan.   Mazkur   Nizomning   7-moddasida   yuridik   bo‘lim   mudiri
viloyat   Sovetining   sessiyasida   lavozimiga   tasdiqlanishi,   sessiyalar   oralig‘ida   esa yuridik   bo‘lim   mudiri   vazifasini   bajaruvchi   tayinlanib,   navbatdagi   sessiyaga
tasdiqlash   uchun   taqdim   qilinishi,   8-moddasida   esa   yuridik   bo‘lim   mudirining
huquqlari va javobgarligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston   SSR   Ministrlar   Sovetining   “Respublika   vazirliklari   va
idoralarida   huquqiy   ishlar   ahvoli   va   KPSS   XXIV   c’ezdi   talablari   asosida   ularni
yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida”   1984   yil   22   oktyabrdagi   552-sonli   qaroriga
muvofiq   vazirliklar,   idoralar   va   mahalliy   ijroiya   qo‘mitalarga   bir   qator   vazifalar,
jumladan,   korxona,   muassasa   va   tashkilotlar   shtat   jadvaliga   yuriskonsult
lavozimini   kiritish,   yuridik   xizmat   uchun   yetarli   sharoitlar   yaratish;   yuridik
xizmatning  ma’muriy   idoralar   bilan  davlat,   reja,  shartnoma   va   mehnat   intizomini
buzish hollarini oldini olish, mulkni saqlash, yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha
o‘zaro   hamkorlik   qilish   amaliyotini   yaxshilash;   moliya-xo‘jalik   operatsiyalari,
shuningdek   ishchi-   xizmatchilarni   ishga   qabul   qilish,   boshqa   ishga   o‘tkazish,
o‘rindoshlik   asosida   ishlashga   ruxsat   berish   va   ishdan   bo‘shatish   to‘g‘risidagi
buyruqlar   qonuniyligi   ustidan   nazoratni   kuchaytirish;   qabul   qilinayotgan
qarorlarda   qonunchilikni   buzishga   yo‘l   qo‘ymaslik;   xo‘jalik   faoliyatini
yaxshilashda   ishtirok   etgan   eng   yaxshi   yuridik   xizmat   xodimlarini   ma’naviy   va
moddiy   rag‘batlantirish   amaliyotini   kengaytirish;   rahbarlar   va   mutaxassislarga
xo‘jalik,   mehnat   va   fuqarolik   huquqi     asoslarini   doimiy   o‘qitishni,   shuningdek
yuriskonsultlarning   malakasini   oshirishni   ta’minlash   hamda   yuridik   xizmatning
ilg‘or ish tajribasini keng yoyish yuklatilgan.  
Ushbu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, 1985-1990 yillarda respublikamizda
yuridik   xizmat   va   huquqiy   ishlar   to‘g‘risida   maxsus   normativ   hujjatlar   qabul
qilinmagan   va   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalar   ilgari   qabul   qilingan
normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat ko‘rsatganlar.
3-§. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida
        yuridik xizmat to‘g‘risida qabul qilingan normativ-      
        huquqiy hujjatlar Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   fuqarolarning
munosib   hayot   kechirishlarini   ta’minlash   va   insonparvar   demokratik   huquqiy
davlatni barpo etish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Buning   uchun   mamlakatimizda   bosqichma-bosqich   bozor   iqtisodiyotiga
o‘tish,   davlat   mulkini   xususiylashtirish,   tadbirkorlik   faoliyatiga   har   tomonlama
ko‘maklashish,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarni   himoya   qilish,   konstitutsiya
va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash zarur.
Mazkur   vazifalarni   hayotga   tatbiq   etishda   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmati muhim rol o‘ynaydi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik
xizmat   xodimlarining   huquq   va   burchlarini   tartibga   solish,   qonuniylikni
ta’minlashda   ularning   roli   va  mas’uliyatini   oshirish   zaruriyatidan   kelib  chiqib   bir
qator qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992   yil   8   yanvardagi
“O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligining   faoliyatini   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi  Farmoni    yuridik xizmat to‘g‘risidagi  qonunchilikni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga egadir. Chunki, unda birinchi marta Adliya vazirligiga yuridik
xizmat   xodimlarini   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   attestatsiyadan   o‘tkazishni
tashkil qilish vazifalari yuklatildi.
O‘zbekiston  Respublikasi   Vazirlar  Mahkamasining  1992  yil  12  noyabrdagi
“O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligining   faoliyatini   takomillashtirish
masalalari   to‘g‘risida”gi   523-sonli   Qarori   bilan   Adliya   vazirligi   haqidagi   Nizom
tasdiqlandi.   Nizomda   respublika   vazirliklari,   davlat   qo‘mitalari,   idoralarining
yuridik xizmatlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ushbu idoralarning ularga qarashli
respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini
huquqiy   ta’minlash   Adliya   vazirligining   asosiy   vazifalaridan   biri   sifatida
belgilandi.   Shu   munosabat   bilan   bu   sohada   Adliya   vazirligining   huquq   va
vakolatlari   kengaytirildi.   Masalan,   unga   boshqaruv   idoralari   va   korxonalarning
yuridik   xizmatlari   huquqiy   ishi   va   faoliyati   ahvolini   tekshirish   huquqi   berildi. Unda   Adliya   vazirligining   yuridik   xizmat   faoliyatini   va   huquqiy   ishlarni
yaxshilash   borasidagi   yo‘riqnoma   va   ko‘rsatmalari   majburiy   xususiyatga   ega
ekanligi belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiyotdagi   chuqur   o‘zgarishlar,   boshqaruv   tizimini   isloh   qilish   yuridik
xizmat   faoliyatini   takomillashtirish,   korxonalar   yuridik   xizmati   xodimlarining
huquq   va   majburiyatlarini   tartibga   solish,   qonunchilikni   ta’minlash   borasida
ularning   roli   va   mas’uliyatini   oshirish   zaruriyatidan   kelib   chiqib,   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   1993   yil   2   martdagi   118-son   qarori   bilan
“O‘zbekiston   Respublikasining   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalaridagi
yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqladi.
Ushbu   Nizom   –   mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   yuridik   xizmat
huquqiy   maqomini   tartibga   soluvchi   birinchi   normativ-huquqiy   hujjati   bo‘lib,   12
bandni qamrab olgan quyidagi 3 bo‘limdan iborat:
1)   yuridik xizmat xodimlari lavozimini  egallash tartibi; 
2)   boshqaruv organlari va korxonalar yuridik xizmatining vazifalari; 
3)   yuridik xizmatning huquqi va mas’uliyati.
Mazkur   Nizom     nafaqat   davlat   boshqaruv   organlari   va   korxonalari   yuridik
xizmatining, balki xo‘jalik boshqaruv organlari va barcha mulkchilik shakllaridagi
korxonalar yuridik xizmatining huquqlari, burchlari va mas’uliyatini belgilaydi.
1997 yil 30 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi  qonunlarini
tayyorlash to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida qonun loyihalarini tayyorlashga
xalq   xo‘jaligi   tegishli   tarmoqlarining   yuridik   xizmatlari   jalb   qilinishi   ko‘rsatib
o‘tildi.   Bu   bilan   yuridik   xizmatning   qonun   ijodkorligidagi   ishtiroki   qonun
darajasida mustahkamlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil                   24
apreldagi   “O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Xo‘jalik   yurituvchi
sub’ektlarning   iqtisodiy   nochorligi   va   shartnoma   majburiyatlarining   bajarilishi
uchun mansabdor  shaxslarning  javobgarligini  kuchaytirish  to‘g‘risida”  1998 yil  4
martdagi   PF-1938-son   Farmonining   bajarilishini   ta’minlash   chora-tadbirlari
haqida”gi   177-son   Qarorida   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi,   Oliy xo‘jalik   sudi   va   Iqtisodiy   nochor   korxonalar   ishlari   qo‘mitasi   bilan   birgalikda
xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   rahbarlarining   shartnoma   intizomiga   rioya   qilishi
uchun   shaxsiy   javobgarligini   kuchaytirish   yuzasidan   joylarda   amaliy   ishlar   olib
borilishini   ta’minlash,   bunda   yuridik   xizmatlar   o‘rnini   mustahkamlashni,   barcha
qonun   hujjatlarining   amal   qilishini   va   xo‘jalik   sudlari   qarorlarining   so‘zsiz   ijro
etilishini nazarda tutishlari lozimligi ta’kidlandi. Mahalliy hokimiyat organlarining
ishini   huquqiy   ta’minlash   maqsadida   tuman   va   shahar   hokimlari   apparati
tuzilmasida   shtatda   belgilangan   xodimlar   soni   doirasida   yurist   lavozimi   nazarda
tutilishi   va   yuridik   xizmat   xodimlari   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Adliya
vazirligi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   hokimliklarining   adliya   boshqarmalari
bilan kelishilgan holda tegishli hokimlar tomonidan tayinlanishi belgilandi.
Yuridik   xizmatning   shartnomaviy   munosabatlarning   huquqiy   jihatdan
ta’minlanishini   tashkil   etish   sohasidagi   vazifalari   va   huquqlari   O‘zbekiston
Respublikasining   1998   yil   29   avgustdagi   “Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar
faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to‘g‘risida”gi  Qonunida  aniq    belgilab
qo‘yildi.
Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   moliyaviy-xo‘jalik   faoliyatiga   davlat
organlari   tomonidan   asossiz   aralashuvlarning   oldini   olish   maqsadida   bir   qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularda ayniqsa nodavlat notijorat
tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998   yil   27
noyabrdagi   496-son   Qarori   bilan   tasdiqlangan   “Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni o‘tkazish Tartibi”da kichik
va   o‘rta   biznes   korxonalarining,   Tovar   ishlab   chiqaruvchilar   va   tadbirkorlar
palatasi   a’zolarining   ishlab   chiqarish   va   moliya   faoliyatlarini   barcha   tekshirishlar
Palata   va   uning   hududiy   tuzilmalari   yuridik   xizmatlarining   majburiy   ishtirokida
amalga oshirilishi qayd qilingan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   2000   yil   14   dekabrda
qabul   qilingan   “Normativ-huquqiy   hujjatlar   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston
Respublikasi   qonunida   normativ-huquqiy   hujjatlarning   loyihalari   huquqiy ekspertizadan   o‘tkazilishi   shartligi,   huquqiy   ekspertiza   normativ-huquqiy   hujjat
loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ- huquqiy hujjatni qabul  qiladigan
organning yuridik xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2003   yil   27   avgustdagi
“O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   370-sonli   Qarori   bilan   yuridik   xizmat   xodimlarini
tayyorlash,   malakasini   oshirish,   ularni   attestatsiyadan   o‘tkazish   hamda   yuridik
xizmatga   idoralararo   rahbarlikni   amalga   oshiruvchi   davlat   boshqaruvi   organi
bo‘lmish Adliya vazirligining yangi tahrirdagi Nizoming tasdiqlandi. Vazirlikning
yangi   tahrirdagi   Nizomini   qabul   qilinishi   bevosita   uning   respublikada   huquqiy
ishlarni   yo‘lga   qo‘yish   va   huquqiy   yordam   ko‘rsatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
vakolatlarining   kengaytirilib   borilishi   bilan   bog‘liq.   Mazkur   Nizom   bilan   Adliya
vazirligining yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan  funksiya
va vazifalari batafsil belgilab qo‘yildi.
Ijro   etuvchi   hokimiyat   bo‘lmish   Vazirlar   Mahkamasining   yuridik   xizmati
“O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   Apparatining   Yuridik   bo‘limi
to‘g‘risida”gi   Nizom   asosida   tartibga   solinadi.   Mazkur   Nizom   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2004   yil   2   dekabrdagi   “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional bo‘limlari to‘g‘risidagi
nizomlarni   tasdiqlash   haqida”gi   564-son     Qarori   bilan   tasdiqlangan.   Mazkur
Nizomga   muvofiq,   yuridik   bo‘lim   o‘z   faoliyatini   O‘zbekiston   Respublikasining
Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadi. Nizomda yuridik bo‘limning huquqiy
maqomi va vakolatlari aniq va ravshan o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   yuridik
xizmatining faoliyati Qonunchilik palatasi Spikerining 2005 yil 7 apreldagi 73-son
farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining   Devoni   to‘g‘risida”gi   Nizom     asosida   tartibga   solinadi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senati   yuridik   xizmatining   faoliyati   esa   O‘zbekiston Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   2005   yil   18   apreldagi   qarori   bilan
tasdiqlangan   “O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   Devoni
to‘g‘risida”gi   Nizom   asosida   tartibga   solinadi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
Majlisi   palatalari   yuridik   xizmati   faoliyatini   ularning   Devonlari   to‘g‘risidagi
nizomlar   asosida   tartibga   solinishining   sababi   yuridik   xizmat   mazkur   Devonlar
tarkibiga   kirishidadir.   Oliy   Majlis   palatalari   faoliyatini   tashkiliy-huquqiy   jihatdan
ta’minlash   mazkur   Devonlar   tomonidan   amalga   oshiriladi.   “O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasining   Devoni   to‘g‘risida”gi   hamda
“O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Senatining   Devoni   to‘g‘risida”gi
Nizomlarda   Oliy   Majlis   palatalari   yuridik   xizmatining   vazifalari   sanab   o‘tilgan
bo‘lib, uning huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilmagan.
Yuqorida   yuridik   xizmat   faoliyatini   tartibga   soluvchi   asosiy   normativ-
huquqiy   hujjatlar   sanab   o‘tildi.   Bundan   yuridik   xizmat   faoliyatiga   oid   boshqa
normativ-huquqiy   hujjatlar   mavjud   emas   ekan   degan   fikrga   bormaslik   lozim.
Yuridik xizmatga oid bir qancha boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham mavjud.
Biroq   mazkur   normativ-huquqiy   hujjatlarda   asosan   yuridik   xizmatning   tuzilishi,
shtat   birliklari   soni   hamda   yuridik   xizmatning   bevosita   qaysi   mansabdor   shaxsga
(tuzilmaga)   bo‘ysunishi   belgilab   berilgan.   Masalan,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2005   yil   2   maydagi   “O‘zbekiston   Respublikasi   Monopoliyadan
chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini
tashkil   qilish   to‘g‘risida”gi   PQ-66-sonli   qarorida     davlat   qo‘mitasining   markaziy
apparati   tuzilmasida   yuridik   xizmat     yuridik   boshqarma   tomonidan   amalga
oshirilishi,   yuridik   boshqarmada   yuriskonsultlar   uchun   to‘rtta   shtat   birligi
ajratilganligi   hamda   mazkur   boshqarma   bevosita   qo‘mita   raisiga   bo‘ysunishi
belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2005   yil   21   iyuldagi   “Mannon
Uyg‘ur   nomidagi   Toshkent   davlat   san’at   instituti   faoliyatini   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi   PQ-128-son   Qarori,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2004   yil   5   yanvardagi   “Davlat   boshqaruvi   hududiy   organlari
tuzilmasini   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi Prezidentining   2005   yil   10   avgustdagi   “Toshkent   shahar   hokimligi   boshqaruv
apparati   tuzilmasini   tasdiqlash   to‘g‘risida”gi   Qarorlari   ham   mazkur   toifadagi
normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kiradi. 
Xulosa   qilib   aytganda,   respublikamizda   amalda   bo‘lgan   yuridik   xizmat,
huquqiy   ishlar   va   unga   uslubiy   rahbarlik   qilish   to‘g‘risidagi   qonunchilikni
rivojlantirishga   davlatimizning   qonun   chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   hokimiyatlari
tomonidan katta e’tibor berilmoqda.

Mavzu : O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi Reja 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik xizmat faoliyatining asosiy manbai sifatida 2. Yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990 yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar 3. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yuridik xizmat to‘g‘risida qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlar

Mamlakatimizda yuridik fanlarning asosiy manbai bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik xizmat faoliyatining ham bosh manbai bo‘lib hisoblanadi. Bir qarashdan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuridik xizmat faoliyatiga oid normalar mavjud emasdek tuyuladi. Biroq Konstitutsiyaning ayrim moddalarining mazmuni sinchkovlik bilan tahlil etiladigan bo‘lsa unda yuridik xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normalarni uchratish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat fanining predmetlaridan birini yuridik xizmat tizimi tashkil etadi. Yuridik xizmatni tizimga ajratish esa Konstitutsiya normalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Misol uchun davlat hokimiyati oliy organlarining, davlat boshqaruvi organlarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy huquqiy maqomlari bevosita Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan. Aynan mazkur organlarga yuklatilgan vazifalardan hamda vakolatlardan kelib chiqqan holda ularning yuridik xizmati tomonidan bajariladigan ishlar belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari yuridik xizmatining asosiy vazifasi ular tomonidan chiqarilayotgan qonunlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida esa iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash Vazirlar Mahkamasining vazifasi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatining faoliyati bevosita mazkur vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 bobi “ J amiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlanadi. Mazkur bobning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlashi o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 54- moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qoidalar bevosita xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga taalluqlidir. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati esa yuridik xizmat tizimining tarkibiga kiradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyati asosan shartnomalarga asoslanganligi tufayli ularning yuridik xizmati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri shartnoma hamda talabnoma-da’vo ishlarini huquqiy jihatdan ta’minlashdan iborat. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yuridik xizmat faqatgina ularning yuridik bo‘limlari tomonidan emas, balki ayrim davlat organlari, advokatura hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ham ko‘rsatiladi. Aynan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatadigan davlat organlaridan biri bo‘lmish prokuraturaning ham huquqiy maqomi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-121- moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar muayyan sabablarga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilot bo‘lmish advokaturaning yuridik yordamdan foydalanishni afzal ko‘radilar. Shuning uchun Konstitutsiyaning 116-moddasida fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Demak, yuqorida aytib o‘tilganlardan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi asosiy manba ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Yuridik xizmatga oid boshqa normativ-

huquqiy hujjatlar mazkur Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilingan. O‘zbekistonda shakllangan yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni quyidagi ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: 1) yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990 yillarda qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlar; 2) O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yuridik xizmat to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar. 2-. Yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990 yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik, eng avvalo, RSFSR Adliya xalq komissarligining 1920 yil 26 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Adliya xalq komissarligi bo‘limlari to‘g‘risida”gi Nizom negizida yuzaga kelgan. U RSFSR Adliya xalq komissarligining umummaslahat bo‘limi RSFSRning barcha markaziy muassasalari yuridik bo‘limlari va ularning yuriskonsultlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishini va ularning amaliyotida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha majburiy xulosalar berishini ko‘zda tutgan. Sovet Ittifoqining dastlabki yillarida qabul qilingan yuridik xizmat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarda yuriskonsultlarning vazifasi huquqiy maslahatlar berish hamda sud, ma’muriy va jamoat muassasalarida ish yuritish bilan cheklangan. O‘zbekistonda dastlab yuridik xizmat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar hukumat tomonidan qabul qilingan. Masalan, O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1928 yil 9 iyundagi “Davlat muassasalari, korxonalari va kooperativ tashkilotlar yuriskonsultlari to‘g‘risida”gi 38-sonli qarorida yuriskonsult lavozimini egallash tartibi, ularning asosiy vazifalari, javobgarligi, faoliyati ustidan nazorat qilish hamda amaliy

ishlarini birlashtirish maqsadida mahalliy prokurorlar huzurida tashkil qilinadigan kengashlar to‘g‘risidagi normalar belgilangan. Qarorning 2-bandida yuriskonsult lavozimiga O‘zSSR Konstitutsiyasiga muvofiq sovetlarga saylanish huquqiga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar: a) maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lganlar; b) davlat yoki ishchi-dehqon, jamoat, kasaba uyushmasi, partiya yoxud kooperativ tashkilotlarda mas’ul siyosiy ishlarda ikki yillik staji borlar; v) sovet adliya organlarida amaliy mas’ul ishlarda uch yillik staji borlar tayinlanishi mumkinligi qayd qilingan. Yuriskonsultlarning asosiy majburiyatlari doirasiga - huquqiy masalalar bo‘yicha yozma va og‘zaki xulosalar va ma’lumotlar berish, qarorlar, yo‘riqnomalar loyihalarini tuzishda ishtirok etish; tashkilotlar tomonidan tuzilayotgan shartnomalar va boshqa huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar tayyorlash va ularni amaldagi qonunlarga muvofiqligini tekshirish; tashkilotlarning topshiriqlari bo‘yicha ularning manfaatlarini himoya qilish kiritilgan. Yuridik xizmat faoliyatini huquqiy tartibga solish asoslarining rivojlanish tarixi dalolat berishicha, yuriskonsultlarning vazifasi kengaytirilib, huquqiy holati esa takomillashtirilib borilgan. O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1933 yil 11 oktyabrdagi 718- sonli qarori bilan “Umumlashtirilgan sektordagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar yuriskonsultlari (huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari) to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Mazkur Nizom 12 banddan iborat bo‘lib, unda yuriskonsult lavozimini egallash tartibi, ularning asosiy funksiyalari, javobgarligi, faoliyati ustidan nazorat qilish hamda amaliy ishlarini birlashtirish, malakasini oshirish maqsadida Respublika prokurori, joylarda shahar va tuman prokurorlar huzurida tashkil qilinadigan kengashlar to‘g‘risidagi normalar belgilangan. Xususan, Nizomning 2- bandida yuriskonsult lavozimiga O‘zSSR Konstitutsiyasiga muvofiq sovetlarga saylanish huquqiga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar: a) maxsus oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lganlar;