logo

Patologik jarayon. O‘simliklarni himoyalanish mexanizmlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2125.5888671875 KB
Patologik jarayon. O‘simliklarni himoyalanish mexanizmlari.
Fagotsitoz
Reja:
1. Patologik jarayonning vujudga kelishi
A) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish davri
B) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelishidagi  morfologik va fiziologik 
o‘zgarishlar
S) Infeksiyaning o‘simlikda tarqalish davri
D) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish yo‘llari.
E) Kasallik belgilarining paydo bo‘lishi  
2. O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmi
A) Sust immunitetning paydo bo‘lishida o‘simlikning anatomo morfologik 
tuzilishi va hujayra shirasi ning kimyoviy tarkibining roli.
B) O‘simlik hujayrasi tarkibida maxsus moddalar mav judligi o‘simliklar 
immunitetadagi roli
S) O‘simliklarning ferment xususiyatining kuchayishining oqibatlari.
D) Oqsil moddalarining parchalanishi o‘simliklarini himoya funksiyasini 
bajarishdagi roli.
E) Fitoalaksinlarning o‘simliklarni immunitetdagi roli
F) Figotsitoz hodisasining o‘simliklar immunitetigi roli.   Patogen   va   ho‘jayin   o‘simliklar   uchrashganda   kasallanish   jarayoni
hamisha   ham   ro‘y   beravermaydi.   C h unki   ,bu   jarayonning   amalga   oshishi
uchun     bir   biriga   uzviy   bog‘langan   temperatura,   namlik,   patogenning
agressivligi   muhim   rol   o‘ynaydi.   Demak,   kasallanish   uchun   uchta
komponent:   parazit,   xo‘jayin   o‘simlik   va   tashqi   muxit   asosiy   rol   o‘ynaydi.
Infeksiyaning   o‘simlikka   kirib   kelishiga   zarur   sharoit   dastlab   infeksiyaning
kirishigacha,   kirib   kelgan   va   kasallik   belgilarini   hosil   qilgan   davrlarni   o‘z
ichiga oladi.
Zamburug‘   o‘simlik   to‘qimasiga   kirib   kelgunga   qadar     uning   a’zolari
ustiga kelib tushgandan keyin o‘sish naychasini hosil qiladi. O‘sish naychasi
bir   va   ko‘p   xujayrali   gifalarni   yoki   takomillashgan   rizomorflarni   hosil
qiladi.
Sporaning   unishi   uchun   zarur   energiya   (yog‘   va   uglevodlar)   toza   suvli
muxitda   amalga   oshadi.   Bu   jarayonda   chidamsiz   navlarning   ajratgan
moddalari   ham   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Masalan:   Plasmodiophora   brassicae,
Fusarium   solani   zamburug‘lari   o‘simlik   ildizi   atrofida   rivojlanishni   hush
ko‘radi.   Karam   changchilari   Alternaria   brassicae   qulupnay   changchilari
Botrytis   cinerea     zamburug‘lari   sporalarini   o‘sishini   tezlashtiradi.
SHumg‘uya   urug‘i   kungaboqar   ildizidan   ajralgan   moddalarga   bog‘liq
ravishda rivojlanish hususiyatiga ega.
Patogenning   o‘simlikka   kirib   kelishi   3   ta   yo‘lda   amalga   oshadi:   1-
o‘simlikning   kutikula   va   epidermisi   orqali;   2-ustitsa,   gidatodlar   yoki
chechevichkalar orqali; 3-qoplavchi to‘qimalarning zararlangan joyidan.
Puccinia   graminis   oraliq   ho‘jayin   Berberis   vulgaris   to‘qimasiga
kutikula orqali  kirib keladi.  Qora kuya  kasalligi   gulning tugunchasiga   po‘sti
orqali   kiradi.   Lavlagining   serkosporoz   kasalligi   qo‘zg‘atuvchisi   Cercospora
beticola   va   uzumning   sohta   un   shudring   kasalligi   qo‘zg‘atuvchisi   ustitsa
orqali   kirib   keladi.   Zang   zamburug‘ining   esidiosporalari,   uredosporalari   ,
patogen   bakteriyalar   ochiq   xaltachali   va   peronosporali   zamburug‘lar   xam
ustitsalar orqali kiradi.  Chechevichkalar orqali  kartoshka parshasi  (Streptomyces scabies), xo‘l
chirishni   keltirib  chiqaruvchi   (Erwinia   corotovora)   bakteriyalar   kirib  keladi.
Ustitsalar   orqali   kirib   keluvchi   zamburug‘larga   g‘alla   ekinlarida   parazitlik
qiluvchi   Puccinia   graminis   zamburug‘i   xosil   qilgan   o‘sish   naychalari
gifalarga aylanib ustitsalargacha etib boradi.
Zararlangan   joylardan   kirib   keluvchi   zamburug‘larga   Fusarium
moniliforme, Botrytis cinerea  va viruslar misol bo‘ladi.
O‘simlik   ichiga   kirib   kelgan   patogen   uning   xujayrasini   nobud   qilish
uchun   fermentlar   va   toksinlar   ta’sirini   boshlaydi.   Bu   ta’sirlar   patogenning
biotrof   yoki   nekrotrofligiga   bog‘liqdir.   Xujayraning   ichida   gifaning
rivojlanishidan   gaustoriy   hosil   bo‘ladi.   Gaustoriydan   hosil   bo‘lgan   ferment
va   toksinlar   ta’sirida   xujayrada   ro‘y   bergan   bioximik   jarayonlar   uning
kasallikka beriluvchanligini ortiradi.
Kasallikka   chidamli   navlarda   ular   hosil   qilgan   toksinlarni
parchalaydigan   moddalar   patogen   va   ho‘jayin   o‘simlikning   hususiyatlariga
bog‘liq   ravishda   kasallik   belgilarini   hosil   qilishi   yoki   chidamlilikni
namayon   qiladi.     Bunda     o‘simlik   xosil   qilgan   antitoksinlar     patogennning
xayot jarayoniga ta’sir qilib, uning biologik xususiyatlarini to‘sib qo‘yadi.
4-rasm. Karamning  Botrytis cinerea zamburug’i bilan zararlangan
to‘qimaning 2-kundagi emirilishi (M.V.Gorlenko)
O‘simlikda   kasallik   belgilarining   paydo   bo‘lguncha   patogen rivojlanishi   davom   etsa   inkubatsion   jarayon   boshlanadi.   Infeksiyaning
o‘simlik   xujayrasiga   kirib   kelgandan   kasallik   belgilari   paydo   bo‘lguncha
o‘tgan   davri   inkubatsin   davr   deyiladi.   Bu   davrning   uzun   qisqaligi
patogenning   agressivligiga,   o‘simlikning   chidamliligiga   va   ekologik
sharaoitning mosligiga bog‘liq
Shunday   qilib,   infeksiyaning   o‘simlikka   kirib   kelgunga   qadar   o‘ziga
xos   himoya   mexanizmi   mavjuddir.O‘simlik   infeksiyaning   kirib   kelish
bosqichlariga   turlicha   munosabat   bildiradi.   Xar   bir   patologik   jarayonda
o‘simlikning   ximoya   mexanizmi   mavjudligi   tufayli   patogenning   kirib
kelishiga   chidamlilik,   patogenning   tarqalishiga   chidamlilik,   inkubatsiya
davriga chidamlilik xususiyatlarini namayon qiladi.
O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmiO‘simlik   hujayrasidagi   kimyoviy   maxsus   moddalarning   mavjudligi   va	
o‘	simliklarning   to‘qimasini   anatomo-morfologik   tuzilishi  
ularning
kasalliklarga   chidamliligida   muhim   ahamiyatga   egadir.   O‘simlik ustiga tushgan
zamburug‘   sporasining   o‘sishi   va   rivojlanishi,   to‘qimaga   kirib   kelishida   uning
tuzilishiga bog‘liq ravishda patogenlik   jarayoni turlicha namoyon bo‘ladi. Sporaning
o‘sishi   uchun   zarur   bo‘lgan   sharoitning   eng   muhimi   to‘qima   ustida   bir   tomchi
suvning   bo‘lishi   va   havoning   nisbiy   namligining   yuqori   bo‘lishidir.   Ko‘rsatilgan
sharoitda   o‘ sayotgan   o‘simliklar   kasallikga   beriluvchan   bo‘lsa,   sharoitning
o‘zgarishi   ularning   chidamlilik   darajasini   ortishiga   sabab   bo‘ladi.
O‘simliklarning   kutikula   qavatini   usti   tuklar   bilan   qoplangan   bo‘lgan   o‘simlikda
suv   tomchilari   hosil   bo‘lishi   juda   qiyin   va   ularda   zamburug‘lar   rivojlanmaydi.
Masalan   ,   Pitin   navli   olma   mevasi   qalin   tuklar   bilan   qoplanganligidan   parsha
kasalligi bilan kasallanmaydi.  O‘simliklarning turli kasalliklar bilan zararlanishida
ularning   poyasining   zich   va   tarqoq   joylanishi   ham   asosiy   o‘rin   egallaydi.
Masalan,   kartoshkaning   tuplari   zich   bo‘lgan   turlari   fitoftora   bilan,   loviyaning   tik
o‘suvchi   poyaga   nisbatan   yotib   o‘suvchi   poyalari   antraknoz   kasalligi   bilan   ham
zararlangan. Kasallik   qo‘zg‘atuvchisining   o‘simlikka   kirib   kelishida   ikkinchi   bosqich
qoplovchi   to‘qimalarning   anatomik   tuzilishidir.   Y a ’ni   infeksiyaning   kirib
kelishida   ustitsalar,   chechevichkalar   shakli,   ular   miqdori,   joylashishi   asosiy   rol
o‘ynaydi.   Masalan,   pomidor   o‘simligining   makrosporioz   bilan   kasallanishida
yosh   meva   yuzidagi   kutikula   qavati   yupqa   bo‘lganligidan   ular   tez   zararlanadi.
Keksa   mevalarda   va   uning   novdalarida   kutikula   qavati   qalinlashganligidan
makrosporioz bilan  zararlanishi kamayadi.
5-rasm. Bu g’ doyning kasallikka chidamsiz Michurinka (A) va Odessa (B)
navlarining anatomik tuzilishi:
1-epidermis; 2-xlorenxima; 3-sklerenxima.
Bodring   o‘simligining   yovvoyi   navlari   qalin   kutikula   qatlamiga   ega
bo‘lganligi   tufayli   un   shudring   kasalligi   bilan   kasallanmaydi.   Uzumning   kutikula
qavati   mevasida   yupqa   navlarida   oidium   va   antraknoz   kasalliklari   bilan   tez
kasallanishiga sabab bo‘ladi. 6-rasm.  Q ovoq bargida un-shudring kasalligining taraqqiyotiga qovoq va
tarvuz shirasining ta’siri.
A-qovoq bargining o‘ng qismi tarvuz shirasi bilan yuvilganligidan zamburug’
mitseliysi nobud bo‘lgan; B-qovoq bargining o‘ng tomoni qovoq shirasi bilan
yuvilganligidan zamburug’ mitseliysi tirik saqlanib qolgan.
Kutikula   qavati   ayrim   o‘simliklarda   nafaqat   mexanik   to‘siq,   balki   kimyoviy
himoya   vazifasini   bajaradi.   Kutikula   qavatidagi   kutin   moddasi   fungistastik
xususiyatga ega.
Ustitsiyalarni shakliga bog‘liq ravishda, sitrus o‘simliklarning  rak kasalligini
qo‘zg‘atuvchi   mikroorganizmlar   greyfrut   ustitsa   ochiqligi   tufayli   unga   oson   kirib
kelsa,  mandarinda yopiqligi tufayli uning ichiga kirib kela olmaydi.
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi gul tuzilishiga ham bog‘liq .  Masalan,
tosh qorakuya bilan kasallanuvchi  o‘simliklarning   gulining yopiq gullashi tufayli
u bu kasallik bilan kam zararlanadi.
O‘simliklarning   chidamlilik   darajasi   o‘simlikda   sintez   qilinayotgan
moddalar miqdori va sifati bilan ham bog‘liqdir.
Fakultativ parazitlar har-xil gidrolitik fermentlarga ega  bo‘lganligidan o‘simlik
to‘qimalarini   ular   parchalanish   xususiyatiga   egaligidan   ular   nekrotroflar   deb
nomlaniladi.   SHuning   uchun   bu   o‘simliklarda   fotosintez   jarayoni   amalga   oshishi
natijasida   hosil   bo‘lgan   uglevodlar   parazitlar   uchun   oziqa   manbayi   hisoblanadi.
Masalan,   g‘o‘zaning   viltga   chidamli   navlarining   bargida   kraxmal   miqdori   ko‘p bo‘lsa,   chidamsiz   navlarda  gidrolitik   fermentlarning faoliyati kuchayib kraxmal
miqdori kamayib ketadi.  Oqsil va uning mahsulotlari kasallikka chidamli navlardagi
to‘qimasida   oqsil   va   uning   parchalanish   natijasida   hosil   bo‘lgan   maxsulotlari
ko‘pligi   bilan,   chidamsiz   navlarda   esa   ular   miqdorining   kamayib   borishi   bilan
xarakterlanadi. Parazit zamburug‘larniig   oziqlanish usuli bevosita hujayin o‘simlik
modda   almashinishi   bilan   bog‘langan.   SHartli   parazitlarning   oziqlanishi   uchun
hujayra   tarkibida   oqsilning   bo‘lishi   zaruriy   shart   hisoblanadi.   SHuning   uchun
kasallikka   chidamli   va   chidamsiz   navlar   orasidagi   tofovut   oqsil   miqdoriga   qarab
aniqlanadi.   Ayrim   vaqtlarda   o‘simlikning   chidamlilik   yoki   chidamsizlik   xususiyati
aminokislotalar tarkibi bilan bog‘liqdir. Masalan, adenin   ma’lum miqdorda fitoftora
zamburug‘ini o‘sishini chegaralab  qo‘yadi. Oqsilning parchalanishi natijasida hosil
bo‘lgan ammiak va  mochevina zamburug‘larga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Organik   kislotalar .   Xujayra   shirasi   tarkibidagi   vodorod   ionlariga   bog‘liq
ravishda   hosil   bo‘ladigan   rN   miqdori   zamburug‘lar   ferment   xususiyatiga   ta’sir
ko‘rsatadi.
Osmotik   bosim   va   o‘tkazuvchanlik .  Parazit   zamburug‘lar   hujayrasining
bosim   kuchi   o‘simlik-   hujayrasiga   nisbatan   yuqori   bo‘ladi.   Natijada   uning
o‘simlik   ichiga   kirib   kelishi   tezlashadi.   Kasallikka   chidamli   navlarning
hujayradagi   bosim   miqdori   chidamsiz   navga   nisbatan   yuqori   bo‘ladi.   Masalan,
zamburug‘da hujayrasining  bosim kuchi 44 atm, o‘simlikda 22 atm.ga tengdir. 7-rasm. Yovvoyi beda epidermisi hujayrasiga un-shudring zamburug’i
gifasining kirishiga reaksiyasi:
A, B, V, G, D – kasallikka beriluvchan nav;
E, J, Z, I – kasallikka chidamli nav.
Hujayraning   turgor   yoki   plazmoliz   holati   ham   zamburug‘ning   kirib
kelishida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,   kasalliklarning  keng
tarqalishi o‘simlik hujayrasining plazmoliz holatida ko‘p uchraydi.
Fiziologik   aktiv   moddalar .   Ayrim   o‘simliklar   ko‘pgina   biologik   aktiv
moddalarni,  vitaminlarni   sintez   qiladi.  Masalan,   Vitamin  1.  3,   biotin va boshqalar.
Hosil   bo‘lgan   biologik   aktiv   moddalar   o‘simlik   hujayrasida   patogen
mikroorganizmlar rivojlanishiga to‘sqinlik  qiladi.
Alkoloidlar,   glikozidlar,   efir   moylari,   oshlovchi   moddalar   ham   zamburug‘lar
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fitonsidlar   hosil   qiluvchi   o‘simliklar   (piyoz,   yalpiz,   chesnok)   o‘sish   va
rivojlanish   jarayonida   patogen   mikroorganizmlarga   nisbatan   chidamlilikni
namoyon qiladi.
Faol   immunitetning   kelib   chiqishida:   tezda   sezgirlik;   himoya   nekrozlarning
hosil   bo‘lishi;   fitoalaksinlarning   hosil   bo‘lishi;   ferment   xususiyatining
kuchayishi;   fagotsitozning   vujudga   kelishi   nazarda   tutiladi.   Tezda   sezgirlik
tufayli   o‘simlikka   kirib   kelgan   patogen   uning   o‘lik   hujayralar   tomonidan
kurshab   olinadi.   O‘simliklarning   bunday   xususiyat   fakultativ   saprofitlar   va parazitlarga   qarshi   yaxshi   natija   beradi.   CHunki   bunday   parazitlar   tirik
hujayrada   rivojlanishga   moslashgan   hisoblanadi.   O‘simlik   to‘qimalarida   hosil
bo‘lgan   nekrozlar   hujayraning   nobud   bo‘lishiga   olib   keladi   va   fakultativ
parazitlar   o‘lik   hujayrada   saprofitlar   tariqasida   yashashni   davom   ettiradi.   Tezda
sezgirlik tufayli nekroz  hosil bo‘lishi boshlanadi. Nekroz hosil bo‘lgan hujayralarda
zamburug‘   hujayrasi   ham   birga   halok   bo‘ladi.   Masalan,   un   shudring   zamburug‘i
Erysiphe  - bedada kasallik keltirib chiqarganda chidamli  navlarda nekroz miqdori
ko‘p bo‘ladi. Zamburug‘ gifasi  hujayraga kirib   gaustoriy hosil  qiladi va mitseliyni
oziqlantiradi.
Chidamli   navlarda   esa   gifa   hujayraga   kirib   kelishi   bilan   gifa   va   yadro
qorayib,   tezda   gifa   bilan   hujayra   yadrosi   halok   bo‘ladi.   Bu   hujayralar   atrofidagi
xujayralar   ham   tezda   halok   bo‘lib   o‘ziga   xos   zona   hosil   qiladi.   Masalan,   zang
zamburug‘i   g‘alla   ekinlarida,   kartoshkada  fitoftora kasalliklari  o‘simlikka kirib
kelganda   hujayralar   rangsizlashib   ular   halok   bo‘ladi.   Bunday   barglarda   dog‘lar
zamburug‘   sporasi   hosil   bo‘lishi   bilan   tugallanadi.   Kasalikka   beriluvchan
navlarda   kasallik   tezda   tarqalib,   o‘simlikni   o‘sishdan   orqada   qoldiradi   va   hosil
miqdorini pasaytaradi.
Fermentni   xususiyatlarining   kuchayishi.   Modda   almashinish   jarayonidagi
o‘zgarishlarni   kelib   chiqishi   chidamsiz   navlarda   infeksiyaning   ko‘payishiga,
chidamli   navlarda   infeksiyaning   kamayishiga   sabab   bo‘ladi.   Kasallangan
o‘simliklarda   nafas   olish   intensivligi   va   fermentlar   faoliyati   ortadi.   Bu   jarayon
Akad   A.N.   Bax   tomonidan   o‘rganilgan.   Buning   natijasida   halok   bo‘lgan
to‘qimalar tiklanadi.
Kasallangan   o‘simliklarda   nafas   olish   jarayonining   ferment   faoliyatining
ko‘payishi   natijasida   zamburug‘larning   gidrolitik   fermentlarini   miqdorini
kamayishiga olib keladi va toksinlarni   parchalaydi.   Bunday   holatga   antiferment
va   antitoksin   holati   deyiladi.   Bunday   holat   ayniqsa   fakultativ   fitoparazitlar
n ekrotroflarda   yorqin   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   karamda   ildiz   chirishni   keltirib
chiqaruvchi  botritus zamburug‘da antitoksinlar hosil  bo‘lishida namoyon bo‘ladi. S h unday qilib, parchalanuvchi fermentlar ta’sirida zamburug‘ning  toksinlari va
fermentlari   zararsiz   darajadagi   moddalarga   qadar   parchalanadi.   O‘simliklarning
chidamlilik   darajasi   fermentlar   faoliyatining   aktivligini   pasayishi   yoki   tuxtatish
bilan bog‘liqdir.
Parchalovchi   fermentlar   o‘simlikning zararlangan  joylarini   tiklanishida   ham
muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   jarayon   zararlangan   joylardan   kirib   keluvchi
patogenlarning   o‘simlikka   kirib   kelishiga   mexanik   to‘siqlar   -   peridermani   hosil
bo‘lishiga olib keladi. F.so1ani  zamburug‘i kirib keladigan joylarda peridermalarini
hosil   bo‘lishi,   unda   antibiotik   moddalarning   sintez   qilinishi   zamburug‘ning   kirib
kelishiga to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha   o‘simliklarning   kasalliklardan   himoyalanish   jarayoni   o‘simlik   va
patogen   orasidagi   modda     almashinishi   bilan   bog‘liqdir.   Jumladan,   o‘simlik
to‘qimasida   hosil   bo‘ladigan   nuklein   kiclotalari,   oqsillar   va   fermentlar   kasalga
beriluvchan   o‘simliklarda   patogen   hosil   qilgan   moddalar   va   fermentlar   o‘simlik
hosil   qilgan   moddalarga   o‘xshash   bo‘ladi.   Kasallikka   chidamli   o‘simlik   va
patogen   orasida   fermentlardagi tafovut patogenni halok bo‘lishiga yoki o‘simlikni
nobud  bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikka   chidamli   o‘simliklarning   to‘qimasiga   patogenlar   ta’sir   qilishi
natijasida   oqsil   tuzilishida   hech   qanday   o‘zgarish   amalga   oshmaydi.   Mavjud
oqsillar   o‘simlikning   chidamlilik   xususiyatini   keltirib   chiqaradi.   Oqsillar
o‘simlikda fitoimmunitet  hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi.
Fitoaloksinlar-   o‘simlik   to‘qimasida   hosil   bo‘ladigan   patogen
mikroorganizmlarga   ta’sir   qiladigan   antibiotik   modda   hisoblanadi.   Bu   moddalar
K.O.   Myuller   (1939)   A.N.   Metlitskiy,   I.I.Ozeretskovskaya   (1973)   tomonidan
o‘rganilgan. 8-rasm. Fitoalaksinlarning struktura formulalari.
Har   bir   o‘simlik   o‘zida   ma’lum   xususiyatga   ega   bo‘lgan   fitoaloksinlar
hosil   qilish   xususiyatiga   ega.   Masalan.   kartoshkada   rishiten,   lyubimin;   moshda-
pizatin;   loviyada-   fazeolin;   bedada   trifolirizin   fitoaloksinlari   hosil   qilinadi.
Fitoaloksin   hosil   qilish   xususiyati   ma’lum   tur   yoki   nav   uchun   xos   bo‘lib
o‘ziga xos  immunitet keltirib chiqaradi.
Ayrim   zamburug‘lar   o‘simlik   fitoaloksinlarni   parchalab,   uning   chidamlilik
xususiyatini   pasaytiradi:   Masalan ,   G‘.solani   suyuq   oziqa   muhitida   o‘stirilganda
o‘simlikda   hosil   bo‘ladigan   pizatin   fitoaloksinni   parchalab,   moshning   fuzarioz
kasalligiga   chidamliligini   pasaytirib   yuboradi.   Fitoaloksinlarning   hosil
bo‘lishi   o‘simliklarning   kasallikka   nisbatan   immunitetlik   xususiyatini   namoyon
bo‘lishidir.
Fagotsitoz-hujayraga   yod   moddalarni   qamrab   olish   va   parchalab   tashlash
demakdir.   Bu   nazariya   I.I.   Mechnikov   tomonidan   ochilgan.   Fagotsitoz
xodisasi   dastlab     xayvonlarda   o‘rganilgan   bo‘lib,   infeksiyadan   saqlanish
uchun xayvonlar ularni bartaraf qilish uchun ikki xil yo‘l tutishi ko‘rsatilgan.
Birinchi   yo‘l   qon   tarkibida   ximoya   vazifasini   o‘tovchi   aglyutin,   lizin   kabi
moddalarni   hosil   qilib   organizmni   ximoya   qiladi.   Ikkinchi   yo‘l   maxsus
xujayralar   hosil   qilib,uning   yordamida   infeksiyani   qamrab   oladi   va   uni
fermentlar ta’sirida parchalab tashlaydi. Bu jarayonni fagotsitoz xodisasi  deb nomlanib,   jarayonni   amalga   oshiruvchi   xujayralarni   fagotsitlar   deb
nomlangan.
O‘simliklarda   fagotsitoz   hodisasi   patogen   mikroorganizmi   hujayraga   kirib
kelganda   uni   ferment   yordamida   parchalab   yo‘q   qilinganligidan   uni   faol
immunitetiga kiritish mumkin.
9-rasm. Rhizoctonia repens zamburu g’ ining orxidey o‘simligi
xujayrasida fagotsitozi.
Fagotsitoz   hodisasi   o‘simliklarda   ildizda   mikoriza   hosil   qiluvchi
turlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, g‘alla ekinlarida   so‘lish kasalligini
keltirib   chiqaruvchi   G‘.   oxusrorum   zamburug‘i   ildizidagi   endotrof   mikoriza
tufayli zamburug‘ mitseliysi halok qilinadi. Asosiy adabiyotlar 
1. J.E.van der Plank – Disease resistance in plants. New York and London .
1968. 25 4   bet
2. S h erali y ev   A.,   Raximov   U.   -   O‘simliklar   immuniteti.   O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Toshkent, 2007. O‘quv qo‘llanma, 144 bet
3. Sheraliyev   A.   -   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   kasallik   va   xashoratlarga
qarshi   immunitetidan   amaliy   mashg‘ulotlar.   ToshDAU   nashriyoti.,   Toshkent,
2003. Uslubiy qo‘llanma, 20 bet.
4. Popkova   K.V.   -   Uchenie   ob   immunitete   rasteniy.   M.,   Kolos   1979.
Darslik, 272 bet.
5. S h erali y ev.A.SH   va   boshk.   -   O‘simliklarning   kasallik   va   xasharotlarga
qarshi immuniteti fanidan /ma’ruza matnlari/.  Toshkent., 1999.  125 bet
S h erali y ev A., Raximov U., Buxorov K. – Bakteriologiya. Toshkent, 2015. O‘quv 
qo‘llanma. 152 bet

Patologik jarayon. O‘simliklarni himoyalanish mexanizmlari. Fagotsitoz Reja: 1. Patologik jarayonning vujudga kelishi A) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish davri B) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelishidagi morfologik va fiziologik o‘zgarishlar S) Infeksiyaning o‘simlikda tarqalish davri D) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish yo‘llari. E) Kasallik belgilarining paydo bo‘lishi 2. O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmi A) Sust immunitetning paydo bo‘lishida o‘simlikning anatomo morfologik tuzilishi va hujayra shirasi ning kimyoviy tarkibining roli. B) O‘simlik hujayrasi tarkibida maxsus moddalar mav judligi o‘simliklar immunitetadagi roli S) O‘simliklarning ferment xususiyatining kuchayishining oqibatlari. D) Oqsil moddalarining parchalanishi o‘simliklarini himoya funksiyasini bajarishdagi roli. E) Fitoalaksinlarning o‘simliklarni immunitetdagi roli F) Figotsitoz hodisasining o‘simliklar immunitetigi roli.

Patogen va ho‘jayin o‘simliklar uchrashganda kasallanish jarayoni hamisha ham ro‘y beravermaydi. C h unki ,bu jarayonning amalga oshishi uchun bir biriga uzviy bog‘langan temperatura, namlik, patogenning agressivligi muhim rol o‘ynaydi. Demak, kasallanish uchun uchta komponent: parazit, xo‘jayin o‘simlik va tashqi muxit asosiy rol o‘ynaydi. Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelishiga zarur sharoit dastlab infeksiyaning kirishigacha, kirib kelgan va kasallik belgilarini hosil qilgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Zamburug‘ o‘simlik to‘qimasiga kirib kelgunga qadar uning a’zolari ustiga kelib tushgandan keyin o‘sish naychasini hosil qiladi. O‘sish naychasi bir va ko‘p xujayrali gifalarni yoki takomillashgan rizomorflarni hosil qiladi. Sporaning unishi uchun zarur energiya (yog‘ va uglevodlar) toza suvli muxitda amalga oshadi. Bu jarayonda chidamsiz navlarning ajratgan moddalari ham asosiy rol o‘ynaydi. Masalan: Plasmodiophora brassicae, Fusarium solani zamburug‘lari o‘simlik ildizi atrofida rivojlanishni hush ko‘radi. Karam changchilari Alternaria brassicae qulupnay changchilari Botrytis cinerea zamburug‘lari sporalarini o‘sishini tezlashtiradi. SHumg‘uya urug‘i kungaboqar ildizidan ajralgan moddalarga bog‘liq ravishda rivojlanish hususiyatiga ega. Patogenning o‘simlikka kirib kelishi 3 ta yo‘lda amalga oshadi: 1- o‘simlikning kutikula va epidermisi orqali; 2-ustitsa, gidatodlar yoki chechevichkalar orqali; 3-qoplavchi to‘qimalarning zararlangan joyidan. Puccinia graminis oraliq ho‘jayin Berberis vulgaris to‘qimasiga kutikula orqali kirib keladi. Qora kuya kasalligi gulning tugunchasiga po‘sti orqali kiradi. Lavlagining serkosporoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Cercospora beticola va uzumning sohta un shudring kasalligi qo‘zg‘atuvchisi ustitsa orqali kirib keladi. Zang zamburug‘ining esidiosporalari, uredosporalari , patogen bakteriyalar ochiq xaltachali va peronosporali zamburug‘lar xam ustitsalar orqali kiradi.

Chechevichkalar orqali kartoshka parshasi (Streptomyces scabies), xo‘l chirishni keltirib chiqaruvchi (Erwinia corotovora) bakteriyalar kirib keladi. Ustitsalar orqali kirib keluvchi zamburug‘larga g‘alla ekinlarida parazitlik qiluvchi Puccinia graminis zamburug‘i xosil qilgan o‘sish naychalari gifalarga aylanib ustitsalargacha etib boradi. Zararlangan joylardan kirib keluvchi zamburug‘larga Fusarium moniliforme, Botrytis cinerea va viruslar misol bo‘ladi. O‘simlik ichiga kirib kelgan patogen uning xujayrasini nobud qilish uchun fermentlar va toksinlar ta’sirini boshlaydi. Bu ta’sirlar patogenning biotrof yoki nekrotrofligiga bog‘liqdir. Xujayraning ichida gifaning rivojlanishidan gaustoriy hosil bo‘ladi. Gaustoriydan hosil bo‘lgan ferment va toksinlar ta’sirida xujayrada ro‘y bergan bioximik jarayonlar uning kasallikka beriluvchanligini ortiradi. Kasallikka chidamli navlarda ular hosil qilgan toksinlarni parchalaydigan moddalar patogen va ho‘jayin o‘simlikning hususiyatlariga bog‘liq ravishda kasallik belgilarini hosil qilishi yoki chidamlilikni namayon qiladi. Bunda o‘simlik xosil qilgan antitoksinlar patogennning xayot jarayoniga ta’sir qilib, uning biologik xususiyatlarini to‘sib qo‘yadi. 4-rasm. Karamning Botrytis cinerea zamburug’i bilan zararlangan to‘qimaning 2-kundagi emirilishi (M.V.Gorlenko) O‘simlikda kasallik belgilarining paydo bo‘lguncha patogen

rivojlanishi davom etsa inkubatsion jarayon boshlanadi. Infeksiyaning o‘simlik xujayrasiga kirib kelgandan kasallik belgilari paydo bo‘lguncha o‘tgan davri inkubatsin davr deyiladi. Bu davrning uzun qisqaligi patogenning agressivligiga, o‘simlikning chidamliligiga va ekologik sharaoitning mosligiga bog‘liq Shunday qilib, infeksiyaning o‘simlikka kirib kelgunga qadar o‘ziga xos himoya mexanizmi mavjuddir.O‘simlik infeksiyaning kirib kelish bosqichlariga turlicha munosabat bildiradi. Xar bir patologik jarayonda o‘simlikning ximoya mexanizmi mavjudligi tufayli patogenning kirib kelishiga chidamlilik, patogenning tarqalishiga chidamlilik, inkubatsiya davriga chidamlilik xususiyatlarini namayon qiladi. O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmiO‘simlik hujayrasidagi kimyoviy maxsus moddalarning mavjudligi va o‘ simliklarning to‘qimasini anatomo-morfologik tuzilishi ularning kasalliklarga chidamliligida muhim ahamiyatga egadir. O‘simlik ustiga tushgan zamburug‘ sporasining o‘sishi va rivojlanishi, to‘qimaga kirib kelishida uning tuzilishiga bog‘liq ravishda patogenlik jarayoni turlicha namoyon bo‘ladi. Sporaning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan sharoitning eng muhimi to‘qima ustida bir tomchi suvning bo‘lishi va havoning nisbiy namligining yuqori bo‘lishidir. Ko‘rsatilgan sharoitda o‘ sayotgan o‘simliklar kasallikga beriluvchan bo‘lsa, sharoitning o‘zgarishi ularning chidamlilik darajasini ortishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarning kutikula qavatini usti tuklar bilan qoplangan bo‘lgan o‘simlikda suv tomchilari hosil bo‘lishi juda qiyin va ularda zamburug‘lar rivojlanmaydi. Masalan , Pitin navli olma mevasi qalin tuklar bilan qoplanganligidan parsha kasalligi bilan kasallanmaydi. O‘simliklarning turli kasalliklar bilan zararlanishida ularning poyasining zich va tarqoq joylanishi ham asosiy o‘rin egallaydi. Masalan, kartoshkaning tuplari zich bo‘lgan turlari fitoftora bilan, loviyaning tik o‘suvchi poyaga nisbatan yotib o‘suvchi poyalari antraknoz kasalligi bilan ham zararlangan.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘simlikka kirib kelishida ikkinchi bosqich qoplovchi to‘qimalarning anatomik tuzilishidir. Y a ’ni infeksiyaning kirib kelishida ustitsalar, chechevichkalar shakli, ular miqdori, joylashishi asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, pomidor o‘simligining makrosporioz bilan kasallanishida yosh meva yuzidagi kutikula qavati yupqa bo‘lganligidan ular tez zararlanadi. Keksa mevalarda va uning novdalarida kutikula qavati qalinlashganligidan makrosporioz bilan zararlanishi kamayadi. 5-rasm. Bu g’ doyning kasallikka chidamsiz Michurinka (A) va Odessa (B) navlarining anatomik tuzilishi: 1-epidermis; 2-xlorenxima; 3-sklerenxima. Bodring o‘simligining yovvoyi navlari qalin kutikula qatlamiga ega bo‘lganligi tufayli un shudring kasalligi bilan kasallanmaydi. Uzumning kutikula qavati mevasida yupqa navlarida oidium va antraknoz kasalliklari bilan tez kasallanishiga sabab bo‘ladi.