logo

Qadimgi xitoyning g'arbiy o'lkalar bilan aloqalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

107.5 KB
      MAVZU: Qadimgi xitoyning g'arbiy o'lkalar bilan aloqalari.
REJA:
       Kirish.
1.Qadimgi Xitoyning tabiiy sharoiti
2. Qadimgi Xitoyning Buyuk  ipak yo‘li orqali  g‘arbiy o‘lkalar bilan aloqasi.
3.Qadimgi Xitoy madaniyati. 
    Xulosa
           
                                                               
   
                              1.Qadimgi Xitoyning  tabiiy sharoiti.
                           
                Biz   Xitoy   deb   ataydigan   mamlakatni   xitoylarning   o'zlari   goh   Chjuna   Go   (O'ta
podsholik),   goh   Chjunx   va   (O'rta   ravnaq)   deb   yoki   biron   sulola   nomi   bilan   masalan   Sin
deb   ataydilar.   Keyingi   nom   ba'zi   o'zgarishlar   bilan   G'arbiy   Yevropa   va   Sharqning
geografik nomlar uyxatiga ham kiritilgan. 
                        Xitoy davlati avval boshda xuanxe havzasida tashkil  topib, keyinchalik hozirgi
chegaralarigacha sekin-asta kengayib borgan 
                 Xitoy adabiyotida Xuanxe Yurakni ezadigan daryo " deb tilga olingan. Bu daryo
o’zanini tez-tez o'zgartgan, qirg oqning yumshoq tuprog ini yorib o'tib, keng maydonlami
suv   bosib   ketish   xavtidan   xalos   qilingan.   Xitoy   xalq   ertaklarida   Yuy   degan   afsonaviy
podsho   daryo   qirg'oqlarini   mustahkamlash   ishlarini   tashkil   qilishgani   uchun       ko'klarga
ko'tarib  maqtalganligi   tasodifiy  hol   emas.  Shimoliy  Xitoyning  (sariq  tuproq)  yerlari   juda
unumdordir. 
                  Qadimgi Xitoyda qalin o'rmonlar ko'p bo'lgan (hozir ko'p joylarda kesilib yo'q
bo'lib   ketgan,   faqatgina   chekka-chekkalaridagina   qolgan).   Qadimgi   Xitoy
yozuvchilarining   tasvirlariga   qaraganda,   bunda   yovoyi   hayvonot   va   o'simliklar   juda   ko'p
bo'lgan, buni arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi. 
                          Hozir odamlar zich yashayotgan joylarda ilgari bug'ular o'tlab yurgan. Qadimgi
Xitoy   qo'shiqlari   to'plami   (Shi   Szin)   da   har   yili   bo'ladigan   ommaviy   ov   tasvir   etilgan,
bunda to'liq. yonut, yovvoyi mushuk ovlaganlar: bu ommaviy ovlar hozirgi vaqtda yovoyi
hayvonlar   deyarli  qolmagan   Xuanxe  havzasida  qilingan.  Xitoy  tog'larida  ruda   va  boshqa
foydali   qazilmalarning   ko'pligi   mamlakat   ekonomikasining   taraqiyitida   muhim   rol
o'ynagan.
                      Mavjud ma'lumotlarga qaraganda Xitoyning juda qadim zamondagi aholisi etnik
jihatidan   juda   xilma-xil   bo'lgan.   Asil   Xitoyliklarning   o'zi   0'z   tarixlari   tongida   Xuanxe
daryosining   o'rta   oqimidagi   havzada   yashaganlar,   xullas,   keyinchalik   esa   sekin   –asta
daryoning boshi  va etagiga yilib borganlar. Millodan avvalgi 1ming yillikda va yangi era
boshlaridagina ularming asosiy teritoriyasidan tashqariga  ko‘chib  borib  joylashishi  keng
tus     olgan.Bu   ko‘chishlar     vaqtida     xitoylar     shimolo-sharqda     manjur-tungus
qabilalari,shimoli   -g‘arb   va     g‘arbda     turk   va   mo‘gul   ,   janubi-g‘arbda     esa     sintibet
qabilalari     va     bashqalar     bilan     goh   dushmanlik     munosabatida   ,   goh     do‘stona
munosabatda     bo‘lganlar.Xitoylar     ko‘p     asrlar     davomida     xorijiy     xalqlardan     syun-nu
degan   xalqlarga   qarshi   kurash   olib   borganligi   asl   nusxa   manbalarda   ayniqsa   ko‘p
eslatiladi.Kiyinchalik  ular (eramizning  IV asrida)  Yevropaga  ham  yetib  kelishgan  va
bunda  ularning  nomini  o‘zgartirib  gunnlar  deb  ataganlar.              Xitoylar  bilan  qo‘shni  yashagan  etnik  guruhlarning  anchagina  qismi  xitoylar
ichida  singib, ularning  tili va  madaniyatini  o‘zlashtirganlar. Lekin  hozir  ham  janubiy
Xitoyning   ba‘zi   joylarida   va   g‘arbiy   Xitoyning   ancha   qismida   aholi   xitoy   tilidan
o‘zga     tilda     gapiradi,   ularni     zo‘rlik     yo‘li     bilan     xitoylashtirish   uchun     ko‘p     marta
urninilishiga  qatamay, o‘zlarining  mahalliy  madaniy  an‘analarini  saqlab  qolganlar. 
           2.Qadimgi Xitoyning  Buyuk  ipak  yo‘li   orqali
g‘arbiy   o‘lkalar  bilan  aloqasi. 
          Kishilik jamiyati paydo bo'libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon aloqalarsiz
bo'lmagan. Odamlar, urug' jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy-
iqtisodiy   va   siyosiy   birlishtirgan   mamlakatlar   o'rtasida   doimo   aloqalar   bo'lgan   va   bu
aloqalar tufayli yo' llar paydo bo'lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz,
kishilik jamiyatining bronza davridan e'tiboran, ba'zi joylarda undan ham ancha avval, ma'
lum ixtisoslashgan yo'llar paydo bo'lganligini bilamiz. Ularning paydo bo'lishida qabilalar,
xalqlar   va   davlatlararo   aloqalardan   kelib   chiqqan   iqtisodiy,   etnik,   siyosiy   va   madaniy
ehtiyojlar   sabab   bo'ldi.   Tarixda   miloddan   avvalgi   VI-IV   asrlarda   Eron   ahmoniylari
saltanati davrida uning hududi bo'ylab «shoh yo'li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga
qadar   O'rta   va   Yaqin   Sharqda   Badaxshon   lazuritiga   bo'lgan   ehtiyoj   «Lazurit   yo'li»ning
vujudga  kelishiga   olib   kelgan.   Ana  shunday   qadimgi   yo'llardan  biri,  G'arb   bilan  Sharqni
bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog'lab kelgan «Buyuk ipak yo'li» edi. Bu yo'l
orqali   Sharqdan   (Xitoydan)   G'arbga   (Vizantiyaga)   oqib   borgan   savdo   mollari,   asosan,
Xitoy ipagi bo'lsa-da, bu yo'l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K.Rixtgofen
tomonidan   Ipak   yo'li»   nomi   bilan   kiritildi.   Unga   qadar   «Ipak   yo'li»   «G'arbiy   meridional
yo'li» deb kelinardi. «Buyuk Ipak yo'li» haqidagi ilk yozma ma'lumotlar miloddan avvalgi
138   yilga   to'g'ri   keladi:   Xitoy   imperatori   Vu   Di   topshirig'i   bilan     Markaziy   Osiyoga
yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan «Buyuk ipak yo'li»ni o'rganadi va bu to'g'rida o'z
tasnifini beradi. Shu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar
va   imperator   Chjan   Syanni   ko'chmanchi   xunn   qabilalariga   qarshi   kurashda   ittifoqchi   va
hamkorlar   topish   uchun   jo'natadi.   Elchi   xunnlar   qo'liga   asir   tushadi   va   o'n   yilcha   hibsda
yotadi.   U   asirlikdan   qochib,   Markaziy   Tyan'shan   dovonlari   orqali   Issiqko'lga   chiqadi.
Norin daryosi bo'ylab Farg'ona vodiysiga keladi. Bu erda o'zi uchun vodiydagi shaharlarni
kashf qiladi. Bu shaharlar Farg'ona podshohligiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki,
clchi   xitoyning   xunnlarga   qarshi   kurashda   Farg'ona   hukmdorining   yordamini   olmoqchi
bo'ladi. Lekin Farg'ona hukmdori faqat savdo aloqalarini o'rnatish istagini bildiradi. CHjan
Syan   janub   sari   sayyohatini   davom   ettiradi.   Oloy   vodiysidan   o'tib,   yana   xunnlar   qo'liga
tushadi.   Bir   yildan   keyin   vataniga   qaytadi.   Elchi   Xitoy   imperatoriga   «sayyohati»   haqida
gapirib beradi. U Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'idan olib borgan edi. Bu
otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Imperator Vu Di o'z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo'ylab ekiladigan bo'ladi. Xitoyliklar anor, uzum,
bodring va yong'oq ekishni ham yo' lga qo’yadilar.
                    Shunday   qilib,   CHjan   Syan   yurgan   yo'l   bo'ylab   miloddan   avvalgi   I1-I   asrlarda
Xitoyni   Markaziy   va   G'arbiy   Osiyo   bilan   bog'lovchi   jahon   ahamiyatiga   ega   Buyuk   ipak
yo'li deb ataluvchi narvon yo'li o'tadigan bo'ldi.
                  «Ipak   yo'li»   Xitoyning   qadimgi   markazi   Siandan   boshlanib,   Lanchjou   orqali
Dunxuanga  keladi. Dunxuanda  u  ikkiga ajraladi.  «lpak yo'li»ning  janubi-g'arbiy  tarmog'i
Takla-Makon   sahrosi   orqali   Xotanga,   undan   Yorkentga   kelib,   Pomir   tog'ining   daralari
orqali Vaxonga, undan  Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo'l uch
tarmoqga   ajralib,  uning   g'arbiy  tarmog'i   Marvga,   janubiy   tarmog'i   Hindistonga,   shimoliy
tarmog'i   Termiz   orqali   Darband,   Nautak,   Samarqandga   qarab   ketgan.   «Ipak   yo'li»ning
shimoli-g'arbiy   tarmog'i   esa   Dulxuandan   Bami   Kuchi,   Turfan   orqali   Tarim   vohasiga   -
Qashg'arga   borgan.   Undan   Toshqurg'on   orqali   O'zgan,   O'sh,   Quva,   Axsikent,   Ponga,
undan   Asht   dashti   orqali   Xo'jand,   Zomin,   Jizzaxga,   so'ngra   Samarqandga   Nautaka   yo'li
bilan birlashgan. Yo'l Samarqanddan g'arbga - Dobusiyaga, Malik cho'li orqali Buxoro va
Romitanga,   undan   Varaxsha   orqali   Paykent   va   Forobga   borib   Amul'   shahriga   o'tgan.
Amulda   Marvdan   Urganch   tomon   Amu   bo'ylab   ketayotgan   yo'lga   qo'shilgan.   Qadimda
Marv   shahri   o'zining   qadimiy   an'analari   va   har   tomonga   ketuvchi   savdo   karvon   yo'llari
tutashadigan   geografik   qulayliklariga   ko'ra   ipak   yo'lidan   eng   yirik   shahar   edi.   SHuningg
uchun ham Marvda mahalliy din - zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning
budda, Vizantiya  xristian  olamining tayanchlari   bor   edi. Qadimgi   ipak yo'li   ungacha  shu
mintaqadan o' tgach «lazuriyot yo'li», «shoh yo'li» asosida Marvdan G'arbga tomon katta
karvon,   savdo   yo'li   bo'lib   Xitoy,   Hindiston   va   O'rta   SHarqni   YAqin   SHarq   va   O'rta   er
dengizi   mamlakatlari   bilan   bog'lab   turardi.   Tarixiy   yozma   manbalar   va   arxeologik
materiallarning   guvohlik   berishicha,   Marvdan   g'arbga   tomon   ketgan   ipak   yo'li   Eronning
Gekotolepil,   Apaliya   va   Ekbatana   (Xamadon)   shaharlariga   va   ulardan   o'tib
Mesopotamiyaning   Ktesafon   va   Bag'dod   shaharlariga   borgan.   Undan   Dajla   (Tigr)
daryosining   o'ng   sohili   bo'ylab   shimolga   ketib,   Anjioxiya   (Antokiya)   orqali   Damashqqa,
undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o'tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo'l
esa Amul' orqali Urganchga, undan SHimoliy Kaspiy bo'ylab SHimoliy Kavkazga, so'ngra
Qora  dengizning shimolidan Konstantinopolga  borib, Bosfor  va Dardanel  orqali  O'rta Er
dengiziga o'tib, Vizantiya shaharlarini aralagan.
                      Xitoy   imperatorlari   Ipak   yo'li   g'arbda   joylashgan   mamlakatlar   bilan   savdo   va
diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o'z elchilarini katta sovg'a- salomlar bilan O'rta Osiyo,
Eron, Misopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap
In   milodiy   97   yilda   fors   qo'ltig'igacha   etib   borgan.   Makedoniyalik   May   Tisian   esa   100
yilda   Lanchjougacha   etib   borgan.   Ammo   Markaziy   Osiyoliklar   hamda   eronliklar   hech qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki  Xitoy bilan YAqin Sharq davlatlari  o'rtasida  bevosita
savdo   aloqalarining   shakllanishidan   manfaatdor   emas   edilar.   CHunki   bu   harakatning
«ostida» juda katta iqtisodiy siyosat  etar edi. Ayniqsa, Ipak yo'li uchun kurash IlI asrdan
boshlab   Eron   bilan   O'rta   Osiyo   o'rtasida   hayot-mamot   kurashi   tusini   olgan.   Bu   borada
Eron bilan Parfiya o'rtasida qattiq kurashlar ketgan.
             Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g'arbga o'tadigan savdo karvon  yo’llari doimo 
sug'dlar nazoratida bo'lgan. Sug'd savdogarlari o'zlarining bu yo'ldagi hukmronligini 
saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Enisey sohillariga 
qadar bo'lgan hududlarda, Shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida, Dunxuan kabi qator 
shaharlarda o'z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar.
          III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O'rta SHarq orqali o'tgan «Ipak yo'li»ning 
nazorati sug'dlarning qo'lida bo'lgan bo'lsa, VIII asr o'rtalariga kelib xalqlararo 
munosabatlar tizimida tub o'zgarishlar yuz berdi.
      «Ipak yo'li»ning g'arbiy qismi arablar nazoratiga o'tdi. XIII asrga kelib Chingizxon ipak
yo' lining barcha tarmoqlari bo'ylab nazoratni o'z qo'liga kiritdi. Bu holat to XIV asr 
o'rtalarigacha davom etdi. Mug'ullar hukmronligi davrida Xorazmning Mahmud yalovoch 
doirasidagi savdogarlari asosiy rolni o'ynadilar.
           Agar «lpak yo'li» orqali Xitoydan G'arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o'rta 
asrlardan boshlab, qog'oz eksport qilingan bo'lsa, bu mamlakatlardan Xitoyga 
shisha,jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zeb-ziynat 
bezapklari, qimmatbaho toshlar, har xil dorivorlar, arg'umoq otlar keltirilgan. Ana shu 
savdo yo'llari orqali Xitoyning bronza oynalari va kvadratikli tangalari Farg'ona vodiysi va
Sirdaryoning o'rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan. 
            Buyuk Ipak yo'li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy 
meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta'minlovchi yo'l ham
edi. Mas, Hindistonning budda dini shu yo'l bilan Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib 
kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. Ilk 
feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy 
Osiyoga Sug'd savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib, mol sotuvchi va 
undan foyda oluvchi jamiyatning boy qatlami hisoblanmay, balki o'zoq safarlarga katta 
savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, u yoki bu 
hududdan yangi joylarga ilg'or xo'jalik ixtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar 
hisoblanardi. Ular bir vaqtning o'zga mamlakatlar urf- odatlari, kuch va qudrati, xududiy 
joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o'ta xushyor davlat 
ayg'oqchilari vazifasini ham o'tar edilar. Davlat boshliqlari ularning kuzatish mahorati va 
bergan ma'lumotlari asosida o'z tashqi siyosatlarini rejalashtirar edilar. Bunday ulkan va  zaruriy ishlar ana shu savdo-karvon yo'llari tufayli amalga oshirilar edi. Melodiy eradan 
boshlab to IX asrgacha so'g'd tili ipak yo'llari doirasida jahon savdo tili darajasiga 
ko'tarildi. 
          «Ipak yo'li» O'rta Osiyo sharq bilan g'arb o' rtasida vositachilik rolini o'ynar ekan, bu
erda migrasiya jarayoni kuchayib, turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo 
bo'ldi va ularning Markaziy Osiyoning ichki rayonlariga kirib borishi tezlashdi. Erli eron 
tillar guruhi olamida turkiyzabon xalqlar hissasi ko'chayib, X-XI asrlarga kelib 
Movarounnahr, Xorazm va Sharqiy Xurosonda (Turkmaniston hududida) turkiy til muhiti 
hukmron bo'lib qoldi. 
                                       
  3.Qadimgi  Xitoy  madaniyati.
Qadimgi Xitoy o'ziga xos betakror madaniyat bilan jahon madaniyatini rivojlanishiga 
hissasini qo'shdi . Uning ta’siri Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ma’daniyati  
shakllanishi va riovjlanishida kuchliroq aks etdi. 
         Xitoy tili va yozuvi. Xitoy tili murakkab tillar oilasiga mansub bo'lib, ko'plab 
saqlanib qolgan o'z arxaik tillar oilasiga kiradi. Xitoy tili Xitoy-Tibet tillar oilasiga 
mansub bo'lib, 7ta asosiy shevalarga bo'linadi:
1. Shimol shevasi;
2.Vu shevasi;
3.Sian shevasi;
4. Gang shevasi;
5. Hakka shevasi;
6.Yue shevasi;
7. Ming shevasi;
Bundan tashqari asosiy va to'g'ri talaffuz qilinadigan shevalar han mavjud bo'lib, bular 
quyidagilar:
1. Pekin shevasi; 2. Chiziyan shevasi;
3. Kantong shevasi; 4. Fuziyan shevalairdir.
Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili bo'lib, unda davlatning 95% aholisi 
gaplashadi. Undan tashqari Tayvan, Indoneziya, Kombodji, Laos, Vetnam, Birma,  Malayziya, Tayland va Singapur kabi davlatlarning xitoylik va unga mansub bo' Imagan 
millatlar ham so' zlashadi. 
         Xitoy tilining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. 
1. Mifik - ya'ni, turli mif va afsonalar asosida vujudga kelgan til. Bu til faqat og'zaki 
nutqda mavjud bo'lgan.
2. Arxaik - qadimiy suyaklarga o'yib yozilgan yozuvlardir. Bu eramizdan avvalgi XIV-XI 
asrlarga to'g'ri keladi. Bu yozuvlar qadimda Shanin va Ziyan deb atalgan.
3. IIk klassikagacha bo'lgan davr - buning asosini bronza idishlarga tushirilgan yozuvlar 
tashkil etadi va ular ermaizdan avvalgi X-VII asrlarga tegishlidir. Ushbu yozuvlar "Jinven"
deb nom olgan.
4. So'nggi klassikagacha bo'lgan davr - bu toshlarga bitilgan yozuvlar bo'lib, "Tarix kitobi"
va "Qo'shiq kitobi'larida saqlanib qolgan. Bu yozuvlar eramizdan avvalgi VIl-VI asrlarga 
tegishlidir . 
   5. Erta klassik davr - bular tarixiy va xronologik yozuvlar bo'lib, Konfutsiychili va 
Daosizm klassikasi hisoblanadi. Ular eramizdan avvalgi V-III asrlarda mavjud bo'lgan.
6. So'ggi klassik davr - bu davrga oid yozuvlar Sima Chianning "Tarixiy yozuvlar" asarida
saqlanib qolgan. Bu davr eramizdan avvalgi II asri va eramizning II asrini o'z ichiga oladi.
7. Post klassik davr - eramizning IlI-V asriga to'g'ri keladi. Bu davrda esa turli shoirlar, 
faylasuflarning turli she'r va qo'shiqlari paydo bo'la boshlagan. Ushbu davrlar ichida 
eramizdan avvalgi V-II asrga doir yozma yodgorliklar eng muhimi hisoblanadi.
           Qadimda hali qog'oz paydo bo'lib ulgurmagan bir paytda, barcha ma'lumotlar, 
taxminiy yozuvlar va yozma yodgorliklar bronzaga, toshga, turli hayvon suyaklariga va 
toshbaqa kosalariga o'yib yozilgan. Bu yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2000 
yillikdan beri dunyoni hayratga solib kelmoqda. Quyidagi yozuvlar saqlanib qolgan 
Xitoyning qadimiy "Shujing" ("Tarix kitobi'") va "Shijing" (Qo'shiq kitobi") kabi 
yodgorliklar eramizdan avvalgi 1000-yilning birinchi yarmiga mansubdir. O'sha davrdagi 
mavjud shevatlar asosini qadimiy xitoy adabiy tili tashkil qilgan. U "vengan" deb atalib, 
uzoq vaqt mobaynida muloqot vositasi bo' lgan va asta-sekin og'zaki nutqdan chiqa 
boshlagan. Eramizning 1000-yillariga kelib esa so’zlashuvchilar orasida umuman 
tushunarsiz tilga aylangan. Bu adabiy til o'zida qadimiy xitoy tili me'yorlarini o'zida aks 
ettirgan va XX asrgacha adabiy til sifatida foydalanilgan. Bu vaqt mobaynida til bir qator 
o'zgarishlarga uchragan. Buni birgina - yu - yomg'ir ieroglifi misolida ko'rishimiz 
mumkin. Qadimgi Xitoy tili me'yoriy adabiy xitoy tili miloddan avvalgi XIV asrda Huanghe 
daryolari bo'yida paydo bo'lgan. Keyinchalik butun Xitoy bo'ylab tarqalgan. Qadimgi 
xitoy yozuvi esa o'zining yozuv shakli bilan nafaqat Xitoy balki, unga chegaradosh bo'lgan
davlatlarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Jumladan, Sharqiy Osiyodagi Yaponya, Korea va 
Vetnam davlatlarini aytib o'tish mumkin. Ushbu davlatlar uchun ham qadimgi xitoy 
adabiy tili asosiy til bo'lib hisoblanadi. Bu holat esa XX asning boshlariga qadar davom 
etib kelgan. 1919-yilning 4-mayidagi harakatlardan so'ng, Xitoyda adabiy til deb "Baihua"
Tushunarli til") e'lon qilindi. "Baihua" Xitoyning shimoliy sheva asosida vujudga kelgan. 
         Xitoy ierogliflari dunyodagi eng qadimiy yozuvlardan hisoblanib, dunyo tillari ichida
o'zining yozuv belgilari soni bo'yicha birinchi o' rinda turadi. Belgilarning soni hozirgi 
kunda 85000 dan ortiq va ularning 6000 ga yaqini umumqo'llaniladigan ierogliflar 
hisoblanadi. Xitoy ierogliflari tarixi "Piktogramma"larga borib taqaladi. Piktogramma - bu
biror narsa yoki hodisa ifodalangan belgili surat. Hozirgi kunga kelib bunday yozuv faqat 
3400 yillik tarixga ega toshbaqa kosalarida saqlanib qolgan. Bundan shu ma' lum bo'ladiki,
o' sha paytlardayoq ma'lum me' yorlarga asoslangan yozuv mavjud bo'lgan  
Piktogrammalar to hozirgi davrga qadar o'zgarib, yozuv belgilariga aylangan. Toshbaqa 
kosalariga yozilgan yozuvlar davridan to hozirgi zamonaviy yozuvlarga qadar 10 xil 
yozuv turi mavjud bo'lgan. Ulardan asosiylari 5ta, bu usullar ham 2ga bo'linadi va 3tasi 
hozirda ham qo'llaniladi. 2tasi qadimiy yozuv hisoblanib, ularni faqatgina kalligrafiya 
san'atida uchratish mumkin. Quyida ularning 5tasiga to'xtalib o'tamiz:
1. Kaishu - bu namunaviy yozuv usuli bo'lib, 1000 yildan beri qo'llaniladi va zamonaviy 
xitoy ieroglif yozuvida keng qo'llaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Bu usul komputer 
shriftlari va tepografiyada ishlatiladi. Uning o'ziga xos xususiyati belgilarning aniq 
tartibidir, ya'ni ieroglifdagi har bir belgi aniq ko'rinib turadi va sekin yoziladi.
2. Sinshu - bu yozuv turiga "yuruvchi yoki yuguruvchi xatf" nomi berilgan. Bu usulning 
o'ziga xosligi ieroglifdagi nuqta yoki boshqa belgilar bir-biriga birikkan holda ifodalanadi.
Bu usul tez yozilishi bilan ham boshqa yozuv turlaridan farq qiladi.
3.Tsao shu - ushbu yozuv turi ham tez yozuv usuli bo'lib, bu usulda ko'pincha ba'zi bir 
belgilar tushib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ham bu usuldagi yozuvlarni tushunish
biroz qiyin.
4. Juangshu - bu yozuv qadimiy bo'lib, "qayd etuvchi yoki ish yozuvi" deb nom olgan. U 
toshbaqa kosalari va turli hayvon suyaklariga bitilgan yozuvdir. Bu yozuv usulidagi 
belgilarda hech qanday ilgaklar bo'lmaydi. Bu usul faqat kalligrafiya va qadimgi san'at 
asarlarida saqlanib qolgan. 5.Lishu - qadimda ma'lum bir davlat hodimlarining qayd etish usuli bo'lib, bunda ko'proq 
davlat ishlari olib borilgan. Bu usul Xan sulolasi davrida qo'llanilib, eramizdan avvalgi I 
asrning o'rtalarida mavjud bo'lgan.Bu shriftlarning barchasi hozirgi zamon komputer 
yozuvlari orasida keng tarqalgan.
          Xitoy dini . Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida Qadimgi Xitoy dini 
vujudga kelgan. Qabila ittifoqi davlatga o'sib o'tishi natijasida hukmron In qabilasining 
homiysi Shandi bosh xudo sifatida qabul qilingan. Qudratli xudolarga sig'inish urug'- 
qabila dinlari negizida shakllanganligi sababli unda totemiz va animizmning ta'siri kuchli 
bo'lgan. Xitoyliklar Shandini ulug' ajdod sifatida qadrlaganlar. U elat farovonligining 
himoyachisi, ajdodlar an'analariga amal qilinishining nazoratchisi sifatida mazkur tar- 
tibni buzganlarni jazolagan. Odamlar unga o'z kundalik muammolarini hal etishda ko'mak 
so'rab sig'inganlar. Shandining ulug' ajdod sifatidagi vazifasi keyinchalik ajdodlar ruhiga 
sig'inishning mamlakatda keng yoyilishiga shart-sharoit yaratgan.
           Miloddan avvalgi XI asrda Xitoyda Chjou sulolasining hukmronligi davrida 
Shandiga e'tiqod Osmon xudosi va ajdodlar ruhiga sig'inish bilan almashgan. Shu bilan 
birga, hukmdorning Osmon xudosi bilan nasliy bog'liqligi g'oyasi vujudga kelgan va Xitoy
«osmonosti imperiya» deb ataladigan bo'lgan. 
          Osmon xudosi borliqni belgilovchi o'zgarmas koinot tartibini ifodalaydi. Koinotda 
amal qiluvchi tartib jamiyatda axloq normalarida namoyon bo'ladi. Fozillikka intilish 
Osmon qonuniyatlariga amal qilish bilan ayniylashtirilgan. Bunda kishining asosiy 
vazifasi Osmon bilan to'g'ri munosabatda bo'lish, jahoniy tartibga mos kelishdir. Jahoniy 
tartib borliqda, tabiatda o'zini namoyon iladi. Zero, borliq va tabiat ilohiy 
mukammallikning bir ko'rinishi ekan, inson bu tartibni buzishga haqli emas. Kishi tabiat 
bilan uyg'un yashashi, undagi mukammallikka intilishi kerak. Tabiatdagi mukammallikka 
intilish odamlar o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir etgan. Xitoyliklar har bir odamda ijtimoiy
ahvolidan qat'i nazar mukammallik mavjud  deb qaraydilar.
            Qadimgi Xitoy dinining xususiyatlaridan yana biri shundaki, kohinlar tabaqasi 
jamiyatda kuchli mavqega ega, lekin bu yerda kohin va davlat xizmatchisining vazifasi bir 
bo'lgan. Osmon xudosining yerdagi vakili, birinchi kohin sifatida diniy marosimlarni 
bajarish vazifasini davlat xizmatchilarining zimmasiga yuklagan. Ularning asosiy vazifasi 
davlatning barqarorligini ta'minlash bolganligi sababli Osmon xudosiga sig'inish rasmiy-
byurokratik mazmun kasb etgan.
           Shandi, Osmonga va ajdodlar ruhiga sig'inish Qadimgi Xitoy madaniyatining asosi 
vazifasini bajargan. Ularning asosida daosizm va konfutsiylik diniy-falsafiy ta'limotlari 
shakllangan.          Qadimgi Xitoy diniy falsafiy talimotlardan biri daosizmdir. U falsafiy ta'limot sifatida 
miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda diniy ta'limot
sifatida mustahkamlangan. Daosizm ta'limotning asoschisi - mutafakkir murabbiy Lao-
szti.
          Mazkur diniy ta'limotning asosini Dao to'g'risidagi qarashlar tashkil etadi. Dao 
borliq, koinot to'g'risidagi qonun, dunyoning universal birligi, ilohiy absolut (lotincha 
absoluts cheklanmagan, so'zsiz, shubhasiz degan ma'nolarni anglatadi, borliqning abadiy 
ibtidosi)dir. Daoni hech kim yaratmagan, borliq undan boshlanadi va unga qaytadi. Dao 
ilohiy ibtido va ayni bir vaqtda ilohiy «yo'l»dir. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar, 
jumladan buyuk Osmon ham shu yo'ldan boradi. Baxtga erishishni orzu qiladigan barcha 
odamlar shu yo'ldan borishi, Daoni anglashi va unga qo'shilishi kerak. Odam mikrokosm, 
Dao makrokosm va abadiydir.Uning o'limi bu ruhning tanadan ajralib chiqishi va 
makrokosmga singib ketishidir. Odamning vazifasi ruhning jahon tartibi bilan qo'shilib 
ketishiga harakat qilishdan iborat. Bunga quyidagicha erishiladi. Dao ta'limotiga ko'ra, 
Dao yo'liga De kuchi xosdir. De orqali har bir kishida Dao namoyon bo'ladi. De odamlarni
maqsadga erishishlarida faollikka undamaydi. De ularni tabiat tartiblarini buzishdan 
saqlaydigan faolsizlikka chorlaydi. Odam o'zligini anglashdan borliqni bilish sari boradi. 
Daoning ideali tabiat bilan uyg'unlikda, uning maromiga monand yashaydigan kishilar.
            Doasizm Qadimgi Xitoy diniy tizimining diniy mistik sohasi rivojlanishiga katta 
hissa qo'shgan bo'lsa, konfutsiylik diniy e'tiqoddagi hayotiylik, ijtimoiylik va axloqiylik 
jihatlarini rivojlantirishda kata ahamiyatga ega bo'lgan. Koniylikning asoschisi Qadimgi 
Xitoy mutafakkiri Kun-sztidir. Konfutsiy qarashlarini shogirdlari bilan o'zaro suhbatlarda 
bayon qilganligi sababli yozma manbalarni qoldirmagan. Uning goyalarini shogirdlari va 
do'stlari yozib borgan. Mazkur hujjatlar asosida keyinchalik «Lun'-yuy» («suhbat va 
mulohazalar») nomli kitob chop qilingan.
             O'sha davrda davlatda o'zaro urushlar kuchayib, ijtimoiy barqarorlik yo'qolgan. 
Shu bois Konfutsiy jamiyatni mustahkamlashning diniy- axloqiy asoslarini ishlab 
chiqishga, ijtimoiy barqarorlikka esa qadimgi e'tiqod va an'analarni qayta tiklash bilan 
erishishga intilgan. Mutafakkir kishilarni osmonga va ajdodlar ruhiga sig 'inishning 
ilgarigi ahamiyatini qayta tiklashga da'vat etgan.
            Qadimgi an'analarga ko'ra, dunyo tartibli va o'zaro aloqador abadiy ibtido bo'lib, bir
xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam o'zaro aloqador va tartibli olamda 
o'z o'rnini topishi kerak. Buning uchun u mukammallikka intilishi zarur. Konfutsiy 
mukammallikka intiluvchi «ideal kishi» to'g'risidagi g'oyani ishlab chiqqan. Olam bilan 
hamohang yashashga qodir bo'lgan insonni «oliyjanob yer», uning antipodini  «past kishi»  deb atagan. Ideal kishiga quyidagi beshta sifat xos: hissiylik, burch, bilim, me'yorni bilish 
hissi va ishonch.
          Oliyjanob inson burch va qonunga itoat etadi. Past kishi «yog'li» joyni egallashga va 
ko'proq foyda olishga intiladi. Birinchisi o'ziga ikkinchisi odamlarga talabchandir. 
Olijanob inson to'g'risida uning mayda ishlariga qarab baho berib bo'lmaydi, lekin katta 
ishlarni unga ishonib topshirish mumkin. Past kishiga kata ishlarni ishonib topshirib 
bo'lmaydi, uning mayda ishlariga qarab xulosa chiqarsa bo'ladi. Birinchisi odamlar bilan 
kelishib yashaydi, lekin ularga taqlid qilmaydi. Past kishi boshqalarga ergashadi, lekin ular
bilan kelishib yashay olmaydi. Olijanob insonga xizmat qilish oson, lekin uni xursand 
qilish qiyin, chunki u zaruratdan shodlanadi. Ikkinchisini xursand qilish oson, lekin unga 
xizmat qilish qiyin. Olijanob inson insonparvarlik va zarurat sababli o'limga tik boradi, 
ammo past kishi umrini o'z joniga qasd qilish bilan yakunlaydi. Olijanob inson uch 
narsadan: Osmon amridan, buyuk insonlardan va aqlli so'zlardan qo'rqadi. Past kishi 
Osmon amrini bilmaydi va undan qo'rqmaydi, amali katta aqlli odamlardan nafratlanadi, 
ularning maslahatlariga amal qilmaydi.
              Barqaror jamiyat to'g'risidagi goyalar ijtimoiy tartibotning asosiy tamoyilini ishlab
chiqilishiga asos bo'lgan. Ota otaligini, farzand farzandligini, hukmdor hukmdorligini, 
xizmatchi xizmatchiligini qilsin, ya'ni har bir kishi o'z vazifasi va huquqini bilsin hamda 
talab qilingan ishni bajarsin. Jamiyat shu asosda yuqori (boshqaruvchi) va past 
(mehnatkash) tabaqalarga ajratilgan. Tabaqalar o'rtasidagi tafovut nasl- nasabi, davlati 
bilan emas, balki bilimi va fazilatlari bilan belgilangan. Bu past tabaqa vakillarining 
iste'dodi va fazilatlari bilan mansab shohsupasidan imperatorgacha ko'tarilishiga imkon 
bergan. Xitoy tarixida past tabaqa vakillarining imperator taxtini egallab, o'z sulolasiga 
asos solgan yoki davlat boshlig'i lavozimiga ko'tarilganligi to'g'risida ko'plab misollar 
keltirish mumkin. 
             Konfutsiylikda ajdodlar ruhiga sig'inish marosimlari asosiy o'rinni egallagan va 
ularning aniq bajarilishiga katta e'tibor berilgan. Marosim orqali har bir kishi koinotning 
cheksiz oqimida o'z o’rnini topadi deb hisoblangan.
             Diniy etikada «syao» ta'limoti qabul qilingan. Unga ko'ra, har bir farzand ota 
onasini hurmat qilishi va doimo ularga sodiq qolishi talab qilinadi. Oqil farzand ota-onasi 
kim bo'lmasin, ulardan voz kechishga haqli emas. Xitoy diniy rivoyatlarida ota-onasi och 
qolganda, ularga tanasini kesib, undan taom tayyorlab bergan farzandlar to'g'risida hikoya 
qilingan.
          Ajdodlar ruhiga sig'inish va «syao» ta'limoti oilaviy qadriyatlarning jamiyatda 
mustahkamlanishiga yordam bergan. Oila jamiyatning negizini tashkil qilgan va shaxs 
manfaatlaridan oila manfaatlari ustun qo'yilgan. Oilaviy munosabatlarni tashkil etishda  hissiyot, tuyg'ular muhim emas. Muhabbat o'tkinchidir.Uning yo'qligi er-xotinning asosiy 
burchi hisoblanuvchi ko'p farzandli bo'lish va ularga tarbiya berish vazifasining 
bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim.
        Ajdodlar ruhiga siginishning muhim jihatlaridan biri - kattalarga so'zsiz bo'ysunish. 
Har qanday katta kishiga, ota-ona, davlat xizmatchisi yoki hukmdorga kichik, xodim yoki 
fuqaro so'zsiz itoat etishi lozim. Yoshlarni kattaga ko'r-ko'rona bo'ysunishi fozillik 
hisoblangan. 
       Xitoy san'ati.  Qadimgi Xitoy san'ati tarixi eramizdan avvalgi 4-3 minginchi yillardan 
eramizning  asrigacha bo'lgan davmi o'rganadi, lahlil etadi. Eramizdan avvalgi 4-3 
minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida odamlar dehqonchilik bilan shug'ullana 
boshladilar, ayrim qabilalar esa o'troq hayot kechira boshladilar. Bu davrda odamlar 
yashaydigan uylar dumaloq shaklda va ko'proq yerto'la tipida bo'lgan, ular yerni 3-4metr 
qazib ishlangan. Asta-sekin yarim yerto'la tipida va nihoyat, yer ustida karkas uslubidagi 
uylar yuzaga kelgan. Ular to'rtburchak yoki kvadrat shaklida qurila boshlangan. Tepa tomi
shox-shabbalar yoki loydan pishirilgan plitalar bilan yopilgan. Ustun-to'sin sistemasi ham 
keng qo'llanila boshlangan. shu davrlarda me'morlikda. 
             Xitoyning eng qadimgi san'at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali 
yetib kelgan. Qo'lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko'za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar 
bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to'lqinsimon, 
tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, xayvon va qushlar rasmi ham 
ishlangan. (Bunday kulolchilik yodgorliklari Yanshao manzilidan topilgani uchun ham 
ular «Yanshao madaniyati yodgorligi»deb yuritiladi. Shu madaniyat keyingi Xitoy 
kulolchiligi rivojida ham muhim o'rinni egalladi. Xitoyning ayrim viloyatlarida kulolchilik
buyumlari qora loydan dastgohda ishlangan. Bu buyumlar nafisligi va nisbatlariping 
qat'iyligi bilan ajralib turadi. Bunday idishlar Lunshan manzilidan topilgani uchun 
«Lunshan madaniyati yodgorliklari» deb yuritiladi. Eramizdan avvalgi 4-3 minginchi 
yillarda Xitoyda loydan ishlanib, olovda toblab pishirilgan odam haykallari (terrakotalar), 
odam boshini eslatuvchi ko' zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar 
uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo'lganligidan dalolat 
beradi.
             Hunarmandchilik.  Boy-zodagonlar, qahramonlarga atab qurilgan maqbaralar 
serhasham bo'lgan. Maqbaralar minoralar (pilon) bilan boshlanib, ularga bezak berilgan, 
old tomoniga haykallar o'rnatilgan. Maqbaraning yer osti qismi ham pishiq g'isht yoki tosh
bilan pardozlangan.  
          Sag'anaga ko'milgan marhumning buyumlari ham qo'yilgan. Ayrim sag'analarda juda
ko'plab haykaltaroshlik va rassomlik namunalari mavjud bo'lgan. Maqbaralardan loydan  ishlab pishirilgan va bo'yalgan ko'p qavatli uy va minoralarning modellari ham topilgan. 
Dastlabki san'at asarlari birmuncha sodda, qo'pol ishlangan bo'lsa ham, haqiqiy hayot 
to'g'risida tasavvur bera oladi. Loyan yaqinidagi Shandun va Sichuan maqbaralari, 
ayniqsa, tasviriy san'atga boy. Shandundagi zodagon U Lyan-tsi maqbarasining releflarida 
afsonaviy qahramonlar, podsholar orasidagi janglar, ov va bazm paytlari, farzandlarning 
o'z ota-onalariga muxabbati va shunga o'xshash voqealar tasvirlangan. Bo'rtma tasvirlar 
friz...... tarzida bo'lib, ular ustma-ust joylashtirilgan. Har bir voqeaga tushuntirish yozuvi 
berilgan. Kompozitsiyada xudo va podsholar tasviri oddiy ommadan kattaroq qilib 
ishlangan.
           Sichuandagi maqbara releflari birmuncha dinamik xarakterga ega bo'lib, u yerda ov 
manzaralari, yig'im-terim ko'rinishlari tasvirlangan. Xan davri maqbaralarida ko'plab 
devoriy surat namunalari uchraydi. Xan davrida portret rassomligi ham rivojlandi. 
Maqbara va saroy devorlariga portretlar ishlash keng odat tusiga kirdi. Devorga ishlangan 
shunday portretlardan biri Loyan yaqinidagi Xan davri maqbarasida saqlanib qolgan. 
Shunday portret ishlashda tanilgan rassomlardan biri eramizdan avvalgi I asr oxirlarida 
yashab ijod etgan Mao-Yan-shou bo'lgan. U odamlarni o'ziga juda o'xshatishga, hatto 
ideallashtirishga usta bo'lgan. Uning portretlaridan tasvirlanuvchi odamning yoshi va 
hatto, xulqini bilish mumkin bo'lgan. Maqbaralardan topilgan terrakotalar ham diqqatga 
sazovor. Ular o'zining ifodali va hayotiy ishlanganligi bilan qatni tortadi .Xan davrida 
amaliy-dekorativ san'atda ham jiddiy o'zgarish yuz berdi, buyumlarning foydali tomoniga 
e'tibor ortdi, bezak va relefli tasvirlar kamaydi.
              Bronzadan ishlangan jimjimador ko'zgular ham keng tarqalib, bu ko'zgular 
inkrustatsiya qilingan, oltin, kumush va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan. Bu davrda 
bronzadan ishlangan buyumlar, idishlar avvalgi davrga nisbatan yanada nafis va 
jimjimador bo'Igan, ayniksa inkrustatsiya uslubi keng qo'llanilgan. Turli xildagi amaliy 
buyumlar-idishlar, muzika asboblari, lak bilan bezatilgan buyumlar ham boylar 
xonadonini bezagan. 
        Kulolchilikda rang keng qo'llanila bordi. Badiiy kashtachilik va to’qimachilik G’abiy 
Osiyo va Yevropa mamlakatlarida yuqori baholandi. Nefritdan ishlangan turli buyum va 
haykalchalar ko'pchilikka manzur bo'ldi.
           Buyuk xitoy devori.  Buyuk Xitoy devori haqida eshitmagan kishi bo' lmasa kerak. 
Uni chet elliklar uchun ham, xitoyliklar uhun ham mamlakat ramziga aylangan desak 
mubolag' a bo' lmaydi. Devorning ta'mirlangan qismiga kirishda Mao Tsze Dun yozdirgan 
xatni o'qish mumkin: "Buyuk Xitoy Devorida bo’lmading-mi, demak sen haqiqiy xitoylik 
emassan". O' ylab qarasangiz haqiqatdan ham shundayligiga amin bo’lasiz.               Agar tarixga nazar tashlaydigan bo' lsak, Xitoyning butun tarixi mobaynida uchta 
asosiy devoir bo'lganligi oydinlashadi. Ularning har biri 10 000 m (5 000 km) uzunlikda 
bo'lgan. Xitoy an'analariga ko'ra 10 000 raqami alohida mazmunga ega bo'lgan.
           Devor umumiy hisobda 2000 yil mobaynida qurilgan (eramizgacha Ill asrdan to 
eramizning XVII asrigacha). Birinchi devor "Xitoy zaminini birlashtiruvchi" deb ataluvchi
imperator Tsin Shi Xuan nomi bilan bog liq. Uning qurilishiga 500 ming odam jalb 
qilingan. Minglab olimlar ham devor qurilishiga o'z hissalarini qo' shishgan. Devor o'z 
vaqtida muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo'lgan.
        Qurilishga jalb qilinganlarning ahvoli nihoyatda og'ir bo 1gan. Holsizlikdan yoki biror
boshqa sabab bilan o'lganlar to'g'ridan-to'g'ri devorga "qalab" ketaverilgan. Shuning uchun
bu "Buyuk qurilish" xalq tilida "Qayg'u devori" deb ham nom olgan.
         Ikkinchi devor Tsin Shi Xuan tomonidan qurilgan devorni buzib, xitoyliklar ustiga 
muntazam hujum uyushtirib turgan xunnlardan himoya qilish uchun qurilgan.
          Uchinchi devor qurilishida millionga yaqin odam ishtirok etgan. Qurilishda har bir 
minora ikki tomondagi minoradan ko'rinib turishiga katta ahamiyat berilgan. Bu turli 
xabarlarni tutun yoki nog'ora ovozi yordamida bir-biriga yetkazish uchun kerak bo' lgan. 
Bundan tashqari xabarchi markaziy shaharga axborotni o'z vaqtida yetkazishi uchun 
otlarni almashtiruvchi tayanch nuqtalari qurilgan.
        Pekin atrofida devorning bir qancha qismi sayyohlar uchun ochib qo' yilgan. Bu yerda
ta' mirlanmagan Simatay qismi ancha qiziqarli. Devorning ta' mirlangan, ya'ni bo' yalgan 
qismlarini ko' rib, uni ming yillardan beri yashab kelayotganligiga ishongingiz kelmaydi. 
Simatay qismida esa o'zingizni huddi mo'jizaga duch kelganday his qilasiz .
XULOSA
                  Xitoy   qadimdan   rivojlanib   kelmoqda.Qadimgi   xitoy   davlatining rivojlanishini
asosini      savdo   aloqalari    tashkil    etgan.Qadimgi   xitoy   ko'plab   g'arb   davlatlari   bilan
savdo     aloqalari     olib     borib,   o'zini   dunyoga     tanitib     kelmoqda.Qadimgi     xitoy     savdo
borasida   ko'p   mahsulotlarni   sotishgan   va   ayirboshlashgan bu   mahsulotlar    masalan :
dengiz  mahsulotlari , dehqonchilik ,kulolchilik ,zib-ziynat va  boshqa  mahsulotlarni  ham
sotib  o'z  davlati  rivojiga  ko'p  hissa  qo'shgan.            Qadimgi  xitoyning  asosiy  dehqonchilik  mahsuloti  bu  sholi  va  ko'plab  dorivor
o'simliklar  tashkil  etgan.
             Qadimgi  xitoyning  savdo  aloqasida , buyuk  ipak  yo'lini  ahamiyati  juda  katta
bo'lgan.Bu     yo'lning     paydo     bo'lishi     va     rivojlanishi     haqida     yuqorida     aytib
o'tdik.Keynchalik  bu  yo'l  o'z  ahamiyatini  yo'qotib  borgan va  bunga  sabab  dengida va
havoda  savdo  aloqalarining  paydo  bo'lishidir.
                Xitoy     hozirgi     kunda     ham     rivojlanishning     eng     yuqori     cho'qqisiga     chiqib
bormoqda .Bunga   sabab   bu   davlat   qadimdan     rivojlanib   kelgan   va   kelmoqda   ham.
Xitoy     davlati     rivojlanishni     har     qanday       sohasida     rivojlanib       o'zini     ko'rsatib
kelmoqda .
   
                   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.Abdiyev . Qadimgi dunyo tarixi.
2.Sagdullayev . Qadimgi dunyo tarixi.

MAVZU: Qadimgi xitoyning g'arbiy o'lkalar bilan aloqalari. REJA: Kirish. 1.Qadimgi Xitoyning tabiiy sharoiti 2. Qadimgi Xitoyning Buyuk ipak yo‘li orqali g‘arbiy o‘lkalar bilan aloqasi. 3.Qadimgi Xitoy madaniyati. Xulosa

1.Qadimgi Xitoyning tabiiy sharoiti. Biz Xitoy deb ataydigan mamlakatni xitoylarning o'zlari goh Chjuna Go (O'ta podsholik), goh Chjunx va (O'rta ravnaq) deb yoki biron sulola nomi bilan masalan Sin deb ataydilar. Keyingi nom ba'zi o'zgarishlar bilan G'arbiy Yevropa va Sharqning geografik nomlar uyxatiga ham kiritilgan. Xitoy davlati avval boshda xuanxe havzasida tashkil topib, keyinchalik hozirgi chegaralarigacha sekin-asta kengayib borgan Xitoy adabiyotida Xuanxe Yurakni ezadigan daryo " deb tilga olingan. Bu daryo o’zanini tez-tez o'zgartgan, qirg oqning yumshoq tuprog ini yorib o'tib, keng maydonlami suv bosib ketish xavtidan xalos qilingan. Xitoy xalq ertaklarida Yuy degan afsonaviy podsho daryo qirg'oqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil qilishgani uchun ko'klarga ko'tarib maqtalganligi tasodifiy hol emas. Shimoliy Xitoyning (sariq tuproq) yerlari juda unumdordir. Qadimgi Xitoyda qalin o'rmonlar ko'p bo'lgan (hozir ko'p joylarda kesilib yo'q bo'lib ketgan, faqatgina chekka-chekkalaridagina qolgan). Qadimgi Xitoy yozuvchilarining tasvirlariga qaraganda, bunda yovoyi hayvonot va o'simliklar juda ko'p bo'lgan, buni arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi. Hozir odamlar zich yashayotgan joylarda ilgari bug'ular o'tlab yurgan. Qadimgi Xitoy qo'shiqlari to'plami (Shi Szin) da har yili bo'ladigan ommaviy ov tasvir etilgan, bunda to'liq. yonut, yovvoyi mushuk ovlaganlar: bu ommaviy ovlar hozirgi vaqtda yovoyi hayvonlar deyarli qolmagan Xuanxe havzasida qilingan. Xitoy tog'larida ruda va boshqa foydali qazilmalarning ko'pligi mamlakat ekonomikasining taraqiyitida muhim rol o'ynagan. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda Xitoyning juda qadim zamondagi aholisi etnik jihatidan juda xilma-xil bo'lgan. Asil Xitoyliklarning o'zi 0'z tarixlari tongida Xuanxe daryosining o'rta oqimidagi havzada yashaganlar, xullas, keyinchalik esa sekin –asta daryoning boshi va etagiga yilib borganlar. Millodan avvalgi 1ming yillikda va yangi era boshlaridagina ularming asosiy teritoriyasidan tashqariga ko‘chib borib joylashishi keng tus olgan.Bu ko‘chishlar vaqtida xitoylar shimolo-sharqda manjur-tungus qabilalari,shimoli -g‘arb va g‘arbda turk va mo‘gul , janubi-g‘arbda esa sintibet qabilalari va bashqalar bilan goh dushmanlik munosabatida , goh do‘stona munosabatda bo‘lganlar.Xitoylar ko‘p asrlar davomida xorijiy xalqlardan syun-nu degan xalqlarga qarshi kurash olib borganligi asl nusxa manbalarda ayniqsa ko‘p eslatiladi.Kiyinchalik ular (eramizning IV asrida) Yevropaga ham yetib kelishgan va bunda ularning nomini o‘zgartirib gunnlar deb ataganlar.

Xitoylar bilan qo‘shni yashagan etnik guruhlarning anchagina qismi xitoylar ichida singib, ularning tili va madaniyatini o‘zlashtirganlar. Lekin hozir ham janubiy Xitoyning ba‘zi joylarida va g‘arbiy Xitoyning ancha qismida aholi xitoy tilidan o‘zga tilda gapiradi, ularni zo‘rlik yo‘li bilan xitoylashtirish uchun ko‘p marta urninilishiga qatamay, o‘zlarining mahalliy madaniy an‘analarini saqlab qolganlar. 2.Qadimgi Xitoyning Buyuk ipak yo‘li orqali g‘arbiy o‘lkalar bilan aloqasi. Kishilik jamiyati paydo bo'libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon aloqalarsiz bo'lmagan. Odamlar, urug' jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy- iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan mamlakatlar o'rtasida doimo aloqalar bo'lgan va bu aloqalar tufayli yo' llar paydo bo'lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e'tiboran, ba'zi joylarda undan ham ancha avval, ma' lum ixtisoslashgan yo'llar paydo bo'lganligini bilamiz. Ularning paydo bo'lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo'ldi. Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi bo'ylab «shoh yo'li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O'rta va Yaqin Sharqda Badaxshon lazuritiga bo'lgan ehtiyoj «Lazurit yo'li»ning vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo'llardan biri, G'arb bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog'lab kelgan «Buyuk ipak yo'li» edi. Bu yo'l orqali Sharqdan (Xitoydan) G'arbga (Vizantiyaga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo'lsa-da, bu yo'l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan Ipak yo'li» nomi bilan kiritildi. Unga qadar «Ipak yo'li» «G'arbiy meridional yo'li» deb kelinardi. «Buyuk Ipak yo'li» haqidagi ilk yozma ma'lumotlar miloddan avvalgi 138 yilga to'g'ri keladi: Xitoy imperatori Vu Di topshirig'i bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan «Buyuk ipak yo'li»ni o'rganadi va bu to'g'rida o'z tasnifini beradi. Shu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar va imperator Chjan Syanni ko'chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo'natadi. Elchi xunnlar qo'liga asir tushadi va o'n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan'shan dovonlari orqali Issiqko'lga chiqadi. Norin daryosi bo'ylab Farg'ona vodiysiga keladi. Bu erda o'zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg'ona podshohligiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, clchi xitoyning xunnlarga qarshi kurashda Farg'ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo'ladi. Lekin Farg'ona hukmdori faqat savdo aloqalarini o'rnatish istagini bildiradi. CHjan Syan janub sari sayyohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o'tib, yana xunnlar qo'liga tushadi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga «sayyohati» haqida gapirib beradi. U Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Imperator Vu Di o'z saroyi yaqinida beda ektiradi.

Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo'ylab ekiladigan bo'ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong'oq ekishni ham yo' lga qo’yadilar. Shunday qilib, CHjan Syan yurgan yo'l bo'ylab miloddan avvalgi I1-I asrlarda Xitoyni Markaziy va G'arbiy Osiyo bilan bog'lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo'li deb ataluvchi narvon yo'li o'tadigan bo'ldi. «Ipak yo'li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi. Dunxuanda u ikkiga ajraladi. «lpak yo'li»ning janubi-g'arbiy tarmog'i Takla-Makon sahrosi orqali Xotanga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog'ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo'l uch tarmoqga ajralib, uning g'arbiy tarmog'i Marvga, janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoliy tarmog'i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketgan. «Ipak yo'li»ning shimoli-g'arbiy tarmog'i esa Dulxuandan Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga - Qashg'arga borgan. Undan Toshqurg'on orqali O'zgan, O'sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandga Nautaka yo'li bilan birlashgan. Yo'l Samarqanddan g'arbga - Dobusiyaga, Malik cho'li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Paykent va Forobga borib Amul' shahriga o'tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo'ylab ketayotgan yo'lga qo'shilgan. Qadimda Marv shahri o'zining qadimiy an'analari va har tomonga ketuvchi savdo karvon yo'llari tutashadigan geografik qulayliklariga ko'ra ipak yo'lidan eng yirik shahar edi. SHuningg uchun ham Marvda mahalliy din - zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning budda, Vizantiya xristian olamining tayanchlari bor edi. Qadimgi ipak yo'li ungacha shu mintaqadan o' tgach «lazuriyot yo'li», «shoh yo'li» asosida Marvdan G'arbga tomon katta karvon, savdo yo'li bo'lib Xitoy, Hindiston va O'rta SHarqni YAqin SHarq va O'rta er dengizi mamlakatlari bilan bog'lab turardi. Tarixiy yozma manbalar va arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, Marvdan g'arbga tomon ketgan ipak yo'li Eronning Gekotolepil, Apaliya va Ekbatana (Xamadon) shaharlariga va ulardan o'tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag'dod shaharlariga borgan. Undan Dajla (Tigr) daryosining o'ng sohili bo'ylab shimolga ketib, Anjioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o'tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo'l esa Amul' orqali Urganchga, undan SHimoliy Kaspiy bo'ylab SHimoliy Kavkazga, so'ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanel orqali O'rta Er dengiziga o'tib, Vizantiya shaharlarini aralagan. Xitoy imperatorlari Ipak yo'li g'arbda joylashgan mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o'z elchilarini katta sovg'a- salomlar bilan O'rta Osiyo, Eron, Misopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap In milodiy 97 yilda fors qo'ltig'igacha etib borgan. Makedoniyalik May Tisian esa 100 yilda Lanchjougacha etib borgan. Ammo Markaziy Osiyoliklar hamda eronliklar hech

qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki Xitoy bilan YAqin Sharq davlatlari o'rtasida bevosita savdo aloqalarining shakllanishidan manfaatdor emas edilar. CHunki bu harakatning «ostida» juda katta iqtisodiy siyosat etar edi. Ayniqsa, Ipak yo'li uchun kurash IlI asrdan boshlab Eron bilan O'rta Osiyo o'rtasida hayot-mamot kurashi tusini olgan. Bu borada Eron bilan Parfiya o'rtasida qattiq kurashlar ketgan. Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g'arbga o'tadigan savdo karvon yo’llari doimo sug'dlar nazoratida bo'lgan. Sug'd savdogarlari o'zlarining bu yo'ldagi hukmronligini saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Enisey sohillariga qadar bo'lgan hududlarda, Shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida, Dunxuan kabi qator shaharlarda o'z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O'rta SHarq orqali o'tgan «Ipak yo'li»ning nazorati sug'dlarning qo'lida bo'lgan bo'lsa, VIII asr o'rtalariga kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o'zgarishlar yuz berdi. «Ipak yo'li»ning g'arbiy qismi arablar nazoratiga o'tdi. XIII asrga kelib Chingizxon ipak yo' lining barcha tarmoqlari bo'ylab nazoratni o'z qo'liga kiritdi. Bu holat to XIV asr o'rtalarigacha davom etdi. Mug'ullar hukmronligi davrida Xorazmning Mahmud yalovoch doirasidagi savdogarlari asosiy rolni o'ynadilar. Agar «lpak yo'li» orqali Xitoydan G'arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o'rta asrlardan boshlab, qog'oz eksport qilingan bo'lsa, bu mamlakatlardan Xitoyga shisha,jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zeb-ziynat bezapklari, qimmatbaho toshlar, har xil dorivorlar, arg'umoq otlar keltirilgan. Ana shu savdo yo'llari orqali Xitoyning bronza oynalari va kvadratikli tangalari Farg'ona vodiysi va Sirdaryoning o'rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan. Buyuk Ipak yo'li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta'minlovchi yo'l ham edi. Mas, Hindistonning budda dini shu yo'l bilan Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. Ilk feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy Osiyoga Sug'd savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatning boy qatlami hisoblanmay, balki o'zoq safarlarga katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg'or xo'jalik ixtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar hisoblanardi. Ular bir vaqtning o'zga mamlakatlar urf- odatlari, kuch va qudrati, xududiy joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o'ta xushyor davlat ayg'oqchilari vazifasini ham o'tar edilar. Davlat boshliqlari ularning kuzatish mahorati va bergan ma'lumotlari asosida o'z tashqi siyosatlarini rejalashtirar edilar. Bunday ulkan va