Qandli diabet va uni laboratoriyada aniqlash usullari.
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Diplomdan Keyingi Ta’lim Fakulteti KURS ISHI Mavzu: Qandli diabet va uni laboratoriyada aniqlash usullari. SAMARQAND – 2024 REJA:
KIRISH: 1. Diabet rivojlanishi sabablari 2. Patogenez 2.1. Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet) 2.2. Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet) 3. Alomatlari 4. Tashxislash 5. Kasallik darajalari 6. Qand miqdorining me’yori 7.Glyukozaning aniqlash usullari : 7.1 Qonda aniqlash usullari 7.2 Siydikda aniqlash usullari 7.3. Qandli diabet kasalligini glikirlangan Hb usulida aniqlash 7.4 Glyukoz tolerantlik testi (GTT) 8. Tajribaviy qism XULOSA…………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …… KIRISH
Qandli diabet , qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik . Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma lum. Abuʼ Ali ibn Sino bu dardga alohida e tibor beradi. "Suv qanday ichilgan ʼ bo lsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning ko p suv ichishi ʻ ʻ boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to xtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, ʻ sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya ni bemorni ho lla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida ʼ ʻ issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo lishini bildiradi. Qand ʻ kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga ko ra, nasliy bo lishi ham mumkin. ʻ ʻ Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin ko payib, siydik bilan ʻ chikib turadi (tarkibida qand moddasi bo ladi), tashnalik, ozib ketish, ʻ quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi. Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bog liq (diabetning 1turi) va insulinga bog liq bo lmagan (diabetning ʻ ʻ ʻ 2turi) turi farq qilinadi. Diabetning 1turi ko pincha o smirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor ʻ ʻ organizmida me da osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi ʼ va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qo llanadi. ʻ Qandli diabetning 2turida me da osti bezi orolcha hujayralaridan insulin ʼ ishlab chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori me yorida yoki undan sal yuqoriroq bo ladi. ʼ ʻ Biroq, to qimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi ʻ tufayli to qimalar tomonidan glyukozani o zlashtirish hamda ʻ ʻ foydalanish kamayadi va u qon tarkibida to planib qoladi, natijada ʻ qonda qand ko payib, siydik bilan chiqib turadi, bemor juda semirib ʻ ketadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, o rta va keksa yoshdagilar ʻ kasallanadilar. Kasallik asta-sekin, zimdan rivojlanadi, u boshlanishida og iz qurishi, chanqash, ozish kabi alomatlar yaqqol bilinmaydi. ʻ Bemorni ko proq holsizlanish, toliqish, tashnalik bezovta qiladi. Qon ʻ tarkibidagi glyukoza miqdori yuqori bo lishiga qaramay, diabetning ʻ 2turida qon tarkibida atseton modsasining ortishi va uning siydikda paydo bo lishi juda kam kuzatiladi. Bunday bemorlar insulin qabul ʻ qilmay yashashlari mumkin. Ularga parhez, jismoniy mashqlar bilan
shug ullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshiʻ naf beradi. Qandli diabet — bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur. To lato kis davolanmaydigan va qon tarkibidagi glyukoza miqdori ʻ ʻ uzoq vaqt yuqori saqlanadigan bemorlarda Qandli diabetning tomir asoratlari — diabetga xos angiopatiyalar (makro va mikroangiopatiyalar) namoyon bo ladi. ʻ Bu barcha a zolarning (teri, muskullar, nerv va h.k.) kapillyarlarini ʼ shikastlaydi. Diabetga xos mikroangiopatiyalar buyrak, ko z, oyoq va ʻ boshqalar a zolarda ko proq va ertaroq kuzatiladi. ʼ ʻ Qandli diabet ateroslerozning rivojlanishi, o z navbatida, yurakning ʻ ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), miyada qon aylanishining buzilishi (bosh aylanishi, miya insulti) va h.k. ga olib keladi. Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini sog lom kishilardagi ko rsatkichga ʻ ʻ yaqinlashtirish, ya ni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand ʼ miqdorini me yorida saqlab turishning asosiy yo li qondagi glyukozani ʼ ʻ iloji boricha teztez aniklash; bunday nazorat Qandli diabetning insulinga bog liq 1turida juda zarur. Uy sharoitida mustaqil holda qondagi ʻ glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv qog ozlardan foydalanish ʻ mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qog ozga olinadi (qon qog ozni bir chetidagi chiziqchalarga ʻ ʻ tushiriladi). Bir daqiqadan so ng qog ozdagi qon paxta bilan artib ʻ ʻ tashlanadi va yana bir daqiqa o tgach, reaktiv qog oz rangi shkala bilan ʻ ʻ solishtiriladi. Rangi eng yaqin bo lgan shkala ko rsatkichi shu qondagi ʻ ʻ glyukoza miqdorini mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini ham bemorlarning o zlari ʻ mustaqil maxsus reaktiv qog ozlar yordamida aniqlashlari mumkin. ʻ Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland bo lsa, darhol ʻ tegishli davo muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana vaznlarini ham haftada bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni o z bo yi, yoshi va kasbiga mos bo lgan me yorda saqlab ʻ ʻ ʻ ʼ turishlari kerak. Qandli diabetda davo har bir bemorning umumiy ahvoli, kasallik alomatlari, qon, siydik tahlili va boshqalarga qarab tayinlanadi, u
bosqichmabosqich olib boriladi. Davolanish muddati kasallikning og irengilligi, o tkazib yuborilgan yoki yangiligi va turiga bog liq.ʻ ʻ ʻ Qandli diabet (lot. diabetes mellitus , «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi. Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.