Qadimgi Yunon va Rim kalendari
Mavzu: Qadimgi Yunon va Rim kalendari REJA: 1.Qadimgi Yunon kalendari. 2.Qadimgi Rim kalendari. 3.Kalendarning Yu. Sezar tomonidan isloh qilinishi.
Qadimgi yunonlar o'z yil hisoblarini Oyga asoslanib olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda taqvimlar dastlab eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridan tuzila boshlagan. Bu yerdagi har bir shahar davlat o'zining taqvim tizimiga ega bo'lgan. Bu taqvimlar bir tomondan, bir-biridan birmuncha farqlangan, ularning har biri o'z xususiyatiga ega bo'lgan, ikkinchi tomondan esa, ular umumiy o'xshashlikka ham ega bo’lgan. Qadimgi yunonlar taqvimida yil 12 oyga bo'linib, yangi yil esa yozgi quyosh turishidan keyingi birinchi oy tug'ilishidan boshlangan. Taqvim yillarining yil fasllari bilan aloqadorligini saqlab turish maqsadida har bir shahar hukmdorining maxsus qarori bo'yicha gohi-gohida 13-oy qo'shib borilgan. Eramizdan oldingi 539 yili Afina hokimi Solon vavilonliklar tajribasidan foydalanib, sakkiz yillik tstiklni belgilaydi. (3 yil 2,5 va 8 yillar - kabisa, 13 oydan, qolgan 5 yil esa - oddiy, 12 oydan). Bu taqvim ham unchalik aniq bo'lmagan va uni butun Yunonistonda qabul etishgan, deyish qiyin. Eramizdan avvalgi 432- yilda yunon astronomi Meton qamariy oy va -shamsiy yillar o'rtasida bog'liqlik mavjudligini aniqladi. U xitoylar kashfiyotidan butunlay bexabar holda, mustaqil 19 shamsiy yil 235 qamariy oydan iborat ekanligini aniqladi. Uning isbotlashicha, Oyning xohlagan bir fazasi har 19 yilda bir marta shamsiy yilning ma’lum bir kuniga to'g'ri keiadi. Meton tuzgan taqvimga ko'ra, har 19 yilning 7 tasi 13 oylik, qolgan 12 tasi esa 12 oylik yil deb hisoblangan. Bu 19 yillik qamariy tsikl Meton tsikl deb nom olgan. Shunday qilib, qadimgi yunonlar vaqt hisobida avval qamariy taqvimdan foydalanganlar; uni keyinchalik yil fasllariga moslashtirishgan. Natijada ularning qamariy taqvimi qamariy - shamsiy taqvimga aylangan Qadimgi Yunonlar kalendari oy fazalarining o`zgarishiga qarab aniqlangan. Yunonistonda har bir shahar (polis)ning o`z kalendari mavjud bo`lgan. Bu kalendarlarning vujudga kelishi Mil.avvalgi I -ming yillikka to`g`ri keladi. Yunon kalendariga ko`ra yil yozgi quyosh ko`tarilishidagi birinchi oy yaqinlashishidan boshlangan (iyul’), lekin qishloq xo`jaligi ishlari hisobi Yulduzlarning chiqishiga qarab belgilangan. Oy nomlari quyidagicha nom olgan:
1.Gekatembion 2.Metageytnion 3.Boedromion 4.Pianepsion 5.Memakterion 6.Poseydon 7.Gamelion 8.Anesterion 9.Elafebolion 10.Munixion 11.Fargelion 12.Sikiroforion Kalendarning o`zgaruvchan bo`lmasligi uchun Yulduz turkumlari va quyoshga qarab moslashtirish zarur edi. Shu tariqa 13-embolistik oy o`ylab topilgan. Mil. avvalgi 593 - yil Afina hokimi Salon bobilliklar kalendaridan foydalanib, 8 yillik siklni yaratdi. Siklga ko`ra 8 yilning uch yili 13-oydan iborat bo`lgan. Salonning 8 yillik siklida quyosh va oy harakati 8 yilda 3 kunga farq qilgan (adashgan). Shuning uchun bo`lsa kerak boshqa Yunon polislarida ushbu kalendardan foydalanmaganlar. Mil. avvalgi 432 - yili Yunon astronom Meton qamariy oy va quyosh yili o`rtasidagi aloqadorlikni aniqlab, xitoyliklardan mustaqil ravishda 19 quyosh yilining 235 qamariy oyga teng bo`lishini aniqlagan. Demak, har qanday oy fazasi 19 yilda faqat bir marotaba quyosh kuniga to`g`ri keladi. Ushbu sikl astronom nom bilan Meton sikli deb nom olgan. Meton sikli bo`yicha tropik yildan 19 yilda –0,861 sutka farq qiladi: 19 quyosh yili q 6939,6884 sutka 235 qamariy oy q 6939,6018 sutka
Bu farq ya`ni -0,861 sutka 32 yulian yilida 1 sutkani tashkil etadi. Shu tariqa qadimgi Yunonlarning oy kalendari oy-quyosh kalendariga aylangan. Qadimgi Yunonistonda voqealar davlat hokimlarining taxtga o`tirishi bilan bog`langan. Mil. avvalgi IV asrdan boshlab umumellin Erasiga o`tilgan. Uning boshlang`ich nuqtasi etib har 4 yilda bir marotaba o`tadigan Olimpiada musobaqalari belgilangan. Yil yozilishida olimpiadaning va yilning tartib raqami yozilgan. M. Salamin jangi-75,1 (75-olimpiadaning birinchi yili). Aleksandr Makedonskiydan keyin turli eralar ishlatila boshlandi. M. Filipp Aridey Erasi-Mil.avvalgi 312 - yil 12 - noyabrdan, Salavkiylar Erasi-Mil.avvalgi 312 yil 1 oktyabrdan. Bundan tashqari mahalliy joy eralari M. Xersonesda Tavriya erasi- Mil. avvalgi 25 yil. Qadimgi rimliklar ham vaqt hisobi qamariy taqvimga asoslangan edi. Rim taqvimining paydo bo‘lishi haqida tarixdan bizgacha aniq ma'lumot saqlanib qolmagan, ammo Rimning afsonaviy asoschisi va birinchi Rim podshosi Romul davrida, aniqrog'i eramizdan avvalgi VIII asr o'rtalarida ana shunday taqvimdan keng foydalanishgan. Bu taqvimga binoan ularning tabiiy yili turli mavsumlarga bo‘lingan bo'lib, ular dchqonchilik ishlariga asoslangan edi. Yil 10 oy va 304 kundan iborat bo'lgan. Yil oylarining soni turli lotin qabilalarida turlicha miqdorda edi. Bu haqda Tstenzorin yozib qoldirgan. Bu oylar avvaliga hech qanday nomga ham ega emas edi: ular tartib soni bilan atalardi. Yangi yil odatda bahor boshlanadigan oyning birinchi kunidan boshlanar edi. Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlariga kelib rimliklar taqvimining ayrim oylari o'z nomiga ega bo'la boshlaydi. Masalan yilning birinchi oyi urush xudosi, dechqonchilik va chorvachilik xomiysi Mars sharafiga martius deb atalgan. Qadimgi Rimda qishloq xo'jalik ishlari odatda ana shu oydan boshlanardi. Yilning ikkinchi oyi esa aprelis deb nomlangan (aprelis - lotincha bo'lib, “ochilish” demakdir). Shu ikkinchi oyda tabiat odatda ochiladi, gullaydi - yerga ekilgan urug'lar unib chiqadi, daraxtlardagi kurtaklar barg yozadi. Uchinchi oy xudo Merkuriyning onasi va go'zallik xudosi Mayyaga bag'ishlanib mayus deb ataladigan bo'ldi. Chunki tabiat xuddi shu oyda o'zining butun go'zalligini, kuchini
namoyon qiladi. To'rtinchi oy esa rimliklarning bosh xudolaridan biri xudo Yupiterning xotini ayollar xomiysi Yunonaga bag'ishlanib, yunis deb nom oldi. Shunday qilib, qadimgi rimliklar taqvimida hozirgi mart, aprel, may va iyun oylarining nomlari paydo bo'ldi. Yilning boshqa oylari esa nomsiz, o'zining tartib soni bilan atalganicha qolavergan. Ular quyidagilar: Kvintilis - “beshinchi” Oktober - “sakkizinchi” Sekstilis - “oltinchi” November - “to'qqizinchi’’ Sentember - “ettinchi” Detsember - “o'ninchi” Martius, mayus, kvintilis va oktober oylari 31 kundan, qolgan olti oy esa 30 kundan iborat bo'lgan. Qadimgi rimliklar oy kalendaridan foydalanganlar. Yil dehqonchilik ishlari bilan bog`liq bo`lgan mavsumlarga bo`lingan. Qadimda yil 304 kunli 10 oydan iborat bo`lgan. Oylarning nomi ham bo`lmagan, faqat tartib nomYeri bilan atalgan (Mil. avvalgi VII asr). Turli qabilalarda oy kunlari turlicha belgilangan. Keyinroq rimliklar 355 kunli oy kalendarini tuzdilar. Yil boshi deb bahorning birinchi kuni belgilangan. Oy nomlari qo`yilib, ular quyidagi ma`noga ega bo`lgan. 1-oy dehqonchilik va chorvachilik homiysi Mars sharafiga, 2-oy « aperire » (aprilus) «ochilish» degan ma`noni bildiradi. 3-oy Merkuriyning onasi Mayya (go`zallik xudosi) sharafiga, 4-oy Yupiterning xotini, to`kinchilik xudosi Yunona sharafiga, 5-oy (kvintilis), 6-oy (sekstilis), 7 oy (september), 8 oy (oktober), 9-oy (Novomber) va 10-oy (Desember) nomlari esa tartib raqamini bildiradi. Mil avvalgi VII asrda rimliklar kalendar islohotlari o`tkazib, (chunki 304 kunli bu yil hisobi oy kalendariga ham, quyosh kalendariga ham to`g`ri kelmas edi) qo`shimcha ikki oy kiritdilar. Yanvarius ikki yuzli xudo Yanus sharafiga (29 kun). Febrarus-o`liklar xudosi Febuariya nomga qo`yilgan (28 kun0. Bu oy o`lganlar xotirasi oyi hisoblanardi. 1.Martus 31 2.Aprilis 29 3.Mayus 31