logo

Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.021484375 KB
Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron .
1. Mil.avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya   davlatlari   va
madaniyati.
2. Ahamoniylar davrida Eron. Ijtimoiy-iqtisodiy   institutlar,   mazdakiylik,
Ahmoniylar davrida Eron madaniyati.
3. Parfiya va Sosoniylar davrida Eronning iqtisodiy-   ijtimoiy   ahvoli.
Adabiyot va san’at. Eron   hududlarida,   ayniqsa,   uning   g’arbida   mil.avv.   VIII-VI   ming   yilliklarda
dehqonchilik   madaniyatlari   (Tepa-Go’ron,   Sarob)   shakllandi.   VI-   V   ming
yilliklarda   esa   ishlab   chiqaruvchi   xo’jalik   tarmoqlari   Eron   platosi,   Dashti-Lut   va
Dashti   Kabir   cho’llarining   shimoli   va   janubida   shakllandi.   Mil.avv.   VI   ming
yillikda mis qurollardan keng foydalanildi. Suza hududlaridan topilgan pichoqlarda
(mil.avv.3000   y.)   omochning   tavsiri   tushirilganligi,   bu   hududlarda   mil.avv.   IV
ming   yillik   oxiridan   boshlab   sun’iy   sug’orishga   o’tilganidan   dalolat   beradi.
Janubiy-G’arbiy   Eronning   bu   o’lkasini   shumerlar   Nim,   vavilonliklar   va   ossurlar
Elamtu,   ya’ni   tog’li   mamlakat   deb   ataganlar.   Elamliklarning   o’zlari   esa   Xatamtu
deb   nomlaganlar.   Mil.avv.   III   ming   yillikda   Avon,   Anshon,   Simash,   Kimash
davlatlari   tashkil   topadi.   Ular   keyinchalik   Suza   davlati   qo’l   ostida   birlashtiriladi.
Elam Mesopotamiyaning sharqdagi yirik savdo-sotiq markazlaridan biri edi.
Elam yozuvi namunalari Yahyotepa yodgorligidan topilgan. Yozuv piktograflardan
iborat bo’lgan. Elamning mil.avv. III-II ming yillikdagi tarixi Mesopotamiya bilan
bog’liq bo’lgan. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlatiga qaram bo’lib qoladi.
XXII   asrda   Kutik-inshushinak   Elamni   birlashtiradi.   Lekin   tez   orada   gutiylar
ta’siriga   tushib   qoladi.   Podsho   Kutir-Naxxunte   I   (1730-1700   yy.)   davrida   Elam
yana   bir   bor   Mesopotamiyaga   bostirib   kiradi.   Elamni   Shumercha   Sukkalmax
(buyuk xudo tomonidan yuborilgan) boshqargan va Suzada yashagan. Podshoning
ukasi   Sukkalom   (yuborilgan)   deb   atalib,   ikkinchi   poytaxt   Simashda   yashagan.
Podsho o’lgach, u
taxtga   o’tirish   huquqiga   ega   bo’lgan.   Uchinchi   pog’onada   Suza   shahri   hokimi
turgan   bo’lib,   u   oddiy   hokim   unvonida   yurgan.   Kichikroq   viloyatlarni   Adda
(otalar)   boshqarganlar.   Albatta,   ular   podsho   oilasi   va   unga   yaqin   kishilardan
tayinlangan.   Elam   podsholari   o’z   opa-singillariga   uylanganlar.   Taxminan
mil.avv.1180 yilda Elam podshosi Shutruk-naxunta I Vavilionni bosib olib, o’ljalar
bilan   birga   Xamurappi   qonunlarini   ham   Suzaga   olib   ketadi.   Mil.avv.1115   yilda
Vavilion   podshosi   Navoxudonosor   I   Elamga   o’nglanmas   zarba   beradi.   Elam
Bobilga 300 yil davomida qaram bo’lib qoladi. VIII asrda Elam Ossuriyaga qarshi kurashga qo’shiladi, biroq mil.avv. 720 yilda qaqshatqich mag’luibiyatga uchraydi.
Mil.avv.   692   yilda   Vavilion   bilan   birgalikda   Ossuriyaga   qarshi   kurashib   Xalum
degan   joyda   Ossur   qo’shinlarini   yenggan   elamliklar   ham   kuchsizlanib   qoladilar.
Ossur-Elam urushi mil.avv. 639 yilda Elamning mag’lubiyati bilan tugaydi.
Mil.avv. III ming yillikda Elamda jamoa tartiblari ustunlik qilgan bo’lsa, mil.avv.
II   ming   yillikda   qulchilik   institutlari   rivojlanadi.   Xususiy   ibodatxona   yer   egaligi
ko’payadi.   Elam   jamiyatida   boshqa   sharq   jamiyatlaridan   farqli   ayol   kishi   sud
guvohligiga   o’ta   olar,   hatto   davlat   mansablarini   egallashi   mumkin   bo’lgan.
Taxminan   mil.avv.   1200   yilda   podsho   Sirtux   onasini   Suza   shahri   hokimi   etib
tayinlangan. Elam jamiyatida qizlar o’g’illar bilan birga merosxo’r hisoblangan.
Taxminan   mil.avv.   3000   yillar   atrofida   Elam   yozuvi   shakllangan   bo’lib,
piktografik   yozuvda   asosan   150   dan   ortiq   belgilar   bo’lgan.   Bu   yozuvlarni   hali
o’qib bo’linmagan. III ming yillik o’rtalarida 80 belgidan iborat chiziqli bo’g’inli
yozuv   shakllangan.   Bu   yozuv   mil.avv.XXIII   asrda   keng   tarqalgan.   Mil.avv.   II
ming yillik birinchi  yarmida  Vavilion yozuvi  kirib keladi  va mil.avv. V asrgacha
elamliklar  undan foydalanadilar. Elamning diniy markazi Suza shahri  bo’lib, oliy
xudo   Pinikir   (buyuk   ma’buda)   bo’lgan.   U   yer   homiysi   xudolar   onasi   bo’lgan.
Inshushinak esa, Suza homiysi bo’lgan. Quyosh xudosi Naxxunte kun yaratuvchisi
bo’lib   hisoblangan.   Bundan   tashqari   napira-oy,   shozi-suv,   nusku-olov,   narunde-
g’alaba   xudosi     hisoblangan.   Naram-suen   (akkad   podshosi)   bilan   podsho   Xita
shartnomasida (mil.avv. 2230 y.) 37 ta Elam xudolari sanalgan. Xudolar sharafiga
o’tkazilgan   tantanalarda   ko’plab   musiqachilar   qatnashgan.   Bunday   tartibdagi
musiqachilar ham ibodatxona ruhoniylari bo’lgan.
Elam   sopollarida   mil.avv.   IV   ming   yilliklardayoq   geometrik   chiziqlar,   qushlar,
hayvonlar,   insonlar   tasvirlangan.   III   ming   yillikda   esa   grifonlar,   qanotli   sherlar,
shaytonlar   tasvirlari   paydo   bo’ladi.   III-II   ming   yillikdagi   Elam   madaniyatidagi
Mesopotamiya   madaniyatining   kuchli   ta’siri   sezlib   turadi.   Elam
haykaltaroshligining   oliy   namunasi   1800   kg   og’irlikni   tashkil   qiluvchi   malika
Napirosu   haykali   hisoblanadi.   Elam   arxitekturasida   mil.avv.   XIII   asrga   oid   Dur- untash   shahrida   qurilgan   zikkurat   noyob   yodgorlik   bo’lib,   to’rt   qavatli   zikkurat
kirish   eshigida   xudolar,   podsholar,   sherlar   haykali   bilan   bezatilgan.   42   metr
balandlikni tashkil etgan zikkuratning pastki qavati 105 metr uzunlikka ega.
Midiya   Eronning   g’arbiy   qismida   joylashgan   tarixiy   viloyatdir.   Mil.avv.   III-II
ming yilliklarda o’troq hayotga o’tish jarayoni bo’lib, dastlabki aholi elam, Kassiy,
gutey, xurrit tillarida gaplashgan. Ayrim olimlar sharqiy Yevropa chorvador aholisi
Kavkaz orqali Eronga kirib kelgan eroniy qabilalar mil.avv.XII-XI asrlarda butun
Eron   hududlariga   tarqalgan   deb   hisoblaydilar.   Lidiya   hududlariga   mil.avv.   IX
asrdan   Ossur   qo’shinlari   o’lja   olish   maqsadida   bosqinchilik   yurishlari   qilganlar.
Urartu   davlati   kuchaygach,   Rusa   I   22   manney   (Midiya)   knyazlarini   mil.avv.   716
yil   mag’lub   etadi.   Dayakku   ismli   manney   podshosini   urartuga   o’lpon   to’lashga
majbur qiladi. Mil.avv. 715 yilda esa Sargon II Dayakkuni asir olib hokimiyatdan
chetlatadi.   Mil.avv.   VIII   asrda   kimmeriylarning   va   mil.avv.   VII   asr   boshlarida
skiflar hujumi urartu va Ossuriyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ladi.
Mil.avv.   673   yilda   lidiyaliklar   Ossurlarga   qarshi   qo’zg’olon   ko’taradi.
Qo’zg’olonga   Kashtariti   boshchilik   qilib,   mustaqil   Midiya   davlati   tuziladi.
Mil.avv. 653 yilda Midiya Ossuriya ustiga qo’shin tortadi. Lekin skiflar
hujumi natijasida Kashtariti vafot etadi. Midiyada mil.avv. 653-625 yillarda skiflar
hukmronlik   qiladi.   625   yilda   Kashtaritining   o’g’li   Kiaksor   skiflarni   quvib
chiqaradi. Midiya davlatini birlashtirib Ekbatanni poytaxt qilib oladi. Mil.avv. 612
yil   Kiaksar   Vavilion   podshosi   Nabopalasar   bilan   birga   Ossuriya   poytaxti
Nineviyani   ishg’ol   qiladi.   Mil.avv.   605   yilda   esa,   Xarron   shahri   yaqinida   Bobil,
Midiya   qo’shini,   Ossur,   Misr   qo’shinini   mag’lub   etadi.   Midiya   mil.avv.   593   yil
Urartuni, 590 yilda esa, Kichik Osiyoning katta qismini (Lidiyadan tashqari) bosib
oladi.  Shuningdek,   Parfiya,  Girkaniya,   Seyistonni   ishg’ol   qiladi.  Mil.avv.   584   yil
Kiaksar   vafot   etadi.   Uning   o’g’li   Astiag   (584-550   yy.)   Elamni   istilo   qildi.   Lekin
550 yil yangi sulola Ahmoniylar Midiyani istilo qiladilar.
Midiya   madaniyatiga   Ossuriya   ta’siri   ko’proq   seziladi.   Arxitekturada   (no’shijon)
olov ibodatxonasi  (mil.avv. VIII asrga oid) topilgan bo’lib, balandligi 185 metrni tashkil   etadi.   Podshoning   Ekbatandagi   saroyi   noyob   arxitektura   namunasi   bo’lib,
yetti   devor   bilan   o’ralgan.   Lidiya   mil.avv.   VII-   VI   asrlarda   Eron   madaniyatining
markazi bo’lgan.
Parsua   qabilalari   haqida   mil.avv.   IX   asrda   ilk   bor   Ossur   manbalarida   uchradi.
Afsonalarga   ko’ra,   Parslarni   mil.avv.   VIII   asrda   ilk   bora   Ahamon   birlashtirgan.
Mil.avv.   642   yili   Ossurlar   Elamni   bosib   olgan   paytda   Pars   podshosi   Kir   I
Ossuriyaga   bo’ysunadi.   Mil.avv.   600-559   yillarda   Kambiz   I   Midiyaga   itoat   etib,
Astiagning   qizi   Mandanaga   uylanadi.   Rivoyatlarga   ko’ra   Astiag   tush   ko’rib,   uni
tadbirini   so’raganda,   saroy   ruhoniylari   singlisining   o’g’li   undan   taxtni   tortib
olishini   aytishadi.   Astiag   singlisi   Mandananing   o’g’lini   o’ldirishga   buyursada   bir
cho’pon uni o’z tarbiyasiga oladi. Natijada Kir II mil.avv. 558 yil bobosiga qarshi
kurashib, 553 yilda uni yengadi va Midiyani bosib oladi. Fors davlati tashkil topib,
tez orada Elam, Parfiya, Girkaniya, Armanistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 547 yili
qudratli   Lidiyani   bosib   oladi.   Kichik   Osiyodagi   yunon   shaharlari   ham   fors
davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mil.avv. 539 yil Bobil ham ishg’ol etiladi. Mil.avv.
550   yil   O’rta   Osiyoga   yurish   davrida   Kir   II   vafot   etadi.   Kir   II   vorisi   Kambiz   II
mil.avv.   525   yilda   Misrni   istilo   qilib,   fir’avn   nomini   oladi.   Mil.avv.   522   yilda
Eronda   zardusht   ruhoniysi   Gaumata   shahzoda   Bardiya   nomi   ostida   qo’zg’olon
ko’taradi.   Kambiz   qo’zg’olonni   bostirish   uchun   qaytayotganda   yo’lda   sirli
ravishda   o’ldiriladi.   Gaumata   yetti   oydan   so’ng   o’ldirilib,   taxtga   Doro   I   chiqadi.
Ana   shu   qo’zg’olon  davrida   Erondagi   ijtimoiy-iqtisodiy   institutlar   kurashi   bo’ldi,
desak   xato   bo’lmaydi.   Patriarxal-urug’   jamoachiligidan   chetga   chiqib   ketmagan,
istilochilik yurishlaridan  urug’  boshliqlari  katta boylik ortirar  edi.  Shuning uchun
ular   shohlarni   qo’llab-quvvatlar   va   uning   kuchayib   borayotgan   despotik
hokimiyatidan   go’yoki   tashvishga   tushmas   edi.   Buning   oqibatida   oddiy
jamoachilarning   harbiy   majburiyatlari   va   bo’ysundirilgan   xalqlarning   o’lpon
to’lash  majburiyati  oshib  borar  edi. Gaumata  hokimiyat  tepasiga  kelgach,  uch yil
o’lpon olishni va harbiy majburiyatni bekor qiladi. Shuning uchun uni tezda butun
Eron   podsho   sifatida   tan   oladi.   11   mart   522   yil   (mil.av.)   va   29   sentyabrgacha,
Gaumata   podsholigining   yetti   oyida   biror   marta   qo’zg’olon   ko’tarilmaydi. Gaumata   Eron   va   bo’ysundirilgan   xalqlarning   turli   tabqalari   orasida   katta   obro’
qozonish uchun harakat qilib, podsho hokimiyatini cheklanmagan huquqqa ega deb
hisoblab, Erondagi taniqli  urug’larga qarshi  kurashdi. Shuningdek, katta qudratga
erishgan   ibodatxonalarga   ham   qarshi   kurashdi.   Natijada,   yettita   Erondagi   eng
aslzoda   urug’lar   fitna   uyushtirib,   Gaumatani   o’ldiradilar.   Taxtga   Doro   I   o’tiradi,
eski tartiblarni tiklash tarafdori bo’lganligi uchun Doro I ga qarshi Vavilion, Fors,
Lidiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya, O’rta Osiyo, Misrda qo’zg’olonlar
ko’tariladi.   Qo’zg’olonlar   mil.avv.   522-521   yillar   davomida   katta   qiyinchiliklar
bilan   bostirildi.   Doro   I   mamlakatda   siyosiy-ijtimoiy   ahamiyatga   ega   islohotlar
o’tkazdi.   Mil.avv.   548   yil   mamlakat   satrapliklarga   bo’lindi.   Satrap   tepasida
xshatra-podsholik   qo’riqchisi   unvonidagi   shaxs   turib,   u   satraplikdan   ma’lum
miqdordagi   soliqlarni   podsho   xazinasiga   yetkazishi   lozim   edi.   Satraplar   ko’proq
fuqaroviy   boshqaruvga   ega   bo’lib,   ular   kumush   va   mis   tangalar   zarb   qilish
huquqiga ham   ega  edilar. Satraplardan  tashqari   harbiy  boshliqlar  mustaqil  bo’lib,
to’g’ridan-to’g’ri   podshoga   bo’ysunar   edi.   Mamlakatning   poytaxtlari   Suza,
Ekbaton, Pasargardda podsho kanselyariyasi tashkil etib, aloqa xizmatlarini yuzaga
keltirdi.   Podshoning   ko’z   quloqlari   nomli   yashirin   polisiya   xizmati   joylardagi
satraplar,   aholi   kayfiyatidan   shohni   ogoh   qiladi.   Huquqiy   sohada   taniqli   urug’
boshliqlari katta mavqyega ega bo’lgan. shuningdek, turli urug’-qabila, xalqlardan
tashkil   topgan   davlatda   odat   huquqi,   Bobil   (Xamurappi),   Misr   qonunlari   ham
amalda qo’llanilgan.
Mil.avv. 517 yil pul islohoti o’tkazilib, 8,4 gr li oltin tangalar zarb qilina boshlandi.
Fors   armiyasi   otlik   va   piyodalardan   tashkil   topgan   bo’lib,   otliq   askarlar   sharqiy
Erondagi   saklardan   ko’proq   olingan.   Qo’shin   asosini   10   ming   kishini   tashkil
etuvchi   “o’lim   bilmas”   askarlar   tashkil   etib,   uning   dastlabki   1000   kishilik   tarkibi
podshoning   shaxsiy   gvardiyasi   taniqli   urug’lar   orasidan   tanlab   olingan.   Doro   I
davrida   tashqi   siyosatda   yunon-fors   urushlari   (mil.avv.   490-449   yy.)   Eronni
iqtisodiy   va   siyosiy   jihatdan   kuchsizlanishiga   olib   keldi.   Mil.avv.   330   yilda
A.Makedonskiy   qo’shinlari   zarbasi   ostida   Eron   davlati   qulaydi.   Mil.avv.   VI-IV
asrlarda   Eron   iqtisodiyotida   dehqonchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik   ustun mavqyega   ega   bo’lgan.   Misr,   Suriya,   O’rta   Osiyo   hududlaridagi   Yerlar   rasman
podshoga   tegishli   bo’lib,   podsho   yerni   ijaraga   berar,   ijarachilar   esa,   yana   mayda
ishlab chiqaruvchilarga berar edi. Bobilda murashu, Misrda Arshama va boshqalar
shoh ijarachilari bo’lib, katta boylik to’plar edilar. Bundan tashqari podshodan yer
olib   harbiy   xizmat   o’tab   berish   shakli   ham   vujudga   kelgan   edi.   Suvda   va
quruqlikda   savdo-sotiq   rivojlanib,   Hindistondan   uzoq   Ispaniyagacha   erkin   savdo
qilish   mumkin   bo’lgan   shoh   yo’lining   va   mil.avv.   518   yilda   Skilokning   hind
daryosidan   qizil   dengizgacha   suzib   borgani   suv   yo’lining   ahamiyatini   ortishiga
sabab   bo’ldi.   Qulchilik   Eron   davlatining   o’sib   borishi   bilan   rivojlandi.   Dastlab
qullar   urug’chilik   an’analari   asosini   unchalik   yemirmagan   bo’lsada,   keyinchalik
qullar (kurtash, bantak) jamiyatda katta rol o’ynay boshladilar.
Eronning qadimiy va ilk o’rta asrlar tarixida zardushtiylik dini katta rol o’ynagan.
Midiyaning   so’nggi   podshosi   Astiag   davridayoq   zardushtiylik   davlat   dini
darajasiga   ko’tarilgan.   Shu   bilan   bir   qatorda   o’zga   yurt   xudolariga   ham   e’tiqod
davom   etgan.   Eron   davlati   kuchaygan   davrda   ham   Misr,   Bobil,   Finikiya,   Yunon
xudolariga   podsho   nomidan   qurbonliklar   qilingan,   albatta,   ular   Axuramazdaga
qilingan   qurbonliklardan   uch   barobar   kam   bo’lgan.   Qadimiy   fors   yozuvi   Akkad
yozuviga o’xshasada, ammo, u ko’proq alfavit yozuv bo’lib, 40 ta belgidan iborat
bo’lgan. Qadimgi Eron arxitekturasi yorqin namunalari Pasargad, Persipol, Suza va
boshqa shaharlarda ko’plab topilgan. Kir II daxmasi, Doro I saroyi, Eron shohlari
maqbarasi bo’lgan naqshi rustam, Behistun yozuvlar va boshqa ko’plab arxitektura
yodgorliklari topilgan. Ahamoniylar davrida Eron san’atiga Misr, Bobil san’atining
ta’siriga   qaramay,   Eron   san’ati   o’ziga   xos   yo’ldan   rivojlandi.   Asosan   realistik
tasvirlarni   tasviriy   san’at   va   haykaltaroshlikda   tasvirlash   Eron   san’atining   asosiy
yutug’i edi.
Mil.avv.   334-323   yillarda   Eron   hududini   yunon-makedon  qo’shinlari   bosib   oladi.
Keyinchalik   mil.avv.   250   yilgacha,   salavkiylar   davlati   tarkibida   bo’ladi.   247   yil
Parfiyada   dah-parx   qabilalari   yetakchisi   Arshak   salavkiylar   satrapi   Andragorni
mag’lub etib, Parfiya davlatiga asos soladi. Parfiya davlati Mitridat I (mil.avv.171- 138   yy.)   davrida   kuchayib,   Midiya,   Mesopotamiya   hududlarini   bosib   oladi.
Demetriy   II   salavkiylar   qudratini   qayta   tiklash   uchun   qilgan   harakati   (mil.avv.
141y.)   muvaffaqiyatsiz   tugaydi.   Mitridat   II   (mil.avv.123-87   yy.)   davrida   Parfiya
qudratli   davlatga   aylanadi.   Shu   vaqtdan   boshlab   Parfiya   Rimning   Sharqdagi   eng
katta   raqibi   bo’lib   qoladi.   Mil.avv.   II-I   asrlardan   Parfiya   davlati   kuchsizlana
boshlaydi.   Rim   imperatorlari   Troyan,   Adrianning   qo’shinlari   poytaxt
Ktesifongacha   yetib   keladi.   148-192   yillarda   Vologez   III   davrida   Parfiya   Rimga
qarshi javob zarbalari beradi.
Parfiya   shohlari   quruqlikdagi   savdo   yo’llari   ustida   hukmronlikni   o’z   qo’llarida
saqlab qolib, qaroqchilarga qarshi kurash olib borish maqsadida maxsus qo’riqchi
bo’linmalar   tuzadilar.   Davlat   tuzilishiga   ko’ra   Parfiya   kichik-kichik   qaram
podsholiklardan iborat bo’lib, knyazlar Markaziy hiokimiyatga qarshi doim kurash
olib borganlar. Parfiya madaniyatida yunon elementlari kuchli ta’sir etadi. Orod II
(mil.avv. 55-38 yy.) Krassning mag’lubyati (mil.avv. 53 y.) haqidagi xabarni teatr
ko’rib turganda eshitadi. Mahalliy e’tiqodlar bilan bir vaqtda yunon etiqodi, yozuvi
saqlab   qolingan.   Ishlab   chiqarishda   asosan   qullardan   foydalanilgan.   Ijtimoiy
jihatdan   podsho   va   yirik   yer   egalari,   erkin   jamoachilar   yuqori   qatlamni   tashkil
etgan.  Podshoni  ikki   kengash  qabila  oqsoqollari  va  ruhoniylar  tan  olsagina  uning
hukmronligi   qonuniy   asosga   ega   bo’lgan.   Turfa   xalqlar   va   madaniyatlarni
birlashtirgan Parfiya davlati mil.avv. III-I asrlarda yunon madaniyati ustunlik qilar
edi. Aristokratlar  orasida  yunon  tartib-  qoidalari  asosida  yashash   va  o’zini   tutishi
lozimligi   yoshligidan   singdirilardi.   Niso   shahri   (Ashxobod   yaqinida)ni   qazish
vaqtida   zardushtiylik   davri   va   elinistik   davr   ibodatxonalari,   arxitektura
yodgorliklari,  12  olimp  xudolari  e’tiqod  kultida   saqlanib  qolinganligi  aniqlangan.
Milodiy II asrdan madaniyatda Parfiya motivlari kuchayib, arxitektura va tasviriy
san’atda, shuningdek tangalar zarb qilishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Eronning   Fors   viloyatidan   bo’lgan   urug’i   yetakchisi   Ardasher   dastlab   Parfiya
davlatining udel knyazi edi. 224 yilda esa, Artaban V qo’shinlarini mag’lub etadi.
Tez  orada  Midiya, Ozarbayjon, Seyiston, Xuroson,  Marv vohasi, Kaspiy  atroflari bo’ysundiriladi.   Armaniston   va   Gruziyaning   istilo   qilinishi   bilan   Zakavkazyedagi
muhim   savdo   yo’llari   ham   sosoniylar   qo’liga   o’tdi.   Ardasher   I   vorisi   Shopur   I
(241-272   yy.)   davrida   Rim   imperiyasi   bilan   uzoqqa   cho’zilgan   urush   boshlandi.
Sosoniylar davlati Shopur II (309-379yy) davrida katta qudratga erishib, Baxraynni
bosib   oldi.   Rim   bilan   muvaffaqiyatli   urushlar   olib   bordi.   Armaniston   va   Gruziya
ikki
davlat   o’rtasida   387   yilgi   sulhga   ko’ra   taqsimlandi.   Yazdigard   I   davrida   xristian
dini   Eron   hududlariga   tarqala   boshladi.   Bahrom   G’o’r   (421-438   yy)   davrida
xristianlar   ta’qib   ostiga   olinadi.   Yazdigard   II   (438-457   yy.)   Armanistonda   ham
zardushtiylikni davlat dini darajasiga ko’tarishga urinishi katta qo’zg’olonga sabab
bo’ladi.   Pero’z   (459-484   yy.)   davridagina   qo’zg’olon   bostiriladi.   Eronning   bu
davrdagi   ijtimoiy   tuzilishida   uchta   ozod,   erkin   tabaqa   mavjud   bo’lib,   ular
ruhoniylar,   harbiylar,   erkin   dehqon   yer   egalari   bo’lib,   IV   asrdan   tabaqalarda
o’zgarish   yuz   beradi,   ya’ni   ruhoniylar,   harbiylar,   kotiblar   va   soliq   to’lovchi
tabaqalar   shakllanadi.   Ruhoniylar   boshlig’i-Mobedan-mobed,   harbiy   qo’mondon-
Eron-Spohbed, bosh kotib-Dabirbed, soliq to’lovchi tabaqa boshlig’i-Vastriashon-
salor deb atalgan. Ruhoniylarning oliy tabaqasi mobed zardusht kohinlari maglarni
nazorat   qilib   turgan.   Mobedan-mobed   shohdan   so’ng   ikkinchi   o’rinni   egallagan.
Eron   sipohdordan   so’ng   yarim   mustaqil   viloyat   hokimlari   shahrdorlar   turgan.
Undan   so’ng   vispuxr-qadimgi   Eron   aslzoda   urug’lari   turib,   ular   muhim   davlat
ishlarini bajarganlar. Keyingi tabaqa vazirlar bo’lib, hududiy bo’linish va armiyada
muhim  mansablarda  bo’lganlar.  Qo’shin  asosini  azatlar   (erkin jamochilar)  tashkil
etgan.   Kotiblar   tabaqasiga   xat   yozuvchilar,   astrologlar,   tarjimonlar   kirgan.
To’rtinchi tabaqaga dehqon, hunarmandlar, savdogarlar kirgan.
Sosoniylar   davrida   zardushtiylik   davlat   dini   darajasiga   ko’tarilgan   edi.
Zardushtiylik   ta’limoti   ezgulikka   xizmat   qilishdan   iborat   edi.   Ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy   jarayonlarning   rivojlanishi   natijasida   jamiyatdagi   ba’zi   savollarga   javob
bera olmay qolayotgan bir vaqtda yangi diniy ta’limotlar vujudga kela boshlaydi. Shopur   I   hukmronligi   davrida   taxminan   241-242   yillarda   gnostik   (diniy-falsafiy
oqim   bo’lib,   xristianlik   va   ellinizm   ta’limotini   mifologik   tarzda   yaqinlashtirishga
uringan)lik   maktabi   a’zosi   Moniy   Eronda   moniylik   ta’limotini   targ’ib   eta
boshlaydi. Bu  din ezgulik va qorong’ulik kurashiga asoslangan  g’oyalarni  targ’ib
etadi. Inson ezgulikka
yordam   berishi   uchun   qon   to’kish,   zo’ravonliklardan   voz   kechishi,   musiqa,   raqs,
tavsiriy   san’at   kabi   sohalar   bilan   shug’ullanishi   lozim   bo’lib   hisoblangan.
Sudxo’rlik   orqali   to’kin,   tinch   farovon   yashash   lozim   deb,   tarkidunyochilikni
targ’ib   qilgan.   Zardusht   kohinlari   tomonidan   Moniy   276   yili   qatl   etiladi.   Ammo,
uning ta’limoti butun Eronga tarqalib bo’lgandi.
484   yilda   Vizantiyada   nestorian   mazhabi   yeretik   deb   tan   olingach,   bu   mazhab
vakillari   Vizantiyaning   raqibi   Eronga   qochadi   va   xristianlik   dini   targ’ib   qilina
boshlanadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   Mesopotamiya   va   Eronning   Markaziy
viloyatlarida yahudiylik dini ham targ’ib qilingan. Mazdak g’oyalari ham ko’pdan
ko’p   diniy   qarashlar   asosida   shakllanib   V   asr   oxiri-VI   asrlarda   katta   ta’sirga   ega
bo’ldi.   Chunki   zardushtiylik,   ellinistik,   xristian   va   yahudiylik   diniy   g’oyalari
asosida   shakllanadi.   Bir   necha   yil   qurg’oqchilik   va   chigirtka   urushi   natijasida
hosilsizlik   natijasida   xalq   noroziligi   kuchayib   boradi.   Shu   vaqtda   (491y.)
mazdakiylik   g’oyasi   asosida   ilk   qo’zg’olon   bo’lib   o’tadi.   496   yilgi   mazdakiylar
chiqishi podsho Kavodni eftalitlar hukmdori Vaxshunvar huzuriga qochishi va 499
yil   eftalit   qo’shini   yordamida   taxtga   qaytishiga   sabab   bo’ldi.   Kuchayib   ketgan
mazdakchilarni 529 yilda shohning o’g’li Xusrav I quvg’in qilishga erishadi.
Savol va topshiriqlar
1.   Qadimgi   Eronning   qaysi   diniy   ta’limotlari   antik   dunyoning   filosofik
qarashlariga   va   xristianlik   hamda   islomda   esxolatik   ta’limotlarning   yuzaga
kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi? 
2. Elam sivilizatsiyasi yuzaga kelgan va gullab-yashnagan davrni aniqlang.   3.   Eron   tsivilizatsiyasining   har   bir   taraqqiyot   bosqichiga   xos   xususiyatlarni
ko’rsating. 
4. Eron va O’rta Osiyo xalqlari madaniy aloqalari haqida ma’lumot bering.

Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron . 1. Mil.avv. III ming yillikda Eron. Elam – Midiya davlatlari va madaniyati. 2. Ahamoniylar davrida Eron. Ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, mazdakiylik, Ahmoniylar davrida Eron madaniyati. 3. Parfiya va Sosoniylar davrida Eronning iqtisodiy- ijtimoiy ahvoli. Adabiyot va san’at.

Eron hududlarida, ayniqsa, uning g’arbida mil.avv. VIII-VI ming yilliklarda dehqonchilik madaniyatlari (Tepa-Go’ron, Sarob) shakllandi. VI- V ming yilliklarda esa ishlab chiqaruvchi xo’jalik tarmoqlari Eron platosi, Dashti-Lut va Dashti Kabir cho’llarining shimoli va janubida shakllandi. Mil.avv. VI ming yillikda mis qurollardan keng foydalanildi. Suza hududlaridan topilgan pichoqlarda (mil.avv.3000 y.) omochning tavsiri tushirilganligi, bu hududlarda mil.avv. IV ming yillik oxiridan boshlab sun’iy sug’orishga o’tilganidan dalolat beradi. Janubiy-G’arbiy Eronning bu o’lkasini shumerlar Nim, vavilonliklar va ossurlar Elamtu, ya’ni tog’li mamlakat deb ataganlar. Elamliklarning o’zlari esa Xatamtu deb nomlaganlar. Mil.avv. III ming yillikda Avon, Anshon, Simash, Kimash davlatlari tashkil topadi. Ular keyinchalik Suza davlati qo’l ostida birlashtiriladi. Elam Mesopotamiyaning sharqdagi yirik savdo-sotiq markazlaridan biri edi. Elam yozuvi namunalari Yahyotepa yodgorligidan topilgan. Yozuv piktograflardan iborat bo’lgan. Elamning mil.avv. III-II ming yillikdagi tarixi Mesopotamiya bilan bog’liq bo’lgan. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlatiga qaram bo’lib qoladi. XXII asrda Kutik-inshushinak Elamni birlashtiradi. Lekin tez orada gutiylar ta’siriga tushib qoladi. Podsho Kutir-Naxxunte I (1730-1700 yy.) davrida Elam yana bir bor Mesopotamiyaga bostirib kiradi. Elamni Shumercha Sukkalmax (buyuk xudo tomonidan yuborilgan) boshqargan va Suzada yashagan. Podshoning ukasi Sukkalom (yuborilgan) deb atalib, ikkinchi poytaxt Simashda yashagan. Podsho o’lgach, u taxtga o’tirish huquqiga ega bo’lgan. Uchinchi pog’onada Suza shahri hokimi turgan bo’lib, u oddiy hokim unvonida yurgan. Kichikroq viloyatlarni Adda (otalar) boshqarganlar. Albatta, ular podsho oilasi va unga yaqin kishilardan tayinlangan. Elam podsholari o’z opa-singillariga uylanganlar. Taxminan mil.avv.1180 yilda Elam podshosi Shutruk-naxunta I Vavilionni bosib olib, o’ljalar bilan birga Xamurappi qonunlarini ham Suzaga olib ketadi. Mil.avv.1115 yilda Vavilion podshosi Navoxudonosor I Elamga o’nglanmas zarba beradi. Elam Bobilga 300 yil davomida qaram bo’lib qoladi. VIII asrda Elam Ossuriyaga qarshi

kurashga qo’shiladi, biroq mil.avv. 720 yilda qaqshatqich mag’luibiyatga uchraydi. Mil.avv. 692 yilda Vavilion bilan birgalikda Ossuriyaga qarshi kurashib Xalum degan joyda Ossur qo’shinlarini yenggan elamliklar ham kuchsizlanib qoladilar. Ossur-Elam urushi mil.avv. 639 yilda Elamning mag’lubiyati bilan tugaydi. Mil.avv. III ming yillikda Elamda jamoa tartiblari ustunlik qilgan bo’lsa, mil.avv. II ming yillikda qulchilik institutlari rivojlanadi. Xususiy ibodatxona yer egaligi ko’payadi. Elam jamiyatida boshqa sharq jamiyatlaridan farqli ayol kishi sud guvohligiga o’ta olar, hatto davlat mansablarini egallashi mumkin bo’lgan. Taxminan mil.avv. 1200 yilda podsho Sirtux onasini Suza shahri hokimi etib tayinlangan. Elam jamiyatida qizlar o’g’illar bilan birga merosxo’r hisoblangan. Taxminan mil.avv. 3000 yillar atrofida Elam yozuvi shakllangan bo’lib, piktografik yozuvda asosan 150 dan ortiq belgilar bo’lgan. Bu yozuvlarni hali o’qib bo’linmagan. III ming yillik o’rtalarida 80 belgidan iborat chiziqli bo’g’inli yozuv shakllangan. Bu yozuv mil.avv.XXIII asrda keng tarqalgan. Mil.avv. II ming yillik birinchi yarmida Vavilion yozuvi kirib keladi va mil.avv. V asrgacha elamliklar undan foydalanadilar. Elamning diniy markazi Suza shahri bo’lib, oliy xudo Pinikir (buyuk ma’buda) bo’lgan. U yer homiysi xudolar onasi bo’lgan. Inshushinak esa, Suza homiysi bo’lgan. Quyosh xudosi Naxxunte kun yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Bundan tashqari napira-oy, shozi-suv, nusku-olov, narunde- g’alaba xudosi hisoblangan. Naram-suen (akkad podshosi) bilan podsho Xita shartnomasida (mil.avv. 2230 y.) 37 ta Elam xudolari sanalgan. Xudolar sharafiga o’tkazilgan tantanalarda ko’plab musiqachilar qatnashgan. Bunday tartibdagi musiqachilar ham ibodatxona ruhoniylari bo’lgan. Elam sopollarida mil.avv. IV ming yilliklardayoq geometrik chiziqlar, qushlar, hayvonlar, insonlar tasvirlangan. III ming yillikda esa grifonlar, qanotli sherlar, shaytonlar tasvirlari paydo bo’ladi. III-II ming yillikdagi Elam madaniyatidagi Mesopotamiya madaniyatining kuchli ta’siri sezlib turadi. Elam haykaltaroshligining oliy namunasi 1800 kg og’irlikni tashkil qiluvchi malika Napirosu haykali hisoblanadi. Elam arxitekturasida mil.avv. XIII asrga oid Dur-

untash shahrida qurilgan zikkurat noyob yodgorlik bo’lib, to’rt qavatli zikkurat kirish eshigida xudolar, podsholar, sherlar haykali bilan bezatilgan. 42 metr balandlikni tashkil etgan zikkuratning pastki qavati 105 metr uzunlikka ega. Midiya Eronning g’arbiy qismida joylashgan tarixiy viloyatdir. Mil.avv. III-II ming yilliklarda o’troq hayotga o’tish jarayoni bo’lib, dastlabki aholi elam, Kassiy, gutey, xurrit tillarida gaplashgan. Ayrim olimlar sharqiy Yevropa chorvador aholisi Kavkaz orqali Eronga kirib kelgan eroniy qabilalar mil.avv.XII-XI asrlarda butun Eron hududlariga tarqalgan deb hisoblaydilar. Lidiya hududlariga mil.avv. IX asrdan Ossur qo’shinlari o’lja olish maqsadida bosqinchilik yurishlari qilganlar. Urartu davlati kuchaygach, Rusa I 22 manney (Midiya) knyazlarini mil.avv. 716 yil mag’lub etadi. Dayakku ismli manney podshosini urartuga o’lpon to’lashga majbur qiladi. Mil.avv. 715 yilda esa Sargon II Dayakkuni asir olib hokimiyatdan chetlatadi. Mil.avv. VIII asrda kimmeriylarning va mil.avv. VII asr boshlarida skiflar hujumi urartu va Ossuriyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ladi. Mil.avv. 673 yilda lidiyaliklar Ossurlarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonga Kashtariti boshchilik qilib, mustaqil Midiya davlati tuziladi. Mil.avv. 653 yilda Midiya Ossuriya ustiga qo’shin tortadi. Lekin skiflar hujumi natijasida Kashtariti vafot etadi. Midiyada mil.avv. 653-625 yillarda skiflar hukmronlik qiladi. 625 yilda Kashtaritining o’g’li Kiaksor skiflarni quvib chiqaradi. Midiya davlatini birlashtirib Ekbatanni poytaxt qilib oladi. Mil.avv. 612 yil Kiaksar Vavilion podshosi Nabopalasar bilan birga Ossuriya poytaxti Nineviyani ishg’ol qiladi. Mil.avv. 605 yilda esa, Xarron shahri yaqinida Bobil, Midiya qo’shini, Ossur, Misr qo’shinini mag’lub etadi. Midiya mil.avv. 593 yil Urartuni, 590 yilda esa, Kichik Osiyoning katta qismini (Lidiyadan tashqari) bosib oladi. Shuningdek, Parfiya, Girkaniya, Seyistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 584 yil Kiaksar vafot etadi. Uning o’g’li Astiag (584-550 yy.) Elamni istilo qildi. Lekin 550 yil yangi sulola Ahmoniylar Midiyani istilo qiladilar. Midiya madaniyatiga Ossuriya ta’siri ko’proq seziladi. Arxitekturada (no’shijon) olov ibodatxonasi (mil.avv. VIII asrga oid) topilgan bo’lib, balandligi 185 metrni

tashkil etadi. Podshoning Ekbatandagi saroyi noyob arxitektura namunasi bo’lib, yetti devor bilan o’ralgan. Lidiya mil.avv. VII- VI asrlarda Eron madaniyatining markazi bo’lgan. Parsua qabilalari haqida mil.avv. IX asrda ilk bor Ossur manbalarida uchradi. Afsonalarga ko’ra, Parslarni mil.avv. VIII asrda ilk bora Ahamon birlashtirgan. Mil.avv. 642 yili Ossurlar Elamni bosib olgan paytda Pars podshosi Kir I Ossuriyaga bo’ysunadi. Mil.avv. 600-559 yillarda Kambiz I Midiyaga itoat etib, Astiagning qizi Mandanaga uylanadi. Rivoyatlarga ko’ra Astiag tush ko’rib, uni tadbirini so’raganda, saroy ruhoniylari singlisining o’g’li undan taxtni tortib olishini aytishadi. Astiag singlisi Mandananing o’g’lini o’ldirishga buyursada bir cho’pon uni o’z tarbiyasiga oladi. Natijada Kir II mil.avv. 558 yil bobosiga qarshi kurashib, 553 yilda uni yengadi va Midiyani bosib oladi. Fors davlati tashkil topib, tez orada Elam, Parfiya, Girkaniya, Armanistonni ishg’ol qiladi. Mil.avv. 547 yili qudratli Lidiyani bosib oladi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham fors davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mil.avv. 539 yil Bobil ham ishg’ol etiladi. Mil.avv. 550 yil O’rta Osiyoga yurish davrida Kir II vafot etadi. Kir II vorisi Kambiz II mil.avv. 525 yilda Misrni istilo qilib, fir’avn nomini oladi. Mil.avv. 522 yilda Eronda zardusht ruhoniysi Gaumata shahzoda Bardiya nomi ostida qo’zg’olon ko’taradi. Kambiz qo’zg’olonni bostirish uchun qaytayotganda yo’lda sirli ravishda o’ldiriladi. Gaumata yetti oydan so’ng o’ldirilib, taxtga Doro I chiqadi. Ana shu qo’zg’olon davrida Erondagi ijtimoiy-iqtisodiy institutlar kurashi bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. Patriarxal-urug’ jamoachiligidan chetga chiqib ketmagan, istilochilik yurishlaridan urug’ boshliqlari katta boylik ortirar edi. Shuning uchun ular shohlarni qo’llab-quvvatlar va uning kuchayib borayotgan despotik hokimiyatidan go’yoki tashvishga tushmas edi. Buning oqibatida oddiy jamoachilarning harbiy majburiyatlari va bo’ysundirilgan xalqlarning o’lpon to’lash majburiyati oshib borar edi. Gaumata hokimiyat tepasiga kelgach, uch yil o’lpon olishni va harbiy majburiyatni bekor qiladi. Shuning uchun uni tezda butun Eron podsho sifatida tan oladi. 11 mart 522 yil (mil.av.) va 29 sentyabrgacha, Gaumata podsholigining yetti oyida biror marta qo’zg’olon ko’tarilmaydi.