logo

Qandli diabet va uni laboratoriyada aniqlash usullari.

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2351.2109375 KB
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti 
Diplomdan Keyingi Ta’lim
                                       Fakulteti 
                                                KURS ISHI
Mavzu:   Qandli diabet va uni laboratoriyada
aniqlash usullari.
 
SAMARQAND – 2024
REJA: KIRISH:
1. Diabet rivojlanishi sabablari
2. Patogenez
2.1. Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet)
2.2. Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet)
3. Alomatlari
4. Tashxislash
5. Kasallik darajalari
6. Qand miqdorining me’yori
7.Glyukozaning aniqlash usullari :
7.1 Qonda aniqlash usullari
7.2 Siydikda aniqlash usullari
7.3.   Qandli diabet kasalligini glikirlangan Hb usulida
aniqlash
7.4 Glyukoz tolerantlik testi (GTT)
 8. Tajribaviy qism
      
XULOSA……………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……
KIRISH Qandli   diabet ,   qand   kasalligi   —   organizmda   insulin   tanqisligi
va   moddalar   almashinuvi   buzilishi   natijasida   kelib   chiqadigan   kasallik .
Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida  juda qadimdan ma lum. Abuʼ
Ali   ibn   Sino   bu   dardga   alohida   e tibor   beradi.   "Suv   qanday   ichilgan	
ʼ
bo lsa,   shu   holda   chiqadi",   deb   yozadi   u.   Bemorning   ko p   suv   ichishi	
ʻ ʻ
boshqa   kasalliklarni   ham   keltirib   chiqaradi   va   bemor   juda   ozib   ketadi.
Davolarga   to xtab   tabib:   "Bemorga   sovuq   mizojli   suyuqliklar   ichir,	
ʻ
sovuqjomga   sol,   nordon   ayron   ichir,   mevalar   ber,   yalpiz   damlab   ichir,
ya ni   bemorni   ho lla,   sovut",   deydi.   Bu   —   kasallik   odam   badanida	
ʼ ʻ
issiqlikning   oshib   ketishi   tufayli   paydo   bo lishini   bildiradi.   Qand	
ʻ
kasalligi   tarixiy   tibbiy   manbalarga   ko ra,   nasliy   bo lishi   ham   mumkin.	
ʻ ʻ
Qandli   diabetda   qonda   qand   moddasi   keskin   ko payib,   siydik   bilan	
ʻ
chikib   turadi   (tarkibida   qand   moddasi   bo ladi),   tashnalik,   ozib   ketish,	
ʻ
quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi.
Kasallikning   irsiy   yoki   hayotda   orttirilgan,   shuningdek,   insulinga
bog liq   (diabetning   1turi)   va   insulinga   bog liq   bo lmagan   (diabetning	
ʻ ʻ ʻ
2turi) turi farq qilinadi.
Diabetning   1turi   ko pincha   o smirlik   yoshida   uchraydi.   Bunda   bemor	
ʻ ʻ
organizmida   me da   osti   bezi   hujayralari   insulin   ishlab   chiqara   olmaydi	
ʼ
va   ularni   davolashda   qand   miqdorini   pasaytirish   maqsadida   insulin
preparatlari qo llanadi.	
ʻ
Qandli diabetning 2turida me da osti bezi orolcha hujayralaridan insulin	
ʼ
ishlab   chiqarish   saqlanib   qoladi,   bunda   qon   tarkibidagi   insulin   miqdori
me yorida yoki undan sal yuqoriroq bo ladi.	
ʼ ʻ
Biroq,   to qimalarning   insulinga   nisbatan   sezgirligi   keskin   pasayishi	
ʻ
tufayli   to qimalar   tomonidan   glyukozani   o zlashtirish   hamda	
ʻ ʻ
foydalanish   kamayadi   va   u   qon   tarkibida   to planib   qoladi,   natijada	
ʻ
qonda   qand   ko payib,   siydik   bilan   chiqib   turadi,   bemor   juda   semirib	
ʻ
ketadi.   Diabetning   bu   turi   bilan,   asosan,   o rta   va   keksa   yoshdagilar	
ʻ
kasallanadilar.   Kasallik   asta-sekin,   zimdan   rivojlanadi,   u   boshlanishida
og iz   qurishi,   chanqash,   ozish   kabi   alomatlar   yaqqol   bilinmaydi.	
ʻ
Bemorni   ko proq   holsizlanish,   toliqish,   tashnalik   bezovta   qiladi.   Qon	
ʻ
tarkibidagi   glyukoza   miqdori   yuqori   bo lishiga   qaramay,   diabetning	
ʻ
2turida   qon   tarkibida   atseton   modsasining   ortishi   va   uning   siydikda
paydo   bo lishi   juda   kam   kuzatiladi.   Bunday   bemorlar   insulin   qabul	
ʻ
qilmay   yashashlari   mumkin.   Ularga   parhez,   jismoniy   mashqlar   bilan shug ullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshiʻ
naf beradi.
Qandli diabet — bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash
zarur. To lato kis davolanmaydigan va qon tarkibidagi glyukoza miqdori	
ʻ ʻ
uzoq   vaqt   yuqori   saqlanadigan   bemorlarda   Qandli   diabetning   tomir
asoratlari — diabetga xos angiopatiyalar (makro va mikroangiopatiyalar)
namoyon bo ladi.	
ʻ
Bu   barcha   a zolarning   (teri,   muskullar,   nerv   va   h.k.)   kapillyarlarini
ʼ
shikastlaydi.   Diabetga   xos   mikroangiopatiyalar   buyrak,   ko z,   oyoq   va	
ʻ
boshqalar a zolarda ko proq va ertaroq kuzatiladi.	
ʼ ʻ
Qandli   diabet   ateroslerozning   rivojlanishi,   o z   navbatida,   yurakning	
ʻ
ishemik   kasalligi   (stenokardiya,   miokard   infarkti),   miyada   qon
aylanishining   buzilishi   (bosh   aylanishi,   miya   insulti)   va   h.k.   ga   olib
keladi.
Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy maqsad iloji
boricha   qondagi   qand   miqdorini   sog lom   kishilardagi   ko rsatkichga	
ʻ ʻ
yaqinlashtirish,  ya ni kompensatsiya holatiga erishishdir.  Qondagi qand	
ʼ
miqdorini   me yorida   saqlab   turishning   asosiy   yo li   qondagi   glyukozani	
ʼ ʻ
iloji boricha teztez aniklash; bunday nazorat Qandli diabetning insulinga
bog liq   1turida   juda   zarur.   Uy   sharoitida   mustaqil   holda   qondagi	
ʻ
glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv qog ozlardan foydalanish	
ʻ
mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon
reaktiv   qog ozga   olinadi   (qon   qog ozni   bir   chetidagi   chiziqchalarga	
ʻ ʻ
tushiriladi).   Bir   daqiqadan   so ng   qog ozdagi   qon   paxta   bilan   artib	
ʻ ʻ
tashlanadi va yana bir daqiqa o tgach, reaktiv qog oz rangi shkala bilan
ʻ ʻ
solishtiriladi.   Rangi   eng   yaqin   bo lgan   shkala   ko rsatkichi   shu   qondagi	
ʻ ʻ
glyukoza miqdorini mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda
uy   sharoitida   siydikdagi   qand   miqdorini   ham   bemorlarning   o zlari	
ʻ
mustaqil   maxsus   reaktiv   qog ozlar   yordamida   aniqlashlari   mumkin.	
ʻ
Agarda   qonda   yoki   siydikda   glyukoza   miqdori   baland   bo lsa,   darhol	
ʻ
tegishli   davo   muolajalarini   amalga   oshirish   lozim.   Bulardan   tashqari,
bemorlar   tana   vaznlarini   ham   haftada   bir   marotaba   nazorat   qilishlari
hamda   uni   o z   bo yi,   yoshi   va   kasbiga   mos   bo lgan   me yorda   saqlab	
ʻ ʻ ʻ ʼ
turishlari kerak.
Qandli   diabetda   davo   har   bir   bemorning   umumiy   ahvoli,   kasallik
alomatlari,   qon,   siydik   tahlili   va   boshqalarga   qarab   tayinlanadi,   u bosqichmabosqich   olib   boriladi.   Davolanish   muddati   kasallikning
og irengilligi, o tkazib yuborilgan yoki yangiligi va turiga bog liq.ʻ ʻ ʻ
Qandli   diabet   (lot.   diabetes   mellitus ,   «saxar   kasalligi»)   —
glyukozaning   o’zlashtirilishi   buzilishi   bilan   bog’liq   bo’lgan
va   insulin   gormonining   nisbiy   yoki   mutlaq   yetishmovchilgi   yuzaga
keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya
—   qonda   qand   miqdorining   turg’un   oshishi   kuzatiladi.   Kasallik
surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz
metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.
Qonda   glyukoza   miqdorining   me’yordan   oshib   ketishi   qandli
diabetning   birinchi   alomati   hisoblanadi.   Inson   organizmida   insulin
ishlab   chiqarilishi   uchun   me’da   osti   bezi   hujayralari   (beta-hujayralar)
javobgar.   U   gormon   hujayralarga   glyukozani   o’zlashtirishga   yordam
beradi. Qandli diabetda insulin  kam miqdorda ishlab chiqariladi,  qonda
glyukoza   miqdori   oshadi.   Biroq,   glyukoza   insulinsiz   o’lzashtirila
olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi.
Bu   metabolik   kasallik   irsiy   yoki   orttirilgan   bo’lishi   mumkin.   Insulin
yetishmasligida   terida   yiringli   va   boshqa   kasalliklar   paydo   bo’lishi,
tishlar,   buyrak,   asab   tizimi   shikastlanishi,   ateroskleroz,
stenokardiya,   gipertoniya   rivojlanishi,   ko’rishning   buzilishi   kabi
ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.  1.Diabet rivojlanishi sabablari
Hozirgi   vaqtda   qandli   diabetga   irsiy   moyillik   isbotlangan
hisoblanadi. 1-tip diabetda genetik geterogenlik kuzatiladi, ya’ni kasallik
turli   gen   guruhlari   tomonidan   chaqirilishi   mumkin.   1-tip   patologiyani
aniqlashda   laborator-klinik   ko’rsatkich   sifatida   qonda   me’da   osti
bezining   β -hujayralariga   antitanalarning   aniqlanishi   xizmat   qiladi.
Nasldan-naslga o’tish xarakteri to’liq o’rganilmagan.
Diabetni patogenetik asoslari kasallik turiga bog’liq. Bir-biridan tubdan
farq   qiluvchi   ikki   turi   farqlanadi.   Zamonaviy   endokrinologiya
kasallikning   tasniflanishini   shartli   deb   atasa   ham,   uning   har   bir   turida
davolash strategiyasini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Kasallik rivojlanishining asosiy sabablariga:
1. Irsiyat .   Albatta,   kasallik   ta’sir   etuvchi   omillar   bo’lmaganda
rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.
2. Semizlik .   Ortiqcha   vazn   ikkinchi   turdagi   diabet   shakillanishiga   olib
keladi.
3. Kasalliklar .   Insulin   ishlab   chiqarish   uchun   javobgar   β -hujayralari
shikastlanishiga   olib   keluvchi   kasalliklar.   Ularga   pankreatit,   me’da
osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
4. Virusli   infeksiyalar   —   qizamiq ,   suvchechak,   yuqumli   gepatit   va
boshqa   kasalliklar.   Ushbu   infektsiyalar   diabet   rivojlanishiga   hissa
qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun.
5. Asabiylashish,   stress .   Stress,   asabiylashishdan   yiroq   bo’lish   tavsiya
etiladi.
6. Yosh . Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki
barobarga ortadi.
Bu   ro’yxatga   ikkilamchi   diabet   chaqirishi   mumkin   bo’lgan   omillar
kiritilmagan,  chunki asosiy omil  bartaraf etilganda kasallik ham tuzalib
ketadi.
Bundan   tashqari,   kasallik   rivojlanishiga   quyidagi   omillar   ta’sir
o’tkazishi mumkin:
 Feoxromositoma   —   buyrak   usti   bezi   o’simtasi,   natijada   insulinga   aks
ta’sir etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi;
 Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm);
 Gipertireoz;  Jigar sirrozi ;
 Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi;
 Vaqtinchalik   giperglikemiya   —   qonda   glyukoza   miqdorining
vaqtinchalik oshishi.
Muammoning   eng   muhim   asosi   to’qima   bilan   insulin   o’zaro
ta’sirlashuvi   buzilishi   hisoblanadi.   Glyukoza   organizmga   hayotiy
jarayonlarni   davom   ettirish   uchun   asosiy   energiya   substrati   sifatida
kerak.   To’qimalarga   glyukozaning   o’tmasligi,   glyukozaning   glikogen
sifatida   jigarda   depo   bo’lib   to’planmasligi   uning   qondagi   miqdorini
oshishiga   sabab   bo’ladi.   Ana   shu   o’zgarishlar   qandli   diabet   nomini
oladi.
Har   qanday   giperglikemiya   haqiqiy   diabet   deb   sanalmaydi.   Faqat
insulin   ta’sirida   kechadigan   o’zgarishlarga   bunday   kasallik   deb
qaraladi.
2.Patogenez
Qandli diabetning patogenezida ikki asosiy zanjir ajratiladi:
1. Me’da osti bezining endokrin hujayralari tomonidan yetarli miqdorida
insulin ishlab chiqarilmasligi.
2. Insulinning   organizm   to’qimalari   hujayralari   bilan   o’zaro
ta’sirlashuvining buzilishi (insulinorezistentlik).  Buning sabablariga:
o insulin   uchun   maxsus   retseptorlarning   strukturasi   o’zgarishi   yoki
miqdorining kamayishi;
o insulinni o’zining tuzilishi o’zgarishi;
o hujayralar   ichida   retseptorlardan   organellalarga   signallar   uzatilish
mexanizmining buzilishi.
Yuqorida   aytilganidek,   qandli   diabet   ota-onadan   farzandlarga   o’tishi
mumkin. Ota-onaning biri ushbu xastalik bilan kasallangan bo’lsa, uning
nasl surishi ehtimoli 1-tip uchun 10%, 2-tip uchun 80% ni tashkil etadi. 2.1.Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet)
Eski   nomlanishi   insulinga   bog’liq   diabet.   Ko’pincha   yoshlar,   40
yoshgacha   bo’lganlar,   ozg’in   insonlar   aziyat   chekadi.   Kasallik   og’ir
kechadi, davolash uchun insulin beriladi.
Ushbu tipdagi diabet rivojlanishida dastlabki jarayon — me’da osti
be’zi   endokrin   hujayralarining   (Langergans   orolchalari)   massiv
buzilishidir.   Buning   oqibatida   qonda   insulin   keskin   miqdorda   pasayib
ketadi.
Hujayralarning   buzilishiga   virusli   infektsiyalar,   onkologik
kasalliklar, pankreatit, me’da osti bezining toksik shikastlanishi, stressli
holatlar, turli autoimmun kasalliklar sabab bo’lishi mumkin.
Insonda   bu   kasallik   genetik   ravishda   determinatsiyalangan   va   6
xromosomada  joylashgan qator genlarning  nuqsoni tomonidan  moyillik
yaratib berilgan bo’ladi. Ushbu nuqsonlar organizmning me’da osti bezi
hujayralariga   bo’lgan   autoimmun   agressiyani   kuchayrtiradi   va   β -
hujayralarning regeneratsion qobiliyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi.
Shuningdek   provokatsion   omillar   sifatida   oshqozon   osti   bezi
hujayralarining   uzoq   muddatli   gipoksiyasi,   uglevod   va   yog’larga   boy,
oqsil   esa   kam   bo’lgan   parhez   ham   xizmat   qilishi   mumkin.   Bu
hujayralarning   sekretor   funktsiyasi   pasayishi   va   oxir-oqibat   ularning
nobud   bo’lishiga   olib   keladi.   Hujayralarning   massiv   nobud   bo’lishidan
keyin ularning autoimmun shikastlanishi mexanizmi faollashadi.
Diabetni   1-turidan   butunlay   davolanib   bo’lmaydi,   lekin   ba’zi   hollarda
bez faoliyati me’yorda ushlanib, parhezga amal qilinsa, kasallik ortiqcha
bezovta   qilmaydi.   Doimiy   ravishda   sun’iy   insulin   qabul   qilish   talab
etiladi.
Insulin   oshqozon-ichak   traktida   parchalanib   ketishi   bois,   u   faqat
in’yektsiya   orqali   kiritiladi.   Qat’iy   parhezga   amal   qilib,   ovqat
ratsionidan   yengil   hazm   bo’luvchi   uglevodlarni   (shakar,   shirinliklar,
mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash kerak.  
2.2.Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet)
Eski nomlanishi — insulinga bog’liq bo’lmagan diabet. Ko’pincha
yoshi   kattalar,   semizlikdan   aziyat   chekadigan   (asosiy   xavf   omili,
bemorlarning   80%   da   tana   vaznining   ortiqchaligi   qayd   qilinadi),   40
yoshdan oshgan kishilar xastalanadi. Retseptorlar   strukturasi   o’zgarishi   yoki   soning   kamayishi   natijasida
gormon   bilan   ta’sirlasha   olmaydi.   Shuningdek   ba’zida   gormonni
o’zining tuzilishi o’zgarishi ham mumkin (genetik nuqsonlar).
Semizlikdan   tashqari,   2-tip   diabetning   xavf   omillariga   quyidagilar
kiradi:
 Qarilik;
 Chekish;
 Alkogol iste’mol qilish;
 Arterial gipertoniya;
 Surunkasiga ortiqcha ovqatlanish;
 Kamharakat hayot tarzi.
Diabetning   2-tipiga   irsiy   moyillik   bo’lishi   isbotlangan.   Bunga
gomozigotali   egizaklarda   kasallik   mavjud   bo’lishining   100%   mos
kelishi ishora qiladi.
Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo’lavermaydi.
Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi.
Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga
amal   qilish   muhim   ahamiyatga   ega.   Tana   vaznini   me’yorga   kelguncha
asta-sekin,   oyiga   2-3   kg`dan   tushirib   borish   tavsiya   etiladi.   Parhezga
amal  qilmaganda   qonda shakar  miqdorini   tushiruvchi  dorilar,   eng og’ir
hollarda insulin buyuriladi.
3.Alomatlari
Qandli   diabet   belgilari   bosqichma-bosqich   rivojlanadi   va   sekinlik   bilan
namoyon   bo’la   boshlaydi.   Asosan   qonda   glyukoza   miqdorining   yuqori
bo’lishi   kuzatiladi.   Bemorlarda   kasallik   paydo   bo’la   boshlanganida
quyidagi asosiy alomatlar seziladi:
 Polidipsiya   — qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik.
 Poliuriya   —   siydikda   erigan   glyukoza   hisobiga   osmotik   bosimning
ortishi natiajasida kunlik peshob ajralishining oshishi;.
 Polifagiya   —   doimiy   qondirib   bo’lmas   ochlik.   Modda   almashinuvi
buzilishi oqibatida yuzaga keladi;  Ozib   ketish   —   ayniqsa   diabetning   1-tipi   uchun   xarakterli.
Hujayralarning   energetik   almashinuvida   uglevod   ishtirok   etmasligi
sababli oqsil va yog’larning faol katabolizmi tufayli sodir bo’ladi
Bundan   tashqari   kasallikning   ikkilamchi   belgilari   ham   mavjud.
Ular   asta-sekin   rivojlanadi   va   har   qanday   turdagi   diabet   uchun
xarakterlidir:
 Doimiy ravishda og’izning quruqligi;
 Tana vaznining kamayishi yoki birdan oshib ketishi;
 Terining kuchli qichishi va quruqlashishi;
 Teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;
 Mushaklarning kuchsizligi va haddan tashqari terlash;
 Har qanday yaralarning qiyin tuzalishi;
 Ko’rish buzilishi;
 Bosh og’rig’i, aylanishi va aqliy faoliyatning pasayishi;
 Yurak og’rig’i, jigarning kattalashishi;
 Oyoqlarda og’riq va yurishning buzilishi;
 Teri, ayniqsa oyoqlarda sezgirlik kamayishi;
 Yaralar paydo bo’lishi;
 Qon bosimining oshishi;
 Yuz va oyoq shishishi;
 Bemordan atseton hidi kelishi.
4.Tashxislash
Agar kasallik mavjudligiga shubha bo’lsa uni tasdiqlash yoki inkor
qilish kerak bo’ladi.  Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental
diagnostik   usullar   bor   va   bu   tahlilar   yordamida   kasallikka   aniq   tashxis
qo’yilishi mumkin. 
Ularga:
 Qonda glyukoza miqdori — och qolganda glyukoza miqdorini aniqlash;
 Glyukozaga sezuvchanlik sinovi — och holatda va ovqatdan keyin ikki
soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtirish;  Glikemik   kuzatuv   —   kun   davomida   qondagi   qand   miqdorini   bir   necha
bor tahlil qilish.  Davolash samarasini o’rganish uchun qo’llaniladi;
 Siydikda glyukoza, oqsil, oq qon hujayralari mavjudligini tekshirish;
 Siydikda atseton mavjudligini tekshirish;
 Qonda glikolizlangan gemoglobin miqdorini aniqlash;
 Qonning biokimyoviy tahlili;
 Qondagi endogen insulinni aniqlash;
 EKG   — diabet oqibatida miokard ko’rgan zararni aniqlash;
 UTT,   kapilyaroskopiya   kabilar   yordamida   qon   tomirlar   shikastlanish
darajasini o’rganish.
Diabet bilan kasallangan barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar
bilan maslahatlashishi kerak:
1. Endokrinolog;
2. Kardiolog;
3. Nevrolog;
4. Oftalmolog;
5. Jarroh.
5.Kasallik darajalari
    Kasallikni   jiddiyligiga   qarab   tasniflash   juda   muhim   sanaladi.   Asosan
glikemiya   darajasiga   qarab   farqlanadi.   Darajalanish   tashxis   qo’yishda
yordam beradi va asoratlarni oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Tibbiy
yozuvlarga   qarab   kasallik   qanday   kechayotganini,   asoratlar   og’ir-
yengilligini bilib, farqlash mumkin.
1-daraja
Kasallanish   orasida   eng   yaxshi   ko’rsatkich   hisobanib,   har   qanday
davolash   jarayoni   kasallikni   ana   shu   darajaga   tushirishga   qaratilgan
bo’ladi.   Qand   miqdori   insulin   bilan   butunlay   qoplanadi,   glyukoza
darajasi   6-7   mmol   /   l   atrofida,   glyukozuriya   (glyukozani   siydik   bilan
ajralishi) uchramaydi, boshqa ko’rsatkichlar ham me’yorda bo’ladi.
Kasallik   fonida   rivojlangan   patologiyalar   uchramaydi,   asoratlar
kuzatilmaydi.   Bunday   natijaga   davolash   kursiga   to’liq   amal   qilish   va
parhez tutish yordamida erishiladi. 2-daraja
Bu darajada insulin qand miqdorini biroz qoplay olmayotganidan dalolat
beradi.   Ko’zlar,   buyraklar,   yurak,   qon   tomirlari,   oyoqlarda,   nerv
tolalarida shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
Qonda glyukoza miqdori biroz oshgan va 7-10 mmol / l atrofida bo’ladi,
glyukozuriya   uchramaydi.   Boshqa   ko’rsatkichlar   ham   biroz   me’yordan
oshgan bo’ladi.
3-daraja
Bu   darajada   kasallik   faol   rivojlanayotgani   va   uni   dori-darmonlar   bilan
ushlab   turib   bo’lmasligi   kuzatiladi.   Glyukoza   miqdor   3-14   mmol   /   l
atrofida,   glyukozuriya   doimiy   bo’ladi,   yuqori   proteinuriya   kuzatiladi,
shikastlangan organlar asta-sekin belgi berishni boshlaydi.
Ko’rish o’tkirligi tez pasayib ketadi, gipertoniya kuzatiladi, oyoqlarda va
barmoq uchlarida sezuvchanlik kamayadi.
4-daraja
Bu   darajada   mutlaq   dekompensatsiya   kuzatiladi   va   qilgan   muolajalar
(agar bo’lsa) umuman foyda bermayotganidan dalolat beradi. Glyukoza
miqdori   jiddiy   raqamlargacha   (15-25   mmol   /   l   va   undan   ko’p)
ko’tariladi, qand miqdorini tushirishga urinish yaxshi samara bermaydi.
Siydik   orqali   oqsil   ajralishi   yanada   faollashadi.   Buyraklar
yetishmvochiligi   yuzaga   keladi,   terida   yaralar   va   gangrena   uchrashi
mumkin. Komaga tushish xavfi o’ta yuqori.
Hozirgi   kunda   qandli   diabetni   davolash   ko’pchilik   holatlarda
simptomatik   hisoblanadi   va   mavjud   alomatlarni   bartaraf   etishga
qaratiladi.   Ya’ni   kasallikning   asosiy   sababiga   qarshi   kurashilmaydi,
chunki   bugungi   kunda   samarali   terapiya   dasturi   ishlab   chiqilmagan.
Diabetni   davolashda   shifokorning   asosiy   vazifalari   quyidagilar
hisoblanadi:
 Uglevod almashinuvini kompentsatsiya qilish;
 Asoratlarni oldini olish va davolash;
 Tana vaznini me’yorga keltirish;  Bemorga tushuncha berish.
Uglevod almashinuvi kompensatsiyasiga ikki yo’l bilan erishiladi:
1. Diabet  turiga  qarab   turli  usullar  yordamida  hujayralarni  insulin   bilan
ta’minlash.
2. Parhezga amal qilish yordamida organizmga uglevodlar tushishini bir
maromda ushlab turish.
Qandli diabetni davolashda bemorga tushuncha berish juda muhim o’rin
tutadi.   Bemor   kasallik   nima   ekanligi,   uning   xavflari,   gipo-   va
giperglikemiya   epizodlarida   nimani   amalga   oshirishi,   ulardan   qochish
uchun   nima   qilish   kerakligi,   qonda   glyukoza   miqdorini   mustaqil
ravishda nazorat qilishi va ruxsat etilgan ovqatlanish tartibi haqida aniq
tushunchaga ega bo’lishi kerak.
Qandli   diabetda   parhez   tutish   terapiyaning   insulin   yoki   qand
miqdorini   pasaytiruvchi   vositalar   qabul   qilish   kabi   zaruriy   qismi
hisoblanadi.   Parhezsiz   uglevod   almashinuvi   kompensatsiyasi
imkonsizdir.
      Qayd   etish   joizki,   ba’zi   2-tip   diabetda   uglevod   almashinvi
kompensatsiyasi   uchun   faqatgina   parhez   yetarli   bo’ladi,   ayniqsa
dastlabki bosqichlarda. 1-tip diabetda esa parhez hayotiy zarurdir, unga
amal   qilmaslik   gipo-   yoki   giperglikemik   komaga,   ba’zi   hollarda   esa
bemorning o’limiga olib kelishi mumkin. Parhez   uglevod,   yog’   va   oqsil   miqdori   bo’yicha   muvozanatlashtirilgan
bo’lishi   kerak.   Ovqatlanish   ratsionidan   yengil   o’zlashtiriladigan
uglevodlarni   butunlay   chiqarib   tashlash   kerak.   Gipoglikemiya   holatlari
bundan mustasno.
Dietoterapiyada asosiy tushuncha   non birligi   hisoblanadi. U shartli birlik
bo’lib, 10-12 g uglevod yoki 20-25 g nonga teng. Turli mahsulotlardagi
non   birligini   aks   ettiradigan   jadvallar   mavjud.   Sutka   davomida   bemor
tomonidan   iste’mol   qilinadigan   non   birligi   o’zgarmas   bo’lishi   kerak.
Tana vazni va jismoniy faollikdan kelib chiqqan holda bu o’rtacha 12-25
birlik bo’ladi.
Bir   martada   7   dan   ortiq   non   birligiga   to’g’ri   keladigan   uglevod   qabul
qilish   tavsiya   etilmaydi.   Ovqatlanish   tartibini   sutkalik   miqdor   har   bir
qabulda  teng   miqdorda   bo’ladigan   qilib  tashkillashtirish   tavsiya  etiladi.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   alkogol   qabul   qilish   uzoq   gipoglikemiyaga,
xususan gipoglikemik komaga olib kelishi mumkin.
Yana   bir   muhim   jihat   —   bemor   tomonidan   ovqatlanish   kundaligi
olib   borilishi.   Unga   kun   davomida   qabul   qilingan   barcha   mahsulotlar
kiritib   boriladi.   Buning   asosida   bir   martalik   va   sutkada   qancha   non
birligi   iste’mol   qilingani   hisoblanadi.   Shuningdek   u   gipo-   va
giperglikemiya epizodlari sababini aniqlashga yordam beradi.  
Qand   miqdorini   pasaytiruvchi   peroral   preparatlar   faqatgina   2-tip
qandli   diabet   bilan   kasallangan   bemorlarni   qo’llab-quvvatlash   uchun
ishlatiladi. Birinchi tipda ular samarasiz hisoblanadi.
Preparatning   ta’sir   mexanizmi   —   endogen   yoki   ekzogen   insulin
mavjudligida   anaerob   glikolizni   stimulyatsiya   qilish   hisobiga   mushak
to’qimasi   tomonidan   glyukozaning   faol   ravishda   utilizatsiya   qilinishi.
Shuningdek   ularning   ba’zilari   ishtahani   kamaytiradi   va   tana   vaznini
pasaytirishga yordam beradi.
Anaerob glikoliz natijasida sintezlanadigan sut kislotasi to’planishi
sababli   pH`ning   nordon   tarafga   siljishi   ro’y   beradi   va   to’qimalar
gipoksiyasi kuchayadi.
Davolashni   minimal   dozalardan   boshlash   tavsiya   etiladi.   Uglevod
almashinuvi   kompensatsiyasi   va   glikozuriya   bo’lmaganda   doza
oshiriladi.   Gipoksiya   rivojlanishi   mumkinligi   inobatga   olinib,   ushbu
guruh preparatlari miokard yoki boshqa organlarida ishemik o’zgarishlar
mavjud bo’lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Ba’zi   bemorlarda   qandni   pasaytiuvchi   preparatlarning
samaradorligi   pasayishi   kuzatilishi   mumkin.   Bu   me’da   osti   bezining
sekretor   faolligi   pasayishi   bilan   bog’liq   va   oxir-oqibat   bunday
preparatlarning   besamarligiga   va   insulinoterapiyaga   o’tish   kerakligiga
olib keladi. 
Insulin   bilan   davolash   uglevod   almashinuvini   maksimal   darajada
kompensatsiyalash, gipo- va giperglikemiyani oldini olish va shu tarzda
diabet   asoratlarini   profilaktikasini   ta’minlashga   qaratilgan.
Insulinoterapiya 1-tip diabetli bemorlar uchun hayotiy zarur hisoblanadi.
2-tipda esa ba’zi hollarda qo’llanilishi mumkin.
Bugungi   kunda   insulin   preparatlarining   ko’plab   turlari   mavjud.
Ular   ta’sir   davomiyligi   (ultraqisqa,   qisqa,   o’rtacha   va   davomli),
tozalanish   darajasi   (monopikli,   monokomponentli),   maxsusligi   (inson,
cho’chqa,   buqa,   gen   muhandisligidan   olingan   va   boshqalar)   bo’yicha
farqlanadi.
Insulin   teri   ostiga   maxsus   shprits   yoki   pompa-dozator   yordamida
kiritiladi.   Unga   bo’lgan   talabni   bilish   zaruriy   shart   hisoblanadi.   1   non
birligiga  kerak bo’ladigan insulin  miqdorini bilib,  ovqat qabuliga qarab
bemor qisqa ta’sirli insulinlar dozasini samarali va xavfsiz tarzda o’ziga
moslashtirib olishi mumkin bo’ladi.
Organizmning   fiziologik   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   bir   non
birligiga   teng   uglevodlarni   o’zlashtirish   uchun   sutka   vaqtiga   qarab   0,5
—   4   birlik   insulin   talab   etilishi   mumkin.   Mazkur   ko’rsatkichlarni
aniqlash   uchun   asosiy   ovqatlanishdan   keyin   glyukoza   miqdorini
o’lchash,   bu   vaqtda   qancha   non   birligi   iste’mol   qilingani   va   kiritilgan
insulin   miqdorini   bilish   kerak.   Shunga   qarab   non   birligi   va   insulin
miqdori   taqqoslanadi.   Agar   ovqatdan   keyin   qand   miqdori   me’yordan
yuqori   bo’lsa,   keyingi   kunda   insulin   dozasi   1-2   birlikka   oshiriladi   va
glikemiya darajasi 1 birlik insulin uchun qancha o’zgargani hisoblanadi. Qand miqdorining me’yori
Davolash paytida diabet va uni dinamik baholash, tashxis qo’yish uchun
birinchi   usul   qonda   glyukoza   (shakar)   darajasini   o’rganish   hisoblanadi.
Davolash va keyingi harakat ana shu ko’rsatkichga qarab tayinlanadi.
Mutaxassislar   kasallikni   o’rganish   jarayonida   aniq   ko’rsakichlar
jadvalini   tuzib   chiqishgan.   Bu   miqdor   ko’rsatkichlari   nafaqat
endokrinologlar, balki bemorlar uchun ham kerakli bo’ladi.
  Qandli   diabetning   diagnostika   jadvalidan   ko’rinib   turibdiki,
qondagi qand   miqdorini   aniqlash   juda   oddiy   va   uy   sharoitida   glikometr
bilan   o ’ lchansa   ham   bo ’ ladi .   Xuddi   shu   tarzda,   turli   yo’llar   bilan
diabetni davolash va baholash mezonlarini ishlab chiqilgan.
Ikkinchi turdagi diabetni butunlay davolash hollari qayd etilgan. Parhez
tutilib, tana vazni me’yorga keltirilsa, kasallik butunlay yo’qolib ketishi
mumkin.   Bunda   ovqatlanish   va   jismoniy   faoliyat   tartiblarini
normallashtirish kerak. Ular buzilganda kasallik yana qaytalanadi.
Rasmiy   tibbiyotga   ko’ra   —   diabetni   birinchi   hamda   ikkinchi
turining   chidamli   shakllarini   butunlay   davolashning   imkoni   yo’q.
Lekin   doimiy   nazorat   ostida   bo’lgan   va   shifokor   tavsiyalariga   amal
qilingan holda kasallik asoratlarini oldini olish yoki butunlay cheklash
mumkin.
Zamonaviy   tibbiyotda   me’da   osti   beziga   sun’iy   moslama   kiritib,
diabetni   muntazam   ravishda   nazorat   qilish   imkoniyati   mavjud.   Bu
moslama   avtomatik   ravishda   qonda   qand   miqorini   o’lchaydi   va   kerak Uglevod almashinuvi holati Glyukoza
miqdori
Me’yorda Och qolganda 3,3-5,5 mmol/l
Uglevod   iste’mol   qilingandan   2
soat o’tib <7,8 mmol/l
Sezuvchanlik
buzlishida Och qolganda 5,5-6,7 mmol/l
Uglevod   iste’mol   qilingandan   2
soat o’tib 7,8-11,1 mmol/l
Qandli diabetda Och qolganda >6,7 mmol/l
Uglevod   iste’mol   qilingandan   2
soat o’tib >11,1 mmol/l bo’lsa ma’lum miqdorda insulin ajratadi. Lekin sun’iy insulin hammaga
ham   bir   xildek   ta’sir   qilmaganligi   uchun   bu   usul   ham   hozircha   o’z
kamchiliklariga ega.
7.1. Qonda glyukozaning aniqlash usullari
  Qandli diabetda glyukozaning qonda aniqlashning bir necha turlari
mavjud.
1. FERMENTATIV 
*Glyukozaoksidazalik
*Geksokinazalik
2. REDUKTOMETRIK
3. ORTOTOLOUDIN BILAN
Ishning borish tartibi:
Ushbu   usul   fermentativ-kolorometrik   va   ikkita   bosqichda
boradi. 
                                            GO
                    C6H12O6+O2+H2O Glyukon kislota+H2O2
Ikkinchi bosqichda                               P
                   H2O2+aminafenazol xinonimin+4H2O
Aralashtiramiz va 25C da 15 daqiqa inkubatsiya qilamiz.
Norma: 5,55 mmol/l
7.2 Glykozani siydikda aniqlash
Glyukozani siydikda aniqlashning ikki usuli mavjud.
1. Test 
2. Gaynes sinamasi
Ishning borishi: 
Maxsus test poloska siydikka tushiriladi va rang ozgarishi kuzatiladi. 
Agar qonda 
glyukoza miqdori 9,9mmol/l da oshgan bolsa, siydikda test musbat 
natija beradi va test poloskasidagi rang malla tusga kiradi.  T ekshiruv 
sizga glyukozuriyani aniqlash imkonini beradi - siydikda shakar paydo 
bo'ladigan holatda (odatda siydikda glyukoza aniqlanmaydi)usuldan  foydalanish mumkin, shuning uchun u diabetes mellitusning ommaviy 
diagnostikasi yoki terapiyani kuzatish uchun ishlatilishi mumkin
7.3 Qandli diabet kasalligini glikirlangan Hb usulida aniqlash
Qandli   diabetning   diagnostik   mezoni   HbA1c   darajasi   6,5%   yoki
undan   yuqori.   Qandli   diabet   tashxisi   kamida   ikkita   test   (masalan,   bitta
HbA1c testi va bitta ochlikdagi glyukoza testi) bilan tasdiqlanishi kerak.
Nima uchun glikogemoglobin testi kerak?
1. Qandli diabet tashxisini tasdiqlash uchun.
2.   Qandli   diabet   bilan   og'rigan   bemorlarni   davolash
samaradorligini   nazorat  qilish   va  kasallikning   kompensatsiya  darajasini
aniqlash (bemorning  ovqatlanish,  davolash va jismoniy  faollik  bo'yicha
tavsiyalarga muvofiqligi darajasi);
3.   Tajribali   bemorlarda   diabetning   kechishini   nazorat   qilish,
asoratlar rivojlanishining oldini olish uchun.
HbA1c darajasini me'yorga yaqin (6,0-6,5%) ushlab turish yosh va
etuk   yoshdagi   diabetga   chalinganlarni   faol   hayot,   mehnat   qobiliyati   va
qon   tomir   patologiyasi   xavfining   past   bo'lishini   ta'minlaydi.   Keksa
bemorlarda glyukoza darajasining keskin pasayishi tendentsiyasi tufayli
maqsadli HbA1c qiymatlariga ruxsat beriladi (7-7,5% gacha).
Sinov   natijasining   ishonchliligi   qon   namunalarining   to'g'riligiga
ta'sir   qiladi.   Och   qoringa   venadan   qon   testini   o'tkazish   tavsiya   etiladi
(keyingi   8-12   soat   davomida   ovqatlanmang),   yaxshisi   soat   10.00   dan
oldin.   Sinovdan   oldin   chekishdan   bosh   torting   (kamida   30   daqiqalik
interval). Siz suv ichishingiz mumkin.
Hissiy yoki jismoniy stressdan saqlaning.
Giperglikemiya   qancha   uzoq   davom   etsa,   kasallik   shuncha   og’ir
kechadi. Bu organizmni qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish uchun
qo’llaydigan mexanizmlari tufayli sodir bo’ladi, 
HbA1c   nafaqat   diabetga   tashxis   qo'yish,   balki   asoratlar   ehtimolini
bashorat   qilish   uchun   ham   amalga   oshiriladi.   Usulning   o'ziga   xos
xususiyati   3   oy   davomida   o'rtacha   qon   shakar   darajasini   aniqlash qobiliyatidir.   Glikatlangan   gemoglobin   tomirdan   bitta   qon   namunasini
olish yo'li bilan aniqlanadi.
Agar kerak bo'lsa, diabetes mellitus turlarini tashxislash uchun insulin
ishlab   chiqaradigan   oshqozon   osti   bezi   hujayralarini   yo'q   qilishga   olib
keladigan antikorlarni tekshirish mumkin: insulinga antikorlar, oshqozon
osti   bezi   beta   hujayralari,   glutamat   dekarboksilaza.   Bundan   tashqari,
agar ko'rsatilsa, oshqozon osti bezi tomonidan insulin ishlab chiqarishni
baholashingiz mumkin (insulin uchun qon testi, C-peptid)
7.4 Glyukoz tolerantlik testi (GTT)
Ushbu test  nima uchun qollaniladi?:
1. Qonda va siydikda glyukozaning miqdori normada, lekin bemorda 
klinik simptomlar mavjud bolganda
2. Qonda glyukozaning miqdori normada, siydikda musbat natija, 
lekin bemorda klinik simptomlar mavjud emas
3. Qonda va siydikda glyukozaning miqdori normada, bemorda klinik
simptomlar mavjud emas, lekin oilasida kimdir ushbu kasallik 
bilan ogriganda  Ishning olib borish tartibi:
    Sinov davomida o'tirish kerak. Jismoniy mashqlar (hatto piyoda 
yurish) tadqiqot natijalariga ta'sir qilishi mumkin. GTT uchun tomirdan 
qon namunasi ishlatiladi. Glyukometrlardan foydalanish taqiqlanadi.
Venoz qon plazmasidan namuna olinadi va glyukoza darajasi o'lchanadi.
Agar natija mos yozuvlar qiymatlaridan otsa, test to'xtatiladi va diabet 
yoki homiladorlik qandli diabet (manifest dm) ning dastlabki tashxisi 
qo'yiladi. Agar glyukoza darajasini darhol aniqlashning iloji bo'lmasa, 
test davom etadi va yakunlanadi.   Qon olingandan so'ng, 250-300 ml iliq 
suvda erigan 75 g quruq glyukozadan iborat glyukoza eritmasini 5 
daqiqa davomida ichish kerak (glyukoza monogidrat ishlatilganda 82,5 g
modda kerak). Glyukoza eritmasini qabul qilishni boshlash testning 
boshlanishi hisoblanadi. Glyukoza eritmasi juda shirin ichimlikdir. 
Ba'zilar uchun bu ko'ngil aynishi yoki hatto qusishga olib kelishi 
mumkin. Glyukoza eritmasi bir nafasda ichishga urinmang. Shunday 
qilib, ichimlik unchalik shakarli emas, siz unga ozgina limon sharbatini 
siqib qo'yishingiz mumkin.   GTT yuklanganidan 1 va 2 soat o'tgach, 
glyukoza darajasini aniqlash uchun venoz plazmaning quyidagi 
namunalari olinadi (faqat 2 soatdan keyin qon olishga ruxsat beriladi). 
Agar 1 soatdan keyin olingan qon tekshiruvi natijasida diabet 
(homiladorlik qandli diabet) faktini aniqlash mumkin bo'lsa, test 
to'xtatiladi.
Agar test natijalari diabet mavjudligini ko'rsatsa, shifokor tashxisni 
tasdiqlash uchun qo'shimcha testlarni o'tkazishi mumkin. TAJRIBAVIY QISM
Qandli   diabet   kasalligi   bo’yicha   analiz   topshirgan   bemorlarning
qon   tahlillarini   o’rgandim.   Laboratoriyada   3   ta   tahlil   o’tkazib,   ularning
natijalarini qayd etdim.
1.Shirova M. 1957-yil
№ Tahlil nomi Norma Natija
1 GLUCOSE 3,5-6,1 6,63 mmol\L
Tekshirilgan sana:  13 .0 9 .2024
2.Mamatova T. 1963-yil
№ Tahlil nomi Norma Natija
1 GLUCOSE 3,5-6,1 15,3 mmol\L
Tekshirilgan sana: 24.0 9 .2024
3.Xurramov A. 1993-yil
№ Tahlil nomi Norma Natija
1 GLUCOSE 3,5-6,1 5,7 mmol\L
Tekshirilgan sana: 03. 10 .2024
4.Tolipova A. 2004-yil
№ Tahlil nomi Norma Natija
1 GLUCOSE 3,5-6,1 6,14 mmol\L
Tekshirilgan sana: 07. 10 .2024
Qon tahlili natijalariga ko’ra 1 ta bemorda qand miqdori yuqori bo’lib, 
qoshimcha taxlillardan song  unga qandli diabet tashxisi qo’yildi.
XULOSA Xulosa   qilib   aytganda,   hozirda   ko’p   uchraydigan   kasalliklardan   biri   qandli
diabet   turli   sabablarga   ko’ra   yuzaga   keladi   va   uning   orttirilgan   ko’rinishidan
saqlanish kerak.
Afsuski,   ko’p   holatlarda   birinchi   turdagi   diabetni   oldini   olish   murakkab
vazifadir.  Chunki   uning  asosiy   sabablari  irsiy  omillar  va   kichik   viruslar  sanaladi.
Lekin   kasallik   hammada   ham   rivojlanavermaydi.   Olimlar   ko’krak   suti   bilan
ko’proq oziqlangan bolalarda qandli diabet kamroq uchrashini ta’kidlashadi, ammo
bu hali isbotlanmagan.
Ikkinchi turdagi diabetda esa umuman boshqacha holat. Chunki u noto’g’ri
ovqatlanish va hayot tarzi natijasida shakllanadi, shuning uchun profilaktik chora-
tadbirlarni qo’llasa bo’ladi, demak:
 Tana vaznini normallashtirish;
 Qon bosimi va yog’lar almashinuvini nazorat qilish;
 Yengil hazm bo’ladigan ovqat iste’mol qilish;
 Jismoniy   faollikka   amal   qilish   va   shu   bilan   birga   haddan   ziyod   zo’riqishlardan
o’zini tiyish.
TAQRIZ 
Kurs ishi uchun  "Qandli diabet va uni laborator tekshirish usullari" "Klinik laboratoriya diagnostikasi" mutaxassisligi bo'yicha
kursant  Melikova Munira
        Kurs ishi qand kasalliklari diagnostikasi uchun turli xil laboratoriya testlaridan
foydalanish muammosiga bag'ishlangan.
          Maqolada o'rganilayotgan mavzuning dolzarbligi uchun asoslar keltirilgan. Bu
kasallikni differentsial va to'g'ri tashxislash, iloji bo'lsa, erta tashxis qo'yish zarurati
bilan   bog'liq.   Laboratoriya   diagnostikasi   usullarining   hozirgi   rivojlanish   darajasi
bemorning patologik holatining to'liq, ob'ektiv rasmini olish uchun turli usullar va
texnologiyalardan   foydalanish   imkonini   beradi.   Ushbu   maqola   tadqiqotga   ana
shunday integratsiyalashgan yondashuvni taqdim etadi.
     Tarkib ko'rsatilgan mavzuga to'liq mos keladi. Kurs ishi kirish qismidan, asosiy
ma’lumotlar va foydalanilgan adabiyotlar ro yxatidan iborat.ʻ
          Kirish   qismida   ishning   amaliy   ahamiyati,   maqsadi,   vazifalari,   dolzarbligi,
ishning obyekti va predmeti, tadqiqot usullari qayd etilgan. Ob'ekt va mavzu e'lon
qilingan   mavzuga   mos   keladi   va   ishning   asosiy   muammolarini   ochib   beradi.
Birinchi bob asosiy tushunchalarni  mujassamlaydi. Ikkinchi bobda ishning amaliy
qismi, ushbu usullarni aniq bemorlarga qo'llash va test natijalarini sharhlash haqida
so'z boradi.
         Loyiha ishi  mantiqiy tuzilgan, barcha qismlar o'rtasida  munosabatlar  mavjud.
Vazifalar hal qilindi, maqsadlarga erishildi, mavzu to‘liq yoritildi.
          Umuman   olganda,   loyiha   ishi   barcha   zarur   talablarga   muvofiq   amalga
oshirilgan va tuzilgan mustaqil tadqiqotdir.
SamDU Biotexnologiya instituti 
dotsenti
____________________________ TAQRIZ 
kurs ishi uchun "Qandli diabet"
"Klinik laboratoriya diagnostikasi" mutaxassisligi bo'yicha
kursant  Melikova Munira
Mavzuning   dolzarbligi:   yildan   yilga   ortib   borayotgan   qandli   diabet
kasalligining laborator uslubida tekshirish, turini aniqlash va erta davo choralarini
ko’rish.
         Ishning tuzilishi maqsad va hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarga mos keladi.
Material mantiqiy ketma-ketlikda taqdim etiladi.
         Kurs ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2017-yil 5-sentabrdagi 12-2017-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari 
asosida tuzilgan. Ish izoh, mundarija, kirish, asosiy qism, amaliy qism, xulosa va 
bibliografiyadan iborat.
Kurs ishining kirish qismida Melikova M. mavzuning dolzarbligi, ilmiy 
ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmeti, amaliy ahamiyati keng 
yoritgan. Ushbu ishning birinchi bobida asosiy ma’lumotlar. Ikkinchi bobda 
amaliy faoliyat ko’rsatilgan.
Kurs ishida 7 foydalanilgan asosiy manbalar.
Asarni loyihalashda 4 foydalanilgan  jadvallar va 4 chizmalar yoki rasmlar.
Ishning dolzarb mavzuga qaratilganligi   ijobiy tomoni.
Kamchiliklari ma’lumotlar qisqaroq.
Xulosa. Melikova M.ning kurs ishi  tugallangan ish bo'lib, uning mazmuni to'liq 
ochib berilgan. Men bu ishni ma’qullayman va uni himoya qilish uchun tavsiya 
qilaman.
  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1. Almatov K.T. Qon va qon aylanish tizimi fiziologiyasi . Toshkent  
“O’zMU”nashri , 2011. 
2.Malikova G.Yu. Qon va undagi o’zgarishlar. Ma`ruza matni. 
Toshkent, 2009. 
3. Tursunov S.T. Qandli diabet. Toshkent, “Ijod dunyosi”, 2003.  
4. ShishkinA.N “Ichki kasalliklarni.o’rganish.Simiotika.Diagnostika” 
2000-y.,Sankt-Peterburg. 
5.   O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
6 .   Artur   Guyton,   John   Hall:   Textbook   of   medical   physiology;   14th   edition,
2020.
7.   Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.
Internet saytlari : 
WWW.google.uz 
WWW.ziyo.uz

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Diplomdan Keyingi Ta’lim Fakulteti KURS ISHI Mavzu: Qandli diabet va uni laboratoriyada aniqlash usullari. SAMARQAND – 2024 REJA:

KIRISH: 1. Diabet rivojlanishi sabablari 2. Patogenez 2.1. Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet) 2.2. Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet) 3. Alomatlari 4. Tashxislash 5. Kasallik darajalari 6. Qand miqdorining me’yori 7.Glyukozaning aniqlash usullari : 7.1 Qonda aniqlash usullari 7.2 Siydikda aniqlash usullari 7.3. Qandli diabet kasalligini glikirlangan Hb usulida aniqlash 7.4 Glyukoz tolerantlik testi (GTT) 8. Tajribaviy qism XULOSA…………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …… KIRISH

Qandli diabet , qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik . Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma lum. Abuʼ Ali ibn Sino bu dardga alohida e tibor beradi. "Suv qanday ichilgan ʼ bo lsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning ko p suv ichishi ʻ ʻ boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to xtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, ʻ sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya ni bemorni ho lla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida ʼ ʻ issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo lishini bildiradi. Qand ʻ kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga ko ra, nasliy bo lishi ham mumkin. ʻ ʻ Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin ko payib, siydik bilan ʻ chikib turadi (tarkibida qand moddasi bo ladi), tashnalik, ozib ketish, ʻ quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi. Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bog liq (diabetning 1turi) va insulinga bog liq bo lmagan (diabetning ʻ ʻ ʻ 2turi) turi farq qilinadi. Diabetning 1turi ko pincha o smirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor ʻ ʻ organizmida me da osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi ʼ va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qo llanadi. ʻ Qandli diabetning 2turida me da osti bezi orolcha hujayralaridan insulin ʼ ishlab chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori me yorida yoki undan sal yuqoriroq bo ladi. ʼ ʻ Biroq, to qimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi ʻ tufayli to qimalar tomonidan glyukozani o zlashtirish hamda ʻ ʻ foydalanish kamayadi va u qon tarkibida to planib qoladi, natijada ʻ qonda qand ko payib, siydik bilan chiqib turadi, bemor juda semirib ʻ ketadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, o rta va keksa yoshdagilar ʻ kasallanadilar. Kasallik asta-sekin, zimdan rivojlanadi, u boshlanishida og iz qurishi, chanqash, ozish kabi alomatlar yaqqol bilinmaydi. ʻ Bemorni ko proq holsizlanish, toliqish, tashnalik bezovta qiladi. Qon ʻ tarkibidagi glyukoza miqdori yuqori bo lishiga qaramay, diabetning ʻ 2turida qon tarkibida atseton modsasining ortishi va uning siydikda paydo bo lishi juda kam kuzatiladi. Bunday bemorlar insulin qabul ʻ qilmay yashashlari mumkin. Ularga parhez, jismoniy mashqlar bilan

shug ullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshiʻ naf beradi. Qandli diabet — bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur. To lato kis davolanmaydigan va qon tarkibidagi glyukoza miqdori ʻ ʻ uzoq vaqt yuqori saqlanadigan bemorlarda Qandli diabetning tomir asoratlari — diabetga xos angiopatiyalar (makro va mikroangiopatiyalar) namoyon bo ladi. ʻ Bu barcha a zolarning (teri, muskullar, nerv va h.k.) kapillyarlarini ʼ shikastlaydi. Diabetga xos mikroangiopatiyalar buyrak, ko z, oyoq va ʻ boshqalar a zolarda ko proq va ertaroq kuzatiladi. ʼ ʻ Qandli diabet ateroslerozning rivojlanishi, o z navbatida, yurakning ʻ ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), miyada qon aylanishining buzilishi (bosh aylanishi, miya insulti) va h.k. ga olib keladi. Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini sog lom kishilardagi ko rsatkichga ʻ ʻ yaqinlashtirish, ya ni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand ʼ miqdorini me yorida saqlab turishning asosiy yo li qondagi glyukozani ʼ ʻ iloji boricha teztez aniklash; bunday nazorat Qandli diabetning insulinga bog liq 1turida juda zarur. Uy sharoitida mustaqil holda qondagi ʻ glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv qog ozlardan foydalanish ʻ mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qog ozga olinadi (qon qog ozni bir chetidagi chiziqchalarga ʻ ʻ tushiriladi). Bir daqiqadan so ng qog ozdagi qon paxta bilan artib ʻ ʻ tashlanadi va yana bir daqiqa o tgach, reaktiv qog oz rangi shkala bilan ʻ ʻ solishtiriladi. Rangi eng yaqin bo lgan shkala ko rsatkichi shu qondagi ʻ ʻ glyukoza miqdorini mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini ham bemorlarning o zlari ʻ mustaqil maxsus reaktiv qog ozlar yordamida aniqlashlari mumkin. ʻ Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland bo lsa, darhol ʻ tegishli davo muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana vaznlarini ham haftada bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni o z bo yi, yoshi va kasbiga mos bo lgan me yorda saqlab ʻ ʻ ʻ ʼ turishlari kerak. Qandli diabetda davo har bir bemorning umumiy ahvoli, kasallik alomatlari, qon, siydik tahlili va boshqalarga qarab tayinlanadi, u

bosqichmabosqich olib boriladi. Davolanish muddati kasallikning og irengilligi, o tkazib yuborilgan yoki yangiligi va turiga bog liq.ʻ ʻ ʻ Qandli diabet (lot. diabetes mellitus , «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi. Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.