logo

Qobiliyat (I tip) testlarini yaratish va Intellekt (I tip) testlarini yaratish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.322265625 KB
Mavzu:  Q obiliyat   ( I t ip )  testlari ni  yaratish va  Intellekt ( I t ip )
testlari ni  yaratish
Reja:
1.  Intellekt testlari uchun topshiriqlar. 
2.   Analogiya,   «ortiqchasiga   duch   kelindi-olib   tashla»   tipidagi
topshiriqlar. 
3.   Ketma-ketlik.   Ketma-ketlik   variantlari.   Ortiqchasidan   tashqariga
varinatlari. Anologiya variantlari.
4.  Maxsus qobiliyatlar va erishganlik testlari. Topshiriqlar mazmuni. 
5. Bir nesa variantlar bilan tanlash topshiriqlar. Alternativ topshiriqlar. 
6. Topshiriq   tiplarini   tanlash.   Test   sinovi   uchun   topshiriqlarni   tartibga
keltirish. 7.To’g’ri javoblarni tasodifiy topish.
            Asr   o’rtalaridan   boshlab   psixologik   test   o’tkazishning   asosiy
yo’nalishini   qobiliyatlarni   testlash   egallay   boshladi.   Psixologlar,
pedagoglar tobora    ijodiy  qobiliyatlar  o’qishga bo’lgan qobiliyatlarning
sinonimi   emas   ekanligiga   amin   bo’la   boshladilar.   YA.Ternstoun   ilmiy
ishlarida   ijodiy     aktivlikda   intellektual   faktorlardan   tashqari
temperamentni muhim ahamiyat kasb etishini ko’rib,  ijod turtkisi yangi
g’oyalarni   tanqid   qilishda     emas,   balki   ularni   idrok   eta   olishda   his   eta
olishda   degan   fikrga   keldi.   Uning   fikricha   ijodiy   echim     diqqatni
muammo   ustida   to’planganida   emas,   balki     realaksitsiya   ya’ni   diqqatni
tarqalgan holatida yuz beradi
        Qobiliyat testlarini standartlashtirish ijod tabiatini   ommaviy testlash
dasturi asosida o’tkazilgan.
        Janubiy   Kaliforniya   shtati   universitetining   qobiliyatlarni   tekshirish
testi:   (ARP)   Dj.   Gilford   bo’yicha   tafakkur   -   konvergent,   tafakkur   -
divergent tafakkurni engilligi, egiluvchanligi, aniqligi.
Torrans  testlaridan  misollar.
          Kasbiy  testlash     yo’nalishi   asosan  ishlab  chiqarish  persanali   uchun
mo’ljallangan   testlardan,   maxsus   qobiliyat   testlaridan     va     kasbiy
tanlovda  ishlatiladigan testlardan iborat.
        Maxsus     qobiliyat     testlari     yordamida     kishining   texnik,     musiqiy,
badiy   qobiliyatlari,   harakat,   tezlik     koordinatsiyasi     ko’nikmalari
o’rganiladi.
        Klinik     testlashda     psixologlar   testlardan     individ     kasalining   kelib
chiqishi sabablarini o’rganishda va tashxis  qo’yishda foydalaniladilar.
        Masalan:     Tashxis   qo’yishda     qo’llaniladigan     intellekt   testlari:
Veksler shkalalari, benton testi va  hokazolar. Qobiliyatlar   va   intellektni   amaliy   o’rganish   psixodiagnostika
tarixida   o’ziga   xos   tarixiy   bosqichga   va   ilmiy   qarashlarga   tayaniladi.
Qobiliyat   -umumiy   psixologik   tushuncha   bo’lib,   psixologiyada   uni
ta’riflashda   bir   necha   yondashuvlar   mavjud.   Masalan,   B.M.Teplov
qobiliyatni uchta belgisini sanab o’tadi:
 qobiliyat-bu   bir   odamni   boshqasidan   farq   qiluvchi   individual
psixologik xususiyat;
 faoliyatni   yoki   bir   nesa   faoliyatni   muvaffaqiyatli   bajarishga
munosabatini bildiruvchi xususiyat;
 qobiliyat -bilim, ko’nikma va malaka bilan bog’liq bo’lmagan
holad. Ammo bilim, ko’nima va malakalarni tez va oson o’zlashtirishni
shartlovchi xususiyat.
V.D.SHadrikov   esa   qobiliyat   tushunchasini   psixologik
konkretlashtirishga   harakat   qilib,       uni   individual   o’lchamli,   alohida
psixik   funksiyalarni   sifatli   va   muvaffaqiyatli   o’zlashtirishdan     iborat
psixikaning  funksional tizimi  xossasi sifatida ifodalashga harakat qildi.
D.N.Zavalishin qobiliyat turlarini tahlil etar ekan, umumiy qobiliyat
insonning   umumiy   sharoitlardagi   etakchi   faoliyati   bilan,   maxsus
qobiliyatlarni esa alohida faoliyat sohasi bilan bog’laydi.
Qobiliyat   bilan   intellekt   orasidagi   bog’liqlik   va   o’xshashlikni
bilimning   qo’llashdagi   topshiriqlarni   hal   etish   qobiliyati   sifatida
qaraganda kuzatiladi. 
                            Birgina   insonning   ijodik   Kreativlik     (umumiy   ijodiy
qobiliyat)   va   intellekt   munosabatiga   bog’liq   minimal   darajada   uchta
yondashuv mavjud:  Bunday   kreativlik   yo’q.   SHaxsning   ijodiy   aktivligi   uchun
sharoit  yo’q vaqtida  intellektual iqtidor zarur. Bu erda ijodiy xulq-atvor
uchun   bosh   determenant   sifatida   motivatsiya,   qadriyatlar   va   shaxs
xususiyatlari   etakchi   rol   o’ynaydi(   A.DJ.Tannenbaum,   A.Maslou,
O.B.Bogoyavlenskaya).   ular   ijodkor   shaxsning   asosiy   xususiyatlariga
kognitiv   iqtidor,   muamoga   nisbatan   sezgir,   noaniq   va   murakkab
vaziyatlarda mustaqil mulohaza yurituvchi sifatlarini kiritdi.
Masalan, ijodiy qobiliyat  (kreativlik)  intellektga  bog‘liq  bo‘lmagan
holda   mavjud   mustaqil   omil   sanaladi   (Dj.Gilьford,   K.Teylor,
YA.A.Ponomarev).   Bu   konsepsiyaning   yana   bir   tomoni   intellekt   bilan
kreativlik o‘rtasida ahamiyatsiz darajada korrelyasiya borligi haqida so’z
yuritiladi.   E.Torrensning mulohazasicha,   agar IQ qiymati 115-120 dan
past bo’lsa, intellekt va kreativlik   yagona omilni hosil qiladi,   120 dan
yuqori   bo’lsa   ijodiy   qobiliyat   mustaqil   sifati   o’lchamiga   ega   bo’ladi,
ya’ni   quyi   intellek   bilan   kreativlik   o’rtasida   bog’liqlik   kuzatilmaydi,
deyiladi.   Ammo   ushbu   g’oyadan   farqli   o’laroq   hayotiy   kuzatishlarda
quyi kreativli  intellekt egalari bor.
                  Intellektni   yuqori   darajada   rivojlanishi   ijodiy   qobiliyatning
yuqori       yoki   aksincha   holati   ham   bo’lishi   mumkin.   Ijod   jarayoning
psixik   faollikdagi   singari   spetsifik   shakli   yo’q   (D.Veksler,   G.Ayzenk,
A.Termen va boshqalar).
  Intellektning   faktorli   nazariyasi   asoschisi   CH.Spirmen     quyidagi
g’oyani ilgari surdi:
 Intellekt qat’iy insonning shaxs xususiyatlariga bog’liq emas;
 Intellekt   o’z   tuzilmasiga   intellektual   bo’lmagan   sifatlarni
qo’shmaydi   (qiziqish,   erishish   motivatsiyasi,   bezovtalanish).   U intellektni   to’rta   turga   ajratdi:   birinchi   tip   intellekt-yangilikni   tez
tushunish,   ikkinchisi-bilishning   to’liqligi,   uchinchisi-«sog’lom   fikrga
egalik»,   to’rtinchisi-echimlarning   originalligiga   bog’liq.   Uning
g’oyasiga   ko’ra,   umumiy   qobiliyat   -bosh   faktor-G   -faktorda,   maxsus
qobiliya   -S -faktor  tarzda  ifodalanadi.     G  -faktor  CH.Spirmen  bo’yicha
«aqliy   quvvatni»   belgilaydi.     G.Ayzenk   va   Dj.Raven   o’zlarini   intellekt
testlarini ishlab chiqishla  G -faktor xususiyatiga tayandilar.
Dj.Ravenning   «Murakkablashib   boruvchi   matritsalari»   1936
yillarda   yaratilgan   bo’lib,   unda   har   birida   12   ta   topshiriqdan   iborat   5
seriyali   topshiriqlar   mujassamlashtirilgan.   Test   to’plamlari   to’g’ri
burchak shaklidagi matritsalardan tashkil topgan bo’lib, o’zida mantiqiy
yaxlitlikka,   ma’lum   qonuniyat   va   qoidalarga   asoslanib   tuzilgan   har   xil
figura   va   figuralar   to’plamidan   iborat.   Masalan,   qandaydir   qismida
etishmovchilik   mavjud   bo’lgan   rasm   va   tasvirlar   berilganki,
tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan 1 va
6   yoki   1dan   8   gacha   bo’lgan   javoblar   variantidan   birini   mos   o’ringa
qo’yishi lozim bo’ladi. 
                   Har  bir seriya  engil  topshiriqlardan  boshlanib,  keyinchalik
murakkablashib boraveradi.   Bu holat A seriyadan boshlanib, E seriyada
yanada murakkabroq ko’rinish oladi. 
Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda ma’lum shakllarni
idrok   etishni,   ularning   xususiyatlarini   qamrab   olish   lozimligini,
munosabatlar   yig’indisiga   asoslanganligi   tufayli   har   bir   topshiriqni
bajarishda ma’lum  mantiqiy mulohazalashni talab etadi. 
Matritsaning perseptiv shkalasi ikkita nazariyaga tayanadi: A)   geshtal ь t   psixologiyada   rivojlangan   shakllarni   idrok   etish
nazariyasi;
B) K.Spirmenning neogenez nazariyasi.
Topshiriqlarni echishda uchta asosiy psixik jarayonlar ishtirok etadi:
 diqqat,   e’tiborlilik   (diqqat   idrok   va   tafakkur   doirasidan
ajratiladi);
 idrok etuvchanlik;
 tafakkur, tushunuvchanlik.
            Topshiriqlarni   echish   vaqtida   diqqatda   ancha   zo’riqish   paydo
bo’ladi.   SHunday   bo’lsa-da   uni   tekshiriluvchining   topshiriqlarni
echishdagii   qiziquvchanligi   engilashtirishga   olib   keladi.   Topshiriqlarni
bajarish   sharoitida   diqqatni   to ’ plashni   va   uning   taqsimlashni   talab
etadigan   holatlar   ko ’ p   uchraydi .   Bu   erda   diqqatdan   tashqari   iroda   va
emotsiyaning   ham   ahamiyati   ko’zga   tashlanadi.   SHu   sababali   ham
Ravenning   «Murakkablashib   boruvchi   matritsalari»   «umumiy
intellektni»   tekshiruvchi   test   emas,   balki   intellektual   faoliyatni   rejali,
tizimlashganlik qobiliyatini tekshirishga qaratilgan. 
  Raven   testi   topshiriqlarining   alohida   seriyalar   bo’yicha   tavsfini
keltirib   o’tish   o’rinlidir.   Bu   holatini   inobatga   olishimiz   tadqiqot
natijalariga   ko’ra   test   topshiriqlarini   tahlil   etishimizda   o’ziga   xos
ahamiyat kasb etadi va bizga ma’lum engilliklar tug’diradi. 
YUqorida   ta’kidlab   o’tilganidek,   matritsa   shkalalari   5   seriya
topshiriqlardan   tuzilgan   bo’lib,   Raven   ularni   quyidagi   tamoyillarga
muvofiq tartiblagan edi:
A  seriya topshiriqlari   tuzilmasi o’zaro aloqadorlik tamoyiliga; B   seriya   topshiriqlari     juft   figuralar   orasidagi   o’xshashlikka
(analogiya);
S     seriya   topshiriqlari     figuralarida gi   progressiv   o’zgarishlar ni
aniqlash  tamoyili;
D     seriya   topshiriqlari     seriya   topshiriqlari     figuralarni   qayta
guruhlash tamoyili;
E   seriya   topshiriqlari     figuralarni   elementlarga   ajratib   tashlash
tamoyiliga  tayanib tuzilgan .
H ar   bir   seriya   topshiriqlariga   xos   ayrim   jihatlarni   tahlil   etish   va
izoh lash mumkin.  
A   seriya   topshiriqlari   tekshiruvchanlik   ahamiyati   matritsadagi
etishmaydigan   qismni   to’ldirishda   iborat.   Uning   figuralari   statik
xarakterli dir .   A   seriya   topshiriqlarini   echishda   ikkita   fikrlash   jarayoni
kechadi:   1)   tuzilmani   farqlash   va   tahlil   etish   yordamida   qismlar
orasidagi   moslikni   topish   lozim   bo’ladi;   2)   tuzilmadagi   etishmaydigan
qismni   identifikatsiyalash   va   matritsa   ostida   berilgan   6   ta   qirqma
qismlarni   etishmaydigan   tomonini   qiyoslashni   talab   etadi.   Uning
psixologik   ahamiyatini   toshpshiriqlarni   echishda   vizual   farqlash   va
xayolga, statik tasavvur darajasi va e’tiborlilik darajasiga ancha bog’liq.
V   seriya   topshiriqlari   ikkita   juft   figuralar   orasidagi   anologiyani
topishga   asoslangan.   Tekshiriluvchi   topshiriqlarni   ushbu   tamoyilga
asoslanib,   sekin-astalik   bilan   elementlar   orasidagi   differensiatsiyani
inobatga olishi  lozim. Topshiriqni echimini  topishda figuralar orasidagi
simmetriklikni qo’yish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
                      Psixologik   ahamiyati:   chiziqli   bog’lanish   asosida   chiziqli
differensiatsiyalash va xulosalash lozim bo’ladi.                 S   seriya   topshiriqlari   matritsadagi   figuralarni   ma’lum
mantiqiylik   jihatidan   figuralar   joylashuvini   uzluksiz   rivojlanish
tamoyiliga   va   fazodagi   dinamik   almashuviga   qarab       murakkab
o’zgartirishlar   kiritishga   asoslangan(figura   gorizontal   va   vertikalь
yo‘nalishda   ortib   borib,   yakunida   bu   yangi   elementlar   etishmovchi
figuraga aylanadi).
              Psixologik   ahamiyati:   tasavvur   qilish   qobiliyati,   dinamik
e’tiborlik va kuzatuvchanlikka qobiliyatlilikni yoritishdan iborat.
                 D seriya topshiriqlari matritsadagi figuralarni   gorizontal va
vertikal   yo’nalishda     qayta   tuzish   tamoyiliga   ko’ra   tuzilgan.   Echish
figuralarning ketma-ketligi va yaxlit tuzilmadagi figuralarni almashinish
qonuniyatiga aniqlashni talab etadi.
                      Psixologik   ahamiyati:   foydalanilgan   o’zgarishlar
qonuniyatiga   ko’ra   figuralarni   tartiblashtirishda   miqdoriy   vaa   sifat
o’zgarishlarni qo’lga kiritish qobiliyatiga bog’liq.
                          E   seriya   qabul   qilingan   tamoyilga   muvofiq   alohida
elementlardan   figuralarni   analiz   va   sintez   orqali   xulosalash
topshiriqlaridan   iborat.   Bu   erda   figura   elementlarini   hisobga   olish   va
taxlash, qismlarni algebraik tamoyillarga muvofiq qismlarni qo’shishdan
iborat.   Tuzilmadagi   etishmaydigan   a’zo   algebraik   operatsiyalar
yordamida tuzilmaning  boshqa a’zolari bilan topiladi. 
                 Psixologik  ahamiyati:  kinetik  va dinamik qatorlar  orasidagi
murakkab miqdor va sifat  farqlarni kuzatish qobiliyati. Abstraksiyaning
yuqori shakli va dinamik sintezni aniqlashdan iborat.
        Intellektni tahlil etishda L.Terstounning o’ziga xos yondashuvi
bo’lib,   uni   12   faktorga   ajratdi   va   ulardan   7   tasini   tadqiqotlarda   ko’p ishlatiladi:   V-so’zli   tushunish,     so’zli   anologiya,   tekstni   tushunish,
verbal   tafakkur   va   maqollarni   sharhlashga   doir   testlar;       W-nutqning
tezligi,   ma’lum   kategoriya   so’zlardan   foydanishga   asoslangan   test
topshiriqlari,   N-Sonli   faktor,   arifmetik   hisob-kitoblarni   tez   va   aniq
bajarish,     S-fazoviy   omil,     M-assotsiativ   xotira,     P-idrok   tezligi,     I-
induktiv faktor.
Psixodiagnostikada   qobiliyatlar   va   intellektni     o’rganishga   doir
ularning   klassifkatsiyasiga   e’tibor   qaratganda:   motor   yoki   harakat
qobiliyatlari,  sensor qobiliyatlar,  vizual qobiliyat, texnik qobiliyatlar va
kasbiy qobiliyatlarga ajratiladi. O’z navbatida ularga mos tarzda maxsus
metodiklardan   foydalanishga   to’g’ri   keladi.   Harakat   qobiliyatlarini
o’rganishdagi   dastlabki   metodiklar   F.Galьton   va   E.Krepelenlar
hisoblanadilar.   Zamonaviy   psixologiyada   esa   Stromberg,   Kraumford,
M.I.Gurevich va N.I.Ozeretsklar tomonidan ishlab chiqilgan metodiklar;
sensor   qobiliyatlarga   doir   Sishorning   musiqaga   iqtidorlikni,   eshitish
idrokini   o‘rganishga   mo‘ljallangan   Massachuseti   testi;   texnik
qobiliyatlarni   o‘rganishda   esa   Bannet   va   Purdьe   testilarini   uchratish
mumkin. 
Intellektni   diagnostika   etishda     Dj.   Ravenning     Ravenning
«Murakkablashib  boruvchi  matritsalari»,  R.B.Ketell  va A.K.Kettellning
CFIT     testi,   D.Veksler   testi,   R.Gardnerning   analitik-sintetik
qobiliyatlarni   o’rganish   testi,   R.Meylining   analitik   testi,   R.
Amtxaueraning   intellekt   strukturasi   o’rganish   testi   va   boshqa
metodikalarni uchratish mumkin.

Mavzu: Q obiliyat ( I t ip ) testlari ni yaratish va Intellekt ( I t ip ) testlari ni yaratish Reja: 1. Intellekt testlari uchun topshiriqlar. 2. Analogiya, «ortiqchasiga duch kelindi-olib tashla» tipidagi topshiriqlar. 3. Ketma-ketlik. Ketma-ketlik variantlari. Ortiqchasidan tashqariga varinatlari. Anologiya variantlari. 4. Maxsus qobiliyatlar va erishganlik testlari. Topshiriqlar mazmuni. 5. Bir nesa variantlar bilan tanlash topshiriqlar. Alternativ topshiriqlar. 6. Topshiriq tiplarini tanlash. Test sinovi uchun topshiriqlarni tartibga keltirish. 7.To’g’ri javoblarni tasodifiy topish.

Asr o’rtalaridan boshlab psixologik test o’tkazishning asosiy yo’nalishini qobiliyatlarni testlash egallay boshladi. Psixologlar, pedagoglar tobora ijodiy qobiliyatlar o’qishga bo’lgan qobiliyatlarning sinonimi emas ekanligiga amin bo’la boshladilar. YA.Ternstoun ilmiy ishlarida ijodiy aktivlikda intellektual faktorlardan tashqari temperamentni muhim ahamiyat kasb etishini ko’rib, ijod turtkisi yangi g’oyalarni tanqid qilishda emas, balki ularni idrok eta olishda his eta olishda degan fikrga keldi. Uning fikricha ijodiy echim diqqatni muammo ustida to’planganida emas, balki realaksitsiya ya’ni diqqatni tarqalgan holatida yuz beradi Qobiliyat testlarini standartlashtirish ijod tabiatini ommaviy testlash dasturi asosida o’tkazilgan. Janubiy Kaliforniya shtati universitetining qobiliyatlarni tekshirish testi: (ARP) Dj. Gilford bo’yicha tafakkur - konvergent, tafakkur - divergent tafakkurni engilligi, egiluvchanligi, aniqligi. Torrans testlaridan misollar. Kasbiy testlash yo’nalishi asosan ishlab chiqarish persanali uchun mo’ljallangan testlardan, maxsus qobiliyat testlaridan va kasbiy tanlovda ishlatiladigan testlardan iborat. Maxsus qobiliyat testlari yordamida kishining texnik, musiqiy, badiy qobiliyatlari, harakat, tezlik koordinatsiyasi ko’nikmalari o’rganiladi. Klinik testlashda psixologlar testlardan individ kasalining kelib chiqishi sabablarini o’rganishda va tashxis qo’yishda foydalaniladilar. Masalan: Tashxis qo’yishda qo’llaniladigan intellekt testlari: Veksler shkalalari, benton testi va hokazolar.

Qobiliyatlar va intellektni amaliy o’rganish psixodiagnostika tarixida o’ziga xos tarixiy bosqichga va ilmiy qarashlarga tayaniladi. Qobiliyat -umumiy psixologik tushuncha bo’lib, psixologiyada uni ta’riflashda bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, B.M.Teplov qobiliyatni uchta belgisini sanab o’tadi:  qobiliyat-bu bir odamni boshqasidan farq qiluvchi individual psixologik xususiyat;  faoliyatni yoki bir nesa faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga munosabatini bildiruvchi xususiyat;  qobiliyat -bilim, ko’nikma va malaka bilan bog’liq bo’lmagan holad. Ammo bilim, ko’nima va malakalarni tez va oson o’zlashtirishni shartlovchi xususiyat. V.D.SHadrikov esa qobiliyat tushunchasini psixologik konkretlashtirishga harakat qilib, uni individual o’lchamli, alohida psixik funksiyalarni sifatli va muvaffaqiyatli o’zlashtirishdan iborat psixikaning funksional tizimi xossasi sifatida ifodalashga harakat qildi. D.N.Zavalishin qobiliyat turlarini tahlil etar ekan, umumiy qobiliyat insonning umumiy sharoitlardagi etakchi faoliyati bilan, maxsus qobiliyatlarni esa alohida faoliyat sohasi bilan bog’laydi. Qobiliyat bilan intellekt orasidagi bog’liqlik va o’xshashlikni bilimning qo’llashdagi topshiriqlarni hal etish qobiliyati sifatida qaraganda kuzatiladi. Birgina insonning ijodik Kreativlik (umumiy ijodiy qobiliyat) va intellekt munosabatiga bog’liq minimal darajada uchta yondashuv mavjud:

 Bunday kreativlik yo’q. SHaxsning ijodiy aktivligi uchun sharoit yo’q vaqtida intellektual iqtidor zarur. Bu erda ijodiy xulq-atvor uchun bosh determenant sifatida motivatsiya, qadriyatlar va shaxs xususiyatlari etakchi rol o’ynaydi( A.DJ.Tannenbaum, A.Maslou, O.B.Bogoyavlenskaya). ular ijodkor shaxsning asosiy xususiyatlariga kognitiv iqtidor, muamoga nisbatan sezgir, noaniq va murakkab vaziyatlarda mustaqil mulohaza yurituvchi sifatlarini kiritdi. Masalan, ijodiy qobiliyat (kreativlik) intellektga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud mustaqil omil sanaladi (Dj.Gilьford, K.Teylor, YA.A.Ponomarev). Bu konsepsiyaning yana bir tomoni intellekt bilan kreativlik o‘rtasida ahamiyatsiz darajada korrelyasiya borligi haqida so’z yuritiladi. E.Torrensning mulohazasicha, agar IQ qiymati 115-120 dan past bo’lsa, intellekt va kreativlik yagona omilni hosil qiladi, 120 dan yuqori bo’lsa ijodiy qobiliyat mustaqil sifati o’lchamiga ega bo’ladi, ya’ni quyi intellek bilan kreativlik o’rtasida bog’liqlik kuzatilmaydi, deyiladi. Ammo ushbu g’oyadan farqli o’laroq hayotiy kuzatishlarda quyi kreativli intellekt egalari bor. Intellektni yuqori darajada rivojlanishi ijodiy qobiliyatning yuqori yoki aksincha holati ham bo’lishi mumkin. Ijod jarayoning psixik faollikdagi singari spetsifik shakli yo’q (D.Veksler, G.Ayzenk, A.Termen va boshqalar). Intellektning faktorli nazariyasi asoschisi CH.Spirmen quyidagi g’oyani ilgari surdi:  Intellekt qat’iy insonning shaxs xususiyatlariga bog’liq emas;  Intellekt o’z tuzilmasiga intellektual bo’lmagan sifatlarni qo’shmaydi (qiziqish, erishish motivatsiyasi, bezovtalanish). U

intellektni to’rta turga ajratdi: birinchi tip intellekt-yangilikni tez tushunish, ikkinchisi-bilishning to’liqligi, uchinchisi-«sog’lom fikrga egalik», to’rtinchisi-echimlarning originalligiga bog’liq. Uning g’oyasiga ko’ra, umumiy qobiliyat -bosh faktor-G -faktorda, maxsus qobiliya -S -faktor tarzda ifodalanadi. G -faktor CH.Spirmen bo’yicha «aqliy quvvatni» belgilaydi. G.Ayzenk va Dj.Raven o’zlarini intellekt testlarini ishlab chiqishla G -faktor xususiyatiga tayandilar. Dj.Ravenning «Murakkablashib boruvchi matritsalari» 1936 yillarda yaratilgan bo’lib, unda har birida 12 ta topshiriqdan iborat 5 seriyali topshiriqlar mujassamlashtirilgan. Test to’plamlari to’g’ri burchak shaklidagi matritsalardan tashkil topgan bo’lib, o’zida mantiqiy yaxlitlikka, ma’lum qonuniyat va qoidalarga asoslanib tuzilgan har xil figura va figuralar to’plamidan iborat. Masalan, qandaydir qismida etishmovchilik mavjud bo’lgan rasm va tasvirlar berilganki, tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan 1 va 6 yoki 1dan 8 gacha bo’lgan javoblar variantidan birini mos o’ringa qo’yishi lozim bo’ladi. Har bir seriya engil topshiriqlardan boshlanib, keyinchalik murakkablashib boraveradi. Bu holat A seriyadan boshlanib, E seriyada yanada murakkabroq ko’rinish oladi. Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda ma’lum shakllarni idrok etishni, ularning xususiyatlarini qamrab olish lozimligini, munosabatlar yig’indisiga asoslanganligi tufayli har bir topshiriqni bajarishda ma’lum mantiqiy mulohazalashni talab etadi. Matritsaning perseptiv shkalasi ikkita nazariyaga tayanadi: