logo

Xiva shahrining tarixiy yodgorliklari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.513671875 KB
Xiva shahrining tarixiy yodgorliklari
Reja:
1. Dishan   qal’a,  Ichan   qal’a,   Kalta   Minor,  anushaxon   hammomi,   Tosh   hovli   saroyi,
Polvon   darvoza,   Ota   darvoza,   Sayyid   Olovuddin   maqbarasi,   Pahlavon   Mahmud
maqbarasi, Islom   Xo’ja minorasi, Nurillaboy saroyi, Sayyid Sholikorboy masjidi
majmuasi, Sayyid Alovuddin maqbarasi.  Qal'a devorlari Ota darvoza 
2. Ichan qal’a yodgorliklari.
3. Dishan qal’a yodgorliklari. Qal'a   devorlari.   Qadimiy   shaharlarga   ko'rinish   beradigan   asosiy   narsa   bu   -
qal'a   devorlaridir.   Uning   asosiy   vazifasi   shaharni   tashqi   dushmandan   muhofaza
qilishdir.   Xiva   xonligi   Rossiyaga   tobe   qilingach,   uning   muhtasham   salobatli
devorlari   o'z   qudratini   tamomila   yo'qotdi.   Chunki,   o'zaro   ichki   urushlar   tugadi,
xonlikning   ko'p   sonli   qo'shini   tarqatib   yuborildi.   Faqat   bir   necha   o'nlagan
sarbozlar, ya'ni xon qo'riqchilarigina qolgan edi. Bu davrga kelib qal'a devori ichki
ziddiyatlami   bartaraf   kilish,   shahar   ahlini   o'g'irlik,  talon-tarojdan  asrash   va  so'nib
borayotgan   davlat   mirshablik   xizmatini   bir   oz   bo'lsada   muvofiqlashtirish   uchun
xizmat   qilmoqda   edi,   xolos.   Qolaversa   u   xonlikning   qachonlardir   erki   o'zida
bo'lgan   qudratli   davrini   eslatar,   feodal   tuzumning   dabdabali   hayotini   xotirlab
turadi.   Qal'a   devorlari   paxsa   (loy)dan   qurilgan   bo'lib,   o'ziga   hos   me'morchilik
bezaklariga   ega.   Shahar   ikki   devor   bilan   o'rab   olingani   bois   boshqa   shaharlardan
farq   qiladi.   Ichan   qal'a   devori   ilk   bor   eramizdan   avvalgi   Vl-V   asrlarda   qurilgan
bo'lib, davr o'tishi  bilan bir necha bor ta'mirlangan. Devorning ichkari  tomonidan
dushmanga o't ochish uchun tuyniklar (shinaklar) qo'yilgan. Har 30-50 metrdan esa
bahaybat   kungiralar   qad   rostlagan.   Ularning   sahnidan   himoya   davrida   to'plar
o'rnatib dushmanga o'q otilgan.
Shahar   to'rtburchak   shaklida   qurilgan.   Ichan   qal'a   devorining   uzunligi   2200
metr   bo'lib,   dunyoning   to'rt   tomoniga   qarata   qurilgan   darvozalari   bor.   Qal'a
ichkarisining   umumiy   maydoni   26   gektarni   (650x400m)   tashkil   etadi.   Tarix   -
madaniy   va   moddiy   manbalar   asosida,   o'rganilib   yoziladi,   Xiva   va   xivaliklar
to'g'risida aytilgan, yozilgan fikrlar juda ko'p. Ular keyingi ming yillikning deyarli
hamma   davri   yozma   manbalarida   uchraydi.   Bu   ma'lumotlar   bor   bo'lsada,
shahaming   paydo   bo'Iishi   to'g'risida   aniq   ma'lumot   bermaydi.   Shuning   uchun
shahaming   yoshini   aniqlash   maqsadida   1984   yilning   martidan   boshlab   qat'iy
harakat   boshlandi.   Unda   O'zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi
Qoraqalpog'iston   bo'limi   (M.   Mambetullayev   rahbarligida)   va   Xiva   tarixiy
arxitektura   muzey   qo'riqxonasi   ilmiy   xodimlari   jamoasi   (Sh.   Matrasulov
rahbarligida)   qatnashdilar.   Maqsad-   shahaming   qurilish   jihatlari,   mudofaa tuzilmalari   va   birinchi   bor   aholi   yashay   boshlagan   davr   kabi   bir   qancha
muammolarni o'rganish edi.
I. Qazish   ishlari   Ichan   qal'aning   shimoli-g'arbida
joylashgan   xonlar   qarorgohi   Ko'hna   arkning   ichida   730   kv.   metr   maydonda   olib
borildi.
II. Qazish   ishlari   Ichan   qal'aning   shimoliy-g'arbiy
burchagida   60   kv.   metr   maydonda   olib   borildi.   Aynan   qal'a   devorining
poydevorida 8X2 metrlik zovurda ham qazish ishlari bajarildi.
Ish   davomida   to'rtta   qurilish   qatlamidagi   mudofaa   devorlari   qoldig'i   topildi,
uzunligi 20 metr, balandligi 0,35-1,37 m bo'lgan ikkita paxsa devor, jumladan qum
ustiga   xom   g'ishtlardan   (o'lchamlari   49-42   sm,   41x   43   sm,   9   x   13   sm)   qurilgan
devor qoldig'i o'rganildi.
Shahaming   eng   qadimgi   davrini   o'rganish   uchun   birinchi   qazish   ishlari   olib
borilgan   joydan   bir   qator   ashyoviy   dalillar   olindi.   Bu   yerdan   er   av   1   ming   yillik
o'rtalariga oid qizil rangli sopol xumning pastki qismi topildi.
1984-1985 yillarda o'tkazilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida topilgan
sopol xum va xumchaiar, shuningdek, kosachalardagi "K" harfiga o'xshash belgilar
er.   av.   IV—III   asrlarga   oid   ekanligi   isbotlandi.   Ish   davomida   shahar   7   marta
vayron etilgani va qaytadan barpo etilib, hayot gullab-yashnaganligi aniqlandi.
1985-1995 yillar  davomida Xivaning eng qadimgi  qismi  Ichan qal'aning  olti
joyida, umumiy hajmi 1200 kv. metr, qal'a devorining 7 joyida qazish va o'rganish
ishlari   olib   borildi.   Eng   qadimgi   madaniy   qatlam   7   metr   chuqurlikda   yotgani
aniqlandi. Shunday qilib, arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib
turgan   qal'a   devorining   qurilish   davriga   asoslanib,   Xiva   shahrining   Polvon   yop
kanali   (eski   nomi   Xeykonik)   bo'yida   er.   av.   VI-V   asrlarda   bunyod   qilinganligim
isbotlashdi.   Ichanqal'a   devorining   atrofida   chuqur   zovur   bo'lib,   bu   zovur   qala
qurilishi   uchun   olingan   tuproq   o'mida   paydo   bo'lgan.   Tuproq   ham   maxsus   reja
asosida   olinganki,   hosil   qilingan   chuqurlik   suv   bilan   to'ldirilgach,   qal'a
devorigacha   yana   bir   himoya   vositasi   paydo   qilingan.   Devorning   balandligi   7-   8
metr,   qalinlifii   pastida   8-10,   tepada   2-3   metrni   tashkil   qiladi.   Dushmandan himoyalanish chog'ida qal'a devori ustida aravada yurish imkoni bo'lgan. Qal'a bir
necha   marta   buzilib   tuzatilganini   tarixchi   Xudayberdi   Qo'shmuhammad   o'g'li
o'zining   "Dili   g'aroyib'"   asarida   ham   yozadi.   Ichan   qal'a   devori   1740   yilda
Nodirshoh   tomonidan   vayron   etiladi.   Shahaming   vayronaga   aylanganini   biz
bilaniiz deb yozadi ms olimi NN. Veselovskiy.
Birinchidan, injener Nazimov chizgan shahaming xaritasi bunga isbot bo'ladi
chunki   Xiva   Nodirshoh   qamalidan   keyin   butunlay   boshqacha   ko'rinishga   ega
bo'lgan.
Ikkinchidan qamalda qolgan ikkita britaniyalik savdogar Tomson va Gog bu
hakda guvohlik beradi. Mazkur  rejaning o'z tarixi  bor. 1730-1735 yillarda Dashti
Qipchoqda   qattiq   ocharchilik   bo'lib   shu   davrda   qozoqlaming   Katta   juzi
Jung'oriyai'.a   tobe   bo'lib   qoladi,   O'rta   juz   Buxoroga   bo'ysunadi,   Kichik   juz   esa
Xiva   xonligiga   bo'ysundirildi.   Lekin   Kichik   juz   xonlari   jung'orlar   hujumidan
xavfsirab,   Rossiyaga   Anna   Ivanovna   hukumatiga   noma   yo'llashadi   va   Rossiya
hukmronligiga   olishlarim   sorashadi.   1739   yilda   Sirdaryo   etaklarida   joslashgan
Kichik juz va uning xom Abulxayrxon Rossiya fuqaroligini qabul qiladi. Rossiya
Kichik   juz   xavfsizligini   ta'minlaydi,   mining   evaziga   ular   dashtdan   o'tadigan
Rossiya savdo karvonlarini qo'riqlash majburiyatini oladilar. Shu yili Abulxayrxon
Rossiya   podshosiga   maktub   yo'llab   Sirdaryo   etaklarida   xonlik   uchun   qarorgoh
qurishda yordam so'ragan. Podsho xonni iltimosini qondirib, 1740 yilda Gladshev
va   Muravin   boshliq   yer   tuzuvchilarni   yuboradi.   Muhandis-nazoratchi   Nazimov
mazkur mutaxassislar gnruhida tilmoch vazifasini bajarishi kerak edi.
Rus   yer   tuzuvchilarining   Abulxayrxon   qarorgohiga   kelishi   arafasida,   xonni
xivaliklar   Xiva   xoni   taxtiga   taklif   qilishadi.   Xon   rus   mutaxassislarini   ham   olib,   i
Xivaga   yetib   keladi.   Ammo   bu   yerda   atigi   uch   kun   bo'ladi   xolos,   chunki   1740
yilninv   11   noyabrida   Xivaga   Eron   shohi   Nodirshoh   qo'shini   hujum         qiladi,
bundnn cho'chigan xon ortiga qaytishga majbur bo'ladi. Qizig'i shundaki, Nazimov
hech   qanday   topshiriqni   olmasdan   4   kun   ichida   Xiva   shahrining   tuzilish   planini
chizishga   ulguradi.   Demak   xon   Xivaga   1740   yil   7   noyabrda   kelgan,   mazkur
rejaning   tarixiy   qimmati   shundaki,   shahar   Nodirshoh   bosqinidan   so'ng   butunlay vayron   qilingan.   Nazimovning   ushbu   xaritasini   izohlar   ekan   tarixchi   olim
A.Abdurasulov  shunday   yozadi:   "Rejaga   asosan,  shahaming   bo'yi  ming  metr,  eni
400   metr   bo'lib,   u   40   gektar   maydonni   egallagan.   Bu   reja   Xorazm   antik
shaharlariga o'xshab ketadi. Shahaming butun tevaragi suvli handaq bilan o'ralgan.
Shaharga sharqiy tomondan maxsus ko'prik orqali kirish mumkin bo'lgan. Ko'prik
kechalari   ko'tarilib   qo'yilgan.   Shahaming   g'arbiy   qismida   xon   saroyi   joylashgan,
ko'prik yonidagi darvozadan boshlangan katta ko'cha to'ppa-to'g'ri Ark darvozasiga
kelib taqalgan. Ark shahaming g'arbiy qismida joylashgan".
Nazimov shahaming sathi va umumiy ko'rinishini juda aniq belgilagan. Unda
shahar atrofidagi bog'lar, tegirmonlar, quduqlar va boshqa topografik belgilar juda
aniq aks ettirilgan. Shahaming asosiy ko'chasi uni ikki qismga Shimoliy va Janubiy
qismlarga ajratgan. Katta ko'chaning janubiy tomonida 4 ta ko'cha va 9 ta mahalla,
shimoliy   tomonida   3   ta   ko'cha   va   8   ta   mahalla   joylashgan.   Shahaming   g'arbiy
qismidagi   Arkda   xon   saroyi,   haramxona,   aslahaxona   bo'lib,   ular   maxsus   qal'a
devori   bilan   o'rab   olingan.   Ushbu   xaritada   ko'rsatilishicha   shahaming   bitta
davozasi   bo'lib,   qolgan   darvozalar   bosqindan   keyin   qurilgan   degan   xulosani
bildiradi.   Xiva   tarixchisi   Shermuhammad   Munis   Xorazmiy   (1778-1829)   o'zining
"Firdavs ul-iqbol" nomli asarida Muhammad Amin Inoq to'g'risida shunday deydi:
-   "Sana   hijriy   1200   da   (1786)   Xavoq   qal'asinkim   Nodirshoh   kelganidan   buyon
vayron va xarob bo'lib edi, tozadin ma'mur va obod etdi".
Qariyib   yuz   yil   o'tgach,   Xivaga   Rossiya   elchilari   tashrif   buyuradilar,
diplomatlar   orasida   topogrof   G.N.   Zelenin   ham   bo'lgan.   Unga   o'ta   ehtiyotkorlik
bilan   xufyona   tarzda   shahar   rejasini   chizish   topshirig'i   berilgandi,   chunki   Knyaz
Perovskiyning   1839   yilgi   yurishi   mag'lubiyatga   uchragandan   so'ng   xon   chetdan
kelgan har bir odamdan shuhbalanib qolgandi. U topshiriqni maxfiy bajarish uchun
bozorga   keladi   va   ikki   dona   qovun   harid   qiladi.   Yo'l-yo'lakay   odamiardan
ko'chalar,   mahalalar,   guzarlar   nomi,   madrasa,   masjidlar   haqida   so'rab   boraveradi.
Ayni  paytda qovun po'stiga  qalamtarosh bilan maxsus  belgilar  ham  qo'yib boradi
va kechalari bu belgilarni qog'ozga tushiradi. Chor armiyasi polkovnigi M.N.Venyukov Zelenin tomonidan chizilgan Xiva
rejasini  shunday   tasvirlaydi:  "Xiva  shahrining  umumiy  ko'rinishi  boldog'i   g'arbga
qaratib   qo'yilgan   nokni   eslatadi.   Ichkari   shahar   esa   to'g'ri   turtburchak   shaklida
bo'lib,  sharqiy   va   g'arbiy  tomonlari   300   sajen,   shimoliy  va   janubiy   tomonlari   esa
200   sajendan   iborat.   Shahar   Angarik   va   Sirchali   kanallari   o'rtasida   joylashgan".
Sajen (1 sajen 2 mctru 13 sm ga teng).
Zelenin tadqiqotiga ko'ra shaharda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 ta savdo
rastalari   bo'lgan.  Shahar   tashqarisida   esa  ko'pgina   bog'lar,  dala  hovlilar,  sug'orish
tarmoqlari,   ekin   maydonlari,   yo'llar   bo'lganligi   rejada   aks   ettirilgan.   Shahaming
yana   bir   rejasi:   -   juda   aniq   va   mukammali   1905   yilda   rus   polkovnigi,   topograf
Rodionov rejasi  bo'lib, u shunisi  bilan qadrliki, mazkur  reja nafaqat shahar, balki
qishloqlar tarixini o'rganishda ham muhim manbadir.
1920 yilda XXSR tashkil topgach, Respublika Markaziy ijroiya qo'mitasining
maxsus   qaroriga   ko'ra   tajribali   muhandis   Matkarim   (naqqosh)   Ne'matullayev
tomonidan   shahaming   bosh   rejasi   tuzib   chiqiladi   (reja   muzey   fondida
saklanmoqda).   Bu   reja   juda   mukammal   bo'lib,   tarixiy-topografik   va   etnografik
tadqiqotlarga   suyaniladi.   Reja   masshtabida   shaharda   joylashgan   har   bir   inshoot
hech   bir   xato-kamchiliksiz,   to'liq   ifoda   etilgan:   14   ta   shahar   darvozalari   nomlari
bilan   birga,   64   la   madrasa.   79   ta   masjid   madrasa   va   masjidlarning   vaqflari   xam
qayd etilgan. Ko'chalaming joylashuvi, ma'muriy binolari bozor va karvonsaroylar
hamda boshqa binolar lasvirlangan.
Ota   darvoza.   Bu   darvoza   Ichan   qal'ani   g'arbiy   qismida   joylashgan   bo'lib,   u
shaharga kirish uchun asosiy darvoza hisoblanadi. Darvozaning ichkari qismida 13
ta   savdo   rastasi,   bostirmali   bozor-chorsu   bo'lgan.   Uning   o'ng   tomonida   esa
Muhammad   Aminxon   madrasasi   (1855   yil)   chap   tomonida   Ark   (Ko'hna   ark)
joylashgan.   Darvoza   ichkarisida   bojxona   va   sarrofxona   bo'lgan.   Bino   hajmi   va
o'lchamlari   konsrruksiya   imkoniyatlar   e'tibori   bilan   eng   qulay   me'yorda
belgilangan.   Imorat   yanada   pishiq   boisin   uchun   ravoqlar   kergi   kuchi   oz   bo'lgan
shaklda   yasalar   edi.   G'ishtlar   qatoriga   yog'och   to'siqlar   kiritilib,   gumbaz   og'irligi
bir   qancha   ravoqlarga   taqsimlanadi.   Kichik   gumbazlar   uchun   g'ishtni   "davra"   va "balxi" uslubida  teriladi. Ayni  vaqtda bino ichkarisi  suvoq qilingan. Darvozaning
bo'yi   10   metr,   eni   4   metr.   To'rtta   asosiy   xonasi   bo'lib,   XX   asming   20   yillarida
yiqilib   ketgan   va   1975   yili   asli   ko'rinishida   qayta   tiklangan.   Darvoza   tavaqalari
nihoyatda  chiroyli   islimiy   o'yma   naqshlar   va  geometrik   shakllar   bilan   bezatilgan.
Har ikkala tavaqasining ham bir joyida,bir xil o'lchamda (85 x 85 sm) to'rtburchak
ichiga   aylana   chizilib,   uning   o'rtasiga   sakkiz   qirrali   yulduzlar   tasviri   tushirilgan.
Shu   aylanalar   ichiga,   arab   tilida   o'ng   tavaqasida   "Ixlos   surasi"   "Qui,   huvallohu
ahad.  Allohus  samad.  Lam   yalid valam  uu  lad. Valam   yakunlahu  kufuvan  ahad",
chap tavaqasida - "kalimai shahodat" "La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh"
so'zlari   yozilgan.   Bu   darvoza   tavaqalari   aslida   Muhammad   Aminxonning   1850-
1851   yillarda   Xiva   yaqinidagi   Angarik   qishlog'ida   qurilgan   hovlisiga   o'rnatilgan
edi.   Darvozaning   Muhammad   Aminxon   hovlisiga   o'matilganligini   tasdiqlovchi
ikkita   fotohujjat   Xiva   davlat   muzey   qo'riqxonasida   saqlanmoqda.   Bularda   o'zbek
kino-foto   san'atining   qaldirg'ochi   Xudoybergan   Devonov   tomonidan   xon
hovlisining yiqilmasidan burungi ko'rinishlari tasvirlangan. Devonov bu darvozani
alohida   yaqindan   rasmga   tushirib,   tagiga   o'z   dastxati   bilan   "Muhammad
Aminxonning Angarikdagi hovlisi" deb yozib qo'ygan. Hozirgi vaqtda bu darvoza
shahaming asosiy kirish darvozasi bo'lib xizmat qilmoqda.
Polvon   darvoza.   Darvozaning   hozirgi   ko'rinishi   bir   qancha   ta'mirlashlar
natijasidir. Dastlab darvoza qal'a devoridan bir oz tashqariga turtib chiqqan oddiy
shaklga ega edi. Bu yerdan turib devor  tashqarisini  kuzatish ancha qulay bo'lgan.
Darvozaning   ikki   yonidagi   burjlari   shahar   devori   bilan   tutashgan   bo'lib,   yagona
mudofaa istehkomiga qo'shilgan edi.
Eltuzarxon  (1804-1806)   tomonidan darvoza  ichkarisiga  ko'p gumbazli   dolon
(yo'lak)ning qurilishi natijasida bu joy bozor rastasi vazifasini ham bajara boshladi.
Karvonsaroy   va   Tim   qurilgandan   so'ng   (1832-1833)   darvozaning   bozor
sifatidagi   ahamiyati   ancha   pasaydi.   Lekin   I83S   yilda   Olloqulixon   madrasasi
qurilishi   miniosabati   bilan   darvozaning   g'arbiy   qismi   qayta   qurildi   va   uning
oldidan ikki gumbazli va peshtoqli yangi hammom qad ko'taradi. Davr   o'tishi   bilan   dar/oza   ana   shunday   o'zgarib   bordi:-   ko'pchilik   qismi
yangilandi,   yangi   imoratlar   qurilishi   natijasida   darvoza   lamoman   o'zgacha
ko'rinishga   ega   bo'ldi   Hammom   allaqachon   yarim   vayronaga   aylangan,   rastalar
huvillab qolgan edi. Qadimgi darvozadan faqat poydevorlar saqlanib qolgan. Lekin
darvoza   hali   ham   oz   ahamiyatini   yo'qotgani   yo'q.   Polvon   darvoza   qayta   qurilgan
bo'lsa-da,   uning   darvoza   arxitekturasi   qadimgi   ustalar   mahoratining   namunasi
sifatida   qadilanadi.   Bino   hajmi   va   o'lchamlari   konstruksiya   imkoniyatlar   e'tibori
bilan eng qulay me'yorda belgilangan. Imorat yanada pishiq bo'lsin uchun ravoqlar
kergi   kuchi   oz   bo'lgan   shaklda   yasalgan.   G'ishtlar   qatoriga   yog'och   to'siqlar
kiritilib,   gumbaz   og'irligi   bir   qancha   ravoqlarga   taqsimlanadi.   Kichik   gumbazlar
uchun g'ishtni "davra" va "balxi" uslubda teriladi. Ayni vaqtda bino ichkarisi suvoq
qilingan. Bir necha gumbaz ustidan tushib turgan yorug'lik yarim qorong'i yo'lakm
yontib,   yanada   jozibador   qiladi.   Olloqulixon   madrasasining   janubiy   devori
yaqinida   pof'onasimon   ko'tarilgan   ulkan   gumbazlari   uzoqdan   ko'zga   yaqqol
tashlanadi,   bu   yerda   gumbaz   va   ravoqlar   binoning   umumiy   tuzilishini   kovs.nii»
turibdi.
Ko'p gumbazli Polvon darvozaning fasadlari g'arb va sharq tomonga qaragan.
Do.'ihon qal'a larafidagi sharqiy darvoza yirik qal'a devorlariga o'xshatib ishlangan
va   innJoiaa   uchun   ino'ljallanmagan   bu   darvoza   g'ishtlardan   terilgan   guldor   va
rangli sirkor qoplamalar bilan bezatilgan.
G'ishtlardan   terilgan   dandanalardan,   zangori   sirkor   bezaklar,   bosma
muqamas, gumbazdagi lojuvard rang sirli g'ishtlar juda mohirlik va did bilan Xiva
ustalari tomonidan b.ijarilgan
Rang-barang   bezaklar   tufayli   bu   inshootni   guldarvoza   ham   deyishadi.
Burjlardan   biri   (janub   tomonidagi)   1930   yilda   bir   oz   soddalashtirib   qayta
ta'mirlangan. Darvozaning g'arbiy tomoni esa Olloqulixon madrasasi  qurilayotgan
vaqtda   qad   ko'taradi   II   tashqi   tomoniga   nisbatan   ancha   sodda.   Bunda   qubba,
ravoqlar yo'q. I aqat peshtoq devorining ravoqdan yuqoridagi qismida sirli koshinli
namoyon   bor.   Xuddi   shu   yerda   "Shahri   Xiva"   so'zlari   yozilgan   tosh   taxta   bor.
Yuqoridagi ikki so'z bino tarixini ko'rsatadi, ya'ni darvoza yangidan shahar bunyod etilayotgan   davrda   1806-1807   yillarda   qurilgan   ekan.   1930   yilda   ta'mirlangan
darvozani,   Xudoybergan   Devonov   tomonidan   tushirilgan   eski   surati   muzey
fondida saqlanmoqda, unda fasvirlanishicha 1911 yilda darvozaning janubiy qismi
butunlay to'kilib ketgan ekan. Darvoza keyinroq 1982 va 1Q97 yillarda ham qayta
ta'mirlangan.
Muhammad Aminxon madrasasi. Xiva shahrida 64 ta madrasa mavjul bo'lib,
shular   ichida  eng  yirigi   va  chiroylisi   Xiva  xoni   Muhammad  Aminxon  tomonidan
qurilgan madrasa hisoblanadi. Madrasa Ichan qal'aning g'arbiy qismida joylashgan
bo'lib,   shahaming   bosh   darvozasi   Ota   darvozadan   kirib   kelganda,   о tsh   tomonda
joylashgan.   Bu   me'morchilik   obidasi   o'z   davriga   xos   uslubda   eng   katta   va
hashamatli   qilib   qurilgan.   Madrasa   pishiq   g'ishtdan   qurilib,   uning   dcvorlarini
qalinligi   1,5   mctrga   yetadi.   Madrasa   2   qavatli.   130   hujradan   iborat   bo'lib.   tarixiy
ma'lumotlarga asosan unda bir vaqtning o'zida 260 nafar talaba lahsil olgan. Madi
va minora qurilishi tarixini tarixchi olimlar quyidagicha yoritadiiar "Madaminxon
xonligining   to'rtinchi   yilida   Arkning   qibla   tomonida   bir   madrasa   va   minora
qurilishini   boshlatdi.   Uning   qurilishini   Bekniyoz   devonga   buyurdi.   Bekniyoz
devonbegi   qurilishni   boshlab,   uning   ustida   Muhammad   Karim   devonni   qo'ydi.
Muhammad   Karim   Xorazmning   mashhur   ustalarini   topib,   ishga   rnashg'ul   bo'ldi
Xonning amri bilan Angarikda qum etagida bir hovli va bog' qurilishi ham boshlab
yuborildi   va   unga   Abdulla   Qushbegi   tomonidan   Ismoil   devon   ibn   Odina   devon
bosh   qilib   qo'yildi.   1851   yilda   Muhammad   Aminxon   madrasasini   qurish   uchun
tanlov e'lon qilindi va ustaboshi Abdulla "jin" chizgan loyiha xoiga manzur bo'ldi.
Madrasa   uch  yildan  keyin  bitdi.  Xon  xushhol  bo'lib  Bekniyoz  rievonbegiga  katia
to'y   va   shohona   ziyofat   anjomini   tayyorlatdi.   To'yga   kelgan   xonning   og'a-ini   va
yaqinlan^a   zarbof   to'nlar   kiygizildi,   bedov   otlar   hadya   qilindi.   To'yda   ishtirok
qilgan hamma in'om olmasdan qolmadilar. Madrasaning binosiga zamon shoirlari
larixlar   aytih.   xondan   in'omlar   oldilar.   Madrasa   peshtog'ida   bir   minora   qurilishi
boshlangan cdiki.
hali   bitmagan   minorani   shoirlar   "Falak   ayvoniga   qo'yilgan   ustundek"   deb
tarifladilar. Madrasaning  peshtoqiga chiroyli  koshin laxtalar  o'matildi  va ularga nasta'liq
xatida quyidagi so'zlar yozib qo'yildi:
"Kad   vasallohu   taolo   ba   ixtitom   binoi   qazo   al   madrasai   muqaddasa   ul   lohi
xayrul   madoris   (11   olam   biamri   suitonuzzamon   Abul   G'oziy   Muhammad   Amin
Bahodirxon ibn Olloqulixon Navvarollohi marqadihi 1270".
Tarjimasi:
"Olloh   taoloning   inoyali   bilan   zamon   sultoni   Abulg'oziy   Muhammad
Aminxon   ibn   Olloqulixon   (uning   qabri   nurli   bo'lsin)ning   amriga   binoan   ushbu
muqaddas madrasa yaxshiliklar maskani bo'lsin deya bino ctildi". Hijriy sana 1270,
melodiy 1854 yil".
Madrasa   me'moriy   jihatdan   boshqa   shu   kabi   binolarga   o'xshash,   bino
simmetrik   tarzda,   ikki   qavatli   qilib   qurilgan,   tarhi   to'g'ri   burchakli,   hovlili.
Peshtoqning ikki yoniga an'anaviy guldasta-minoralar ishlangan. Bosh tarzini besh
gumbazli   miyonsaroy,   masjid,   darsxona   va   qo'shimcha   xonalar   egallagan.
Hovlining ikki yonida kichik peshtoqlar bor. Birinchi qavatdagi hujralar yotoqxona
va yordamchi xonalar sifatida xizmat qiladi, ikkinchi qavatdagi ravoqli peshayvon
binoga   fayz   bag'ishlagan.   Ichkari   hovlida   to'rtta   kichik   peshtoqlar   ham   mavjud
bo'lib,   ularda   "suls"   xatlari   bitilgan   koshinlar,   bezaklar   ham   mavjud.   Derazalarda
ganchdan   ishlangan   panjaralar   qurilgan.   Pastida   devor   va   sokol   orasiga   nam
o'tkazmaydigan   qatlam   (gidroizalasiya)-tosh   belbog'   (poyas)ni   balandligi   68   sm
qilib qo'yilgan. Madrasani o'lchamlari quyidagicha:
Umumiy o' lchami-71,7 x 60,0 metr
Ichkari hovli-38,0 x 38,0 metr
Masjid o'lchami-9,4 x 8,4 metr
Darsxona o'lchami-5,6 x 5,5 metr
Yozgi masjid-5,6 x 5,6 metr
Peshtoq o'lchami-25 metr balandlikda qurilgan.
Madaminxon   madrasasi-deb   yozadi   1863   yilda   Xivaga   kelgan   sayyoh
A.Vamberi-Karvonsaroy tipida qurilgan bo'lib, yonidagi minorasi xonning halokati
tufayli bitmay qolgan. Madrasaning 130 ta hujrasi 260 talaba uchun mo'ljallangan. madrasa  uchun ma'lum  miqdorda vaqf yeri  ajratilgan. Bu yer 32525 tanob bo'lib,
unda o'stirilgan va yig'ilgan hosil bilan o'quvchilar (talabalar) shug'ullanishgan. Bu
berilgan   vaqf   yeridan   yiliga   12000   Xiva   botmoni   miqdorida   (botmon-20   kg)
bug'doy va 5000 tillo pul daromad qilingan.    
Boshlang'ich   bosqichda   arab   grammatikasi,   mantiq,   shariat   qonunlari,   diniy
urf-odatlar,   arab   va   tors   tilidagi   adabiyotlar   o'rgatilgan.   Qolgan   ikki   bosqich
davomida talabalar "tahsib" (mantiq), ilohiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlarni
qunt   bilan   organishgan.   Madrasaga   o'n   besh   yoshga   to'lgan   har   bir   musulmon
farzandi,   savodi   va   iqtidori   inobatga   olingan   holda   qabul   qilinardi.   Ulami   mulla
yoki   tolibul   ilm   deb   ataganlar.   Madrasani   bitkazgan   talabalar   orasidan   shoirlar,
muarrixlar,   hattotlar,   olim   va   fuzalo   kishilar   yetishib   chiqqan.   Madrasada   katta
kutubxona va musulmon Oliy Sud boshqaruvi joylashgan.
Muhammad   Aminxon   madrasasi   1979   yilda   mehmonxonaga   aylantirildi   va
hozirgi kunlarda ham har yili ta'mirlanib, mehmonxona bo'lib sayyohlarga xizmat
qilmoqda.
Olloqulixon   madrasasi.   Xiva   xoni   Olloqulixon   (   1825-1842)   Xiva   shahrini
iloji   boricha   Osiyoning   eng   chiroyli   va   ko'rkam   shahriga   aylantirish   uchun   ko'p
qurilishlar   qilgan.   Nurab   turgan   eski   madrasalami   (bu   madrasalar   ko'pincha
sinchdan   va   xom   g'ishtdan   qurilgan   bo'lib)   buzdirib,   yangidan   pishiq   g'isht
ishlatgan   holda   o'z   davrining   yetuk   ustalariga   buyurib   qayta   qurdirgan.   Shular
qatorida   o'zi   uchun   Ichanqal'aning   sharqiy   devori   o'rnida   bir   chiroyli   madrasa
qurdirgan. Madrasa tint qurilgandan keyin qurila boshlangan, qurilish boshlashdan
ilgari   Xo'jamberdibiy   madrasasiga   yondoshgan   shahar   devorining   bir   qismi   va
Polvon darvoza gumbazlaridan bir nechasi buzub tashlangan. Paxsa va g'isht devor
qoldiqlari   tekislanib,   uning   ustiga   madrasaning   peshtoqi   tiklangan.   Bu   peshtoq
oldingi   madrasani   peshtoqi   o'rnida   qurilib,   buning   natijasida   bu   yerda   qo'sh
madrasa hosil qilingan.
Sun'iy ravishda qilingan, balandligi 3 metrlik tepalik Olloqulixon madrasasini
qo'shni   Xo'jamberdibiy   madrasasining   pastak   gumbazlaridan   ancha   yuqoriga
ko'tarishga va natijada ichkariga shahar tarafga o'tishga imkon berdi. Madrasaning hovli   qismi   boshqacharoq   ko'rinishga   ega:-   ikki   qavatli   hujralar   qatori   Polvon
darvozaning   kichik   gumbazlari   ustiga   va   qisman   tim   gumbazlari   chekkasiga
joylashgan.   Madrasa   trapesiya   shaklida   qurilgan   bo'lib,   unda   99   hujra,   yozgi   va
qishgi   masjid,  darsxona  mavjud.  Har  bir  hujrada  bir   eshik  va uning  ustida  kichik
darcha bor. Hujra pastiga chorsi g'ishtlar terilgan, devorlari ganch bilan suvalgan.
tepasidagi   "balxi"   gumbazlarini   ichi   bezalmagan.   Madrasadagi   qishgi   masjid   va
darsxona kabi katta xonalar ikki qavatli imoratlardek gumbazi uncha baland emas,
katta   ravoqlari,   bezaksiz   tekis   devorlar,   chuqur   tokchalar   bir   oz   beo'xshov
ko'rinadi.   Madrasaning   tashqi   bezaklari   butunlay   boshqachadir.   Ro'parasidagi
Qutlug'   murod   inoq   madrasasida   oq   va   rangli   ganch,   bosma   qolipli   sirli   koshin
ishlatilgan bo'lsa, bu madrasada faqat sirli koshin ishlatilgan. Lekin koshinlarning
naqshlari   har-xil   bo'lib,   kulollar   bu   yerda   joyning   bezatiladigan   o'rniga   qarab
namoyonlarning shakli, ranglar quyuqligi va o'lchamlarini ustalik bilan tanlaganlar.
Peshtoqdagi   islimiy   naqshlar,   mayin   shaklli   ravoqlar   qatorining   zerikarli   gireh
(geometrik)   shaklini   jonlantirib   turadi.   Hovlidagi   masjidning   peshtoqi   murakkab
halqasimon   islimiy   naqshlar   bilan   bezatilgan,   ushbu   peshtoqdan   yozgi   masjidga
o'tiladi. Madrasaning asosiy peshtoqining orqa tomoni odatda bezaksiz bo'lardi, bu
yerda   biz   jimjimador   islimiy   naqshlar   lushirilgan   sirli   koshinlarning   ajib
manzarasini ko'ramiz.
vladrasaning   qurilish   tarixi   turli   davrlarda   mrlicha   yozilgan.   Bu   haqda   ustoz
tarixchi   Ogahiy   o'zining   «Riyoz   ud   davla»   asarida   quyidagi   ma'lumotni
keltiradi:-"Qo'y   yili,   sana   1251   (I835y)   Olloqulixon   farmoni   bilan   Muhammad
Yusuf mehtar boshchiligida Toshhovuz qal'asi kurilgan...
Madrasai   oliya"   kim   Xiva   shahrida   Karvonsaroy   bilan   Pahlavon   darvoza
oralig'ida   joylashgan   bo'lib   ..   Muhammad   Rizo   qushbcgi   boshchiligida   qurilishi
boshlangan edi. U vafot etganidan so'ng Otamurod Qushbegi boshchiligida qurilib
oxiriga yetkazildi. Ul "Madrasai xon" deb ataladi.
Lekin   xivalik   qariyalarni   xotirlashlaricha,   bir   vaqtlar   (1961   yilda)
madrasaning darvozasini bezab turgan ustunchada (binasida)   1834   yilni   ko'rsatuvchi   yozuv   bo'lgan.   Ustozimiz   Komiljon   aka
Xudoyberganov   o'zining   "Xiva   xonlari   shajarasi   "   risolasida   Olloqulixon
madrasasini  tarixi haqida to'xtalib, quyidagicha fikr bildirgan:- "Madrasa peshtoqi
kitobasida   ko.shinga   arab   tilida   nastaliq   xatida   shunday   so'zlar   yozilgan,:-   Olloh
taoloning   sbuofati   bilan   bu   serfayz   makon,   xayr   va   barakalar   koni,   Muhammad
Rahim podshohi g'oziy (uning qabri nurli bo'lsin) ning o'g'li hazrati ulug' sulton va
hurmatli   xoqon   Abulg'oziy   Olloquli   Xorazmshoh   (uning   davlati   mangu   davom
etsin)   ning   buyrug'i   bilan   bino   etildi,   sana   1250."   Madrasa   hijriy   1250,   melodiy
1834   yilda   qurib   bitkazilgan.   Madrasa   peshtoqi   bo'ylab   P   shaklida   nihoyatda
chiroyli   va   shuning   bilan   qiyin   o'qiladigan   sul's   xati   uslubidagi   yozuvda   Qur'oni
karimning       Fath   (g   alalia)   surasi   yozilgan.   Madrasaning   kirish   eshigi   ustidagi
balkon   devoriga   fors   tilida,   nastaliq   yozuvida   she'riy   tarix   bitilgan:-Abulg'oziy
Olloquli shoh, Olloh fayzi bilan ilm mamlakatini bezadi. Mohi sahovat bulutlarini
suvga   serob   qilib,   Uning   barcha   joyini   ilm   daryosiga   aylantlr.   'z   karami   bilan   bu
madrasani   bino   etib,   Uni   ilm   makoni   bo'lgan   oriflar   yuragiga   aylantirdi.   Uning
gumbazi   osmon   gumbazidagi   o'n   oycha   bor.   Uning   qaddini   ilm   liboslari   bezab
turibdi.   Bu   binoning   salobatli   gumbazlari,   Boshdati   oyoq   ilm   nuri   bilan
yoritilgandir.
Kel, ey kotib, uning tarixi uchun, Degih-Tayz va foydali ilm
manbai".
Ushbu   she'mi   oxirgi   misrasiga   tarix   yashirilgan   bo'lib,   uni   hisoblasa   hijriy
1250   yil   ko'rsatilgan.   Demak,   madrasa   qurilishi   1834   yilda   boshlanib   1835   yilda
tugallangan. Olloqulixon bu madrasani  vaqfi  uchun Xiva xonligiga qarashli  8500
tanob   (9   ming   gektarga   yaqin)   yerni   ajratgan.   Madrasa   hozirda   ta'mirdan
chiqarilgan, hozirgi kunlarda bu yerda hunarmandchilik markazi joylashgan.
Matniyoz   Devonbegi   madrasasi.   Xiva   xonining   moliya   vaziri   bo'lmish
Muhammad  Niyoz  devonbegi  1871  yilda Xiva  shahrining  markazida  bir  madrasa
va   madrasaga   yondosh   qilib   chorsu   qurdirgan.   Madrasa   Muhammad   Aminxon
madrasasi   yonida   joylashgan   bo'lib,   asosiy   kirish   qismi   g'arb   tomonga   qaragan.
Madrasaning yon fasadlari yo'l tomonda, atroflari ochiq va ko'kalamzorlashtirilgan. Madrasa   bir   qavatli   bo'lib,   unda   21   ta   hujra,   darsxona   va   kutubxona   mavjud
bo'lgan.   Birinchi   qavatida   19   ta   hujra   bo'lib,   qolgan   ikki   hujra   yuqorida   peshtoq
orqasiga   qurilgan.   Unga   bitta   bo'lrna   yoki   dahliz   orqali   o'tiladi.   Hamma
madrasalardagidek   to'rtburchakning   oxiri   guldasta-minora   bilan   tugallangan.   Yon
ko'rinishlari   arkalar   bilan   qurshalgan.   Asosiy   bezaklar   binoning   old   ko'rinishida
qo'llanilgan.   Hamma   madrasalar   kabi   peshtoq   bezaklarida   islimiy   naqshlar   ko'p
qo'llanilgan.   Kirish   eshigi   ikki   tabaqali,   eshikka   islimiy   naqshlar   o'yilgan.   Eshik
tepasidagi marmar toshga arab yozuvida matn bitilgan.
Usta   Pahlavon   Xorazmiy,   Ogahiy,   Navoiylarga   o'xshab.   Ushbu   yozuvni
Devoniy   dastxatga"   bitgan.   sana   1288   hijriy,   melodiy   1871   yil.   Toshga   bitilgan
yozuvni Xudaybcrgan Devon (1817-1914) bitgan. Matniyoz devonbegi madrasasi
1979   yilda   restoran,   ya'ni   ovqatlanish   shahobchasiga   aylantirilgan.   Madrasa
o'lchamlari: bo'yiga 36, 45 metr eniga 31, 8 metr. Ichkari hovli o'lchami bo'yiga 21
m, eniga 17 metr.
Muhammad Rahimxon (Feruz) madrasasi
Ko'hna   ark   darvozasi   qarshisidagi   madrasa   Sayid   Muhammad   Rahimxon   II
ning   farmoniga   binoan   1871   yilda   boshlanib,   1876   yil   oxirida   ishga   lushirilgan.
Madrasa o'zining kengligi, serviqorligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi.
Madrasaning asosiy fasadi oldida keyinroq qurilgan bir qavatli hujralar kichik
hovlini   tashkil   etgan.   Maydon   tarafdan   hujralarga   baland   ayvonli   savdo   rastalari
tutashadi.   Madrasa   maydonining   kattaligi   jihatidan   Xivada   oldingi   o'rinlardan
birini   egallaydi.   Madrasada   yozgi   va   qishgi   masjid,   darsxona,   kitobxona   va
hujralar bor. Umumiy arxitektura tuzilishi odatlaridan boshqacharoq. Katta hajmlar
ko'rinishida   qandaydir   g'ayritabiylik   bor.   Madrasaning   hovlisi   76   ta   bir   qavatli
hujra   bilan   o'ralgan.   Hujralar   tomi   tash(|i   tomondan   to'siq   devor   (parapet)   bilan
chegaralangan ikki qavatli bosh fasadga kelib tutashadi. Xushqad peshtoqning ikki
yonida   besh   ravoqli   galereya   bor.   Darvozaxona   atrofidagi   xonalar   to'qqizta
gumbazga   ega.   Binoning   ichki   plani   boshqa   madrasalar   tuzilishidan   farq   qiladi.
Devorlar   yuzasidagi   sirkor   g'ishtchalardan   terilgan   ornamentli   bezaklar   odatdagi
shakllarni   takrorlaydi.   Kishida   hovlining   tuzilishi   o'zgacha   taassurot   qoldiradi. Hovlining   bir   qavatli   hujralari   qatori   baland   dekorativ   peshtoqlar   tashqi   to'siq
devor   va   burchaklardagi   chiroyli   minoracha-guldastaliir   bilan   birgalikda   ajoyib
manzara kasb etadi.
Madrasaning   vaqfi   (madrasa   faoliyatini   ta'minlaydigan   daromad   manbai)
uchun xon 2941 tanob (2,5 tanob - 1 gektar) yer ajratgan. Chiroyli koshinlar bilan
bezatilgan   madrasaning   ochilish   tanlauasida   zamonaning   fuzalo   va   shuarolari
ta'rixlar   va   qasidalar   aytib   xondan   in'omlar   olganlar.   Xon   o'z   ayonlari,
qarindoshlari,   qurilishda   ish   lagan   usta   va   hunannandlarga   hadya   qilgan
xarajatlardan tashqari bu to'yda 118 tillo sochilgan.
Madrasaning peshtoqiga arab tilida shunday yozuvlar bitilgan:
Ushbu   inuborak   binoni   zamon   sultoni   va   dunyo   hoqoni,   Ollohning   xalifasi
soyasi, g'alabalar va shuhratlar egasi, yengilmas qudrat sohibi, ninmlakatlarni lath
qiluvchi   Sayyid   Muhammad   Rahim   Bahodirxon   bunyod   qilclirgan.   sana   1289.
(1872 y)
Eshik   tcpasiga   o'ymakor   usta   Pahlavon   Niyoz   Xorazmiy   tomonidan   marmar
taxtachaga shoir Komiining fors tilidagi she'riy tarixi yozilgan:
Falak kabi shavkatga ega bo'lgan shoh, 
Saltanatda so'zi o'tkir va qudratlidir.
Uning qadami saltanat taxtiga yctgach,
Muborak qadamidan Xorazm jannatga aylandi. Savob makoni bo'lgan ushbu
binoni o'z snxovati bilan, Yuksak martabali olimlar uchun bunyod qildi.
Madrasa ichki hovlisining trtta peshtog'iga Ogahiy bilan Komil Xorazmiyning
ikkitadan   she'riy   tarixlari   yozilgan.   Ularda   xonning   sharofatidan   mamlakat   obod
bo'lib,   adolati   jahonga   yoyilgani,   olimlar   daraja   topib,   maqsadlariga   yetishgani,
xonning   o'zi   olimu   fozillarga   g'amxo'rlik   qilib   ilm-fan   inadadkorini   nomiga
sazovor bo'lgani tarannum etiladi.
Madrasaning   o'lchamlari:   62x50m,   i-hki   hovlisi   28x29   m.   madrasa   oldidagi
hovli 20x42m.76 hujra 152 talabaga mo'ljallangan.
Mustaqilligimizning ilk yillarida, ya'ni 1994 yilda madrasa qayta ta mirlanib,
shu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan Muhammad Rahimxon II "Feruz'ning 150 yillik to'yiga to'yona qilib madrasaning hovlisiga chiquvchi dahlizlari, o'quv xonasi
va   qishgi   masjidida   Xiva   xonligi   tarixi   va   madaniyalini   ochib   benivchi   "Xorazm
adabiyoti   va   tarixi   muzeyi"   ochildi.   Biz   muzeyga   kirar   ekanmiz   ko'z   oldimizda
XVI   asr   boshlarida   tashkil   topgan   Xiva   xonligi   va   unga   qo'shni   bo'lgan   Hron   va
Buxoro   xonligi   hududida   yashovchi   xalqlarning   tarixi,   madaniyati   va   san'ati
gavdalanadi.   Biz   yana   XVI   asr   oxiri   va   XVII   asr   boshlarida   Xorazmda
markazlashgan   davlatning.   tashkil   topishi,   hamda   uning   ichki   va   tashqi   siyosati
Markaziy Osiyo xalqlariga ta'sirini ko'rishimiz mumkin.
Bo'limda XIX asrning ikkinchi yarmida Chor  Rossiyasi  o'zining sanoat  xom
ashyosiga bo'lgan talablarini qondirish maqsadida "Sharqqa yurish" qilib Markaziy
Osiyo   davlatlarini,   jumladan   1873   yilda   Xiva   xonligini   egallab   olishi   va
o'lkamizdan   nodir   osori   atiqalarni,   davlatning   va   xalqning   boyliklarini   olib
ketilishi.   bularning   o'rnini   to'ldirish   maqsadida   Markaziy   Osiyoda   birinchilardan
bo'lib   Muhammad   Rahimxon   II   tashabbusi   bilan   tashkil   qilingan   va
ommalashtirilgan "Markaziy Osiyodagi ilk toshbosma", O'zbek foto va kino san'ati
qaldirg'ochi Xudoybcrgan Devonov merosi. Markaziy Osiyoda ilk bor notaga asos
solgan   hassos   shoir   va   musiqachi   Komil   Xorazmiyning   "Tanbur   chizig'i"   asarini
ko'rsatib   benivchi   buyumlar   va   Pahlavon   Mahmud,   Abulg'ozi   Bahodirxon,
Muhammad Rahimxon Feruz, Munis va Ogahiy singari buyuk mutafakkir. shoirlar
va   xalq   e'zozlagan   kishilar   hayoti   bilan   tanishishimiz   mumkin.   Qisqasi   muzeyda
Xiva   xonligining   davlat   ramzlari-bayroq,   tangalar   va   oxirgi   hukmdor   xonlaming
asl nusxa foto-surallari. xorijdan keltirilgan savdo buyumlari, xitoy va rus chinnisi,
mahalliy hunarmand ustalaming mahsulotlari, qurol-aslaha, kiyim-kcchak, ro'zg'or
anjomlari kabi ko'plnb eksponatlar namoyishga qo'yilgan.
Qozi-Kalon madrasasi. Oozi Kalon madrasasi 1905 yilda Xiva xonining bosh
qozisi Salim Oxun tomonidan qurilgan. Madrasaning qiyofasi va sahni uncha katta
emas,   boshqa   madrasalardan   farq   qilmaydi,   ammo   o'qitish   uslubi   bilan   boshqa
madrasalardan   farq   qilgan.   Bu   madrasada   diniy   bilimlar   bilan   bir   qatorda
qonunshunoslik,   turli   soliq   va   zakotlar   yig'ish,   ya'ni   yuridik   bilimlar   berilgan Madrasani   maydoni   32,5x23,4   m,   darsxonaning   o'lchami   1,7x4.7   metr,   unga
yondosh masjid joylashgan. Madrasada 15 hujra bor. Adabiyotlar:
1. Axmedov M.Q «O'rta Osiyo me'morchilik tarixi» T. 1995. 
2.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси  C -1996  .
3 .   Ғаффоров Ш.С., Юнусов М.А.,Саидов М.М.,Шарипов С.И. Ўзбекистон 
архитектура  ёдгорликлари тарихи.Самарқанд.2008.
4.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси C-1996   й.  
1. Kattayev  К . Go'ri Amir maqbarasi. Meros gazetasi, 1992-yil fevral
2. Kattayev K. Nefrit toshi qayta tiklandi. Zarafshon gazetasi, maxsus son 1996-
yil 25-oktabr
3. Katteyev K. Go'ri Amir maqbarasi qabr toshlari. Samarqand gazetasi, 1992-
yil 5-son
4. Клавихо   Руи   Гонзалес.   Дневник   путишествие   в   Самарканд   по   двору
Тимура (1403-1406). М.,1970.
5. Маньковская   Л.   Ю.   Архитектурные   памятники   Кашкадарьи.   Т.,
«Узбекистан», 1979.
6. Маньковская   Л.   Ю.   Неизвестные   памятники   Х X —Х I Х   вв.   в
Кашкадарьинской   области.   «Строительство   и   архитектура
Узбекистана», 1969,№ П.

Xiva shahrining tarixiy yodgorliklari Reja: 1. Dishan qal’a, Ichan qal’a, Kalta Minor, anushaxon hammomi, Tosh hovli saroyi, Polvon darvoza, Ota darvoza, Sayyid Olovuddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Islom Xo’ja minorasi, Nurillaboy saroyi, Sayyid Sholikorboy masjidi majmuasi, Sayyid Alovuddin maqbarasi. Qal'a devorlari Ota darvoza 2. Ichan qal’a yodgorliklari. 3. Dishan qal’a yodgorliklari.

Qal'a devorlari. Qadimiy shaharlarga ko'rinish beradigan asosiy narsa bu - qal'a devorlaridir. Uning asosiy vazifasi shaharni tashqi dushmandan muhofaza qilishdir. Xiva xonligi Rossiyaga tobe qilingach, uning muhtasham salobatli devorlari o'z qudratini tamomila yo'qotdi. Chunki, o'zaro ichki urushlar tugadi, xonlikning ko'p sonli qo'shini tarqatib yuborildi. Faqat bir necha o'nlagan sarbozlar, ya'ni xon qo'riqchilarigina qolgan edi. Bu davrga kelib qal'a devori ichki ziddiyatlami bartaraf kilish, shahar ahlini o'g'irlik, talon-tarojdan asrash va so'nib borayotgan davlat mirshablik xizmatini bir oz bo'lsada muvofiqlashtirish uchun xizmat qilmoqda edi, xolos. Qolaversa u xonlikning qachonlardir erki o'zida bo'lgan qudratli davrini eslatar, feodal tuzumning dabdabali hayotini xotirlab turadi. Qal'a devorlari paxsa (loy)dan qurilgan bo'lib, o'ziga hos me'morchilik bezaklariga ega. Shahar ikki devor bilan o'rab olingani bois boshqa shaharlardan farq qiladi. Ichan qal'a devori ilk bor eramizdan avvalgi Vl-V asrlarda qurilgan bo'lib, davr o'tishi bilan bir necha bor ta'mirlangan. Devorning ichkari tomonidan dushmanga o't ochish uchun tuyniklar (shinaklar) qo'yilgan. Har 30-50 metrdan esa bahaybat kungiralar qad rostlagan. Ularning sahnidan himoya davrida to'plar o'rnatib dushmanga o'q otilgan. Shahar to'rtburchak shaklida qurilgan. Ichan qal'a devorining uzunligi 2200 metr bo'lib, dunyoning to'rt tomoniga qarata qurilgan darvozalari bor. Qal'a ichkarisining umumiy maydoni 26 gektarni (650x400m) tashkil etadi. Tarix - madaniy va moddiy manbalar asosida, o'rganilib yoziladi, Xiva va xivaliklar to'g'risida aytilgan, yozilgan fikrlar juda ko'p. Ular keyingi ming yillikning deyarli hamma davri yozma manbalarida uchraydi. Bu ma'lumotlar bor bo'lsada, shahaming paydo bo'Iishi to'g'risida aniq ma'lumot bermaydi. Shuning uchun shahaming yoshini aniqlash maqsadida 1984 yilning martidan boshlab qat'iy harakat boshlandi. Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi (M. Mambetullayev rahbarligida) va Xiva tarixiy arxitektura muzey qo'riqxonasi ilmiy xodimlari jamoasi (Sh. Matrasulov rahbarligida) qatnashdilar. Maqsad- shahaming qurilish jihatlari, mudofaa

tuzilmalari va birinchi bor aholi yashay boshlagan davr kabi bir qancha muammolarni o'rganish edi. I. Qazish ishlari Ichan qal'aning shimoli-g'arbida joylashgan xonlar qarorgohi Ko'hna arkning ichida 730 kv. metr maydonda olib borildi. II. Qazish ishlari Ichan qal'aning shimoliy-g'arbiy burchagida 60 kv. metr maydonda olib borildi. Aynan qal'a devorining poydevorida 8X2 metrlik zovurda ham qazish ishlari bajarildi. Ish davomida to'rtta qurilish qatlamidagi mudofaa devorlari qoldig'i topildi, uzunligi 20 metr, balandligi 0,35-1,37 m bo'lgan ikkita paxsa devor, jumladan qum ustiga xom g'ishtlardan (o'lchamlari 49-42 sm, 41x 43 sm, 9 x 13 sm) qurilgan devor qoldig'i o'rganildi. Shahaming eng qadimgi davrini o'rganish uchun birinchi qazish ishlari olib borilgan joydan bir qator ashyoviy dalillar olindi. Bu yerdan er av 1 ming yillik o'rtalariga oid qizil rangli sopol xumning pastki qismi topildi. 1984-1985 yillarda o'tkazilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida topilgan sopol xum va xumchaiar, shuningdek, kosachalardagi "K" harfiga o'xshash belgilar er. av. IV—III asrlarga oid ekanligi isbotlandi. Ish davomida shahar 7 marta vayron etilgani va qaytadan barpo etilib, hayot gullab-yashnaganligi aniqlandi. 1985-1995 yillar davomida Xivaning eng qadimgi qismi Ichan qal'aning olti joyida, umumiy hajmi 1200 kv. metr, qal'a devorining 7 joyida qazish va o'rganish ishlari olib borildi. Eng qadimgi madaniy qatlam 7 metr chuqurlikda yotgani aniqlandi. Shunday qilib, arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal'a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining Polvon yop kanali (eski nomi Xeykonik) bo'yida er. av. VI-V asrlarda bunyod qilinganligim isbotlashdi. Ichanqal'a devorining atrofida chuqur zovur bo'lib, bu zovur qala qurilishi uchun olingan tuproq o'mida paydo bo'lgan. Tuproq ham maxsus reja asosida olinganki, hosil qilingan chuqurlik suv bilan to'ldirilgach, qal'a devorigacha yana bir himoya vositasi paydo qilingan. Devorning balandligi 7- 8 metr, qalinlifii pastida 8-10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan

himoyalanish chog'ida qal'a devori ustida aravada yurish imkoni bo'lgan. Qal'a bir necha marta buzilib tuzatilganini tarixchi Xudayberdi Qo'shmuhammad o'g'li o'zining "Dili g'aroyib'" asarida ham yozadi. Ichan qal'a devori 1740 yilda Nodirshoh tomonidan vayron etiladi. Shahaming vayronaga aylanganini biz bilaniiz deb yozadi ms olimi NN. Veselovskiy. Birinchidan, injener Nazimov chizgan shahaming xaritasi bunga isbot bo'ladi chunki Xiva Nodirshoh qamalidan keyin butunlay boshqacha ko'rinishga ega bo'lgan. Ikkinchidan qamalda qolgan ikkita britaniyalik savdogar Tomson va Gog bu hakda guvohlik beradi. Mazkur rejaning o'z tarixi bor. 1730-1735 yillarda Dashti Qipchoqda qattiq ocharchilik bo'lib shu davrda qozoqlaming Katta juzi Jung'oriyai'.a tobe bo'lib qoladi, O'rta juz Buxoroga bo'ysunadi, Kichik juz esa Xiva xonligiga bo'ysundirildi. Lekin Kichik juz xonlari jung'orlar hujumidan xavfsirab, Rossiyaga Anna Ivanovna hukumatiga noma yo'llashadi va Rossiya hukmronligiga olishlarim sorashadi. 1739 yilda Sirdaryo etaklarida joslashgan Kichik juz va uning xom Abulxayrxon Rossiya fuqaroligini qabul qiladi. Rossiya Kichik juz xavfsizligini ta'minlaydi, mining evaziga ular dashtdan o'tadigan Rossiya savdo karvonlarini qo'riqlash majburiyatini oladilar. Shu yili Abulxayrxon Rossiya podshosiga maktub yo'llab Sirdaryo etaklarida xonlik uchun qarorgoh qurishda yordam so'ragan. Podsho xonni iltimosini qondirib, 1740 yilda Gladshev va Muravin boshliq yer tuzuvchilarni yuboradi. Muhandis-nazoratchi Nazimov mazkur mutaxassislar gnruhida tilmoch vazifasini bajarishi kerak edi. Rus yer tuzuvchilarining Abulxayrxon qarorgohiga kelishi arafasida, xonni xivaliklar Xiva xoni taxtiga taklif qilishadi. Xon rus mutaxassislarini ham olib, i Xivaga yetib keladi. Ammo bu yerda atigi uch kun bo'ladi xolos, chunki 1740 yilninv 11 noyabrida Xivaga Eron shohi Nodirshoh qo'shini hujum qiladi, bundnn cho'chigan xon ortiga qaytishga majbur bo'ladi. Qizig'i shundaki, Nazimov hech qanday topshiriqni olmasdan 4 kun ichida Xiva shahrining tuzilish planini chizishga ulguradi. Demak xon Xivaga 1740 yil 7 noyabrda kelgan, mazkur rejaning tarixiy qimmati shundaki, shahar Nodirshoh bosqinidan so'ng butunlay

vayron qilingan. Nazimovning ushbu xaritasini izohlar ekan tarixchi olim A.Abdurasulov shunday yozadi: "Rejaga asosan, shahaming bo'yi ming metr, eni 400 metr bo'lib, u 40 gektar maydonni egallagan. Bu reja Xorazm antik shaharlariga o'xshab ketadi. Shahaming butun tevaragi suvli handaq bilan o'ralgan. Shaharga sharqiy tomondan maxsus ko'prik orqali kirish mumkin bo'lgan. Ko'prik kechalari ko'tarilib qo'yilgan. Shahaming g'arbiy qismida xon saroyi joylashgan, ko'prik yonidagi darvozadan boshlangan katta ko'cha to'ppa-to'g'ri Ark darvozasiga kelib taqalgan. Ark shahaming g'arbiy qismida joylashgan". Nazimov shahaming sathi va umumiy ko'rinishini juda aniq belgilagan. Unda shahar atrofidagi bog'lar, tegirmonlar, quduqlar va boshqa topografik belgilar juda aniq aks ettirilgan. Shahaming asosiy ko'chasi uni ikki qismga Shimoliy va Janubiy qismlarga ajratgan. Katta ko'chaning janubiy tomonida 4 ta ko'cha va 9 ta mahalla, shimoliy tomonida 3 ta ko'cha va 8 ta mahalla joylashgan. Shahaming g'arbiy qismidagi Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona bo'lib, ular maxsus qal'a devori bilan o'rab olingan. Ushbu xaritada ko'rsatilishicha shahaming bitta davozasi bo'lib, qolgan darvozalar bosqindan keyin qurilgan degan xulosani bildiradi. Xiva tarixchisi Shermuhammad Munis Xorazmiy (1778-1829) o'zining "Firdavs ul-iqbol" nomli asarida Muhammad Amin Inoq to'g'risida shunday deydi: - "Sana hijriy 1200 da (1786) Xavoq qal'asinkim Nodirshoh kelganidan buyon vayron va xarob bo'lib edi, tozadin ma'mur va obod etdi". Qariyib yuz yil o'tgach, Xivaga Rossiya elchilari tashrif buyuradilar, diplomatlar orasida topogrof G.N. Zelenin ham bo'lgan. Unga o'ta ehtiyotkorlik bilan xufyona tarzda shahar rejasini chizish topshirig'i berilgandi, chunki Knyaz Perovskiyning 1839 yilgi yurishi mag'lubiyatga uchragandan so'ng xon chetdan kelgan har bir odamdan shuhbalanib qolgandi. U topshiriqni maxfiy bajarish uchun bozorga keladi va ikki dona qovun harid qiladi. Yo'l-yo'lakay odamiardan ko'chalar, mahalalar, guzarlar nomi, madrasa, masjidlar haqida so'rab boraveradi. Ayni paytda qovun po'stiga qalamtarosh bilan maxsus belgilar ham qo'yib boradi va kechalari bu belgilarni qog'ozga tushiradi.