olmosh usluniyati
Mavzu:Olmosh uslubiyati Reja : I. Kirish. II Asosiy qism: a)O’zbek tilshunosligida olmosh so’z turkumi haqida. b)Olmoshning grammatik-leksik ma’nosi. c)Olmoshnng stilistik xususiyati. III. Xulosa. Adabiyotlar.
Olmosh. Olmoshlarning gapda ot, sifat, son o‘rnida kelishi, uning ekvivalenti sifatida qo‘llanilishi bu so‘z turkumi guruhidagi birliklarning grammatik jihatidir. Ularning nutqda bog‘lovchilik vazifasini bajarishi ham ana shu grammatik vazifalar doirasida qaraladi. Olmoshlarning bu sifati tilshunoslikda uni deyksis belgilar sifatida qarashni taqozo etgan. «Deyksis belgilar – voqea, belgi, narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi, shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash mumkin», deb yozadi N.Mahmudov. 1 O.S.Axmanova ham «deyksis ko‘rsatish funktsiyasini bajaruvchi olmoshlar uchun xarakterli» ekanligini qayd etgan. 2 Bu turkumdagi birliklarga stilistik resurs sifatida qaralganda butunlay boshqa bir manzara hosil bo‘ladi va bu manzara ana shu resuraslarning g‘oyatda ko‘p ekanligidan dalolat beradi. Ot, sifat, son kabi turkumlarga oid birliklarning olmoshlar bilan almashtirilishini olib qaraylik. Nima uchun ular tildagi boshqa birliklar bilan almashtiriladi? Bunda qanday maqsadlar ko‘zda tutiladi? Savolning qo‘yilishidan shu narsa seziladiki, bu o‘zro almashtirishlar zamirida qandaydir ifoda maqsadi yotadi. Bu maqsad esa faqat olmoshlar qo‘llanilayotgan matnlar orqali ma`lum bo‘lishi mumkin. Men – erkin Zubaydullaev, Alisher Bozorov va Samandar SHukurovlar keldik deyilganda fikr mantiqiy jihatdan g‘oyatda aniq ifoda etilgan. Agar gapning uyushib kelgan egasi olmosh bilan almashtirilib Bizlar keldik deyilsa, gap grammatik jihatdan zarar ko‘rmaydi, ya`ni har ikki holatda ham predikativlikni yuzaga keltiruvchi asosiy bo‘laklar mavjud. Ammo masalaga sinchiklab qaralganda bu gaplar o‘rtasidagi tenglik faqat grammatik, ya`ni shakl tomondan ekanligi, faqtgina temaning mavjudligi ma`lum bo‘ladi. Mazmunan esa bu gaplardagi ega qismi birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi. Bizlar keldik gapidagi bizlar so‘zining ma`nosini anglamoq uchun tinglovchi kim kelishligidan avvaldan xabardor bo‘lishi kerak. Hatto shunday bo‘lganda ham aynan yuqoridagi gapda 1 Маhмудов Н. Эргаш гапларнинг табиати ва таснифи масаласи // O‘збек тили ва адабиёти, 1991, 3- сон, 18-б. 2 Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – М.,1969, с.126.
nomlari keltirilgan kishilarmi, ularning bir qismimi yoki qaysi biri kelmay qolganmi, yana kimlardir qo‘shilganmi ekanligi aniq bo‘lmasdan qolaveradi. Demak, bu o‘rinda bizlar ning e rkin Zubaydullaev, Alisher Bozorov va Samandar SHukurovlar o‘rnini bosishi yuzakidir. Bizlar so‘zini ishlatish boshqa tarafdan qulaydir. Masalan, birinchidan, fikr qisqa va lo‘nda ifodalanmoqda, ikkinchidan, u umumlashtiruvchilik xususiyatini yuzaga chiqarmoqda. Bu esa tilimizning amalda bo‘lish qonuniyatlariga mos keladi. Gapda bizlar ning e rkin Zubaydullaev, Alisher Bozorov va Samandar SHukurovlar o‘rini almashtirishi, ya`ni uning ekvivalenti bo‘lishi mutlaqo grammatik hodisa. Ammo umumlashtiruvchilik va fikrni qisqa tarzda ifoda etishi esa sizlar birligi zimmasiga yuklatilgan qo‘shimcha vazifadir. SHuning uchun ham u gapda stilistik vazifa ado etmoqda deb ayta olamiz. Shunday qilib, olmoshlarning gapda ot, sifat, songa teng keladigan grammtik vazifani bajarishidan tashqari, yana ko‘plab stilistik ottkenlarni yuzaga keltirishi bu turkumdagi birliklar semantik ma`nolarining va qo‘llanish ko‘lamining kengayib borishiga asos bo‘ladi. Olmoshlarning stilistik resurslari axtarilganda masalaning ana shu jihatlarini hamisha diqqat markazida ushlab turish lozim bo‘ladi. Ammo biz keldik tipidagi gaplarda olmoshlar anglatayotgan qo‘shimcha ma`nolar tinglovchi tomonidan hamma vaqt ham payqalib, to‘g‘ri baholanavermaydi. CHunki nutqimizda olmoshlarning nihoyatda ko‘p qo‘llanilishi, ularning muayyan ko‘rinishlarda turg‘unlashishiga va an`anaviy tus olishiga olib kelganki, ular har qanday tinglovchi tomonidan ham payqalavermaydi. Olmoshlarga tilimizdagi stilistik resurs sifatida baho berish uchun ularning funktsional uslublararo qo‘llanish xususiyatlari, o‘zaro va boshqa til elementlari bilan sinonimik munosabatga kirishish yo‘llari, nutqda olmoshlar bog‘lanayotgan birliklar va bu bog‘lanishlar orqali vujudga kelgan semantik ma`nolar o‘rganilishi lozim. Bu holatlarga esa olmoshlarning barcha turlarida duch kelamiz. Ularga qisqacha bo‘lsada, to‘xtalib o‘tamiz. Kishilik olmoshlari. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagilar kishilik olmoshlari sanaladi: men, sen, u, biz, siz, ular. I shaxs birlik olmoshi men so‘zlashuv uslubida faolligi bilan xarakterlarlanadi. SHunga bog‘liq holda bu faollik
badiiy va ommabop uslublar matniga ko‘chadi. Rasmiy va ilmiy uslublarda deyarlik ishlatilmaydi. Uning gapda ot o‘rnida qo‘llanilib, ega bo‘lib kelishida grammatik va stilistik ehtiyojdan ko‘ra mantiqiy ehtiyoj ustundir. CHunki odam o‘zi haqida axborot berayotganda ismi sharifini aytish odatdagi so‘zlashuv mantiqiga to‘g‘ri kelmaydi. Faqatgina rasmiy hujjatlarda, masalan, tarjimai hol bayon etilayotganda Men Madiev... Lenin rayon, Lenin sovxoz, Lenin uchastkasida tug‘ildim (TM) yoki Men – Karimov Suyun Amirovich 1950 yilda Samarqand viloyati Nurobod tumani Ulus qishlog‘ida tug‘ildim deyilganda u to‘liq keltirilishi mumkin. SHunda ham uning gapdagi boshqa a`zolarga grammatik bog‘lanishi olmoshsiz yoki tinish belgilarisiz ( Karimov Suyun Amirovich - 1950 yilda Samarqand viloyati Nurobod tumani Ulus qishlog‘ida tug‘ildim ), og‘zaki nutqda esa vaziyatga qarab maxsus ohanglarsiz amalga oshmaydi. Qolgan paytlarda esa bu vazifani olmosh bajarishi o‘zbek tili uchun me`yoriy holatdir. Ba`zan kesimning bajaruvchi shaxsni ko‘rsatib turishi olmoshni bu vazifadan ozod qiladi: Samarqand viloyati Nurobod tumani Ulus qishlog‘ida tug‘ildim kabi. SHunga qaramasdan nutqda men ga faol murojaat qilinadi: Bir so‘z bilan aytsak men shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim! (T.Murod), Men ba`zi birovlar yurgan yo‘llaridan yurmayman (T.Murod) . Bunday gap qurilishidan uni, yuqoridagi singari, bemalol olib tashlash mumkin: Bir so‘z bilan aytsak shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim! Ba`zi birovlar yurgan yo‘llaridan yurmayman. Asosiy mazmunga ham, grammatik qurilishga ham jiddiy putur etmaydi, uning grammatik vazifasini kesimdagi shaxs ko‘rsatkichi o‘z zimmasiga oladi. Ammo uning keltirilishidan gap zarar ham ko‘rgan emas. Bu gaplarda men ozgina bo‘lsa-da, ta`kid ottenkasini vujudga keltirmoqda. Boshqa bir o‘rinlarda men ni gap tarkibidan chiqarib tashlab bo‘lmaydi: Xalqni nima qilasiz? – dedi. – Mana men Xalq, o‘zimga ayta bering! Mana, men — obkom Rajabov! (T.Murod).U gaplarda shaxsni ko‘rsatish bilan birgalikda, uning kim tomonidan aytilayotganini bildirishdek qo‘shimcha vazifa bajarmoqda. Agar u gapda olib tashlansa, gapning muallifi boshqa kishiga aylanadi. U Xudo men
bandasini-da o‘z rahmatiga olsa edi! (T.Murod) jumlasidan olib tashlanganda, gap kim haqida ketayotganligi noaniq bo‘lib qoladi. Men olmoshi badiiy matnda kuchli poetik vositaga aylanishi mumkin. T.Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida u asar qahramoni Botir firqaning ichki dunyosi, ruhiy qolatini ochib berishda juda faol qo‘llanilgan: «Men uchun mehnat shon-sharaf bo‘ldi. Men uchun mehnat g‘urur ham faxr bo‘ldi. Men hayotni mehnat deb bildim. Men yashashni mehnat deb bildim. Men yaratdim, men bino etdim. Mana shu XX asrni... men yaratdim, men! Ana shunday zot ketsa – men o‘lsam, meni... yuvmaydilar, yuvmaydilar! Menday bir zot o‘lsa... Menga... janoza o‘qimaydilar, janoza o‘qimaydilar! Demak, shariat bo‘yicha... o‘lib bo‘lmaydi! Urfodatlar bilan o‘lib bo‘lmaydi. eskichasiga o‘lib bo‘lmaydi. Men chin kommunistman. Men el-yurtga partiyaviy nazar bilan mehnat qildim. Men el-yurtga marksizmleninizm g‘oyalari bilan xizmat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, men mehnat qildim, mehnat! Men bola-baqram demadim – jamiyatim, dedim. Men bola-baqram uchun mehnat qilmadim – jamiyatim uchun mehnat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, sovet jamiyati bor bo‘lsin, dedim. Kommunistik jamiyat bor bo‘lsin, dedim... CHin, men kommunistman, kommunist. Ammo-lekin men ham odamman, odam. Men jannat bilan do‘zaxga ishonaman». Botir firqa unsiz-unsiz yig‘ladi. (T.Murod). Ba`zi o‘rinlarda ushbu olmoshning yoniga boshqa leksik vositalar qo‘shilishi yoki o‘zining takrorlanishi orqali ifoda effekti yana ham kuchaytirilgan: Uka, shaxsan men o‘zim sizni kommunistik partiya safiga qabul qildim. — Birinchi g‘ishtini Yo‘ldosh Oxunboboev qo‘yib edi, — dedi. — Ikkinchi g‘ishtini... men qo‘yib edim, men! (T.Murod). Tilimiz tarixida men o‘rnida kamina, faqir, banda so‘zlari qo‘llangan: Sizni yolg‘iz yubormaymen, davlatpanoh sizni ehtiyot qilmoqni kaminaga topshirgandur, ustod; Faqir ham o‘z ustodimni ko‘rgim keladi (O.YOqubov). So‘zlarning bu tarzda ishlatilishi, bir tomondan, kishilardagi kamtarinlik fazilatini juda nozik tarzda ifodalay olsa, ikkinchi tomondan, badiiy asardagi tarixiylik ruhini ushlab turishga ham xizmat qiladi.