Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari
Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari 1. Shahaming nomlanishi borasida 2. Shaharning qisqacha siyosiy tarixi 3. Afrosiyob 4.Registon ansamblining shakllanish tarixi
Yer yuzining sayqali hisoblanmish Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biridir. Bundan 2750 yil oldin tashkil topgan ushbu shahar o'zining go'zal iqlimi, tabiiy va moddiy boyliklari mashhur bo'lgan. Samarqandning keyingi yuksalish davri Amir Temur faoliyati bilan bog'liqdir. Temuriylar saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo'lgan Samarqandda ko'plab hashamatli me'moriy inshootlar qurilgan. Shayboniylar davrida Samarqand poytaxt maqomini yo'qotgan bo'lsada, Buxoro xonligining yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatidagi mavqeini saqlab qoladi. Registon ansambli. Mirzo Uiug’bek, Sherdor,Tillakori madrasalari. 1723-30-yillarda qozoqlar bosqini davrida, 1740-47 yillarda Nodirshoh hujumi natijasida vayron bo'lgan Samarqand yana Buxoro amtri Amir Shoxmurod (1785- 1800 y.y.) davrida qayta tiklanadi.1868-yilda Samarqand shahri chor Rossiyasi tomonidan egallangach, dastlab shu yili tashkil topgan Zarafshon okrugining, keyinchalik 1887-yilda tashkil topgan Samarqand viloyatining markazi qilib belgilanadi.1991-yil O'zbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi. Azal-azaldan o'troq hayot, sug'orma dehqonchilik, ilm-fan va taraqqiyot markazi bo'lib kelgan Samarqand shahri Zarafshon vohasining markaziy qismida joylashgan bo'lib, jahon tarixida insoniyatning madaniy beshiklaridan biri sifatida e'tirof etib kelingan. Yer yuzining sayqali hisoblanmish ushbu shahar Qadimgi Sharq manbalarida Samarqand, yunon va rim manbalarida esa Marokand sifatida yuritilib kelingan. Marokanda Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. V asrga oid Xitoy manbalarida esa shahar nomi Sivangin(Sakmangin) tarzida atalgan. "Samarqand" so'zining kelib chiqishi to'g'risida bir qancha taxmin va farazlar mavjuddir. Sharq mualliflari "Samarqand" so'zining birinchi qismi, ya'ni "Samar" so'zi.ya'ni, shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha ta'riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to'g'risida ma'lumotlar aniqlanmagan. So'zning ikkinchi qismi "kent" (qand) qishloq, shahar degan ma'noni bildiradi. Ba'zi yevropalik olimlar, bu nom
qadimdan qolgan, sanskritcha "Samarya"ga yaqin, ya'ni "yig'ilish, yig'in" so'ztdan kelib chiqqan deb izohlaydilar. 11-asr olimlaridan Abu Rayxon Beruniy va Mahmud Qoshg'ariy shahar nomining kelib chiqishini "Semizkent", ya'ni "semiz qishloq" so'zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. Yer yuzining sayqali hisoblanmish Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biridir. Bundan 2750 yil oldin tashkil topgan ushbu shahar o'zining go'zal iqlimi, tabiiy va moddiy boyliklari mashhur bo'lgan.Miloddan avvalgi V asrda Samarqand Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga,keyinchalik 329 yilda Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga qo'shib olinadi.Miloddan avvalgi 4- asrdan milodiy 6-asrgacha Samarqand dastlabYunon Baqtriya,keyinchalik Kushon davlatlarining tarkibiga kirgan Sug'd o'lkasining poytaxti bo'lgan. 6-asrda esa Turk xoqonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-asr boshidan Zarafshon vodiysi Samarqand hokimlari qo'l ostiga o'tgan. 712-yilda Samarqand Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo'shinlari tomonidan egallanadi.. Qo'zgolon ko'targan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. At-Tabariy keltirgan ma'lumotga ko'ra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga bo'shatib berishga majbur bo'lganlar. Xuddi shu davrdan Samarqand arab xalifaligi tarkibiga kiritiladi. 9-asming 20-yillaridan mahalliy zamindor aholi vakillari Movarounnahr va viloyatlami boshqarishga tortilla boshladi. Jumladan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qo'liga o'tdi. O'sha vaqtdan Samarqand Somoniylar davlatining poytaxti bo'ldi. 11-asdan Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan Samarqand 12- asrdan Qoraxitoylarga tobe' etildi. 1210-yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida Samarqand 1220-yil Chingizxon qo'shinlari tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Natijada Samarqandning qadimgi o'rni Afrosiyob xarobaga aylanadi. Shahar aholisi bu hududni tashlab, bugungi Samarqand shahri o'rniga kelib joylashgan. Samarqandning keyingi yuksalish davri Amir Temur faoliyati bilan bog'liqdir. Temuriylar saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo'lgan Samarqandda ko'plab hashamatli me'moriy inshootlar qurilgan.
Shayboniylar davrida Samarqand poytaxt maqomini yo'qotgan bo'lsada, Buxoro xonligining yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatidagi mavqeini saqlab qoladi. 1723-30-yillarda qozoqlar bosqini davrida, 1740-47 yillarda Nodirshoh hujumi natijasida vayron bo'lgan Samarqand yana Buxoro amiri Amir Shoxmurod (1785-1800 y.y.) davrida qayta tiklanadi. 1868-yilda Samarqand shahri chor Rossiyasi tomonidan egallangach, dastlab shu yili tashkil topgan Zarafshon okrugining, keyinchalik 1887-yilda tashkil topgan Samarqand viloyatining markazi qilib belgilanadi. 1991-yil O'zbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi. Ayni vaqtda Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos o'rni, samarqandliklaming asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qo'shgan buyuk hissasining e'tirofi sifatida Samarqand "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlandi (1996-yil 28-avgust). Ordenni 1996-yil 18-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov topshirdi. Samarqand shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar o'tkazilmoqda. Ayniqsa, 1997 yildan boshlab "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining Samarqandda o'tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. 2007 yil avgust oyining oxirida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali bilan bir qatorda Samarqand shaxrining 2750 yilligi keng nishonlandi Afrosiyob Samarqand shahrining shimolida joylashgan bo'lib, maydoni 219 ga ni tashkil etadi.Ushbu hudud Samarqandning qadimiy o'rni bo'lib, XIII asr boshida mug'ullar qirg'inidan so'ng bu joy xarobaga aylanadi. Sharq mualliflarining asarlarida ushbu hudud "hisori Ko'hna","Qal'ai ko'hna " degan nomlar bilan ma'lum. Hozirgi barchaga ma'lum Afrosiob nomi esa manbalarda XVII-XVIII asrlardan boshlab uchraydi. Ushbu nom xalq orasida "Shohnoma" eposining qahramoni, Turonning afsonaviy pahlavoni Afrosiyob nomi bilan bog'Ianadi.Lekin aksariyat ilmiy manbalarda ushbu so'z so'g'dcha
"Parshavan", tojikcha "afrosiah ob"- "qora suv(daryo) ustida" ma'nosi bilan uyg'unlashtiriladi. Afrosiyob XIX asr oxirlaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etib kelinmoqda.Bu yerda olib borilgan bir necha yillik tadqiqiotlar shaharning qadimgi davr hayoti.rnadaniy-.ili borasida ko'plab ma'lumotiarga cga bo'lish imkoniyatini yaratdi. iumladan. mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni o'rganish jarayonida yer sathidan 10-15 metr chuqurlikda miloddan avvalgi IX-VII asr o'rtalariga oid ashyolar topildi. Bular qo'lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek. Shahar tiklangan 7 metr qalinlikdagi mudofaa dcvori qoldiqlaridir. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib ko'rilganda quyi qatlamlaridan shunga o'xshash va miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oid ashyolar topildi. Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o'rganilib, ular miloddan avvalgi VIII asrga, aniqrog'i 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi. Registon Samarqand shahrinmg bosh maydoni hisoblanib, "Registon" so'zi Ibischadan o'zbek tiliga tajima qilinganda "qumloq joy" degan ma'noni anglatadi. Bu liududda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari antik davrdayoq Registon maydonida katta ariq o'tgani. VIII-X asrlarda esa maydonda juda ko'plab imoratlar paydo bo'lgaiiiiti qayd etadi. Samarqand shahrining qadimgi o'mi Afrosiyob arablar tomonidan istilo qilingach, Afrosiyob markazida yashovchi mahalliy aholi o'z uylarini arablarga bo'shatib berishga va o'zlari hozirgi Registon maydoni va uning atroflariga ko'chib o'tishga majbur bo'lishgan. XI-XII asrlarda bu hudud tashqi ntudotaa devori bilan o'rab olinadi. Keyingi asrlarda "tashqi shaharning rivojlanishi hamda 1220-yilda Mrosiyobning Chingizxon tomonidan vayron qilinishi aholini pastga, ya'ni hozirgi Registon atroflariga kelib joylashuvi bu hududni hozirgi Samarqand shaharining inarkaziga aylanishiga olib keladi. Xuddi shu davrda bu yerdan oqib o'tuvchi daryo ancha sayozlamb qolgan. Shu sababli mahalliy aholi tomonidan daryo uchun yangi