PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA. PEDAGOGIK KORREKSIYA. ELEKTRON PEDAGOGIKA
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA. PEDAGOGIK KORREKSIYA. ELEKTRON PEDAGOGIKA REJA 1. Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi, asosiy vazifasi va kategoriyalari. 2. Korreksion pedagogikaning predmeti, maqsadi, asosiy vazifasi va kategoriyalari. 3. Ta’lim jarayonini diagnostika qilishning asosiy funktsiyalari. 4. Anomal bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar yo‘nalishlari. 5. Jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash va ularni o‘qitish. 6. Elektron pedagogikaning predmeti, maqsadi, asosiy vazifasi va kategoriyalari. 7. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. 8. Pedagogik dasturiy vositalar. 9. Shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalarning o‘rni. 10. Dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari. 11. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari. 12. Pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalaridan foydalanish. Ta’lim portallari resurslari.
Diagnostika – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib (dia- orasidagi, orqali, gnosis - bilim degan ma’nolarni ifodalaydi). Ilmiy bilish va alohida olingan individning anglash jarayoni o‘rtasidagi o‘ziga hos ongli faoliyatdir (N.K. Golubev, B.P. Bitinas). Pedagogik diagnostika (tashxislash) esa – nazorat qilish va baholash usullarining jamlanmasi bo‘lib, bu ta’lim jarayonini optimallashtirish, ta’lim oluvchilarga differensial yondashish va ta’limiy dasturlar va pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini takomillashtirish orqali namoyon bo‘ladi. Pedagogik diagnostikaning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Pedagogik diagnostikaning vazifalari: Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv realizasiyasini ta’minlash; O‘qituvchining professional diagnostikasi natijalarini to‘g‘ri belgilab olish; Pedagogik hatoliklarga yo‘l qo‘yishni minim al darajaga tushirish; O‘quvchining qo‘shimcha izlanishi uchun turtki berish; Bola shaxsining samarali rivojlanish sharoitlarini belgilash; Pedagogning faoliyatini baholash (ya’ni professional mahoratiga baho berish); Pedagogik diagnostikaning vazifalari (N.K. Golubev va B.P.Bitinas bo‘yicha) Qaytar aloqa Pedagog o‘z faoliyatini nazorat qilmay turib, o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Baholash Pedagogik faoliyatning natijasini baholash erishilgan pedagogik natijalarni mavjud etalon, mezonlar bilan solishtirish orqali ro‘y beradi. Tarbiyaviy Talim oluvchilarning munosabatlari, qadriyatlari, motivatsiyasini rag‘batlantirish va muayyan faoliyatni bajarishga ongli ravishda yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Kommunikativ Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining individual-tipologik hususiyatlarini hisobga olgan holda shaxslararo munosabatlarga kirishish malakalarini shakllantiradi. Konstruktiv Ta’lim jarayonini tashkil etuvchilarga o‘zgartirish kiritish va korreksiyalashga hizmat qiladi. Informa s ion Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini pedagogik diagnostika natijalariga oid ma’lumotlar bilan qurollantiradi. Prognozlash Pedagogik rivojlanishning istiqbollarini bashoratlash imkonini beradi. Pedagogik diagnostikaning darajalari: 1- Daraja: Qismli difgnostika– yaxlit obyektning alohida qismlarini o‘rganib, ularning xossalarini tadqiq etganimiz qismli diagnostikaga misol bo‘la oladi, biroq diagnostikaning bu turi to‘liq tassavvurlar hosil qilmaydi va samarasi kamroq hisoblanadi. 2- Daraja: tuzilmaviy diagnostika Diagnostikaning mazkur darajasida jarayonning tuzilmaviy holati tadqiq etiladi, alohida komponentlar orasidagiПедагогик диагностика ўқувчининг ўзлаштириши, ўқишдаги қийинчиликларини, унинг ўқишига таъсир қилаётган ижтимоий, оилавий омилларни ўрганишга йўналтирилгандир. Диагностика натижалари эса таълим-тарбия жараёнини тўғри режалаштириш, йўл қўйилган ҳатоларни тузатиш, психологик-педагогик профилактика ишларини олиб боориш имконини беради.
aloqadorliq ularning bir-biriga bog‘liqlik darajasi o‘rganiladi. Ta’limiy jarayonning alohida komponentlari orasidagi aloqadorlikka oid gipotezalar ilgari suriladi. Diagnostikaning bu darajasi amaliyotga tadbiq etishga yaqindir. 3- Daraja: Tizimli diagnostika Mazkur diagnostika yaxlit pedagogik jarayonni baholash imkonini beradi. Diagnostikaning mazkur darajasi qisman tugallangan bo‘lib, unda alohida komponentlar va tuzilmalar orasidagi aloqadorlikning yaxlit surati paydo bo‘ladi. Pedagogik diagnostikaning bosqichlari (I.Yu.Gutnig bo‘yicha): 1. Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilab olish; 2. Kutilayotgsn pedagogik diagnozlashni rejalashtirish; 3. Diagnostika vositalarini tanlash (mezon, daraja,metodlar); 4. Diagnostika qilinuvchi obekt haqidagi ma’lumotlarni to‘plash; 5. Diagnostika qilish natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni saralash, analiz qilish va tizimlashtirish; 6. Diagnostika obektining qismlarini analiz natijasida qo‘lga kiritilgan ishonchli ma’lumotlar asosida sinte qilib, yangi birliklarga biriktirish; 7. Obektning keying rivojlanish istiqbollarini prognozlash. Pedagogik diagnostikani asoslash va baholash; 8. Pedagogik diagnostika natijalarini amaliyotga tadbiq etish, pedagogik jarayonni kotteksiayalash. 1 Ta’lim tizimi oldida ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o‘sishini ta’minlashdek muhim va mas’uliyatli vazifa turadi. Maktabning pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajara borib ba’zan ayrim bolalarning o‘qishida qiyinchiliklari borligini ko‘radi, bu qiyinchiliklar bolalarning kamol topib borishdagi kamchiliklari oqibatida tug‘iladi, bunday kamchiliklar maktabda shu bolalarning o‘zlashtirmasliklariga olib keladi. Bolalarning kamol topib borishidagi kamchiliklar yoki anomaliya, g‘oyat xilma-xildir. Ular bolalarning psixofizik kamol topib borishining turli tomonlarida namoyon bo‘lib borishi: eshitish – nutq sistemasida, ko‘rib idrok etishda, intellektual, emotsional – irodaviy harakatlanish sohasiga taalluqli bo‘lish, turli darajada va turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin. Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni Korreksion o‘qitish va tarbiyalash bilan Korreksion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya- Yunoncha defectus – nuqson, kamchiliq logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarinio‘rganuvchi fan sanaladi. Butun dunyoga mashhur Wikipedia.org internet ensiklopediyasida esa unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Maxsus ta’lim (maxsus yordamga muhtojlar ta’limi, ko‘makchi ta’lim nomlari bilan ham ma’lum) -bu maxsus metodlar orqali maxsus ta’limga muhtoj insonlarga induvidal farq va ehtiyojlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beruvchi amaliyotidir. Ushbu tadbir alohida 1 Шаршакова Л.Б. Педагогическая диагностика образовательного процесса. Методическое пособие для педагогов дополнительного образования — СПб.: ГБОУ ДОД Дворец детского (юношеского) творчества «У Вознесенского моста», 2013 C . 6-16Педагогик луғатда «коррекция» тушунчаси (юнонча « korrectio » — тузатиш) педагогик услуб ва тадбирлардан иборат махсус тизим ёрдамида аномал болаларнинг психик ва жисмоний ривожланиш камчиликларини тузатиш (қисман ёки тўлиқ) сифатида тушунилиши таъкидлаб ўтилади.Ана шу луғатда « коррекцион педагогика »нинг жисмоний ёки психик камчиликка эга, махсус, индивидуал тарбиялаш ва ўқитиш методларига муҳтож бўлган, соғлиғи имкониятлари чекланган боланинг индивидуаллиги ва шахсини ривожлантириш жараёнини бошқариш моҳияти, қонуниятларини ўрганувчи фан эканлиги қайд этилади.(Новоторцева Н.В. Коррекцонная педагогика и специальная психология. Словарь.-М.:Педагогика, 1999.)
ehtiyojli shaxslarga jamiyatda yuqori muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun maxsus ta’lim orqali yordam berish amaliyotiga asoslanadi (1784 yil Parijda birinchi maxsus maktab tashkil etilgen. Bu maktab xalqaro DisJeunes Aveugles instituti tarkibida bo‘lgan. Bu maktab dunyodagi birinchi ko‘rlar maktabi edi. Birlashgan qirollikda birinchi karlar maktabi barpo etilgan. 19-asrda imkoniyati cheklangan yoki normal insonga xos bo‘lmagan holatdagi insonlar uyda yashirin holda o‘qitilgan va bu haqidagi ma’lumotlarni Charls Dikens asarlarida uchratish mumkin). 2 Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan. Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon. Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: 1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 2) differentsiasiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish; 3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 1. Anomal bolalarni o‘qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. 2 https :// en . wikipedia . org / wiki / Special _ education
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko‘ra ko‘proq darajada o‘qitishga bog‘liq. Shuning uchun anomal bolalar o‘qitilmasa yoki o‘qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o‘ta jiddiy bo‘lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o‘quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdeq imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdeq aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi. 2. Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko‘rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqilliq o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mehnat ko‘nikmalari, xulq madaniyati, shuningdeq ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o‘rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. 3. Korreksiya (Yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o‘z ishlarini rejalashtirish ko‘nikmalari, og‘zaki ko‘rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo‘ladi. 5. Kompensasiya (Yunoncha «compensatio» – o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensasiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi. 6. Ijtimoiy reabilitasiya (Yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy- pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu rorreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Reabilitasiya nuqsonlarini yo‘qotish va yumshatishga yo‘naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitasiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o‘rni to‘ldiriladi. Reabilitasiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o‘quv muassasalari tizimida hal etilib, unda o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi.