logo

O‘ZBEKISTONDA VIJDON YERKINLIGI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.015625 KB
O‘ZBEKISTONDA VIJDON YERKINLIGI.
Reja:
1.   Vijdon   yerkinligi   tushunchasi.   Xalqaro   me’yoriy   xujjatlarda   vijdon
yerkinligi.
2. O‘zbekistonda vijdon yerkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi.
3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar.
4. Missionyerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
5.   Ma’rifiy     islomni     targ‘ib     etish     -     yoshlarni     diniy     mutaassiblik,
aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yuli. 1.   Vijdon   yerkinligi   tushunchasi.   Xalqaro   me’yoriy   xujjatlarda   vijdon
yerkinligi.
Vijdon   yerkinligi   tushunchasi   qanday   ma’noni   bildiradi?   Vijdon   yerkinligi
kishining   biror   dinga   e’tiqod   qilish   yoki   xech   qanday   dinga   e’tiqod   qilmaslik
xuquqidir.   SHuning   uchun   bu   muammo   ijtimoiy   hayotda   tarixan   muhim   va
murakkab   masala   bo‘lib   kelgan.   Vijdon   yerkinligi   xuquqi   kishilarning   dinga
bo‘lgan   munosabatidan   tashqari   shaxsning   demokratik,   adolatparvarlik   va
insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham
qamrab oladi.
Talaba   mavzuni   yoritishda   Vijdon   yerkinligi kishilarning ruhiy olamiga,
uning   sog‘lom   va   barkamolligiga   bevosita   ta’sir   ko‘rsatishini   anglab   olmog‘i
lozim. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan
vazifalari   g‘oyat   muhimdir.   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Ustavidan   tortib,
barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va
qonunlarida vijdon yerkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. 
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   1948   yilda   qabul   qilingan   “Inson
xuquqlari   umumjahon   deklaratsiyasi”ning   18-moddasiga   muvofiq   “Har   bir   inson
fikrlash, vijdon va din yerkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini yoki e’tiqodini
o‘zgartirish   yerkinligini,   o‘z   dini   yoki   e’tiqodiga   o‘zicha,   shuningdek   boshqalar
bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka
tartibda va odamlar orasida birga qatnashish yerkinligini o‘z ichiga oladi”.
Mazkur normaga ko‘ra vijdon yerkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi:
•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
•SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish;
•Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni 
ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish;
•O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.
Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 
19-moddasida ham vijdon yerkinligiga ayni shu mazmunda izoh byerilgan.
Vijdon yerkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta
ma’lum   ijtimoiy   vaziyatda   namoyon   bo‘ladi.   SHuning   uchun   uni   konkret   tarixiy,
ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur  qilish qiyin. Bundan tashqari   “vijdon   yerkinligi”   tushunchasini   ilmiy   talqin   qilishda   albatta   milliy,
mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kyerak.
Vijdon   yerkinligi   dinga   ishonuvchilarni   majburan   o‘z   e’tiqodlaridan
qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy
ko‘rinishlariga   chek   qo‘yadi.   SHuningdek,   u   jamiyatdagi   barcha   konfessiyalar,
ya’ni   dinlar,   chyerkov   va   diniy   birlashmalar,   turli   dinlarga   e’tiqod   qiluvchi
kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun
qilib qo‘ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini
vijdon yerkinligining amalda namoyon bo‘lish belgilaridan biri deb xisoblaydi.
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   bu   masalalar   o‘z   echimini
topgan  va   u   dunyodagi   rivojlangan   mamlakatlardagi   huquqiy-me’yoriy   talablarga
to‘la   javob   byeradi.   Har   qanday   dinga   e’tiqod   qiluvchi   va   hech   qanday   dinga
e’tiqod   qilmaydigan   kishilar   uchun   bir   xildagi   shartlar   qo‘yilishini   ta’minlovchi
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   31-moddasida,   jumladan,   shunday
deyiladi:   “Hamma   uchun   vijdon   yerkinligi   kafolatlanadi.   Har   bir   inson   xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga  ega.  Diniy
qarashlarni  majburan  singdirishga  yo‘l qo‘yilmaydi”  1
.
Mazkur   qoidada   dunyoviy   davlatning   dinga   bo‘lgan   munosabatini
ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:
-  dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
-     diniy   e’tiqodlarni   fuqarolarning   yoki   ular   uyushmalarining   xususiy   ishi
deb tan olish;
-     diniy   qarashlarga   amal   qiluvchi   fuqarolarning   ham,   ularga   amal
qilmaydigan   fuqarolarning   ham   huquqlarini   teng   kafolatlash   hamda   ularni   ta’qib
qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
-     ma’naviy   tiklanish,   umuminsoniy   axloqiy   qadriyatlarni   qaror   toptirish
ishida   turli   diniy   uyushmalarning   imkoniyatlaridan   foydalanish   uchun   ular   bilan
muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;
1
  Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б. 13. -     dindan   buzg‘unchilik   maqsadlarida   foydalanishga   yo‘l   qo‘yib
bo‘lmasligini e’tirof etish 2
.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning
siyosatga aralashmasligi. Zyero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy
jihatni o‘z ichiga oladi.
2.   O‘zbekistonda   vijdon   yerkinligining   Asosiy   Qonun   bilan
kafolatlanishi.
1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-
moddasida har bir fuqaro uchun vijdon yerkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy
holdir.   YAna   bir   muhim   tomoni   –   keyingi   yillarda   davlat   bilan   diniy   tashkilotlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda salmoqli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning
jamiyatdagi   o‘rni   tiklanmoqda.   Diniy   uyushma   va   tashkilotlarning   faoliyat
ko‘rsatishlariga   imkoniyat   yaratilmoqda.   Qator   tarixiy   obidalar   diniy   tashkilotlar
ixtiyoriga   o‘tkazildi,   yangi   masjidlar   ochilmoqda.   Diniy   tashkilotlarning   xalqaro
aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik   yillarida   vijdon   yerkinligi   prinsiplarini   tiklash   va   unga   og‘ishmay
amal   qilish   davr,   kundalik   hayot   talabi   va   zaruriyatiga   aylanib   qoldi.   1991   yilda
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   «Vijdon   yerkinligi   va   diniy   tashkilotlar
to‘g‘risida»gi   qonunni   qabul   qildi.   1998   yilda   bu   qonunning   yangi   tahriri   qabul
qilinib,   15   may   kuni   matbuotda   e’lon   qilindi   va   shu   kundan   e’tiboran   u   kuchga
kirdi.
Mazkur   Qonun   23   moddadan   iborat.   Uning   1-moddasida   ushbu   qonunning
maqsadi   nimalardan   iborat   ekanligi   ochiq   va   ravshan   bayon   etilgan:   « Ushbu
Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon yerkinligi va diniy e’tiqod huquqini,
dinga   munosabatidan   qat’inazar,   fuqarolarning   tengligini   ta’minlash,   shuningdek
diniy   tashkilotlarning   faoliyati   bilan   bog‘liq   munosabatlarni   tartibga   solib
turishdan iborat » .
2
  Каримов   И.А.  Ўзбекистон  XXI  аср  бўсағасида:   хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва
тараққиеgт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 43-44. Qonunning   3-moddasi   vijdon   yerkinligi   huquqi   haqida   bo‘lib,   un da   har   bir
fuqaro   dinga   munosabatini   o‘zi   mustaqil   aniqlashi,   u   har   qanday   dinga   e’tiqod
qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq
esa   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   tomonidan   kafolatlanajagi
ta’kidlandi.
4-moddada   fuqarolarning   dinga   munosabatlaridan   qat’inazar,   teng   huquqliligi
haqida   so‘z   boradi.   Rasmiy   hujjatlarda   fuqaroning   dinga   munosabati
ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi.
Vijdon   yerkinligi   haqidagi   qonunning   5-moddasida   O‘zbekiston   Respublikasida
din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy
masalalar   bilan   shug‘ullanmaydi,   diniy   tashkilot   va   diniy   boshqarma   ishlariga
aralashmaydi.   Din   va   diniy   tashkilotlar   ham   davlat   ishlariga   aralashmasligi   lozim.
Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
SHuningdek,  mazkur moddada  davlat  turli   diniy  konfessiyalar o‘rtasidagi
tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj
oldirishga,   xususan,   bir   diniy   konfessiyadagi   dindorni   boshqasiga   kiritishga
qaratilgan xatti-harakatlarga, missionyerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan.
Diniy tashkilotlarga  O‘zbekiston  Respublikasida  diniy  xaraktyerga ega  bo‘lgan
partiyalar   tuzish,   respublikadan   tashqaridagi   diniy   partiyalarning   bo‘lim   yoki
filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi  targ‘ibot  olib borishda, dushmanlik,
nafrat,   millatlararo   adovat   uyg‘otish,   axloqiy   negizlarni   va   fuqaroviy   totuvlikni
buzishda,   bo‘hton,   vaziyatni   beqarorlashtiruvchi   uydirmalar   tarqatishda,   aholi
o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan
boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tyerrorizm, narkobiznes
va   uyushgan   jinoyatchilikka   ko‘maklashadigan,   shuningdek   boshqa   g‘arazli
maqsadlarni   ko‘zlovchi   diniy   tashkilotlar,   oqimlar,   sektalar   va   boshqalarning
bunday faoliyatlari taqiqlanadi.
Fuqarolar   dinga   bo‘lgan   munosabatlaridan   qat’inazar,   ta’limning   xilma-xil   turlari
va   darajalarini   egallashi   mumkin.   Qonunning   9-moddasida   ko‘rsatilishicha,   diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan
diniy   xodimlarni   tayyorlash   uchun   diniy   o‘quv   yurtlari   tuzishga   haqli.   Diniy   o‘quv
yurtlari   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligida   ro‘yxat   o‘tkazilib,   tegishli
litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Oliy   va   o‘rta   diniy   o‘quv   yurtlarida   ta’lim   olish   uchun   fuqarolar   O‘zbekiston
Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonuniga   muvofiq   umumiy   majburiy
o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy ta’lim byeruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni
o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi
kyerak.   Xususiy   diniy   ta’lim   byerishga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Bu   qonun-qoidalarni
buzganlar qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar  diniy ta’lim  olish uchun fuqarolarni  chet  elga yuborishlar  va
chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy   tashkilot   -   bu   ma’lum   dinga   ishonuvchilar   va   ularning   jamoalarining
uyushmasidir  (masjid, chyerkov, sinagoga, diniy o‘quv yurtlari  va h.k. kabi). Uni
tashkil   etish   uchun   unga   bir   xil   e’tiqodga   ega   bo‘lgan   kamida   100   kishi   a’zo
bo‘lishi   kyerak.   O‘zbekiston   Respublikasining   har   qanday   fuqarosi   18   yoshga
to‘lganidan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo‘lishi mumkin.
Diniy   tashkilotlar   o‘z   mulklariga   ega   bo‘ladilar.   Binolar,   din   bilan   bog‘liq
buyumlar,   ishlab   chiqarish   va   xayriya   ishlariga   mo‘ljallangan   inshootlar,   pul
mablag‘lari   hamda   diniy   tashkilotlar   faoliyatini   ta’minlash   uchun   zarur   bo‘lgan
boshqa   mol-mulk   diniy   tashkilotlarning   mulki   hisoblanadi.   Diniy   tashkilotlarga
tushadigan   moliyaviy   va   mulkiy   xayriyalardan,   shuningdek   fuqarolardan   tushgan
mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi.
Ibodat,   diniy   rasm-rusum   va   marosimlar   o‘tkazish   mahalliy   hokimiyat
tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod
qilish   yoki   o‘zga   e’tiqodlar   yerkinligi   milliy   xavfsizlikni   va   jamoat   tartibini,
boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va yerkinligini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Diniy   tashkilotlar   fuqarolarni   ishga   olishga   haqlidirlar.   Ular   davlat,   jamoat
korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to‘laydilar,
ijtimoiy   ta’minlanish   va   sug‘urta   qilish   xizmatlaridan   foydalanadilar.   Umumiy
asosda nafaqa olishga haqlidirlar.
Qonunning   oxirgi   23-moddasida   «Vijdon   yerkinligi   va   diniy   tashkilotlar
to‘g‘risida»gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob byerishlari ko‘rsatilgan.
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod yerkinligi masalalariga katta
e’tibor   byerilgan.   Unda   dinning   tarbiyaviy   ahamiyatiga   yanada   ko‘proq   e’tibor
byerilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
3.   O‘zbekistonda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   diniy   konfessiya   va
tashkilotlar.
Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar, millat
va   elatlarning   huquq   va   yerkinliklari   faqatgina   qonuniy   hujjatlarda   belgilanishiga
emas, balki ularning amalda qay darajada o‘z tasdig‘ini topishiga ham bog‘liqdir.
SHu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   mamlakatimizda   fuqarolarning   vijdon   yerkinligi
bilan   bog‘liq   huquqlari   nafaqat   qonun   bilan   mustahkamlab   qoyilgani,   balki
amaliyotda   uning   asosiy   tamoyillariga   qat’iy   rioya   qilinayotgani   hayotiy   dalillar
bilan tasdiqlanayotganini ta’kidlash zarur.
Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   diniy   tashkilotlarning   soni   o‘sdi.
Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta
noislomiy)   mavjud   bo‘lgan   bo‘lsa,   1991   yilda   179   taga   (146   islomiy   va   33
noislomiy) etdi, 2008 yilning sentabriga kelib esa, ularning soni 2228 tani (2049 ta
islomiy,   179   ta   noislomiy)   tashkil   etdi.   2014   yil   holatiga   ko‘ra,   respublikada   16
konfessiyaga   mansub   2223   ta   diniy   tashkilot,   shu   jumladan,   O‘zbekiston
musulmonlar   iidorasi,   Qoraqalpog‘iston   musulmonlari   qoziyati,   O‘zbekiston
musulmonlari idorasining viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklari, Toshkent
islom instituti, 9 ta madrasa, 2037 tamasjid, Rus Pravoslav chyerkovi, Toshkent va
O‘zbekiston   eparxiyasi,   Pravoslav   seminariyasi,   Rim-katolik   markazi,   Evangel
xristian-baptistlar   chyerkovlari   uyushmasi,   To‘liq   injil   xristianlar   chyerkovlari
markazi,   Protestant   seminariyasi,   Bibliya   jamiyati,   151   ta   xristian   chyerkovi,   8 tayahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi
faoliyat   yuritmoqda.   110   dan   ziyod   millatga   mansub   aholinin   94%   dan   ziyodi
islom,   3,5%ga   yaqini   pravoslav   diniga   mansub,   qolganlarini   boshqa   konfessiya
vakillari tashkil etadi 3
.
Noislomiy   diniy   tashkilotlar   qatorida   Rus   Pravoslav   chyerkovi,   Rim-katolik
chyerkovi,   Nemis   evangel’-lyutyeranlar   chyerkovi,   Arman   Apostollik   chyerkovi,
yahudiylar va Bahoiylar diniy jamoalari, Buddaviylar ibodatxonasi, Bibliya kitob
jamiyati, Krishnani anglash jamiyati  kabi tashkilotlarni sanash mumkin. 
Mustaqillikkacha   bor-yo‘g‘i   ikkita   (Toshkent   islom   instituti   va   «Mir   Arab»
madrasasi)   islomiy   diniy   o‘quv   yurti   bo‘lgan   bo‘lsa,   o‘tgan   yillar   davomida
ularning soni ko‘paydi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent
islom   instituti,   Buxorodagi   «Mir   Arab»,   Toshkentdagi   «Ko‘kaldosh»,
Qoraqalpog‘istondagi   «Muhammad   Byeruniy»,   Namangandagi   «Mulla   qirg‘iz»,
Xorazmdagi   «Faxriddin   ar-Roziy»,   Andijondagi   «Sayyid   Muhyiddin   Maxdum»,
Qashqadaryodagi   «Xoja   Buxoriy»   hamda   faqat   xotin-qizlar   tahsil   oladigan
Toshkentdagi   «Xadichai   Kubro»   va   Buxorodagi   «Joybori   Kalon»   o‘rta   maxsus
islom bilim yurtlaridan   iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi. «Xoja Buxoriy»
o‘rta   maxsus   bilim   yurtida   va   Toshkent   islom   institutida   yoshlar   uchun   maxsus
guruhlar tashkil etildi.
2000–2001   o‘quv   yilidan   boshlab   ushbu   ta’lim   muassasalaridagi   o‘qitish
jarayoni   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   Kasb-hunar   ta’lim   markazining
Davlat   ta’limi   standartlari   bo‘limi   bilan   hamkorlikda   ishlab   chiqilgan   ta’lim
standartlari   va   o‘quv   rejasi   asosida     tashkil   etildi.   Sodda   qilib   aytganda,   o‘quv
yurtlarida diniy va dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi. SHu nuqtai nazardan
qaraganda,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2003   yil   22
avgustda gi   «Din   sohasidagi   ma’naviy-ma’rifiy,   ta’lim   ishlarini   va   faoliyatni
takomillashtirishda   ijtimoiy   ko‘mak   va   imtiyozlar   byerish   to‘g‘risida» gi     qarori
alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lganini   ta’kidlash   zarur.   Ushbu   qarorga   asosan
3
Qarang:1. HasanboyevО‘. О‘zbekistondadavlatvadinmunosabatlari: diniytashkilotlar, oqimlar, 
mafkuraviykurashningdolzarbyо‘nalishlari. T.: Toshkentislomuniversiteti. 2014.- 27 b.
 2. О‘zbekistonetnokonfessionalatlasi. Mualliflarguruhi. T.: “Kartografiya”, 2011.-9 b. Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta’lim
standartlari, o‘quv rejalari  hamda  talabalarning qabul   qilingan davlat   meyorlariga
muvofiq   diniy   va   dunyoviy   bilimlar   olayotganini   inobatga   olib,   mazkur   o‘quv
yurtlarining   bitiruvchilariga   byeriladigan   diplomlar   davlat   ta’lim   hujjati   sifatida
e’tirof   etildi.   SHu   bilan   birga,   unga   ega   bo‘lgan   shaxslarga   davlat   oliy   ta’lim
tizimida o‘qishni davom ettirish huquqi byerildi.
Fuqarolarga   haj   ibodatini   ado   etishlari   uchun   barchasharoitlar   yaratildi.
Xususan, mustabid sho‘ro tuzumi davrida har yili uch, to‘rt kishiga haj ziyoratini
amalga oshirishga ruxsat byerilgan bo‘lsa, hozirda yiliga besh mingdan ortiq kishi
haj qilish, to‘rt ming kishi umra amalini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 
Bularning   bari   Xel’sinki   YAkunlovchi   akti,   Vena   va   Kopengagenda   qabul
qilingan   hujjatlarda   qayd   etilgan   shaxsning   vijdon   va   din   yerkinligi   borasidagi
tamoyillarga   to‘la   muvofiq   keladi.   Lekin   ming   afsuski,   yuqorida   zikr   etilgan
yerkinliklarni   suiiste’mol   qiladigan,   ulardan   o‘z   g‘arazli   maqsadlari   yo‘lida
foydalanadiganlar ham mavjud. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Biz din bundan
buyon   ham   aholini   eng   oliy   ruhiy,   axloqiy   va   madaniy   myerosdan   bahramand
qilishi   tarafdorimiz.   Lekin   biz   hech   qachon   diniy   da’vatlar   hokimiyat   uchun
kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga
yo‘l qoymaymiz. CHunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy
xavf-xatar deb hisoblaymiz».
Bugun   O‘zbekiston   diniy   bag‘rikenglik   va   murosa     borasida   nafaqat   MDH
davlatlari,   balki   butun   dunyoga   namuna   bo‘lmoqda.   Bu   haqda   dunyo   miqyosida
katta   obro‘   va   nufuzga   ega   insonlar   ham   yurtimizga   ziyoratlari   vaqtida   ta’kidlab
o‘tmoqdalar.   Albatta,   xalqimizga   xos   bu   xislat   bir   zumda   paydo   bo‘lgan   emas,
balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
Missiоnеrlik   va   prоzеlitizmning   mazmun-mоhiyati   hamda   missiоnеrlik
faоliyatlarini   amalga   оshirishning   mоliyaviy   manbalari.   “ Missionyerlik ”
to’g’risida gapirganda, birinchi navbatda, uning kelib chiqishi va rivojiga to’xtalish
lozim. Missionyerlik   -   eng   umumiy  ma’noda   biror   dinga   e’tiqod     qiluvchi   xalqlar
orasida boshqa dinni targ’ib qilishni anglatadi. Missionyerlik, asosan, xristianlikka
xosdir.   Bunday   harakat   xristianlik   Vizantiya   impyeriyasining   davlat   dini   sifatida
e’lon   qilingan   paytdan   byeri   olib   borilmoqda.   Xristian   ruhoniylari   dastlab
missionyerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko’p xudolikka e’tiqod qilib
kelgan   aholini   yakkaxudolikka   targ’ib   qilish   bayrog’i   ostida   olib   bordilar.   Shu
tariqa IV asrda paydo bo’lgan xristian missionyerligi XIII–XVI asrlarda Hindiston,
Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi.  
Katolik   chyerkovida   missionyerlik   Ispaniya   va   Portugaliya   impyeriyalari
tashkil   topgach   (XIII–XVI   asrlar)   kuchaydi.   Missionyerlik   Rim   impyeriyasiga
yangi   yerlarni   o’z   ta’siri   ostiga   olishda   katta   yordam   byerdi.   Katolik
missionyerligiga   rahbarlik   qilish   uchun   papa   Grigoriy   XV   1662   yilda   Diniy
tar g’ ibot   kongregatsiyasini   ta’sis   etdi.   Missionyerlik   XIX   asrda   yangidan
faollashdi, ayniqsa, xristian missionyerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va
o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam byerdilar.  
Yuqoridagi   ma’lumotlar   ham   missionyerlik   o’z   tarixiga   ega   ekanini
ko’rsatadi.   Shunday   bo’lsada,   xristian   diniy   tashkilotlari   tomonidan   olib
borilayotgan   missionyerlik   harakati   bugungi   kungacha   ko’pdan-ko’p   bahslarga
sabab   bo’lmoqda.  Zyero,   hozirgi   davrda  jahon   aholisining   mutlaq  ko’pchiligi   o’z
diniga,   aksariyat   hollarda   yakkaxudolikka   ega   bo’lgan   davrda   «missionyerlik»
salbiy bir holatga aylanib  qolganini ta’kidlash zarur.
Ayni   paytda,   «missionyerlik»   tushunchasining   o’zi   turlicha   talqin
etilayotganini   ham   qayd   etish   lozim.   Xususan,   protestant   diniy   tashkilotlari
«missionyerlik»   so’zini   inkor   etadilar   va   o’z   faoliyatlarini   «evangellashtirish»
tushunchasi bilan izohlashga harakat qiladilar. Buni ular Bibliyaning tarkibiy qismi
bo’lgan   avliyo   Markdan   kelgan   Evangeliyadagi   xristianlar   uchun   jahon   uzra   o’z
dinlarini barcha xalqlarga etkazish zarurligi to’ g’ risidagi ko’rsatmaning bajarilishi
sifatida taqdim etadilar.
  Shu   o’rinda   bir   holatga   e’tibor   qaratish   zarur.   Bibliyaning   muqaddas
kitobligini   hech   kim   inkor   etmaydi.   Shu   bilan   birga,   unda   qayd   etilgan yuqoridagiga   o’xshash   fikrlarning   aynan   Bibliya   yozilgan   davr   uchun   to’g’ri
kelishligini ayrim xristian diniy tashkilotlari tushunishni xohlamayotganliklarini va
ular   olib   borayotgan   harakatlar   haqli   noroziliklarni   keltirib   chiqarayotganini
ta’kidlash zarur. 
Qayd   etilgan   holatlar   ham   missionyerlik   bugungi   kunda   mutaassiblikning
o’ziga xos ko’rinishi sifatida namoyon bo’layotganini ko’rsatadi.
“   P    rozelitizm”      -   bu   to’g’ridan-to’g’ri   biron   bir   dinga   ishongan   fuqaroni   o’z
dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir. 
Prozelitizm   keltirib   chiqarayotgan   salbiy   oqibatlarni   ayrim   hayotiy
misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlarda
xristian   dinini   qabul   qilgan   kishilar   vafot   etganda     jasadni   qabristonga   qo’yish
bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayyitning musulmon ota-onalari o’z
farzandlarini   xris tian   mozoriga   dafn   etishni   xohlamaganlari,   musulmonlar   esa
xristian   dini   vakili   jasadini   o’z   musulmon   birodarlari   yotgan   joyga   qo’yishni
istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek,   xristian   dinini   qabul   qilgan   kishi   o’z   o’g’lini   xatna   qildirishni
xohlamagani, uning otasi  esa,  o’z nabirasini  musulmon urf-odatlariga ko’ra xatna
qildirishni istagani tufayli ota-bola o’rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning
o’zi   ham   missionyerlik   va   prozelitizm   harakatlari   boshqa   dinni   qabul   qilgan   tub
millat vakillari oilalarida   nizolar va janjallarning avj olishiga hamda islom diniga
mansub aholida xristianlikning ayrim yo’nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik
hissiyotlarining   paydo   bo’lishi   orqali   dinlararo   va   millatlararo   nizolarni   keltirib
chiqarishiga   zamin   yaratishi   mumkinligini   yaqqol   tasavvur   qilish   imkonini
byeradi. 
Shu   bilan   birga,   din   milliy   ma’naviyat   va   madaniyatning   tarkibiy   qismi,
millatni   birlashtirib   turuvchi   muhim   omillardan   biri   ekanini   ham   yoddan
chiqarmaslik lozim.  Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega
bo’lgan, ammo turli  dinlarga  yoki  diniy yo’nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar
hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina  bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani ham
shunday   xulosa   chiqarish   imkonini   byeradi.   Masalaning   ana   shu   jihatiga   e’tibor
byerilsa,   missionyerlik   va   prozelitizm   harakatlari   ortida   diniy   zaminda   millatni
ichidan   bo’lib   tashlashga   qaratilgan   g’arazli   siyosiy   maqsadlar   yotganini   va   u
keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin. 
Missionyerlik   va  prozelitizm ning   shakllar i .   XXI   asr   boshida  missionyerlik
haqiqatan   ham   o’ziga   xos   xususiyatlar   kasb   etmoqda.   Eng   avvalo,   missionyerlar
konkret   mamlakatlardagi   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatdan   o’zlarining   g’ arazli
maqsadlariga   yerishishda   unumli   foydalanishga   harakat   qilayotganliklarini
ta’kidlash   zarur.   Bunda   boquvchisini   yo’qotgan   bolalar,   qarovchisiz   qolgan
qariyalar   hamda   nogironlar   muammolari   bilan   shug’ullanuvchi   tashkilotlar   va
muassasalarga     xayriya   yordamlarini   ko’rsatish,   aholining   nochor   qatlamlarini
moddiy   qo’llab-quvvatlash   va     muhtojlarni   oziq-ovqat   bilan   ta’minlash,   ularga
tibbiy   yordamni   tashkil   etish   orqali   o’z   qarashlari   va   harakatlariga   xayrixohlikni
uy g’ otishga intilmoqdalar.
Missionyerlarning   turli   davlatlar,   jumladan,   Markaziy   Osiyo   mintaqasi
mamlakatlarida   olib   borayotgan   amaliyoti   tahlili     xristianlikni   tar g’ ib   qilishda
maxsus   Adabiyotlar,   audio   va   videokassetalarni   mahalliy   tillarda     tayyorlash     va
bepul  tarqatish, masihiylikka da’vat  g’oyalari  bilan  sug’orilgan maxsus  gazeta  va
jurnallarni   nashr   qilish   masalalariga   ham   alohida   e’tibor   byerilayotganini
ko’rsatadi. 
Ayni   paytda,   sport   to’garaklari   tashkil   qilish   va   musobaqalar     uyushtirish,
ularning ishtirokchilariga xristianlikni tar g’ ib qiluvchi maxsus bukletlar    tarqatish
va   sov g’ alar   byerish   hamda   aholining   turli   qatlamlari   bilan   doimiy   muloqotda
bo’lish va ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish maqsadida tibbiyot, ta’lim-tarbiya
sohasiga   maxsus   kadrlarni   yuborish   (tibbiy   xizmatchi,   o’qituvchi-murabbiy   va
sh.k.)   yo’li   bilan   «tayanch   nuqtani»   tashkil   etish   va   unga   suyangan   holda
missionyerlikni kuchaytirishga intilish ham mavjudligini ta’kidlash joiz.
Yerkin   targ’ibot   olib   borish   va   faoliyat   doirasini   keskin   kengaytirish
maqsadida ayrim missionyerlik tashkilotlarining o’z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari   maqomida   amalga   oshirishga   intilayotgani   ham   hozirgi   davrdagi
missionyerlikning     muhim   xususiyatlaridan   biridir.   Bunday   intilish   ortida   o’ziga
xos   mantiq   bor,   albatta.   Tajriba   bunday   maqom   missionyerlik   faoliyati   haqli
e’tirozlarni   keltirib   chiqarganda   ularning   xalqaro   huquq   normalarini   ro’kach
qilishiga   va   uning   himoya   mexanizmlaridan   foydalanishga   urinishlariga,   o’z
harakatlarini   xas-po’shlashga   va   javobgarlikdan   qochishga   intilishlariga   zamin
yaratishini ko’rsatadi. 
Missionyerlar   zamonaviy   texnika   va   texnologiya,   ommaviy   axborot   va
kommunikatsiya   vositalari   imkoniyatlaridan   ham   samarali   foydalanishga   harakat
qilmoqdalar.   Turli   davlatlar   va   mintaqalarda   ish   yuritayotgan   missionyerlar
intyernet   tarmog’i   orqali   o’z   faoliyatlarini   muvofiqlashtirayotgani,   moliyaviy
mablag’larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o’tkazayotgani  ham shunday
xulosa chiqarish uchun asos bo’ladi. Bunday yo’l bilan missionyerlar  va ularning
homiylari   u   yoki   bu   davlatdagi   diniy   muvozanatni   izdan   chiqarish,   soxta
insonparvarlik yordami  ko’rsatish   bahonasida  o’z ta’sir   doiralarini  kengaytirishga
intilmoqdalar.
2      Diniy   sеktalar   faоliyatining   оqibatlari   va   missiоnеrlikning   milliy   
hayotga tahdidi.           Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik
va  yaxshilik, tinchlik va do’stlik  g’ oyalariga asoslanadigan, ularni targ’ib etadigan
turli   dinlarga   e’tiqod   qiladigan   kishilar   hamkor   va   hamjihat   yashab   kelgan.
Xususan,     qadimdan   diyorimizda   islom,   nasroniylik,   iudaizm   kabi   dinlar   yonma-
yon yashab kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, chyerkov va sinagogalar faoliyat
ko’rsatgani,   tariximizning   eng   murakkab   va   og’ir   davrlarida   ham   ular   o’rtasida
kelishmovchilik va mojarolar bo’lmagani ham  buning tasdig’idir. 
Bugun   ham   mamlakatimizda   turli   konfessiyaga   mansub   diniy   tashkilotlar
faoliyat   ko’rsatmoqda,   fuqarolarimiz   o’z   diniy   amallarini   yerkin   ado   etib
kelmoqdalar. 
Diniy   tashkilotlar   o’z   faoliyatlarini   amalga   oshirishlari   va   mamlakat
hayotida   faol   ishtirok   etishlari   uchun   barcha   shart-sharoitlar   yaratilgan.   Bu
boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon yerkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to’g’risida»gi   Qonunda   o’z   ifodasini   topgan.   Ana
shu   asoslar   mamlakatimizdagi   barcha   din   vakillarining   hamkor,   hamjihat   bo’lib,
ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Istiqlol   yillarida   din   sohasida   sodir   bo’lgan   o’zgarishlarni   aniq   misollarda
ham ko’rish mumkin. Xususan, 2007 yilning 15 aprel holatiga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasi   hududida   jami   181   ta   noislomiy   diniy   tashkilot   faoliyat   olib
bormoqda. Ular qatorida Rus Pravoslav chyerkovi (36), Rim-katolik chyerkovi (5),
Evangel   xristian-baptistlar   chyerkovi   (23),   To’liq   injilchi   xristianlar   chyerkovi
(21), Ettinchi kun xristian-adventistlar chyerkovi (10), Novoapostol chyerkovi (4),
Nemis   Evangel-lyutyeranlar   chyerkovi   (3),   Arman   Apostollik   chyerkovi   (2),
«Iegov guvohlari» chyerkovi (1), «Tolos Bojiy» chyerkovi  (1), Koreys protestant
chyerkovlari     (58),   yahudiylar   diniy   jamoalari   (8),   Bahoiylar   diniy   jamoalari   (6),
Buddaviylar   ibodatxonasi   (1),   Krishnani   anglash   jamiyati   (1),   Bibliya   kitob
jamiyati (1) ni sanash mumkin.
Shu bilan  birga  mustaqillik yillarida  Pravoslav  va  Protestant  seminariyalari
ham   faoliyat   ko’rsata   boshlaganini   qayd   etish   zarur.   2006–2007   o’quv   yilida
Pravoslav   seminariyasida   47   nafar   va   Protestant   seminariyasida   33   nafar   talaba
ta’lim olmoqda.  
Qayd   etilgan   dalillar   ham   o’tgan   yillarda   sodir   bo’lgan   o’zgarishlar   keng
ko’lamli   ekanini,   yurtimizda   diniy   bag’rikenglik   (tolyerantlik),   konfessiyalararo
hurmat,   bir-birini   tushunish   asosiy   hayotiy   tamoyillardan   biriga   aylanganini
ko’rsatadi.
Ilmiy   manbalar   O’zbekiston   ilk   diniy   qarash   va   tasavvurlar   yuzaga   kelgan
eng   qadimiy   o’lkalardan   biri   ekanidan   dalolat   byeradi.   O’lkamizda   qadim
zamonlardanoq   zardushtiylik,   buddizm,   Yahudiylik   ,   nasroniylik   kabi   dinlar
vakillari   tinch-totuv   faoliyat   olib   borganlar.   Bu   haqda   Respublikamiz   Prezidenti
Islom   Karimov   shunday   deydi:   «Musulmonlar   va   xristianlarning   O’zbekiston
zaminida   birgalikda   hamnafas   bo’lib   yashashi   diniy-ma’naviy   totuvlikning   nodir
timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi
deb hisoblanishiga arzigulikdir». 3.   Mamlakatimizda   o’tkazib   kelinayotgan   nufuzli   xalqaro   anjumanlar
ishtirokchilari ham O’zbekistonda din sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda
boshqa davlatlarga namuna bo’la oladigan diniy bag’rikenglikni e’tirof etgan holda
hukumatimiz siyosati, O’zbekistonda barcha din vakillariga yaratilgan yerkinliklar
va   diniy   sohadagi   katta   o’zgarishlardan   zo’r   taassurot   olganlarini   ham   ta’kidlab
kelmoqdalar.
Haqiqatan   ham,   mamlakatimizda   millatlararo   hamjihatlik   va   diniy
bag’rikenglik   sohasidagi   davlat   siyosati   boshqalarga   namuna   bo’la   oladigan
darajada desak mubolag’a bo’lmaydi. Respublikamizda YuNESKO raxnamoligida
«Jahon dinlari – tinchlik madaniyati yo’lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro
Kongressi,   musulmon   va   xristian   ilohiyotchilari   ishtirokida   «Bir   samo   ostida»
xalqaro xristian-musulmon konfyerentsiyasi o’tkazilgani, Rus pravoslav chyerkovi
Toshkent   va   O’rta   Osiyo   eparxiyasining   125   va   130   yilligi,   Evangel-Lyutyeran
jamoasi,  Rim-katolik chyerkovi  va  Arman apostollik  chyerkovlarining 100  yilligi
nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
Avvalo,   zamonaviy   missionyerlikka   xos   xususiyatlar   bunday   harakatlarni
respublikamizda   amalga   oshirishga   intilayotgan   tashkilotlarga   ham   u   yoki   bu
darajada xosligini qayd etish lozim. 
Shu  bilan   birga,  mamlakatimizdagi  barqaror   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat,  olib
borilayotgan   kuchli   va   tizimli   ijtimoiy   muhofaza   siyosati,   milliy   g’oya
kontseptsiyasining   ishlab   chiqilgani   va   unga   asoslangan   holda   olib   borilayotgan
g’oyaviy   tarbiya   va   ma’naviy-ma’rifiy   targ’ibot   ishlari,     xalqimizning   o’z
e’tiqodida   mustahkamligi   missionyerlik   harakatlari   yo’lida   jiddiy   to’siq   bo’lib
xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur. 
Bizga   qo’shni   bo’lgan   ayrim   davlatlardan   farqli   ravishda,   mehribonlik   va
qariyalar   uylari,   nogironlar   uyushmalarining   davlat   qaramog’ida   va   himoyasida
ekani,     yosh   avlodni   jismonan   baquvvat   va   ma’naviy   barkamol   qilib   tarbiyalash
yo’lida   olib   borilayotgan   tizimli   ishlar   ham   bunday   harakatlarning   oldini   olishga
xizmat qilmoqda. Shunday   bo’lsa-da,   missionyerlar   mamlakatimizdagi   vaziyatga   moslashgan
holda   o’z   harakatlarini   tashkil   qilishga   urinayotganliklarini   ham   yoddan
chiqarmaslik  lozim.  Jumladan,   xristian   diniy  tashkilotlarida   ibodatlarni  o’zbek  va
boshqa   mahalliy   tillarda   olib   borish,   maxsus   diniy   Adabiyotlarni   mamlakatimiz
hududiga   olib   kirish   va   tarqatish     yo’lidagi   harakatlar     batamom   to’xtadi,   deb
bo’lmaydi.   Xususan   ko’rilayotgan   chora-tadbirlarga   qaramay,   birinchi   galda
«Iegov   guvohlari»   diniy   tashkiloti   vakillari   o’z   missionyerlik   faoliyatlarini   shu
tarzda   olib   borishni   davom   ettirishga   urinmoqdalar.   Masalan,   2006   yilning
sentyabr   oyidan   e’tiboran   chyerkovning   eng   asosiy   nashrlaridan   biri   bo’lgan
«Storojevaya bashnya» jurnali «Qo’riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o’zbek
tilida   bosmadan   chiqdi   va   turli   noqonuniy   yo’llar   bilan   respublikamizga   olib
kirishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o’z
dinlariga da’vat qilishga, go’yoki faqat  ularning dinlari  haqiqiyligi, boshqa dinlar
esa botil ekani haqidagi g’oyani singdirishga harakat qilmoqdalar. 
Missionyerlar   asosiy   e’tiborni   aralash   millat   vakillaridan   iborat   oilalarning
a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy
qiyinchilikka   duch   kelgan,   axloq   tuzatish   muassasalaridan   chiqib   kelgan,   ya’ni
moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-
soqovlar,   nogironlar   orasida   faol   ish   olib   borishga   harakat   qilish   ham   tez-tez
kuzatilmoqda.   Shu   bilan   birga,   ziyolilarning   turli   qatlamlari   vakillari   –
o’qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ’ibotni kuchaytirishga intilishi ham
mavjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ’ibotga yergashayotgan va kelib
chiqishi musulmon bo’lgan fuqarolar ham kam bo’lsada borligini qayd etish lozim.
Respublikamiz   mustaqillikka   yerishgandan   so’ng,   uning   hududi   ko’pgina
xristian   yo’nalishlari   uchun   go’yoki   «ochilmagan   qo’riq»ni   anglatdi   va   ular
bizning yurtimizda birinchilardan bo’lib o’rnashib olishga harakat qila boshladilar.
Shu tariqa yuqorida nomi tilga olingan  «Iegov guvohlari»  diniy tashkiloti vakillari
O’zbekistonda joylashib olib, o’z faoliyat doirasini kengaytirish harakatiga tushdi. 
«Iegov   guvohlari»   chyerkovi   1870   yilda   Charlz   Rassell   tomonidan   tashkil
etilgan.   2007   yilning   1   yanvar   kunidagi   holatga   ko’ra,   dunyo   bo’yicha iegovochilarning   miqdori   taxminan   6,7   million   kishini   tashkil   etadi,   deb
hisoblanadi.   Tashkilot   a’zolari   xudoni   Iegov   nomi   bilan   ataydilar.   Ularning
ta’limotiga   ko’ra,   Iegov   odamlar   orasidan   eng   yaxshilarini   tanlab   olib,   ularni
o’zining sodiq odamlari, deb nomlar ekan.
Ma’lumotlarga   ko’ra,   O’zbekistonda   birinchi   iegovochilar   1950-yillarning
oxiri  – 1960-yillarning boshlarida paydo bo’lgan. 1972 yilda Angren va Chirchiq
shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda
ham   iegovochilar paydo bo’lgan. Toshkent shahrida birinchi iegovochilar   1960-
yillarda paydo bo’lgan. 
Bugungi kunda respublika bo’yicha faqat bitta  «Iegov guvohlari» chyerkovi
– Chirchiq shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda.
  «Iegov   guvohlari»   chyerkovining   MDHdagi   markaziy   boshqaruv   organi
Sankt-Petyerburg   shahrida,   Markaziy   Osiyo   bo’yicha   mintaqaviy   markazi   esa
Almatida   joylashgan.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   diniy   tashkilotning   respublikamiz
hududidagi jamoalariga 3000 ga yaqin iegovochilar birikkan.
“Iegov guvohlari”   jamoalari  tomonidan zo’r  byerib missionyerlik da’vatini
amalga oshirish holatlari uchrab turibdi. Mutasaddi  tashkilotlar tomondan bunday
holatlarga   barham   byerish   choralari   ko’rilmoqda.   Masalan,   200 8   yilning   o’zida
diniy   tashkilotning   Samarqand   va   Qarshi   shahridagi   1 3   nafar   a’zosi   ma’muriy,   3
nafar a’zosi esa jinoiy javobgarlikka tortildi. 
Missionyerlik   f aoliyatida g i   “ To’liq   injil   xristianlar ”     chyerkovi,   “ Evangel
xristian-baptistlar ”   chyerkovlarini   hozirda   missionyerlikda   eng   ko’p   fosh
bo’layotgan tashkilotlar qatorida ko’rsatish mumkin.
Injilchi protestant-masihiy diniy tashkilotlari maqsadli moddiy va ma’naviy
yordam   ko’rsatishni   ustomonlarcha   tashkil   qilish   yo’li   bilan   katoliklik   va
pravoslavlikka   e’tiqod   qiladigan   fuqarolarni,   ayrim   hollarda   kelib   chiqishi
musulmon   bo’lganlarni   o’z   tomonlariga   og’dirib   olish   yo’lidagi   harakatlarni   olib
bormoqdalar.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda jahonda taxminan 120 millionga yaqin
to’liq   injilchilar   mavjud.   Diniy   yo’nalishga   rasman   1901   yilning   1   yanvarida AQShning   Kanzas   shtatidagi   Topeke   shahrida   Charlz   Parxem   tomonidan   asos
solingan.   Bugungi   kunda   chyerkov   Shimoliy   Amyerika,   Skandinaviya,   Italiya,
Braziliyada   katta   jamoalariga   ega.   AQShdagi   eng   yirik   jamoa   «Xudo
Assambleyasi» deb nomlanadi.
  O’zbekiston   Respublikasi   hududida   mazkur   yo’nalishga   taalluqli   birinchi
tashkilot   1985   yilda   Toshkent   shahrida   tashkil   etilgan   (keyinchalik   u   markazga
aylangan). 
Bugungi   kunda  respublika   bo’yicha  To’liq   injilchi   xristianlar     chyerkovlari
markazi tarkibida jami 21 ta diniy tashkilot mavjud. 
To’liq   injilchi   xristianlar     chyerkovlari   markazi   nazoratdan   qochish
maqsadida   o’zining   faoliyatini   mamlakat   poytaxti   Toshkent   shahridan   ancha
yiroqda joylashgan  hududlarda olib borishga harakat qilmoqda.
Ayni   paytda,   Toshkent   va   Andijon   shaharlaridagi   ro’yxatdan   o’tmagan
guruhlar   faoliyatiga   chek   qo’yildi.   Hozirgi   kunda   rasmiy   faoliyat   ko’rsatayotgan
To’liq injil xristianlari chyerkovi faollari ayrim joylarda mahalliy millat vakillarini
jalb   etgan   holda   alohida   diniy   guruhlar   tashkil   etishga   urinayotgani,     diniy
Adabiyotlarning   tarqatilishi   hollari   uchrayotgani   haqidagi   axborotlar   bor.
Ma’lumotlarga   ko’ra,   mazkur   Adabiyotlarning   ko’pchiligi   bizga   qo’shni   bo’lgan
ayrim davlatlar hududidan olib kirilmoqda.
Evangel   xristian-baptistlar   chyerkovlari   Kengashiga   taalluqli   diniy
tashkilotlar   haqida   gap   ketar   ekan,   ular   respublika   hududida   ro’yxatdan   o’tgan
Evangel   xristian-baptistlar   chyerkovlari   Uyushmasiga   aloqasi   bo’lmagan   diniy
tashkilotlar   guruhi   hisoblanishini   ta’kidlash   lozim.   Evangel   xristian-baptistlar
Kengashiga   mansub   tashkilotlar   o’z   diniy   qarashlariga   tayangan   holda   ongli
ravishda   Adliya   idoralarida   ro’yxatdan   o’tishdan   bosh   tortib   kelmoqdalar.   Shu
bilan   birga,   ular   turli   xil   diniy   marosimlarni   qonunga   xilof   ravishda   o’tkazishga
harakat   qilib   kelmoqdalar   va   bu   bilan   huquq-targ’ibot   idoralarining   asosli   xatti-
harakatlarini keltirib chiqarmoqdalar.
Turli xorijiy mamlakatlarda aynan yuqoridagi ikki guruh faoliyati yuzasidan
ko’plab   noroziliklar   kelib   chiqmoqda.   Ular   o’zlarining   muammolarini   xorijiy mamlakatlardagi raxnamolari va homiylari yordamida hal qilishga intilishlari bilan
ajralib turishlarini ham qayd etish lozim. 
Krishnani   anglash   jamiyati   qadimgi   hind   muqaddas   kitoblari   –   Vedalarga
asoslangan,   yangi   paydo   bo’lgan   diniy   birlashmalardan   biridir.   Dunyo   bo’yicha
Krishnachilarning   umumiy   soni   aniq   emas.   Krishnachilarning   ta’kidlashicha,
dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo’lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta
Svami Prabxupada. 1970-yillardan   e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala
boshlagan.   1971   yil   iyunda   Shrila   Prabxupada   Moskvaga   kelgan.   Shu   vaqtdan
boshlab krishnachilarning sobiq Sho’ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
Krishnachilar o’z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar.
1990-yillarning   o’rtalarida   Toshkent   shahrida   joylashgan   Krishnani   anglash
jamiyati   vakillari   shaharning   turli   burchaklarida   ibodat   kiyimlarida   yurib,   turli
Adabiyotlar   sotish   bilan   shug’ullanganlar.   Ular   bilan   olib   borilgan   tadbirlar
natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham byerildi.  
Shunday ekan, missionyerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi
uchun   tahdid   ekanini   chuqur   anglash,   uning   oldini   olish   hamda   qarshi   kurash
bo’yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan
oldidagi  muqaddas burchi hisoblanadi.
4   Missiоnеrlikka   qarshi   kurashning   huquqiy-amaliy   asоslari.
Missionyerlik     uchun   javobgarlik   masalasining   huquqiy   asoslari   O’zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasining   31-moddasi da   «Hamma   uchun   vijdon   yerkinligi
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki  hech qaysi  dinga
e’tiqod   qilmaslik   huquqiga   ega.   Diniy   qarashlarni   majburan   singdirishga   yo’l
qo’yilmaydi»,  degan qoida mustahkamlab qo’yilgan. 
Bu   ham   missionyerlik   va   prozelitizm   harakatlari   konstitutsiyaviy
tamoyillarga butunlay zid ekanini ko’rsatadi.
«Vijdon yerkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» gi Qonunda  yuqoridagi
konstitutsiyaviy   tamoyil   yanada   konkretlashtirilganini   ko’rishimiz   mumkin.
Jumladan, ushbu Qonunning   5-moddasi da «Davlat  diniy konfessiyalar  o’rtasidagi tinchlik   va   totuvlikni   qo’llab-quvvatlaydi.   Bir   diniy   konfessiyadagi   dindorlarni
boshqasiga   kiritishga   qaratilgan  xatti-harakatlar   (prozelitizm),  shuningdek   boshqa
har   qanday   missionyerlik   faoliyati   man   etiladi.   Ushbu   qoidaning   buzilishiga
aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar»,
degan qoida mustahkamlab qo’yilganini ta’kidlash zarur.
Shuningdek,   O’zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   «Diniy
tashkilotlar   to’g’risidagi   qonun   hujjatlarini   buzish»   masalasiga   ba g’ ishlangan
moddasida «Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan
xatti-harakatlar   (prozelitizm)   va   boshqa   missionyerlik   faoliyati,     shunday
harakatlar   uchun     ma’muriy   jazo   qo’llanilganidan   keyin   sodir   etilgan   bo’lsa,   eng
kam   ish   haqining   ellik   baravaridan   yuz   baravarigacha   miqdorda   jarima   yoki   olti
oygacha qamoq yoxud uch  yilgacha  ozodlikdan mahrum  qilish  bilan jazolanadi»,
deb belgilab qo’yilganini ham ta’kidlash zarur.
Missionyerlikning asl mohiyatini ochib tashlash, uning oldini olish bo’yicha
qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Birinchi   galda   respublikamizda   faoliyat   olib   borayotgan   barcha   diniy
konfessiyalar  vakillarining uchrashuvlari, davra suhbatlari va boshqa shakllardagi
muloqotlarini   o’tkazishga   alohida   ahamiyat   byerilmoqda.   Uchrashuvlarda   tub
aholini   masihiy   mazhablariga   jalb   etmaslik,   diniy   missionyerlik   faoliyati   bilan
shuQullanmaslik, o’zbek tilida diniy Adabiyotlarni  chop etmaslik va tarqatmaslik
yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Olib   borilayotgan   sa’y-harakatlar   natijasida   fuqarolararo   va   millatlararo
totuvlikka   raxna   solish   ehtimoli   bo’lgan   diniy   tashkilotlarning   ro’yxatdan
o’tishlari,   ularning   da’vat   ruhidagi   diniy   Adabiyotlar   tarqatishlarining   oldi
olinmoqda.   Jumladan,   diniy   matyeriallar   o’rganib   chiqilib,   missionyerlik   yo’lida
foydalanish mumkin   bo’lgan Adabiyotlar larning respublika hududiga olib kirilishi
taqiqlangan .
Adliya   vazirligi   va   Din   ishlari   bo’yicha   qo’mita   tomonidan   diniy
tashkilotlarni   davlat   ro’yxatidan   o’tkazishda   ularning   faoliyatini   har   tomonlama
chuqur   o’rganish   hamda   diniy   tashkilotlarning   rahbarlari   va   a’zolari   tomonidan amaldagi   qonunchilikni   chuqur   o’rganish   va   unga   og’ishmay   amal   qilishga   ham
alohida e’tibor byerilmoqda.
Shu bilan birga, aholi  orasida diniy bilimlarni, xususan, yot va zararli diniy
oqimlar   hamda   firqalar   haqidagi   xolis   ma’lumotlarni   tarqatish,   dindan,   diniy
qadriyatlardan ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni kuchaytirish choralari
ko’rilmoqda.
Ko’rilayotgan   chora-tadbirlar   tufayli   respublikamizda   konfessiyalararo
totuvlik va bag’rikenglik ustuvorlik qilmoqda.
Shunday   bo’lsa-da,   har   bir   fuqaromizning   missionyerlikning   mohiyatini
chuqur anglab etishi, befarqlik va loqaydlikka yo’l qo’ymagan holda uning oldini
olish   bo’yicha   ishlarda   faol   ishtirok   etishi   ana   shu   barqarorlik   muhitini   saqlab
qolish va yanada mustahkamlashning kafolati ekanini qayd etish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

O‘ZBEKISTONDA VIJDON YERKINLIGI. Reja: 1. Vijdon yerkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon yerkinligi. 2. O‘zbekistonda vijdon yerkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi. 3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar. 4. Missionyerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. 5. Ma’rifiy islomni targ‘ib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yuli.

1. Vijdon yerkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon yerkinligi. Vijdon yerkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon yerkinligi kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. SHuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Vijdon yerkinligi xuquqi kishilarning dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Talaba mavzuni yoritishda Vijdon yerkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini anglab olmog‘i lozim. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon yerkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasiga muvofiq “Har bir inson fikrlash, vijdon va din yerkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish yerkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish yerkinligini o‘z ichiga oladi”. Mazkur normaga ko‘ra vijdon yerkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi: •SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish; •SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; •Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish; •O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish. Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon yerkinligiga ayni shu mazmunda izoh byerilgan. Vijdon yerkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan

tashqari “vijdon yerkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kyerak. Vijdon yerkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya’ni dinlar, chyerkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo‘ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon yerkinligining amalda namoyon bo‘lish belgilaridan biri deb xisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob byeradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon yerkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” 1 . Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: - dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; - diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; - diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; - ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; 1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б. 13.

- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish 2 . Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zyero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. 2. O‘zbekistonda vijdon yerkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida har bir fuqaro uchun vijdon yerkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy holdir. YAna bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda salmoqli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda. Mustaqillik yillarida vijdon yerkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon yerkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi. Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: « Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon yerkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat » . 2 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиеgт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 43-44.

Qonunning 3-moddasi vijdon yerkinligi huquqi haqida bo‘lib, un da har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi. 4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. Vijdon yerkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar. SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionyerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan. Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xaraktyerga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi. Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tyerrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi. Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’inazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy