logo

QOBILIYAT

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

86.6396484375 KB
MAVZU:  QOBILIYAT
Reja:
1. Qobiliyat haqida tushuncha
2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
3. Qobiliyatlar tasnifi
4. Qobiliyatlar tarkibi
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar 1. Qobiliyat haqida tushuncha
Qobiliyat   insonning   shunday   psixologik   xususiyatidirki,   bilim,   ko’nikma,
malakalarini   egallash   shu   xususiyatlarga   bog’liq   bo’ladi.   Lekin,   bu
xususiyatlarning   o’zi   bu   bilim   va   ko’nikmalarga   taalluqli   bo’lmaydi.   Malaka,
ko’nikma   va   bilimlarga   nisbatan   odamning   qobiliyatlari   qandaydir   imkoniyat
tarzida   namoyon   bo’ladi.   Qobiliyatlar   imkoniyatlardan   iborat   bo’lib,   biror   bir
ishdagi   mahorat   darajasi   haqiqatdir.   Bolada   namoyon   bo’ladigan   musiqaga
qobiliyati   uning   musiqachi   bo’lishi   uchun   imkoniyatlar,   maxsus   ta'lim   berilishi,
qat'iylik,   salomatligining   yaxshi   bo’lishi,   musiqa   asbobi,   notalar   va   boshqa
ko’pgina   sharoitlar   bo’lishi   kerak.   Bularsiz   qobiliyatlar   taraqqiy   etmay   turiboq
so’nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana
shu   qobiliyatlarsiz   amalga   oshirilishi   mumkin   bo’lmagan   faoliyatlardagina
namoyon   bo’ladi.   o’quvchida   ham   zaruriy   ko’nikma   va   malaka   tizimi   hamda
mustahkam   bilimlar   tarkib   topish   uslublari   yo’qligiga   asoslanib,   jiddiy   tekshirib
ko’rilsa,   shoshilinch   ravishda   unda   qobiliyatlar   yo’q,   deb   xulosa   chiqarish
pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi. 
Masalan,   Albert   Eynshteyn   o’rta   maktabda   uncha   yaxshi   o’qimaydigan
o’quvchi   hisoblangan   va   uning   kelajakda   genial   bo’lishidan   hech   narsa   dalolat
bermas edi. 
Qobiliyat   bilim   va   malakalarning   o’zida   ko’rinmaydi,   balki   ularni   egallash
tizimida  namoyon   bo’ladi   ya'ni,   boshqacha   qilib  aytganda   mazkur   faoliyat   uchun
muhim   bo’lgan   bilim   va   ko’nikmalarni   o’zlashtirish   jarayonida   turli   sharoitlarda
qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. 
Qobiliyatlar   individual   psixologik   xususiyatlar   bo’lishi   bilan   aql   sifatlari
xotira   xususiyatlariga,   hissiy   xususiyatlar   va   shu   kabilarni   qarama-qarshi   qo’yib
bo’lmaydi,   hamda   qobiliyatlarni   shaxsning   bu   xususiyatlari   bilan   bir   qatorga
qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi
faoliyat   talablariga   javob   bersa   yoki   bu   talablar   ta'siri   bilan   tarkib   topsa   bu shaxsning   mazkur   individual   xususiyatlarini   qobiliyatlar   deb   hisoblashiga   asos
bo’ladi. 
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat
bilim   olish   uchun   zaruriy   shart-sharoit   bo’lib,   shuning   bilan   birga   u   ma'lum
darajada bilim olish mahsuli  hamdir. Umumiy va maxsus  bilimlarni o’zlashtirish,
shuningdek,   kasbiy   ko’nikmalarni   egallab   olish   jarayonida   qobiliyat
mukamallashib   va   rivojlanib   boradi.   qobiliyatga   yaqinroq   turadigan   tushunchalar
ko’nikma   va   malakadir.   Ular   faoliyat   mexanizmini   tashkil   qiladilar.   qamda   ular
qobiliyat   bilan   birgalikda   mahoratga   erishishni   ta'minlaydilarki,  buning   natijasida
mehnatda   katta   yutuqlar   qo’lga   kiritiladi.   qobiliyatli,   ammo   noshut   inson   ko’p
narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi. 
Darhaqiqat,   qobiliyatli   kishining   ko’nikma   va   malakalari   ko’p   qirrali   va
mukammallashgan   bo’ladi.   Shuning   bilan   birga   ko’nikma   va   malalakalar
yetishmagan   qobiliyatni   bir   muncha   to’ldirish   yoki   undagi   kamchilikni   tugatish
mumkin.   Ko’nikmalarni   umumlashmasi   moxirlik   deb   ataladi.   Moxirlik   bu   endi
qobiliyatning   o’zginasidir.   Demak,   qobiliyat   ko’nikma   va   malakalarning   paydo
bo’lishi jarayonida shakllanadi.
Har   qanday   qobiliyat   ham   murakkab   bo’lib,   u   kishiga   turli-tuman   talablar
qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni
muvaffaqiyat   bilan   amalga   oshirish   uchun   o’z   qobiliyatliligini   ko’rsata   oladi,
agarda   xususiyatlardan   qaysi   biri   rivojlanmagan   bo’lsa,   shaxs   mehnatning
muayyan   turiga   nisbatan   ham   qobiliyatli   deb   ba?olanadi.   Har   bir   qobiliyatning KENGLIGI VA 
YUNALISHIGA 
KO'RA
TALANT GENIYLIK MAXSUSUMUMIY
QOBILIYATAT ROF MUHIT BILAN 
FAOL O'ZARO TA'SIR
TA'LIM VA TARBIYA DARAJA o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni,
muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. 
Barcha   qobiliyatlar   uchun   asosiy   tayanch   xususiyat   kuzatuvchanlik,   bilish
ko’nikmasidir.   Bu   individual   narsaning   o’ziga   xos   tomoni,   ijodiy   faoliyat   uchun
boshlang’ich   materialni   ko’ra   bilish   demakdir.   Qobiliyatning   yetakchi   xususiyati
ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. 
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat
talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his
tuyg’uga   beriluvchanlik   (bu   xususiyat   shaxsning   faoliyatini   oshiradi)   va   shunga
o’xshashlar.   Amaliy   faoliyatning   ba'zi   ko’rinishlarida   shaxsning   irodasi   oldingi
o’ringa   chiqadi.   qobiliyat   tuzilishidagi   turli   xususiyatlarning   tarkibi   faoliyatning
turli  davrlarida  yoki  ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi  mumkin. Demak,
tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir.
2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Psixologiyada   qobiliyatlar   individual   psixologik   xususiyatlar   sifatida
tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning
uchun   har   bir   shaxsda   bir   xil   natija   bir   xil   sifat   kutish   mumkin   emas,   chunki
insonlar   o’z   qobiliyatlari   bo’yicha   bir-birlaridan   muayyan   darajada   farq   qiladilar,
binobarin ular o’rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo’lishi mumkin. 
Qobiliyatlarning   sifat   tavsifi   shaxsning   qaysi   individual   psixologik
xususiyatlari   faoliyat   muvaffaqiyatlarining   majburiy   sharti   tariqasida   xizmat
qilishini   anglatadi.   Ularning   miqdor   tavsifi   esa   faoliyatga   qo’yiladigan   talablarni
shaxs   tomonidan   qay   yo’sinda   bajarish   imkoniyati   mavjudligini   bildiradi,   ya'ni
mazkur   inson   boshqa   odamlarga   qaraganda   malaka,   bilimlardan   nechog’lik   tez,
yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
O’quvchining   qobiliyatlari   nimaga   namoyon   bo’lishini   va   binobarin
o’quvchi   shaxsini   qanday   individual   psixologik   xususiyatlari   faoliyatni   qay
darajada   bajarish   qobiliyatiga   ega   ekanligi,   ya'ni   o’quvchining   boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini
bilish pedagog uchun muhimdir. 
Qobiliyat   xususiyatlarining   sifat   tomonidan   qaralishi   maqsadga   har   turli
yo’llar   bilan   borishga   imkon   beruvchi   "o’zgaruvchan   miqdor"   to’plami   sifatida,
faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig’indisi
sifatida   ko’riladi.   Bir   xususiyatlarni   o’rnini   ikkinchi   bir   xususiyatlar   bilan
bosishning   keng   imkoniyatlari   mavjud,   buni   odam   o’zida   chindan   qat'iylik   bilan
ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko’r-kar 
Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat
bilan,   boshqarish   yordami   bilan   to’ldirish   xususiyati   har   bir   odam   oldida   kasb
tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi.
Qobiliyatlarning   sifat   jihatdan   tavsifi   odam   mehnat   faoliyatining   qaysi
sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va
qanday   qilib   katta   yutuq   va   natijalarga   erisha   oladi   degan   savolga   javob   berish
imkoniyatini   beradi.   Qobiliyatlarni   miqdor   tavsifi   va   ularni   o’lchash   muammosi
bilan   ko’proq   chet   el   psixologlari   (Kettell,   Termen,   Spirmen)   va   boshqalar
shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod 
testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti 
I Q aqliy yoshi 
Bolaning haqiqiy yoshi 
Bu   usul   odamning   aqliy   qobiliyatlar   egasi   ekanligini   emas,   balki   odamda
qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma
va malakalar borligini namoyon qiladi. 
L.S.Vigotskiy   bu   usulni   tanqid   qilib,   o’zining   kelajak   taraqqiyot   zonasini
belgilash   "metodi"   deb   ataladigan   usulini   taklif   qildi.   Qobiliyatlar   odamning
faoliyatidan   tashqarida   mavjud   bo’lmaydi.   Qobiliyatlarning   tarkib   topishi   esa
ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi. 
3. Qobiliyatlar tasnifi
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: 1.Tabiiy   qobiliyatlar   odamlar   va   hayvonlar   uchun   xos   bo’lib,   idrok   qilish
xotirada   saqlash,   oddiy   muloqotga   kirisha   olish   shular   jumlasidandir.   Biologik
jihatdan asoslangan  bu qobiliyatlar  asosini  shartli  reflekslar  hosil  bo’lish jarayoni
tashkil   etadi.   Insondagi   va   yuksak   darajada   rivojlangan   hayvonlardagi   bu
qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi. 
2.Maxsus   insoniy   qobiliyatlar   ijtimoiy-tarixiy   tabiatga   ega   bo’lib,   ijtimoiy
hayot   va   taraqqiyotni   ta'minlaydi.   Maxsus   insoniy   qobiliyatlar   o’z   navbatida
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi. 
3.Umumiy   qobiliyatlar   insonning   turli   faoliyatlari   muvaffaqiyatini
ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini
aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir
faoliyatning   muvaffaqiyatini   ta'minlaydi.   Bu   qobiliyatlar   alohida   muloqotning
bo’linishini   taqozo   etadi.   Masalan,   matematika,   texnika,   badiiy   ijodiy,   sportga
bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir. 
Ayrim   adabiyotlarda   umumiy   qobiliyatlar   mohiyati   turlicha   talqin   qilinadi.
Jumladan,   umumiy   qobiliyat   deganda   muvaffaqiyatli   ravishda   bilim   olishni
ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday
tushuncha tor va noto’g’ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat
uchun   umuman   talab   qilinadi,   xolos.   Umumiy   qobiliyat   faoliyatning   hamma
turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar 
topildi.   Ammo   bu   fikrda   qarama-qarshilik   mavjud,   agar   umumiy   qobiliyat
universal ahamiyatga ega bo’lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida
gapirib o’tirishning hojati yo’q. 
CHAQQONLIKBADIIY
TALANT TUSHUNCHALAR BILAN FIKRLASH
INDUKTIV MULOHAZA
MUSIQAV IY TALANT
FAZOVIY
QOBILIYAT
XOTIRA PERTSEPTIV QOBILIYAT Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan
oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus  qobiliyatlar yig’indisi
ta'sirini   ko’zda   tutadilar.   Kishining   turli-tuman   faoliyatlari   orasida   bittasi   asosiy
yoki   yetakchi   faoliyat   sharoitida   shaxsning   maxsus   taraqqiyotini   belgilovchi
faoliyat   bo’lib   ajralib   turadi.   Bu   faoliyat   tug’ma   spesifik   zehn   nishonalariga   mos
tushishi mumkin. 
Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga:
fan,  san'at,   amaliyotga  ajratish   mumkin.  Shunga   binoan  qobiliyatni  milliy,  badiiy
va   amaliy   deb   klassifikasiyalash   mumkin.   Bu   turlarning   har   biri   o’z   navbatida
mayda turlarga bo’linadi. 
Ilmiy qobiliyat   abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini,
og’zaki   mantiqiy   xotirani,   qat'iyat   va   sabr-toqatni   talab   qiladi.   Bu   qobiliyatga
quyidagi  mayda qobiliyatlar  kiradi:  fizik, matematik qobiliyat,  ximiya, filosofiya,
tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.
Badiiy   qobiliyat   sensor   obrazli   fikrlashning   alohida   rivojlangan   bo’limini,
o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash,
musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi. 
Amaliy   qobiliyat   praktik   aqlning   yuksak   darajada   rivojlanganligini,   fahm-
farosatning   kuchliligi,   iroda   va   yetuk   kirishuvchanlikni   o’z   ichiga   oladi.   Amaliy
qobiliyatga   konstruktiv-texnikaviy   qobiliyat,   boshqaruvchanlik   qobiliyati,   shu
jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi. 
Nazariy   va   amaliy   qobiliyatlar   ham   inson   qobiliyatlaridan   bo’lib,   nazariy
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi. 
O’quv   qobiliyatlari   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   o’zlashtirish,   shaxs   -
shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi. 
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi
g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.  4. Qobiliyatlar tarkibi
Odam   egallaydigan   faoliyat   uning   xususiyatlariga   yuksak   talablar   qo’yadi.
Bu   talablarni   qandaydir   bitta   sifat   taraqqiyotining   juda   yuksak   darajasida   bo’lsa
ham qondira olmaydi. Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo’lgan psixik sifatlar
yig’indisidan iboratdir. Qobiliyatlar tarkibi aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va
har turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, matematik qobiliyat, adabiy
qobiliyat,   pedagogik,   musiqaviy,   ixtirochilik   va   shifokorlik   qobiliyatlari   tuzilishi
maxsus   tarkibga   ega.   Aniq   qobiliyatlar   tarkibini   tashkil   qiluvchi   shaxsning
xislatlari orasida ayrimlari yetakchi o’rinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini
egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida yetakchi sifat pedagogik takt,
kuzatuvchanlik,   bolalarni   sevish,   ularga   nisbatan   yuksak   talabchanlik,   bilimlarni
berishga ehtiyoj, yordamchi tarzda tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli
qobiliyatlarda   bir   emas,   balki   bir   necha   turdagi   faoliyat   turlari   talablariga   javob
beradigan   birmuncha   umumiy   sifatlarni   ajratishimiz   mumkin,   bundan   tashqari,
mazkur   faoliyatni   bir   muncha   torroq   doirasi   uchun   javob   beruvchi   maxsus
sifatlarni ajratishimiz mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlar borligi,
har   turli   kasblar,   mashg’ulotlarning   keng   sohalariga   doir   umumiy   qobiliyatlar
borligi   haqida   gapirish   imkonini   beradi.   Bu   ikkinchi   signallar   tizimi   haqidagi
ta'limot bilan bog’liqdir. 
Shaxs   egallashi   shart   hisoblangan   faoliyat,   u   hoh   ta'lim,   hoh   mehnat,   hoh
o’yin,   hoh   sport   bo’lishidan   qat'i   nazar   uning   bilish   jarayonlariga,   aqliy
xislatlariga,   hissiy-irodaviy   jabhalariga,   sensomotor   sohasiga,   xarakterologik
xususiyatlariga muayyaan talablar qo’yadi va ularning hamkorligidagi sa'i-harakati
tufayli   muvaffaqiyatlarga   erishiladi.   Psixologik   ma'lumotlarga   qaraganda,
insondagi   yuksak   ko’rsatkichga   erishgan   sifat   qanchalik   ustuvorlikka   ega
bo’lmasin,   u   talablarni   qondirish   imkoniyatiga   ega   bo’lmaydi.   Ayrim   hollarda
alohida   namoyon   bo’lgan   psixik   xususiyat   (xislat)   faoliyatning   yuksak
mahsuldorligi  va samaradorligini  ta'minlash qurbiga ega, u qobiliyatlarni  uddalay oladigan   imkoniyat   bilan   bab-baravar   kuch-quvvat   tariqasida   vujudga   keladi,
degan faraz o’zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega
bo’lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o’rinlidir. 
Qobiliyatlar   sifatida   ro’yobga   chiqadigan   psixik   xislatlar   majmuasining
tuzilishi   yaqqol   va   alohida   faoliyat   talabi   bilan   belgilanganlik   tufayli   har   qaysi
turdagi   faoliyatlar   uchun   o’ziga   xos   tarzda   qo’yilishi   aynan   haqiqatdir.   Buning
uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz. 
1 )   Matematik   qobiliyat   matematik   materiallarni   umumlashtirish,   mulohaza
yuritish   jarayonini   qisqartirish,   matematik   ish   amallarini   kamaytirish,   masalani
idrok   qilish   bilan   natijasi   o’rtasida   aloqa   o’rnatish,   to’g’ri   va   teskari   fikr
yuritishdagi   yengillik,   unumlilik,   masala   yechishda   fikr   yuritishni   epchilligi
kabilar.
2)   Adabiy   qobiliyat   nafosat   hislarining   yuksak   taraqqiyoti   darajasi   xotirada
yorqin   ko’rgazmali   obrazlarning   jonligini,   "til   zehni",   behisob   xayolan   ruhiyatga
qiziquvchanlik,   intiluvchanlik   va   boshqalar.   Ajratib   ko’rsatilgan   qobiliyatlar
tarkibidan   ko’rinib   turibdiki,   matematik   va   adabiy   qobiliyatlar   o’zaro   bir-biriga
o’xshamagan   manbalari  bilan  tafovutga  egadir. Bundan  shunday  xulosa   chiqarish
mumkinki,   pedagogik,   musiqaviy,   texnik,   konstruktorlik,   tibbiy   qobiliyatlar   va
shunga   o’xshash   qobiliyatlar   tuzilishi   maxsus   xususiyatga   ega   bo’lib   kasbiy
ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Rus   olimi   I.P.Pavlov   o’z   ta'limotida   "badiiy",   "fikrlovchi",   "o’rta"   tiplarga
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab
beradi.   Muallif   ushbu   tipologiyani   yaratishda   oliy   nerv   faoliyatining   birinchi   va
ikkinchi   signal   tizimidan   iboratligi   to’g’risidagi   ta'limotga   asoslanadi.   Birinchi
signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?
a?ida   so’zlar   orqali   signal   berishdan   iboratdir.   Ikkinchi   signal   tizimi   I.P.Pavlov
tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq 
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik
qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir; 2)   mabodo   "signallarning   signali"   nisbatan   ustuvor   bo’lsa,   bu   shaxs
"fikrlovchi" tipga mansubdir; 
3)   agarda   har   ikkala   signallar   aralashib   ketgan   bo’lsa   (birortasining
ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning   o’ziga   xos   tomonlari   qisqacha   ifodalanganda   yoki   tavsif
qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1.   "Badiiy   tip"   uchun   bevosita   u   taassurotlar   jonli   tasavvur,   yorqin   idrok,
qis-tuyg’ular   (emosiyalar)   natijasida   vujudga   keladigan   obrazlarning   yorqinligi
xosdir. 
2.   "Fikrlovchi   tip"   uchun   mavhumlarning,   mantiqiy   tizimlarning,   nazariy
mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy   tipning   mavjudligi   aqliy   faoliyatning   zaifligi   yoki   aqlning
yengilmasligini   bildirmaydi,   lekin   bu   o’rinda   gap   psixika   obrazli   jabhalarini
fikrlovchi   tomonlari   ustidan   nisbatan   ustuvorligi   haqida   beradi.   Biroq   shuni
ta'kidlash   joizki,   shaxsning   ikkinchi   signallar   tizimidan   ustunlik   qiladi   va   bu
ustuvorlik   mutloqlik   xususiyatiga   egadir.   Ma'lumki,   insonlarning   hayot   va
faoliyatlarida   til   bilan   tafakkurning   o’rni   hal   qiluvchi   ahamiyat   kasb   etadi,   shaxs
tomonidan   borliqning   aks   ettirish   jarayoni   so’zlar,   fikrlov   vositasida   ro’yobga
chiqariladi. 
5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari
Odatda   qobiliyatlar   insonga   shaxsning   barcha   individual   psixologik
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki
hayot   davomida   va   faoliyat   jarayonida   shakllanadi.   Ilmiy   psixologiya
qobiliyatlarning   tug’maligi   nazariyasini   inkor   etib   shaxs   qobiliyatlarining
noma'lum   tabiiy   omillar   tomonidan   azaliy   belgilanishi   to’g’risidagi   tasavvurlarga
qarshi zarba beradi. 
Qobiliyatning   tug’maligini   inkor   qilish   absolyut   tabiatga   ega   emas.
Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning
tuzilishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   differensial   xususiyatlarning   tug’maligini   inkor qilmaydi.   Qobiliyat   taraqqiyotining   dastlabki   tabiiy   sharti   sifatida   namoyon
bo’ladigan miya tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat
deb   ataladi.   Layoqat   ko’p   qirralidir.   Shaxs   tomonidan   qo’yilgan   talablarning
tabiatiga   bog’liq   ravishda   aynan   bir   xil   layoqatlar   asosida   har   xil   qobiliyatlar
rivojlanishi mumkin. 
F.A.Gallning   fikricha,   odamning   hamma   qobiliyatlari   "aql"   va   "qobiliyat"
sifatlari   miya   yarim   sharlarida   o’zining   maxsus   qat'iy   markazlariga   ega,   ya'ni   bu
sifatlarning   taraqqiyot   darajasi   miya   tegishli   qismlarining   miqdoriga   to’g’ridan-
to’g’ri   bog’liqdir.   Shuning   uchun   odamning   kalla   suyagiga   bir   qarash   yoki
boshidagi   do’mboqchalarni   shunchaki   paypaslab   ko’rish   orqali   go’yo   odamning
qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori, massasi  va og’irligiga
bog’liqligi   haqidagi   faraz   ham   bekor   qilingan.   Katta   yoshdagi   odam   miyasining
o’rtacha og’irligi 1400 grammga yaqin bo’ladi. U.S. Turgenev miyasining og’irligi
2001   gramm,   D.G   Bayronniki   1800   grammni,   mashhur   ximik   Yu.Libixniki   1360
grammni,   yozuvchi   Afransniki   1017   gramni   tashkil   qilgan.   Eng   katta   miya   aqliy
jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan.
1675   yilda   F.Galtonning   "Talantning   irsiyatga   bog’liqligi   qonunlari   va
oqibatlari"   degan   kitobi   nashr   etildi.   Bunda   muallif   bir   necha   yuzlab   mashhur
kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali
o’tadi   degan   xulosaga   kelgan.   Biroq   Galtonning   xulosalari   ilmiy   jihatdan
asoslanmagan   edi.   Baxlar   oilasida   musiqaga   bo’lgan   talant   dastavval   1550   yilda
ma'lum   bo’lgan.   Bu   talant   1800   yillarda   yashagan   qandaydir   Regina   Susanadan
so’ng   tamom   bo’lgan.   Umuman   Baxlar   oilasida   57   dan   ko’p   musiqachi   bo’lgan.
Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan. 
Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon
oilasida   2   ta   mashhur   musiqachi   bo’lgan.   Ko’pchilik   qollarda   mashhur
odamlarning   nasl-nasablarini   o’rganish   biologik   irsiyatdan   emas,   balki   hayot
sharoitining   nasdan   naslga   o’tishidan,   ya'ni   hobiliyatlar   taraqqiyotiga   yordam
berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.  XX   asrning   ikkinchi   yarmida   paydo   bo’lgan   layoqatni   miyaning
mikrotuzilishi   va   sezgi   a'zolari   bilan   bog’lovchi   faraz   mahsuldor   bo’lib
hisoblanadi.   Miya   hujayralarini   tadqiq   etish   iste'dodli   nerv   hujayralarining
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz
qilinadi.   Layoqatlar   bilan   nerv   jarayonlarining   ayrim   differensial   xususiyatlari
hamda   oliy   nerv   faoliyatining   tiplari   o’rtasida   bog’liqlik   mavjudligi   to’g’risida
faraz ham haqiqatga yaqindir.
Rus psixologi   B.M.Teplov   va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati
tiplarining xislatlari ta'siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat
xususiyatlari   paydo   bo’lishini   ani?lashga   urinishgan.   Jumladan,   nerv   tizimining
alohida sezgirligi ma'lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin. 
Qobiliyatning   tabiiy   sharti,   layoqati   nerv   tizimining   tuzilishi   va
funksiyalarining   hususiyatlari   tarkibida   ekanligi   haqidagi   barcha   morfologik   va
funksionallik   sifatlar   singari   umumgenetika   qonunlariga   bo’ysunish   farazining
haqqoniyligini   dalillaydi.   F.Galtonning   irsiyat   qonunlari   to’g’risidagi   g’oya
qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi. Chunki
unda   dalilga   muhtoj   juda   ko’p   o’rinlar   mavjuddir.   Shuning   uchun   qobiliyat
tabiatini   biologik   irsiyatdan   emas,   balki   turmush   muhitining   nasldan   naslga
o’tishidan   qidirish   maqsadga   muvofiqdir,   agarda   insonning   taraqqiyoti   ijtimoiy-
tarixiy   qonunlar   bilan   boshqarilishi   tan   olinar   ekan,   qobiliyatning   taraqqiyoti
biologik irsiyat qonunlarga bo’ysunishi mumkin emas. 
Yuqoridagi   mulohazalarga   asoslangan   holda   xulosa   qilish   mumkinki,
qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog’liq bo’lsa-da, lekin ular faqat tabiatning
in'omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho maqsulidir. Xuddi shu
bois   qobiliyatlarning   namoyon   bo’lishi   shaxslar   tomonidan   ijtimoiy   ehtiyojlarni
qondirish   davomida   ijtimoiy   shartlangan   bilimlar   va   ko’nikmalarni   tarkib
toptirishning   yaqqol   usullariga   bevosita   bog’liqdir.   Shuning   uchun   qobiliyatlar
taraqqiyotining   uzluksiz   ta'lim   tizimiga   bog’liq   ekanligini   ta'kidlab   o’tish   muhim
ahamiyatga ega.  6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Talantning   ijtimoiy-tarixiy,   tabiiy   nuqtai   nazardan   talqini   qobiliyatlar
taraqqiyotining   yuksak   bosqichi   ekanligidan   dalolat   beradi.   Talant   yunoncha
qimmatbaho,   noyob   narsa,   irsiy   tabiiy   xislat   degan   ma'noni   anglatib,   muayyan
faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat
hamda   iste'dodlar   majmuasidan   iborat   individual   xususiyatdir.   Psixologik
adabiyotlarda   unga   turlicha   ta'rif   berilishiga   qaramay,   ularda   asosiy   belgilar
ta'kidlab   o’tiladi,   chunonchi   shaxsga   qandaydir   murakkab   mehnat   faoliyatining
muvaffaqiyatli,   mustaqil   va   original   tarzda   bajarish   imkonini   beradigan
qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. 
Talantning asosiy belgilari:
a) muvaffaqiyatni ta'minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
v)   originallik   unsurining   mavjudligi   qobiliyat   hamda   iste'dodlar   yiqindisidan
iborat ekanligi;
d) individual psixologik xislatliligi; 
e) ijtmoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchilik imkoniyati kabilar.
Psixologik   ma'lumotlarni   umumlashtirgan   holda   ikki   xil   xususiyatli   fikrni
alohida ta'kidlab o’tish talant tuzilishini yaxshiroq tushunish imkoniyatini yaratadi.
1)   talant   -   bu   shaxs   psixik   xislatlarining   shunday   birikmasidirki,   uni
a)alohida   yagona   maxsus   qobiliyat   bilan;   b)   xotiraning   yuksak   mahsuldorligi
orqali; v) xatto noyob sifat tariqasida o’lchab bo’lmaydi.
2)  shaxsda  u yoki bu qobiliyatning mavjud ekanligi  hamda yetarli  darajada
taraqqiy   etganligi   talantning  murakkab  tarkibiga   kiruvchi   boshqa   qobiliyatlarning
jadal   takomillashuvi   orqali   ularning   o’rnini   bosib   yuborishi   (konsensasiya   qilish)
mumkin. 
Moskvaning   umumiy   va   pedagogik   psixologiya   instituti   xodimlari
tomonidan   o’quvchilarning   talanti,   iste'dod   tushunchasi   o’rganilgan.   Aniqlangan
muhim   qobiliyatlar   yig’indisi   aql   iste'dod   tuzilishini   vujudga   keltirilgan.   Ilmiy tadqiqotchilarning   fikricha,   yuksak   iste'dod   quyidagicha   bosqichlardan   iborat
bo’lishi mumkin:
A)   bunday   shaxsning   birinchi   xususiyati   ziyraklik,   shaylik,   jiddiy   faoliyatni
bajarishga tayyor turishlikdir.
B)   shaxsning   ikkinchi   xususiyati   uning   mehnatga   tayyorgarligi   (mehnatga
moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir. 
V)   insonning   uchinchi   xususiyati   unda   tafakkur   xususiyatlari   va   fikr   yuritishning
tezligi,   aqlning   tartibligi,   tahlil   va   umumlashtirishning   yuqori   imkoniyatlari,
aqlning   mahsuldorligi.   Ma'lumotlar   tahlilining   ko’rsatishicha,   maxsus   iste'dod
tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi
bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi. 
Talant   o’zining   umumiy   va   maxsus   sifatlari   yig’indisi   bilan   ijodiy   yutuq
imkoniyatining   ayniyatidir.   Talant   mahoratning   dastlabki   sharti   hisoblansa-da,
lekin   ular   bir-birlaridan   muayyan   darajada   tafovutlanadi.   Talant   -   katta   ijodiy   va
zo’r   mehnat   mahsulidir.   Mehnat   esa   hayotiy   tajriba   ko’nikmalarning   zaruriy
majmuasi   manbaidir.   Ijodiyotning   sharti   va   hayotiy   tajriba   zaruriy   ko’nikma
malakalar   yig’indisining   mavjudligidir.   Ijodiy   faoliyat   talantning   ajralmas   qismi
hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb
etadi.   Ruhlanish   esa   faoliyat   mahsuldorligi   ortishiga   qaratilgan   ijodiy   lahzadan
iboratdir.   Talant   imkoniyat   tariqasida   psixologik   hodisa   hisoblansa,   u   holda
mahorat haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishdir. Psixologik nuqtai nazardan
haqiqiy mahorat bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo’lishidir. 
Agar   jamiyat   taraqqiyoti   bunday   kishilarga   muhtoj   bo’lsa   bunday
kishilarning paydo bo’lish imkoniyati tug’iladi. Iste'dod qobiliyatlar yig’indisidan,
ularning   majmuidan   iboratdir.   Alohida   olingan   yakka   qobiliyatlar   garchi   u
taraqqiyotning juda yuksak  darajasiga  erishgan  va yorqin ifodalangan bo’lsa ham
iste'dod  bilan  tenglashtirib bo’lmaydi. Bu haqda  g’oyat  o’tkir  fenomenal  xotiraga
ega bo’lgan kishilar haqida o’tkazilgan tadqiqotlar dalolat beradi.  Moskvalik   psixologlar   bir   necha   yillar   davomida   kuzatgan   shaxslar   o’zida
xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o’zining ajoyib
qobiliyatlarga mos keladigan ijobiy muvaffa?iyatga erisha olmadi. 
Shunday   qilib,   iste'dod   shaxs   psixik   sifatlarining   shu   qadar   murakkab
birikmasidirki,  u  qandaydir   birorta  yagona  qobiliyat  bilan  bu  qobiliyat  xotiraning
yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega. 
Psixologik   tadqiqotlardan   ma'lum   bo’lishicha   birorta   ham   qobiliyatning
yo’qligi   yoki   yetarli   taraqqiy   etmaganligi   iste'dod   sifatlarining   murakkab   turiga
kiruvchi   boshqa   qobiliyatlarning   jadal   taraqqiyoti   yo’li   bilan   muvaffaqiyatli
ravishda o’rni  bosib boriladi.
Qobiliyatlar rivojlanishini quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin.
FaoliyatQobiliyat Maxsus
Umumiy
Qobiliyat alomatlari Iqtidor
Iste'dod Geniallik
Ijtimoiy 
sharoit
Qobiliyatning 
rivojlanish darajasi
Shaxsning mehnatga, 
bilishga ijtimoiy faolligi Har   qanday   layoqat   qobiliyat   darajasiga   ko’tarilishi   uchun   eng   murakkab
yo’lni  bosib o’tishi  kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab,
bir necha bosqichda amalga oshadi. 
Qobiliyatlarning   rivojlanishi   va   shakllanishi   birinchidan,   ma'lum   bir
faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab
tegishli   tabiiy   zehn,   nishonalarni   aniqlash   yo’li   bilan,   ikkinchidan   mutaxassis
(muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali
shaxsning   tabiiy   xususiyatlarini   chiniqtirish   va   rivojlantirish   yo’li,   bilan
uchinchidan,   umumlashgan   aqliy   operasiyalarni   shakllantirish   yo’li   bilan   borishi
kerakki,   bu   operasiyalar   umumiy   va   maxsus   axborotni   yengil   va   samarali
o’zlashtirishni,   tanlagan   faoliyat   bo’yicha   ko’nikma   va   malakalarni   hosil   qilishni
ta'minlasin.   To’rtinchidan,   o’quvchining   maxsus   qobiliyatini   kamol   toptirishni
jadallashtirishni   ta'minlovchi   shaxsni   har   tomonlama   rivojlantirish   yo’li   bilan.
Beshinchidan,   shaxsning   faollik   alomatlarini   tarbiyalash   yo’li   bilan   borish
kerakki?,   bu   alomatlari   dastavval   mehnatsevarlik,   mustaqillik,   tashabbuskorlik,
puxtalik,   qat'iyatlik,   sinchkovlik   va   tanqidiylikdan   iborat.   Bularsiz   individning
potensial   imkoniyatlari   va   qobiliyati   faoliyatda   maksimal   ravishda   rivojlana
olmaydi.   Oltinchidan,   maktab   o’quvchilariga   nisbatan   individual   munosabatda
bo’lishni   umumiy   talablar   bilan   to’g’ri   qo’shib   olib   borishdir.   qobiliyatning muayyan   izchillikda   namoyon   bo’lishi   va   rivojlanishini   hayot   tajribasi   ko’rsatib
turibdi. 
Qobiliyat   turli   rivojlanish   darajasiga   ega   bo’lishi   mumkin.   Ilmiy
abstraksiyalash qobiliyatning ikki darajasini farqlash imkonini beradi; reproduktiv
va   ijodiy   aks   ettirish   darajalari.   o’z   qobiliyatini   rivojlantirishning   birinchi
darajasidagi   kishi   bilimlarni  juda  mohirlik  bilan o’zlashtiradi.   Faoliyatni  o’rganib
oladi   va   uni   biror   namuna   orqali   amalga   oshiradi.   Ikkinchi   darajada   turgan   kishi
esa   yangilik   yaratishga   qodirdir.   Bu   darajalarni   tekshirishga   metafizik
munosabatda   bo’lish   yaramaydi   albatta,   birinchidan   har   qanday   reproduktiv   aks
ettirish,   faoliyat   ijodiy   faoliyat   elementlarini   ijodiy   aks   ettirish   faoliyati   esa
reproduktiv   faoliyat   elementlarini,   o’z   ichiga   qamrab   oladi,   busiz   ularni   tasavvur
qilib bo’lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o’zgarmas
va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o’zlashtirib, ko’nikma hosil qilish
jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o’tib turadi. qobiliyatning tabiiy
manbai ham mavjud bo’lib va u tabiiy zehn deb yuritiladi. 
7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
G’arbiy   Yevropalik   olimlar   psixologiyadagi   irsiyat   nazariyasiga   qarshi
chiqadilar.   Masalan,   shveysariyalik   psixolog   V.   Boven   qalbaki   doktrina   deb
tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat bo’lur edi, deb ta'kidlaydi. 
Ingliz   bioximigi   S.Gouz   kishi   qobiliyatining   rivojlanishi   uchun   to’siqlar
biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda ko’proqdir, deb uqtiradi. 
Ingliz   psixologi,   D.Kidjin   ham   aynan   shunday   xulosaga   kelib,   tarbiyaning
kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta'siri haqida fikr yuritiladi. 
Ikkinchi  konsepsiyaning  vakillari  qobiliyatni  butunlay hayot  va tarbiyaning
ijtimoiy sharoiti belgilaydi  deb uqtiradilar. Masalan,   Gelvesiy   o’z vaqtida tarbiya
yordamida   geniyni   yaratsa   bo’ladi,   degan   edi.   Rus   olimi   A.N.   Leont'ev   ham
o’zining   funksional   organlar   nazariyasi   bilan   bu   nazariyaga   A.Uxtomskiy   asos
solgan bo’lib, shunga o’xshash konsepsiyani yoqlaydi. Masalan,   tabiiy   qobiliyatni   muhitga   bog’liq   deb   hisoblaydi.   Modomiki,
ishchilarning  bolalari   ulg’ayadigan   og’ir   ijtimoiy   muhitdagi   kishilarning  madaniy
va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham o’z
ota-onalarining rivojlanishi darajasidan o’tib keta olmaydilar deydi u.
Ko’zga   ko’ringan   rus   psixologi   S.L.Rubinshteyn,   A.N.Leontevning
konsepsiyasiga   norozilik   bildirdi.   Uning   fikricha   tug’ma   iste'dod   nishonalari   bu
reallikdir, uni rivojlantirish lozim. 
Hayotiy   kuzatishlar   va   maxsus   tekshirishlar   qobiliyatning   tabiiy   zaminini
inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun
tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega.
Shuning   uchun   zehn   nishonalari   bo’lgan   kishi   noqulay   sharoitda   ham   zehn
nishonalari   bo’lmagan,   lekin   qulay   hayotiy   sharoitdagi   kishiga   nisbatan   yuksak
qobiliyat   ko’rsata   oladi.   Va   aksincha,   masalan,   bir   oilada   va   bir   maktabda
rivojlanayotgan   aka-ukalar   yoki   opa-singillar   yaxshi   yoki   yomonligidan   qat'iy
nazar,   bir   xil   ijtimoiy   sharoitda   bo’lganlarida   ularning   qobiliyati   va   rivojlanishi
paytida ba'zan keskin farqlar kuzatiladi. 
Qobiliyatning   uchinchi   konsepsiyasining   tarafdorlari   ancha   to’g’ri
pozisiyada   turadilar.   Ya'ni   qobiliyat   qulay   ijtimoiy   sharoit   mavjud   bo’lganda
faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot o’zining butun xilma
xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi. 
Shubhasiz,   qobiliyat   miya   tuzilishining   qandaydir   tug’ma   anatomik
xususiyatlari   bilan,   birinchi   navbatda   miya   mikrostrukturasi   xususiyatlari   bilan
bog’liqdir.   Bu   xususiyatlar   in'ikos   jarayonining   xususiyatiga   va   shaxsning   xatti-
harakatiga ta'sir qiladi.
Bolada   juda   erta   seziladigan   psixologik   xususiyatlar   zehn   yoki   dastlabki
tabiiy   xususiyatlardir.   Shuni   aytib   o’tish   lozimki,   B.M.Teplov   haqli   ravishda
aytgandek,   psixologik   xususiyat   har   taraflama   ahamiyatga   ega   bo’lib,   ular
xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi
xususiyatlar   kuchda   va   tonusda   ifodalanadigan   faollik,   vazminlik,   in'ikos   va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz qobiliyatning tashkil topishiga
ta'sir qiladi.
Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit,
to’la   va   jonli   tarzda   idrok   etadilar,   qolbuki   mutafakkirlar   uni   bo’lib-bo’lib   qabul
qiladilar va shuning bilan go’yo uni jonsizlantiradilar.
Ikkinchidan,   badiiy   tip   vakillarida   tasavvur   abstrakt   fikrlashdan   ustun
bo’ladi.   Fantaziya   -   deydi   I.P.Pavlov   -   bu   badiiy   qobiliyat   bo’lib   birinchi   signal
tizimiga tegishlidir . Fikrlovchi tipda esa aql nazariy bo’lib, u so’z bilan bog’liqdir.
Uchinchidan,   badiiy   tip   yuksak   emosionallik   bilan   ajralib   turadi,   chunki
birinchi signal tizimi I.P.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emosional fondni tashkil
qiluvchi   miya   qobiqi   bilan   yaqin   bog’liqdir.   badiiy   tip   hayajonli,   muqarrar,
emosional tipdir degan edi I.P.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emosional fon
va birinchi signal tizimi zaif bo’lsada, lekin u sog’lom va soddadil odam bo’ladi.
Ko’pchilik   olimlar   vunderkindlar   jismonan   zaif   deb   biladilar.   Lekin   bu
xulosa noto’g’ri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa soq. Buni
isbotlash   uchun   20-yillarda   amerikalik   psixologlar   tomonidan   tadqiqotlar
o’tkazilgan. Bu tadqiqotga A.Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 15000
o’quvchilarni   o’g’il   bola   va   qizlarni   saralab   oldilar.   Ular   umumiy   aqlan
rivojlangan,   o’ziga   xos   xususiyatli   6   yoshdan   12   yoshgacha   bo’lgan   bolalar   edi.
Saralash   jarayoni   test   natijalari   va   o’qituvchilarning   tavsifnomasi   asosida
o’tkaziladi.   So’ng   bu   o’quvchilar   10   yil   mobaynida   tadqiq   etiladilar.   Bu
o’quvchilar   boshqalarga   nisbatan   sog’liqlarining   farqi   yo’q,   ular   ham   kasal
bo’ladilar,   asablari   charchaydi.   Lekin   baribir   ular   boshqalarga   nisbatan   sog’lom,
har tomonlama rivojlangan yetti muchali sog’ bolalardir.
Rus   psixologi   A.G.Kovalev   o’z   tadqiqotlarida   qobiliyatning   tabiati   va
tashxis   qilish   yo’llarini   tekshirishga   muvaffaq   bo’lgan.   Muallifning   ta'riflashicha,
qobiliyat deganda birorta xususiyatning o’zi emas, balki inson shaxsining faoliyat
talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko’rsatkichlarga erishishni
ta'minlay   oladigan   xususiyatlar   ansambli   yoki   sintezini   tushunish   kerak.   Uning
ta'kidlashicha,   qobiliyatning   tuzilishida   tayanch   va   yetakchi   xususiyatlarni   va nihoyat,  muayyan   fonni   yoki   yordamchi   xususiyatlarni   farq   qilish   kerak.   Hamma
qobiliyatlar   uchun   asosiy   tayanch   xususiyati-kuzatuvchanlik   ko’ra   bilish
ko’nikmasidir. Uning yetakchi  xususiyati  ijodiy tasavvur  qilishdir. A.G.Kovalyov
yordamchi   xususiyatlar   qatoriga   xotirani   kiritadi,   u   faoliyat   talablariga   muvofiq
ravishda   o’ziga   xos   ko’nikishga   ega,   emosional   ya'ni   his-tuyg’uga   beriluvchanlik
xususiyati shaxsning faolligini oshiradi.
Muallifning   ta'kidlashicha,   ilmiy   mavhumlash   qobiliyatning   quyidagi
darajasini  farqlash  imkonini beradi, reproduktiv aks ettirish darajasi  va ijodiy aks
ettirish.   o’z   qobiliyati   rivojlanishining   birinchi   darajasida   turgan   shaxs   bilimlarni
juda   mohirlik   bilan   o’zlashtiradi,   faoliyatni   o’rganib   oladi   va   uni   biror   namuna
orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir
bo’ladi.   Psixologiya   fanida   qobiliyat   to’g’risida   fikr   ketganda   uchta   konsepsiya
mavjudligi   ta'kidlanadi.   A.G.Kovalyov   asarida   bayon   qilinishicha,   ulardan   biri,
qobiliyat   shaxsning   biologik   jihatdan   determinlashgan,   ya'ni   biologik   jihatdan
bog’langan   xususiyatlaridir   qobiliyatning   ro’yobga   chiqishi   va     rivojlanishi   esa
tamomila   irsiy   fondga   bog’liq   deb   tushuntiriladi.   XIX   asrda   F.Galton   XX   asrda
Kotslar talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga
ega bo’ldilar, degan xulosaga keldilar.
Ikkinchi  konsepsiyaning  vakillari  qobiliyatni  butunlay hayot  va tarbiyaning
ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb u?tiradilar. Masalan, Gelvesiy o’z davrida tarbiya
yordamida   geniy   yaratsa   bo’ladi,   degan   edi.   Amerikalik   olim   U.Eshbi   insonning
qobiliyati   yashab   turgan   davrida   stixiyali   ravishda   o’zidan   o’zi   va   ongli   tarzda
ta'lim-tarbiya   jarayonida   shakllanadi,   shularning   natijasi   o’laroq   masalalarni
yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi. Fiziolog 
olimlar   miyaning   tuzilishida   individual   xususiyatlar   bo’lsa,   bu   qol   miyaning
funksiyalarida o’z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qiladilar.
A.G.Kovalyov   ta'kidlashicha,   qobiliyatning   uchinchi   konsepsiyasi
tarafdorlari   ancha   noto’g’ri   pozisiyada   turadilar.   So’nggi   nazariyada   talqin
qilinishicha,   tabiiy   kuchlar,   zehn   nishonalari   va   qobiliyatning   rivojlanishi   uchun
qulay   ijtimoiy   sharoit   mavjud   bo’lishi   kerak.   Muallif   zehn   nishonalari   deganda, anatomik-fiziologik   xususiyatlardan   ko’ra,   ko’proq   psixologik-fiziologik
xislatlarni   tushunish   kerakligini   uqtiradi.   Zehn   muayyan   bir   faoliyatga   (maxsus
qobiliyat)   yoki   hamma   narsaga   nisbatan   ustuvor   qiziquvchanlikda   (umumiy
qobiliyat), moyillikda va intilishda ko’rinadi.
A.G   Kovalyov   Edikson   fikriga   asoslanib   ("bunda   faqat   1   foizgina   geniy
bo’lsa,   99   foiz   ter   to’kish   bo’lgan"),   hamma   buyuk   kishilar   bag’oyat
mehnatsevarlikka   va   katta   ishchanlikka   ega   bo’lganlari   holda   hatto   nerv   tizimi
tabiiy   kuchsiz   bo’lsa-da,   sub'ektiv   ravishda   yutuqlarini   qobiliyatdan   emas,   balki
mehnatdan deb baholaganlar.
A.G.Kovalyovning   ta'rificha,   adabiy   ijodga   qobiliyat   shaxs   iste'dodining
badiiy   tipiga   tegishli   bo’lib,   badiiy   tipdagi   qobiliyatning   hamma   ko’rinishlaridan
uni   ajratib   turadigan   o’ziga   xos   sifatlarga   ham   egadir.   Uning   ta'kidlashicha,
umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo’lib, uning
tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. Bu jabhalarning biri etakchi,
boshqalari   tayanch   xususiyatlar,   uchinchilari   esa   sermahsul   faoliyat   uchun   zarur
bo’lgan   muayyan   bir   fonni   tashkil   qiladi.   Adabiy   qobiliyatda   uch   tomonni
mujassamlashtirish   muhim   ahamiyatga   ega,   ya'ni   o’tkir   kuzatuvchanlik,   kuchli
ijodiy   tasavvur,   til   vositasida   ko’rgan   va   ravshan   tasavvur   etgan   narsalarni
tasvirlay olish.
Muallif   mulohazasiga   ko’ra   adabiy   qobiliyatning   tayanch   xususiyati
yumshoq   ko’ngillilik  va   ta'sirchanlikdir.  Ta'sirchanlik   deganda   idrokning   jonliligi
va   o’tkirligini   emosional   iltifotgo’ylikning   naqadar   kuchliligini   tushunish   kerak.
Ijod uchun yolg’iz ko’ra bilish qobiliyatining o’zi kamlik qiladi, ko’rganlarni qayta
o’zgartira   bilish,   kuzatilayotgan   narsani   boshqa   hayotiy   taassurotlar   bilan   fikran
bog’lay   olish   ham   muhimdir.   Kuzatilayotgan   narsalar   ayniqsa   yaratilayotgan
obrazlarni   aniq   va   ravshan   ko’z   oldiga   keltirish   qobiliyatida   namoyon   bo’ladi
hamda bu adabiyotda ko’pincha ichdan ko’rish qobiliyati deb ataladi.
Adabiy   qobiliyatni   tekshirish   shuni   ko’rsatadiki,   o’quvchilarning
qobiliyatlari qobiliyatsizlaridan,   V.P.Yagunkovaning   ma'lumotlari bo’yicha idrok
qilishning   aniqligi   va   xotirasi   bilan,   yangi   original   obraz   va   syujetlar   tuzishdagi tafakkur   kuchi   va   tasavvur   bilan,   ijodiy   vaziyatning   yengilgina   yuzaga   kelishi
bilan,   so’z   boyligi   va   til   sezgisi   bilan   farqlanadilar.   Ba'zi   birlarida   voqelikka
mulohazali,   mantiqiy   munosabatda   bo’lish   ustun   tursa,   boshqalarida   obrazli
emosional   munosabat   ustundir,   uchinchilarida   esa   bularning   har   ikkisi   ham
mujassamdir.   V.P.Yagunkova   sinaluvchilarning   adabiy   qobiliyatini   tashxis
qilishda quyidagi ko’rsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish
va   xotiraning   aniqligi;   b)   emosional   ta'sirchanlik;   v)   tasavvurning   kuchi   va   jonli
tilni his qilish kabilar.
S.P   Kudryavseva   tadqiqotida   ilk   o’spirinning   adabiy   qobiliyati   ikki   tipga
ajratiladi, ya'ni adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni
tushunchalar   asosida   tahlil?ilishning   o’sganligiga   e'tibor   qilinadi.   Ikkinchi   tipda
adabiy asarlarni o’qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish,
ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy  matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi: 
1)Qobiliyatda   bolalarning   matematik   materialni   qabul   qilish   borasidagi
qobiliyatiga   matematik   ob'ektlar,   munosabat   va   amallarni   shakl   holiga   keltirib
idrok   qilish   matematik   materialga   o’ziga   xos   "yig’ma"   analitik-sintetik   ishlov
berish qobiliyati qayd qilish lozim
2)Qobiliyatli   o’quvchilarning   fikrlashi   quyidagilar   bilan:   a)miqdoriy   va   fazoviy
munosabatlar,   sonlar   va   belgilar   simvolikasi   sohalarida   mantiqiy   fikrlash
qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish;  v) matematik
mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g)
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda
ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish 
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo. 
Matematik   qobiliyatning   borligini   taxmin   qilishga   asos   bo’ladigan   tashqi
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha bular quyidagilardir:
1)o’quvchining   matematikaga   oid   ochiq-oydin   qiziqishini   namoyish   qilishi,   hech
kim majbur qilmasdan, o’zining bo’sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil
shug’ullanishga moyillik; 2)muayyan   matematik   ko’nikma   va   malakalarni   odatdagidan   kichikroq   yoshda
o’zlashtirish qobiliyati;
3)matematikani o’zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4)matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz   psixologi   M.G.Davletshin   texnikaviy   qobiliyat   ustida
tadqiqot   ishlari   olib   borgan   yetakchi   mutaxassis   hisoblanadi.   Muallif   texnikaviy
qobiliyat   deganda   shaxsning   individual   psixik   xususiyatlaridan   tuzilgan   shunday
o’ziga   xos   birikmalarni   tushunadiki,   u   shaxsning   texnikaviy   faoliyatga   yaroqlilik
darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin   ham   an'anaviy   yo’ldan   borib,   texnikaviy   qobiliyatlarni
ikkita   o’sha   nomdagi   tipga   ajratadi   hamda   yetakchi   tayanch   xususiyatlarini
o’zgarishsiz   qoldiradi.   Lekin   boshqalardan   farqli   o’laroq,   bunda   yetakchi
xususiyatlar   rivojlangan   texnikaviy   fikrlash   va   fazoviy   tasavvurdan   iboratdir.
Uning talqinicha, texnikaviy iste'dodli shaxs bo’lish uchun unda a) amaliy jihatdan 
fahmli;   b)   texnik   moslamalarni   tahlil   qila   olish   qobiliyati;   v)   narsalarni   montaj
qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo’lishi shart. 
M.G.Davletshin   texnikaviy   iste'dod   ko’rsatkichlarini   an'anaviy   baholashni
tan   olgan   holda   (ko’z   bilan   chamalash,   fazoviy   tasavvur,   texnikaviy   tahlil,
konstruksiyalash   qobiliyati)   o’zining   original   yondashuvini   ishlab   chiqqan.
Texnikaviy   qobiliyat   darajasini   tashxis   qilish   uchun   tekshirishlarda   ishlab
chiqilgan eksperimental masalalarning to’qqizta seriyasidan foydalanadi.
Keyingi   yillar  ichida   o’zbekiston   psixologiyasida   ham   qobiliyat   va  iste'dod
masalalari   bo’yicha   bir   qancha   psixologlar   ish   olib   bormoqdalar.   Bu   sohada
B.R.Qodirov,   B.S.Sodiqov,   E.G’.G’oziev,   V.A.Tokareva,   Z.Nishonovalarning
tadqiqot   ishlari   ma'lum   bo’lib,   qobiliyat,   iste'dod   tushunchalariga   o’z   ta'riflarini
berganlar.
B.R.Qodirovning   fikricha:  "Ma'lum  bir  faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat
haqida   gapirib   bo’lmaydi.   Va   o’z   navbatida   har   qanday   qobiliyatli   bola   hali
iste'dodli   degani   emas.   Ko’p   qirrali   va   rivojlangan   qobiliyatlar   iste'dodli   bola
shaxsining   moddiy   asosini   tashkil   etadi,   xolos.   Aksincha,   iste'dodli   bola qobiliyatsiz bo’lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko’rinib turibdiki, iste'dodli bola
sof   fikrli,   har   xil   qobiliyatga   va   umuman   aqliy   rivojlanishga   tayyor   turgan
hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to’la boladir. A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: QOBILIYAT Reja: 1. Qobiliyat haqida tushuncha 2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi 3. Qobiliyatlar tasnifi 4. Qobiliyatlar tarkibi 5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari 6. Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi 7. Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar

1. Qobiliyat haqida tushuncha Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. o’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu

shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo’ladi. Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va mukammallashgan bo’ladi. Shuning bilan birga ko’nikma va malalakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko’nikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning o’zginasidir. Demak, qobiliyat ko’nikma va malakalarning paydo bo’lishi jarayonida shakllanadi. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning KENGLIGI VA YUNALISHIGA KO'RA TALANT GENIYLIK MAXSUSUMUMIY QOBILIYATAT ROF MUHIT BILAN FAOL O'ZARO TA'SIR TA'LIM VA TARBIYA DARAJA

o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba'zi ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o’ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir. 2. Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin ular o’rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo’lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo’yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. O’quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo’lishini va binobarin o’quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o’quvchining boshqalarga

nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yo’llar bilan borishga imkon beruvchi "o’zgaruvchan miqdor" to’plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig’indisi sifatida ko’riladi. Bir xususiyatlarni o’rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o’zida chindan qat'iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko’r-kar Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat bilan, boshqarish yordami bilan to’ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi. Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o’lchash muammosi bilan ko’proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti I Q aqliy yoshi Bolaning haqiqiy yoshi Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma va malakalar borligini namoyon qiladi. L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o’zining kelajak taraqqiyot zonasini belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi. 3. Qobiliyatlar tasnifi Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi: