O’ZBEKISTONNING O’TMISHDAGI DAVOLASH VA SHIFOBAXSH MASKANLARI





















![Samarqand, shifoxonasida malakali tabiblardan tashqari, kichik tibbiy
xodimlar, qon oluychilar, oshpazlar, imomlar, hovliga qarovchiiar hamda
go'rkoylar ishlagan. Demak, shu xizmatlarga mos ravishda turli xonalar,
jumladan, kasallar uchun hujralardan tashqari, oshxona,
maschit, dorixona,
tabiblaming yigilishi uchun zallar va boshqa, yordamchi xonalar bo'lgan.
Samarqand shifoxonasi qoshida yuqoridagi vaqfda ko]sat ilishicha,
qatnab, davolanuvclu kasallar uchun kichik shifoxona ("nimak bemoriston"),
ya'ni darmonxona ham tashkil qilingan . Shifoxona nizomida bu yerda nafaqat
kasallar, balki nogironlar, majruhlar, qarovsiz qolgan qariyalar ham manzil
topganlar, deb aytilgan. Samarqand shifoxonasining qan ha vaqt faoliyat
ko'rsatganligi noma’lum, ammo u XIII asrga Chingizxon bosqini davrida yakson
qilingan ko'rinadi. Hozir gi davrda bu binodan, afsuski, nishona ham qolgan emas.
Samarqand shifoxonasi kabi davolash muassasasi Xorazmnung
qadimiy poytaxti Ko'hna Urganchda ham bo'lgan. Mazkur shifoxona XI - XIII
asrlarda faoliyat ko'rsatganligi tufayli O'rta Osiyolik ulug' tabib Abu Ali ibn
Sinoriing ham ishlagani ehtimoldan xoli emas. Shifoxonada ichki kasalliklarni
dori-darmonlar bilan davolash bo'limlaridan tashqari, boshqa bo’lilar ham
bo'lgan bo'lishi mumkin. Chunki xorazmlik tabiblar bemorni davolashda turli
usullardan: dori-darmonlar, muassaj, balnedavolar, parhez, "musiqaterapiya ya’ni
kuy-qo’ shiq va turli o'yin (raqs)lar kuchidan ham foydalanganlar. Shunisi
qiziqarliki, ko'hna Urganch shifoxonasida mahalliy tabibla r bilan hamkorlikda
suriyalik tabibiar ham ishtaganlar. Samarqand va ko'hna Urganch shifoxonalari
hamda XI asr vaqf hujja tlariga asoslanib, O'rta Osiyoda bu davrga kelib jarmoat
rasalxonalari barcha vazifa va ehtiyoj-talablar asosida, o'ziga xos tartibotga ega
muassasa bo'Iib shakllangan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. O'sha
davriarda ham hozirgi shifoxonalardagidek "konsilium" usuliga amal qilinib,
ta biblar bemoilarni davolashda yuqori malakali tabibiar bilan kengash o'tkazib
turgan. Kasalxohalar tarkibida masjid, dorixona, tabiblarning yig'ilishi va
maslahatiashishi uchun maxsus xonalar bo'lgan.](/data/documents/1c274c5e-9d79-4bb6-a477-878f0d6477a9/page_22.png)








O’ZBEKISTONNING O’TMISHDAGI DAVOLASH VA SHIFOBAXSH MASKANLARI Reja 1. Hammomlarning shakllanish tarixi va funksiyaviy tarkibi. 2. Hammomlarning turlari: bozor va guzar hammomlari. 3. Samarqand va Buxoro h ammomlari.
O'rta Osiyo shaharlarining bozorlarida ham shunday dori- darmonlar bilan savdo qiluvchi maxsus do'konlar bo'lgan. Bimdan tashqari, uyda dori tayorlovchilar ham bo'lib, ular dorilarni tabiblarning ko'rsatmasi bo'yicha tayyorlaganlar. Bunday uy va bozordagi dorixonalar Ibn Sino davrida xalqqa xizmat ko'rsaruvchi dorixonalar tarmog'ini tashkil qilib, bemorlarni dori-darmonlar bilan ta'minlab turgan. O'rta Osiyoga o'zga yurtlardan Buyuk Ipak yo'li bilan kelgan sayyohlar, mehmonlar, savdogarlarga tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida yirik kagvonsaroylar qoshida ham ambulatoriyali dorixonalar tashkil etilgan bo'lishi mumkin. Navoiy shahridan 20 km Buxoro tarafda joylashgan "Raboti Malik" karvonsaroyi xarobalaridan topilgan turli muattar hidli dori-darmonlar solingan bir qancha sopol, shisha idishlar, pichoq, qaychi va shunga o'xshash jarrohlik anjomlari fikrimizning dalilidir. . Bundan tashqari, Sharq mamlakatlarida deyarli hamma shifoxonalar o'z dorixonalariga ega bo'lgan. Buxorodagi « Dorush-shifb», Hirotdagi «Shifbiya», Samarqand shifoxonasi, Misr va Bag'dod, Tabriz va Hamadondagi shifoxonalar qoshidagi dorixonalar shular jumlasidandir. Ko'rinib turibdiki, O'rta Osiyoda o'rta asrlarda va bizga yaqin bo’lgan davrlarda ham xalq orasidagi tabobat xizmati e'tiborli yo’lga qo'yilib kelingan. Bunga ilg'or xalq tabobati, kimyo fani, farrmakologiya va tibbiyot ilmining sezilarli rivoji ham uzviy ta'sir ko'rsatgan. Hammomlar va obzanlar O'rta Osiyo xalqining nufuzli an'analaridati biri hammom qurish san’atidir. Harmrjomlarning xizmat doirasi ko'p bo'lib ular o’tmishda dam olish, kuch-qudrat va sog'liqni tiklash maskani, tozailik va shifobaxsh muassasa vazifasini bajargan. Kishilar hamomga shifo topish, hordiq chiqarish va turli xil dardlardan forig’ bo'lish maqsadida ham kelganlar. Shu bois hammomlar o’tmishda mashhur allomalar, sayyohlar, elchilar va keng xalq ommasi olqishiga sazovor bo'lgan. Shahar hammomlari bozorlar, karvonsaroylar, jome masjidlari, madrasalar, shahar darvozalari yaqinida, guzarlar qoshida qurilgan. O'zga yiirtlardan horib, uzoq yo'l yurib
kelgan savdogar va karvonchi shaharga kirishdan oldin hammomda yuvinib chiqishlari shariatdan hisobiangan. Haminomlar odamlarga doim to'la bo'lib, ularda erkak va ayollar o'zlariga belgilangan kunlarda cho'milishgan. Ba'zida ayollarning alohida hammomlari boigan. Yozishlaricha, qadimgi turklar "charga" (chodir hammom) va sayyor kasalkonalami kashf etib, ularni o'z qo'shinlari bilan birga olib yurishgan. G'arbda, xususan, Vizantiyaliklar esa chodir hammomni turklardan o'rgangan va o'z qo'shinlariga tadbiq etganlar. O'rta Osiyo shaharlari, jumladan, Buyuk Ipak yo'li o'tkan saharlar shifobaxsh hammomlarga juda boy bo'lgan. Tarixchi Narshaxiy X asrdayoq Buxoroda bir nechta hammom bo’lganligidan dalolat beradi. Ular ichida eng masliliuri Darvozai Mansur mahallasidagi «Xon liammomi» hisobiangan. XIX asrga kelib Buxoroda 8 ta bozor, 9 ta guzar hammomlari Xo’jandda guzar hammomlaridan tashqari, 2 ta bozor hammomi ishlab turgan. XIX asr oxirida Samarqand va O'rta Tepaning 7 tadan bozor va guzar hammomi bo'lgan. Shu davrda Toshkentda 5 ta, Qarshida 4 ta hammom ishlab turgan. O'rta Osiyoning qadimiy shahar va qishloqlarida hozir ham tarixiy hammomlar mavjud bo'lib, ulardan xalqimiz nafaqat gigiyenik, balki shifobaxsh va sog'lomlashtirish maqsadlarida ham foydalanib kelmoqda. O’gan davr mobaynida o'nlab va yuzlab yangi hammomlar,banyalar qurildi, ammo milliy sharqona hammomlar azalgidek xalq orasida o'z mavqei va mohiyatini saqlab kelmoqda. Xo’sh nega shunday? Hammomlar shuhratining siri nimada? Bu savollarga javob topish maqsadida, biz O'rta Osiyo shaharlaridagi qator tarixiy hammomlarni, shu jumladan, sobiq davrida (tipovoy) loyihalar asosida qurilgan ko'pgina banyalar ham ko'zdan kechirib, ularning ish jarayonini tekshirdik, hammomlarga tushgan kishilar va xodimlar bilan suhbatlashdik (hammasi bo'lib 100 ga yaqin hammom tahlil qilindu). Izlanishlar shuni ko'rsatdiki, (№2-08-02, №2-08-01, -4-21 sp, №127, NKO -3) loyihalar asosida XX asming 70-llarida qurilgan banyalarda xalqqa maishiy xizmat ko'rsatish va sog’lomlashtirish gigiyenik vazifa zamona talablariga nisbatan sezilarli darajada ma'naviy eskirgan. Ko'zdan kechirilgan banya larda, asosan, tog'orada
yuvinilib, dushga tushiladi va ayrim (№ 284-4-4-4 s, №49-130-1 va №-2-08-08 loyihalar asosidaqurilgan ) hammomlarda xususiy obzan (vanna) va dush kabinalari Tipovoy banyalarda shifobaxsh xususiyatli xona bu birgina bug'xona hisoblanib, u ham bo'lsa tekshirilgan hammomlarning deyarli 40% da ishlamaydi. Ishlaydiganlarida esa bug’ hammomining suvni isitib beruvchi umumiy qozonidan truba orqalu yuboriladi. Bunday bug'ning soglomlashtiruvchi ta'siri juda past bo'lib, uning inson tanasi va vujudiga foydasidan ko'ra ziyoni ko'proqdir. Shuning uchun ham vrach-gigienislar hammomda bunday bug'dan foydalanishri tavsiya etmaydi, chunki u juda past haroratli va kishi organizmuga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Aslida tipovoy banyalarda bug'ni "elektr yoki "pech kamenka"lardan olish tavsiya etilgan. Ammo xizmatdagi mavjud "banya"lar odatda, bunday «pechka» lar bilan taminlanmagan, ta'minlanganlarida esa ulardan yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Yuqoridagi sabablarga ko’ra obzani (vanna) yoki dushi bor oilalar ruscha hammomla rga tushishni xush ko'rmaydilar. Kuzatilgan tarixiy hammomlarda (sobiq sho'rolar davrida xalq h'ammomlari ham shunga kiradi) shifobaxsh sog’lomlashtirish vazifasining mazmun va mohiyati butunlay boshqach. Masalan, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent, Xo'jand, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Xiva, Kosonsoy kabi - shaharlardagi tarixiy hammomlarda binoning asosiy xonalari pol osti qizitish quvurlari orqali tarqaluvchi issiq havo yordamida istiladi va natijada nafaqat pol, balki xonalar, ulardagi o'rindiqlar supalar bularaing barchasi issiq holatda saqlanadi. Xalq hammomlarida o'rindiqlar va supalar tosh yoki marmardan ishlangan toshtaxtalar bilan o'shalgan. Toshtaxtalar va xonalardagi qiirilmalarning issiqlik qatuvchanligi tufayli xonalardagi havo qiziydi, qizigan pol va supalar tushgan suv esa bug'lanib issiq havoga zarur namlik baxshida etadi. Hammom ichkarisi tomon cho'milish xonalarining issiq namlik darajasi asta sekin o'zgarib havo harorati oshib boradi, shunga mos ravishda xonalaraing vazifalari ham o'zgarib boradi. Bu haqda o'rta osiyolik ulug' tabib Abu-Ali Ibn Sino o'rta fsrdayoq shunday yozgan edi: "Birinchi xona sovutadi va ho'llaydi, ikkinchi xona isitadi va qo'llaydi, uchinchisi esa isitadi ira quritadi". Xonalarning issiqlik namlik hoiati orasidagi
btmday farq cho'miluvchilarning o'z mijoz va ta'biga ko'ra hamnom xonalarini tanlashga imkoniyat: beradi. Ibn Sino nomlardagi asosiy xonalar haqida yozgan xolos. U o'zining bu fikri bilan o'sha davr hammomlarining tuzilishidagi doimiylikni va xonalar orasidagi zarur aloqadorlikni ko’rsatmoqchi bo'lgan. Hammomlarda harorati mo'tadil xonadan asta-sekin o'rtadagi iliq xona orqali issiq xonaga, so'ngra xilvat xonaga o'tib cho'milish zarurligini "Qobusnoma" mualiifi Unsur maolih Kaykovus ham taklif etadi. Ibn Sino va Kaykovuslarning ushbu ko'rsatmaiariga me'morlar X-Xl asrlardan keyingi davriarda ham amal qilishgan ko'rinadi, chunki Sharq va O'rta Osiyo hammomlarining funktsional tuzilishidagi doimiylik va bir-biriga o'xshashlik hozirgacha muqim saqlanib kelmoqda. Ushbu xalqlar hammomlari orasidagi juz'iy farqlarni esa, joylardagi me'moriy maktablar va muayyan ijtimoiy buyurtmalar tufayli ro’yobga chiqqan deb tushuntirish mumkin. Darhaqiqat, O'rta Sharq mamlakatlari hammomlarining o'rta asrlardagi qurilisnda, hafto ular shahar ijtimoiy nng ajralmas sog'lomlashtirish shifobaxsh udumiga aylangan davrlarga kelib ham o'sha qadimiy taritibot va o'ziga xoslik ya'ni mo'tadil, iliq va issiq xonalar tizimi saqlanib qolgan. O"rta Osiyo hammomlarining tarixiy shakliangan to'liq xonalar tarkibi quyidagilardan iborat; l-yechinish xonasi (chorhari); 2-lungi xona; 3-yuvinish va dam olish xonasi; 4- markaziy zal (katta gumbaz, kinnik yoki buxorocha miyon saroy); 5-xodimi xona' (uqalash xonasi); 6-issiq xona yoki buxorocha garm xona; 7-sovuq xona yoki xunuk xona; 8-suv xonalari (odatda ular ikkita: issiq va sovuq suv xonalari, obi garm va obi xunuk; 9-olov xona (xamma). Yuqorida sanab o'tilgan asosiy xonalardan tashqari tarixiy hammomlarda ko’pincha uncha katta bo'lmagan xususiy tozalan ish xonasi "poki xona"ni va onda- sonda mu'jazgina «hojat xona» ni ham uchratish mumkin. Yechinish xonasi, odatda, baland, katta kvadratga yaqin to'rt burchakli keng zal hisoblanib, ko'pgina vazifalarni bajaradi: unda yechiladi, hammomdan so'ng dam olinadi, choy icbilib, hordiq chiqariladi, suhbatlashiladi. Ilgarilari yechinish xonasi madaniy klub vazifasini bajarib, unda