Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning huquqiy holati
MAVZU: Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning huquqiy holati REJA: 1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi 2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish tartibi 3. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Yer huquqining alohida qismida O‘zbekiston Respublikasi yer fondi toifalarining huquqiy holati o‘rganiladi. Yer fondi toifasining huquqiy holati deganda – ushbu toifada yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning yer qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi “Davyergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44892,4 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4329.0 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tarkibida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 20236.3 gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 45.08 foizini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ular alohida ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy vosita sifatida harakat qiladi. 112 O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb "Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari
uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar tushuniladi".Yerlarni maqsadli belgilash, ya’ni ularni yaroqliligi darajasidan kelib chiqib foydalanish xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari natijalariga ko‘ra belgilanadi. Shunday qilib, bu loyihalar xo‘jaliklarga ma’lum qism yerlardan qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini beradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yagona yer fondida maydon jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, bu yerlar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-moddasida yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb ta’kidlangan. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan barcha yerlar, iqtisodiyot tarmoqlarini qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer islohoti va qishloq xo‘jaligi islohoti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi yuritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar avvalo, qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida belgilanishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv xavzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallangan yerlarga ajraladi (YK 43-modda). Shuningdek haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov- daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar ham qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ichida sug‘oriladigan yerlar muhim o‘rinni egallaydi. Sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarnisug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy
yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo‘jalik korxonalari yerlari tovar qishloq xo‘jaligi maxsuloti yetishtirishga mo‘ljallangan hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yo‘llar va h.k..) bo‘linadi. Suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari sug‘oriladigan yerlar hamda lalmi yerlari toifalariga bo‘linadi. Yer kodeksining 44-moddasiga muvofiq “qishloq xo‘jaligida foydalanish va sugor’ish uchun yarokli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sugor’ishni ta’minlay oladigan sugor’ish manbai bilan boglangan doimiy yoki muvakkat sugor’ish tarmogiga ega bo‘lgan yerlar sugor’iladigan yerlar jumlasiga kiradi”. Sug‘oriladigan yerlar maxsus muxofaza qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 39-moddasi yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlari huquqlari doirasini belgilab beradi. Unga ko‘ra yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarining muhim huquqlaridan biri bo‘lib, ushbu huquq ularga yer uchastkasidan yer kodeksining 8-moddasiga muvofiq maqsadli foydalanish huquqini beradi. Avvalambor, ushbu huquq fuqarolarga yer uchastkasi qaysi maqsadda taqdim etilgan bo‘lsa, shu maqsadda foydalanish lozimligini belgilaydi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar aynan qishloq xo‘jaligi 116 ehtiyojlari uchun beriladi, undan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu barobarida yer kodeksining 2-moddasida yerlardan belgilangan maqsadda foydalanish yer qonunchiligining asosiy prinsipi
sifatida ko‘zda tutilgan. Mazkur holat esa, yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarining yer uchastkasidan maqsadli foydalanish huquqini yana bir karra ta’minlaydi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarining huquqlaridan biri sifatida mustahkamlangan. Mulk huquqi – shaxsning o‘ziga qarashli mol- mulkka o‘z xohishiga binoan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqini amalga oshirish va himoya qilishni kafolatlaydi. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarining yer uchastkasidan qonuniy foydalanish natijasida qo‘lga kiritgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlarga to‘la egalik qiladi (qonunda yoki shartnomada aksincha belgilangan holatlar bundan mustasno, masalan, ijara shartnomasida qo‘lga kiritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini yoki uni realizatsiya qilishdan tushgan daromadning bir qismi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, ijaraga beruvchiga topshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan y erlar v a ek in may donlarida monit oring ishlarini amalga oshirish SXEMASI Bosqichl ar Suby ek t lar Tadbirlar Muddat la r 1-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, shuningdek, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari 1. Davlat organlaridan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar yer uchastkalari chegarasi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul oladi. 2. Monitoring ishlarini yerlarning tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar materiallaridan foydalangan holda amalga oshiradi. Doimiy ravishda 2-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Monitoring ishlarini davriyligi bo‘yicha amalga oshiradi: a) davriy monitoring — qishloq Har besh