O’zbekistonda siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi
O’zbekistonda siyosiy islohotlar ning amalga oshiril ishi Reja: 1.O`zbekistonda fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlarining, ya’ni- mahallalarning tashkil topishi 2.O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda ko`ppartiyaviylikning qaror topishi 3. “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi va uning ahamiyati
Tariximizdan ma’lumki mamlakatimizda mahallalarning tashkil topishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Manbalarning guvohlik berishicha o`lkamizda dastlabki mahallalar IX-X asrlarda paydo bo`lgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy o`z asarlarida yozib qoldirgan. O`zbekistonda yangi jamiyat qurish-adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi. Bunda insonlar o`z qobiliyatini, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi. Buning uchun jamiyatda uni amalga oshirish uchun to`la huquqiy mexanezim yaratilishi lozim. Bu tizim huquqiy jihatdan kafolatlanishi kerak. Shu sababli Respublikada mahalla institutlarini joriy etishda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mahalla mexanizmi shu Qonun asosida joylarda tashkil etila boshladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsuyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va ovullarda, uning tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari bo`lib, ularning rayisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 2,5 yil muddatga saylanadi ” deyilgan. Mahallaning huquqiy asoslari 1993-yil 2-sentabrdagi qabul qilingan Qonun bilan mustahkamlangan. Ushbu Qonun yuqorida nomi keltirilgan. Bu Qonunda mahallaning vazifalari, vakolatlari hamda oqsoqolning vazifalari qat’iy belgilangan. 1999-yil 14-aprelda 29 moddadan iborat ushbu Qonunning yangi tahriri chiqdi. Qonunning 7-moddasi, Konstitutsiyaning 105-moddasiga moslashtirildi va unda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tushunchasi quyidagicha konkretlashtirildi: “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolar yig`inlari Fuqarolarning o`zni-o`zi boshqarish organlari”dir deyildi. 2013-yil 22-aprelda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`rida”gi Yangi tahrirdagi, hamda “Fuqarolar yig`ni rayisi va uning maslahatchilari saylovi to`g`risidagi Qonunlar qabul qilindi”
2017-yil 3- fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda MFY oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi: - Jamiyat hayotidagi ularning mavqeyi belgilandi; - Ular joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va kumakdoshi bo`lishi lozim; - Yoshlarni tarbiyalovchi asosiy o`choq vazifasini bajaruvchi; - Hududlarda ma’naviy hayotning sog`lomlashtiruvchi asosiy bo`g`in bo`lishi va boshqa vazifalar belgilab berildi. 2018-yil 15-oktabrda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig`inlari rayisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida ” Yangi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko`ra mahalla oqsoqollari rayislarini saylovi har 3 yilda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Ushbu Qonun asosida O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasining 105-moddasining birinchi qismiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 2019-yilda Respublika Fuqarolar yig`inlari rayislarining navbatdagi sayovi bo`lib o`tdi, unda Respublikadagi 10 000 ga yaqin MFY rayislari navbatdagi muddatga saylandi. Bu masala 2020-yil 29-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimizga va Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ko`rib chiqildi. Ma’ruzada qayd etilishicha so`ngi uch yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida 5 mln. aholi yashaydigan 1200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan o`zgardi. Bu ishlar pandemiya sharoitida vaqtincha to`xtab qoldi. Xalqaro Moliya institutlari bu Dastur doirasida ishtirok etish uchun 270 mln. AQSH dollari miqdorida mablag` yo`naltirishga tayyor ekanligi bildirilmoqda. Bu ishlar 2021- yilda ham davom etishini Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlab o`tdilar. 2-masala Endigi masala- O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda ko`ppartiyaviylikning qaror topishiga to`xtalamiz. Mustaqillik sharofati bilan yakka partiyaviylikga barham berildi. Sobiq ittifoq davrida kommunistik partiya yakka hukmron partiya edi. Uning g`oyasiga ko`ra,
har bir insonning dunyo qarashi kommunistik mafkurada shakllanishi lozim edi. Kommunistlar tub aholining mafaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi bilan umuman hisoblashmas edi. Ularda fikrlar xilma-xilligiga yo`l qo`yilmas, jamoat birlashmalariga aralashishlik partiya ishining asosi edi. Siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko`rsatishishi- demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidur. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Partiya degani- bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun uni jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini mana shu nuqtayi nazardan tushunar ekanmiz , qancha partiya bo`lsa bo`laversin, ularni faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi ” degan edi. Hozirgi kunda Respublikamizda 5 ta siyosiy partiya mvjud va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat ko`rsatmoqda. 1997-yil 14- sentabrda O`zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi XXIII se’yzdi bo`lib o`tdi, unda bu partiya KPSS tarkibidan chqib yangi siyosiy tashkilot- O`zbekiston XDP tuzish haqida Bayonot qabul qildi va shu yili 1- noyabrda partiyaning ta’sis Qurultoyida O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga asos solindi. Bu partiyaning “O`zbekiston ovozi”, “Голос Узбекистана” gazetalari bor. “Vatan taraqqiyoti” partiyasi 1992-yil 24-may kuni tashkil topgan. Bu partiya 2000-yil 14-aprelda Fidokorlar Milliy demokratik partiyasi bilan qo`shildi va “Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi” nomini oldi. O`zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi 1992- yil 18- fevralda bo lib o tgan I ta'sis Qurultoyida tashkil topdi. Partiyaning dasturi va nizomi e'lonʻ ʻ qilindi. Partiyaning "Adolat" nomli gazetasi bor. “Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi” 1995- yil 1- iyunda tashkil topdi. Dasturi va nizomi qabul qilindi. " Milliy tiklanish" nomli haftalik gazetasi bor, hozirgi kunda Oliy Majlis qonunchilik Palatasida 36 ta deputat faoliyat ko'rsatmoqda. O zbekiston Leberal ʻ