logo

Qo’shbegi arxiv hujjatlarining tarixi va o’rganilishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

406.9326171875 KB
Mavzu:Qo’shbegi arxiv hujjatlarining tarixi va
o’rganilishi.
Reja
1. Buxoro   amirligi   qushbegisi   arxivining
shakllanish tarixi.
2. Buxoro   amirligi   qushbegisining   ma’muriy
hujjatlari.
3. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar. Buxoro   amirligi   qushbegisi   arxivining   shakllanish
tarixi
Buxoro   amirligi   tarixini   yoritishda   bugungi   kunda   saqlanayotgan   Qushbegi
arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi
qushbegi arxivining hozirgi holatigacha bo’lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq
davrni bosib o’tgan bo’lib, buni quyidagi jihatlarda ko’rib o’tamiz.
Viloyatlardan   amirning   Arkiga   haftalik   ma’lumotlar   choparlar   orqali   yetkazib
turilgan.   Bunday   hujjatlar   asosan   bir   xil   shaklda   tuzilgan.   Yuqoridagi   o’ng
burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va ta’olo», chap burchagida «Huva-l-fayoz» yozuvlari   bo’lib,   (ya’ni,   Hazrat   Haqq   (Alloh)   pok   va   oliydir   (va)   u   fayz
ulashuvchidir),   o’rtada   «janob   zilli   ilohiy,   oliy   hazratam,   mavloyam
sallamahullohu   ta’olo»   (ya’ni   Allohning   (yerdagi)   soyasi   bo’lmish   janob   (Amir)
oliy   hazratim,   Xojam,   Alloh   u   (kishi)ni   salomat   qilsin)   murojaatli   yozuvlar   bilan
xitob   qilinib,   viloyatlarda   tinchlik,   osoyishtalik   ekanligi,   fuqarolar   amirning
duosida   bo’lib   turishgani   haqida   xabar   beriladi.   Hokimlarning   sadoqat   izhor
qiluvchi   «tasadduq   shavam»   (yo’lingizda   siz   uchun   tasadduq   bo’lay)   xitoblari   va
duolari bilan maktublar tugatiladi.
Turli viloyatlardan kelgan maktublarning bir xil shakl mazmundaligi o’sha paytda
amirlik   devonxonalari   uchun   maxsus   kotiblar   o’qitilganligidan   dalolat   beradi.
Ko’pincha kotiblarning dastxatlari ham bir xil, bir-biriga o’xshab ketadi. Ana shu
choparlar orqali Arkka qushbegining qo’liga keltirilgan har xil hujjatlar qayd qilish
daftariga   qayd   qilingach,   devonxona   sandiqlariga   taxlab   qo’yilar   edi.   Ana   shu
zaylda Buxoro amirligida arxiv ishlari shakllana boshlagan.
Buxoro amirligidagi arxiv o’z faoliyatini 1865 yil, ya’ni Amir Muzaffar davridan
boshlagan.Yana   shuni   taxmin   qilish   mumkin-ki,   arxivning   vujudga   kelishida   rus
ma’muriyatining ta’siri  ham   bo’lgan.  Buxoro  Xalq Sovet   Respublikasining   noziri
olim   va   tarixchi   Musojon   Saidjonovning   yozishicha,   Buxoro   amirligining   arxivi
ikki qismga bo’lingan edi:
Birinchi   bo’lim   Buxoro   amirligining   shaxsiy   devonxona   arxivi;   Ikkinchi   bo’lim,
Buxoro Qo’shbegisining devonxonasi arxivi.
Shuni   aytib   o’tish   kerakki,   Buxoro   amirligi   devonxona   arxivi   bevosita   amir   qo’l
ostida   bo’lgan.   Masalan,   Amir   Muzaffar   Buxoroda   o’zining   qarorgohida   arxivni
o’z   yonida   saqlardi.   Uning   o’g’li   Sayyid   Abul   Ahad   Buxoro   amirligi   devonxona
arxivini o’zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi. 1910-1920 yilda
Amir   Olimxon   uni   Buxoroga   keltirdi.   Devonxona   parvonachi   qo’l   ostida   edi.
Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib
qolmagan. Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv
sovet  askarlari  tomonidan ishg’ol  qilingan edi  va bu arxiv turk frontiga ko’chirib
o’tkazilgan. O’zbekiston Milliy srxivida 5 mingga yaqin Buxoro amirligi devonxona hujjatlari
saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qushbegisi nomiga yozilganligi sababli
«Buxoro   amirligi   Qushbegisining   kanselyariyasi»arxivida   saqlanadi.   Bundan
tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg’oniston shohi o’rtasidagi yozishma hujjatlari
ham saqlanadi.
Qushbegi   Buxoro   amirligida   katta   imtiyozlarga   ega   edi,   butun   devonxona   orqali
davlat boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy,iqtisodiy doiradagi hujjatlar o’tardi.
Mirzo   Nasrulloh   qushbegigacha   arxiv   tartibga   ketirilmagan   bo’lib,   yer   ostida
maxsus sandiqlarda saqlanardi.
Yangi   tayinlangan   Usmonbek   Qushbegi   savodsiz   kishi   bo’lganligi   sababli,
arxivning tarixiy ahamiyatiga uncha e’tibor bermagan.
1920   yil   sentyabr   oyida   Buxoroda   Sovet   hokimiyati   o’rnatilgandan   so’ng,
Kuybishev   boshchiligida   Amir   va   Qushbegining   arxivini   topish   va   uni   saqlash
yuzasidan   Buxoro   Revkomi   tomonidan   buyruq   chiqarilgan   edi.   ChK   va   milisiya
xodimlari   tomonidan   Arkning   yer   osti   xonalarida   hujjatlar   saqlangan   sandiqlar
topilgan.   Ayrim   hujjatlar   devonxonaning   polida   va   tokchalaridan   topilgan.
Taxminan ular ham amaldorlar tomonidan quvg’in paytida tashlab ketilgan.
Barcha   hujjatlar   hyech   qanday   tartibsiz   va   yozuvsiz   qutilarga   solingan   va   sobiq
Sovet   Xalq   Nozirligi   omborlariga   jo’natilgan,   u   yerda   tashqi   ishlar   vazirligi
omborlariga   joylashtirilgan.   Hujjatlar   u   yerda   O’zSSR   tashkil   topgunga   qadar
saqlangan.
Buxoro hukumati  taklifiga binoan, Buxoro tarixini  yozish uchui  1920-1921 yillar
Buxoroga tarixchi olimlardan V.V.Bartold, A.A.Semenov, Po’lat Soliyev, Fitrat va
boshqalar   kelishgan.   Ular   faqatgina   o’zlariga   kerakli   bo’lgan   hujjatlarni   o’rganib
chiqishgan.
Chegaralanish davrida Buxoroda M.Sayidjonov rahbarligida komissiya tuziladi. U
1924 yili  hamma to’plangan hujjatlarni qayta ishlanmagan asl  holida Buxoroning
markaziy kutubxonasiga topshiradi. Akt bo’yicha 69 o’ram, 52 daftar va 50 kitob
mavjud edi.1931 yilga kelib arxiv tasodifan Arkda, berkitilgan binoda topilgan. Unga   qadar   Buxoro   hukumati   muzeyi   xodimlari   bu   haqidagi   xabarni   eshitib,
arxivning   teng   yarmini   yo’q   qilib   yuborishadi,   qolganlarini   esa   turli   joylardan
qidirishga to’g’ri keldi.
Albatta, ko’p narsalar yo’qolib bo’lgan edi. Arxivni topgan shaxslardan biri Mirzo
Nasrulloh   o’z   davrining   fidoiy   kishilaridan   edi   va   uning   islohotlari   amir
Olimxonga ma’qul bo’lmagan, shu sabab Kolesov voqyeasidan so’ng uni 1918 yili
qatl ettiradi.
O’zbekiston   Respublikasi   Milliy   davlat   arxividagi   «Buxoro   Amirligi   Qushbegisi
arxivi» sarlavhasi bilan I-126 fondda saqlanayotgan hujjatlarning tavsifi.
Bugungi   kunga   kelib,   O’zbekiston   Milliy   arxivining   «Buxoro   amirligi   qushbegi
boshkarmasi» I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000ga
yaqin   hujjat   saqlanib,   ularning   hammasi   qushbegi   nomiga   yuborilganligi   uchun
qushbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan.
O’zbekiston  Milliy arxividagi «Buxoro Amiri  Qushbegisi  arxivi» sarlavhasi  bilan
I-126   fondda   saqlanayotgan   hujjatlarni   umumiy   to’qqizta   katta   guruhga   bo’lib
o’rganish   mumkin.   Har   bir   bo’lim,   o’z   navbatida,   yana   mayda   bo’limlarga
bo’linadi.   Qayd   raqamlariga   berilgan   so’zboshisi   fondda   saqlanayotgan   hujjat
nusxalari haqida ma’lumot beradi:
1.   Ma’muriy   hujjatlar:   Amirlarning   mansablarga   tayinlash   to’grisidagi   yorliklari
yoki   aksincha,   mansabdan   bo’shatish   haqidagi   farmonlari   yoxud   mansabdor
shaxslarning   lavozimlarini   oshirish,   sadoqat   bilan   xizmat   kilib,   boshqalardan
ajralib   turadigan   shaxslarni   mukofotlash   haqidagi   muboraknomalar,   Buxoro
amirligining   ma’muriy-hududiy   bo’linishiga   oid   hujjatlar,   fuqarolarning   ijtimoiy
ahvoli  hamda  hayotiy  muammolari   yuzasidan  yozgan  shikoyat   arizalari   va  davlat
tomonidan qilingan qurilishlar, tabiiy ofatlar, zilzilalarni zararlarini bartaraf etish,
amirlik   hududidagi   transport   masalalarini   hal   etish   yuzasidan   berilgan   farmonlar,
har xil mavzudagi vasiqalar ham turkumga kiradi. Shu bilan birgalikda amirlikdagi
barcha   ish   yuritish   qog’ozlari   raqamlanib,   qayd   qilish   daftarlariga   yozib,
ro’yxatdan o’tkazib borilgan. Ana shu daftarlar ham birinchi turkum — ma’muriy
hujjatlar turkumiga kiradi. 2.   Siyosiy   mavzudagi   hujjatlar   amirlikning   ichki   va   tashqi   siyosatidagi   aniq
xabarlar, voqyealar va hodisalarga guvohlik beradi. Asosan, ichki  siyosat, undagi
burilish   nuqtalari   haqidagi   ma’lumotlarga   ega   hujjatlarni   amirlikning   1917
yilgacha   bo’lgan   umumiy   siyosiy   ahvoliga   doir   va   undan   keyingi   siyosiy   holati
to’grisidagi ma’lumot beruvchi hujjatlarga taqsimlash mumkin.
Siyosiy mavzudagi hujjatlar turkumining ikkinchi kismi 1917 yildan keyingi, ya’ni
amirlikning   oxirgi   yillariga   doir   voqyealarni   o’z   ichiga   oluvchi   har   xil   xatlar,
vasiqalar, muboraknomalar tashkil kiladi. Biz   bunda   amirlikning   tashki   siyosati   haqidagi   ma’lumatlarni   ham   ko’plab
uchratamiz.   Ma’lumki,   bularning   ko’pchiligi   asosan   Rossiya   bilan   o’zaro   olib
borilgan   yozishmalardir.Bu   yozishmalar   Turkiston   general-gubernatorligi,
Buxorodagi Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi kabi tashkilotlar bilan olib
borilgan.   Ularda   savdo-sotiq,   transport   masalalari,   temir   yo’llar   kurish   kabi
masalalarda o’zaro maslahatli alokalar haqida gap boradi.
Bunday   hujjatlarni   O’zbekiston   Milliy   arxivi   «Turkiston   general
gubernatorligining  kanselyariyasi»   degan   sarlavha   ostidagi   I-1  fondidagi   hujjatlar
orasida   ham   ko’plab   uchratish   mumkin.   Masalan,   amirlikning   oxirgi   yillarida
tashqi   tahdidlar   oldingi   yillarga   nisbatan   ancha   kuchaygan.   Bunga   Buxorodagi
ichki notinchliklar ham ta’sir ko’rsatgan. Bu yillarda chegara viloyatlari hokimlari
qo’shni   mamlakatlarda   kuzatish   olib   borish   o’z   kishilarini   savdogar   yoki   elchi
suratida   yuborib,   ulardan   ma’lumot   olib,   bu   ma’lumotlarni   tez-tez   qushbegiga
yozib, jo’natib turganlar.
Mamlakatning   ichki   vaziyati   ham   oxirgi   paytlarda   ancha   notinchlashgan.   Arab,
turk,   ingliz,   nimis   va   boshqa   millatga   mansub   shaxslarning   amirlik   hududida
josuslik bilan shug’ullanib yurganliklari arxiv hujjatlarida qayd qilingan.
3.   Iqtisodiyot   masalalariga   doir   hujjatlar.   Qo’shbegi   arxivining   kattagina   kismini
tashkil   etadi.   Iqtisodiyotga   tegishli   barcha   hujjatlar,   jumladan,   soliqlar,   zakot,
boshka   tushumlar,   ijaraga   berish,   ijaraga   olish,   davlat   xazinasining   ahvoli,   davlat
xarajatlari,   vaqflar,   savdo   masalalari,   savdo   aloqalari,   bozorlardagi   narx-navo,
soliqlardan ba’zi bir  kishilarni  ozod qilinishi  yoki  ularga ayrim imtiyozlar  berish,
kirim-chiqim   daftarlari,   zahiralar,   saroy   xarajatlari   haqidagi   hujjatlar   ushbu
turkumning asosiy mohiyatini belgilaydi. Shu bilan birga, tabiiy boyliklar, issiqlik
energiyasi   zaxiralari,   qishloq   xo’jaligi   hamda   suv   xo’jaligi,   suvdan   unumli
foydalanish   masalalarini   aks   ettiruvchi   qog’ozlar   ham   ana   shu   bo’limdan   joy
olgan.   Bundan   tashqari,   pochta   aloqalari,   temir   yo’l   xarajatlari   va   ulardan
keladigan   daromadlar,   bojxona   faoliyatiga   doir   hujjatlar   ham   iqtisodiyot
masalalariga doir turkumga kiradi. Iqtisodiy hujjatlar  turkumi Qushbegi  arxivining eng katta qismidir. Chunki  ushbu
guruh   hujjatlari   amirlikning   siyosiy,   iktisodiy,   ijtimoiy,   maishiy   va   boshqa
tarmoqlarini   ham   o’z   ichiga   qamrab   olgan.   Amirlikning   iqtisodiy   jihatdan
nechog’li   kuchli   bo’lganligini   quyidagi   hujjatdan   ham   bilib   olish   mumkin.   Bu
hujjat   amirga   xazinachi   tomondan   xazinaga   kelib   tushgan   tilla-kumush   yombilar,
tayyorlangan tangalar miqdori ko’rsatilib, hisobot berilgan arizadir.
4.   Tashqi   aloqalar   haqidagi   hujjatlar   bo’lib,   Buxoro   amirligining   qo’shni
chegaradosh davlat rahbarlariga yozgan do’stona maktublari yoki aksincha, boshqa
davlat   rahbarlaridan   yoxud   amaldorlaridan   amir   va   qushbegi   nomiga   kelgan
maktublar,   davlatlararo   tuzilgan   shartnomalar,   xalqaro   aktlar,   amirlikning
musulmon hamda nomusulmon davlatlar bilan qilgan o’zaro diplomatiya hujjatlari
va   boshqalardan   iborat.   Amirlikda   pasport   tizimini   joriy   qilish,   fuqarolarni
emigrastiya   qilish,   chet   el   fuqarolarini   ijtimoiy   va   huquqiy   himoya   qilish,   harbiy
asirlarga   doir   hujjatlar   ham   ana   shu   to’rtinchi   turkumga   kiradi.   Shu   bilan   birga,
davlatlararo chegara masalalari, elchixonalarga tegishli hujjatlar, mamlakatlarning
ilmiy va madaniy aloqalari, axborot almashinuvini yo’lga qo’yish, Rossiya hamda
boshqa  mamlakatlarning  har   xil   muassasa   hamda  tashkilotlarni   amirlikda  faoliyai
olib borishini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud.
Bulardan   tashqari,   Rossiya   urushlariga   munosabat,   rus   pullarining   amirlik
hududiga   kirib   kelishi,   bularning   oqibatida   Buxoro   amirligi   hududidagi   savdo   va
iqtisodning   kasodga   uchrashi   xamda   shu   sabablardan   yuzaga   kelgan   ziddiyatlar
haqida   hikoya   qiluvchi   hujjatlar   ham   anashu   tashqi   aloqalar   xaqidaga   hujjatlarga
kiradi. Turkiya konsuli, Eron shaxzodasi, Afg’oniston qiroli, Rossiya imperatorlari
bilan bo’lgan o’zaro yozishmalar fondning ilmiy qiymatini yanada oshiradi.
5.   Harbiy   ishlar   hujjatlari   amirlik   armiyasi   sarbozlarining   holati,   ularning   harbiy
unvonlari   va   tuzilmasi   haqida   xabar   beradi.   Buxoro   garnizoni,   umuman,   amir
qo’shinidagi   sarbozlarni   kiyintirish   ularni   transport-ulov   bilan   ta’minlash,
sarbozlarning   o’q-dori,   qurol-yarog’lari,   kazarmalarining   xolati   haqidagi   hujjatlar
bu turkumning asosini tashkil kiladi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarni o’z roziligi bilan  harbiy  xizmatga   olish,   zahiraga   bo’shatish,   xizmatdan   bo’yin   tovlagan   yoki
xizmatni tashlab qochgan sarbozlar haqidagi hujjatlar ham uchrab turadi.  Askarlarning   o’z   komandirlari   ustidan   Qushbegiga   yozgan   shikoyatlari,   arizalari
hamda o’z xizmatlaridan rozi ekanliklarini bildiruvchi maktublari, qorovul, patrul
xizmatlari faoliyatiga doir hujjatlar harbiy ishlar hujjatlariga kiradi.
Hujjatlar   amirlikdagi   harbiy   holat,   sarbozlar   hayoti   haqida   hikoya   qiladi.
Amirlarning   rag’batlantirishlari,   artilleriya   hisoblangan   to’pchilar   qismining
amirga   yozgan   ariza-hisobotlari,   ofisterlarning   (harbiy   amaldorlarning)
Qushbegiga   kazarmalarning   sanitarik   ahvoli   haqidagi   ariza   (hisobot)   lari,
sarbozlarning sog’lig’i haqidagi ariza(hisobotlari), o’z komandirlari ustidan yozgan
shikoyatlari bizga kichik ma’lumotlarni beradi.
6.   Sud   materiallari   amirlikning   qozixonalarda   yuritilgan   huquqiy   sohadagi   ishlar
haqida ma’lumot beradi. Rasmiy qozilik huquqini beruvchi manshuralar, fuqarolik
ishlari,   ulardan   tushgan   ariza   va   shikoyatlar,   da’vo   xatlari,   iqror   xatlari,
tug’ilganlik   haqidagi   guvohnomalar,   nikoh   xatlari,taloq   xatlari,   merosni   bo’lish
haqidagi   hujjatlar   ushbu   bo’limdan   o’rin   olgan.Bulardan   tashqari,   oddiyroq
jinoyatga   nisbatan   shaxsan   amirning   o’zi   hal   qiluvchi   ko’rsatmalarni   berib,
muvaffaqiyatli   tugatilgan   ishlarga   muboraknomalar   jo’natib,   qozilarni   tabriklab,
rag’batlantirib   turgan.   Asosan,   jinoiy   ishlarning   ko’rilishi   haqidagi   hisobotlar
Qushbegi nomiga jo’natilib turilgan.
7.   Madaniy-maishiy   holat   haqidagi   hujjatlar   turkumiga   amaldorlarning   amirga
qilgan   tortiqlari   yoki   aksincha,   biror   bayram,   xursandchilik   munosabati   bilan
amirning amaldorlarga qilgan sovg’alari rasmiylashtirib qo’ygan hujjatlarni kiritish
mumkin.   Saroy   a’yonlarining   to’y-hashamlari   va   bayramlaridagi   voqyealarni
o’zida   aks   ettiruvchi   nomalar   amirlikdagi   madaniy-maishiy   holat   haqida
ma’lumotlar   beradi.   Amirlar   sovg’a   olsalarda,   lekin   Amir   Olimxon   keyingi
yillarda(hujjatda   sana   ko’rsatilmagan)   fuqarolardan   tortiq   olishni   ta’qiqlab,   qozi
Muhammad Sharif Sadir va Muhammad Maxdiy raislarga “Bundan buyon tortiqlar
qabul   qilish   qat’iyan   taqiqlanganligi   to’grisida”gi   muhokamasi   e’tiborli
hujjatlardan biridir.
8.   Sog’liqni   saqlash   ishlari   bo’yicha   amirlik   viloyat   va   shaharlarida   olib   borilgan
ishlar   to’g’risida   ma’lumot   beruvchi   hujjatlar   juda   ozchilikni   tashkil   etadi. Shunday   bo’lsada,   dastlab   tashkil   qilingan   kasalxonallar,   ularni   jihozlash,
ta’mirlash   masalalari,   o’sha   paytdagi   ayrim   kasalliklar,   ularga   qarshi   ko’rilgan
choralar   haqidagi   ma’lumotlar   ushbu   turkum   hujjatlari   orasida   joy   olgan.   Vabo,
o’lat epidemiyalarining paydo bo’lishi, ularga qarshi ommaviy kurash qilinganligi
haqidagi hujjatlar ham arxivda saqlanadi.Bundan  tashqari,chorva mollari kasalligi
epidemiyasiga   qarshi   ko’rilgan   choralar   o’zida   aks   ettiruvchi   hujjatlar   ham
uchraydi.   Misol   tariqasida,   loyihaalardagi   amaldorlarning   Qushbegi   nomiga
jo’natgan   maktublarida   chorva   kasalligi   tarqalganligi,   aholi   o’rtasida   esa   sil
kasalligi paydo bo’lganligi tashvishi bildirilgan ma’lumotlarni keltirish mumkin.
9.   Diniy   hujjatlar   jumlasiga   diniy   bayramlarni   o’tkazish,   Ramazon   oyida   xatmi
Qur’onlarni   tashkil   qilish   to’grisidagi   farmoyishlar   kiradi.   Amirlik   shahar   va
viloyatlardagi asosiy masjid-madrasalar ro’yxati hamda ulardagi imom-xatib, bosh
mudarris   yoki   mutavvalliylarning   ro’yxatlari   ham   diniy   hujjatlar   bo’limidan   joy
olgan.   Diniy   mansablarga   (mufti,   qozi,   imom,   mudarrislik   va   hokazolarga)
tayinlash   uchun   qozikalon   tomonidan   Amir   nomiga   yozilgan   arizalarda   shu
mansablarga loyiq kishilarning ismlari ko’rsatilib, taklif kiritilgan.
Bulardan   tashqari,   madrasalarda   tahsil   olayotgan   talabalarning   hayoti   hamda
darslardagi   asosiy   predmetlar   haqida   ma’lumot   beruvchi   hujjatlar,   ayniqsa,
ahamiyatlidir.   Talabalarni   hujralar   bilan   ta’minlash,   ularni   rag’batlantirish,
iqtisodiy muammolarini hal qilib berish, mudarrislarning oylik maoshlarini berish,
o’quv   yilining   boshlanganligi   yoki   tugaganligi   haqida   yasovulboshining   amirga
bergan   raportlari   va   boshqa   masalalarni   o’zida   aks   ettiruvchi   hujjatlardagi
ma’lumotlar qiziqarli  manbalardandir. Mazhablararo kelishmovchiliklar  aks  etgan
sunniy-shia   ziddiyatlari,   ularning   sabablari,   oqibatlari   to’grisida   ham   talaygina
ma’lumotlar   olish   mumkin.   Zikrlarini   maxfiy   holda   aytuvchi   naqshbandiya
tariqatiga mansub so’fiylar bilan oshkora zikr aytuvchi yassaviya tarikati suluklari
o’rtasidagi   tushunmovchiliklarni   izohlab,   ilmiy   asoslab,   tushuntirib   berilgan
fatvonomalar ham ushbu bo’limda saqlanadi. Xulosa   qilib   aytganda   Buxoro   amirligi   qushbegi   arxivi   Buxoro   haqida   ma’lumot
beruvchi   muhim   hujjatlar   jamlanmasidan   iborat.   Unda   iqtisodiy,   ijtimoiy   va
siyosiy hayot bilan bog’liq masalalarni yoritishda foydalanish maqsadga muvofiq.

Mavzu:Qo’shbegi arxiv hujjatlarining tarixi va o’rganilishi. Reja 1. Buxoro amirligi qushbegisi arxivining shakllanish tarixi. 2. Buxoro amirligi qushbegisining ma’muriy hujjatlari. 3. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar.

Buxoro amirligi qushbegisi arxivining shakllanish tarixi Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qushbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi qushbegi arxivining hozirgi holatigacha bo’lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq davrni bosib o’tgan bo’lib, buni quyidagi jihatlarda ko’rib o’tamiz. Viloyatlardan amirning Arkiga haftalik ma’lumotlar choparlar orqali yetkazib turilgan. Bunday hujjatlar asosan bir xil shaklda tuzilgan. Yuqoridagi o’ng burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va ta’olo», chap burchagida «Huva-l-fayoz»

yozuvlari bo’lib, (ya’ni, Hazrat Haqq (Alloh) pok va oliydir (va) u fayz ulashuvchidir), o’rtada «janob zilli ilohiy, oliy hazratam, mavloyam sallamahullohu ta’olo» (ya’ni Allohning (yerdagi) soyasi bo’lmish janob (Amir) oliy hazratim, Xojam, Alloh u (kishi)ni salomat qilsin) murojaatli yozuvlar bilan xitob qilinib, viloyatlarda tinchlik, osoyishtalik ekanligi, fuqarolar amirning duosida bo’lib turishgani haqida xabar beriladi. Hokimlarning sadoqat izhor qiluvchi «tasadduq shavam» (yo’lingizda siz uchun tasadduq bo’lay) xitoblari va duolari bilan maktublar tugatiladi. Turli viloyatlardan kelgan maktublarning bir xil shakl mazmundaligi o’sha paytda amirlik devonxonalari uchun maxsus kotiblar o’qitilganligidan dalolat beradi. Ko’pincha kotiblarning dastxatlari ham bir xil, bir-biriga o’xshab ketadi. Ana shu choparlar orqali Arkka qushbegining qo’liga keltirilgan har xil hujjatlar qayd qilish daftariga qayd qilingach, devonxona sandiqlariga taxlab qo’yilar edi. Ana shu zaylda Buxoro amirligida arxiv ishlari shakllana boshlagan. Buxoro amirligidagi arxiv o’z faoliyatini 1865 yil, ya’ni Amir Muzaffar davridan boshlagan.Yana shuni taxmin qilish mumkin-ki, arxivning vujudga kelishida rus ma’muriyatining ta’siri ham bo’lgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining noziri olim va tarixchi Musojon Saidjonovning yozishicha, Buxoro amirligining arxivi ikki qismga bo’lingan edi: Birinchi bo’lim Buxoro amirligining shaxsiy devonxona arxivi; Ikkinchi bo’lim, Buxoro Qo’shbegisining devonxonasi arxivi. Shuni aytib o’tish kerakki, Buxoro amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo’l ostida bo’lgan. Masalan, Amir Muzaffar Buxoroda o’zining qarorgohida arxivni o’z yonida saqlardi. Uning o’g’li Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi devonxona arxivini o’zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi. 1910-1920 yilda Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo’l ostida edi. Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishg’ol qilingan edi va bu arxiv turk frontiga ko’chirib o’tkazilgan.

O’zbekiston Milliy srxivida 5 mingga yaqin Buxoro amirligi devonxona hujjatlari saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qushbegisi nomiga yozilganligi sababli «Buxoro amirligi Qushbegisining kanselyariyasi»arxivida saqlanadi. Bundan tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg’oniston shohi o’rtasidagi yozishma hujjatlari ham saqlanadi. Qushbegi Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega edi, butun devonxona orqali davlat boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy,iqtisodiy doiradagi hujjatlar o’tardi. Mirzo Nasrulloh qushbegigacha arxiv tartibga ketirilmagan bo’lib, yer ostida maxsus sandiqlarda saqlanardi. Yangi tayinlangan Usmonbek Qushbegi savodsiz kishi bo’lganligi sababli, arxivning tarixiy ahamiyatiga uncha e’tibor bermagan. 1920 yil sentyabr oyida Buxoroda Sovet hokimiyati o’rnatilgandan so’ng, Kuybishev boshchiligida Amir va Qushbegining arxivini topish va uni saqlash yuzasidan Buxoro Revkomi tomonidan buyruq chiqarilgan edi. ChK va milisiya xodimlari tomonidan Arkning yer osti xonalarida hujjatlar saqlangan sandiqlar topilgan. Ayrim hujjatlar devonxonaning polida va tokchalaridan topilgan. Taxminan ular ham amaldorlar tomonidan quvg’in paytida tashlab ketilgan. Barcha hujjatlar hyech qanday tartibsiz va yozuvsiz qutilarga solingan va sobiq Sovet Xalq Nozirligi omborlariga jo’natilgan, u yerda tashqi ishlar vazirligi omborlariga joylashtirilgan. Hujjatlar u yerda O’zSSR tashkil topgunga qadar saqlangan. Buxoro hukumati taklifiga binoan, Buxoro tarixini yozish uchui 1920-1921 yillar Buxoroga tarixchi olimlardan V.V.Bartold, A.A.Semenov, Po’lat Soliyev, Fitrat va boshqalar kelishgan. Ular faqatgina o’zlariga kerakli bo’lgan hujjatlarni o’rganib chiqishgan. Chegaralanish davrida Buxoroda M.Sayidjonov rahbarligida komissiya tuziladi. U 1924 yili hamma to’plangan hujjatlarni qayta ishlanmagan asl holida Buxoroning markaziy kutubxonasiga topshiradi. Akt bo’yicha 69 o’ram, 52 daftar va 50 kitob mavjud edi.1931 yilga kelib arxiv tasodifan Arkda, berkitilgan binoda topilgan.

Unga qadar Buxoro hukumati muzeyi xodimlari bu haqidagi xabarni eshitib, arxivning teng yarmini yo’q qilib yuborishadi, qolganlarini esa turli joylardan qidirishga to’g’ri keldi. Albatta, ko’p narsalar yo’qolib bo’lgan edi. Arxivni topgan shaxslardan biri Mirzo Nasrulloh o’z davrining fidoiy kishilaridan edi va uning islohotlari amir Olimxonga ma’qul bo’lmagan, shu sabab Kolesov voqyeasidan so’ng uni 1918 yili qatl ettiradi. O’zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxividagi «Buxoro Amirligi Qushbegisi arxivi» sarlavhasi bilan I-126 fondda saqlanayotgan hujjatlarning tavsifi. Bugungi kunga kelib, O’zbekiston Milliy arxivining «Buxoro amirligi qushbegi boshkarmasi» I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000ga yaqin hujjat saqlanib, ularning hammasi qushbegi nomiga yuborilganligi uchun qushbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan. O’zbekiston Milliy arxividagi «Buxoro Amiri Qushbegisi arxivi» sarlavhasi bilan I-126 fondda saqlanayotgan hujjatlarni umumiy to’qqizta katta guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Har bir bo’lim, o’z navbatida, yana mayda bo’limlarga bo’linadi. Qayd raqamlariga berilgan so’zboshisi fondda saqlanayotgan hujjat nusxalari haqida ma’lumot beradi: 1. Ma’muriy hujjatlar: Amirlarning mansablarga tayinlash to’grisidagi yorliklari yoki aksincha, mansabdan bo’shatish haqidagi farmonlari yoxud mansabdor shaxslarning lavozimlarini oshirish, sadoqat bilan xizmat kilib, boshqalardan ajralib turadigan shaxslarni mukofotlash haqidagi muboraknomalar, Buxoro amirligining ma’muriy-hududiy bo’linishiga oid hujjatlar, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli hamda hayotiy muammolari yuzasidan yozgan shikoyat arizalari va davlat tomonidan qilingan qurilishlar, tabiiy ofatlar, zilzilalarni zararlarini bartaraf etish, amirlik hududidagi transport masalalarini hal etish yuzasidan berilgan farmonlar, har xil mavzudagi vasiqalar ham turkumga kiradi. Shu bilan birgalikda amirlikdagi barcha ish yuritish qog’ozlari raqamlanib, qayd qilish daftarlariga yozib, ro’yxatdan o’tkazib borilgan. Ana shu daftarlar ham birinchi turkum — ma’muriy hujjatlar turkumiga kiradi.