BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIKTANT VA UNI O’RGANISH YO’LLARI
BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIKTANT VA UNI O’RGANISH YO’LLARI MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………...……………………..3 ASOSIY QISM I BOB DIDAKTIK O‘YINLAR ………………………………………..……….11 1.1 BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN METODLAR…………………………………………….11 1.2 DIDAKTIK O‘YINLARNING TURLARI VA O‘TKAZISH YO‘LLARI …………………………………………………………………..……17 II BOB BOLALAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI ………………..22 2.1 ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH USULLARI …………………….…….22 2.2 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI ………………………………………………………………..28 XULOSA…………………………………………………………………...…….29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..………30 1
K irish Kurs ishining dolzarbligi : “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko’rsatilgan. Boshlang’ich sinf ona tili o’qitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslashgan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarishda o’qituvchidan mas’uliyat va pedagogik mahorat talab etiladi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o’quvchilarni axloqiy, estetik, mehnat, ekologik jihatdan tarbiyalanib boriladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni imloviy savodxonligi oshiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Shu bilan birga ona tili ta’limi oldida quyidagi vazifalar turadi: - o’quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish; - o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatish; - yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozma nutqini shakllantirish. Dars jarayonida o’quvchilar bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan gaplar, gaplardan matn tuzishga o’rganadilar. So’zlarni bog’lab gaplar tuzish, so’zlarni butunicha sidirg’a o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga o’qish va yozish birga olib boriladi. Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilimlar beriladi. Fanning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jarayonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi. 2
Kurs ishining maqsadi : Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi. Kurs ishining vazifasi : Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. Kurs ishining metadologik asoslari : Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. I Bob Didaktik o‘yinlar 1.1 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. 3
Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi. Ona tili darslarida qo’llaniladigan “So’zdan marjon tizing” didaktik o’yini bilan tanishamiz. Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plamini tavsiya etadi va uyadosh so’zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O’quvchilar yozishadi va navbat bilan o’qishadi. Qaysi o’quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o’yin g’olibi bo’ladi. [1] So’z turkumlarini o’rganishga oid: Ot so’z turkumiga oid so’zlar: olma, ot, daraxt, gul, mushuk, lola, in Son so’z turkumiga oid so’zlar: 5 ta, uchala, oltinchi, o’nta Fe’l so’z turkumiga oid so’zlar: yozdi, kesdi, dedi, o’qidi, bordi. Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: yashil, shirin, katta, qora, baland. So’z turkumlarining so’roqlarini o’rganishga oid: Ot so’z turkumi so’roqlari: Kim? Nima? Kimlar? Nimalar? Son so’z turkumining so’roqlari: Nechta? Qancha? Nechanchi? Fe’l so’z turkumining so’roqlari: Nima qildi? Nima qilyapti? Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: Qanday? Qanaqa? ”Keyingi bo’g’inni top” didaktik o’yini. Ushbu didaktik o’yinni o’quvchilar guruhi yoki yakka o’quvchilar bilan o’tkazish mumkin. O’qituvchi tomonidan bosh bo’g’in beriladi, shu bo’g’in asosida yangi so’zlar topiladi. Kim tez va ko’p so’z topsa, o’sha guruh yoki o’quvchi g’olib sanaladi. Ushbu didaktik o’yinni klaster usulida ham tasvirlash mumkin: 4
Ona tili dars jarayonida bu kabi didaktik o’yinlardan foydalanish ijobiy natija beradi. Darsning samaradorligini yanada oshiradi. Faqatgina o’qituvchi didaktik o’yinlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanishi lozim. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. 5