OSHQOZON YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDINI OLISH


OSHQOZON Y ARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, TASHX ISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDIN I OLISH REJA: 1 Oshqozon yarasi belgilari va alomatlari 2 Oshqozon yarasi sabablari o 2.1 Xavf omillari 3 Oshqozon yarasining asoratlari 4 Oshqozon yarasini tashxislash 5 Oshqozon yarasini qanday davolash mumkin? o 5.1 Antibiotiklar bilan davolash o 5.2 Shilliq qavatining himoyasini kuchaytiradigan vositalar o 5.3 Antisekretor preparatlar o 5.4 Boshqa preparatlar o 5.5 Operatsiya o’tkazishga ko’rsatmalar 6 Oshqozon yarasi bo’lgan bemorlarning ovqatlanishi o 6.1 Oshqozon yarasi bo’lganda nimalarni tanovul qilish mumkin? o 6.2 Ratsiondan nimani chiqarib tashlash kerak? 7 Oshqozon yarasini oldini olish
OSHQOZON YARASI BELGILARI VA ALOMATLARI Rivojlanayotgan patologik jarayonning asosiy alomatlarini bilish yordam uchun shifokorga tezroq uchrashish va natijada kasallikning erta tashxislanishini ta’minlaydi, bu esa jarrohlik aralashuvisiz ham terapevtik ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlaydi. Ammo, ba’zida oshqozon yarasi o’zini namoyon qilmaydi, bu esa muntazam tekshiruvdan o’tib turish kerakligini ko’rsatadi. Odatda, me’da yarasining asimptomatik kechishi 25- 28% hollarda kuzatiladi va yara bemor o’limidan so’ng aniqlanadi. Oshqozon yarasini quyidagi alomatlarga ko’ra payqash mumkin: Qorinning yuqori qismida joylashgan og’riq hissi . Ushbu alomat 75% hollarda namoyon bo’ladi. Bemorlarning yarmi intensiv bo’lmagan og’riq hissidan shikoyat qiladilar, qolgan 50% da alkogolli ichimliklar yoki achchiq oziq-ovqatlarni iste’mol qilish paytida, ovqatlanishlar oralig’i uzoq vaqt bo’lganida va jismoniy mashqlar bajarish paytida ko’proq kuchayadigan og’riq kuzatiladi; Jig’ildon qaynashi . Bu hissiyot oshqozonning agressiv muhitga ega bo’lgan kislotali sharbati qizilo’ngachning bo’shlig’iga tushib, uning devorlarini qo’zg’atishi sababli paydo bo’ladi. Ushbu alomat tez-tez kuzatiladi va bemorlarning 80 foizida aniqlanadi. Jig’ildon qaynashi odatda ovqatlanishdan keyin 1-2 soat davomida paydo bo’ladi; Ba’zan qayt qilish bilan birga kechadigan ko’ngil aynishi hissi . Ushbu belgi oshqozon motorikasining buzilishidan kelib chiqadi. Oshqozon yarasida qayt qilish ovqatdan keyin 1,5-2 soat o’tgach kuzatiladi va oshqozon bo’shatilishi sayin yengillik hissi kela boshlaydi. Shuning uchun ko’pincha bemorlar qusishni ixtiyoriy ravishda chaqirishadi; Ishtahaning pasayishi oshqozon yarasi kasalligida odamning ovqatlanishdan keyin og’riqni boshdan kechirishidan xavfsirash yoki oshqozon-ichak tizimi motorikasi buzilishi sabab kuzatilishi mumkin;
Og’iz bo’shlig’iga me’da shirasining nazoratsiz ravishda ko’tarilishi bilan tavsiflanadigan kekirish . Bunday holda, bemor og’zida achchiq yoki nordon ta’mni his qiladi; Gaz hosil bo’lishining oshishi ; Ovqat qabul qilishdan keyin kuzatiladigan qorindagi og’irlik hissi ; Tezda to’yib qolish tuyg’usi ; Axatning buzilishi. Ko’pincha bemorlar ich qotishidan shikoyat qilishadi, ich ketishi esa peptik yara uchun xos emas. Defakatsiya bilan bog’liq qiyinchiliklar bemorlarning 50 foizigacha qismida kuzatiladi, ayniqsa, oshqozon yarasining kuchayishi davrida. Oshqozon yarasining tashqi belgilaridan biri tilda kulrang karash borligidir, bu alomat deyarli doimo oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq muammolar mavjudligini ko’rsatib turadi. Bemorda kaftlarning ortiqcha terlashi va epigastral hududga bosib ko’rilganda og’riq hissi paydo bo’lishi ham kuzatilishi mumkin. Oshqozon yarasida og’riqning tabiati asosan shikastlanishning lokalizatsiyasiga bog’liq. Bemorlarning shikoyatlariga qarab, shifokor oshqozonning bu yoki boshqa qismida yara mavjudligiga shubha qila oladi. OSHQOZON YARASI SABABLARI Hozirgi vaqtda oshqozon yarasi Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararlanishdan kelib chiqishi isbotlangan (75% hollarda). Bu bakteriya spiralsimon bo’lib, oshqozonning agressiv muhitiga moslashgan va xlorid kislotasini neytrallashtirish qobiliyatiga ega. Ushbu bakteriyalar hayotiy faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostida oshqozon shilliq qavatining hujayralari nobud bo’ladi, bu esa oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladi. Ushbu bakteriyani yuqtirib olish qiyin emas, manbai uning tashuvchisidir, u so’lak, zararlangan ovqat va suv, dezinfektsiya qilinmagan tibbiy asboblar, iflos idishlar orqali, shuningdek onadan homilaga yuqadi. Oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladigan boshqa sabablar orasida quyidagilarni ajratish mumkin: Dori vositalarini qabul qilish . Birinchidan, kasallikning rivojlanishiga NYQP (aspirin, indometatsin, diklofenak, butadion, ketoprofen, ibuprofen) ta’sir ko’rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da-
ichak yo’lidan qon ketish hollari aniqlangan bo’lsa, agar dorilarni katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, agar davolash antikoagulyantlar yoki glyukokortikoidlarni qo’llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi. Yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa dorilar orasida sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud; Boshqa kasalliklar natijasi, jumladan sil , qandli diabet , Kron kasalligi, giperparatireoz, o’pka saratoni, gepatit, jigar sirrozi , pankreatit , sifilis va boshqalar; Oshqozon jarohatlanishi , qonning infekstiyalanishi, har qanday shok holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi; Stress , yomon oziqlanish, yomon odatlar, beqaror hissiy holat . Shu jumladan, qahvani suiiste’mol qilish oshqozon yarasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir; Genetik omil , xususan, yaqin qarindoshlarda o’xshash patologik jarayon mavjudligi. Bundan tashqari, birinchi qon guruhi bo’lgan shaxslarda oshqozon yarasi hosil bo’lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o’rtacha 40%ga). XAVF OMILLARI Oshqozon yarasi rivojlanishiga olib keladigan omillar juda ko’p, ammo quyida ulardan eng keng tarqalganlari keltiriladi: Chekish (nafaqt sigareta, balki sigara va chilim ham); Alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilish; Tez-tez va yuqori dozalarda kofein saqlovchi gazlangan va boshqa ichimliklarni ichish; Tartibsiz ovqatlanish; Oshqozon shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilish; Yallig’lanishga qarshi preparatlarni doimiy qabul qilish (masalan, ibuprofen); Tez-tez depressiya yoki stressli vaziyatlar; Bulochka va pirojnoe kabi mahsuotlarni tez-tez va ortiqcha iste’mol qilish. OSHQOZON YARASINING ASORATLARI Oshqozon yarasi jiddiy asoratlarning rivojlanishi bilan xavfli bo’lib, ularning aksariyati o’limga olib kelishi mumkin. Yaraning eng xavfli oqibatlari orasida quyidagi patologiyalarni ajratish mumkin: