Qadimgi Xitoydagi ilk quyma tangalar.
Mavzu:Qadimgi Xitoydagi ilk quyma tangalar. Reja: 1. Qadimgi Xitoyning kuyma tangalari xaqida. 2. Imperator Sin SHi Huandi tomonidan o’tkazilgan pul islohati. 3. Markazlashgan Hitoy davlatini qaror topishi yagona tanga pulni joriy qilinishi. 4. Qadimda o’rta asrlarda Xitoyda savdo- sotiqning rivojlanishi. Xulosa.
Qadimgi Xitoyning kuyma tangalari xaqida. Xitoy tangashunos olimlari Sen Sin Vey Chjungo “Xitoy pullari tarixi” kitobida Xitoy xalqi Sharqiy Turkiston hududlarini bosib olgan davirda tangalar zarb qilinganligi to’g’risida fikir bildiradi. Qadimgi hitoyda birinchi marta quyma tangalar vujudga kelgan. Bu tangalarga misol uchun pichoq –tangalar , belkurak – tangalar, omosh –tangalar . Xitoyda pichoq –tangalar 7 dyum og’irligi 740 gr bo’lgan. Vaqti kelib u o’zining dastlabki vazifasini va og’irligidan maxrum bo’lib unga tig’, keyinchalik sop xam kerak bo’lmay qoldi. Pichoq pul shakliga xalqa holiga kirgan. Xalqani ipga shodalab, o’zlari bilan olib yurishgan hato odamlar metaldan qilgan o’zining mustaqil shakillariga ega bo’la boshlagan bo’lsalar ham ular odatda uzoq vaqtgach pulni turli buyumlar shaklida yasaganlar. Masalan; Xitoyda o’sh vaqtning kiymi shaklida bir parcha metal “ko’ylak” pullar bo’lgan. Keyinchalik Xitoyda kivadrat teshikli dumaloq tanga Imperatir Sin Shi Xuan Di davrida yani milloddan avvalgi 248-310 yillarda o’tkazilgan pul islohati yuzasidan saltanatda yagona kivadrat teshikli tangalar zarb qilinib muomilaga chiqarilgan . bu tanganing birligi “Lyan” deb nomlangan. Janubiy Lyan sulolasi hukumronligi davrida bironza va temirdan quyilan 5shu qiymatidagi tangalar zarb qilingan. O’rta asirning 1759- yili Xitoydagi Sin sulolasi, Manjur Xitoy feodal bosqinchilari sharqiy turkistonni bosib oldi. Sharqiy Turkistonda XV - asrda Sulton Sayid xon hukmronlik qilgan yorkend honligini ag’darib tashlab, 6u joyda Sin sulolasi o’z hokimyatini o’rnatishga muyasar bo’lgana. Sin sulolasi sharqiy Turkiston halqlarining qushni halklar bilan bo’lgan o’zaro madaniy iqtisodiy aloqalarini uzib kuyish maqsadida sharkiy Turkistonda ilgari savdo muomalasida yuritilgan kumush va mis tangalarni yo’q qiladi. Kumush tangalarni quyma yombiga aylantirib, mis tan-galarni esa qayta quyib 1760 Xitoy pullarini chiqara boshladi. Imperator Syan Lun davrida (1736-1795 ) zarb qilingan bronza pullarning old tomonidan Cyan Lun tun Bao (imperator Syan Lun puli hamma joyda yuritiladi)
deb yozilgan bo’lsa, orqa tomonida bu pullar zarb qilingan shaharning nomi manjur, xitoy va Uyg’ur tilida yzilgandir. Undan keyingi xitoy imperatorlaridan Szya sin (1736-1820 ) Dao Guan (1822-1850) davrlarida ham huddi ana shunday pullarni, har bir imperator o’z nomidan pul chiqara boshladi. Bu bronza pullarni yerli halqlar yamoq pul deb atadi. Keyinchalik Hitoyliklar kumush pullar quyidagi besh hil nominalda chiqarilgan edi: 1.yarim misqol - 1,80 gramm, 2.Bir misqol 3,60 gramm, 3. Ikki misqol - 7,20 gramm, 4. Uch misqol - 10,80 gramm, 5. Besh misqol - 18 grammni tashkil qilardi. Bu besh hil nominaldagi kumush pullarni asosan Qashqarda Yorkentda, Hutanda, Yangihisorda, Oksuvda, keyinroq Urumchida zarb qilingan. Bu tangalarga zarb qilingan joylar nomi Manjur va uygur tillarida berilgan bo’lib, pulning naminali esa Xitoy va uygurcha berilgandir. Yuqoridagi besh hil nominaldan tangalar quyidagicha nomlangan. Sin honi Guan Syuy nomi bilan 1296-1878 yillarda, Oqsuvda zarb qilingan. Yarim misqolli kumush tanga. Cin honi, Guan Syuy nomi bilan - ikki miskolli kumush tanga. Sin Szyanda "chu" Hunanda zarb qilingan yarim miskol kumush tanga. Xitoy Respublikasi davrida 1331-1912-13yillarda Qashqarda zarb qilingan 10 dasentlik mis puli ham chiqarilgan. Mana shu nominaldan tashqari Sharqiy turkistonda yuritilgan kumish pullar ichida, ba’zi kumush pullarga Xitoy ieogrifi bilan “Siyan Pin” – uch misqol, yoki “Siyan pin” besh misqol deb yozilgan. Bu yozuvlarni ma’nosi “Siyan pin”ning og’irligi belgilangandir. Nima sababdan Sharqiy Turkistonda zarb qilingan tangalarda Xutan o’lkasining og’irlik birligi vanomi berilgan. Tekshirib o’rganilganda Sharqiy Turkistonda zarb qilingan tangalarga tasodifan qo’yilmaganligini ko’rsatdi. Chunki Sharqiy Turkistonni ikkinchi marta bosib olgan Xitoy generallaridan Szo Szun Tan bilan Lyu Szun tangalarining asil yurti Xutan o’lkasi bo’lganligi
uchun, ular Sharqiy Turkistronda o’zlarining mustamlakachilik izini" Mangu." qoldirish niyatida bu tangalarni Hunan ulkasining nomi va ogirlik ulchov birligi bilan zarb qildirganlar. Szo Szun Tan Sharkiy Turkistonni bosib olgandan so’ng bu yerlarni. boshqarish huquqini o’zining yurtdoshi Lyu Szun Tanga in’om etadi. Bu xaqda XIX asrning ohirlarida sayohat qilgan va bu ulkani o’rgangan rus sayohi va tadkikotchisi M.I. Pevsov, "Sin' Szyan o’lkaning general – gubernatori Lyu Czun Tan Xitoy millatiga mansub bo’lib, asil yurti Hunandir. Xitoyda qadimdan qul ostidagi amaldorlarni o’z yurtdoshlaridan jalb qilish odat tusiga kirib qolgan. Lyu Szun Tan ana shu tradisiyani davom ettirib, Hunandan o’ziga ishonchli bo’lgan juda ko’p amaldor ofiserlarni olib kelib ishga jollashtirdi, Xozir Sin Szyandagi amaldordarning hammasi Hunanlik bo’lib qolmay, balki saldatlari xam hunanlikdir”-deb yozgan. Nima uchun ikki yarim ming yildan beri savdo muomallsida faqat mis (bronza) pul ishlatib kelayotgan Xitoylik, hali Xitoy kumush pul sestemasiga o’tmagan davrda 'Sharqiy Turkiston 1878 yilda kumush pul sistemasini yurgizgan edi. Butun Xitoyliklar esa 1889 yilda kumush pul ishlata boshlaganlar. 1. Ettishahar davlatida Xitoyliklar tomonidan chiqarilgan mis pular amaldan qoldirilib, uning o’rniga oltin, kumush pul sistemasini qo’llanganligidan mis pullarga erlik halqlar gumon bilan qarab uni savdo muomalasida qabul qilmadi. 2. Xitoyning burungi pullari fakat Sharkiy Turkistonda qadrsizlanib qolmay, balki butun Xitoy bo’yicha qadrsizlanib ketdi. 3. XIX asr oxirlariga kelib Cin imperiyalsi va feodal tuzumining chirib borishga qaramay, kapitalistik munosabatlarnning tarakkiy qilib, tovar va pul munosabatlaring kuchayjshi bilan pulning savdo kapitalidagi roli oshib ketdi. 4. Mis pularning davlat tashki va ichki savdo munosabatlarida va uzaro hisob- kitob ishlarida qo’llanishi juda noqulay edi. Shuning uchun XIX asr ohirlarida Xitoyga kumush pullar zarb qilish boshlangan edi.
Cin sulolasining ohirgi yillarida Xitoy tarihida birinchi bo’lib bir va ikki misqolli tilla tangalar zarb qilindi. Bu pullarning old tomonida Xitoy va uygur yozuvlari bilan, pulning nominali ( qiymati) berilgan, bo’lsa, tomonida esa ajdahoning tasviri berilgan. Bu tillo tangalar juda kam zarb qilinganligi uchun savdo muomalasida yuritilmasdanoq uni puldor boylar yig’ib olar edilar. 1911 yildagi Sin'hay inqilobi natijasida Xitoydagi Cin sulolasining hukmronligi ag’darilib, 2000 yildan buyon hukmronlik qilib kelgan Xitoydagi feodal monarhiya tuzumi yo’qotildi. Uning o’rniga Hitoy burjua - demokratik respublikasi tiklandi. Sin'hay inqilobidan keyin ham Hitoyning pul muomala sistemasida o’zgarishlar bo’lmadi. Ilgarilari Sin hukmronligi davrida zarb kilingan, 1,2,3,5, misqolli kumush pullarni savdo muomalasida yuritish davom ettirildi. Keyinrok borib asta - sekin o’zlarining tanga va chaqa pullarini chiqara boshladilar. 1913-1914 yillarga kelib Xitoy burjua - respublikasining pullari paydo bo’ldi. Bu pullar Cin hukmronligi tomonidan chiqarilgan pullardan bir tomoniga" Chjungxua Min'go" ya’ni Xitoy respublika" deb yozilgan, yil sanalari bilan farq qilardi. Bu davrga kelib 1,2,3,5 misqoli pullar bilan birga eng katta nominaldagi bir sar og’irlikdagi .kumush pullar ham chiqarila boshandi. Mis pullarni esa Evropa pullariga o’hshatib mashinalar yordamida o’rtasi teshiksiz qilib, chiqara boshladilar. Kumush pullar asosan tanga deb atalar edi. 1911 yildan keyin chiqarilgan kumush pullarni esa Yar Chen deb yuritildi. Mis pullarni esa uyg’ur tilida yarmoq, jez, chaqa yoki mis pul deb atar edilar. Xitoy transkripciyasi bilan"dasen” deb ham aytilgan. 1933 yil 12 aprelda Sin'si cay Xitoyda siyosiy o’zgarish yasab, butun hokimiyatni o’z quliga oladi. U sar, qogoz pul birligi qilib olingan, pulni muomalaga chiqardi. 50 sar qog’oz pulga bir quti gurut yoki bir dona tuhum sotib olish mumkin edi. Vaqt o’tushi bilan bu qog’oz pullar qadrsizlanib ketganligi sababli, bozor savdo muomalasida, hatto Cin hokimligi davridagi mis va kumush tangalarni ham harid kilishlari uchradi.