Qobiliyat va qiziqish, havas

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

6

Hajmi:

189.0 KB
Qobiliyat va qiziqish, havas
REJA
1. Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha
2. Qobiliyatlilik darajalari
3. Qiziqish va havas to’g’risida umumiy tushuncha
4. Qiziqish-havasning ahamiyati
5. Qiziqish-havaslarning o’sishi
1 Shaxsning   barcha   ndividual   xususiyatlari   faoliyat   jarayonida   namoyon
bo’ladi.   Qobiliyat   va   qiziqish-havas   shaxsning   asosiy   individual
xususiyatlaridir.
I.QOBILIYaT
1.Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha.
Kishilar   turli   sohalardagi   faoliyatlarida   –   mehnat,   o’yin,   o’qish   va   ijodiyotda
biror narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir
odam   bir   ishni   sekinlik   bilan   bajarsa,   bir   kishi   tezlik   bilan   bajaradi.   Ayrim
kishilarning   faoliyatlari   samarali,   serunum   bo’lsa,   boshqalarniki   esa   kam   unum
bo’ladi.   Ba’zi   odamlar   o’z   ishlarida   ijodiy,   orginal   usullarni   ko’proq   qo’llansa,
ba’zi   bir   kishilarning   ishlarida   esa   bunday   usullar   kamroq   ko’rinadi.   Kishilar
faoliyatining  mana  shu  xususiyatiga  qarab,  biz  ularning qobiliyatlari  qandayligini
aniqlab olamiz.
  Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir.
Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda,
ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining
har   xil   turlariga   muvofiq,   nazariy   va   amaliy   qobiliyatllarni,   matematika,   texnika,
muzika,   adabiyot,   pedagogika,   ho’jalik,   tashkilotchilik   va   boshqa   sohalarga   oid
qobiliyat turlari bo’ladi.
Inson   qobiliyatining   barcha   turlari   hamma   odamlarga   xosdir   –   har   qaysi
odam   ma’lum   darajada   kishi   faoliyatini   barcha   turlariga   layoqatli   bo’ladi,   lekin,
shu   bilan   bir   qatorda,   ko’pchilik   faoliyatning   bir   necha   sohasidan   yoki   hatto   bir
sohasida salohiyat ortiqroq bo’ladi.
Biror   sohada   qobiliyati   sezilarliroq   bo’lib   ko’rinadigan   ayrim   kishilarni
qobiliyatli   kishi   (umuman)   qobiliyatli   matematik,   qobiliyatli   muzikachi,
konstruktir, rassom va hokazo deydilar.
Faoliyatning   biror   turi   sohasida   qobiliyatning   paydo   bo’lish   darajasi
muayyan kishining individual xususiyati bilan xarakterlanadi.
Qobiliyatning  bunday   xususiyatlari   maktab   bolalarida   ham   ko’rinadi.  Ba’zi
bir o’quvchilar o’zlarining zehni o’tkirliklari bilan, boshqalari poetik asarlarni aniq
2 idrok   qilishliklari   bilan,   uchinchisi   esa,   texnik   ijodkorligi   bilan,   to’rtinchisi   esa,
o’zining   laboratoriya   mashg’ulotlariga   usta   bo’lish   va   hokazolar   bilan   ajralib
turadi. 
Ayrim   kishilarning   qobiliyati   birgina   sohada   emas,   balki   bir   necha
sohalarda   yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Bunday   kishilar   har   tomonlama   qobiliyatli
kishilardir.
Odamning qobiliyatlarida tug’ma xususiyatlar ham namoyon bo’ladi. 
Shaxsning   rivoj   topib,   qobiliyatlarida   namoyon   bo’ladigan   tug’ma
xususiyatlari iste’dod deyiladi.
Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez
o’sishiga,   bilim   va   malakalarni   qanchalik   egallashiga   hamda   o’z   ishini   qanchalik
muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz. 
Qobiliyat   va   iste’dodda   kishining   aqli   (intellekti)   ham,   ya’ni   idrok   va
kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik o’sganligi ham
ko’rinadi.  Aql   faoliyati   diqqat   va  iroda  bilan   bog’liq   bo’lgani   uchun   qobiliyat   va
iste’dod   diqqat   va   irodaning   qanchalik   kuchli   va   barqarorligida   ham   ko’rinadi.
Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlarni qanday o’zlashtirishi, nazariy
va amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday qimmatli yangiliklar yaratishi,va
o’z  bilim  va  malakalarini  turmushga  qanday  tatbiq qila  bilishidan  ham,  kishining
qobiliyat va iste’dodini bilish mumkin. 
  Qobiliyat   va   iste’dodni   bilim   yoki   ma’lumotga   teng   baravar   deb,   ya’ni   u
bilan   aynan   bir   narsa   deb   qarash   yaramaydi.   Kishining   muayyan   bir   xildagi
qobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil qilish
tezligi   darajasi   bilan   belgilanadi.   Shuningdek,   qobiliyat   amalda   qo’llay   olish   va
ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va ko’nikma hosil
qilish esa, o’z navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga va o’sishiga
sabab bo’ladi.
Ma’lum   soha   yoki   biror   ixtisos   bo’yicha   faoliyat   samarasi   jihatidan
odamlarning   qobiliyat   darajasi   har   xil   bo’ladi.   Ba’zi   odamlar   o’zining   yuksak
darajali qobiliyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarning
3 talantli va genial deyiladi, ularning yuksak qobiliyatini esa geneallik va talantlilik
deyiladi.
Qobiliyat   odatda   ishtiyoq   va   moyillik   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Muayyan
faoliyatga   bo’lgan   moyillik   va   unga   bo’lgan   qobiliyat,   ko’pincha,   bir-biriga   mos
keladi,   birgalikda   o’sadi.   Kishidagi   moyillik   ko’pincha,   undagi   mavjud
qobiliyatlarning ko’rsatkichi bo’ladi.
Geniallik va talantlilik haqida
Genial   yoki   geniy   deb   biz   shunday   kishilarni   aytamizki,   ular   nihoyatda   katta
masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun
ahamiyatli   bo’lgan,   misli   ko’rilmagan   qimmatli   narsalar   yaratadilar.   Bunda   ular
yaratgan   narsalar   tarixda   go’yo   burilish   nuqtasi   bo’lib   xizmat   qiladi,   tarixni
oldinga   progressiv   tomon   harakatga   keltiruvchi   madad   bo’lib   xizmat   qiladi.
Masalan, biz Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz chunki, u shunday
asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyodga kelishi bilan o’zbek adabiyotida o’zbek
tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi.
Talantli   deb   shunday   odamlarni   aytiladiki,   ular   ma’lum   sohada   murakab
nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega
bo’lgan   qimmatli   narsalar   yaratishga   qodir   bo’ladilar.   Talantli   odam,   talantli
yozuvchi va talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktir deganda biz buni ana
shu ma’noda tushunamiz.
Talantli   deb   shuningdek,   bilimlarni   tez,   muvaffaqiyat   bilan   o’zlashtirib
oladigan   va   shu   bilimlarni   turmushda,   o’z   faoliyatlarida   to’g’ri   tatbiq   qiladigan
odamlarni   ham   aytiladi.   Talantli   o’quvchi,   talantli   student,   talantli   skripkachi   va
talantli pianist, talantli injener deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz. 
Geniy   –   bu   yangilik   yaratuvchi   va   kashf   qiluvchi   odam,   talantli   deb,   bu
yangiliklarni   tez   o’zlashtirib   oladigan   va   shu   bilimlarni   turmushda   tatbiq   qilib,
ularni oldinga suradigan odam deyish mumkin. Har bir geniy talantli ham bo’ladi,
biroq har bir talantli odamni genial deb bo’lmaydi. 
Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o’sib, voyaga yetgan, zehni
o’tkir,   xotirasi   kuchli,   xayol   va   tafakkuri   barkamol   kishilar   bo’ladi.   Ammo
4 geniallik   va   talantlilik   faqat   aqlning   kuchli   sur’atda   o’sganligidagina   ko’rinib
qolmaydi.   Kuchli,   barqaror   diqqat,   zo’r   ehtiros,   kuchli   va   mustahkam   iroda   ham
yuksak   qobiliyat   va   iste’dod   belgisidir.   Hamma   genial   odamlarning   o’z   ishiga
muhabbati   va   ehtirosi   zo’r   bo’lgandir.   Genial   odam   o’zini   ham   unitib,   butun
borligini   ishga   bag’ishladi.   Butun   hayotini   o’z   ishiga   ehtiros   bilan   bag’ishlagan
genial kishilarning irodasi nihoyat kuchli va sabotli bo’ladi. Ular kishini hayratda
qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Bunday   kishilar   faoliyatining   serunum   bo’lishi   ulardagi   butun   bilish
qobiliyatlarini, ijodiy, emosional va iroda kuchlarini ma’lum narsaga to’play bilish
qobiliyatlariga bog’liqdir.
Talantli   va   genial   kishilarning   juda   ko’pi   har   tomonlama   qobiliyatli
bo’lganlar.   Chunonchi,   Aristotel   ,   Leonardo   da   Vinchi,   Lomonos o vlar,   Abu   Ali
Ibn   Sino,   M.Ulug’bek,   Al-Forobiy,   Q ori   Niyoziy,   Navoiy,   Usmon   Nosir   va
boshqalar mana shunday bo’lganlar.
Tarixda bunday kishilarni ko’plab uchratish mumkin. Ular ulug’ tashkilotchi
va jamoat arbobi bo’lganlar.
Qobiliyat va iste’dodning o’sishi
H ar   bir   odamning   qobiliyat   va   iste’dodi   taraqqiyot   ma h sulidir.   Insonning
qobiliyati   uning   tug’ma   layoqati   asosida,   muhitga   bog’liq   ravishda   olayotgan
ta’lim-tarbiyasiga   qarab,   shuningdek   kishining   o’z   ustida   ishlashi   bilan   bog’liq
holda   o’sib,   kamol   topib   boradi.   Inson   o’z   mohiyati   bilan   ijtimoiy   tabiiy   zotdir.
Shuning   uchun   ham   unga   xos   bo’lgan   barcha   ruhiy   holat   va   jarayonlar   tabiiy
kuchga,   hayotiy   kuchga   egadir.   Bu   tabiiy   kuchlar   har   bir   insonga   ota-onadan
bevosita o’tadi va ular instinktlar, tug’ma layoqatlar tariqasida ijtimoiy munosabat
va faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi.
Tug’ma   layoqat   –   tayyor,   kamolotga   yetgan   qobiliyat   emas,   balki
qobiliyatning   o’sishi   uchun   faqat   tabiiy   zamindir,   u   kelgusida   qobiliyatga
aylanmo g’ i   mumkin.   Bunday   imkoniyatlar   faqat   tegishli   sharoit   mavjud
bo’lgandagina r o’ yobga chi q a oladi.
5 Tug’ma   layoqatni   irsiyat   bilan   aynan   bir   narsa   deb   tushunish   yaramaydi.
Layoqat   irsiyat   natijasigina   bo’lib   qolmay,   balki,   shu   bilan   birga   ona   xomilasida
o’sish natijasi hamdir. Layoqat – kishidagi tug’ma imkoniyatdir.
Layoqat kishining butun umri davomida o’zicha o’sib, kamolotga yetmaydi.
Layoqat   h ali   kishida   «mudrab   yotgan»   imkoniyatlardir.   Bu   layoqatning
«uy g’ onib»   yuzaga   chiqishi   uchun   tegishli   ijtimoiy   muhit   ham   bo’lmog’i   lozim.
Layoqatni  xuddi  uru qq a  o’xshatish   mumkin,  uru g’ dan  o’simlik  k o’ karib  chiqishi,
yetilib meva qilishi uchun  q ulay sharoit: tupro q  ,  h avo, quyoshning bo’lishi darkor.
Kishidagi tug’ma layoqatning o’sib kamol topishi uchun zarur bo’lgan sharoitning
asosi ijtimoiy muhitdir.
Ijtimoiy muhit layoqatlarning o’sib, kamol topishi uchun  q ulay yoki no q ulay
bo’lmog’i mumkin.
Q ulay   muhit   kishidagi   «mudrab   yotgan»   layoqatlarni   uy g’ otadi.
Layoqatning   o’ smo g’ i   uchun   q ulay   sharoit   bo’lishi   kishining   bolalik   cho g’ larida
ayniqsa   muhimdir.   Bolalar   o’z   o’yinlarida,   odatda,   kattalarga   ta q lid   qiladilar.
Ta q lid   qilish   jarayonida   bolalarda   ma’lum   bir   layoqatlar   dastlab   uy g’ ona
boshlaydi.   Muzikachilar,   rassom   yoki   shoirlar,   texnik   xodimlar   muhitida   o’sgan
bolalarning   ko’pchiligida   layoqatning   juda   barvaqt   uyg’onishi   sababi   ko’proq
mana shundadir.
No q ulay   ijtimoiy   muhit   sharoitida   kishidagi   tug’ma   layoqatlarning
«uy g’ onmay»   q olib   ketishi   mumkin.   Bunday   no q ulay   muhit   kishida   tasodifiy
ravishda   k o’ rina   boshlagan   biron   qobiliyat   va   iste’dod   alomatlarini   yo’qotib
yuborishi yoki ularning paydo bo’lish vaqtini ch o’ zib yuborishi ham mumkin.
Milliy   an’analar   urf-odatlarimizning   tiklanishi,   milliy,   umumbashariy   va
umumma’naviy  q adriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush
sharoitini o’zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilimdon, fidokor, iste’dodli
yoshlarni   tarbiyalash   imkoniyati   yaratildi.   O’zbek   xalqi   yuksak   a q l-zakovatga
dunyoni   boshqarish   q udrati,   salo h iyati,   qobiliyatiga   ega   bo’lgan   so h ib q iron   Amir
Temur kabi sarkardalar, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ba h ov u ddin Na q shband, X o’ ja
A h mad Yassaviy kabi ulug’ mu h andis majta h id ulamolari, Abu NasrForobiy, Abu
6 Ray h on   Beruniy,   Ibn   Sino   kabi   q omusiy   olimlari   bilan   birgalikda   Ul - Umaviy ,
H ofiz   Sheroziy   kabi   musi q ashunos   olimlari,   Nizomiy   Ganjaviy,   Abdura h mon
Jomiy,   Alisher   Navoiy,   Ulug’bek   kabi   mutafakkirlari   bilanfaxrlanib   qolmay,
ularning   ishlarini   davom   etishiga,   fan   sohasida   yangiliklar   yaratishga   ham
q odirdirlar. 
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari ja h on fani tarixiga kirgan olimlarimiz
ko’plab   topiladi.   Bizda   madaniy   saviyani   oshirish,   xalqimiz   orasida   ko’plab
bunyodga   kelgan   talant   va   salo h iyatlarni   kamol   toptirish   uchun   barcha
imkoniyatlar yaratilgan.
Iste’dodning   o’sib   kamol   topishi   uchun   faqat   muhit   ta’sirining   bir   o’zi
kifoya   qilmaydi.   Bunda   eng   muhim   narsa   ta’lim   va   ma h sus   tarbiyadir.   Qobiliyat
ta’lim   jarayonida,   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonida,   bilimlarning   ijodiy
qo’llanishida,   tegishli   ko’nikma   va   malakalar   hosil   qilish   jarayonida,   inson
faoliyatida   kamol   topadi.   Masalan,   muzikachi   bo’lish   uchun   tabiiy   qobiliyat   va
q ulay sharoit   bo’lishining  o’zi  kifoya  qilmaydi,  balki  o’qish,  muzika  nazariyasini
o’rganish,   texnikani   va   ma h sus   fanlarni   bilish   kerak   bo’ladi.   Yaxshi   uchuvchi,
injener,   umuman   qanday   bo’lmasin   har   bir   sohada   muta x assis   bo’lish   uchun
tegishli ma’lumot va tarbiya olishi kerak.
Ta’lim   jarayonida   kishi   mahsus   ko’nikmalar   va   faoliyat   texnikasini
egallaydiki,   ularsiz   uning   na   iste’dodi   yuzaga   chiqadi   va   na   qobiliyati   o’sib
yetiladi. «Men foydalangan texnikaning rivojlanganligi soyasidagina – deb yozgan
edi A.N.Rimskiy Korsakov, - mening ijodiyotim yangi jonli kuchga ega bo’ladi va
mening bundan buyon ijodiy faoliyatim uchun yo’l ochildi».
Ma’lumki,   barcha   yuksak   iste’dodli   kishilar   ko’p   va   tirishib   o’q iganlar.
Iste’dod ayni ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan qobiliyatlarida
ravshanro q   k o’ rina   boshlaydi.   Chunonchi,   kishining,   masalan,   muzika,   adabiyot,
texnika,   matematika   va   boshqa   shu   kabilarga   bo’lgan   iste’dodi   ta’lim-tarbiya
jarayonida oshkor bo’ladi.
Q ulay   sharoit,   o’qitish   va   tarbiya   odamdagi   layoqatning   barvaqt
uyg’onishiga   imkon   beradi.   Masalan ,   Rimskiy-Korsakov   onasi   kuylagan   kuylarni
7 ikki   yoshdano q ,   otasi   pianinoda   chalgan   kuylarni   to’rt   yoshida   takrorlar,   xirgoyi
qilar edi va otasidan eshitgan kichik muzika asarlarini tez kunda fortep ia noda o’zi
chala   boshlagan.   Mo s art   uch   yoshdan   boshlab   klavesinani   (pianinoga   o’xshash
muzika   asbobini)   chala   boshlagan,   eshitgan   muzika   asarlarini   h ayron   q olarli
darajada   darrov   esida   qoldirgan.   T o’rt   yoshida   o’zi   ham   muzika   asarlari   yarata
boshlagan.   Gayd i da   to’rt   yoshidayo q   muzikaga   bo’lgan   qobiliyat   k o’ rina
boshlagan. Prokofyev sakkiz yoshida kompozitor bo’lib tanila boshlagan.
Rassomlik   sohasida   Rafaelning   ijodiy   qobiliyati   sakkiz   yoshida,
Mikelanjeloda   o’ n   uch   yoshida,   I.Ye.Repin   bilan   V.A.Serovda   to’rt   yoshida,
V.I.Surikovda   olti   yoshida   k o’ rina   boshlagan.   Aleksandr   Ivanov   o’ n   bir
yoshidayo q   tasviriy   san’at   Akademiyasiga   kirgan.   Igor   Grabar   o’zi   haqida:
«Rassomlikka   necha   yoshda   havas   qo’ yganligimni   eslay   olmayman,   ammo   rasm
solmagan vaqtimni xotirlay olmayman», deydi.
Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy qobiliyatlari juda erta
k o’ rina   boshlagan.   Pushkin   to’qqiz   yoshida   Lermontov   o’ n   yoshida,   A.Navoiy   5
yoshida   ijod   qila   boshlagan.   Ularning   7-13   yoshlaridayo q   asarlari   bosilib   chi q a
boshlagan. Bayron bilan Shiller  o’ n olti yoshda yoza boshlagan. 
Bizning maktablarimizdagi ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga faqat bilim berish
bilangina   cheklanib   qolmay,   balki   bolalarning   barcha   qobiliyatlarini   o’stirishni
nazarda tutgan holda olib boriladi.
Kishilar   o’zidagi   t u rli   faoliyatlarga   bo’lgan   tug’ma   layoqatlarini   jamoada,
o’z   ustida   tinmay   ishlash   jarayonida   r o’ yobga   chiqaradilar.   Maktablardagi   sinf
hamda jamoa, guruhlar, ilmiy t o’ garaklar, fan olimpiadalariga ishtirok etish, ilmiy
anjumanlarga   ishtirok   etish   tug’ma   layoqatlarni   q ulay   imkoniyatlaridir.
Shuningdek,   o’quv   va   mehnat   faoliyatida   odamning   layoqatlari   uy g’ onadi   va
qobiliyatlari o’sadi, xalq talantlari shular jarayonida oshkor bo’ladi.
H ar bir shaxsning o’zi aktiv xarak at     qilgandagina ijtimoiy muhit, o’qish va
tarbiya   kishining   layoqatini   u y g’o tmo g’ i   va   iste’dod   hamda   qobiliyatlarini
o’ stirmo g’ i mumkin. Kishining qobiliyatlari uning faoliyatini belgilabgina qolmay,
balki kishining qobiliyatlari mana shu faoliyatda o’sadi va tarkib topadi.
8 Kishining   o’z   faoliyatiga   qanday   munosabatda   bo’lishi   katta   ahamiyatga
egadir.   Agar   kishi   o’z   ishini   sevib,   me h r   bilan   qilsa,   u   vaqtda   kishining   bu
sohadagi   salo h iyatlari   kuchliroq   yuzaga   chi q a   boshlaydi,   uning   qobiliyat   va
ma h orati   tezroq   o’sib   boradi.   Ishga   mu h abbat   qo’yish   –   u   ishga   qiziqish,   havas
qo’yish demakdir. Shu sababdan kishining qobiliyati uning qiziqish-havaslari bilan
musta h kam   bog’liq   va   qiziqishning   o’sib   borishiga   qarab,   kishi   qobiliyati   ham
o’sib boradi. Qiziqishlar esa hammadan ko’ra ko’proq, faoliyat jarayonida va o’sib
borayotgan qobiliyatlarga bog’liq ravishda o’sadi.
Yuksak   va   olijanob   maqsadlar   kishining   barcha   ruhiy   kuch   va
qobiliyatlarining o’sishiga katta stimul bo’lib xizmat qiladi.
Durust,   ayrim   vaqtlarda   kishining   qobiliyati   bilan   havaslari   bir-biriga   mos
bo’lmasligi   ham   mumkin,   masalan,   kishi   ma’lum   bir   sohada   qobiliyat   ko’rsatadi,
ayni   vaqtda   boshqa   bir   sohaga   ham   qiziqadi.   Bunday   hodisa   ko’proq   kishining
qobiliyatlari   h ali   to’liq   tarkib   topib   yetmagan   va   oshkor   bo’lmagan   davrlarda
uchraydi.
Qobiliyatning   o’sishida   mayyan   faoliyatga   qiziqish   va   mu h abbat   qo’yish
bilan bir qatorda, kishi o’z ustida ishlashi, uning mehnat faoliyati hamda bilimlari,
ko’nikma   va   malakalarini   ijodiy   ravishda   –   qo’ llana   olishi   ham   katta   ahamiyatga
egadir.
Ayrim   kishilar  bolalik  va o’quvchilik cho g’ larida,  ular  uchun   q ulay sharoit
bo’lishiga   qaramay,   h yech   qanday   o’z   ze h ni   va   qobiliyatlarini   ko’rsata
olmaganliklari ma’lumdir. Bunday kishilar keyinchalik sabot va chidam  bilan o’z
ustlarida   mustaqil   ishlashlari   natijasida   o’zlarining   zo’r   qobiliyatga   ega
ekanliklarini ko’rsatganlar.
Ko’p   vaqtlardan   beri   shu   narsa   ma’lumki   qobiliyat   bilan   o’zlashtirish
hamma vaqt ham bir xil bo’lavermaydi. Masalan, Gogol Nejinskiy gimnaziyasida
o’qiyotganida   adabiyotdan   «3»,   inshodan   esa   «2»   ba h o   olar   edi.   Mendeleyev
gimnaziyada   « o’ rta   h ol»   o’quvchilardan   biri   bo’lib   hisoblanishiga   qaramasdan,
keyinro q   borib   genial   olim   bo’lib   yetishdi.   A’lochi   bo’lib   o’q iganlardan
ko’pchiligining oddiy xizmatchi bo’lib qolganligi ham sir emas.
9 Moskva  matematika maktabiga asos  solgan, hozirgi  zamon matematikasida
yangi   oqim   yaratgan   atoqli   olim,   akademik   Luzin   maktabda   o’qigan   davrlarida
matematika   fanidan   «2»   ba h oga   o’q ir   edi,   uyda   matematikadan   yordamchi
o’qituvchi   bilan   tayyorlanar   edi.   O’sha   o’qituvchining   so’ziga   qaraganda,   Luzin
fanga tamoman layoqatsiz edi.
Tani q li   kinorejissyor   S.M.Eyzenshteyn   maktabda   o’q igan   vaqtida   rasm
darsidan   faqat   «3»   ba h o   olib   o’q ir   edi.   Lekin   keyinchalik   u   o’z   ustida   tinimsiz
ishlashi natijasida kinematografiya san’ati sohasida talantini ko’rsatdi.
Mash h ur   kishilar   hayotini   olib   q arasak,   ular   ijodiyotida   eng   muhim   o’rinni
ish g’ ol   qilgan   narsa   ularning   tinimsiz   ishlash   qobiliyatiga   ega   bo’lganliklari,
belgilangan maqsad yo’lida oylab, yillab,  o’ n yillab ishlay bilishlari va charchamay
unga erishish yo’llarini izlashlari bo’lgandir.
Ma’lumki,   maktabdagi   o’quvchilar   orasida   darslardan   ulgurmaydigan
bolalar   ham   uchraydi.   Bunday   o’quvchilarning   darslardan   ulgurmasdan   orqada
qolish   sababini   sinchiklab   tekshirish   shuni   ko’rsatadiki,   ularda   o’qishga   moyillik
bo’lmaydi   yoki   ular   dars   tayyorlash   yo’llarini   bilmaydilar.   Tajriba   shuni
ko’rsatadiki,   ularda   o’qishga   bo’lgan   qiziqish   va   istak   tug’dirish,   shuningdek,
ularda dars tayyorlash malakasini hosil qilish ularning darsdan ulgurib borishlariga
imkoniyat beradi.
Shuning   uchun   ta’lim-tarbiya   jarayonida   har   bir   pedagog   o’quvchilarga
muayyan   fanlardan   bilimlar   berish,   malaka   hosil   qilish,   ularning   h is   va   irodasiga
ta’sir etish bilan bir qatorda, ularning har birini jamiyatning munosib   q uruvchilari
bo’lib yetishishlari uchun tinmay o’z ust i larida ishlash lozim ekanligini ular ongiga
singdirish kerak.
O’quvchilarning   kelajak   mehnat   faoliyatlaridagi   muvaffaqiyat lari   faqat   ularning
maktabda   oladigan   bilim   va   ma lakalariga   bog’liq   bo’lmay,   balki,   asosan,
o’zlarining   bun dan keyingi o’z ust i larida tinimsiz ishlashlari orqali yangi   bil i mlar
hosil qilib borishlariga bog’liq ekanligini ularga  u qtirib o’tish zarurdir.
10 Kishining   qobiliyat   va   iste’dodi   mehnatda   namoyon   bo’ladi ,   shu   bilan   birga
kishi qobiliyatining o’zi ham faqat sa bot bilan mehnat qilish, tirishib tegishli bilim
va malaka hosil  qilish orqali kamol topadi.
2. Qiziqish va havas to’g’risida umumiy tushuncha
Qiziqish-havas   iborasini   biz   ko’pincha   maroqli,   ajoyib   yoqimli   ma’nolarda
ham   ishlatamiz.   Qiziq   spektakl,   maroqli   roman,   ajoyib   odam   va   hokazolar
deganimizda, odat da, shu ma’noda gapiramiz.
Bunday   ma’noda   tushuniladigan   qiziqish-havasni   bevosita   qiziqish-havas   yoki
qisqa   muddatli   qiziqish-havas   deymiz,   Bu   xildagi   qiziqish-havas,   asosan,
kishidagi   ixtiyorsiz   diqqat   jarayonida   ro’y   beradi   va   u   kishining   individual
xususiyat lari tarkibiga kirmaydi.
Bevosita   qiziqish   -   havasni   uzoq   muddatli,   nisbiy   barqaror   qiziqish-havasdan
farq qilmoq kerak. O’ziga xos tor ma’noda ishlatiladigai qiziqish so’zi aslida shu
xildagi  barqaror qiziqish-havasni bildiradi.
Qiziqishning   bu   xili   (barqaror   qiziqish-havas)   shaxs ning   diqqat   e’tiborini
muayyan   narsaga,   voqyelik   va   hayot ning   muayyan   sohasiga,   muayyan   bir
faoliyatga birmuncha uzoq vaqt  va barqaror qaratilishida ifodalanadi.
Qiziqish-havas,   jumladan,   kishining   o’zini   qiziqtirgan   narsaga   erishuviga
doimo intilishida, bu narsani bilib  ishga,  shu narsani  o’ziga yaqinlashtirish  va
uni egallab  olish uchun har doim intilishida ifodalanadi.
Odamlarga   xos   bo’lgan   turli   xil   qiziqishlar   orasida   har   bir  kishining  biron-
bir sohaga asosiy qiziqish-havasi bo’ladi.
Shunday qiziqish-havasniig bo’lishi  shaxsning  individu al   xususiyatinn   tashkil
etadi.
Individual qiziqish-havas – kishining o’z hayotida, dun yoda ma’lum bir narsani
eng muhim, eng qimmatli hisob lab, shu narsaga erishmoq, uchun intilishidir.
Shaxsning asosiy hayot yo’li individual qiziqish-havaslari da namoyon bo’ladi.
Qiziqishning bu tur i faoliyatining uni qiziqtir gan narsaga moyilligida, shu narsani
eslaganda   har   doim   yoqimli   tuyg’ular   his   qilishida,   shuningdek,   shu   narsa   va   u
bilan bog’liq bo’lgan ishlar haqida doim gapirishga moyil likda ko’rinadi.
11 Bu   qiziqish   butun   diqqat   e’tiborimizni   o’sha   bizni   qiziq tirgan   narsaga
qaratishimizda,   shu   narsaga   nimaiki   yaqin   aloqador   bo’lsa,   shuni   tez-tez   esga
olishimizda, xayolimizning hadeb shu narsa tevaragida aylanaverishida, fikrimiz ni
o’sha   biz   qiziqtirgan   narsa   bilan   bog’liq   bo’lgan   masala lar   juda   ham   chulg’ab
olishida ifodalanadi.
Individual qiziqishni  kishidagi diqqatning individu al xususiyatlari bilan, yoki
tuyg’u-hislar   bilan   yoki   undagi   orzu,   intilishlar   bilan   aynan   bir   narsa   deb
tushunish   yaram aydi.   Qiziqish-havas   –   shaxsning   individual   xususiyati   bo’lib ,
uning   diqqat-e’tibori   real   olamdagi   muyayan   bir   soha ga   muttasil   qaratilishidir.
Lekin kishidagi bu xil qiziq ish-havas uning diqqat-e’tiborida ham ,  hissiyotlarida
ham , intilishlarida ham, fikrlarida ham, faoliyatlarida ham  namoyon bo’ladi.
Qiziqish hammadan ko’ra ko’proq kishining kasbi, ixti sosi bo’yicha qiladigan
mehnati, o’qishi bilan bog’liq bo’ladi . Odamda shaxsiy qiziqishlar bilan birga,
u   ijtimoiy   ozod   bo’lgani   tufayli,   unga   yana   ijtimoiy,   siyosiy   va   ma’na viy
qiziqishlar ham xosdir.
2. Kishilarning qiziqishlariga qarab bir-biridan farqi
Odamlardagi   qiziqishlarni   biz   avvalo   bu   qiziqishlar ning   mazmuniga   qarab
turlarga  ajratamiz.  Qiziqishning  m azmuni   keng   ma’noda   olingan   voqyelikdagi
qanday   narsa lar   yoki   soha   bilan   qiziqilganligiga   bog’liq   bo’ladi,   shu lar  bilan
belgilanadi.   Kishilarning   mazmunan,   har   xil   bo’lgan   qiziqish-havaslarini   bu
qiziqishlarning   ijtimoiy   qimmatiga   qarab   ijobiy   qiziqish,   yuksak,   oliyjanob
qiziqish-havas   deb   baholasak,   boshqa   bir   qiziqishlarga   salbiy   qiziq ish,   past,
bachkana va hatto zararli qiziqish deb baho be ramiz.
Ijtimoiy-siyosiy   qiziqishlari   ham   mavjuddir.   Bu   qiziqishlar   jamiyatga   foyda
keltiradigan   yoki   reaksion   jamiyat   uchun   zararli,   yemiruvchi   qiziqish   bo’lmog’i
mumkin. 
Progressiv   ijtimoiy-siyosiy   qiziqishlar   kishidagi   eng   yuksak,   qimmatli
qiziqishdir.   Kishilarning   individualligi   faqat   unda   ijtimoiy   qiziq ishlarning
mavjudligi   bilan   emas,   balki   yana   mana   shu   ijtimoiy   qiziqishlarning   undagi
shaxsiy   qiziqishlar   bi lan   bo’lgan   nisbatida   hamdir.   Kishidagi   ijtimoiy   qiziqish lar
12 uning shaxsiy qiziqishlaridan ustun bo’lganda, undan  ham muhimrog’i, kishining
shaxsiy qiziqishlari ijtimoiy qiziq ishlar bilan mos bo’lgandagina shaxsning ma’naviy
hayoti ko’rkamroq bo’ladi.
Intellektual   (aqliy)   qiziqishlar   yuksak,   ijobiy   qiziq ishlardir.   Ana   shunday
qiziqish   egalari   uchun   o’z   hayotlari da   eng   muhim   narsa   –   fan   bilan   mashg’ul
bo’lish,   kerakli   nazariy   va   amaliy   masalalarni   hal   etishdir.   Chunonchi,
N yuton,   Lomonosov,   Darvin,   Siolkovskiy,   Michurin,   Pavlov,   ana   shunday
qiziqish bilan yashadilar.
Estetik qiziqishlarning  o’ziga berilib ishlaydigan kishi lar  ham  bo’ladi. Bunday
odamlar   uchun   o’z   hayotlarida   eng   asosiy   narsa   san’at   va   unga   xizmat   qilish
qimmatbaho   san’at   asarlari   yaratishdir.   Chunonchi,   rus   kompozitorlari dan
Glinka,   Musorgskiy,   Chaykovskiy   va   Moskva   badiiy   teat- riga   asos   solgan
Stanislavskiylar mana shunday kishilar dandir.
Ayrim kishilarda past va sayoz qiziqishlar ham bo’ladi. B unday past qiziqishga
faqat   o’zining   hissiy   ehtiyojlari ni   qondirishga   qaratilgan   qiziqishlar   kiradi.   Ana
shunday   qiziqishlar   quli   bo’lgan   odamlar   uchun   hayotlarida   eng   muhim
bo’lgan   narsa   ular   hatto   moddiy   jihatdan   ta’minlan gan   bo’lsalar   ham   ovqat
yeyish,   ichish,   uxlash   va   umuman   olganda   nafsini   qondirishdan   iboratdir.
Chunonchi,   Gogolning   «Qadimgi   zamon   pomeshchiklari»   povestidagi   Afanasiy
Iva novich va Pulxyeriya Ivanovnalar xuddi shu tipdagi odam lardir.
Shuningdek,   faqatgina   shaxsiy   boylikka   –   pul   yig’ish ,   dunyo   to’plashga
qiziqadigan   pastkash   odamlar   ham   bor.   Bun day   odamlar   o’zining   eng   zarur
ehtiyojlarini   qondirishdan   ham   voz   kechib,   yemay,   ichmay,   kiyinmay,   faqat
dunyo to’plashga,  mol yig’ishga harakat qiladi. 
Faqat   o’z   nafsini   ko’zlash,   dunyo   to’plash,   molparastlik ka qaratilgan tuban
qiziqishlar   nuqul   xudbinlik   xarakte ridagi   qiziqishlardir.   Bunday   qiziqishlar   nuqul
jamiyat   manfaatlariga   zid   bilib,   boshqa   kishilar   farovonligiga   zarar   yetkazadi.
Shu bilan birga, bunday qiziqishlar kishi  o ngini nihoyatda chegaralab, uni puch,
pastkash bir shaxsga  aylantirib qo’yadi.
13 Kishidagi   qiziqishlar   doirasi   har   xil   bo’ladi.   Odamlar   o’zi dagi   qiziqish
doirasining   keng   yoki   tor   bo’lishiga   qarab   ham   bir-birdan   farq   qiladilar.   Faqat
birgina   narsaga   qiziq ish  bilan cheklanib,  boshqa  narsalarga  e’tibor   bermay digan
odamlarni qiziqish doirasi tor kishilar deb ataladi.
Voqyelikdagi ko’p sohalarga qiziqadigan kishilarning  qiziqish doirasi xilma-xil
va   keng   bo’ladi.   Lekin   shu   bilan   birga   bunday   kishilarda   bir   qiziqish   asosiy,
markaziy o’rin ni oladi,
Qiziqish-havaslar   doirasining   keng,   xilma-xil   bo’lishi   ko’pincha   bu   qiziqish-
havaslarning yuksak va chuqur mazmunli   bo’lishi bilan ham bog’liqdir. Yuksak
qiziqish-havaslarga   berilib   yashaydigan   kishilarning   qiziqish-havas   doirasi   ham
keng va xilma-xil bo’ladi. 
Ayni bir xildagi qiziqish-havaslarning kuchi turli ki shilarda turli darajada bo’ladi.
Kuchli   qiziqish da   ko’pincha   kuchli   hissiyotlar   bilan   bog’liq   bo’lib   kishida
ehtiros tar zida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, odatda «ehtirosli  qiziqish»,
«zo’r   havas»   degan   iboralar   ishlatiladi.   Kishi dagi   zo’r   havas   chidam,   sabr-
toqat va sabotlilik singari  iroda sifatlari bilan bog’langan bo’ladi.
Muayyan bir darajadagi kuch bilan namoyon bo’ladigan qiziqish-havaslar, yana
kishilarda  barqarorlik  yoki   doimiylik   darajasi   bilan   ham   bir-biridan   farq   qiladi.
Ba’zi   ki shilar   bo’ladiki,   ularda   hosil   bo’lgan   muayyan   qiziqish-havaslar   doimiy
bo’lib,   umrbod   saqlanib   qoladi.   Chunonchi,   Lomonosov,   Michurin,   Prjevalskiy,
Gorkiy   singari   kishi larda   bo’lgan   qiziqishlar   shunday   doimiy,   barqaror
qiziq ishlardandir.
Ba’zi   odamlar   bir   narsaga   juda   qattiq   qiziqadilar,   kuchli,   zo’r   havas
qo’yadilar,   lekin   ulardagi   qiziqish-havas lar   uzoqqa   bormaydi;   bunday
odamlardagi   biron   narsaga,   biron-bir   faoliyatga   bo’lgan   zo’r   qiziqish-havas
o’rnini dar rov boshqa bir xil va shunday zo’r qiziqish-havas oladi.
Bunday kishilarning qiziqish-havaslari tez o’zgaradi. Bunday odamlarni odatda
«juda qiziqib ketadigan» ishqiboz  kishilar deb yuritiladi.
Ba’zi   odamlar   bo’ladiki,   ularda   paydo   bo’lgan   qiziqish   havaslar   nihoyat
kuchsiz   bo’lib,   tez   o’tib   ketadi   yoki   biron-bir   qiziqish   o’rnini   boshqa   bir   yangi
14 qiziqish   oladi.   Bunday   ki shilar   faqat   «shu   kungi»   qiziqish-havaslar   bilan
kifoyala nadi.   Bunday   kishilarni   ko’pincha   muayyan   orzu-havasi   bo’lmagan
odamlar deyiladi.
Odamlardagi   qiziqish-havaslar   tarixan   o’zgarib   turadi.   Shu   bilan   birga,   faqat
ijtimoiy   qiziqishlargina   emas,   balki   individual   qizishqishlar   ham   o’zgaradi.
Qiziqishlarni   kishining   boshqa   xususiyatlariga   qaraganda   ko’proq   darajada
ijtimoiy   muno sabatlar   va   ijtimoiy   turmush   sharoitlari   bilan   belgila nadigan
individual xususiyatlari deyish mumkin.
Biz   shaxsiy   manfaatparastlikka   asoslangan   qiziqish-havas larga   berilgan
odamlarni   yoqtirmaymiz.   Biz   odamlar dagi   bunday   qiziqishlarga   barham   berish
uchun   kurashamiz.   Bizdagi   boshqaruv   va   tarbiya   ishlarimiz,   jumladan,   yosh
avlod larimizda   yuksak   va   xilma-xil   ijobiy   qiziqish-havaslar   o’stirish ga
qaratilgandir .
3. Qiziqish-havasning ahamiyati
  Kishida muayyan qiziqish-havaslarning bo’lishi shuni ko’rsatadi ki,   kishi   shaxs
sifatida   faqat   kun   kechirish   bilan,   shu   bugungi   hayoti   bilangina   ovora   bo’lib
qolmasdan,   balki   istiqbol   bilan   ham   qiziqishadi.   Kishidagi   qiziqishlar   uning
dunyoqarashi,   e’tiqodi   va   ideallari   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Qiziq ish-havaslar
odamning   hayotini   mazmundor   va   ma’no dor   qiladi.   Kishilardagi   individual
qiziqish-havaslari uning  Vatanini manfaatlari bilan mos keladi,  Bunday qiziqish-
havaslar   kishida   qanchalik   xilma-xil   va   yuksak   bo’lsa,   uning   hayoti
shunchalik   ma’noli   va   mazmunli   bo’ladi.   Bunday   kishilarning   ijtimoiy
qimmati shunchalik  yuksak bo’ladi.
Qiziqish-havaslari   pastkash   yoki   tuturiqsiz   bo’lgan   odam larning   ma’naviy
hayoti   mazmunsiz   va   betayin   bo’ladi.   Bun day   odamlar   o’zlarining   nima   uchun
yashayotganliklarini,   ko’p incha,   o’zlari   ham   bilmaydilar.   Kishidagi
qiziqishlarning   susayib   yoki   yo’qolib   ketishi   uning   aqlini   ham   pasaytirib
qo’yadi,   faoliyatini   susaytirib   yuboradi   va   boshqa   ma’naviy   fazilatlariga   putur
yetkazadi,   kishini   bekorchilikka   moyil,   yalqov   qilib   qo’yadi.   Bular   bo’sh
15 qolgan   vaqtlarida   nima   bilan   mashg’ul   bo’lishlarini   bilmay,   zerikadilar   yoki
vaqtni o’tkazadigan biron bekorchi ermak topishga urinadilar.
Muayyan   oliyjanob   qiziqish-havaslarga   ega   bo’lgan   kishilar   har   doim   tetik,
faol bo’ladilar. Bunday kishilarning  hayoti ma’noli va sermazmun bo’ladi.
Shaxsning individual xususiyati bo’lgan qiziqish-havas lar uning hamma psixik
jarayonlariga   ta’sir   ko’rsatadi.   Yuqorida   ko’rib   o’tganimizdek,   kishining   bir
talay   xarakter   xislatlari   ham,   shuningdek   qobiliyatlarining   o’sishi   ham   ma’ lum
darajada undagi qiziqish-havaslar bilan belgilanadi. Kishidagi qiziqish-havaslar
uning   barcha   psixik   jarayonlarida   namoyon   bo’ladi.   Bizdagi   idrok   etish   esda
qoldi rish,   esga   tushirish,   xayol,   tafakkur   va   iroda   jarayonlari   qiziq ish-   havas
orqali   aktivlashadi.   Qiziqish-havaslar   esda   qoldi rishning   tez   va   mustahkam
bo’lishiga   ta’sir   ko’rsatadi,   xayol   va   tafakkur   faoliyatini   muayyan   izga   solib
yuboradi.   Qiziqish-havaslar   kishi   diqqatining   kuchli   va   barqaror   bo’lishi ga
yordam   qiladi,   bizning   tuyg’u-hissiyotlarimizning,   shu ningdek   bevosita
qiziqishlarimizning ham kuchli va barqaror  bo’lishiga yordam beradi.
Qiziqish-havaslar kishining mehnat faoliyati uchun nihoyat da katta ahamiyatga
ega.   Qiziqish-havaslar   kishini   faoliyatga   rag’batlantiradi,   uning   g’ayratiga-
g’ayrat   qo’shib,   ta shabbus   ko’rsatishga,   aktiv   harakat   qilishga,   ijod   etishga,
yangiliklar   yaratishga   yo’llaydi.   Qiziqish-havaslar   kishi ning   kuch-quvvatini
oshiradi. Shuning uchun ham kishining   qiziqish-havaslariga   mos   keladigan   ishlar
tezroq, osonroq  va unumliroq bajariladi.
Qiziqish o’qituv ishlarida katta ahamiyatga egadir.   O’quvchilarda   o’quv   fanlariga,
umuman   bilimga   va   o’zining   kelgusidagi   kasbiga   qiziqish-havasning   bo’lishi
bilimlarni ongli va mustahkam o’zlashtirishning muhim shartidir.  Shuning uchun
har bir pedagog o’z o’quvchilaridagi mavjud qiziq ish-havaslarni bilishi, bu qiziqish-
havaslarning qanday o’sib   borayotganligini   bilishi,   o’quv   ishlariga   va   mehnatga
barqaror,   mustahkam   qiziqish   paydo   qilishga   harakat   qilish i,   yordam   berishi
zarur.
4. Qiziqish-havaslarning o’sishi
16 Bolalar   bir   yasharlik   vaqtlaridayoq   yorqin,   ta’sirli,   o’tkir   t o vu sh l i ,   har ak at l i
na r s al ar ga   va   b i r i nc hi   m ar t a   ko ’ r g an   narsalariga   qiziqadigan   bo’ladi.
Shuningdek, bola endi gina qila boshlagan bir xil harakatlarni qayta-qayta tak rorlay
berishga ham qiziqadi. Bunday bevosita qiziqishlar  bolalarning ta’sirli buyumlarga
ixtiyorsiz   diqqat   qo’yishi da,   ularni   idrok   qilishida   va   o’zining   qilayotgan
harakat idan zavq qilishda ko’rinadi.
Bolalardagi   birmuncha   barqaror   qiziqishlar   esa   ular ning   yoshi   ulg’ayib
borishi,   atrof   muhitning   ta’siri   bilan   o’qish   va   tarbiya   jarayonida   paydo   bo’la
boshlaydi.
Bolalik davrida qiziqish-havaslarning o’sishiga bola ning atrofidagi odamlarda
bo’lgan  qiziqish-havaslar   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   Atrofdagi   odamlarning   bunday
ta’sirlari   ayniqsa   boladagi   o’sib   kelayotgan   qobiliyat   va   layoqatlar ga   mos
bo’lsa,   uning   qiziqish-havaslarining   tarkib   topishi da,   ko’pincha,   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega bo’ladi.
Bolalar   maktabgacha   tarbiya   yoshidanoq,   kattalar   nima   qilsa ,   o’zlarining
o’yin   faoliyatlarida   shularni   aks   ettira   boshlaydilar.   Jamoatchi likning   yangi
qurilishlariga   bo’lgan   zo’r   qiziqishlari   bola larning   suv,   to’g’on,   hovuz   singari
narsalar   bilan   qiziqish lariga   katta   ta’sir   etadi.   Jamoatchilikning   sun’iy   Yer
yo’ldoshi uchirilishiga, kosmonavtlarimizning qahramon ona  parvozlariga qiziqish
ayniqsa   bolalarning   qiziqish-havaslari ga   zo’r   ta’sir   ko’rsatadi.   To’g’ri,   bolalarda
bo’ladigan qiziqishlar hali qisqa muddat davom etadigan havaslar bo’lib , bunday
«qiziqishlar» tez  gurullab ketib,  tez so’nib  qolish i   mumkin.  Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi bolalarda qiziqish  muayyan bir narsalar bilan qisqa bir muddat qiziqish
tarzi da tarkib topa boshlaydi.
Albatta,   hali   ularda   uzoq   muddat   davom   etadigan,   barqaror   qiziqishlarning
bo’lishi   ham   mumkin   emas.   Chunki,   ularning   hali   tajriba   va   bilimlari   nihoyatda
kam,   kelgusi   haqida   orzu   hali   ularda   ko’rinmaydi.boqcha   yoshidagi   bola larni
kelgusidagi narsalar emas, hozirgi narsalar qiziq tiradi.
Birmuncha   barqaror   qiziqish   bolalarda   maktab   yoshida,   asosan,   o’qish
jarayonida tarkib topa boshlaydi.
17 Bola   maktabga   endi   muayyan   maqsad   bilan   boradi.   Endi   unda   maktabga,
o’qishga qandaydir qiziqish paydo bo’ladi.
Boshlang’ich   sinflarda   o’qish   jarayonida   bola   qaysi   fan dan   muvaffaqiyat
qozonsa, hammadan ko’proq o’shanga qiziqadi .
Bilimlarni  muvaffaqiyat  bilan o’zlashtirish  o’quvchi  bolani  har  doim  xursand
qiladi.   Muvaffaqiyatdan   zavqlanish   o’quv chida   ishga   qiziqish   tug’diradi,
binobarin, muvaffaqiyat dan zavqlanish qanchalik kuchli bo’lsa, ishga qiziqish ham
shunchalik kuchli bo’ladi. O’quvchilarda qiziqish o’quv fanla rining mazmuni bilan
ham, o’qitish metodlari bilan ham hosil  qilinadi. O’quv fanlariga bo’lgan qiziqish
dastlab   bevosita   qiziqish   bo’lib,   mashg’ulot   jarayonining   o’zida   hu zur   qilishda
namoyon   bo’ladi.   Keyinchalik,   mashg’ulotlar   da vomida,   o’quv   fanlarining
mazmuni,   ahamiyati   borgan   sari   ko’proq   anglashilib   boradi.   Shu   bilan   birga
bolada ma’lum   bir o’quv faniga bo’lgan qiziqish ham davomliroq bo’la bosh laydi.
Keyinchalik   esa   qiziqish   endi   shaxsning   muayyan   narsa ga   tobora   barqaror
diqqat-e’tibor berishi tarzida tarkib  topa boshlaydi.
Bolalarda   bunday   qiziqish   dastlab   bir   qancha   o’quv   fan lariga   birdaniga   yoki
oldinma-keyin   tug’ilishi   va   so’ngra   esa   barchasiga   baravar   qiziqish   paydo
bo’lmog’i  mumkin. O’quvchi larda   hamma   bilimlarga,   umuman   bilimga   qiziqish
mana  shunday tug’iladi.
Kichik   yoshdagi   o’quvchilardayoq   kelgusida   kim   bo’lish   masa lasiga   qiziqish
ko’rina   boshlaydi.   Ulardagi   bunday   qiziq ish   o’z   ota-onalari   va   katta   yoshdagi
maktabdoshlarining   gap lari   ta’siri   bilan,   shuningdek,   turli   kasbdagi   kishilar:
binokorlar,   vrachlar,   o’qituvchilar,   traktorchilar,   kombayn chilar,   o’quvchi   va
boshqalarning qilgan ishlarini kuzatishla ri natijasida paydo bo’ladi.
Kelgusida bunday kasb-hunar egasi bo’lish masalasi dast lab bolalarning faqat
orzu-xayoli,   bolalar   ideali   sifati da   voqye   bo’ladi.   Boladagi   kasbga   bo’lgan
dastlabki   qiziqish lar   hali   ularning   o’qib-o’rganayotgan   fanlari   bilan   bog’lanadi.
Shuning   uchun   ham   ulardagi   bunday   qiziqish   ularning   dars   o’zlashtirishlariga
ta’sir ko’rsatmaydi.
18 V-VIII   sinf   o’quvchilaridagi   qiziqishlarning   o’sishi   uchun   o’quv
mashg’ulotlari   bilan   bir   qatorda,   turli   to’garak larda:   texnika,   adabiyot,
san’atshunoslik   singari   to’garak larda   o’tkaziladigan   mashg’ulotlar   ham   katta
ahamiyatga ega.
O’quvchilarda   paydo   bo’la   boshlagan   qiziqishlar   ma’lum   bir   to’garakni
tanlashda   aniqlanadi,   to’garaklardagi   mashg’ulot lar   vaqtida   esa   bu   qiziqishlar
o’sib mustahkamlanadi,  ancha barqaror tus olib boradi.
O’quvchilar   maktab   yoshida   bilim   va   tajribalar   to’plashi,   umumiy   aqliy
saviyasining   kengayishi   munosabati   bilan   at rofdagi   kishilar   bilan   ancha   va
murakkab aloqa  bog’lay boshlaydilar, hayotning turli sohalari va faoliyat  turlari
bilan   tanishadilar,   xilma-xil   qiziqishlarga   ega   bo’lgan   kishilar   bilan
uchrashadilar   va   har   xil   kasblar   bi lan   tanishadilar.   Bularning   hammasini
o’quvchilar faqat   o’zlarining bevosita kuzatishlari yo’li bilangina bilib   qolmay,
balki   kattalarning   hikoyalaridan,   o’zlarining   o’qi gan   kitoblaridan   ham   bilib
boradilar.
Shunday   qilib,   o’quvchilarda   muayyan   o’quv   fanlariga   yoki   umuman   bilimga
bo’lgan   bevosita   qiziqishlar   bilan   birga   muayyan   kasbga,   hayotning   muayyan
sohasiga qiziqish mana shun day vujudga keladi.
Bolalarda   paydo   bo’lgan   kasbga   qiziqish   esa,   o’z   navba tida,   tanlagan
kasbni   egallashning   sharti   bo’lgan   muayyan   bilimlarga   qiziqishni
aktivlashtiradi.
Maktab   bolalaridagi   qiziqishlar   faqat   yuqorida   bayon   etilgan   tartibdagina
hosil   bo’lishi   shart   emas,   balki   bosh qa   yo’llar   bilan   ham   hosil   bo’lmog’i
mumkin:   chunonchi,   bola da   turli   faoliyatga,   kasbga   qiziqish   dastlab   atrof-
muhit ning   ta’siri   bilan   hosil   bo’lmog’i   va   so’ngra   bu   qiziqish   bilimga,   o’quv
faniga,   to’garak   mashg’ulotlariga   qaratilmog’i   mumkin.   Bunday   qiziqishlar
o’qish   va   to’garak   mashg’ulotla riga   qatnash   davomida   yana   mustahkamlanib,
qat’iylanib,  ancha kuchli va barqaror tus olmog’i   mumkin.
V–VI sinf o’quvchilaridagi qiziqishlar hali uncha barqaror   bo’lmaydi. Bunday
qiziqish-havaslar   ko’pincha   birda niga   boshlanib   ketadi   va   shuningdek,   tez
19 yo’qolib ham ketadi.  Boladagi bir qiziqish o’rnini boshqa bir qiziqish egal laydi.
Shuning   uchun   ham   qiziqishlarni   tarbiyalash,   ya’ni   bo lada   ijobiy   barqaror
qiziqish-havaslar paydo qilish za rurdir.
Albatta,   to’g’ri   yo’lga   qo’yilgan   ta’lim   ishlarining   o’zi yoq   o’quvchilarda
qiziqishlar   tarbiyalaydi.   Har   qaysi   o’quv   fani   va   har   qanday   bilim   qiziqarlidir.
O’quvchilarda   qiziq ish   paydo   qilish   va   uni   barqaror   qilish   o’qituvchilarga
bog’liq. O’quvchilarda qiziqish paydo qilish va uning barqaror ligini saqlab qolish
uchun   avvalo   o’qitiladigan   darslar ning   emosional,   yorqin   va   jonli   bo’lishi,
o’quvchilarga beri ladigan materiallarni amaliyot bilan bog’lab borish, so’ngra   esa
o’qib   o’rganiladigan   fanlarni   turmushning   turli   soha laridagi   rolini,
ko’rilishimizdagi ahamiya tini bilimlarning kelgusida kasb egallash va ma’lumotni
oshirish uchun zarurligini anglab olishi katta ahamiyatga  egadir.
Masalan,   fizika   darsida   M.G.Davletshin   tomonidan   mahsus   psixologik
tajribalar   o’tkazilib,   bunda   u   fizika ning   texnikada   qo’llanishiga   o’quvchilar
e’tiborini   jalb   etish   yo’li   bilan   maktab   bolalarida   texnikaga   qiziqish   ancha
ortganligini   ko’rsatadi.   Texnikaga   qiziquvchi   o’quvchilar   soni  14% ga oshdi.
Shu   bilan   bir   qatorda   tajriba   olib   borilgan  gruppadagi   o’quvchilarning   qiziqishi
chuqur   bo’lganligi   va   bundagi   motivlar   ham   ancha   ongli   bo’lganligi   aniq langan.
Fizika   fanini   o’qitishda   bunday   ishlar   olib   boril magan   gruppa   o’quvchilarida   esa
texnikaga qiziqish ancha past bo’lgan ligi aniqlangan.
O’quvchilarda   fanga   qiziqishni   paydo   qilish   va   uning   barqarorligini   saqlab
qolishda   o’qituvchining   fanga   bo’lgan   munosabati   katta   rol   o’ynaydi.   Agar
o’qituvchi   o’z   fanini   sevsa, unga qiziqsa, u vaqtda o’qituvchilarda ham shu fanga
ko’p   darajada   barqaror   qiziqish,   umuman   va   shu   bilim   bilan   bog’liq   bo’lgan
vaziyatda qiziqish-havas paydo bo’ladi.
O’smirlik davrida fanga bo’lgan qiziqish mustahkamla nish bilan birga, kelajak
kasbga birmuncha barqaror qiziq ish shakllana boshlaydi.
VII–VIII   sinf   o’quvchilari   kelgusida   o’zlarining   qiladi gan   ishlari   va   kasblari
to’g’risida   jiddiy   o’ylay   boshlay dilar.   14–15   yoshdagi   o’smirlarning   kelajagi
masalasi oila  sharoitida ham jiddiy muhokama mavzui bo’lib qoladi.
20 IX   sinflarda   kasb   tanlash   o’quvchilarning   asosiy   masalasi   bo’lib   qoldi.   Ular
o’qishni   davom   ettirib,   to’liq   o’rta   ma’lumot   olsammikan,   yoki   bi ron   kasb
hunar   maktabiga   kirib   o’qisammikan,   yo   bo’lmasa,   korxonaga   ishga
kirsammikan degan masala ustida o’ylanadilar.
Bordiyu,   o’quvchi   o’qishini   davom   ettirishga   qaror   qilgan   bo’lsa,   u   vaqtda
uning   oldida   qanday   ishlab   chiqarish   ixti sosi   beradigan   o’rta   maktabga
kirsammikan,   degan   masala   tug’iladi.   Agar   o’quvchi   ishlab   chiqarishga
kirishga   jazm   qilsa ,   u   vaqtda   qanday   korxona   va   qanday   ixtisosni   tanlashim
kerak,   degan   savolni   hal   etishi   kerak   bo’ladi.   Ishlab   chiqarish ga   kirishni   qaror
qilgan   o’smirlarimizning   ko’pchi ligi   ishlab   chiqarishdan   ajralmagan   holda
o’rta maktabda  o’qishni ham davom ettirishga qaror beradi.
O’smirlar   o’zlariga   kasb   tanlab   olishda,   albatta,   ota- onalarining,   yaqin
kishilarining,   birinchi   navbatda,   o’qituvchi larining,   tarbiyachilarining
yordamlariga (maslahatlari ga, yo’l-yo’riq ko’rsatmalariga) muhtoj bo’ladilar.
Albatta,   bola   o’z   qobiliyati   va   kuchiga   muvofiq   keladi ga n   v a   m a’ l u m
da r a j a da   t a ni sh   b o’ l ga n   ka sb ni   t an l a sa   yaxshi   bo’ladi.   Kishi   o’zi   mashg’ul
bo’ladigan   ishini   sevsa,   bu   ish   unga   xursandlik,   mamnunlik   bahsh   etadi,   kishi
juda katta ta shabbus ko’rsatadi, charchamay, g’ayrat bilan ishlaydi» .
O’qituvchining   dars   jarayonida   o’quvchilarga   beradigan   bilimlarini   va   amaliyot
bilan yaxshilab  olib boradigan va ilmiy, texnika, badiiy to’garaklar  yaxshi yo’lga
qo’yilgan   maktablarda   bolalar   ancha   to’g’ri   va   muvaffaqiyatli   ravishda   kasb
tanlashlari   mumkin.   Kasb   tanlash   masalalariga   bag’ishlab   mahsus   tashkil
etiladigan  ma’ruza, suhbat va ekskursiyalar o’quvchilarga katta yordam  beradi.
Yuqori sinf bolalari hayotida kasb-hunarga qiziqishlari  katta o’rin egallaydi.
Maktablarimizning   hozirgi   vaqt dagi   vazifasi   o’quvchilarga   faqat   nazariy
bilimlar berishgina bo’lmay, balki ularni turmushga konkret mehnatga tay yorlash
hamdir.   Katta   yoshdagi   o’quvchi   bolalar   maktabni   bitirgach   o’zlarining   unumli
mehnatda ishtirok etishlari  ke rakligini yaxshi biladilar. Shuning uchun ular o’qib
turgan  vaqtlaridayoq ishlab chiqarishga qatnashuvlari lozimligini  tushunadilar.
21 Lekin   o’smirlar   faqat   yaqin   kelajakdagi   hayot   va   fao liyatlari   to’g’risidagina
emas, balki uzoq kelajakdagi hayot  va faoliyatlari to’g’risida o’ylash va orzular
qilishga moyil  bo’ladilar.
Shuning   uchun   ham,   o’rta   maktabning   yuqori   sinfla rida   o’qib   yurgan
paytlarida   o’quvchilarning   birlari   maktabni   bitirish   bilan   bir-ikki   yil   ishlab,
mehnat   stajiga   ega   bo’lgach,   tegishli   oliy   maktabga   kirishga,   ikkinchi   birlari   esa
ishga kirib, ishlab chiqarish ishini kechki  yoki sirtqi  oliy maktablarda o’qish bilan
birga   qo’shib   olib   borishga   qaror   beradilar.   Qishloq   o’rta   maktablarini   bitiruvchi
yigit-qizlar imizning   ichida   maktabni   tamomlagach,   o’z   qishloqlarida   q olib
ishlashga   jazm   qiluvchilar   oz   emas.   Bunday   yoshlarimizning   ko’pchiligi   o’z
ishlarini   sirtqi   o’qish,   ayniqsa   qishloq   xo’jaligi   oliy   maktablarida   sirtqi   o’qish
bilan   birga   qo’shib   olib   borishga   qaror   beradilar.   Umumiy   ta’lim   maktabini
tamomlovchi yoshlarimizning ko’p chiligi o’z ixtisoslarini to’g’ridan-to’g’ri ishlab
chiqarishga,   o’zlarining   amaliy   mehnat   faoliyatlari   jarayonida   oshirish ni
ko’ngillariga tugib oladilar.
Katta   yoshdagi   o’quvchilarga,   shuningdek   VII   –   IX   sinf   o’quv chilariga   ham
bo’lg’usi   kasbni   tanlashda   ota-onalari,   o’qituvchilari   va   boshqa   yaqin   kishilari
yordamlashadilar,   yuqori   sinf   o’quvchilari   ular   bergan   maslahat   va
ko’rsatma larini   hisobga   olib,   ko’pchilik   hollarda   qat’iy   qarorni   o’zlari   qabul
qiladilar.   Ular   bu   qarorni   qabul   qilishda   amal   qiladigan   motivlarini   asoslab
bera oladilar.
Yuqori  sinf o’quvchilari har xil  kasblardan, ayniqsa   o’zlari   tanlagan  kasblardan
yaxshi habardor bo’ladilar.  Ular o’zlariga biron bir kasbni tanlabgina qolmay, balki
shu   bilan   bir   qatorda   bu   tanlangan   kasblari   qanday   bilimlar   talab   etishi   va   shu
kasbning qay sohada ko’proq foyda keltirishi masalalari bilan ham qiziqadilar.
O’qituvchilarda kelajak kasb tanlash jarayoni ayrim fanlarga, ayniqsa o’zlari
tanlagan kasb bilan bog’liq bo’lgan fanlarga bo’lgan qiziqishlarini aktivlashtiradi.
Shu   bilan   birga   yuqori   sinf   o’quvchilarining   o’zlariga   oldindan   kasb   tanlashlari,
shu   haqda   o’ylash,   fikr   yuritish   jarayonining   o’zi   ularning   xarakterlarini   tarkib
topishiga ta’sir ko’rsatadi.
22 O’quvchilarning qiziqishlari ularning qobiliyatlarining o’sishi, dunyoqarashning
tarkib topishi munosabati bilan o’sib boradi.
Yosh   yigit-qizlarimiz   umumta’lim,   akademik   lisey   va   kasb-hunar   kollejlariga
kirib,   o’rta   maktabni   bitirib   yetuk,   unumli   mehnatda   ishtirok   etishga   tayyor
bo’ladilar va o’z kelajak hayot yo’llarini belgilab oladilar. Yoshlarimizning bundan
buyongi   individual   qiziqish   va   qobiliyatlari   ularning   kasb   faoliyatlarida
mustahkamlanib boradi.
Yoshlarimizning   qiziqishlari   g’oyat   xilma-xildir.   Lekin   ulardagi   bu   xilma-xil
qiziqishlar   jamiyatimizni   yana   ham   gullab   yashnashida   umumiy   maqsadlar   bilan
qo’shilib boradi
23 Foydalaniladigan    adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston.  2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1- 2 2 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2014.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.  T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov   I.A.   “Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo’lida   xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
Asosi y  adabiyotlar
1. G’oziyev E.G’.   Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 2010.
2. Leontyev   A.N.   Leksii   po   obщyey   psixologii:   ucheb.posobiye   dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy.   –   5-ye   izd.,   ster.   –   M.:   Smыsl;   Izdatelskiy   sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
3. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii.  –   SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
4. Yaroshevskiy M. G. Istoriya psixologii. – M., 2012.
5. Marsinkovskaya T.V. Istoriya psixologii. M., 2002 
6. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.   
7. Schiffman   H.R.   Sensation   and   Perception:   An   Integrated   Approach.   5    th
  
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608        p.   
8. A History of Modern Psychology  /  Duane P. Schultz ,  Sydney Ellen 
Schultz .  Series:  PSY 310 History and Systems of Psychology.  Hardcover:  432 
pages.  Publisher:  Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011). Language:  
English.  ISBN-10:  1133316247. ISBN-13:  978-1133316244
24 25

Qobiliyat va qiziqish, havas REJA 1. Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha 2. Qobiliyatlilik darajalari 3. Qiziqish va havas to’g’risida umumiy tushuncha 4. Qiziqish-havasning ahamiyati 5. Qiziqish-havaslarning o’sishi 1

Shaxsning barcha ndividual xususiyatlari faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi. Qobiliyat va qiziqish-havas shaxsning asosiy individual xususiyatlaridir. I.QOBILIYaT 1.Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha. Kishilar turli sohalardagi faoliyatlarida – mehnat, o’yin, o’qish va ijodiyotda biror narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir odam bir ishni sekinlik bilan bajarsa, bir kishi tezlik bilan bajaradi. Ayrim kishilarning faoliyatlari samarali, serunum bo’lsa, boshqalarniki esa kam unum bo’ladi. Ba’zi odamlar o’z ishlarida ijodiy, orginal usullarni ko’proq qo’llansa, ba’zi bir kishilarning ishlarida esa bunday usullar kamroq ko’rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu xususiyatiga qarab, biz ularning qobiliyatlari qandayligini aniqlab olamiz. Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir. Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyatllarni, matematika, texnika, muzika, adabiyot, pedagogika, ho’jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari bo’ladi. Inson qobiliyatining barcha turlari hamma odamlarga xosdir – har qaysi odam ma’lum darajada kishi faoliyatini barcha turlariga layoqatli bo’ladi, lekin, shu bilan bir qatorda, ko’pchilik faoliyatning bir necha sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat ortiqroq bo’ladi. Biror sohada qobiliyati sezilarliroq bo’lib ko’rinadigan ayrim kishilarni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli matematik, qobiliyatli muzikachi, konstruktir, rassom va hokazo deydilar. Faoliyatning biror turi sohasida qobiliyatning paydo bo’lish darajasi muayyan kishining individual xususiyati bilan xarakterlanadi. Qobiliyatning bunday xususiyatlari maktab bolalarida ham ko’rinadi. Ba’zi bir o’quvchilar o’zlarining zehni o’tkirliklari bilan, boshqalari poetik asarlarni aniq 2

idrok qilishliklari bilan, uchinchisi esa, texnik ijodkorligi bilan, to’rtinchisi esa, o’zining laboratoriya mashg’ulotlariga usta bo’lish va hokazolar bilan ajralib turadi. Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir necha sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli kishilardir. Odamning qobiliyatlarida tug’ma xususiyatlar ham namoyon bo’ladi. Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlari iste’dod deyiladi. Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o’sishiga, bilim va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o’z ishini qanchalik muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz. Qobiliyat va iste’dodda kishining aqli (intellekti) ham, ya’ni idrok va kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik o’sganligi ham ko’rinadi. Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bog’liq bo’lgani uchun qobiliyat va iste’dod diqqat va irodaning qanchalik kuchli va barqarorligida ham ko’rinadi. Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlarni qanday o’zlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday qimmatli yangiliklar yaratishi,va o’z bilim va malakalarini turmushga qanday tatbiq qila bilishidan ham, kishining qobiliyat va iste’dodini bilish mumkin. Qobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan aynan bir narsa deb qarash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi qobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil qilish tezligi darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, qobiliyat amalda qo’llay olish va ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va ko’nikma hosil qilish esa, o’z navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga va o’sishiga sabab bo’ladi. Ma’lum soha yoki biror ixtisos bo’yicha faoliyat samarasi jihatidan odamlarning qobiliyat darajasi har xil bo’ladi. Ba’zi odamlar o’zining yuksak darajali qobiliyatlari bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarning 3

talantli va genial deyiladi, ularning yuksak qobiliyatini esa geneallik va talantlilik deyiladi. Qobiliyat odatda ishtiyoq va moyillik bilan bog’liq bo’ladi. Muayyan faoliyatga bo’lgan moyillik va unga bo’lgan qobiliyat, ko’pincha, bir-biriga mos keladi, birgalikda o’sadi. Kishidagi moyillik ko’pincha, undagi mavjud qobiliyatlarning ko’rsatkichi bo’ladi. Geniallik va talantlilik haqida Genial yoki geniy deb biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, misli ko’rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular yaratgan narsalar tarixda go’yo burilish nuqtasi bo’lib xizmat qiladi, tarixni oldinga progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo’lib xizmat qiladi. Masalan, biz Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz chunki, u shunday asarlar yaratdiki, uning asarlari dunyodga kelishi bilan o’zbek adabiyotida o’zbek tili taraqqiyotida yangi bir davr boshlandi. Talantli deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma’lum sohada murakab nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli narsalar yaratishga qodir bo’ladilar. Talantli odam, talantli yozuvchi va talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktir deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz. Talantli deb shuningdek, bilimlarni tez, muvaffaqiyat bilan o’zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda, o’z faoliyatlarida to’g’ri tatbiq qiladigan odamlarni ham aytiladi. Talantli o’quvchi, talantli student, talantli skripkachi va talantli pianist, talantli injener deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz. Geniy – bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli deb, bu yangiliklarni tez o’zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda tatbiq qilib, ularni oldinga suradigan odam deyish mumkin. Har bir geniy talantli ham bo’ladi, biroq har bir talantli odamni genial deb bo’lmaydi. Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o’sib, voyaga yetgan, zehni o’tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo’ladi. Ammo 4

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz