Frans Kafka ,, Jarayon,,
Frans Kafka ,, Jarayon,, Reja: 1) Jarayon ichidagi jarayonlar talqini 2) Insonning jamiyat ichida borligi va yo‘qligi 3) Yozef K. ning ,,itdek xor bo‘lib,, o‘lim topishi Xulosa
Asar bosh qahramoni - Yozef K. ( muallif bosh qahramon ismini to'liq bermasligi zamirida ism ham ma'lum bir qiyofani shakllantirishi yotadi, Yozef yashayotgan jamiyat esa uni qiyofasizlantirib bo'lgan edi) U endigina 30 yoshga to'lgan, obro'li bir bankning xizmatchisi. Yozefning bir maromda ketayotgan hayotini erta tongdan turtib uyg'otishlari buzadi. ( asarning mana shu ilk sahnasi ham qay bir ma'noda endi qo'zg'alish, jarayonni boshlash vaqti kelganiga ishora) Asar voqealari bir qarashda chigaldek ko'rinadi. Ammo, ular bir maromda , jarayondan uzilmagan holda , jarayon atrofida sodir bo'ladiki, kitobxon Yozefning o'y fikrlari bilan harakatlanadi. Jarayon balki sustdek ko'rinar( aybsiz odamning tergovi bir yilga cho'zilishi! ) ammo Yozefning ongida hammasi shiddat bilan harakatlanadi. Asardagi har bir obraz bo'shliqni to'ldirishga ko'maklashadi: tergovchilar, sud xizmatchisi, oqsoch ayol, advokat, amakisi, rassom, kapitan Lans ,Leni va hakazo. Albatta! "Jarayon" - inson ojizligi, butkul erksizligi, jamiyatga bog'liq holda yashashga mahkum ekanligi! Yozef mana shu jarayon o'chog'iga otildi. Bundan maqsad esa - jamiyatni bor bo'yicha tasvirlash edi! Bu jamiyatda faxsh ham , razolat ham , yovuzlik va jaholat ham , yolg'on va riyokorlik ham ildiz otib ulgurgan. Yozef orqali jamiyatning ko'rinishi aks etdi, o'z qo'lidagi ko'zguga o'zini solgan Yozef esa bunday yashay olmasligini tushundi! Aslida chalkashlik so‘zi jarayonga ne chog‘lik mos tushmasin, tan olish kerakki, yozuvchi muqaddimada real voqealikni tasvirlaydi. Yozef K. ning ( aybsiz) qamoqqa olinganligi haqida xabar kitobxonda bir muncha asar haqida dastlabki qarashlarni bersa-da, ( “Kafansiz ko‘milganlar”, “1984” - qamoq tasviri) shuning o‘zigina eng katta “portlash” ekanligi kitobxon asarni tugatgandagina ( 340 bet!) anglaydi. Kafka uslubi! Kulminatsiya - asarning eng boshida. Undan keyingi voqealik esa jarayondagi jarayonsizlik! Odatda badiiy asarlarda ruhiyatga kuchli ta‘sir qiladigan o‘rinlar kitobxonni qanchalik ushlab qololsa, (ta‘sir) xotirada umumiy tushuncha va baho berish ham parchadan shakllanadi
va intilish ham kulminatsiyaga yaqinlashuvga sabab bo‘ladi. Ammo kitobning o‘rtasida (?) yeyilmog‘i kerak bo‘lgan luqmani boshida istemol qilgan kitobxon, keyingi o‘rinlarda chunon hazm qilishga urinadiki, Kafka bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi!(chalkashlik)Yozef K. ni hech bir sababsiz qamoqqa olinishi haqidagi qaror va sud jarayoni kitobxonni mantig‘ini chalkashtirib, yozuvchi qanday ezmalik qilsa ham jimgina tinglashga majbur qiladi.Reallikni boshida payqashga ulgurish yutuq, unda keyini esa sarob. Bu qanday jamiyat bo‘ldiki, sud, qamoq, qonun kabilarni hal qilishda bir prokuristga kelib chiqishi va yashashining tayini yo‘q bo‘lgan chala rassom ko‘mak berolsa. Aslida, aybdorni qidirishga yozuvchini o‘zi yo‘l qo‘ymaydi. Bunda na hukumat, na jamiyat tarozining og‘ir pallasi bo‘lolmaydi. Arosat , hardamxayollik, chalkashlik, jarayonsizlik , mantiqsizlik- umumiy jihat bo‘lishi mumkin. Ammo alohidalik Yozef K.ning jamiyatdan ajralib chiqishiga urinish, o‘z taqdiriga befarq bo‘lmagani holda (!) intilishda ko‘rilsa , yakun - o‘zingizga ma‘lum. “Jarayon” X.Do‘stmuhammad aytganidek, jarayonsizlikda! Muammoning yechimini, aslida aybdor nima jinoyat qilganini bilishga intilish bilan kitob yakunlanadi-yu, minglab savollar bilan qolaverasiz... Aslida o‘sha chalkashlikdagina tartib o‘rnatmoqchi bo‘lgan Kafkani tushunish qiyin. Bir qancha ortiqcha obrazlar, mushohada-yu, mayda odamlarning haminqadar mulohazalari aslida judayam zeriktiradi. Erix Fromm jarayonni eng uzun tush, deb ta‘riflagan. Mana shu tushda adashib qolish hech gap emas. Aholi orasidan hech qanday aybdorlar izlanmaydi”,- degan qarashga zid bo‘lgan voqealikni; Har qanday ayb o‘z sohibini muqarrar jazoga boshlab borishidagi ruhiyat zuddiyatuvini; butun bir tizimning mutloq bema‘nilik asosida ish yuritishidagi o‘zlari aytishganidek “jadallik”ni; jazolovchini shu nom bilan atashga iymangan va mansabdor shaxslarning xo‘jako‘rsinga qilgan munozaralarini jim tinglashdan boshqasiga o‘tolmagan bir “aybdor” holatini; Oddiy yoki juda murakkab voqealarda ham fikrlash tugul ovozi chiqmaydigan “kattalar”ning “jasorati”ni ; Insoniy munosabatlarni tushunishda hach vaqo
yo‘qligidan dalolat beruvchi kazolarning safsatalari inson kechmishi yo‘qqa chiqarishda bosh omil bo‘ldi. Aslida asar nomining o‘zi kinoya. Jarayon-u, biror bir hayot alomati ko‘rinmaydi. Dialoglar, qahramonlarning o‘ylari, dunyoqarashi voqealikla bir chimdim ham aniqlik kiritmaydi. Qaysidir so‘z tushib qolsa, tushunolmay qolishdan qo‘rqqan kitobxon hijjalab o‘qimasin, bitta konkret fikrni topolmaydi( Ayblov borasida). Yozef K. ning tinkasini quritadigan darajadagi erkinlik-qamoq ruhiyatga zarba beradi. Ongida faqat shu jarayondan chiqishga uringan qahramon, o‘zi bilmagan holda natijasiz jarayonning qurboniga aylanadi. Turli kichkina ilinjlarni bir nuqtaga yig‘ganda ham cho‘kayotgan odamga haschalik nafi tegmagan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, “ Inson o‘z taqdiri, qismati oldida yolg‘iz...” Qat‘iy qarshilik va keskinlik kerak edi. ( Yozef K. da bu jihat ko‘rinadi, ammo izchil emas). Har qancha imkonsizlik va majburiyat, siquv va muhit g‘ov bo‘lmasin Imkon yaralmaydi, yaratiladi! Qaysidir ma‘noda Yozefdagi “ men” o‘lgandi. Jisman o‘lim esa rasmiyatchilik. Hukumat, siyosati, jamiyat qoralanmaydi, ammo o‘zining yo‘rig‘iga yurishga majbur qiladi :“ Kishining qo‘lidan kichkina bir o‘zgarish qilish kelsa ham bu aslida nodonlikdan boshqa narsa emas” “Yaxshisi o‘zingizni qismatning qo‘liga topshirib, unga xalaqit bermaslik kerak” Chorasizlik va faryodning qalbni o‘rtovchi hayqirig‘iga I.Garindek javobni beramiz-u, Yozefning “adolatli sud” istagan nidosiga javob berishga ojizligimizni sezamiz.. Yozef K.- ezilib bukilgan, oyoqosti bo‘lgan haqiqat ramzidir. Biz haqiqatni izlaymiz va unga talpinib yashaymiz. Yozefning o‘z aybini izladi, ammo u aybsiz edi. Haqiqat qoralanishi mumkin, biroq uning oqligi tan olinmagan
jamiyatda haqiqat o‘z- o‘zidan falokatga yuz tutadi. Yozefning qatl etilgani kabi.Yozefga bizda achinish hissini qayta uyg‘otadigan obraz. Yechim yo‘q. Chunki yechim faqatgina haqiqat qadr topgan joyda bo‘ladi... QATL ! Qatl haqidagi hukmni asar boshidayoq Yozefning o'zi birrov tilga oladi. Lekin aybsiz bo'la turib o'z joniga qasd qilishni bema'nilik deb hisoblaydi. Ammo yakun aniq edi. "XUDDI IT KABI!" deganda Yozef haq edi... uning so'nggi so'zlari ham jamiyatni fosh qilishga qaratilgan: insonni ezgan , xo'rlagan jamiyat xuddi bir it kabi o'limni ravo ko'rdi! Jozef K. Jozef K. bank prokuristi bo lib ishlaydi, uylanmagan. Romanning boshida ʻ qahramon 30 yoshga to ldi. U Elza ismli ayol bilan aloqada bo lib, muntazam ʻ ʻ ravishda yig ilishlarda qatnashadi. Uning otasi vafot etgan, onasi esa romanning ʻ faqat bir parchasida tilga olinadi, va Jozef K. unga bog lanmagan. ʻ Hibsga olishda hozir bo lganlar ʻ Qo riqchilar Frans va Villem Jozef K. hibsga olingani haqida xabar berishadi va ʻ uni o z xonasida ushlab turishadi. Nomi oshkor etilmagan rahbar K. ning ʻ e tirozlarini qo pollik bilan rad etadi. Hibsga olish vaqtida K.ning bankdan ʼ ʻ uchta qo l ostidagi xodimi: Rabenshtayner, Kaminer va Kullich hozir bo lib, ʻ ʻ ular K.ni hibsga olingandan keyin ishga kuzatib qo yishlari kerak. ʻ Fraulein Elza Fraulein Elza ofitsiant bo lib ishlaydi. Kunduzi u erkaklarni qabul qiladi, K. ʻ uning oldiga haftada bir marta keladi. Keyinchalik Leni bilan bo lgan birinchi ʻ suhbatda u K.ning bekasi sifatida tilga olinadi. U bevosita bosh qahramon emas, faqat Jozef K. tomonidan tilga olinadi. Frau Grubach K. va Fraulein Burstnerlar yashaydigan kvartiraning egasi. U K.ga boshqa ijarachilardan ko ra yaxshiroq munosabatda bo ladi, chunki u unga qarzga pul ʻ ʻ bergan. Fraulein Burstner