logo

SAMARQAND DAVLAT MEZEY QURIQXONASI 6v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.5 KB
                                          SAMARQAND DAVLAT MEZEY QURIQXONASI
Mustaqil   O‘zbekistonimizni   o‘tmishdagi   bosib   o‘tgan   yo‘lini   tahlil
qilmoqchi   bo‘lsak,   o‘zbek   xalqini   azaldan   tarix,   madaniyat   va   san’at   maydonida
o‘z o‘rni va salohiyati borligini guvohi bo‘lamiz. 
Ajdodlarimiz   qoldirib   ketgan   madaniy   meros,   jumladan,   Buxoro,
Samarqand, Surxondaryo, Termiz va boshqa viloyatlarda topilgan devoriy suratlar,
madaniy   yodgorlikdagi   naqshinkor   bezaklaru   undagi   epigrafik   durdonalar,   olimu
fozilu   yozuvchilar   qoldirib   ketgan   betakror   qo‘lyozma   asarlar,   ulardagi
hunarmand-kotibu suratkash va xattotlar tomonidan bezagan muqovalar, qolaversa
bu   kungacha   o‘z   ahamiyati   va   tarixiy   qiymatini   yo‘qotmagan   barcha
hunarmandchilik   namunalari   bo‘lishi   sopolchilik,   temirchilik,   zargarlik   (ayollar
zeb-ziynati ashyolari) yozuv san’ati va h. bizgacha yetib kelganligi-o‘zbek xalqini
o‘tmishdagi turmush tarzidan darak beruvchi daliliy ashyolar hisoblanadi. 
Albatta,   ushbu   madaniy   merosimizni   o‘rganish,   kelajak   avlodga   qoldirib   ularni
xabardor qilish, o‘tmishi, ajdodlari bilan faxrlanish his tuyg‘usini uyg‘otish hozirgi
kunda bizni, jumladan, barcha muzey xodimlarini asosiy vazifasi hisoblanadi.
Modomiki   shunday   ekan,   sobiq   ittifoq   davrida   o‘zbek   xalqini   nechog‘lik
mensimaslik,   savodsizga   chiqarib   qo‘yishlik,   madaniyatdan   bexabar   degan
tushunchalarga   chek   qo‘yish   va   yana   ko‘pgina   qora   dog‘lardan   xalos   etish
maqsadida   matbuot,   ommaviy   axborot   vositalari   orqali   hamda   muzeylardagi
ko‘rgazma va ekspozitsiyalardagi ashyolar orqali isbotlash mumkin. 
  “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi”  ekspozitsiyasida aynan ana shu
jihatlar,   aniqrog‘i   xalqimizning   ongi,  shuuri,   aqlu  zakovati   hali   bundan  bir   necha
ming   yillar   oldinroq   taraqqiy   etganligini   namoyish   etish   asosiy   maqsad   va
vazifalarimizdanbiri ekanligini isbot qilmoqchimiz.
Biz     2021   yil   15   dekaber   kuni     1   kurs   magestirant   talabalari   Samarqand     Davlat
muzey quriqxonasiga  muzey fondda saqlanayodgan ashyolar va   muzey ishi bilan
tanishish maqsadida guruximiz bilan  bordik.
Guruximiz   bilan     birinchi   navbatta   muzey   ishi   bilan     yaqindan   tanishib     chiqish
uchun     bizag     Abdiraxemov   Sanjar   bizga     yaqindan   yordam   berdi.     biz     birinchi
navbatta  Arxeologiya  fondi  bilan  tanishib  chiqdik  bu  fodda  umumiy 80 mingta
ashyo  saqlanib  bu  ashyolarning  yarimidan  ko’pi  Afrasiyob  shaxridan  topilgan
buyimlarni  tashkil  qilaykan.
Biz  quydagi  ashyolar  bilan  yaqindan tanishdik
Xum.   Mahsulot   saqlash   idishi.   II-IV   asr.   Samarqand   viloyati,   Afrosiyobdan
topilgan. 
                  Balbal:   Ushbu   eksponat   Balbal   deyiladi.   Bu   Janubiy   Qozog‘istondan
topilgan. Ushbu Balbal Bahodirlar vafot etgandan keyin ularga qabr toshi sifatida
qo‘yilgan.   Tagidagi   mayda   toshlari   esa   Bahodirlar   jang   paytlarida   qancha
dushmanni o‘ldirgan bo‘lsa shuncha toshchalar qo‘yilgan.                 Islomgacha   bo‘lgan   davr   tangalari.   1-qatordagi   tangalar   Samarqanddan
topilgan   bo‘lib,   VII-VIII   asrga   oid   so‘g‘d   ishxidlari   tangalari   hisoblanadi.   2-
qatordagi   tangalar   Draxma   Movarounnahrda   ishlatilgan   Buxorxudotlar   davrida
(VII-VIII asr). 
                V-asrga   oid   Budda   haykallari   Surxondaryo   viloyatining   Ko‘za-qo‘rg‘on
zodagonligi hisoblanadi. 
Buddaviylik   olamida   ibodatxona   devoriy   bezaklari   Farg‘ona   viloyatining
Quva shahridan topilgan.
                  Buxoro   viloyatidagi   Varaxsha   shahrining   VI-VII   asrdagi   ko‘rinishining
surati.   VII-VIII   asrga   oid   ayollar   haykallari   Buxoro   viloyatining     Ayoz-tepa
yodgorligidan topilgan. Varaxshaning  ichki devoridagi bezaklar.
                Islom   davridan   oldingi   davrda   yasalgan   buyumlar.   Ushbu   buyumlar   irim-
sirim uchun ishlatilgan. Samarqand yaqinidagi Afrosiyob tepaliklaridan topilgan.
                Ot   shaklidagi   Ostdon   ya’ni   (ossuariy)   V-VI   asrlarga   oid   bo‘lib,   ushbu
ostadonda   chavandozning   suyaklari   to‘plangan.   Zardushtiylik   dinida   olov,   suv,
havo,   tuproq   muqaddas   hisoblangani   uchun,   odamlar   vafot   etgandan   keyin
ularning   jasadini   maxsus   joylarga,   qo‘yishgan.   Keyinchalik   suyaklarini   ushbu
ostadonda saqlaganlar. Ushbu ostadon Samarqand viloyatining  Poyariq tumanidan
topilgan.
                Ushbu ostadon haykalsimon qopqoq bilan yopilgan. Ushbu ostadon o‘rtahol
kishi uchun yasalgan. Samarqand viloyatining Tayloq tumanidan topilgan. (VI-VII
asr).
            Ushbu   ostadon   VI-VII   asrlarga   oid   bo‘lib,   Shohlar,Zodagonlar   suyaklari
saqlangan.   Arxeologlar   tomonidan   Samarqand   viloyati   Mullaqo‘rg‘on   tumanidan
topilgan.
            Ushbu   xoj   shaklidagi   bezaklarga   ega   ostadon   Samarqand   viloyati,   Kofir-
qal’adan topilgan. (VI-VII asr). Taxminlarga ko‘ra Nasroniy uchun yasalgan.
                Ushbu   ostadon   VI-VII   asrlarga   oid   bo‘lib   Samarqand   viloyatining
Kattaqo‘rg‘on tumanidan topilgan. 
  Ushbu   kulolchilik   buyumlari   XV-XIV   asrlarga   oid   bo‘lib,   Samarqanddan
topilgan. Oq sir, ko‘k rangli bezaklar berish o‘sha davrda chinniga bo‘lgan qiziqish
juda   kuchli   bo‘lgani   sababli,   Xitoydagi   chinniga   o‘xshatib   yasashga   harakat
qilishgan.
                    Ushbu kulolchilik buyumlari XV-XIV asrlarga oid bo‘lib, Samarqanddan
topilgan.
           Ushbu metall buyumlar XV asrga oid bo‘lib Samarqand shahridagi Registon
maydoni   yaqinida-hozirgi   “yo‘lbarslar   xiyoboni”   o‘rnidan   topilgan.   Arxeologlar
tomonidan   Registonning   yonida   misgarlik   ustaxonasi   bo‘lganligi   aniqlanib,   u
yerdan 64 ga yaqin metall buyumlar topilgan.
              Tangalar:  Amir   Temur   va  Temuriylar   davri  Miri,  Fulus   tangalari.  XIV-XV
asrlar   xazinasi   Temur   va  Ulug‘bek   davri  fuluslari.  832  h.y.  1428/29  yy.  1984  yil
Ishtixon tumanidan topilgan. NUMEZMATIKA   FONDI   ushbu fondda   yurtimizdaq   qadimdan savdo   sotiqda va
soliqlarning     yig’ib   olishda     ishlatilib   kelinga     tangalar   bilan   tanishib   chiqdik.bu
fodda     30     mingdan     ziyot     ashyolar   saqlanilib   kelinadi.bu     foddagi     quydagi
tangalar  bilan yaqindan  tanishdik.
Ummaviylar   va   Abbosiylar   Dirhamlari.   VIII-IX   asrlar.
qator.   Samoniy   Dirahmlari.   X   asr.
qator.   Samoniy   Fuluslari. X   asr.
qator. Qoraxoniylar Dirhamlari X asr.5-qator. Tangalari (o‘ngdan chapga)
G‘aznaviylar   Dirhami.   XI   asr.
Xorazmshohlar Dirhami XIII asr boshi. va qalbaki tangalarni yasash uchun qolip.
                Ushbu   kulolchilik   buyumlari   VIII-IX   asrlarga   oid   bo‘lib,   Samarqand
yaqinidagi   Afrosiyob   tepaliklaridan   topilgan.   Rangli   bezak   berilgan   kulolchilik
buyumlari X- XII  asrlarga oid eksponat hisoblanadi.
                Ushbu   metall   buyumlar   XII   asrga   oid   bo‘lib,   Samarqand   yaqinidagi
Afrosiyobdan   topilgan   naqshli   oftoba   birinchi   eksponat   sifatida   muzeyga   olib
kelingan.
                  Ushbu   metall   buyumlar   ham   XII   asrga   oid   bo‘lib   Afrosiyobdan
topilgandir. Endi mazkur vitrinada namoyish   etilgan numizmatika ashyolari bilan
tanishing:
Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza.
Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza.
Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza.
Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza.
Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di. VIIasr.
Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di.VIIasr.
Shosh hukmronligi tangalari.  VII  asr. Bronza.
  Shosh hukmronligi tangalari. VII asr. Bronza.
Muhr.   X-XII   asrlar.   Aqiq.   Markaziy   Osiyo.   Kufiy   yozuvida:   “....   Rasul-All-
allo”.
Muhr.   X-XII   asrlar.   Aqiq.   Markaziy   Osiyo.   Kufiy   yozuvida:   “Mahmud....
Akbar....    Alhamdulilloh”.
Uzuk   muhr   XV-XVI   asr   boshi.   Markaziy   Osiyo.   Suls   yozuvida:   “Mavlono
Huseyn ibn Ali Darvesh Oqmachit” yozilgan.
Muhr   XVI-XVII   asrlar.   Aqiq.   Markaziy   Osiyo.   Suls   yozuvida:   “Mullo
Hodixo‘ja Muhammad ibn Mullo Muhammad domlo” yozilgan.
Muhr   1770-1771   yil.   Aqiq.   Markaziy   Osiyo.   Fors   tilida   arab   yozuvida   she’r
bitilgan.
Muhr 1893-1894 yil. Metall. Markaziy Osiyo. nastaliq yozuvida: “ Muhammad
Qosim binni Rizoqul, 1311 h.y.” yozilgan.
Somoniylar davridagi tanga nusxasi.
Somoniylar davridagi tanga nusxasi. 
Shayboniylar davridagi tanga nusxasi 
Shayboniylar davridagi tanga nusxasi  Temuriylar davridagi miri tanga nusxasi
“Markaziy   Osiyoda   yozuvni   paydo   bo‘lishi   tarixi”-ekspozitsiyasi   quyidagi
bo‘limlardan iborat
1. Yozuvning   paydo   bo‘lishi   tarixi   (Sug‘diy,   arab,   lotin,   kirill,   lotinga)
o‘tishni yangi davri).
1. Yozuvning   numizmatika   ashyolaridagi   aksi   (turli   davrlarga   taalluqli
tangalar,   sug‘d   yozuvini   yog‘och   va   terida   bitilgan   nusxalari,   muhrlar
namunasi)
2. Yozuvning turli hujjatlardagi aksi, xattotlik namunasi.
3. Qo‘lyozma va toshbosma kitoblar namunasi.
4. Yozuvning   arxeologiya   ashyolarida   aks   ettirilgan   namunalari   (kosa,
lagan, ko‘za, xum bo‘lagi  va h.)
5. Xattotlikda   qo‘llanadigan   yozuv   qurollari.   (Lavh,   juzgir,   qalam,
qalamdon, siyohdon...)
6. Lotin alifbosiga o‘tish davri va lotin yozuvidagi kitoblar. 
                Siz   bilan   birga   tomosha   qiladigan   ekspozitsiyamiz   yuqorida
aytganimizdek “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi” deb nomlanadi. 
Mazkur ekspozitsiyada turli fond ashyolaridan foydalanib, ularni qaysi asrga
mansubligi,   topilgan,   yasalgan,   bunyod   etilgan,   xattotlik   qilingan   sanasi   haqida
mukammalroq   tushuncha   berishga   harakat   qildik.   Markaziy   Osiyo   deganda,
qadimda   asosan   Boxtar   (Baktriya),   Sug‘d,   Farg‘ona,   Shosh,   Xorazm   xalqlari
nazarda tutilgan bo‘lib bu xalqlar asosan qardoshlik tillari bo‘lmish Sharqiy Eron
tilida so‘zlashishardi.
  Yuqorida   tilga   olgan   Markaziy   Osiyoning   har   bir   xalqi,   ya’ni   boxtar,   sug‘diy,
parfyan, xorazmiy, farg‘oniy va turkiy xalqlari o‘z yozuvlariga ega bo‘lgan. Hatto
ba’zi viloyatlarda hind yozuvi bo‘lmish-braxma yozuv turi ham uchragan. 
Savdo-tijorat   va   madaniy   aloqalar   natijasida   har   bir   viloyatda,   bir   necha   millat
yashaganligi sabab, bir vaqtning o‘zida turli din vakillari hamda turli e’tiqod hukm
surardi.
        Markaziy Osiyoda barcha viloyatlarda, jumladan, Boxtar (Baktriya), Sug‘d,
Xorazm, Turkmaniston va Eron yozuvining asosida oromiy yozuvi turardi.
        Oromiylar milodgacha bo‘lgan II asr oxiri va I asr boshida Mesopotamiyada
yashab   o‘tishgan....   Keyinroq   bu   yozuv   o‘rnini   sug‘diy   yozuvi   egallagan.   Arab
yozuviga   qadar   bu   yerda   isfara,   achchiqtosh,   urxun,   yenisey,   mixxat,   uyg‘ur
yozuvlaridan ham foyidalanilgan.
              Mazkur  ekspozitsiyamizda  yozuvning boshqa turlari, ularning tarixi, joyi
haqida   esa,   har   olti   oyda   o‘tqaziladigan   reekspozitsiyada   hikoya   qilib,   ko‘rsatib
borishni oldimizga vazifa qilib qo‘ydik.
          Endi esa, ekspozitsiyada yozuvni paydo bo‘lishi bosqichlari, bir yozuvdan,
ikkinchi   yozuvga   o‘tilishi   va   ularni   muzey   ashyolarida   qoldirgan   aksi   bilan
tanishamiz.     Barchaga   ma’lumki   qog‘oz   paydo   bo‘lishiga   qadar   yozuv   aksini   biz
yog‘och   bo‘laklarida,   mato’larda,   terida,   devoriy   suratlaru   sopol   idishlarda uchratganmiz. Fikrimizga misol qilib, mana bu Afrosiyob shaharchasidan topilgan
devoriy suratni aytishimiz mumkin.
              Sug‘diy   yozuvi   namunalari   muzey   fondida   saqlanib   kelinayotgan
ashyolarda,   jumladan,   hozirgi   ekspozitsiyamiz   vitrinalarida   o‘rin   olgan   qo‘yilgan
turli ashyolar namunasi misolida uchratish mumkin.
                Sug‘diy   yozuvi   yodgorliklarini   xududi   juda   katta   va   keng   qamrovlidir.
Buxoro, Samarqand, Qadimiy Marv, Mug‘uliston, Pokistonda,  Markaziy Osiyoda
esa Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Tojikiston zaminida bu yozuvni namunalari topilgan.
Sug‘d   yozuvining   shunchalik   keng   xududda   tarqalganligi   albatta   savdo-tijoratni
yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, savdogarlarni Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida  fa’olona
ishtiroki bilan bog‘liqdir.
                Markaziy Osiyoda arablarni kelishi bilan birga, arab alifbosi hamda arab
yozuviga   o‘tish   davri   boshlanadi.   Shu   davrdan   boshlab   sug‘d   yozuvi   o‘z   o‘rnini
arab yozuviga bo‘shatib beradi. Markaziy Osiyoda eng ko‘p davrni qamrab olgan
yozuv bu arab yozuvi va arab alifbosi  ekanligini  bilamiz. Mana bu arab yozuvini
turli  xillari bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda nasx, nasta’liq, suls,  rayhoniy,
riqo’, devoniy, musalsal, ko‘fiy yozuv turlari bilan tanishishimiz mumkin.
                Payg‘ambarimiz   Muhammad   s.a.v.   Bahrayn   amiri   hamda   podshoh
Muqavqisga yuborgan maktublari nusxasi. 
              751   yilning   iyul   oyida   Qirg‘izistonni   Taraz   (yoki   Talas)   daryosi   yonida
Xitoy   askarlari   bilan   qirg‘iz   askarlari   to‘qnashishadi.   Samarqand   hokimi   Abo‘
Muslim   esa   o‘z   xarbiylarini   to‘qnashuvni   bostirishga   jo‘natadi.   Natijada   Xitoy
xalqining   20   000   askarlari   asir   olinadi.   Ular   orasida   juda   ko‘p   hunarmandlar
oilalari   namoyandalari   bor   edi.     Xitoylik   hunarmandlar   ichida   qog‘oz   ishlab
chiqarish bo‘yicha muttaxassislar  ko‘pchilikni  tashkil  qilardi. Shunday qilib, VIII
asrdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sirru asrorlari keng yoyiladi
va   1000   yil   davomida   bu   soha   hunarmandlari   o‘zlarini   ashyolarini,   aniqrog‘i
Samarqand   qog‘ozini   ishlab   chiqib   uning   dongini   olamga   yoydilar.   VIII   asrdan
boshlab XIX asrgacha Samarqand qog‘ozi faqatgina Markaziy Osiyoda emas, balki
yaqin   Sharq,   Yevropa,   Ispaniya,   Fransiya,   Germaniya   davlatlarida   ma’lum   bo‘lib
bu qog‘ozga ehtiyoj juda katta edi. 
              Sifati   baland,   siyohi   bo‘yalmaydigan,   husni   xat   chiroyli   yoziladigan
Samarqand   qog‘oziga   teng   keladigani   yo‘q   edi.   Bu   xaritada   esa,   Samarqand
qog‘ozini   boshqa   davlatlarga   eksport   qilingani   ko‘rsatilgan.   Aytib   o‘tganimizdek
Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi uzoq  o‘tmishga borib taqaladi. 
        Bu vitrinalarda namoyish qilingan ashyolarda sug‘diy yozuvi aksini qog‘oz
paydo bo‘lishigacha yozilgan namunasi bilan yaqindan tanishasiz. Jumladan; 
            Yog‘ochga   bitilgan   sug‘diy   yozuvi,   tilxat.   Samarqand,   Afrosiyob
shaharchasidan topilgan. VI asr boshi.
              Teriga  bitilgan  sug‘diy  yozuv.  Mazkur   arab  yozuvi   bitilgan  teri   parchasi
Tojikiston   yaqinidagi   Haydarobod   qishlog‘i,   Mug‘   tog‘idan   topilgan     VII-VIII
asrga taalluqli.     
          Barchaga ma’lumki har bir davrning podshoh, amir va hukmroni har davru
zamonda o‘zhukmronlik davrida o‘z tangalarini zarb qilgan.          30   000 ga yaqin ashyolar saqlanadigan numizmatika fondida saqlanayotgan
osori   atiqalarda   arab   yozuvi   bitilgan   muhrlar,   uzukmuhr,   turli   davrda   turli
hukmronlar tomonidan zarb qilingan tangalar namunasi joy olgan. 
Endi mazkur vitrinada namoyish  etilgan numizmatika ashyolari bilan tanishing:
Xulosa   xulosa     urnida     shuni     aytish     kerakki     Samarqand     Davlat   muzey
quriqxonasi fondida saqlanayotgan  ashyolar yurtimizning  madaniy tarixi naqadar
boyligidan   dalolat   beradi   ushbbu.ushbu   fodsagi     ashyolar     bilan     yaqindan
tanishib  chiqib yurtimizning  boy  madaniy tarixining  judayam yaqindan  o’rganib
chiqib xalqimizda yanayam  boyitadi.

SAMARQAND DAVLAT MEZEY QURIQXONASI Mustaqil O‘zbekistonimizni o‘tmishdagi bosib o‘tgan yo‘lini tahlil qilmoqchi bo‘lsak, o‘zbek xalqini azaldan tarix, madaniyat va san’at maydonida o‘z o‘rni va salohiyati borligini guvohi bo‘lamiz. Ajdodlarimiz qoldirib ketgan madaniy meros, jumladan, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Termiz va boshqa viloyatlarda topilgan devoriy suratlar, madaniy yodgorlikdagi naqshinkor bezaklaru undagi epigrafik durdonalar, olimu fozilu yozuvchilar qoldirib ketgan betakror qo‘lyozma asarlar, ulardagi hunarmand-kotibu suratkash va xattotlar tomonidan bezagan muqovalar, qolaversa bu kungacha o‘z ahamiyati va tarixiy qiymatini yo‘qotmagan barcha hunarmandchilik namunalari bo‘lishi sopolchilik, temirchilik, zargarlik (ayollar zeb-ziynati ashyolari) yozuv san’ati va h. bizgacha yetib kelganligi-o‘zbek xalqini o‘tmishdagi turmush tarzidan darak beruvchi daliliy ashyolar hisoblanadi. Albatta, ushbu madaniy merosimizni o‘rganish, kelajak avlodga qoldirib ularni xabardor qilish, o‘tmishi, ajdodlari bilan faxrlanish his tuyg‘usini uyg‘otish hozirgi kunda bizni, jumladan, barcha muzey xodimlarini asosiy vazifasi hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, sobiq ittifoq davrida o‘zbek xalqini nechog‘lik mensimaslik, savodsizga chiqarib qo‘yishlik, madaniyatdan bexabar degan tushunchalarga chek qo‘yish va yana ko‘pgina qora dog‘lardan xalos etish maqsadida matbuot, ommaviy axborot vositalari orqali hamda muzeylardagi ko‘rgazma va ekspozitsiyalardagi ashyolar orqali isbotlash mumkin. “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi” ekspozitsiyasida aynan ana shu jihatlar, aniqrog‘i xalqimizning ongi, shuuri, aqlu zakovati hali bundan bir necha ming yillar oldinroq taraqqiy etganligini namoyish etish asosiy maqsad va vazifalarimizdanbiri ekanligini isbot qilmoqchimiz. Biz 2021 yil 15 dekaber kuni 1 kurs magestirant talabalari Samarqand Davlat muzey quriqxonasiga muzey fondda saqlanayodgan ashyolar va muzey ishi bilan tanishish maqsadida guruximiz bilan bordik. Guruximiz bilan birinchi navbatta muzey ishi bilan yaqindan tanishib chiqish uchun bizag Abdiraxemov Sanjar bizga yaqindan yordam berdi. biz birinchi navbatta Arxeologiya fondi bilan tanishib chiqdik bu fodda umumiy 80 mingta ashyo saqlanib bu ashyolarning yarimidan ko’pi Afrasiyob shaxridan topilgan buyimlarni tashkil qilaykan. Biz quydagi ashyolar bilan yaqindan tanishdik Xum. Mahsulot saqlash idishi. II-IV asr. Samarqand viloyati, Afrosiyobdan topilgan. Balbal: Ushbu eksponat Balbal deyiladi. Bu Janubiy Qozog‘istondan topilgan. Ushbu Balbal Bahodirlar vafot etgandan keyin ularga qabr toshi sifatida qo‘yilgan. Tagidagi mayda toshlari esa Bahodirlar jang paytlarida qancha dushmanni o‘ldirgan bo‘lsa shuncha toshchalar qo‘yilgan.

Islomgacha bo‘lgan davr tangalari. 1-qatordagi tangalar Samarqanddan topilgan bo‘lib, VII-VIII asrga oid so‘g‘d ishxidlari tangalari hisoblanadi. 2- qatordagi tangalar Draxma Movarounnahrda ishlatilgan Buxorxudotlar davrida (VII-VIII asr). V-asrga oid Budda haykallari Surxondaryo viloyatining Ko‘za-qo‘rg‘on zodagonligi hisoblanadi. Buddaviylik olamida ibodatxona devoriy bezaklari Farg‘ona viloyatining Quva shahridan topilgan. Buxoro viloyatidagi Varaxsha shahrining VI-VII asrdagi ko‘rinishining surati. VII-VIII asrga oid ayollar haykallari Buxoro viloyatining Ayoz-tepa yodgorligidan topilgan. Varaxshaning ichki devoridagi bezaklar. Islom davridan oldingi davrda yasalgan buyumlar. Ushbu buyumlar irim- sirim uchun ishlatilgan. Samarqand yaqinidagi Afrosiyob tepaliklaridan topilgan. Ot shaklidagi Ostdon ya’ni (ossuariy) V-VI asrlarga oid bo‘lib, ushbu ostadonda chavandozning suyaklari to‘plangan. Zardushtiylik dinida olov, suv, havo, tuproq muqaddas hisoblangani uchun, odamlar vafot etgandan keyin ularning jasadini maxsus joylarga, qo‘yishgan. Keyinchalik suyaklarini ushbu ostadonda saqlaganlar. Ushbu ostadon Samarqand viloyatining Poyariq tumanidan topilgan. Ushbu ostadon haykalsimon qopqoq bilan yopilgan. Ushbu ostadon o‘rtahol kishi uchun yasalgan. Samarqand viloyatining Tayloq tumanidan topilgan. (VI-VII asr). Ushbu ostadon VI-VII asrlarga oid bo‘lib, Shohlar,Zodagonlar suyaklari saqlangan. Arxeologlar tomonidan Samarqand viloyati Mullaqo‘rg‘on tumanidan topilgan. Ushbu xoj shaklidagi bezaklarga ega ostadon Samarqand viloyati, Kofir- qal’adan topilgan. (VI-VII asr). Taxminlarga ko‘ra Nasroniy uchun yasalgan. Ushbu ostadon VI-VII asrlarga oid bo‘lib Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan topilgan. Ushbu kulolchilik buyumlari XV-XIV asrlarga oid bo‘lib, Samarqanddan topilgan. Oq sir, ko‘k rangli bezaklar berish o‘sha davrda chinniga bo‘lgan qiziqish juda kuchli bo‘lgani sababli, Xitoydagi chinniga o‘xshatib yasashga harakat qilishgan. Ushbu kulolchilik buyumlari XV-XIV asrlarga oid bo‘lib, Samarqanddan topilgan. Ushbu metall buyumlar XV asrga oid bo‘lib Samarqand shahridagi Registon maydoni yaqinida-hozirgi “yo‘lbarslar xiyoboni” o‘rnidan topilgan. Arxeologlar tomonidan Registonning yonida misgarlik ustaxonasi bo‘lganligi aniqlanib, u yerdan 64 ga yaqin metall buyumlar topilgan. Tangalar: Amir Temur va Temuriylar davri Miri, Fulus tangalari. XIV-XV asrlar xazinasi Temur va Ulug‘bek davri fuluslari. 832 h.y. 1428/29 yy. 1984 yil Ishtixon tumanidan topilgan.

NUMEZMATIKA FONDI ushbu fondda yurtimizdaq qadimdan savdo sotiqda va soliqlarning yig’ib olishda ishlatilib kelinga tangalar bilan tanishib chiqdik.bu fodda 30 mingdan ziyot ashyolar saqlanilib kelinadi.bu foddagi quydagi tangalar bilan yaqindan tanishdik. Ummaviylar va Abbosiylar Dirhamlari. VIII-IX asrlar. qator. Samoniy Dirahmlari. X asr. qator. Samoniy Fuluslari. X asr. qator. Qoraxoniylar Dirhamlari X asr.5-qator. Tangalari (o‘ngdan chapga) G‘aznaviylar Dirhami. XI asr. Xorazmshohlar Dirhami XIII asr boshi. va qalbaki tangalarni yasash uchun qolip. Ushbu kulolchilik buyumlari VIII-IX asrlarga oid bo‘lib, Samarqand yaqinidagi Afrosiyob tepaliklaridan topilgan. Rangli bezak berilgan kulolchilik buyumlari X- XII asrlarga oid eksponat hisoblanadi. Ushbu metall buyumlar XII asrga oid bo‘lib, Samarqand yaqinidagi Afrosiyobdan topilgan naqshli oftoba birinchi eksponat sifatida muzeyga olib kelingan. Ushbu metall buyumlar ham XII asrga oid bo‘lib Afrosiyobdan topilgandir. Endi mazkur vitrinada namoyish etilgan numizmatika ashyolari bilan tanishing: Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Tarxun, 710 yilgacha. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza. Tanga. Ixshidlar.Samarqand sug‘di. Gurek. 710 yildan keyin. Bronza. Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di. VIIasr. Tanga. Buxorxudotlar. Buxoro sug‘di.VIIasr. Shosh hukmronligi tangalari. VII asr. Bronza. Shosh hukmronligi tangalari. VII asr. Bronza. Muhr. X-XII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Kufiy yozuvida: “.... Rasul-All- allo”. Muhr. X-XII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Kufiy yozuvida: “Mahmud.... Akbar.... Alhamdulilloh”. Uzuk muhr XV-XVI asr boshi. Markaziy Osiyo. Suls yozuvida: “Mavlono Huseyn ibn Ali Darvesh Oqmachit” yozilgan. Muhr XVI-XVII asrlar. Aqiq. Markaziy Osiyo. Suls yozuvida: “Mullo Hodixo‘ja Muhammad ibn Mullo Muhammad domlo” yozilgan. Muhr 1770-1771 yil. Aqiq. Markaziy Osiyo. Fors tilida arab yozuvida she’r bitilgan. Muhr 1893-1894 yil. Metall. Markaziy Osiyo. nastaliq yozuvida: “ Muhammad Qosim binni Rizoqul, 1311 h.y.” yozilgan. Somoniylar davridagi tanga nusxasi. Somoniylar davridagi tanga nusxasi. Shayboniylar davridagi tanga nusxasi Shayboniylar davridagi tanga nusxasi

Temuriylar davridagi miri tanga nusxasi “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi”-ekspozitsiyasi quyidagi bo‘limlardan iborat 1. Yozuvning paydo bo‘lishi tarixi (Sug‘diy, arab, lotin, kirill, lotinga) o‘tishni yangi davri). 1. Yozuvning numizmatika ashyolaridagi aksi (turli davrlarga taalluqli tangalar, sug‘d yozuvini yog‘och va terida bitilgan nusxalari, muhrlar namunasi) 2. Yozuvning turli hujjatlardagi aksi, xattotlik namunasi. 3. Qo‘lyozma va toshbosma kitoblar namunasi. 4. Yozuvning arxeologiya ashyolarida aks ettirilgan namunalari (kosa, lagan, ko‘za, xum bo‘lagi va h.) 5. Xattotlikda qo‘llanadigan yozuv qurollari. (Lavh, juzgir, qalam, qalamdon, siyohdon...) 6. Lotin alifbosiga o‘tish davri va lotin yozuvidagi kitoblar. Siz bilan birga tomosha qiladigan ekspozitsiyamiz yuqorida aytganimizdek “Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi” deb nomlanadi. Mazkur ekspozitsiyada turli fond ashyolaridan foydalanib, ularni qaysi asrga mansubligi, topilgan, yasalgan, bunyod etilgan, xattotlik qilingan sanasi haqida mukammalroq tushuncha berishga harakat qildik. Markaziy Osiyo deganda, qadimda asosan Boxtar (Baktriya), Sug‘d, Farg‘ona, Shosh, Xorazm xalqlari nazarda tutilgan bo‘lib bu xalqlar asosan qardoshlik tillari bo‘lmish Sharqiy Eron tilida so‘zlashishardi. Yuqorida tilga olgan Markaziy Osiyoning har bir xalqi, ya’ni boxtar, sug‘diy, parfyan, xorazmiy, farg‘oniy va turkiy xalqlari o‘z yozuvlariga ega bo‘lgan. Hatto ba’zi viloyatlarda hind yozuvi bo‘lmish-braxma yozuv turi ham uchragan. Savdo-tijorat va madaniy aloqalar natijasida har bir viloyatda, bir necha millat yashaganligi sabab, bir vaqtning o‘zida turli din vakillari hamda turli e’tiqod hukm surardi. Markaziy Osiyoda barcha viloyatlarda, jumladan, Boxtar (Baktriya), Sug‘d, Xorazm, Turkmaniston va Eron yozuvining asosida oromiy yozuvi turardi. Oromiylar milodgacha bo‘lgan II asr oxiri va I asr boshida Mesopotamiyada yashab o‘tishgan.... Keyinroq bu yozuv o‘rnini sug‘diy yozuvi egallagan. Arab yozuviga qadar bu yerda isfara, achchiqtosh, urxun, yenisey, mixxat, uyg‘ur yozuvlaridan ham foyidalanilgan. Mazkur ekspozitsiyamizda yozuvning boshqa turlari, ularning tarixi, joyi haqida esa, har olti oyda o‘tqaziladigan reekspozitsiyada hikoya qilib, ko‘rsatib borishni oldimizga vazifa qilib qo‘ydik. Endi esa, ekspozitsiyada yozuvni paydo bo‘lishi bosqichlari, bir yozuvdan, ikkinchi yozuvga o‘tilishi va ularni muzey ashyolarida qoldirgan aksi bilan tanishamiz. Barchaga ma’lumki qog‘oz paydo bo‘lishiga qadar yozuv aksini biz yog‘och bo‘laklarida, mato’larda, terida, devoriy suratlaru sopol idishlarda

uchratganmiz. Fikrimizga misol qilib, mana bu Afrosiyob shaharchasidan topilgan devoriy suratni aytishimiz mumkin. Sug‘diy yozuvi namunalari muzey fondida saqlanib kelinayotgan ashyolarda, jumladan, hozirgi ekspozitsiyamiz vitrinalarida o‘rin olgan qo‘yilgan turli ashyolar namunasi misolida uchratish mumkin. Sug‘diy yozuvi yodgorliklarini xududi juda katta va keng qamrovlidir. Buxoro, Samarqand, Qadimiy Marv, Mug‘uliston, Pokistonda, Markaziy Osiyoda esa Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Tojikiston zaminida bu yozuvni namunalari topilgan. Sug‘d yozuvining shunchalik keng xududda tarqalganligi albatta savdo-tijoratni yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, savdogarlarni Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida fa’olona ishtiroki bilan bog‘liqdir. Markaziy Osiyoda arablarni kelishi bilan birga, arab alifbosi hamda arab yozuviga o‘tish davri boshlanadi. Shu davrdan boshlab sug‘d yozuvi o‘z o‘rnini arab yozuviga bo‘shatib beradi. Markaziy Osiyoda eng ko‘p davrni qamrab olgan yozuv bu arab yozuvi va arab alifbosi ekanligini bilamiz. Mana bu arab yozuvini turli xillari bilan tanishishingiz mumkin. Bu yerda nasx, nasta’liq, suls, rayhoniy, riqo’, devoniy, musalsal, ko‘fiy yozuv turlari bilan tanishishimiz mumkin. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Bahrayn amiri hamda podshoh Muqavqisga yuborgan maktublari nusxasi. 751 yilning iyul oyida Qirg‘izistonni Taraz (yoki Talas) daryosi yonida Xitoy askarlari bilan qirg‘iz askarlari to‘qnashishadi. Samarqand hokimi Abo‘ Muslim esa o‘z xarbiylarini to‘qnashuvni bostirishga jo‘natadi. Natijada Xitoy xalqining 20 000 askarlari asir olinadi. Ular orasida juda ko‘p hunarmandlar oilalari namoyandalari bor edi. Xitoylik hunarmandlar ichida qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha muttaxassislar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Shunday qilib, VIII asrdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sirru asrorlari keng yoyiladi va 1000 yil davomida bu soha hunarmandlari o‘zlarini ashyolarini, aniqrog‘i Samarqand qog‘ozini ishlab chiqib uning dongini olamga yoydilar. VIII asrdan boshlab XIX asrgacha Samarqand qog‘ozi faqatgina Markaziy Osiyoda emas, balki yaqin Sharq, Yevropa, Ispaniya, Fransiya, Germaniya davlatlarida ma’lum bo‘lib bu qog‘ozga ehtiyoj juda katta edi. Sifati baland, siyohi bo‘yalmaydigan, husni xat chiroyli yoziladigan Samarqand qog‘oziga teng keladigani yo‘q edi. Bu xaritada esa, Samarqand qog‘ozini boshqa davlatlarga eksport qilingani ko‘rsatilgan. Aytib o‘tganimizdek Markaziy Osiyoda yozuvni paydo bo‘lishi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu vitrinalarda namoyish qilingan ashyolarda sug‘diy yozuvi aksini qog‘oz paydo bo‘lishigacha yozilgan namunasi bilan yaqindan tanishasiz. Jumladan; Yog‘ochga bitilgan sug‘diy yozuvi, tilxat. Samarqand, Afrosiyob shaharchasidan topilgan. VI asr boshi. Teriga bitilgan sug‘diy yozuv. Mazkur arab yozuvi bitilgan teri parchasi Tojikiston yaqinidagi Haydarobod qishlog‘i, Mug‘ tog‘idan topilgan VII-VIII asrga taalluqli. Barchaga ma’lumki har bir davrning podshoh, amir va hukmroni har davru zamonda o‘zhukmronlik davrida o‘z tangalarini zarb qilgan.