O I L A V I Y H U Q U Q L A R N I A M A L G A O S H I R I S H V A H I M O Y A Q I L I Sh
M A V Z U : O I L A V I Y H U Q U Q L A R N I A M A L G A O S H I R I S H V A H I M O Y A Q I L I S H . R E J A : Kirish: Oila tushunchasi Asosiy qism: 1. Oilada er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari 2. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish 3. Oilaviy munosabatlarda da’vo muddatining qo‘llanilishi . Xulosa
Oila – murakkab ijtimoiy hodisa. U er-xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, kishilik jamiyatida eng muhim o‘rinni egalab kelgan. Jamiyatda oilaning roli beqiyos. Hozirgi paytda jamiyat va davlatni mustaqil oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, davlatning rivoji va mustaqilligi ko‘p jihatdan jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish oilalarga bog‘liq. Oilalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat hamda davlat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Oila jamiyat va davlatning kelajagi, ravnaqi va rivojlanishini ta’minlaydigan yosh avlodni komil inson qilib yetishtirib, tarbiyalab beruvchi asosiy va muqaddas makon hisoblanadi. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Qonunga binoan faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etilgan nikohnigina er xotinlik huquq va majburiyatlarining kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning huquqiy holatini o‘zgartirib yuboradi. Nikohga kirgunga qadar ularning biri qiz yoki ayol, ikkinchisi yigit yoki erkak deb nomlanib kelingan bo‘lsa, nikoh tufayli ular er xotinga aylanib, ular o‘rtasidagi munosabatlar axlokiy qoidalar bilan birga huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. FHDYO organlarida qayd etilgan nikoh natijasida er-xotinlik ular o‘rtasida esa shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Oila nikohlanuvchi yigit bilan qiz yoki erkak bilan ayolning shaxsiy huquqlariga asoslangan holda vujudga keladi.
Shuning uchun oila a’zolarining shaxsiy huquqlari ularning mulkiy huquqlariga qaraganda ustunlikka ega va birinchi o‘rinda turadi. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi,mazmuni, harakteri, er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni o‘z xohishlari bo‘yicha tasarruf etadilar. Oila a’zolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishida oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquq va erkinliklari, ularning manfaatlarini buzmasligi shart.12 Oila qonunchiligida er xotinning teng huquqga ega ekanligi ko‘rsatilgan: “Er-xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf ya’ni, er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar”.Er xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. Er va xotin o‘rtasida huquq hamda majburiyatlar FHDYO organlarida ular o‘rtasidagi nikoh rasmiylashtirilganidan keyin vujudga keladi. Er va xotinga tegishli bo‘lgan huquq hamda burchlarni ikki turga ajratish mumkin: 1) shaxsiy huquq va burchlar; 2) mulkiy huquq va majburiyatlar. Shaxsiy huquqlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi. Mulkiy huquqlar esa, iqtisodiy mazmunga ega bo‘ladi. Shaxsiy huquqlarni uning egasidan ajratib bo‘lmaydi. Daraxtning tanasi uning ildizi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, shaxsiy huquqlar ham uning egasi bilan shunchalik bog‘liq bo‘ladi. Oila kodeksining 19 – 22 - moddalarida er va xotinning quyidagi shaxsiy huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan: 1) Oilada er va xotinning tenghuquqlarga ega ekanligi; 2) Er va xotinning familiya tanlash huquqidir; 3) Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini
hal qilishi; 4) Erxotinning mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqi. Er va xotin oilada va oilaviy ishlarni yuritishda, barcha masalalarni hal qilishda teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar. Bu holat fuqaroning millati, irqi, dinga munosabatidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar degan Konstitutsiyamiz normalariga asoslangan. Er xotin oilada bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa shaxsiy masalalarini birgalikda hal qiladilar. Er xotin oilada vujudga kelgan har qanday oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida halqilinadilar. Aks holda oilaviy muammolarni hal qilishda tenglik prinsipiga amal qilmasalar er va xotin o‘rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Vujudga kelgan er xotin o‘rtasidagi nizolar xarakteriga qarab sud tartibida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Er va xotinning har biri, kasb va yashash joyini tanlashda erkindir. Amaldagi qonunchilikda er xotin o‘zaro kelishuvi asosida oilada mashg‘ulot turini tanlashda teng huquqqa ega ekanligini bildiradi. Er-xotindan har biri o‘z qiziqishi, hislati, ijobiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o‘ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er-xotinning erkin kasb va yashash joiyni tanlash huquqi qonun bilan mustahkamlangan. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni qurishga o‘tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarning ahamiyati tobora oshib borayapti. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 10 hamda 11-moddalarida belgilab qo’yilgan bo’lib unga ko’ra “Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar.Oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart va Oilaviy huquqlarni himoya
qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo‘yicha, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oilaviy huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan usullarda amalga oshiriladi”. Oilaviy subyektiv huquqlami amalga oshirish huquqda amalda bo'lgan umumiy tamoyillar (prinsiplarni) qonunchilik, milliy istiqlol mafkurasi, axloq normalari, jamiyat turmush qoidalari, ijtimoiy va daviat manfaatlari va boshqalarga rioya qilinishi lozim. Biroq oila huquqida ham subyektiv huquqlami amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlardan biri oilaviy subyektiv hu quqlami oila bilan aloqada bo‘lishidir. Ularning ko‘rinishi oilada ifoda etiladi. Amaldagi qonunchilikda oilaviy huquqlami amalga oshirishda subyektlar uning huquqiy oqibatlarini nazarda tutishi kerak degan umumiy qoidalami belgilamaydi. Ammo oila qonunining bir qator normalaridan shunday mazmun kelib chiqadi. Oila kodeksini «Umumiy qoidalari»dan. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ulaming vazifalari, oila manfaatlarining daviat va jamiyat tomonidan ta’min- lanishi va boshqalar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Qonunda oila huquqi ning aniq qoidalarini amalga oshirish vaqtida oila manfaatlarini nazarda tutish belgilangan. Masalan, Oila kodeksining 28-moddasi 2- qismiga binoan, sud voyaga etmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining e’tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga ko‘ra daromad olmagan bo‘Isa yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar etkazgan holda sarflagan bo‘Isa, er va xotinning umumiy mol- mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir. Qonunchilik ayollami homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida manfaatlarini himoya qilishni qo‘riqlashni belgilaydi. Ayrim vaqtlarda qonun erning ayrim subyektiv oila huquq-larini amalga oshirishini cheklab